Jild 60 № 4 (2025)

Jild 60 № 4 (2025)
Nashr qilingan: 27-05-2025

Maqolalar

3-9 30 19

2-SINF JISMONIY TARBIYA DARSLARIDA O'TKAZILADIGAN MILLIY HARAKATLI O'YINLARDAN FOYDALANISH MASALASI

G'aniyev Suxrob Abduvali o'g'li Jismoniy madaniyat yo'nalishi 1-bosqich 110-guruh talabalari:, Xurramov Dilshod Jahongir o'g'li, Hayitboyev Shohrux Uktamjon o'g'li

Ushbu  maqolada  boshlang'ich  sinf,  xususan  2-sinf  o'quvchilarining  jismoniy 
tarbiya  darslarida  milliy  harakatli  o'yinlardan  foydalanishning  muhim  jihatlari 
to'g'risida  ma'lumotlar  keltirilgan.  Milliy  harakatli  o'yinlarning  bolalar  jismoniy 
rivojlanishi, ijtimoiylashuvi va milliy qadriyatlarni o'zlashtirishidagi ahamiyati tahlil 
qilingan.  O'quvchilarning  yosh  xususiyatlarini  hisobga  olgan  holda,  pedagogik  va 
psixologik jihatdan samarali milliy harakatli o'yinlar tizimi tavsiya etilgan. Maqolada 
konkret  misollar  orqali  milliy  harakatli  o'yinlarning  bolalarning  jismoniy  sifatlari 
(chaqqonlik, tezkorlik, kuch, chidamlilik) rivojlanishiga ta'siri ko'rsatib berilgan. 

254-258 62 15

O‘ZBEKISTON KONFESSIYALARARO DINIY BAG‘RIKENGLIKNING TARIXIY TAJRIBASI.

Akramova Muhayyo Hoshimjon qizi, Mamatqulova Ruxshona Rustamjon qizi

 
Annotatsiya:  Ushbu  maqolada  globallashuv  sharoitida  dinning  o‘rni,  diniy 
bag‘rikenglik  va  konfessiyalararo  totuvlik  mamlakat  barqarorligini  ta’minlashning 
asosiy omili ekanligi ko’rsatib berilgan. 

66-69 26 8

BOLANING PSIXIK RIVOJLANISHIDA ONA TILINING OʻRNI

Nabiyeva Gavharoy

Annotatsiya:  Mazkur  maqolada  bolaning  psixik  rivojlanish  jarayonida  ona 
tilining tutgan o‘rni, uning tafakkur, emotsional olam va ijtimoiy moslashuvdagi ta’siri 
tahlil  qilinadi.  Til  bolaning  dunyoqarashi,  muloqot  ko‘nikmalari  va  shaxsiy 
identifikatsiyasining shakllanishida asosiy vosita sifatida maydonga chiqadi. Maqolada 
til va tafakkur o‘zaro bog‘liqligi, ona tili orqali bolaning muloqot kompetensiyasi va 
madaniy  qadriyatlarni  o‘zlashtirish  jarayoni  haqida  ilmiy  asoslangan  fikrlar  ilgari 
suriladi. 

63-65 27 5

"QUTADGʻU BILIG" ASARIDA KELTIRILGAN HIKOYALARNING INSON ONGIGA TAʼSIRI.

Nabiyeva Gavharoy

 
Annotatsiya: Mazkur maqolada Yusuf Xos Hojibning "Qutadgʻu bilig" asarida 
keltirilgan hikoyalar va ularning inson tafakkuriga, ongiga ko‘rsatadigan taʼsiri tahlil 
etiladi. Hikoyalar orqali berilgan axloqiy, ijtimoiy va falsafiy g‘oyalar insonni to‘g‘ri 
yo‘lga  boshlash,  hayotiy  qarorlarni  oqilona  qabul  qilish  va  jamiyatda  o‘z  o‘rnini 
anglashga undaydi. Asarda hikoya shaklida ifodalangan pand-nasihatlar ko‘p asrlik 
tajribani jamlagan holda inson ongi va qalbini tarbiyalashda muhim o‘rin egallaydi.  

56-62 28 7

DIDACTIC APPROACHES TO TIME MANAGEMENT AND ASSESSMENT IN TEACHING ENGLISH TO MEDICALLY CHALLENGED STUDENTS.

Xudayberganova Durdona Valijon qizi

Annotation: This article explores the integration of didactic approaches to time 
management and assessment strategies in teaching English to medically challenged 
students.  It  highlights  the  significance  of  adapting  instructional  methods  to 
accommodate the unique needs of these learners, ensuring inclusivity and equity in 
language  acquisition.  The  research  discusses  existing  pedagogical  models,  time 
management frameworks, and adaptive assessment techniques that facilitate effective 
English language learning among students with medical conditions. The study employs 
qualitative  analysis  through  case  studies  and  teacher  interviews  to  present  best 
practices in this specialized educational context. 

50-55 23 9

O'ZBEKISTONDA BIOIQTISODIYOT RIVOJINING EKOLOGIYAGA TA'SIRI

Sultonov Shaxzod Shavkat o‘g‘li

Annotatsiya:  O'zbekistonda  bioiqtisodiyot  rivojining  ekologik  ta'siri  keng 
doiradagi  tadqiqot  mavzusi  bo'lib,  bu  soha  mamlakatning  iqtisodiy  barqarorligi  va 
ekologik muvozanatini saqlashda muhim rol o'ynaydi. Bioiqtisodiyotni rivojlantirish 
tabiiy  resurslardan  samarali  foydalanish,  ifloslanishni  kamaytirish  va  atrof-muhitni 
himoya  qilish  uchun  innovatsion  yechimlarni  taklif  etadi.  Ushbu  maqolada 
bioiqtisodiyotning O'zbekiston ekologiyasiga ta'siri tahlil qilinib, undan kelib chiqib 
amaliy tavsiyalar beriladi. 

39-49 34 13

O‘ZBEKISTONDA YONDOSH TOVARLAR, OZIQ-OVQAT VA ISHLAB CHIQARISH CHIQINDILARIDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGINING DARAJASI

Tangriyev Avazxon Tohir o‘g‘li.

Annotatsiya:  Maqolada  O‘zbekistonda  yondosh  tovarlar,  oziq-ovqat  va  ishlab 
chiqarish  chiqindilaridan  foydalanish  samaradorligi  statistik  tahlil  asosida  ko‘rib 
chiqiladi. Tsirkulyar iqtisodiyot doirasida organik va noorganik chiqindilarning qayta 
ishlanishi, ularning yondosh mahsulotlarga aylantirilishining iqtisodiy samarasi tahlil 
qilinadi.  Misol sifatida  turli hududlardagi  korxonalar  amaliyoti, tarmoqlar bo‘yicha 
samaradorlik darajalari va davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari berilgan.  

