Mualliflar

  • Madaminova Odinaxon Muqimjon qizi.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.95956

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: Ilk bolalik yetakchi faoliyat o‘yin aqliy rivojlanish muloqot tafakkur maktabgacha ta’lim.

Annotasiya

Annotatsiya:  Mazkur  maqolada  ilk  bolalik  davrida  bola  shaxsining 
shakllanishida  muhim  o‘rin  tutuvchi  yetakchi  faoliyat  turlari  va  ularning  aqliy 
rivojlanishga  ta’siri  tahlil  qilinadi.  Unda  ayniqsa,  o‘yin,  muloqot  va  mehnat 
faoliyatining  bolaning  tafakkuri,  xotirasi,  diqqat  va  nutqini  rivojlantirishdagi  o‘rni 
yoritib  berilgan.  Shuningdek,  pedagogik  yondashuvlar  asosida  yetakchi  faoliyatni 
to‘g‘ri  tashkil  etish  orqali  bolalarda  mustaqil  fikrlash  va  ijtimoiy  ko‘nikmalarni 
shakllantirishning  imkoniyatlari  ochib  berilgan.  Maqola  maktabgacha  ta’lim 
muassasalari pedagoglari hamda ota-onalar uchun metodik tavsiyalarni ham o‘z ichiga 
oladi. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_3-to’plam_Aprel-2025

298

ISSN:3030-3613

ILK BOLALIK DAVRIDAGI YETAKCHI FAOLIYAT VA AQLIY

RIVOJLANISH

Kokand unversiteti Andijon filiali

boshlangʻich talim yoʻnalish talabasi

Madaminova Odinaxon Muqimjon qizi.

Annotatsiya:

Mazkur maqolada ilk bolalik davrida bola shaxsining

shakllanishida muhim o‘rin tutuvchi yetakchi faoliyat turlari va ularning aqliy
rivojlanishga ta’siri tahlil qilinadi. Unda ayniqsa, o‘yin, muloqot va mehnat
faoliyatining bolaning tafakkuri, xotirasi, diqqat va nutqini rivojlantirishdagi o‘rni
yoritib berilgan. Shuningdek, pedagogik yondashuvlar asosida yetakchi faoliyatni
to‘g‘ri tashkil etish orqali bolalarda mustaqil fikrlash va ijtimoiy ko‘nikmalarni
shakllantirishning imkoniyatlari ochib berilgan. Maqola maktabgacha ta’lim
muassasalari pedagoglari hamda ota-onalar uchun metodik tavsiyalarni ham o‘z ichiga
oladi.

Annotation:

This article explores the leading types of activities during early

childhood and their impact on cognitive development. It particularly highlights the role
of play, communication, and labor activities in shaping a child’s thinking, memory,
attention, and speech. The article emphasizes how properly organized leading
activities, based on pedagogical approaches, can foster independent thinking and the
development of social skills in children. It also includes methodological
recommendations for preschool educators and parents.

Аннотация:

В данной статье рассматриваются ведущие виды

деятельности в раннем детстве и их влияние на умственное развитие ребёнка.
Особое внимание уделяется роли игры, общения и трудовой деятельности в
формировании мышления, памяти, внимания и речи. Подчёркивается, что
правильно организованная ведущая деятельность на основе педагогических
подходов способствует развитию самостоятельного мышления и социальных
навыков у детей. Статья содержит методические рекомендации для воспитателей
дошкольных учреждений и родителей.

Kalit so’zlar:

Ilk bolalik, yetakchi faoliyat, o‘yin, aqliy rivojlanish, muloqot,

tafakkur, maktabgacha ta’lim.

Ключевые слова:

раннее детство, ведущая деятельность, игра,

умственное развитие, общение, мышление, дошкольное образование.

Keywords:

early childhood, leading activity, play, intellectual development,

communication, thinking, preschool education.

Faoliyat-insoniyatga xos ong bilan boshqariladigan ehtiyojlar tufayli, paydo

bo’ladigan va tashqi olam bilan kishining o’z-o’zini bilishga, uni qayta qurishga


