Mualliflar

  • Muqimjonova Gulshanoy
  • Sodigʻaliyev Ibrohimjon

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.96021

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: Qur’on mustaqillik tartib-intizom kal-muxli xudo sura qiroat tajvid muxtasar qur’on din.

Annotasiya

Annotatsiya:  Ushbu  maqola,  mustaqillik  yillarida  Qur’onni  o‘zbek  tiliga 
tarjima qilinishiga oid mabaalar bilan yoritilgan. Qur’onning 2008 yilda Moskvada 
Elmar Kuliev tarjimasi va izohlari bilan chiqqan nashrida bu muxtasar oyat “V tot den 
kogda nebo stanet podobno rasplavlennomu metallu (ili usadku masla, ili krovavomu 
gnoyu)” (s.574), deb g‘oyatda umumlashtirib, chalg‘itib talqin etiladi. 
Qur’on asliyatidagi “kal-muxli” birikmasining qaysi bir tarjimasi to‘g‘ri? To‘rt 
tarjimon uni “eritilgan mis kabi” deb talqin etadi. Nisbatan yangi va to‘la jiddiy Qohira 
nashrida “eritilgan kumush kabi”, deb o‘giriladi. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_4-to’plam_Aprel-2025

249

ISSN:3030-3613

MUSTAQILLIK YILLARIDA QURONNI OʻZBEK TILIGA TARJIMA

QILINISHI VA TAVSIRLARI.

Andijon Davlat Universiteti

Axborot tizimlari va texnologiyalari yo‘nalishi

1-bisqich talabasi

Muqimjonova Gulshanoy

gulshanoymuqimjonova@gmail.com

Andijon Davlat Universiteti

Axborot tizimlari va texnologiyalari yo‘nalishi

1-bisqich talabasi

Sodigʻaliyev Ibrohimjon

ibrohimjon@gmail.com

Annotatsiya:

Ushbu maqola, mustaqillik yillarida Qur’onni o‘zbek tiliga

tarjima qilinishiga oid mabaalar bilan yoritilgan. Qur’onning 2008 yilda Moskvada
Elmar Kuliev tarjimasi va izohlari bilan chiqqan nashrida bu muxtasar oyat “V tot den
kogda nebo stanet podobno rasplavlennomu metallu (ili usadku masla, ili krovavomu
gnoyu)” (s.574), deb g‘oyatda umumlashtirib, chalg‘itib talqin etiladi.

Qur’on asliyatidagi “kal-muxli” birikmasining qaysi bir tarjimasi to‘g‘ri? To‘rt

tarjimon uni “eritilgan mis kabi” deb talqin etadi. Nisbatan yangi va to‘la jiddiy Qohira
nashrida “eritilgan kumush kabi”, deb o‘giriladi.

Kalit so‘zlar:

Qur’on, mustaqillik, tartib-intizom, kal-muxli, xudo, sura, qiroat,

tajvid,muxtasar qur’on, din.


Xudo har bir insonga uning bo‘yin tomiridan ham yaqin deyilgan. Xuddi

shuningdek, Allohning kalomi ham har bir insonga shunday yaqin. Xudoning o‘zi mehr
bilan yaratgan va tarbiyalagan Insonga yetkazgan So‘zlari — pandu nasihatlari,
yashamoq yo‘l-yo‘riqlari, tartib-intizomlari, man etganlari hamda buyurganlari, iroda
etmish barcha hukmlarini inson qanchalar teran tushunib, anglab yetsa, ular haqida
butun aqlining kuchini ishlatib o‘ylasa, fikr yuritsa, o‘z hayotini hidoyat asosiga qursa,
Alloh bilan Inson o‘rtasida yaqinlik hamda Kalom bilan Inson o‘rtasida yaqinlik
shunchalar ortib boradi. Alloh o‘zi aytmoqchi, faqat Yaxshilikka buyuradi, yomonlik
va turli razolatlar, qonxo‘rlik va turlicha nafs tug‘yonlaridan, ularning fojiali
oqibatlaridan qaytaradi.

