T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_4-to’plam_Aprel-2025
264
ISSN:3030-3613
MOY TOZALASH FILTRLARI, ULARNING TUZILISHI VA ISHLASHI
O’roqov Asliddin Azamat o’g’li
Andijon mashinasozlik instituti
“Avtomobilsozlik va transport” fakulteti
AT yo`nalishi 4-kurs talabasi
Ilmiy rahbar:
Mirzakarimov Rustambek
Annotatsiya
.
Mazkur maqolada moy tozalash filtrlarining tuzilishi va ishlash
prinsiplari ko‘rib chiqiladi. Moy tozalash filtrlari, asosan, avtomobil va sanoat
mexanizmlarida ishlatiladigan muhim komponentlardir. Ular moyni ifloslantiruvchi
moddalar va zarrachalardan tozalash orqali mexanizmlarning samarali ishlashini
ta'minlaydi. Filtrlar turli materiallardan tayyorlanadi va ularning tuzilishi
ko‘pincha qatlamli yoki kompozit bo‘lishi mumkin
.
Kalit so'zlar
. moy tozalash filtrlari, tuzilish, ishlash prinsipi, avtomobil
mexanizmlari, sanoat uskunalari, ifoslantiruvchi moddalar, qatlamli filtrlar,
kompozit materiallar.
Kirish.
Ichki yonuv dvigateli ishlayotganda karterga havo bilan birga kirgan
atmosfera changi va nami, detallarning yeyilish mahsullari, moy, uning
qo‘shilmalari va yonilg‘i oksidlanishi natijasida yuzaga kelgan uglerod
cho‘kindilari, IYoD ni yig‘ish, tuzatish, texnik xizmat ko‘rsatish paytida unga kirib
qolgan begona zarralar, ichkarida bo‘lgan va moy oqimlari chiqarib tashlagan
texnologik qoldiqlar (qirindi, qasmoq, qum), suv hamda yonilg‘ining oltingugurtli
birikmalari ta’sirida materiallarning korroziyalanish mahsullari va shu kabilar moy-
ni ifloslantiradi. Bularning hammasi moylash sistemasidagi o‘tish yo‘llariga tiqilib
qolib, uning ish rejimini buzadi, harakatlanuvchi detallar orasidagi tirqishga kirib
qolib, uzellar ishini buzadi va detallarning abraziv yeyilishiga sabab bo‘ladi. Ularni
yo‘qotish, binobarin, IYoD ning ishonchli ishlashini oshirish va xizmat muddatini
uzaytirish, uning ko‘rsatkichlarini yaxshilash uchun moylash sistemasi moyni
tozalay-digan tuzilmalar bilan ta’minlanadi.
Mavjud IYoD larda moyni ikki bosqichli tozalash — dag‘al va mayin tozalash
qo‘llaniladi, 0,4—0,5 mm gacha va bundan katta o‘lchamli zarralarni tutib qolish
uchun dastlabki tozalash bu hisobga kirmaydi. Moyni dag‘al tozalash filtrlari nasos
bilan asosiy magistral oralig‘iga ketma-ket ulanadi va 0,03—0,09 mm o‘lchamdagi
zarralarni tutib qolishga mo‘ljal-langan. Konstruksiyasiga ko‘ra ular to‘rli, lenta
tirqishli va plastina-tirqishli bo‘ladi.
Ularni muntazam ravishda yuvib va tozalab
turish talab qilinadi. O‘z-o‘zidan tozalanadigan filtrlar ham bor. Filtr elementi
ifloslanganda yoki past haroratli sharoitda moy quyuqlashganda, magistralga
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_4-to’plam_Aprel-2025
265
ISSN:3030-3613
moy kelmay qolishining oldini olish uchun mayin tozalash filtrlariga qayta
o‘tkazuvchi klapanlar o‘rnatiladi. O‘lar moyning ichki qarshiligi ortganda,
filtrlovchi elementni chetlab o‘tib, uni sistemaga yo‘naltiradi. Qayta o‘tkazuvchi
klapan ochilganda bosim 0,08—0,12 MPa atrofida o‘zgaradigan qilinadi.