29-38 28 9

O‘ZBEKISTON QISHLOQ XO‘JALIGIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR: QISHLOQ XO’JALIGINI AQAMLASHTIRISHNING XORIJIY TAJRIBALARINI O’ZBEKISTONDA JORIY QILISH

Tangriyev Avazxon Tohir o‘g‘li

Annotatsiya: Oʻzining unumdor yerlari va boy qishloq xoʻjaligi merosi bilan 
mashhur Oʻzbekiston tarixan agrar jamiyat boʻlib, uning iqtisodiyoti va madaniyatida 
qishloq xoʻjaligi muhim oʻrin tutadi. Biroq, iqlim o‘zgarishi, suv tanqisligi va aholi 
sonining  ko‘payishi  kabi  ortib  borayotgan  muammolar  sharoitida  qishloq  xo‘jaligi 
sohasida  modernizatsiyalash  va  innovatsiyalarga  bo‘lgan  ehtiyoj  tobora  yaqqol 
namoyon  bo‘lmoqda.  Raqamlashtirish  ushbu  muammolarni  hal  qilishda  fermerlik 
amaliyotlarini tubdan isloh qilish, hosildorlikni oshirish va mamlakat uchun oziq-ovqat 
xavfsizligini ta'minlashga munosib yo'lni taklif etadi. Ushbu maqolada O‘zbekiston 
qishloq  xo‘jaligida  raqamlashtirishning  keng  imkoniyatlari  va  raqamlashtirishni 
amalga oshirishda xorijiy tajribalarni joriy qilish amaliyotlari nazariy jihatdan tahlil 
qilinadi. 

17-28 22 25

FORPRESS QURILMASI UCHUN YUMSHOQ ISHGA TUSHIRISH QURILMASINI LOYIHALASH ASOSIDA VA ELEKTR YURITMALARDA RASIONAL ENERGIYA TEJASH CHORA TADBIRLARI

MIRZOYEV NARZULLO NURIDDINOVICH, LATIPOV SAIDMUROD TUYG‘UNOVICH, RASHIDOV SHERZOD KAXRAMONOVICH

 
Annotatsiya 
Ushbu  maqolada  energiya  manbalari  iste’moli  bo’yicha    moy  pressi  uchun 
yumshoq  ishga  tushirish  tizimining  modeli,  algoritmi,  hamda  energiya  tejashning 
texnik va iqtisodiy jihatlarining tahlililiy natijalari keltirilgan.  

10-16 31 23

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARI UCHUN MILLIY VA HARAKATLI O'YINLAR

G'aniyev Suxrob Abduvali o'g'li, Rahimboyev Zohid Zafar o'g'li,, Ermetov Jahongir To'lqin o'g'li

 
ANNOTATSIYA 
Mazkur tadqiqot ishida boshlang'ich sinf o'quvchilarining jismoniy va ruhiy 
rivojlanishida  milliy  va  harakatli  o'yinlarning  psixopedagogik  ahamiyati  hamda 
ularning  ta'lim-tarbiya  jarayonidagi  samaradorligi  ilmiy  asosda  tahlil  qilingan. 
Tadqiqot  doirasida  tarixiy-pedagogik  manbalar  tahlili,  ilg'or  xorijiy  tajribalar 
o'rganilgan, milliy o'yinlarning tasnifi ishlab chiqilgan hamda ularni boshlang'ich 
ta'lim tizimiga integratsiya qilish mexanizmlari taklif etilgan. Tadqiqot natijalarining 
amaliy  ahamiyati  shundaki,  jismoniy  tarbiya  darslarida  milliy  va  harakatli 
o'yinlardan foydalanish orqali o'quvchilarning nafaqat jismoniy, balki aqliy, axloqiy 
va ma'naviy sifatlarini shakllantirishga erishish mumkinligi asoslab berilgan. 

269-272 31 10

DAVLAT BYUDJETI MABLAGʻLARIDAN FOYDALANISHNING ZAMONAVIY YONDASHUVLARI VA MUAMMOLARI

Nilufar Boʻstonova, Rahmatullayev Fayzullo

 
Annotatsiya.  Ushbu  maqola  davlat  byudjeti  mablag‘laridan  foydalanishning 
zamonaviy  yondashuvlari  va  bu  jarayondagi  muammolarni  o‘rganishga 
bag‘ishlangan.  Maqolada  byudjet  mablag‘larini  taqsimlash  va  ulardan 
foydalanishning samaradorligini oshirishga qaratilgan ilg‘or usullar, shu jumladan 
raqamli  texnologiyalar  va  shaffof  boshqaruv  tizimlari  tahlil  qilinadi.  Davlat 
xarajatlari samaradorligini baholashning xalqaro tajribasi va mahalliy amaliyotdagi 
muammolar,  jumladan,  byudrokatik  to‘siqlar  va  korrupsiya  xavfi  ko‘rib  chiqiladi. 
Maqolada byudjet jarayonlarini optimallashtirish bo‘yicha takliflar keltirilgan bo‘lib, 
ular iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va davlat resurslaridan oqilona foydalanishga 
xizmat qiladi. Maqola byudjet boshqaruvini takomillashtirish orqali ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanishga erishishning strategik ahamiyatini ta’kidlaydi.   

264-268 66 16

MOY TOZALASH FILTRLARI, ULARNING TUZILISHI VA ISHLASHI

O’roqov Asliddin Azamat o’g’li, Mirzakarimov Rustambek

Annotatsiya. Mazkur maqolada moy tozalash filtrlarining tuzilishi va ishlash 
prinsiplari  ko‘rib  chiqiladi.  Moy  tozalash  filtrlari,  asosan,  avtomobil  va  sanoat 
mexanizmlarida ishlatiladigan muhim komponentlardir. Ular moyni ifloslantiruvchi 
moddalar va zarrachalardan tozalash orqali mexanizmlarning samarali ishlashini 
ta'minlaydi.  Filtrlar  turli  materiallardan  tayyorlanadi  va  ularning  tuzilishi 
ko‘pincha qatlamli yoki kompozit bo‘lishi mumkin. 

259-263 28 10

MOY FILTIRLARINING DIZAYNIDAGI INNOVATSIYALAR VA DVIGATELNING ISHLASH MUDDATIGA TA’SIRI

M.X.Rustambek, O‘roqov Asliddin

Annotatsiya. Ushbu maqolada moy filtirlarining dizaynidagi innovatsiyalar va 
ularning  dvigatelning  ishlash  muddatiga  ta'siri  tahlil  qilinadi.  Zamonaviy  moy 
filtirlarining konstruktsiyasi va materiallari, shuningdek, ularning samaradorligi va 
ishlash  muddatini  qanday  oshirishi  ko'rib  chiqiladi.  Innovatsion  texnologiyalar, 
masalan,  nanomateriallar  va  yangi  filtratsiya  usullari,  dvigatelning  ish  faoliyatini 
yaxshilash  va  uning  xizmat  muddatini  uzaytirish  imkoniyatlarini  yaratadi.  Maqola, 
shuningdek, moy filtirlarining dizaynidagi o'zgarishlar va ularning mexanik tizimlarga 
ta'siri haqida misollar keltiradi. Natijada, moy filtirlarining innovatsion yondashuvlari 
dvigatelning  ishonchliligi  va  samaradorligini  oshirishda  muhim  rol  o'ynashi 
ko'rsatiladi. 

