Mualliflar

  • Talipov Hushnud

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.95934

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: Falsafa Jamiyat Ma'naviyat Tahlil Insoniyat.

Annotasiya

Annotatsiya: Ushbu maqolada falsafa va uning jamiyat rivojidagi o'rnini ko'rib 
chiqiladi.  Falsafa  insoniyatning  fikrlash  uslubi,  hayotga  bo'lgan  munosabati  va 
ma'naviy rivojlanishiga ta'sir ko'rsatadi. Maqola falsafaning asosiy vazifalari va uning 
turli sohalarda qanday aks etishini tahlil qiladi. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_3-to’plam_Aprel-2025

32

ISSN:3030-3613

JAMIYATNI RIVOJLANISHIDA FALSAFANING O'RNI

Talipov Hushnud

ADPI, Milliy g'oya ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi kafedrasi o'qituvchisi.

Annotatsiya:

Ushbu maqolada falsafa va uning jamiyat rivojidagi o'rnini ko'rib

chiqiladi. Falsafa insoniyatning fikrlash uslubi, hayotga bo'lgan munosabati va
ma'naviy rivojlanishiga ta'sir ko'rsatadi. Maqola falsafaning asosiy vazifalari va uning
turli sohalarda qanday aks etishini tahlil qiladi.

Kalit so’zlar:

Falsafa, Jamiyat, Ma'naviyat, Tahlil, Insoniyat.

KIRISH

Falsafa, o'zining ko'plab shakllari va yo'nalishlari bilan, insoniyat tarixida juda

muhim o'rin egallaydi. U aynan bilim, haqiqat, axloq va mavjudlik haqidagi eng chuqur
savollarga javob qidiradi. Falsafa insonni o'z ichki dunyosini anglashga, mantiqiy
fikrlashni rivojlantirishga va ma'naviy qadriyatlarni qayta ko'rib chiqishga undaydi.
Bugungi kunda, ijtimoiy muammolar va hayotiy qiyinchiliklar zamonida, falsafaning
jamiyatdagi o'rni yanada dolzarblashmoqda. Tahlil qilishdan maqsad, falsafaning turli
ijtimoiy qatlamlarga, ilm-fanga va diniy e'tiqodlarga ta'sirini o'rganishdir. Falsafaning
ijtimoiy o'rni Falsafa, asosan, bilish jarayonini o'rganadi va bir vaqtning o'zida axloqiy
qadriyatlarni shakllantiradi. Optimizm, skeptitsizm yoki utilitarizm kabi falsafiy
yo'nalishlar, jamiyatda muhim rol o'ynaydi.

Falsafa orqali insonlar o'z his-tuyg'ularini, e'tiqodlarini va hayotiy qarashlarini

tushunishga harakat qiladilar. Bundan tashqari, falsafa ilmiy rivojlanish va
tadqiqotlarga ham ta'sir etadi. Falsafiy tahlil, ilmiy nazariyalar asosida yangi g'oyalar
ishlab chiqishga yordam beradi. Masalan, etika falsafasi, tibbiyot, iqtisodiyot va
ekologiya kabi sohalarda qo'llanilishi mumkin. Shuningdek, falsafa jamiyatda muloqot
va muhokamalarni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Falsafiy fikr almashish
orqali odamlar o'z fikrlarini, qarorlarini va bahslashayotgan masalalar bo'yicha
munosabatlarini yanada rivojlantiradilar. Falsafa insoniyat tarihidagi eng qadimiy
ilmlaridan biridir. Falsafiy mulohaza yuritish, fikrlash inson tabiatiga hos, dеmak,
uning o’zi kabi qadimiydir. U olam va uning yashashi, rivojlanishi va taraqqiyoti, hayot
va inson, umrning mohiyati, borliq va yo’qliq kabi ko’plab muammolar haqida bahs
yuritadigan fandir. Olam va unda odamning о‘rni muammosi hamisha qizgin baxs-
munozara obyekti bо‘lib kelgan. Bu muammoga ilmiy jihatdan yondashishning qaror
topishida barcha mamlakatlar, jumladan, O’zbekiston faylasuflarining ham xizmatlari
bor. Olamni, unda odamning о‘rnini falsafiy idrok etishdan avval “falsafa” va “falsafa
fani” tushunchalari о‘rtasidagi umumiylik va ayrimlikning farqini anglab olish
muhimdir. “Falsafa” umumiy va keng tushuncha bо‘lib, olam, unda odam va uning


