T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_4-to’plam_Aprel-2025
213
ISSN:3030-3613
BOLALIKDA OLINGAN PSIXIK TRAVMALAR VA ULARNING VOYAGA
YETGANLIKDAGI TAʼSIRI
Kokand universiteti Andijon filiali boshlangʻich taʼlim yoʻnalishi 1-kurs talabasi
Sirojiddinova Mushtariy Omadbek qizi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada bolalik davrida yuzaga kelgan psixik
travmalarning shaxs rivojiga va voyaga yetganlikdagi psixologik holatga ta’siri
o‘rganiladi. Psixologik tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, bolalikda olingan ruhiy
jarohatlar – jumladan, zo‘ravonlik, e’tiborsizlik, ajralish, psixologik bosim yoki
travmatik voqealarga guvoh bo‘lish – insonning emotsional barqarorligi, o‘ziga
bo‘lgan ishonchi, ijtimoiy munosabatlari va ruhiy salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Maqolada, shuningdek, travma kechirgan bolalarning voyaga yetganida depressiya,
tashvish buzilishi, PTSD (travmadan keyingi stress buzilishi), shaxslararo
munosabatlarda qiyinchiliklar va destruktiv xulq-atvorlar kabi oqibatlarga duch kelishi
haqida ilmiy manbalarga asoslangan tahlil beriladi. Tadqiqotlar ACEs (Adverse
Childhood Experiences) indeksiga tayangan holda yuritilgan. Ushbu maqola
bolalikdagi psixik travmalarni erta aniqlash, profilaktika qilish va ularning oqibatlarini
yumshatish bo‘yicha amaliy tavsiyalarni ham o‘z ichiga oladi.
Аннотация:
В данной статье рассматривается влияние психических травм,
полученных в детском возрасте, на развитие личности и психоэмоциональное
состояние во взрослом возрасте. Психологические исследования показывают,
что душевные травмы, перенесённые в детстве — включая насилие,
пренебрежение, развод родителей, психологическое давление или свидетелями
травматических событий — оказывают негативное воздействие на
эмоциональную устойчивость человека, уверенность в себе, социальные
отношения и психическое здоровье. В статье также анализируются последствия
детских травм во взрослом возрасте, такие как депрессия, тревожные
расстройства, ПТСР (посттравматическое стрессовое расстройство), трудности в
межличностных отношениях и деструктивное поведение, на основе научных
данных. Исследования проводились с использованием шкалы ACEs (Adverse
Childhood Experiences). Работа включает практические рекомендации по
раннему выявлению, профилактике и смягчению последствий психических
травм у детей.
Annotation:
This article explores the impact of psychological traumas
experienced during childhood on personality development and emotional well-being
in adulthood. Psychological studies show that childhood traumas — including abuse,
neglect, parental divorce, psychological pressure, or witnessing traumatic events —
negatively affect a person's emotional stability, self-esteem, social relationships, and
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_4-to’plam_Aprel-2025
214
ISSN:3030-3613
mental health. The article also analyzes the long-term consequences of childhood
trauma in adulthood, such as depression, anxiety disorders, PTSD (Post-Traumatic
Stress Disorder), difficulties in interpersonal relationships, and destructive behaviors,
based on scientific research. The studies referenced rely on the ACEs (Adverse
Childhood Experiences) index. The article also provides practical recommendations
for early identification, prevention, and mitigation of the effects of psychological
trauma in children.
Kalit so‘zlar:
bolalikdagi ruhiy travma, psixologik salomatlik, travmaning uzoq
muddatli ta’siri, voyaga yetganlikdagi psixik holat, Adverse Childhood Experiences
(ACEs), shaxsiy rivojlanishga ta’sir, bolalikdagi zo‘ravonlik, emotsional beqarorlik,
psixik travma oqibatlari, voyaga yetgan davrdagi ruhiy buzilishlar.
Ключевые слова:
психическая травма в детстве, психологическое
здоровье, долгосрочные последствия травмы, психическое состояние во
взрослом возрасте, неблагоприятный детский опыт (ACEs), влияние на
личностное развитие, насилие в детстве, эмоциональная нестабильность,
последствия психической травмы, психические расстройства во взрослом
возрасте.
Keywords:
childhood psychological trauma, mental health, long-term effects of
trauma, psychological state in adulthood, Adverse Childhood Experiences (ACEs),
impact on personal development, childhood abuse, emotional instability, consequences
of psychological trauma, mental disorders in adulthood.
Psixik travma — bu kuchli reaktsiyalarni keltirib chiqaradigan vaziyatlarda
bevosita yoki bilvosita ishtirok etish natijasida yuzaga keladigan holat. Ular kuchli
stress va hissiy muvozanatning buzilishiga olib keladi.