70-73 33 12

QISSASI RABG’UZIYDAGI NUH QISSASI VA QUR’ONI KARIM THE STORY OF NOAH IN THE RABGUZI AND THE HOLY QURAN

Yo’ldoshboyeva Durdona Muxiddin qizi

Annotatsiya:  Ushbu  maqolada  Alloh  taoloning  ulug‘  payg‘ambarlaridan  biri 
bo‘lgan  Nuh  alayhissalomning  hayoti,  da'vat  yo‘li  va  tarixiy  vazifasi  yoritiladi. 
Maqolada  Nuh  (a.s.)ning  qavmini  Allohga  ishonishga  da'vat  qilganlari,  ularning 
inkorchiligi,  to‘fon  voqeasi  hamda  Nuh  (a.s.)ning  sabr-toqati  va  iymondagi 
mustahkamligi haqida ma’lumotlar berilgan. Shuningdek, maqola “Qissasi Rabg’uziy” 
va  tafsir    asosida  yozilgan  bo‘lib,  Nuh  (a.s.)dan  olinadigan  saboqlar  va  ularning 
bugungi hayotimizdagi ahamiyati haqida ham tahliliy fikrlar bayon etiladi.  

249-253 134 50

MUSTAQILLIK YILLARIDA QURONNI OʻZBEK TILIGA TARJIMA QILINISHI VA TAVSIRLARI.

Muqimjonova Gulshanoy, Sodigʻaliyev Ibrohimjon

Annotatsiya:  Ushbu  maqola,  mustaqillik  yillarida  Qur’onni  o‘zbek  tiliga 
tarjima qilinishiga oid mabaalar bilan yoritilgan. Qur’onning 2008 yilda Moskvada 
Elmar Kuliev tarjimasi va izohlari bilan chiqqan nashrida bu muxtasar oyat “V tot den 
kogda nebo stanet podobno rasplavlennomu metallu (ili usadku masla, ili krovavomu 
gnoyu)” (s.574), deb g‘oyatda umumlashtirib, chalg‘itib talqin etiladi. 
Qur’on asliyatidagi “kal-muxli” birikmasining qaysi bir tarjimasi to‘g‘ri? To‘rt 
tarjimon uni “eritilgan mis kabi” deb talqin etadi. Nisbatan yangi va to‘la jiddiy Qohira 
nashrida “eritilgan kumush kabi”, deb o‘giriladi. 

244-248 45 14

ISLOM HUQUQI MANBAALARI VA ULARNI OʻRGANISHNING ASOSIY XUSUSIYATLARI.

Odilova Azizaxon Yorqinboy qizi, Xosilova Fotimaxon Islomjon qizi

 
Annotatsiya: Ushbu maqola, Islom huquqi manbaalari va ularni oʻrganishning 
asosiy  xususiyatlari  haqida  yoritilib,  Islom  dini  va  islom  huquqshunosligi  o‘zida 
mukammal  hukmlarni  mujassam  etgan  tizim  sifatida  Sharqdagi  bir  qator 
mamlakatlarda davlat va huquq rivojlanishiga, ayniqsa, ushbu mamlakatlardagi inson 
huquqlari, ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy-huquqiy  munosabatlarni ta’minlashga chuqur 
ta’sir ko‘rsatgan.  Islom  huquqining  asosiy  manbalari  buyuk  huquqshunoshlar  ya’ni 
faqihlar  tomonidan  yakdillik  bilan  tan  olingan.  Usulul-fiqhda  manbalar  “adilla” 
(dalillar) atamasi bilan ifodalanadi. 

241-243 24 10

NAZARIY ASOSLAR, STATISTIK TAHLIL VA AMALIY TADQIQOTLAR ASOSIDA INSON XULQ-ATVORINI TAHLIL QILISH

Marahimov Oybek Ilhomjon o‘g‘li

 
Annotatsiya 
Ushbu maqolada inson xulq-atvorining zamonaviy tahlil usullari, ayniqsa sun’iy 
intellekt, katta ma’lumotlar va ijtimoiy psixologiya sohalaridagi yangi yondashuvlar 
asosida  yoritilgan.  Tadqiqotlarda  insonning kundalik qaror qabul qilish  jarayonlari, 
ijtimoiy o‘zgarishlarga nisbatan munosabati hamda pandemiya davridagi xulq-atvor 
o‘zgarishlari  kabi  mavzular  tahlil  qilingan.  Hayvonlar  xulq-atvori  orqali  inson 
psixologiyasini tushunish va neyron tarmoqlar asosida prognozlash modellariga ham 
e’tibor qaratilgan.  Ushbu  maqola  zamonaviy  ilmiy  natijalarni umumlashtirib, inson 
xulq-atvorini chuqurroq anglashga xizmat qiladi. 

238-240 25 10

SUN’IY INTELLEKT VOSITALARIDAN FOYDALANGAN HOLDA INGLIZ TILI O‘QITUVCHILARINING RAQAMLI KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRISHNING INNOVATSION YONDASHUVLARI

Abdulhamidov Abrorbek A’zamxon o‘g‘li

Annotatsiya 
O‘zbek  tilida:  Ushbu  maqolada  ingliz  tili  o‘qituvchilarining  raqamli 
kompetentligini  shakllantirishda  sun’iy  intellekt  vositalarining  ahamiyati,  amaliy 
qo‘llanilishi va innovatsion yondashuvlar yoritilgan. SI texnologiyalari yordamida dars 
samaradorligini oshirish usullari, mavjud muammolar va taklif etilayotgan yechimlar 
tahlil qilingan. 
Rus  tilida:  В  статье  рассматриваются  инновационные  подходы  к 
формированию цифровой компетентности преподавателей английского языка с 
использованием инструментов искусственного интеллекта. Приведены примеры 
практического  применения  ИИ  в  образовательном  процессе,  а  также 
анализируются проблемы и предлагаются пути их решения. 
In English: This article explores innovative approaches to enhancing the digital 
competence of English language teachers through the use of artificial intelligence tools. 
It highlights practical applications of AI in teaching, discusses current challenges, and 
provides potential solutions. 