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_3-to’plam_Aprel-2025

33

ISSN:3030-3613

uyushmalari (jamoalari, ijtimoiy harakatlari, partiyalari, davlatlari va x.k.)ning о‘rni,
qisqasi inson omili qanday? degan savollarga har bir tarixiy davrda, mintaqa va
mamlakat xalqlari tafakkur va turmush tarzlaridan kelib chiqib, turlicha qarashlar
mavjud bо‘lib kelgan va hozir ham shunday. Insonda tabiatan falsafiy fikrlashga
moyillik kuchli. “Filosofiya atamasi yunoncha ikkita sо‘z birikmasidir. (“filio” -
sevaman, “sofio” - donolik) “falsafa” esa lotincha “filosofiya” sо‘zining
о‘zbekchalashgan shakli bо‘lib, u “donishmandlikni sevish” ma’nosini anglatadi.
Nemis filosofi Gegelning fikricha, falsafa donishmandlikning о‘zidir. Shu nuqtai
nazardan qaraganda, ertaklar, rivoyatlar, dostonlar, qо‘shiqlardan tortib, barcha
dinlarning muqaddas kitoblaridagi olam, unda odamning о‘rni qanday bо‘lishi kerak,
degan savolga о‘ziga xos javoblar bor. Shuning uchun qadimgi greklar barcha fanlarni
falsafa, ya’ni donolik, donishmandlik ifodasi xisoblaganlar. Natijada odatiy (kundalik)
ongda tarixan “falsafa – fanlar fani”, “falsafa – fanlar onasi” degan fikr keng tarqalgan.
Eshitilishi jozibali va extiromli kо‘ringan bu iboralar ostida falsafani fan sifatida tan
olmaslik maqsadlari yotadiki, bu bizning davrimiz uchun xatarli mayl (tendensiya)dir.
Hatto olimlarning ba’zilari ana shu aqidaga tayanib, falsafa faniga munosabat
belgilaydilar.

ASOSIY QISM

О‘zbekistonda ma’naviyat milliy negizda rivojlanishi lozim va bu xol

umuminsoniy qadriyatlarning qaror topishi uchun kafolat bо‘ladi. Har bir millatning
tarixan tarkib topgan о‘z mentaliteti va shunga muvofiq о‘ziga xos dunyo qarashi,
tafakkur va turmush tarzi bо‘ladiki, bu о‘sha millatning falsafiy qarashlarida о‘z
mujassamini topadi. Binobarin, milliy falsafa milliy qadriyatlar gultojisi sifatida
umuminsoniy qadriyatlar majmuasi bо‘lgan falsafa faniga va falsafiy qarashlarga ters
bо‘lib qolmasligi ustida gap boradi.

Turlicha falsafiy oqimlar mavjud va yana yangi oqimlar paydo bо‘laveradi.

Biroq, bu oqimlarning birontasi, jumladan milliy falsafa о‘rnini egallab olishdan
extiyot bо‘lish zarur. Falsafaning funksiyalarida uning fanlar tizimi va ijtimoiy
hayotdagi о‘rni ravshanlashadi. Funksiya deganda harakat uslubi, falsafiy bilimlar
tizimi doirasida faolligining namoyon bо‘lishi, bajarishi lozim bо‘lgan vazifalarning
umumiy tiplari nazarda tutiladi.Hayot va о‘lim haqida о‘ylamaydigan va yashashning
cheklangani tо‘grisida qaygurmaydigan, g‘am-tashvish chekmaydigan odam bо‘lmasa
kerak. О‘limning muqarrarligi har bir insonda salbiy xis-tuyg’ularni yuzaga qalqitib,
odamning ilik-iliklarigacha bо‘lgan quvvatni ham gо‘yo sug‘irib olgandek bо‘ladi. Bu
xislardan xoli bо‘lish uchun odam abadiylik tо‘grisida qayg’uradi, abadiylikka doxil
bо‘lish yо‘llarini qidiradi. Shu jarayonda aql bilan bilib, tajriba yо‘li bilan sinab
bо‘lmaydigan olam borligi, u bilan ruxiy aloqa bog‘lash orqali о‘lim vaximasi, hayot
tushkunligi, yashashning ma’nisizligi tо‘grisidagi g‘am-andux xislaridan xoli
bо‘lishga intiladi, natijada inson ichki olami tashqi abadiy olam – kosmik butunlik


