T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_3-to’plam_Aprel-2025
264
ISSN:3030-3613
ALTURIZM TUSHUNCHASINING INSON RUHIYATIGA TA’SIRI VA
O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Andijon davlat pedagogika instituti
vb dotsenti
Vaxabova O‘g‘ilxon Tolibjonovna
filologiya fakulteti talabasi
Dexqonova Sevinchbonu Qobiljon qizi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada alturizm bo’yicha olimlarning mulohazalari
nazariy tahlil etilgan bo’lib, unda alturizm terminini ilk bor qo’llanilishi, uni qanday
ma’no anglatishi, o’ziga xos turlari, shaxs faoliyatining turli jabhalarida alturizm
sifatlarini aks etishi, o’zbek olimlaring alturizm bo’yicha o’z qarashlari yoritiladi.
Kalit so’zlar
: alturizm, xulq-atvor, biologik va ijtimoiy alturizm, etnologlar,
shaxs turlari, motivatsiya, raqobat muvozanati
Annotation:
In this article , the views of schoolars on altruism are theoretical
was analyzed, and the first use of the term altruism, what it means, it is specific types
,reflecting the qualities of altruism in various aspects of personal activity, and the views
of Uzbek scientists on altruism are highlighted.
Key words:
altruism, behavioral biological and social altruism, ethnologists,
personality, types, motivation, competitive balance.
Altrurizm -lotincha: „alter“ – boshqa, boshqalar– boshqalarning farovonligi
uchun begʻaraz gʻamxorlik bilan bogʻliq faoliyatni anglatuvchi tushuncha. Fidoyilik
yaʼni oʻz manfaatini boshqa birovning manfaati uchun qurbon qilish bilan bogʻliq.
Bugungi kunda alturizm juda keng tarqalgan hodisa emas. Altruistlar ba'zilarni
quvontiradi, boshqalarni hayratda qoldiradi va boshqalar orasida shubha uyg‘otadi.
Fikrimizcha, alturizm hissa qo’shish va boshqalarga yordam berish orqali jamiyatni
yaxshilaydi. Boshqalarga samimiy yordam berish, o’zimizni quvontiradi va bir-
birimizga nisbatan mehr-muruvvatni oshiradi.Shuni ta’kidlash kerakki, alturizm har
doim ham o’z o’zidan kelmaydi.Shuni ta’kidlash kerakki, alturizm ijtimoiy birdamlikni
mustahkamlashda muhim ro’l o’ynaydi va insonlarni birlashtiradi. Har birimizda
alturizm g’oyasini rivojlantirish imkoniyati bor, bu esa dunyoda yaxshilik qilishga olib
keladi.
Alturizmning turlari: biologik va ijtimoiy alturizm
1.Biologik alturizm: Bu turdagi alturizmda ,odamlar va hayvonlar o’ziga xos
biologic ehtiyojlarni qondirish maqsadida bir-biriga yordam berishadi. Ular faqat o’z
turini saqlashga qaratilgan harakatlarni amalga oshiradilar . Bunga eng yaxshi misol
sifatida ’’ gene’s-eye view’’ (genlarning nuqtai nazari)tushunchasini keltirish mumkin
, ya’ni individlar o’zlarining avlodlarini qo’llab-quvvatlash orqali genlarini saqlashga
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_3-to’plam_Aprel-2025
265
ISSN:3030-3613
harkat qilishadi. Richard Dawkins ’’Selfish Gene’’
1
asarida genlarning davomiyligi
haqida malumot beradi.
2.Ijtimoiy alturizm: Bu alturizm turi odamlarga boshqalarga yordam berish
orqali ijtimoiy aloqalarni mustahkamlash va jamiyatda barqarorlikni ta’minlashni
anglatadi. Ijtimoiy alturizm odatda insonlarning bir-biriga bo’lgan ishonchlarini
mustahkamlash va ijtimoiy tarmoqni kengaytirishga qaratilgan harakatlar sifatida
namoyon bo’ladi.
Alturizmning ijobiy va salbiy jihatlari mavjud:
Salbiy jihatlari. Ba’zida boshqalarga haddan tashqari yordam berish yoki o’z
manfaatlarini qurbon qilish ijtimoiy tizimni muvozanatdan chiqarishi mumkin .Ba’zida
alturizm shaxsiy chegaralarni buzishga olib kelishi , doimiy yordam berish ,yordam
oluvchi tomonidan suiistemol qilinishi yoki o’z manfaatlaridan chetlatish hissi keltirib
chiqarishi mumkin.