232-237 17 7

DIGITIZING TRAVEL: RETHINKING TOURISM IN THE AGE OF TECHNOLOGICAL ADVANCEMENT

Madina Abduqahhorova Abdumalik kizi, Mohinur Abdullayeva Umidulla kizi

 
Introduction 
In  today’s  world,  where society  is  increasingly  immersed  in  digital  realities, 
tourism is undergoing a revolutionary transformation. As Donald Moriarty, an expert 
in travel innovations, aptly puts it, “We need a new understanding of tourism that isn’t 
limited to hotel walls or guided tour routes, but embraces the boundless world of digital 
possibilities.” Digital tourism, the focal point of this article, opens new horizons not 
only for travelers but also for entrepreneurs and stakeholders in the travel industry. 

222-231 25 8

XX-XXI ASR SIYOSIY VA IJTIMOIY VOQEALARINI TARIX DARSLARIDA BADIIY ASARLAR TAHLILI ORQALI YORITISH (JORJ ORUELLNING “1984” VA CHO‘LPONNING “KECHA VA KUNDUZ” ASARLARI MISOLIDA)

Faniya Axmedshina Abzalovna, Akbutayeva Nafisa Bozarovna

  
Annotatsiya:  Mazkur  maqolada  umumta’lim  maktablarida  tarix  darslarini 
zamonaviy  pedagogik  yondashuvlar  asosida  samarali  tashkil  etish  masalalari 
yoritilgan. Xususan, XX–XXI asrlar siyosiy voqealari va ijtimoiy muammolarini tahlil 
qilishda badiiy adabiyotlardan foydalanishning metodik imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. 
Jorj Oruellning “1984” romani va Abdulhamid Cho‘lponning “Kecha va kunduz” asari 
misolida  tarixiy  jarayonlar  hamda  davr  ruhi  o‘quvchilarga  yanada  ta’sirchan  va 
tushunarli tarzda yetkazish yo‘llari tahlil qilinadi. Bunday yondashuv o‘quvchilarda 
tanqidiy fikrlashni rivojlantirish, tarixiy tafakkurni shakllantirish, o‘tmish va hozirgi 
davr  o‘rtasida  bog‘liqlikni  ko‘ra  olish,  shuningdek,  ijtimoiy-siyosiy  ongni 
mustahkamlashga xizmat qiladi.  

219-221 26 8

TURKIY MIFOLOGIYANING ZAMONAVIY ADABIYOTGA TAʼSIRI

Raxmonova Shodiyaxon Kenjatoy qizi, Ibraimjonova Oydinxon Akramjon qizi

Annotatsiya 
Ushbu  maqolada  Oʻzbek  mifologiyasining  shakllanish  jarayoni,  asosiy 
obrazlari,  mifologik  dunyoqarashdagi  qadimiy  e’tiqod  va  urf-odatlarning  roli  keng 
yoritilgan. Tadqiqot davomida mifologik motivlarning xalq og‘zaki ijodi va zamonaviy 
madaniyatdagi  aks  etish  shakllari  ham  ko‘rib  chiqilgan.  Maqola  Oʻzbek 
mifologiyasining jamiyatdagi ahamiyati va uni zamonaviy davrda saqlash masalalariga 
ham e’tibor qaratadi. 

213-218 34 10

BOLALIKDA OLINGAN PSIXIK TRAVMALAR VA ULARNING VOYAGA YETGANLIKDAGI TAʼSIRI

Sirojiddinova Mushtariy Omadbek qizi

Annotatsiya:  Ushbu  maqolada  bolalik  davrida  yuzaga  kelgan  psixik 
travmalarning  shaxs  rivojiga  va  voyaga  yetganlikdagi  psixologik  holatga  ta’siri 
o‘rganiladi.  Psixologik  tadqiqotlar  shuni  ko‘rsatadiki,  bolalikda  olingan  ruhiy 
jarohatlar  –  jumladan,  zo‘ravonlik,  e’tiborsizlik,  ajralish,  psixologik  bosim  yoki 
travmatik  voqealarga  guvoh  bo‘lish  –  insonning  emotsional  barqarorligi,  o‘ziga 
bo‘lgan ishonchi, ijtimoiy munosabatlari va ruhiy salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 
Maqolada,  shuningdek,  travma  kechirgan bolalarning  voyaga  yetganida  depressiya, 
tashvish  buzilishi,  PTSD  (travmadan  keyingi  stress  buzilishi),  shaxslararo 
munosabatlarda qiyinchiliklar va destruktiv xulq-atvorlar kabi oqibatlarga duch kelishi 
haqida  ilmiy  manbalarga  asoslangan  tahlil  beriladi.  Tadqiqotlar  ACEs  (Adverse 
Childhood  Experiences)  indeksiga  tayangan  holda  yuritilgan.  Ushbu  maqola 
bolalikdagi psixik travmalarni erta aniqlash, profilaktika qilish va ularning oqibatlarini 
yumshatish bo‘yicha amaliy tavsiyalarni ham o‘z ichiga oladi. 

207-212 27 7

DIGITIZING TRAVEL: RETHINKING TOURISM IN THE AGE OF TECHNOLOGICAL ADVANCEMEN

Madina Abduqahhorova Abdumalik kizi, Mohinur Abdullayeva Umidulla kizi

Introduction 
In  today’s  world,  where society  is  increasingly  immersed  in  digital  realities, 
tourism is undergoing a revolutionary transformation. As Donald Moriarty, an expert 
in travel innovations, aptly puts it, “We need a new understanding of tourism that isn’t 
limited to hotel walls or guided tour routes, but embraces the boundless world of digital 
possibilities.” Digital tourism, the focal point of this article, opens new horizons not 
only for travelers but also for entrepreneurs and stakeholders in the travel industry. 

203-206 33 11

SHAXSIY RIVOJLANISHDA MOTIVATSIYANING ROLI VA AHAMIYATI

Vahobova O'g'iloy Tolibjonovna, Hilola Abdukarimova

 
Annotatsiya:  Ushbu  maqolada  men  shaxsga  ta'sir  etuvchi  motiv  kuchi  va 
motivatsiya haqida aytiladi. 

199-202 36 25

HOW GEOPOLITICAL TENSIONS REACT TO FINANCIAL MARKETS

Ashraf Turdialiyev, Shokhzod Khujamurotov

 
 Abstract:Geopolitical tensions—ranging from military conflicts and trade wars 
to political instability—have a significant impact on global financial markets. These 
events  often  result  in  increased  market  volatility,  shifts  in  investor  sentiment,  and 
capital flight to safe-haven assets. This article explores how financial markets respond 
to various types of geopolitical disruptions, analyzes historical examples such as the 
Russia-Ukraine conflict and U.S.-China trade war, and discusses strategies investors 
and  policymakers  use  to  manage  geopolitical  risk.  The  paper  concludes  that  while 
short-term market reactions are often dramatic, long-term effects depend on the nature 
and duration of the geopolitical crisis. 