Travma odamning ruhiy salomatligi uchun chuqur oqibatlarga ega. Masalan,
takrorlanuvchi xotiralar, tushlar, gipervigillansiya va sodir bo'lgan voqealarni
eslatadigan vaziyatlardan qochish kabi intensiv simptomlar bilan tavsiflanadigan
posttravmatik stress buzilishi (PTSB) paydo bo'lishi mumkin.
Travmatik voqealar moslashuv va tuzalish jarayonida turli bosqichlarga ega.
Masalan, shok, inkor etish, g'azab, qayg'u va qabul qilish fazalari. Har birida travmaga
uchragan odam xosiyli his-tuyg'ularni va reaktsiyalarni boshdan kechiradi.
Bolalar psixik travmani turli xil holatlarda orttirib olishlari mumkin. Bunday
travmalar ko‘pincha quyidagi omillar tufayli yuzaga keladi: zo‘ravonlik, jismoniy yoki
ruhiy zo‘ravonlik bolalar uchun katta psixik travma bo‘lishi mumkin. Ota-onalar yoki
atrofdagi kattalar tomonidan qilinadigan jismoniy yoki emotsional zo‘ravonlik,
bolalarda o‘ziga bo‘lgan ishonchsizlik, qo‘rquv va depressiya kabi holatlarni yuzaga
keltirishi mumkin. E’tiborsizlik, ota-onalar yoki g‘amxo‘rlarning etishmasligi, bolani
etarlicha sevmaslik yoki e’tiborsiz qarash bolada hissiy travma yaratishi mumkin. Bu
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_4-to’plam_Aprel-2025
215
ISSN:3030-3613
holat bolalar uchun ruhiy og‘riq va o‘zini past baholash tuyg‘usini keltirib chiqaradi.
Oilaviy ajralish yoki ota-onalar orasidagi nizolar, ota-onalar orasidagi janjallar yoki
ajralish, bolalar uchun psixologik travmalarga olib kelishi mumkin. Bu, bolalar uchun
ruhiy beqarorlik, xavotir va o‘zini yo‘qotish hissini keltirib chiqaradi. Traumatik
voqealar, tabiiy ofatlar (yong‘in, zilzila, suv toshqinlari) yoki inson tomonidan sodir
etilgan jinoyatlar (xususan, zo‘rlash yoki yirik avtohalokatlar) bolalar uchun katta
psixologik ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bunday voqealar bolalarda posttravmatik stress
buzilishlarini (PTSB) rivojlantirishi mumkin. G‘amxo‘rlik va xavfsizlikdan mahrum
bo‘lish, bolalar o‘zlarini xavfsiz va himoyalangan his qilmagan holatda, masalan,
kimsasiz qolish yoki yaqin kishilaridan ajralishdan, psixologik travma olishlari
mumkin. Bu, bolalarda uzoq muddatli emotsional va psixologik muammolarga olib
kelishi mumkin. Ijtimoiy va iqtisodiy qiyinchiliklar, ota-onalarning ishsizlik, past
daromadlar yoki qashshoqlik kabi ijtimoiy va iqtisodiy muammolari ham bolalarning
psixik holatiga ta’sir qiladi. Bunday sharoitlarda yashovchi bolalar, ko‘pincha xavotir,
qo‘rquv va o‘zini past baholash holatlariga duch keladilar. Oila a’zolarining
kasalliklari yoki vafoti, oila a’zolarining og‘ir kasalliklari yoki o‘limi bolalar uchun
katta ruhiy zarba bo‘lishi mumkin. Bu, bolalarning emotsional va ruhiy rivojlanishiga
jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu bilan birga, har bir bola o‘ziga xos tarzda travmalarga javob
beradi, va ba’zi bolalar ko‘proq qo‘llab-quvvatlash va g‘amxo‘rlikka muhtoj bo‘ladi,
boshqalari esa bu jarayonni yengillashtirish uchun ichki kuch va resurslarni
rivojlantiradilar.
Bolalikda olingan psixik travmalar voyaga yetganlikda katta taʼsir ko‘rsatishi
mumkin. Ushbu taʼsirlar ko‘plab psixologik va emotsional muammolarni keltirib
chiqarishi mumkin, masalan:
1.Depressiya va xavotir: Bolalikda olingan ruhiy jarohatlar, voyaga yetgan
odamda depressiya va umumiy xavotir holatlariga olib kelishi mumkin. Travmalar
bolaning o‘ziga bo‘lgan ishonchini pasaytirib, doimiy xavotir, qo‘rquv va salbiy
o‘ylash tarzini rivojlantiradi.
2.Pasttravmatik stress buzilishi: Bolalikda og‘ir travmalar (zo‘ravonlik, ajralish,
tabiiy ofatlar va boshqalar) voyaga yetgan davrda posttravmatik stress buzilishiga
(PTSB) olib kelishi mumkin. PTSB belgilari orasida qayta-qayta travmatik voqealarni
eslash, yomon xotiralarni qayta tiklash va emotsional o‘tkazish qiyinchiliklari mavjud.