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_3-to’plam_Aprel-2025

299

ISSN:3030-3613

yo’naltirilgan faolligidir. Faoliyat-kishining anglangan maqsad bilan boshqarilib
turadigan ichki (psixik) va tashqi (jismoniy) faolligidir deb tariflanadi. Odam tabiati
jihatidan faol mavjudotdir. U ma’lum faoliyatda bo’lmasdan yashay olmaydi. Inson
faoliyatining turi juda ko’p bo’lib, ular yosh davrlariga qarab ajratiladi. Inson
hayotining har bir davri o’ziga xos ahamiyatga ega. Ayniqsa ilk bolalik davri-ya’ni 1-
yoshdan 3-yoshgacha bo’lgan bosqich-bola shaxsining shakllanishida muhim
poydevor hisoblanadi. Bu davrda bolaning aqliy, ruhiy va jismoniy rivojlanishi keskin
sur’atda kichadi. Mazkur davrda bola uchun alohida ahamiyatga ega bo’lgan faoliyat
turi mavjud bo’lib, u “yetakchi faoliyat” deb yuritiladi. Bu faoliyat bolada dunyoni
anglash, nutqni rivojlantirish, ijtimoiy tajriba ortirish va mustaqil shaxs sifatida
shakllanishida muhim ro’l o’ynaydi. Leontyevning faoliyat nazariyasiga ko’ra yetakchi
faoliyat bolaning ichki motivatsiyasini shakllantiradi va psixik jarayonlarning
rivojlanishlarini belgilaydi deb takidlagan.

Ilk bolalik davrida bolalar so’zlay boshlagan bo’lishiga qaramay, ular hali vaqt

va fazo kabi murakkab tushunchalarni to’g’ri idrok qila olmaydilar, chunki ularda hali
turmush tajribasi yo’q. bunday murakkab tushunchalar kundalik hayot davomida
sekin-asta hosil qilib boriladi. Bir yoshgacha bo’lgan bolalarning diqqati nihoyatda
beqaror va ixtiyorsiz bo’lsa, ikki yoshga to’lgan bolalarning diqqatida yangi sifatlar
yuzaga kela boshlaydi. Bola o’sib ulg’aygani sari uning diqqati barqarorroq bo’la
boshlaydi. Diqqatning ozmi-ko’pmi barqaror bo’la boshlagani shunda ko’rinadiki, bola
o’zini qiziqtirgan biron narsa bilan uzoq vaqt mobaynida shug’ullana oladi. Ikki yoshga
to’lib, uch yoshga qadam qo’ygach so’zlarni tushunadi. So’z boyligi orta borgach,
bolaning o’ziga xos bo’lgan situativ tili haqiqiy tilga aylanadi.

Ilk bolalik davrida predmetli faoliyatning ahamiyati bu yoshdagi bolalar dunyoni

aynan predmatlar orqali anglaydi. U buyumning shakli, vazni, tovushi, vazifasi bilan
tanishar ekan, tafakkuri, tasavvuri, idrok va xotirasi rivojlanadi. Bu yoshdagi bola
asosan buyumlar bilan faoliyat yuritadi. U atrofidagi har bir narsani ushlab ko‘radi,
tahlil qiladi, ularni o‘zaro taqqoslaydi, sabablilik aloqalarini anglashga harakat qiladi.
Bu faoliyat orqali rivojlanadigan psixik jarayonlarga misollar keltiradigon bo’lsak
masalan:
1)Idrok: Bola narsalarni shakli, rangi, tovushi orqali farqlashni o‘rganadi.
2)Nutq: Predmetlarni nomlash, kattalarning gaplarini taqlid qilish orqali nutq bazasi
boyiydi.
3)Xotira: Narsalarni eslab qolish, ularni topa olish ko‘nikmalari rivojlanadi.
4)Tafakkur: “Agar bu tugmani bossam, bu ochiladi” kabi sabab-oqibat aloqasini
tushunish boshlanadi.

Ilk bolalik davridan boshlab bola uni o‘rab turgan predmetlaming xususiyatlarini

va ular orasidagi oddiy bog'lanishlarni anglashga harakat qiladi. Bu davr aqliy
rivojlanishning asosini, idrok va tafakkur harakatlarining yangi ko‘rinishlarini tashkil