194-198 38 22

CENTRAL BANKS' INTEREST RATE POLICY AND THE FIGHT AGAINST INFLATION

Ashraf Turdialiyev, Shokhzod Khujamurotov

Abstract: This article analyzes the mechanism by which central banks combat 
inflation through interest rate policy. In recent years, the surge in global inflation has 
prompted many countries to raise interest rates in an effort to ensure price stability. 
The  article  examines  the  practical  outcomes  of  interest  rate  policy  based  on  the 
experiences of countries such as the United States, the European Union, Turkey, and 
Uzbekistan.  Additionally,  the  theoretical  foundations  of  this  policy  are  highlighted 
through the views of economists such as Paul Krugman and John Taylor. The author 
emphasizes the necessity of integrating interest rate policy with other macroeconomic 
measures,  arguing  that  an  effective  approach  to  combating  inflation  requires  a 
comprehensive set of actions. 

128-130 20 8

АНАЛИЗ И СРАВНЕНИЯ ЯЗЫКОВЫХ ОСОБЕННОСТЕЙ ГЕНДЕРНОЙ КОММУНИКАЦИИ НА ПРИМЕРЕ ИТАЛЬЯНСКОЙ И УЗБЕКСКОЙ ЛИТЕРАТУРЫ

Alessandra Marabini, Ходжиева Г.Н

 
Аннотация  Статья  посвящена  анализу  лингвистических  особенностей 
гендерной  коммуникации  в  произведениях  Джованни  Верга  (Malavoglia)  и 
Абдуллы  Каххара  (Минувшие  дни).  Исследование  проводится  с  позиций 
антропоцентрической  лингвистики  и  концепции  языковой  личности. 
Рассматриваются  оценочность,  эмотивность  и  модальность  как  ключевые 
параметры гендерно маркированной речи. 

179-186 50 24

ISLAMIC INSURANCE — TAKAFUL: PRINCIPLES AND OPPORTUNITIES

Shokhzod Khujamurotov, Ashraf Turdialiyev

 
Abstract: This article analyzes the essence, key principles, and distinguishing 
features of the Takaful system, a form of insurance compliant with Sharia law. The 
Takaful  model  is  based  on  the  principles  of  mutual  assistance,  risk-sharing,  and 
fairness, and is characterized by its exclusion of elements prohibited in Islamic finance, 
such as interest (riba), gambling (maysir), and uncertainty (gharar). The article also 
examines the practical implementation of the Takaful system in countries like Malaysia 
and Saudi Arabia, and analyzes the opportunities and existing challenges of introducing 
it in Uzbekistan. In conclusion, Takaful is presented as a promising new direction in 
the insurance market, with suggestions for its gradual development in the country. 

176-178 47 15

“SHAXS TARAQQIYOTINI DAVRLARGA BO’LISH”

O’.T.Vaxabova O’.T.Vaxabova, Mahammadova Marjonaxon

Anotatsiya: Ushbu maqola shaxs taraqqiyotini davrlarga bo‘lishni tahlil qiladi, 
bu  jarayonning  har  bir  bosqichi  haqida  batafsil  malumotlar  taqdim  etadi.  Shaxs 
taraqqiyoti, odamning jismoniy, ruhiy, va ijtimoiy jihatlarini rivojlantirishga qaratilgan 
uzluksiz  jarayon  sifatida  koriladi.  Maqola  bolalik,  osish,  yoshlik,  keksayish  va 
keksayishdan  keyingi  davr  kabi  asosiy  davrlarni  qamrab  oladi.  Har  bir  davrning 
xususiyatlari, muhim jarayonlari, shuningdek, Vygotskiy, Erikson, Piaget, Freyd kabi 
olimlar nazariyalariga tayangan holda ilmiy asoslangan tahlillar berilgan. 

173-175 19 13

FONETIK USLUBIYAT HAQIDA

Mahammadova Marjonaxon

ANOTATSIYA:  Ushbu  maqolada  fonetik  uslubiyatning  nazariy  asoslari, 
uslubiy  fonetik  vositalarning  mohiyati,  ularning  adabiy  matn  va  og‘zaki  nutqdagi 
estetik funksiyasi ilmiy yondashuv asosida tahlil qilindi. Fonetik birliklarning urg‘u, 
intonatsiya,  alliteratsiya,  assonans,  ohang  kabi  shakllari  turli  uslublardagi  uslubiy 
roliga e’tibor qaratildi. Maqola fonetik uslubiyatning amaliy ahamiyatini ko‘rsatishga 
qaratilgan. 

169-172 26 12

QUTADG‘U BILIG HAQIDA O‘YLARIM

Mahammadova Marjonaxon

 
Anotatsiya:  Ushbu  maqola  Yusuf  Xos  Hojib  tomonidan  XI  asrda  yozilgan 
“Qutadg‘u Bilig” asarining tarixiy, adabiy va axloqiy jihatlariga zamonaviy nigoh bilan 
yondashadi. Asarda ilgari surilgan g‘oyalar – adolat, bilim, axloq va davlat boshqaruvi 
haqidagi fikrlar – bugungi kun yoshlariga qanday ta’sir ko‘rsatishi, ularni tarbiyalashda 
qanday ahamiyatga ega ekani muallif tomonidan shaxsiy kuzatuvlar va ilmiy manbalar 
asosida  tahlil  qilinadi.  Maqola  bugungi  yoshlar  ongida  qadimiy  bilimlarni  qayta 
uyg‘otishga, ularning zamonaviy hayotda foydali bo‘lishiga e’tibor qaratadi. 

163-168 30 12

TURIZMDA RAQAMLASHTIRISHNING OʻRNI

Yo‘ldoshev Abdumalik, Yuldasheva Mahliyo

Annotatsiya.  Mazkur  maqolada  turizm  sohasida  raqamlashtirishning 
dolzarbligi,  uning  afzalliklari  va  zamonaviy  tendensiyalari  yoritilgan.  Raqamli 
texnologiyalarning  turizm  xizmatlariga  kiritilishi  orqali  sohaga  qanday  yangiliklar 
joriy  qilinayotgani  va  bu  o‘zgarishlarning  samarasi  tahlil  qilingan.  Oʻzbekiston 
misolida raqamli turizmni rivojlantirish yoʻnalishlari ham ko‘rib chiqilgan. 

159-162 31 8

PSIXOLOGIYANING IJTIMOIY HAYOTIMIZDAGI O’RNI

O‘.T.Vaxabova, Nurmuhammedova Iroda Umidbek qizi

Annotatsiya:  Ushbu  maqolada  psixologiyaning  inson  hayotiga  ta’sir  qilish 
darajasi, biologik va sotsial vaziyatlarda insonning irodaviy xususiyatlari va boshqa 
bir qancha psixologik xususiyatlari yoritib o’tilgan.      