3.Shaxsiy va ijtimoiy munosabatlarda qiyinchiliklar: Bolalikda travma olgan
shaxslar, odatda, boshqa odamlar bilan salbiy va o‘rnatishga qiyin bo‘lgan
munosabatlar o‘rnatadilar. Ular o‘zlarini izolyatsiya qilishlari, ishonchsizlik tuyg‘ulari
yoki doimiy qo‘rquv bilan yashashlari mumkin. Ijtimoiy vaziyatlarda stress va
xavotirlarni boshdan kechirishlari mumkin.
4.O’zini past baxolash va emotsiyanal barqarorlikning yo’qligi:Psixik travma
olgan bolalar, voyaga yetganda o‘zlarini past baholashadi, o‘z qadr-qimmatini tan
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_4-to’plam_Aprel-2025
216
ISSN:3030-3613
olishda qiyinchiliklarga duch keladilar. Bu, o‘ziga bo‘lgan ishonchning yo‘qolishiga
olib keladi va emotsional barqarorlikni saqlashda qiyinchiliklar yaratadi.
5. Destruktiv xulq-atvor va zararli odatlar:Bolalikda travma olgan shaxslar,
ba’zida destruktiv xulq-atvor (masalan, giyohvandlikka qarshi kurashish, alkogolizm,
o‘zini shikastlash)ni rivojlantirishi mumkin. Bu, travma tufayli yuzaga kelgan og‘riq
va ichki konfliktlarni yengishning bir usuli sifatida amalga oshiriladi.
6.Boshqarilmagan emotsiyalar va impulslarni boshqarishdagi qiyinchiliklar:
Psixik travmalar ko‘pincha impulsiv va agressiv xulq-atvorni keltirib chiqaradi.
Bunday odamlar o‘z emotsiyalarini boshqarishda qiyinchiliklarga duch keladilar va bu
ijtimoiy muammolarni yuzaga keltirishi mumkin.
7. Ruhiy salomatlik muammolari:Bolalikda og‘ir psixologik travmalar, voyaga
yetganda aniq ruhiy salomatlik muammolariga olib kelishi mumkin, masalan, asabiy
buzilishlar, xotira va konsentratsiya qobiliyatining pasayishi, uyqu va stress bilan
bog‘liq muammolar.
8. Chuqur o‘zini anglash va travmalarni yengib o‘tish uchun kurash:
Ba’zi odamlar bolalikdagi travmalarni yengib o‘tish uchun psixoterapiya yoki
boshqa yordam usullaridan foydalanadilar. Bu, ularning rivojlanishiga yordam berishi
va kelajakda salbiy oqibatlardan qochishlariga imkon yaratishi mumkin.
Bolalikda olingan psixik travmalarni yengish uchun bir nechta samarali usullar
mavjud. Ushbu jarayon ko‘pincha vaqt va qat’iyatni talab qiladi, ammo quyidagi
yondashuvlar yordamida travmalarni yengish va shaxsiy rivojlanishni tiklash mumkin:
psixoterapiya, psixoterapiya — psixik travmalarni yengishning eng samarali
usullaridan biridir. Ma’lum bir davr mobaynida psixolog yoki psixoterapevt bilan
ishlash, travmalarni qayta ishlash, his-tuyg‘ularni ifodalash va ko‘nikmalarni
rivojlantirishga yordam beradi. Kognitiv-behavioral terapiya (CBT), EMDR (Eye
Movement Desensitization and Reprocessing) va psixodinamik terapiya kabi metodlar
travma bilan bog‘liq hissiy og‘riqlarni kamaytirishga yordam beradi. Duyg‘usal
qo‘llab-quvvatlash, oila a’zolari, do‘stlar yoki qo‘llab-quvvatlash guruhlari yordamida
ruhiy salomatlikni yaxshilash mumkin. Duyg‘usal qo‘llab-quvvatlash bolalar va
kattalar uchun travmalarni yengishda katta rol o‘ynaydi, chunki o‘zini tushunadigan va
qo‘llab-quvvatlovchi odamlar bilan bo‘lishish xavotir va og‘riqni kamaytiradi. O‘zini
anglash va qabul qilish, travmalarni yengish uchun o‘zini anglash va qabul qilish juda
muhimdir. Bu jarayon odamga o‘zining hissiyotlari va tajribalari bilan yuzlashishga,
ularni qabul qilishga va ularni yaxshilash yo‘llarini topishga yordam beradi. O‘zini
qabul qilish va o‘zgarishlarga tayyor bo‘lish psixik jarohatlar ustidan g‘alaba
qozonishga yordam beradi. Relaksatsiya va stressni boshqarish, stress va xavotirni
boshqarish, travmalarni yengishning muhim qismi hisoblanadi. Meditatsiya, yoga,