Qanchadan-qancha odamzod qavmlari qabohat chohiga botib ketdi. Yer yuzi

sayyora miqyosida ne-ne to‘fonlar, zilzilalar, mangu sovuq, mangu issiqlar girdobida
qayta-qayta bino bo‘ldi. Keyingi zamonlardagi Birinchi va Ikkinchi jahon urushi
qirg‘inlari, tirik jonzotlar uzra yadro qurollarining portlatilishi, ularning yerni mahv


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_4-to’plam_Aprel-2025

250

ISSN:3030-3613

etish maqsadida tinimsiz sinab ko‘rilishi, din niqobi ostida yovuz tajovuzlarning avj
olishi — bular bari Oxirzamon nishonalaridir. Yer kurrasini Shimoliy va Janubiy
Qutblarning tarang muzliklari mustahkam tutib turadi. Endilikda ayrim buyuk davlatlar
shu ikki Qutb tagidagi boyliklarning zahiralarini talash va birdan-bir makonimiz
bo‘lmish sayyoramizni tuxum po‘chog‘idek qilib qo‘yish rejalarini tuzib, bir-birlari
bilan kon, joy talashmoqda. Sayyoramizni bunday talon-taroj qilishga urinishlar —
og‘ir zamonlarning nishonalaridir. O‘z-o‘zidan Qiyomat hech qachon bo‘lmagay. U
faqat razolat so‘ng nuqtaga ko‘tarilgandagina va Inson shu go‘zal sayyorada
umrguzarlik qilishga noloyiq, nobop bo‘lib qolgan oxirgi palladagina ro‘y beradi.
Qur’onning har bir oyati shundan darak beradi va ogohlantiradi. Umid shundaki,
bunday razolatlardan saqlanish va o‘zni tiyish odamlar va ularning hozirgi zamon
jamiyatlarining o‘z qo‘lida, irodasida. Alloh buning ibratlari va saboqlarini
Mehribonlik kitobi bo‘lmish Qur’onda ta’sirli qissalar, ibratli masalalar, Inson aqlini
quvvatlantiruvchi hikmatlar va mav’izalarda Rahm qudrati bilan aytib o‘tadi.

Istiqlol tufayli O‘zbekistonda Qur’on va muqaddas hadislarni nashr etish,

tushunishning yangi zamoni boshlandi. Qur’onni bilish va yuraklarga jo etishning
yangi davri keldi.

Qur’onga rioya etish, uning hidoyatiga ergashish, to‘la bahramand bo‘lish vaqti

yetdi. anday saodatli ziyomand zamonlar yetishib keldiki, arab tili, islom ilmi,
madaniyati, tarixi, diniy va dunyoviy ahkomlari, ularning zamona kishilari hayot
tarzidagi o‘rnini yaxshi bilgan arab tili bilimdonlari — allomalar tomonidan
Qur’onning sharhlar bilan ta’minlangan “ma’nolar tarjimalari” amalga oshirildi.
O‘zbekistonda yashovchi kishilar ilk bora Qur’on ma’nolari, ilohiy ohanglari,
timsollari, mo‘‘jiza o‘gitlari okeaniga o‘z ona tili qudrati, poetik salohiyati to‘lqinida
yetishib bordilar. Tubsiz ma’nolarni ilgari faqat g‘avvos mutasavviflar, qilni qirq
yorgan ulamolar, darveshlar, faqihlar, qoriyu qurrolargina anglab bilgan bo‘lsalar, endi
Allohning sara kishilargagina emas, jamiki o‘zi yaratgan, tarbiyalagan insonlarga
qarata aytgan xos so‘zlarini xalqning keng vakillari, qatlamlari bilish, tushunishlariga
azim, erkin yo‘llar ochildi. Islomning nimaligini mullalarning og‘zaki bayonlari,
sharhlari, tushuntirishlari va o‘ziga yarasha tushunchalari orqali eshitgan, bilgan
kishilar endi o‘zlari, o‘z savodlari darajasida, ishtiyoqlari qadr qilgancha Qur’on va
Hadis ichiga kirib boryaptilar.