0,5—1 mkm dan yirikroq zarralarni tutib qolish uchun moyni mayin tozalashda
tirqishli (kartondan), sirtli (qog‘ozdan) yoki hajmiy (yog‘och unidan, kamdan-kam
hollarda ip gazlamadan)
)
filtrlovchi elementlar qo‘llaniladi. Mazkur elementlar
belgilangan vaqt davomida ishlatilganidan so‘ng almashtiriladi. Karton elementlar
dasta qilib yig‘ilgan shtamplangan plastinalardan iborat bo‘ladi. Ularning xizmat
muddati nisbatan qisqa (100—200 soat) va ichki qarshiligi yuqori bo‘ladi. Sirtli
qog‘oz elementlar qog‘ozning maxsus navlaridai tayyorlanadi va IYoD da moyni
mayin tozalash uchun keng qo‘llaniladi. Filtrlash sirtining yuzini kattalashtirish
uchun qog‘oz parda ko‘p qirrali yulduz ko‘rinishida burmali qilib tayyorlanadi. Bu
turdagi filtrlar ichiga qayta o‘tkazuvchi klapanlar joylangan zich berkiluvchi
qalpoqlarga o‘rnatiladi.
Hozirgi vaqtda moyni mayin tozalovchi tuzilmalar sifatida, ko‘pincha rotor
asosidagi gidravlik yuritmaga ega bo‘lgan sentrafugalardan foydalaniladi. Ularda
nasos uzatadigan moyning bir qismi ichki qalpoqni aylantirish uchun ishlatiladi.
Markazdan qochma kuchlar ta’sirida ajralgan zarralari ana shu qalpoq devorlariga
o‘tiradi. Bunda IYoD detallarini eng ko‘p yeyiltiradigan yirik qattiq zarralar moydan
eng yaxshi ajratiladi. Dvigatelning ish rejimlarida moy qizigan holatda sentrafuga
qalpog‘i 5000—8000 min
1
chastota bilan aylanib, ifloslantirgichlarning zarur
mayinlikda ajratilishini ta’minlaydi. Mayin tozalash filtrlari kabi sentrifugalar ham
sistemadagi asosiy moy oqimiga parallel qilib yoki ketma-ket qilib, ya’ni o‘zidan
butun oqimni o‘tkazadigan qilib ulanishi mumkin.
Moy tozalash filtrlari har bir ichki yonuv dvigatellarida mavjud bo‘lib, moylash
tarmog‘iga tashqaridan tushadigan yoki dvigatelning o‘zida foydalanish jarayonida
vujudga keladigan zararli qo‘shimchalardan holi qilish uchun ishlatiladi. Moy
filtrlari to‘la oqimli (tarmoqda harakatlanayotgan moyning ko‘p qismi filtrdan
o‘tkaziladi) va to‘la bo‘lmagan oqimli (10..15 foiz moy filtrdan o‘tkaziladi) bo‘ladi.
Odatda to‘la oqimli filtrlar dag‘al filtr bo‘lib, tarmoqqa ketma-ket ulanadi va
moy nasosi bilan asosiy moy yo‘li oralig‘ida joylashadi. Dag‘al filtrlarni tozalash
aniqligi taxminan 38-45 mkm bo‘ladi. Plastinka-tirqishli tozalovchi ayrim-ayrim
qismli dag‘al filtr (2-rasm) moyning o‘tishiga katta qarshilik ko‘rsatmaydi,tuzilishi
sodda va moy tozalab o‘tkazish qobiliyati yuqori. Filtrning tozalovchi qismlari
cho‘yan korpus (6) da joylashgan bo‘lib, unga tushirish tiqin (1) ni tindirgich (2)
birlashtirilgan. Korpusda o‘tkazish klapani (8) o‘rnatilgan. Tozalovchi qismlar
po‘latdan plastinka (10) shaklida teshikli qilib yasalgan bo‘lib, qalinligi 0,35 mm.
Har ikkala plastinkalar orasiga yulduzsimon plastinka (11) shaklida yasalgan va
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_4-to’plam_Aprel-2025
266
ISSN:3030-3613
qalinligi 0,08mm bo‘lgan ajratgich qo‘yiladi. Plastinka va markaziy o‘zak (4) ga
gayka yordamida mahkamlanadi. Kvadrat shaklida o‘zak yon tomonlariga qo‘sh
plastinkalar kiritiladi.