155-158 26 21

TIL BIRLIKLARINING ALOHIDA TIZIM SIFATIDA OʻZARO MUTANOSIBLIGI

Joʻrayeva Zuhra Xusanboy qizi, Nurmuhammedova Iroda Umidbek qizi

Annotatsiya: Biz ushbu maqolada til birliklarining alohida tizim sifatida o’zaro 
mutanosibligi, ya’ni ular o’rtasidagi paradigmatik, sintagmatik, iearxik munosabatlari 
haqida ma’lumotni bilib olamiz.  Til va nuqt birliklari orasidagi muhim farqlardan biri 
til birliklarining tanlanishiga imkon beradigan paradigmalarda; nutq birliklarining esa 
tanlanish  asosida  birin  ketinlikda  birlashadigan  hodisalar  –  sintagmalarda 
voqealanishiga  aytiladi.  Bundan  tashqari  lisoniy  birliklar  munosabati  hamda  turli 
sathga oid birliklar munosabati kabi guruhlarda namoyon bo’lishi ham ushbu maqolada 
keltirib o’tilgan. 

151-154 27 16

ADVENTURE TOURISM IN UZBEKISTAN

Nazarova Malika

This  research  provides  a  comprehensive  analysis  of  the  development, 
challenges, and prospects of adventure tourism in Uzbekistan. The study investigates 
the country’s natural landscapes, government initiatives, and international interest in 
outdoor and cultural experiences. Data from national tourism agencies, global reports, 
and stakeholder interviews are utilized to highlight current trends and identify areas for 
growth.  Findings  indicate  that  Uzbekistan  holds  strong  potential  for  becoming  a 
leading adventure tourism destination in Central Asia due to its unique geographical 
diversity  and  cultural  richness.  However,  infrastructure  improvement,  safety 
regulations,  and  sustainable  tourism  practices  remain  essential  for  sector 
development.These  findings  contribute  to  the  understanding  of  sustainable 
development in emerging adventure destinations and provide actionable insights for 
tourism stakeholders. 

146-150 26 14

FONETIK USLUBIYATNING NAZARIY ASOSLARI VA AMALIY AHAMIYATI

U. F.Faxriddinovich, Olimova Marhaboxon, Xasanboyeva Mohinur

Annotatsiya:  Mazkur  maqolada  fonetik  uslubiyat  fanining  predmeti,tadqiqot 
yo’nalishlari  hamda  badiiy  nutqdagi  fonetik  vositalarning  uslubiy  funksiyasi  tahlil 
qilinadi.Shuningdek,  turli  uslublarda  tovush  vositalarining  qo’llanish  xususiyatlari 
misollar asosida ko’rsatilib,fonetik uslubiyatining amaliy ahamiyati yoritiladi. 

142-145 28 6

FONETIK USLUBIYATNING NAZARIY ASOSLARI VA AMALIY AHAMIYATI.

Usmonov Farxod Faxriddinovich, Anvarova Mexrinsaxon O`ktamjon qizi,, Zaynobiddinova Marhabo Ismoiljon qizi.

 
Annotatsiya: Ushbu maqolada fonetik uslubiyatning nazariy asoslari, fonetik 
vositalarning  matndagi  uslubiy  funksiyalari  va  ularning  estetik  imkoniyatlari 
yoritilgan.  Shuningdek,  intonatsiya,  urg‘u,  alliteratsiya  kabi  vositalarning  badiiy 
matndagi roli misollar orqali tahlil qilingan. 
В  данной  статье  рассматриваются  теоретические  основы  фонетического 
стилеведения,  анализируются  стилистические  функции  звуковых  средств  в 
тексте  и  их  эстетические  возможности.  Особое  внимание  уделено  роли 
интонации, ударения и аллитерации в художественной речи. 
This article explores the theoretical foundations of phonetic stylistics, focusing 
on  the  stylistic  functions  of  phonetic  devices  in  texts  and  their  aesthetic  potential. 
Particular attention is given to intonation, stress, and alliteration in literary discourse. 

136-141 27 6

FONETIK USLUBIYAT

Rahmiddinova Dilnozaxon Muhammadali qizi, Pattidinova Bahoroy Faxriddin qizi, Usmonov Farhod Faxriddinovich

 
Annotatsiya.    Annotatsiya  Mazkur  ish  “Fonetik  uslubiyat”  mavzusiga 
bag‘ishlangan bo‘lib, unda fonetika va uslubiyatning o‘zaro aloqasi, turli uslublarda 
tovush vositalarining qo‘llanish xususiyatlari yoritilgan. Asarda adabiy til uslublarida 
fonetik vositalarning estetik va ifodaviy imkoniyatlari tahlil qilinadi. Ayniqsa, badiiy 
adabiyotda  tovush  takrorlari,  aliteratsiya,  assonans  kabi  hodisalarning  matn 
mazmuniga  ta’siri  ko‘rsatib  berilgan.  Shuningdek,  publitsistik,  ilmiy  va  rasmiy 
uslublarda fonetik jihatlarning qanday xizmat qilishi haqidagi misollar orqali mavzu 
keng yoritilgan. Ish tilshunoslik va uslubshunoslik sohalarida tadqiqot olib borayotgan 
talabalar hamda o‘qituvchilar uchun foydalidir. 

131-135 44 25

AXBOROT XAVSIZLIGINI TA’MINLASHNING G’OYAVIY-NAZARIY ASOSLARI.

Tolipov Xushnudbek Zafarovich, Qurbonova Rahimaxon Shermaxammad Qizi.

Annotatsiya: Ushbu maqolada axborot xavsizligi g’oyaviy asosiy tamoyillari 
xaqida  tushuncha  beriladi.  Axborot  xavsizligini  ta’minlash,  parol  tushunchasi, 
ro’yxatdan o’tish tartibi, kompyuter viruslari va viruslarga qarshi kurashish usullari 
xaqida ma’lumotlar berilib, zamonaviy texnalogiyalar asri xaqida so'z boradi. 

187-193 42 25

O’ZBEKISTONDA MOLIYA BOZORLARI ISLOHOTLARI

Shokhzod Khujamurotov, Ashraf Turdialiyev

Abstract:  O‘zbekiston  moliya  bozorlari  so‘nggi  yillarda  jadal  islohotlar  va 
modernizatsiya  jarayonlarini  boshdan  kechirmoqda.  2017-yildan  boshlab  amalga 
oshirilayotgan tub islohotlar moliya tizimini barqaror, shaffof va xalqaro standartlarga 
moslashtirishga  qaratilgan.  2025-yilga  kelib,  ushbu  islohotlar  yangi  bosqichga 
ko‘tarildi,  bank  sektori,  kapital  bozori,  sug‘urta  va  fintech  sohalarida  jiddiy 
o‘zgarishlar ro‘y berdi.   
Mazkur  maqola  O‘zbekiston  Respublikasida  olib  borilayotgan  moliya  bozori 
islohotlarining  hozirgi  holati,  ularning  samaradorligi  va  kelajakdagi  rivojlanish 
istiqbollarini  tahlil  qilishga  bag‘ishlangan.  Islohotlarning  iqtisodiy  o‘sishga  ta‘siri, 
xorijiy investitsiyalarning oqimi, moliya inkluzivligining oshishi kabi muhim jihatlar 
yoritiladi. Tadqiqotda O‘zbekiston Markaziy banki, Jahon banki, STAT.uz va boshqa 
xalqaro moliya institutlarining eng yangi ma‘lumotlari asosida tahlillar keltirilgan. 