Albatta, tarjima har qancha mukammal bo‘lmasin, hech qachon u asliyatning

o‘rnini bosolmaydi. Tarjima asliyatga tenglasholmaydi. Ibodatda esa asliyat o‘rniga
o‘tmaydi. Asl ohang, asl so‘z va asl sir-sinoat doim asliyatning o‘zida. Islomda
ibodatlarni asliyat birla ado etish bu mislsiz ne’mat!

Shular bilan birga Qur’on yolg‘iz arab tilli xalqlarning emas, Yer yuzidagi

barcha xudojo‘y, pokdil, yaxshilik tuyg‘usi bilan yashaydiganlar va umrlarni shular


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_4-to’plam_Aprel-2025

251

ISSN:3030-3613

bilan o‘lchaydiganlarning mulki, ma’naviy-ruhiy xaloskor so‘zi, umr dovonlarida eng
mustahkam tayanchi.

Shuning uchun Qur’onning dunyodagi barcha tillarga tarjima qilinishi buyuk

madaniy-ma’rifiy hodisadir. Tarjima esa ma’rifat qo‘ng‘irog‘i.

Keyingi o‘n yillar ichida Qur’onning Shayx Alovuddin Mansur (1992), Shayx

Abdulaziz Mansurov (2001), Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (1991),
Shayx Shamsiddin Boboxonov (1991), Sayyid Mahmud Taroziy (1994) izohli, sharhli,
tafsirli tarjimalari o‘zbek tilida dunyo yuzini ko‘rdi. Bu tarjimalarning umumiy
xususiyati sodda, tushunarli zamonaviy o‘zbek adabiy tilida yangraganligidir.

Toshkent Davlat Sharqshunoslik instituti 2000 yilda XII — XIII asrlarning

yodgorligi deb hisoblab kelinayotgan “Turkiy tafsir”ning faksimil nashrini amalga
oshirdi. Tilimizning o‘sha zamonlardagi ifoda qudratini Qur’onday o‘lmas obida
tarjimasi vositasida namoyon qilgan ushbu bebaho asarning muallifi ismi hali-hamon
ilm dunyosiga qorong‘uligicha qolmoqda. Ammo uning tili, tekshiruvchilar bir
og‘izdan ta’kidlashganday, Mahmud Koshg‘ariy, Ahmad Yugnakiy, Yusuf Xos Xojib
va ayniqsa, Qutb Xorazmiy, Sayfi Saroiy, Haydar Xorazmiy va Nosiruddin
Burhonuddin Rabg‘uziyning ulug‘ asarlari tiliga g‘oyatda yaqin, yana ham to‘g‘rirog‘i,
shu ko‘hna o‘zbek adiblarining asarlarida mujassamlashgan umumiy o‘zbek adabiy
tilida yaratilgandir. Ayniqsa, u “Qisas” hamda “Xisrav va Shirin” tiliga, uslubiga shu
qadar hamohangki, uni Qutb yoki Rabg‘uziy yozmaganmikin, degan xayolga ham
borasiz. Lekin aniq dalil bo‘lmagach, buni qat’i aytolmaysiz. Turdi “to‘qson iki bori
o‘zbek elidur...”, degan jumlani yozib qoldirgan. O‘zi to‘qson ikkita bo‘lsa ham, lekin
yagona umumiy o‘zbek tili — (lahjalaridan qat’i nazar) ularning barchalariga
tushunarli o‘zbek tili edi. Qur’onning ilk tarjimasi mana shu yagona umumiy o‘zbek
tilida yaratilgan. U ulkan madaniy obida. Tafsir muallifi Qur’on oyatlari ostiga juda
sodda va o‘ta tushunarli o‘zbekcha tarjimasini beradi. O‘qigan kishi oyatlarning asli
hamda o‘zbek tiliga tarjimasida ularning to‘g‘ri ma’nolarini o‘zlashtirib boradi.
O‘zbek tilimizga ko‘p xizmatlar qilgan ulkan olim A.K.Borovkov “Tafsir”ning
ifodaviyligi, til xususiyatlarining qimmatiga lol qolib, darhol “Leksika
Sredneaziatskogo tefsira XII — XIIIvv.” degan juda qimmatli leksik kitobini (1963)
yaratgan edi.
Tarixan qisqa davr ichida Qur’onning mana shunday rang-barang tarjimalarining
zamon o‘quvchisiga taqdim etilishini juda katta tarixiy madaniy hodisa deb atash
mumkin. Bu, birinchidan, Qur’onga haqiqiy qiziqishning ortgani, ikkinchi yoqdan,
asliyatga iloji boricha yaqinlashib borishga intilishlar kuchayganini ko‘rsatadi.
Uchinchidan, talqin va sharhlarda diniy-mistik qobiqlardan asta-sekin chiqib, keng
dunyoqarash bilan ilmiy sharhlashga o‘tish har qalay sezilmoqda. Shu bilan birga, bu
tarjimalarning har biri o‘ziga yarasha qimmatga ega. Yana bir qimmatli jihati shundaki,
ular ilmiy asosi mustahkam, har tomonlama dunyo tajribalari asosida tekshirilgan