Alturizmning ijobiy jihatlari ko’plab tadqiqotlarda ta’kidlangan .Boshqalarga
yordam berish ,jamoa hissini rivojlantiradi ,ijtimoiy aloqalarni mustahkamlaydi,
jamiyatning farovonligini oshiradi.
Alturizm ijtimoiy tizimlarning rivojlanishi va odamlarning o’zaro aloqalarini
yaxshilashda muhim ro’l o’ynaydi. Biroq, ortiqcha yordam va boshqalarning
ehtiyojlarini ustun qo’yish ba’zan salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Alturizm-
inson ruhining eng go’zal, eng nazokatli qismidir. O’ziga xos bir xazina singari,u
insonlarni bir-biriga yaqinlashtiradi, sevgi va g’amxo’rlikni mustahkamlaydi. Alturizm
bu faqat bir so’z emas, balki har bir insonning yuragida joylashgan sharqona mayinlik
va g’amxo’rlikdir.Umuman olganda,alturizm nafaqat shaxsiy baxt va qoniqish
beradi,balki ijtimoiy hamjihatlikni ham kuchaytiradi.
Alturizm haqida o’zbek olimlarining fikrlari insoniyatning ma’naviy
ko’tarilishida va jamiyatda hamdardlikni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega.
Ularning ta’kidlashicha, alturizm nafaqat shaxsiy manfaatlarimizdan voz kechish,
balki boshqalarning baxtini ham o’zimizniki kabi qadrlashdir. O’zbek olimlari o’zaro
yordam ,rahm-shafqat,mehr-muruvvatni nafaqat jamiyat birligi uchun,balki shaxsiy
taraqqiyot uchun zaruriy omillar deb bilishadi.Ular boylik va mavqe uchun kurashish
o’rniga , samimiy hissiyotlar va o’zaro qo’llab-quvvatlash orqali ijtimoiy ahillikni
ta’minlashning ahamiyatini ta’kidlaydilar.
Abdulaziz Hamidov-Alturizmni insoniyatning ma’naviy rivojlanishidagi muhim
omili sifatida ko’radi. U boshqalarni o’z manfaatlaridan yuqori qo’yish ijtimoiy
ahillikni ta’minlaydi, deb ta’kidlaydi.
1
Richard Dawkins ’’Selfish Gene’’
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_3-to’plam_Aprel-2025
266
ISSN:3030-3613
Dilshodbek Nurmurodov-Alturizmni o’zaro yordam va qo’llab-quvvatlash
orqali jamiyatda tinchlikni saqlashning yo’li deb hisoblaydi. U ruhiy salomatlik va
xavfsizlik uchun alturizmning ahamiyatini ta’kidlaydi.
Gulnoza Abdullayeva-Alturizmning yangi avlodlar tarbiyasidagi o’rni
2
haqida
gapiradi. U alturizm orqali bolalarga mehr,hamdardlik va ijtimoiy mas’uliyat
tuyg’ularini o’rgatishni zarur deb hisoblaydi.Yoshlar,ularga alturizm qadriyatlari
singdirilganda ,kelajakda odamlar o’rtasida munosabatda yanada ijobiy
bo’lishadi.Abdullayeva, ayniqsa, talim jarayonida, o’qituvchilar va ota-onalarning ro’li
muhimligini ko’rsatadi. Yigit-qizlarni boshqalarga yordam berishga, ularga hurmat
bilan qarashga o’rgatish-bu o’z navbatida,yanada sog’lom va muhtojlarga yordam
berishga tayyor avlodni tarbiyalashga xizmat qiladi. Alturizm nafaqat yaxshi xulq-
atvorni, balki ijtimoiy birdamlikni ham shakllantiradi.Rustam Jumayev-ijtimoiy adolat
va tenglik masalalari asosida alturizmni tahlil qiladi. U alturizmni amalga oshirish
insonlarni yanada himoyasiz qilishi, ayniqsa boy va kambag’al o’rtasidagi farqni
kamaytirishi zarur deb hisoblaydi. U bir-biriga yordam berish orqali ijtimoiy ishlarning
yanada rivojlanishiga va adolatli jamiyat barpo etishga hissa qo’shilishini ta’kidlaydi.
O’zbek olimlari alturizmni insoniy axloq va ijtimoiy munosabatlarning muhim aspekti
sifatida ko’radilar. Jamoat psixologiyasi bo’yicha mutaxassis
Rano Akramova o’z asarlarida ’’alturizm -bu jamoatchilik ruhiyatining o’ziga
xos ko’rsatkichi
3
’’deb ta’kidlaydi. Shuningdek u alturizmning ijtimoiy farovonlikka
hissa qo’shilishini va shaxsiy manfaatlardan voz kechish orqali jamiyatda ijobiy
o’zgarishlarni yaratish imkoniyatini muhokama qiladi.