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_3-to’plam_Aprel-2025

34

ISSN:3030-3613

bilan birlashgandek bо‘ladi. Oqibatda mifologik (afsonaviy), diniy, badiiy, odatiy
dunyoqarashlar vujudga kelib, ular orqali odam hayotdan qoniqish, vaximaga
tushmaslik xis-tuyg‘ularini о‘zida gavdalantirmoqchi bо‘ladi. Falsafa esa insoniyat
tо‘plagan barcha ilmlar, tajribalarni umumlashtirib, ayrim-ayrim tarmoqlarga bо‘linib
ketgan dunyo xaqidagi tasavvurlarni yig‘ib, ilm-fan dalillariga, insoniyatning abadiylik
yо‘lida tо‘plagan tarixiy tajribalariga tayangan ilmiy dunyoqarashni shakllantiradi.
Shuning uchun ham falsafaning moxiyati – “Odam-olam” tizimida yalpi umumiy
muammolar xaqidagi fikrlarda namoyon bо‘ladi. Odam necha yil yashashi bilan emas,
balki qanday yashaganligi bilan о‘z abadiyligini yarata olishiga falsafa ishontirib, inson
о‘z hayotining ma’noli, mazmunli qilishiga yordamlashadi. Ilmiy falsafa odamzodni
hayotbaxsh dunyoqarash egasi qilish funksiyasi orqali olam, undagi barcha
munosabatlar ijtimoiy taraqqiyotga, inson barkamolligiga xizmat qilishi uchun
kurashuvchilar avlodini yetishtirishga harakat qiladi. Falsafa olamni bilish metodi
orqali

fanlarga

nisbatan

evristik,

uygunlashtirish,

birlashtiruvchilik,

mantiqiygnoseologik (bilishga oid) kabi funksiyalarni ham bajaradi. Bu, uning
metodologik funksiyasi bо‘lib, barcha fanlarga doir murakkab nazariy va fundamental
muammolarni xal etishga yordamlashadi.Har bir elat, millat oldida muayyan tarixiy
davrda paydo bо‘ladigan muammolar, falsafiy taxlil, falsafiy qarashlar yо‘li bilan xal
etib kelingan va shunday bо‘lib qolaveradi. Ular ichida odamning umuman olamga
munosabati muamosi – dunyoqarash eng muximi hisoblanadi. Moddiy va ruxiy olam
о‘rtasidagi munosabatlarni aniqlash, tabiat va jamiyat qonunlari haqiqatan ham
mavjudmi, yoki odamzot tartib-qoidaga bо‘lgan ehtiyoji tufayli uni о‘ylab topganmi,
odam nima va olamdagi, ya’ni umumiy aloqadorliklar ichida uning о‘rni qanday – u
yaratuvchimi yoki buzuvchi qudratmi, inson aql-zakovatining tabiati nima, odam
о‘zini qurshab olgan olamni va о‘z-о‘zini bila oladimi, xaqiqat va adashish deganda
nima anglashiladi, ezgulik va yovuzlik nima, qanday qonuniyatlar va qanday
yо‘nalishlar insoniyat tarixini harakatga keltiradi kabi dunyoqarash bilan bog‘lanib
ketgan muamolarni anglash, ularni xal etish orqali olamda о‘zining munosib о‘rniga
ega bо‘lish har bir odamda olamiy fikrlash qobiliyatini vujudga keltiradi. Tabiat о‘z
taraqqiyotining Noosfera – Aql sohasi bosqichiga о‘tganligi munosabati bilan Ona-
tabiatni muqarrar halokatdan saqlab qolish muammosi fan-texnika va axborot
texnologiyalaridan umumbashariy manfaatlar yо‘lida foydalanish usullarini izlash va
topish falsafa fani oldiga yangi katta vazifalarni kо‘ndalang qilib qо‘ymoqda.