1-rasm. Plastinkali-tirqishli dag‘al moy tozalash filtri
Tozalovchi tarkibiy qismlar o‘zakning yuqori qismiga gayka qisilgan rezinkali
salnik o‘rnatilgan. Moy nasosdan tuynuk (4) orqali filtrning pastki ichki bo‘shlig‘iga
kiradi va bosim ostida tozalovchi tarkibiy qismlarning tirqishlari ichidan o‘tib
tozalanadi, natijada moyning ifloslangan mayda zarrachalari plastinkalar oralig‘ida
ilashib qoladi, yiriklari esa tindirgichning tubiga cho‘kadi. Tozalangan moy
plastinkalar teshigidan o‘tkazish tuynugi orqali asosiy moy yo‘liga o‘tadi.
Plastinkalarni tozalash uchun dastak buraladi. Tozalovchi oraliq plastinkalar
tozalagich plastinkalarning sirtida yopishib qolgan iflos zarrachalarni qirib
tozalaydi. Kiritish va chiqarish tuynuklari oralig‘ida joylashgan o‘tkazish klapani
(8) filtr ifloslanib, moy bosimi zo‘riqqanda ochiladi va nasosdan kelayotgan
tozalanmagan moy dag‘al filtrni chetlab, bevosita markaziy moy yo‘liga o‘tadi.
Dag‘al filtrlar 38-45 mkm o‘lchamli zarralarning 95 % ini ushlab qolishga
qodir, o‘lchami kichikroq zarralar tozalovchi to‘siq g‘ovaklari orqali dvigatelning
moy magistraliga bu yoki u darajada oson o‘tib ketishadi. -5
o
S haroratda dvigatel
ishga tushirilganda, moy 700
o
S ga isitish uchun 25-30 minut vaqt kerak. O‘tkazish
klapani berk, tozalanmagan moy tozalash elementi pardasidan o‘girilib o‘tib,
tozalash elementining qog‘ozli yuzasidan avval filtrlangan iflosliklarni moy
magistraliga o‘tkazib ketgan moy oqimi bilan yuvib tashlagach, aylanish hodisasi
sodir bo‘ladi. Hatto o‘z vaqtida progressiv bo‘lgan klapanlarni birlashtirish yechimi
ham yuz foiz himoyasi kafolatlanmagan, negaki faqat filtr gorizontal joylashganda
samarali, lekin bunda ham moy filtrlariga dvigatelning karteridan ifloslanishlar
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_4-to’plam_Aprel-2025
267
ISSN:3030-3613
tushishi mumkin. O‘tkazish klapani qo‘shimcha tozalash eelementi bilan
himoyalangan filtrlarda o‘tkazilayotgan moy faqat yirik ifloslantiruvchi zarralardan
tozalanadi, maydaroqlari esa moy bilan birgalikda aylanib, dvigatel detallari
yeyilishiga olib keladi.
Hozirgi vaqtda zamonaviy dvigatellarda tirqishli yoki markazdan qochma
mayin tozalash filtrlari uchramoqda. Mayin tozalash filtrlari moyni dag‘al tozalash
filtrlaridan o‘tgandan so‘ng 0.001 mm gacha bo‘lgan mexanik zarrachalardan to‘la
tozalaydi, shuningdek, yelimlashgan moy va moy kuyindilarini tutib qoladi( 3-
rasm). Eng ko‘p tarqalgan ASFO turidagi filtrning tozalovchi qismi qalinligi 3..3,5
mm li shakldor karton qistirmalar to‘plamidan va ular orasiga qo‘yilgan 0,5 mm
qalinlikdagi karton disklardan iborat. Moy bu tuzilmalardan o‘tib, o‘zakning yuqori
qismidan uzalasiga o‘yilgan teshik orqali uning ichiga tushadi va pastki shlang orqali
chiqib ketadi. Mayin tozalangan moy dvigatelning karter tubiga tushadi, mayin
tozalash filtri esa asosiy moy yo‘liga muvozanatda ulanadi. Ifloslangan moyni
chiqarib yuborish uchun tiqin bor.
2-rasm. Mayin moy filtri
1-chiqarish shlangi, 2-bo‘shatish tiqini, 3-filtrlash qismi, 4-kiritish klapani, 5-
korpus, 6-filtrlash qismlarining qistirmasi, 7-filtrlash qismlarining diski, 8-markaziy
o‘zak.