Yana bir taniqli ijtimoiy nazariyshunos Abdulaziz Vohidov ,alturizmni tarixiy
va madaniy jihatdan o’rganadi. U ’’o’zbek xalqining ajdodlardan meros qolgan
qadriyatlar’’
4
maqolasida,o’zaro yordam va rahm- shafqatning an’anaviy ifodalarini
yoritadi. Vohidov alturizmni nafaqat boshqalarga yordam berish, balki o’zini
rivojlantirish va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash sifatida ko’radi. U insonlar o’rtasidgi
xayriya va hamdardlik amaliyotlari orqali o’zaro ishonchni oshirish va jamiyatni
mustahkamlashning muhimligini belgilaydi. Shuni ham ta’kidlash kerakki, u
alturizmning o’zini o’rganish,,empatiya va insoniylik hissi bilan bog’liqligini qamrab
oladi. Alturizm o’zbek madaniyatida asosiy o’rin turadi va bu qadriyatlarni saqlab
qolish jamiyat barqarorligining poydevoridir.
Yulduz Murodova esa nazariy jihatdan,’’Inson va ijtimoiy mas’uliyat’’asarida
alturizmni shaxsiyatning rivojlanishidagi muhim omillardan biri sifatida ko’radi.U
asarda , insoniy qadriyatlarni yuqori tutish va o’z manfaatlari bilan muvofiqlashtirish
zarurligi shaxsiy va ijtimoiy manfaatlarning o’zaro uyg’unligini ta’kidlaydi.
2
Gulnoza Abdullayeva ’’yangi avlodlar tarbiyasidagi o’rni’’
3
Rano Akramova''Alturizm bu jamoatchilik ruhiyatining o’ziga xos ko’rsatkichi’’
4
Abdulaziz Vohidov ’’O’zbek xalqining ajdodlardan meros qolgan qadriyatlar’’
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_3-to’plam_Aprel-2025
267
ISSN:3030-3613
Mirza Omarov jamiyatdagi jamiyatdagi alturizm muammolari va ularning hal
etilishi kerakligi haqida bir qancha fikrlar beradi. U alturizm nafaqat individuallarga,
balki butun jamiyatga foyda keltirishi haqida fikr yuritadi. U nazarda tutadiki,agar
odamlar bir-biriga yordam berishsa ,ijtimoiy muamollarni hal qilish osonlashadi.
Shuningdek u alturizmnining madaniy meros va an’analardagi o’rnini, bu orqali
insonlarning xayriya va yordam berish madaniyatini rivojlantirish zarurligini
belgilaydi. Iqtisodchi Olimjon Mamatov alturizmni iqtisodiy va ma’naviy taraqqiyotga
turtki beruvchi kuch sifatida ta’kidlaydi. U alturistik munosabatlar odamlar orasida
yangiliklar kiritishga,innovatsiyalarni qo’llab-quvvatlashga va iqtisodiy muammolarni
hal qilishi haqida fikr yuritadi. Natijada, alturizn orqali ijtimoiy resurslardan samarali
foydalanish, iqtisodiy o’zgarishlarda barqarorlikni ta’minlashi mumkin. U,
shuningdek,iqtisodiy muvaffaqiyatlari ko’pincha ijtimoiy mas’uliyat va alturistik
qarashlar bilan bog’liqligini belgilaydi.
Alturizm ko’pincha madaniy, diniy va etik jihatlariga ko’ra yuqori baholanadi.
O’zbekistonlik ijtimoiy soha vakillari, alturizmni insoniyatning maktabidan biri deb
ataydilar. Ular alturizmni nafaqat axloqiy qadriyat siaftida ,balki jamiyatning
barqarorligini ta’minlash uchun zaruriy omillardan deb biladilar.
O’zbekistonlik psixolog Abdurauf Qodirov ’’Insoniyat va sevgining ahamiyati’’
5
asarida alturizmni o’zaro hurmat, ongli ravishda boshqalarga yordam berish va
intilish sifatida ta’riflaydi. U alturizmni insoniyatning eng yuksak qadriyatlaridan biri
sifatida ko’radi va bu tushuncha sevgi, do’stlik va hamjihatlik bilan boyitilgan.Asarda
alturizm ,eng avvalo,insoniy munosabatlarga asoslanganligi va har bir insonning
yordmi orqali muammolarni hal etish imkoniyatlarini rivojlantirish ta’kidlanadi.