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_3-to’plam_Aprel-2025

300

ISSN:3030-3613

etadi. 1 yoshli bola predmetlarni izchil, tizimli ravishda ko‘rib chiqa olmaydi. U asosan
predmetning qandaydir bir ko‘zga tashlanib turadigan belgisiga o‘z e’tiborini qaratadi
va predmetlani shu belgilariga ko'ra taniydi. Keyinchalik yangi idrok harakatlarining
egallanishi bolaning predmetli harakatlarini bajarishdan ko‘z bilan chamalab, harakat
qilishiga o‘tishda namoyon bo‘ladi, endi u predmetning bo'laklarini ushlab
ko‘rmasdan, balki chamalab idrok eta oladi, 2,5-3 yoshli bola kattalaming ko‘rsatgan
namunasi, rangi, shakli va kattaligiga ko‘ra, aynan shunday predmetlarni chamalab.
idrok etgan holda to‘g‘ri topa oladi. Bolalar avval shakliga, so'ngra kattaligiga va undan
keyingina rangiga qarab ajrata oladilar. Bu jarayonda bola bir xil xususiyatga ega
bo‘lgan juda ko‘p predmetlar mayjudligini tushuna boshlaydi. Lekin, bola rasm
chizishni boshlash davrida predmetlarning rangini e’tiborga olmaydi va o'ziga
yoqadigan ranglardan foydalanadi. Bu faoliyat orqali bolaning psixik jarayonlari ham
rivojlanadi.Masalan bola narsalarni shakli rangi tovushi orqali farqlashni o’rganadi.
Predmetlarni nomlash, kattalarni taqlid qilish orqali nutq bazasi boydii, narsalarni
eswlab qolish, ularni topa olish ko,nikmalari rivojlanadi, “agar bu tugmani bossam, bu
ochiladi” kabi sabab-oqibat aloqasini tushinish boshlanadi. Tadqiqotlarning
ko‘rsatishicha 2,5-3 yoshli bola 5-6 ta shaklni (doira, kvadrat, uchburchak,
to‘g‘riburchak, ko‘pburchak) va 8 xil rangni (qizil, olov rang, sariq, yashil, ko k,
siyohrang, oq, qora) idrok etishi mumkin. Rang va shakllarning maqsadga muvofiq
ishlatilishi jihatidan har xil narsalarda turlicha namoyon bo‘lishi sababli, bu yoshdagi
bolalar ularni idrok etganlari bilan nomlarini aniq bilishlari va o‘z nutqlarida ishlata
olish birmimcha qiyinroq. Kattalarning bu yoshdagi bolalardan rang va shakllarni eslab
qolishlarini talab etishlari noto‘g‘ridir, buning uchun mos davr 4-5 yoshlar
hisoblanadi. Bola 3 yoshigacha o‘zlashtirgan so‘zlar asosan predmet va harakatlarning
nomlarini bildiradi. Nomlar asosan uning vazifasini anglatadi, bunda predmet yoki
harakalning tashqi ko‘rinishi o‘zgarsa ham uning nomi o‘zgarmaydi. Shuning uchun
ham bola predmetlarning nomlarini ishlatilishini vazifalariga bog‘lagan holda tez
o‘zlashtiradi. Idrok o‘ssa, xotira takomillashadi. Xotira bolaning taraqqiyoti uchun
katta ahamiyatga egadir.Ilk yoshdagi bolalarda ixtiyorsiz diqqat ustimligicha
qolaveradi. Masalan, bola juda berilib ertak eshitayotgan bo‘lsa harn, xonaga birov
kirib qolsa, uning diqqati ixtiyorsiz shu ertakdan chalg‘iydi. Diqqatning ko‘p chalg‘ishi
bu yoshdagi bolalar diqqatining xarakterli xususiyatidir, chunki psixik hayot doimiy
ravishda tashqaridan bo‘ladigan yangi o‘zgarishlarga muhtoj bo‘lib turadi. Ammo
ob’ektga bo‘lgan qiziqish qancha aniq va ravshan bo‘lsa, bolaning ixtiyorsiz diqqati
shuncha barqaror bo'ladi. Meyorsiz diqqatning kelgusi taraqqiyoti qiziqishlarning
boyib borishiga bog‘liqdir. Bu yoshdagi bolalarda ixtiyoriy diqqat endigina vujudga
kela boshlagan bo‘ladi. Uch yashar bolaning xayol obrazlari tevarak-atrofdagi
predmetlarning ta’sirida tug‘iladi va ma’lum maqsadga bo‘ysunadi. Bola qo‘g‘irchoqni
ko‘rib bo‘lgandan keyin, uni kiyintiradi va «uxlashga» yotqizadi. Bordi-yu, shu on


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_3-to’plam_Aprel-2025

301

ISSN:3030-3613

«ayiqcha»ni ko‘rib qolsa, diqqatini qo‘lidagi qo‘g‘irchoq qolib, ana shu «ayiqcha»ga
qaratadi va u bilan «o‘rmonga sayr qilishga» ketadi. Bolada tajriba ortib borishi bilan
xayol ham boyib boradi. Kichkina bolalarda xayol ancha rivojlangan bo‘ladi. Lekin
bola xayoldagi obraz bilan borliqdagi idrok qilayotgan narsa va predmetlarni
aralashtirib yuboradi. Shu sababli bola xayoliga ta’sir etuvchi vositalar ichida ertaklar
muhim o‘rin egallaydi. Ilk bolalik yoshidagi bolaning xayoli predmetlar bilan
qilinadigan harakatlarga bog‘liqligi bilan farqlanadi. Bu yoshdagi bolalarda nutq va
tafakkur xususiyatlari o'z hayotining birinchi hayolida sodda assotsiatsiya, ya’ni har xil
tasavvurlani bir-biri bilan bog‘lash qobiliyatiga ega bo‘ladi. Masalan, u sutli shishani
ko‘rishi bilan xursand bo‘ladi. Vaqt o‘tishi bilan bolaning assotsiatsiyasi
murrakkablashib boraveradi. Bola bir yoshga to‘lay deganda, onasining ko‘chaga
kiyadigan kiyimini olib kelayotganini ko‘rib, xursand bo‘ladi. Bola o‘z hayotining
ikkinchi yilida fazo munosabatlarini aniqlay boshlaydi, xonaning ichidagi predmetlar
orasida o‘zini to‘g‘ri tutish malakasini egallab boradi.