Moy filtrlarining qismlarini takomillashtirish. Hozirgi vaqtda moyni
tozalashning murakkab tizimlari monand elash sifati 45 mkm atrofidagi qog‘oz filtr
va elash sifati, aniqligi 1-3 mkm qisman oqimli filtr o‘rnatilishni tozalangan moy
dvigatelining karteriga quyilishi bilan tahlil qilinmoqda. G‘arbda avtomobil
moylarini tozalashda bora-bora ko‘proq sintetik tolalar qo‘llanilmoqda. Misol
uchun, sintetik tolalar bilan kuchaytirilgan materiallar o‘rniga bir necha qatlam
sellyulozadan, to‘qilmagan kompozitlar hamda to‘la sintetik materiallar
qo‘llanilmoqda. Masalan, ikki qatlamli kompozit materiallar bir qatlami yuqori moy
qabul qiluvchi qobiliyatga ega sintetik tolalardan va bu kombinatsiyaga yuqori
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_4-to’plam_Aprel-2025
268
ISSN:3030-3613
mustahkamlik ham beruvchi yuqori darajali tozalash aniqlikli qog‘ozdan tashkil
topgan. Ilmiy izlanishlardan ko‘rsatiladigan xulosalarga asosan tozalash
aniqligining yuksakligi albatta moy qabul qilish va resurs pasayishi ma’nosiga ega
emas. Aksincha, sintetik mahsulotlarning maxsus tarkibi hisobiga hatto juda yuqori
nafislik bilan tozalash ham uzoq muddat xizmat qilish va texnik xizmat ko‘rsatish
oralig‘ini uzaytirishni ko‘rsatdi.
Barcha keltirilgan fikrlardan quyidagicha ma’no chiqaramiz mumkin, taniqli
g‘arblik tozalash materiallarini ishlab chiqaruvchilar avtomobil ishlab
chiqaruvchining filtrlar xizmat muddatini oshirish ehtiyojidan kelib chiqqan katta
xizmat ko‘rsatish oraliqlariga ega tozalash materiallari uchun xorijiy kompaniyalar
sintetik materiallar foydalanishadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YХATI
1.
Учебное пособие по техническому обслуживанию “Нексия”DAEWOO.
2.
Учебное пособие по техническому обслуживанию “Дамас”DAEWOO.
3.
Учебное пособие по техническому обслуживанию “ Ласетти” DAEWOO.
4.
Учебное пособие по техническому обслуживанию “Тико”DAEWOO.
5.
Ховах М.С., Маслов Т.С. “Автомобиль двигателлари” Тошкент “Ўқитувчи” 1997
йил
6.
Носиров И.З., Сибгатуллин И. Замонавий енгил автомобилларга ТХК ва
таъмирлаш даврийлигини ошириш”. Андижон. “Андижон нашриёти. 2002й.
7.
Абдулгазис У.А. Повышение моторесурса и эффективных показателей
автотракторных двигателей, работающих в пустынной зоне Средней Азии, за
счет совершенствовании системы воздухоснабжения: Дис. ... канд. техн. наук. –
Харьков, 1995.
8.
Авлиякулов Н.Х. Исследования некоторых технико-эксплуатационных
показателей автомобилей разной компоновки в условиях жаркого климата: Дис.
... канд. техн. наук- Киев, 1996.
9.
Авлиякулов Н.Х., Абдулгазис У.А. Коррозионные разрушения в двигателях и
эффективность эксплуатации автотракторной техники в зоне хлопководства с
высоким солесодержанием воды и почвогрунтов. Ташкент. УзНИИИТИ. 1991. С.
8.
10.
Адлер Ю.П., Маркова Е.В., Грановский М.В. Планирование эксперимента при
поиске оптимальных условий. М.: Наука, 1971, 283 с.
11.
Алабужев П.М. и др. Теория подобия размерностей. Моделирование. М.:
"Высшая школа", 1991.
12.
Подольский Л.Я., Аляпышев В.Г., Ледохович А.Н. Создание базовой модели
топливного насоса высокого давления для песрпективных форсированных
автотракторных дизелей // Двигателестроение. 1997. №1. С. 15-18.