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_4-to’plam_Aprel-2025

252

ISSN:3030-3613

akademik nashrga yo‘l ochadi. Bu tarjimalarsiz akademik nashrni tasavvur qilib
bo‘lmaydi. Yevropa, Amerika, ayrim Sharq mamlakatlarida Qur’onning ilmiy
akademik tarjimalari amalga oshirilgan. Germaniyada qilingan tarjimalari ichida
sharqshunos R.Paretning 1963 — 1966 yillarda chiqargan nemis tiliga tarjimasi eng
aniq ilmiy tarjimalardan sanaladi. Inglizcha akademik nashri 1969 yilda Angliyada
“Qur’on interpretatsiyalari” (talqinlari) deb nomlanib nashr etilgan. Qur’onning
boshqa tillarga qilingan eng yangi tarjimasi mualliflaridan ajoyib tarjimon Valeriya
Poroxova Damashq — Moskvada 1995 yilda nashr etilgan nodir tarjimasida ushbu
ingliz tilidagi tarjimaga iqtibosan o‘z tarjimasini “Koran. Perevod smыslov” deb
nomlaganligini yozadi (Koran. Perevod smыslov. Damask — Moskva, 1995 g.).
Valeriya Poroxova arab tilini juda chuqur biladi. U ko‘p vaqtlar arab ulamolari
doiralari ichida yashagan va Qur’onni o‘rganishga juda ko‘p yillarni sarflagan. U
kitobga yozgan so‘zboshida “ma’noni imkoni boricha aniq ifodalash” — tarjimonning
asosiy maqsadi ekanligini aytadi. U Qur’onni ilmiy talqin qilishning ahamiyati haqida
bir qator mulohazalarini o‘rtaga qo‘yadi. Valeriya Poroxova Qur’onni she’riy tarjima
etishga jazm etadi.