124-127 29 10

A.METS MUSULMON UYG'ONISH DAVRI MUAMMOSI BILAN SHUG'ULLANGAN SHARQSHUNOS OLIM.

Ne‘matov Shoxrux Soxibiddin o‘g‘li, Hamzayev Gulumboy Panjievich

Annotatsiya: Ushbu maqola taniqli sharqshunos olim A.Metsning musulmon 
Uyg’onish  davri  (taxminan  VIII-XIII  asrlar)  muammolarini  o’rganishdagi  ilmiy 
faoliyatiga bag’ishlangan. Maqolada A.Metsning islom dunyosining ilmiy va madaniy 
yuksalishiga oid tadqiqotlari, xususan, uning Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq olimlari 
merosiga  qarashlari  tahlil  qilinadi.  Tadqiqotda  A.Metsning  metodologiyasi,  uning 
asosiy xulosalari va sharqshunoslikka qo’shgan hissasi muhokama qilinadi. Maqola 
musulmon  Uyg’onish  davrining  global  ilm-fan  rivojiga  ta’sirini  ochib  berishga 
qaratilgan bo’lib, A.Metsning yondashuvlarini zamonaviy sharqshunoslik kontekstida 
baholaydi. 

119-123 115 10

FALSAFA TUSHUNCHASINING KELIB CHIQISH TARIXI.

NEʼMATOV SHOXRUX

Annotatsiya:  Ushbu  maqola  falsafa  tushunchasining  kelib  chiqish  tarixi  va 
uning  dastlabki  shakllanish  jarayonlarini  o’rganadi.  Falsafaning  qadimgi  Sharq, 
Yunoniston va boshqa tsivilizatsiyalardagi ilk ko’rinishlari tahlil qilinadi. Maqolada 
falsafaning ontologik, epistemologik va axloqiy asoslari, shuningdek, uning ijtimoiy 
va  madaniy  kontekstdagi  evolyutsiyasi  ko’rib  chiqiladi.  Tadqiqotda  tarixiy-tahliliy 
metodlardan  foydalanilgan  bo’lib,  natijalar  falsafaning  inson  tafakkuridagi  muhim 
o’zgarishlarni aks ettiradi. Maqola falsafa tarixi va uning zamonaviy ahamiyati haqida 
umumiy tushuncha berishga qaratilgan. 

115-118 32 15

JALOLIDDIN RUMIYINING "ICHINGDAGI ICHINGDADIR" ASARI: TASAVVUF, AXLOQ VA FALSAFANING UYG‘UNLIGI

Xamraqulova Guluzro Dilmuradovna, Karimova Dilibod Halimovna

Annotatsiya: Jaloliddin Rumiyning "Ichingdagi ichingdadir" asari, tasavvufiy, 
axloqiy va falsafiy mazmuni bilan insoniyatning ruhiy kamoloti, ichki dunyo va tashqi 
olam o‘rtasidagi uyg‘unlikni o‘rganishning qimmatli manbaidir. Maqola asar orqali 
Rumiyining  tasavvufiy  g‘oyalarini  va  axloqiy  fazilatlar,  hayot  maqsadi  haqidagi 
qarashlarini yanada kengroq yoritadi. Bu asar insonning o‘zini va Olamni anglashdagi 
yo‘lni tushunishga yordam beradi. 

110-114 24 13

QISSASI RABGʻUZIYGA QURʼONI KARIMNING ASOS QILIB OLINISHI

Maxamadjonova Hadicha

Annotatsiya:  Ushbu maqolada “Qissasi Rabgʻuziy” asarida Qurʼoni Karimning 
asosiy manba sifatida qanday ishlatilgani haqida soʻz boradi. Paygʻambarlar hayoti, 
voqealar rivoji Qurʼoni Karim oyatlariga tayangan holda bayon etilishi ochib beriladi. 
Asar  xalqchil  tilda  yozilgan  boʻlib,  diniy  tushunchalarni  xalq  ongiga  singdirishga 
xizmat  qilgan.  Maqolada  Rabgʻuziy  asarining  tarbiyaviy,  maʼnaviy  va  badiiy 
ahamiyati yoritiladi. 

104-109 30 12

MAVZU: TURIZM ASOSLARI

Umarxo‘jayeva Fotima, Yo‘ldoshev Abdumalik

 
Annotatsiya 
"Turizm asoslari" mavzusi zamonaviy iqtisodiy va ijtimoiy hayotning muhim 
yo‘nalishlaridan  biri  hisoblangan  turizm  sohasining  nazariy  va  amaliy  jihatlarini 
o‘rganishga  bag‘ishlangan.  Ushbu  mavzuda  turizmning  mohiyati,  uning  turlari, 
rivojlanish bosqichlari, turizm infratuzilmasi, shuningdek, turizmning iqtisodiyot va 
jamiyat hayotidagi o‘rni keng yoritiladi. 
Annotatsiyada turizm faoliyatining huquqiy asoslari, marketing strategiyalari, 
xizmat  ko‘rsatish  sifati,  ekologik  turizm  va  barqaror  rivojlanish  kabi  dolzarb 
masalalarga  ham  e’tibor  qaratiladi.  Turizmning  mahalliy  va  xalqaro  shakllari, 
sayyohlik resurslari va ulardan samarali foydalanish usullari ko‘rib chiqiladi. 
Mavzu  bo‘yicha  tahlil  qilingan  bilimlar  talabalarga  turizm  sohasi  haqida  kengroq 
tasavvur beradi, uning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatini tushunishga yordam beradi va 
kelgusidagi  kasbiy  faoliyatda  foydali  bo‘lishi  mumkin.  Shu  bilan  birga,  turizmni 
rivojlantirishda  innovatsion  yondashuvlar  va  zamonaviy  texnologiyalardan 
foydalanish masalalari ham muhim o‘rin egallaydi. Ushbu mavzu bo‘yicha o‘rganilgan 
bilimlar  amaliyotda  qo‘llanilishi  mumkin  bo‘lgan  zaruriy  nazariy  asoslarni 
shakllantiradi. 