nafas olish mashqlari va progressiv mushak relaksatsiyasi kabi usullar, travmadan kelib
chiqadigan stressni kamaytirish va emotsional barqarorlikni oshirishda yordam beradi.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_4-to’plam_Aprel-2025
217
ISSN:3030-3613
Sog‘lom turmush tarzini yaratish, sog‘lom turmush tarzi travmalarni yengishda katta
yordam beradi. Bu muntazam jismoniy faoliyat (masalan, sport yoki yurish), to‘g‘ri
ovqatlanish, yetarli uyqu va yaxshi gigiena odatlaridan iborat. Sog‘lom tanaviy holat
ruhiy salomatlikni yaxshilashda muhim rol o‘ynaydi. Ijodiy ifoda, san’at, yozuv,
musiqani tinglash yoki chizish kabi ijodiy faoliyatlar travmalarni yengishga yordam
beradi. Bular orqali odam o‘zining hissiyotlarini ifodalashi va travmalarni boshqarish
uchun yangi yo‘llar topishi mumkin. Ijodiy ifoda shaxsiy tajribalarni qayta ishlash va
ularni to‘g‘ri anglashda yordam beradi. Yaxshi munosabatlar va qo‘llab-quvvatlash
tizimi yaratish, ijtimoiy aloqalar va mustahkam do‘stliklar bolalikda olingan
travmalarni yengishda yordam beradi. Do‘stlar va oila bilan ochiq muloqot qilish,
ishonchli va xavfsiz aloqalar yaratish travmalarni yengish jarayonini yengillashtiradi.
Travma haqida gaplashish va hissiyotlarni ifodalash, travmatik voqealar haqida ochiq
muloqot qilish va his-tuyg‘ularni ifodalash, travmalarni yengishda yordam beradi.
Buning uchun psixolog yoki terapiya guruhlaridan foydalanish, hissiyotlarni tushunish
va ularni boshqarish uchun zarur. Boshqa odamlarning tajribalaridan o‘rganish, boshqa
odamlarning travmalarni yengishdagi tajribalarini o‘rganish va ular bilan muloqot
qilish ham yordam beradi. Bu, o‘xshash holatda bo‘lgan shaxslar bilan muloqot qilish
va ularning muvaffaqiyatli tajribalari orqali ilhomlanish imkonini beradi.
O‘zgartirishga tayyor bo‘lish, travmalarni yengish uchun ichki o‘zgarishlarni amalga
oshirish kerak bo‘ladi. Yangi qarashlar, yangi yondashuvlar va o‘zgarishlarga tayyor
bo‘lish, kelajakda salbiy oqibatlardan qochish uchun muhimdir. Bu jarayon vaqti-vaqti
bilan yordam olgan holda amalga oshiriladi. Bolalikda olingan psixik travmalarni
yengish murakkab jarayon bo‘lishi mumkin, ammo yuqoridagi usullarni qo‘llash orqali
shaxsiy o‘sish va rivojlanishni qayta tiklash mumkin. Bu jarayonni yengish uchun vaqt
va sabr talab qilinadi, lekin to‘g‘ri qo‘llab-quvvatlash bilan, odamlar travmalarini
yengib, salbiy ta’sirlarni kamaytirishlari mumkin.
Bolalikda olingan psixik travmalar voyaga yetganda ruhiy muammolarni keltirib
chiqarishi mumkin, masalan, depressiya, xavotir va ijtimoiy munosabatlarda
qiyinchiliklar. Biroq, psixoterapiya, qo‘llab-quvvatlash, sog‘lom turmush tarzi va
stressni boshqarish kabi usullar orqali travmalarni yengish mumkin. Har bir shaxsning
tajribasi individual bo‘lib, bu jarayon vaqt va sabrni talab qiladi. Travmalarni yengish
uchun o‘zini anglash va o‘zgarishga tayyor bo‘lish zarur. Shaxslar o‘z ichki kuchlarini
topib, sog‘lom hayotga erishishlari mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Nishanova Z., Alimova G. Bolalar psixologiyasi va uni o‘qitish metodikasi.
2.
Nashriyot: O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi Nashr yili:
2006. Manzil: Toshkent.
3.
Velilvayeva A. S., Hayatov R. B., Alkarov R. B.Bolalar psixiatriyasi. Samarqand
Davlat tibbiyot universiteti nashriyoti 2024 Samarqand
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_4-to’plam_Aprel-2025
218
ISSN:3030-3613
4.
Ismoilova N. Ijtimoiy psixologiya. O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati
nashriyoti. 2013-yil. Toshkent