Etno-sotsiolog
Zaynab
Shokirovaesa,
’’O’zbek
madaniyatidagi
alturizm’’
6
maqolasida ,an’anaviy qadriyatlarimizda rahm-shafqat va o’zaro
yordamning muhimligini ta’kidlaydi, Buning natijasida jamiyatda ijtimoiy barqarorlik
va tinchlik saqlanishi mumkin.
Psixologiya : alturizm o’z o’zini himoya qilish instinkti bilan bog’liq. Alturistik
xatti- harakatlar ijtimoiy tabiatimizdan kelib chiqadi. Masalan,tabiatda ba’zi hayvonlar
boshqa turlarga yordam berishadi, himoya qilishadi bu ham alturizmning ifodasi
bo’ladi. Jamiyatda ko’ngillilar, vositachilar boshqalarga o’z xohishlaridan kelib
chiqqan holda yordam beradi. Bu hodisalar ko’rib o’tilganidek hayotimiz davomida
doimiy takrorlanib turadi. Ba’zi hollarda alturizm o’z manfaatlarini yo’qotish bilan
bog’liq holda bo’ladi. Alturizm psixologiyasi bo’yicha Alan G. Ingham va uning
hamkasblari ’’boshqalar uchun o’z manfaatlarini qoldirish’’
7
temasi bo’yicha
tadqiqotlar qildilar.
5
Abdurauf Qodirov’’Insoniyat va sevgining ahamiyati’’
6
Zaynab Shokirova ’’O’zbek madaniyatidagi alturizm’’
7
Alan G. Ingham ’’boshqalar uchun o’z manfaatlarini qoldirish’’
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_3-to’plam_Aprel-2025
268
ISSN:3030-3613
Alturizm o’zbek adabiyotida nafaqat badiiy g’oyalar ,balki tarbiyaviy
nazariyalar orqali ham ilgari surilgan.Bu orqali adabiyot inson qalbini tozalash
,unutilgan qadriyatlarni qayta tiklash va bir-biriga ko’maklashish zaruratini
ta’kidlaydi.
O’zbekistonda alturizm ko’plab an’anaviy qadriyatlarga asoslangan.
O’zbekistonning turli hududlarida, qishloq joylarida,yordam berish vs jamiyatni
qo’llab-quvvatlashning kuchli madaniy qadriyatlari mavjud.Bunda oilaviy
aloqalar,mahalliy ijtimoiy tizimlar,jamiyatning birlashishi muhim ro’l o’ynaydi.
Umuman olganda alturizm insoniyat sivilizatsiyasining asosi bo’lib,tinchlik va
ijtimoiy barqarorlikni ta’minlaydi.Bu prinsipning ro’yobga chiqishi insonlar o’rtasida
do’stlikni,hamjihatlikni va bir-biriga bo’lgan ishonchni mustahkamlaydi. Demak,
yuqoridagilardan kelib chiqib, alturizmning quyidagi o’ziga xos jihatlarini ajratib
ko’rsatish mumkin:
1.Insoniylik-boshqalarga yordam berish orqali ijtimoiy aloqalar o’rnatish va
ijtimoiy birlikni kuchaytirish.
2.Motivatsiya-alturizm ko’pincha ichki motivatsiyaga tayanadi.Boshqalarga
yordam berish va o’ziga bo’lgan ishonchni yanada kuchyatirishga yordam beradi.
3.Ijtimoiy va psixologik manfaatlar-alturizm orqali nafaqat yordam berilgan
odam, balki yordam beruvchi ham o’ziga kerakligi bo’lgan ijobiy xulosalarni oladi.
4.Raqobat muvozanati: alturizm ijtimoiy muvozanatni saqlashga yordam beradi,
bu esa raqobatni kuchaytirishga emas ,balki hamjihatlikka olib keladi.
5.Avlodlar o’rtasida xayrli meros: alturizm kelajak avlodlarga yordam berish va
to’g’ri qadriyatlarni avlodlarga yetkazishga xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1.Akramova R.’’Alturizm va jamoat ruhiyati’’2021
2.Vohidov A.’’O’zbek xalqining ajdodlardan meros qolgan qadriyatlar’’.2018
3.Murodova Y.’’Inson va ijtimoiy mas’uliyat’’.2020
4.SHokirova Z.’’O’zbek madaniyatidagi alturizm’’.2023
5.Qodirov A.’’Insoniyat va sevgi’’.2020
6.Karimova V.M.Sotsial psixologiya -Toshkent,2012