Bolaning yoshi ulg'ayishi bilan unda tevarak-atrofga bo‘lgan qiziqish ortadi.

Kichkintoydagi sinchikovlik va har narsaga qiziquvchanlik uning kelgusi hayotida juda
muhim rol o‘ynaydi. Bola hamma narsani o‘zi ko‘rishni va eshiitishni istaydi. Lekin
bolaning hayoti va rivojlanishi uchun ko‘rish va eshitish sezgilari asosida vujudga
keladigan taassurotlargina emas, muskul-harakat sezgilari orqali oladigan taassurotlar
ham juda muhimdir. Ilk bolalik davrining boshlariga kelib, bolada birinchi tafakkur
operatsiyalari yuzaga keladi. Bola biror predmetni olishga harakat qila olganidan
so‘ng, sinchiklab o'rganishida ko‘rishimiz mumkin. Ularning tafakkurlari, asosan,
ko‘rgazmali-harakatli bo‘lib, u atrof olamdagi turli bog'liqliklarni o‘rganishga xizmat
qiladi. O’zidan uzoqroq turgan koptokni biron-bir uzunroq narsa bilan itarib yuborish
mumkinligini ko‘rgan bola, endi mustaqil ravishda divan tagiga kirib ketgan koptokni
tayoqcha yordamida olish mumkinligini tafakkur eta oladi.Umumlashtirishda nutq
muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, soat deyilishi bilan bola qo‘l soatini yoki
devordagi osma soatni ham tushunishi mumkin. Lekin, ular turlicha bo‘lganligi bois,
ularda umumiylikni topish bola uchun qiyinroq hisoblanib, bu borada fikrlash 2-3
yoshli bolalar ma’lum bir predmetlarning o'rniga ularning o‘rnini bosishi mumkin deb
hisoblagan boshqa narsalardan ham foydalanadilar.

Masalan, o‘yin jarayonida bola cho‘pni qoshiq yoki termometr o‘rnida,

yog‘ochdan yasalgan krovat yoki mashina o‘rnida foydalanishi mumkin. Bola ikki
yoshlarga borib, amaliy tafakkurdan birinchi marta foydalana oladi, uchinchi yoshida
esa ba’zi tanish harakadardan konkret masalalarni hal qilishdi mustaqil foydalana
boshlaydi.

Xulosa:

Ilk bolalik davrida predmetli faoliyat bolaning psixik va jismoniy

rivojlanishida muhim o‘rin tutadi. Bola atrof-muhitdagi narsalarni o‘rganar ekan, ular
bilan amaliy harakatlar orqali tajriba orttiradi, tafakkuri, tasavvuri va ijodiy salohiyati


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_3-to’plam_Aprel-2025

302

ISSN:3030-3613

shakllana boshlaydi. Ushbu faoliyat turi orqali bola muhim ko‘nikmalarni egallab,
mustaqil fikrlashga, muammoni hal qilishga, shuningdek, nutq va ijtimoiy
munosabatlarni rivojlantirishga qadam qo‘yadi. Shunday qilib, predmetli faoliyat
bolalar tarbiyasi va ta’limida asosiy vositalardan biri hisoblanib, uni to‘g‘ri tashkil etish
pedagogik jarayonning samaradorligini oshiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

M.Mirqosimova, Z.Kasimova, F. Rasulova “Umumiy padagogika va psixologiya”
Toshkent-2022

2.

Sh.R.Baratov, L.Yolimov, O.R.Avezov “psixologiya nazariyasi va tarixi”
Toshkent-2019

3.

D.G’. Muhammedov, N.M.Mullaboyev. A.I.Rasulov.”Umumiy psixologiya”
Toshkent-2018


Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar

M.Mirqosimova, Z.Kasimova, F. Rasulova “Umumiy padagogika va psixologiya”

Toshkent-2022

Sh.R.Baratov, L.Yolimov, O.R.Avezov “psixologiya nazariyasi va tarixi”

Toshkent-2019

D.G’. Muhammedov, N.M.Mullaboyev. A.I.Rasulov.”Umumiy psixologiya”

Toshkent-2018