“Tafsir” so‘zma-so‘z tarjimani oyatlar ostida berib borayotgan bo‘lsa ham,

“huallaziy”ni tushirib qoldiradi. Undan keyingi so‘zlarni juda sodda va aniq o‘giradi.
Faqat ohangdorlikni saqlash uchun “arz” so‘zini “erlarni” deb ag‘daradi. “Ko‘klarni va
yerlarni” — juda ohangdor. Zamonaviy tarjimon bu yerda “osmonlar va yerni”, deydi.
”Arz”ni yerlar deb olish to‘g‘ri bo‘ladimi? ”Arz” matnda yer sayyorasi ma’nosida
kelyapti. Uni ”erlar” deb olish unchalik to‘g‘ri emas. Boyxo‘janing yerlari deyish
mumkin. Yer kurrasining qit’alari deyish mumkin. Lekin ”Arsh”ni ”erlar” deyish
to‘g‘ri bo‘lmaydi. ”Arz”ni “erlar”deb bergan holda ”Tafsir” ”Arsh”ni o‘z holicha aks
ettiradi. Eng yangi tarjimalarda ham bu tushuncha o‘z holicha ”Arsh” deb olingan. Endi
juda qisqa oyatni ko‘raylik. ”Hua l-aziz ul-hakim”(”Al-hadid”).

Tarjimon ”aziz” va”hakim”ni ”qudrat va hikmat sohibi”deb o‘giradi. Shu

suraning uchinchi oyati: ”U Avval, Oxir, Zohir va Botindir. U barcha narsani
biluvchidir”, deb ag‘dariladi. Ya’ni asl matndagi Avval, Oxir, Zohir, Botin
tushunchalari o‘z holicha keltiriladi. Nega oldingi oyatdagi “Aziz” va “Hakim”
tushunchalari tarjimada berildi-yu, keyingi oyatda o‘sha qatordagi Allohning to‘rt
go‘zal sifati asl holicha olindi? Biz bu gapni printsiplarning shakllanmaganligiga misol
uchun olmoqdamiz. Noto‘g‘ri tarjima demoqchi emasmiz. Yondoshuvlar turlicha.
Shuning uchun tarjimada asliyatda yo‘q “zotdir”, “sohibidir” degan ortiqcha so‘zlar
ko‘p ishlatiladi. Holbuki, bunga hojat yo‘q. “Oxir” va “Zohir” asl holicha olinganda,
“Alim” — “biluvchi” deb ag‘dariladi. “Barcha narsalarni biluvchi Alimdir” — deb
realiyni saqlagan holda koloritini keltirib o‘girish ham mumkin. Buning uchun esa
tarjima printsiplari mukammal ishlangan bo‘lishi zarur. Sayyid Taroziy talqinida esa,


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_4-to’plam_Aprel-2025

253

ISSN:3030-3613

aytaylik, “Avval” va “Oxir” o‘zicha olingan holda “Zohir” va “Botin” — “Oshkora”
va “Maxfiy” deb qayd etiladi.

Foydalanilgan Adabiyotlar:

1.

O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasining 2009 yil 16-sonidan olindi.

2.

Islom tafakkuri” jurnali, 2021-yil 4-son

3.

Vahba Zuhayliy. Islom fiqhi va uning manbalari. – Bayrut: Dorul fikr. 1984.
– J.1. – 429

4.

Doktor Ahmad Shalabiy. Islomda qonun va sud. – Qohira: Maktabatun
nahzatil arabiya,

5.

Shayx Muhammad Xuzariybek.Tarixut tashri‟il islomiy. – Bayrut: 1988. –
248 b.

6.

S. A. Isxakov, A.R. Raxmanov. Musulmon huquqi: oliy ta‟lim muassasalari
uchun

7.

darslik. – T.: O„zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2012. – 177 b

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan Adabiyotlar:

O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasining 2009 yil 16-sonidan olindi.

Islom tafakkuri” jurnali, 2021-yil 4-son

Vahba Zuhayliy. Islom fiqhi va uning manbalari. – Bayrut: Dorul fikr. 1984.

– J.1. – 429

Doktor Ahmad Shalabiy. Islomda qonun va sud. – Qohira: Maktabatun

nahzatil arabiya,

Shayx Muhammad Xuzariybek.Tarixut tashri‟il islomiy. – Bayrut: 1988. –

b.

S. A. Isxakov, A.R. Raxmanov. Musulmon huquqi: oliy ta‟lim muassasalari

uchun

darslik. – T.: O„zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2012. – 177 b