XULOSA

Mustaqillikgacha falsafa ana shu prinsip belgilovchi ahamiyatga ega bo‘lgan.

Insonlarning jamiyatdagi siyosiy munosabatlari ham iqtisodiy munosabatlari singari
o‘ziga xos reallikdir. Madaniyat ijtimoiy-ma’naviy hodisa bo‘lib, u ham moddiy ishlab
chiqarish kabi real mavjuddir. Ijtimoiy turmush (sotsial voqelikning boshqa
elementlari singari) ongdan mustaqil holda mavjud bo‘lolmaydi. Har qanday ishlab


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_3-to’plam_Aprel-2025

35

ISSN:3030-3613

chiqarish, iqtisodiy va boshqa ijtimoiy munosabatlar insonlar ongi darajasida mavjud
bo‘ladi, deyish mumkin. Demak, bu jamiyatda moddiylik va ma’naviylikning o‘zaro
munosabati muammosining to‘g‘ri yechimi bilan uzviydir. Jamiyatning ijtimoiy-
ma’naviy yangilanishi uning hayotida amal qilib kelgan falsafiy g‘oyalar, qarashlar,
qadriyatlar va prinsiplarning o‘rnida yangicha yondashuv tufayli metodologik
asoslarining o‘zgarishi falsafiy ongda ham yangilanishlarning amalga oshishiga sabab
bo‘ldi.

Natijada:1) jamiyat hayoti va taraqqiyotiga qarashda “materialistik dialektika”

prinsiplaridan voz kechildi;

2)“tarixni materialistik” tushunish g‘oyasining bir tomonlama va cheklanganligi

e’tirof etildi;

3)“Turmush ijtimoiy turmush ijtimoiy hayotni belgilaydi” degan aqida o‘zgardi.

Chunki, jamiyat taraqqiyotiga bunday qarash, uning doimiy yangilanishi va

rivojiga emas, aksincha, uning tobora turg‘unlashishiga, rivojlanish impulslaridan
mahrum bo‘lishiga olib keldi. Raqobat muhiti yo‘qoldi. Yagona mulkchilik
to‘g‘risidagi qarashlar falsafiy ongda ustuvor bo‘ldi. Moddiy ishlab chiqarish,
iqtisodning roli mutlaqlashtirildi. Jamiyat ijtimoiy-ma’naviy hayoti rivojining falsafiy
ong bilan aloqadorligi bo‘yicha ba’zi xulosalarni chiqarish mumkin.

Jamiyatning ijtimoiy-ma’naviy hayoti bilan falsafiy ong o‘rtasida uzviy

aloqadorlik qonuniyati amal qiladi. Fuqarolik jamiyatida ijtimoiy rivojlanishga
ma’naviy omilning ta’siri, ularning o‘zaro uzviy bog‘liqligiga alohida ahamiyat bera
boshlandi. Bu moddiy va ma’naviy hayotning uyg‘unligi qonuniyatidir. Falsafiy ong
va qarashlardagi o‘zgarishlar jamiyatning ijtimoiy hayotidagi o‘zgarishlarini xolisona
to‘g‘ri anglash va baholashga xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

Мирзиёев Ш. Миллий тараққиёт йўлимизни қатъият билан давом эттириб,
янги босқичга кўтарамиз. - Т.: “Ўзбекистон”, 2017.

2.

Nazarov Q. Falsafa asoslari. – T: 2005.

3.

Эркaев A. Мaънaвият вa миллий ғoя. - Т.: 2002.

4.

Tulenov J., Tulenova G., Tulenova K. Falsafa. Darslik. –T.: Fan va texnologiya,
2016.

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar

Мирзиёев Ш. Миллий тараққиёт йўлимизни қатъият билан давом эттириб,

янги босқичга кўтарамиз. - Т.: “Ўзбекистон”, 2017.

Nazarov Q. Falsafa asoslari. – T: 2005.

Эркaев A. Мaънaвият вa миллий ғoя. - Т.: 2002.

Tulenov J., Tulenova G., Tulenova K. Falsafa. Darslik. –T.: Fan va texnologiya,