99-103 32 8

EDUCATIONAL TOURISM IN UZBEKISTAN

FATXULLAYEVA MADINA XABIBULLAYEVNA

  Educational tourism in Uzbekistan has seen significant development in recent 
years, driven by the country's rich cultural heritage, historical landmarks, and growing 
academic  exchange  programs.  This  form  of  tourism  combines  travel  with  learning 
opportunities,  attracting  both  domestic  and  international  students,  researchers,  and 
lifelong  learners.  Uzbekistan’s  ancient  cities  like  Samarkand,  Bukhara,  and  Khiva 
serve  as  living  museums,  offering  immersive  educational  experiences  in  history, 
architecture,  and  traditional  arts.  Government  initiatives,  such  as  the  promotion  of 
international academic partnerships and educational forums, have further enhanced the 
appeal of the country as a hub for educational tourism. This paper explores the current 
state  of  educational  tourism  in  Uzbekistan,  its  socio-economic  impact,  and  future 
development  prospects,  while  also  identifying  the  challenges  and  opportunities  for 
stakeholders involved in the sector. 

93-98 31 10

O’SMIRLIK DAVRIDA YUZAGA KELADIGAN MUAMMOLAR VA ULAR BILAN ISHLASHNING PSIXOLOGIK YECHIMLARI

Eshonqulova Lobar Vahobovna

Annotatsiya:  maqolada o’smirlik — bolalikdan kattalikka o’tish davri bo’lib, 
fiziologik  va  psixologik  jihatdan  o’ziga  xos  xususiyatlari  bilan  xarakterlanadi.  Bu 
bosqichda bolalarning jismoniy va psixik taraqqiyoti juda tezlashadi, hayotdagi turli 
narsalarga qiziqishi, yangilikka intilishi ortadi,ma’naviy dunyosi boyiydi, ziddiyatlar 
avj  oladi.  O’smirlik  balog‘atga  yetish  davri  bo’lib,  yangi  hislar,  sezgilar  va  jinsiy 
hayotga  taalluqli  chigal  masalalarning  paydo  bo’lishi  bilan  ham  xarakterlanishi  va 
psixologik xolatlari bayon etilgan .   

85-92 28 13

SADRIDDIN AYNIYNING ASARLARIDA BUXORO AMIRLIGINING TA`LIM TIZIMI VA MADRASALAR TA`LIMINING YORITILISHI

Ramazonova Nilufar Nurali qizi

ANNOTATSIYA 
Ushbu  maqolada  Sadriddin  Ayniyning  “Esdaliklar”  asari  asosida  Buxoro 
amirligi  davridagi  madrasalar  faoliyati,  ularning  tashqi  va  ichki  tuzilishi,  ta’lim 
mazmuni hamda talabalar hayoti tahlil qilinadi. Muallif o‘z asarida madrasalardagi 
ijtimoiy-iqtisodiy  tengsizlik,  ta’limdagi  eskilik,  darslarning  shakllanmasligi  va 
madrasa  tizimidagi  rasmiyatchilik  kabi  muammolarni  tanqidiy  yondashuvda  ochib 
bergan. Maqolada aynan shu jihatlar asosida Buxoro madrasalarining tarixiy o‘rni va 
ularning inqirozga yuz tutish sabablari o‘rganiladi. Sadriddin Ayniyning realistik va 
kuzatuvchan yondashuvi orqali o‘sha davr jamiyatidagi ijtimoiy-tarixiy muammolar va 
ta’lim  tizimining  zaif  tomonlari  yoritiladi.  Tadqiqot  Buxoro  madrasalari  tarixini 
zamonaviy nuqtai nazardan qayta ko‘rib chiqish imkonini beradi hamda o‘sha davrdagi 
ilmiy-ma’naviy hayot tafsilotlarini ochib beradi. 

81-84 27 13

FONETIK USLUBIYAT

Yoʻldoshboyeva Durdona, Maxmudova Saodatxon

Annotatsiya:  Ushbu  maqolada  o‘zbek  tilining  badiiy  matnlaridagi  fonetik-
uslubiy vositalar, ularning estetik va ekspressiv yuklanmalari tahlil qilinadi. Maqolada 
qofiya,  alliteratsiya,  assonans,  takrorlov  va  boshqa  fonetik  vositalarning  matnning 
ohangdorligi va badiiy ta’siriga qo‘shgan hissasi ko‘rsatilgan. Ona tilimizning ichki 
musiqiyligi  va  tovush  uyg‘unligi  o‘zbek  adabiyotining  nafaqat  mazmunini,  balki 
shaklini  ham  boyitadi.  Fonetik  uslubiyat  o‘zining  tashqi  (tovush)  va  ichki  (ma’no, 
hissiy ta’sir) qatlamlarini uyg‘unlashtirish orqali matnning estetik kuchini oshiradi. 

78-80 30 14

ONTOGENEZDA SHAXSIY O‘ZGARISHLAR VA IJTIMOIY MUHITNING ROLI

Maxamadjonova Xadicha

Annotatsiya:      Ushbu  maqolada  ontogenez  jarayonida  inson  shaxsining 
psixologik va ijtimoiy rivojlanish bosqichlari yoritilgan. Har bir rivojlanish davridagi 
o‘ziga xos psixik o‘zgarishlar, ularning sabablari va natijalari ilmiy nazariyalar asosida 
tahlil qilingan. Shuningdek, oila, maktab va jamiyat kabi ijtimoiy muhitlarning shaxs 
shakllanishidagi roli ochib berilgan. Biologik va ijtimoiy omillarning uyg‘unligi shaxs 
taraqqiyotiga qanday ta’sir ko‘rsatishi haqida ham fikr yuritilgan. Maqola yakunida 
ontogenez  jarayonining  ahamiyati  va  uni  chuqur  o‘rganish  zarurligi  haqida  xulosa 
chiqarilgan. 

74-77 30 13

KRILL VA LOTIN YOZUVIGA ASOSLANGAN OʻZBEK YOZUVLARIDA QOʻSHIB, AJRATIB VA CHIZIQCHA BILAN YOZISHGA OID QOIDALAR TIZIMI: QIYOSIY TAHLIL

Nabiyeva Gavharoy, Maxamadjonova Xadichabonu

Annotatsiya:  Ushbu  maqolada  oʻzbek  tilining  Krill  va  Lotin  yozuvlaridagi 
qoʻshib  yozish,  ajratib  yozish  va  chiziqcha  bilan  yozish  qoidalarining  oʻxshash  va 
farqli  jihatlari  qiyosiy  tahlil  etiladi.  Tahlil  davomida  har  ikki  yozuv  tizimining 
morfologik,  sintaktik  va  grafik  asoslari  solishtiriladi,  amaliy  yozuv  jarayonida 
uchraydigan muammolar va ularning yechimlari koʻrib chiqiladi. Maqola oʻzbek tilida 
imlo madaniyatini rivojlantirish, yozuv standartlarini barqarorlashtirish va zamonaviy 
tilshunoslikda yozuv tizimlari mosligini taʼminlashga xizmat qiladi.