Mualliflar

  • Eshonkulov Turgʻun Nishanbayevich

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.96039

Kalit so‘zlar:

Kalit soʻzlar: oʻrta muddatli fiskal siyosat prognoz rejalashtirish byudjetni operativ boshqarish unumdorlik prinsipi byudjetlashtirish.

Annotasiya

 
Annotatsiya: Ushbu maqolada oʻrta muddatli fiskal siyosatning mazmuni va 
uni  joriy  qilishnining  obyektiv  zarurligi  asoslangan.  Oʻzbekistonda  oʻrta  muddatli 
byudjet daromad va xarajatlarini prognozlashtirishning tashkiliy- iqtisodiy asoslari 
tahlil qilingan. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_1-to’plam_May-2025

80

ISSN:3030-3613

DAVLAT BYUDJETINI OʻRTA MUDDATLI REJALASHTIRISH

Eshonkulov Turgʻun Nishanbayevich

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti magistranti


Annotatsiya:

Ushbu maqolada oʻrta muddatli fiskal siyosatning mazmuni va

uni joriy qilishnining obyektiv zarurligi asoslangan. Oʻzbekistonda oʻrta muddatli
byudjet daromad va xarajatlarini prognozlashtirishning tashkiliy- iqtisodiy asoslari
tahlil qilingan.

Kalit soʻzlar:

oʻrta muddatli fiskal siyosat, prognoz, rejalashtirish, byudjetni

operativ boshqarish, unumdorlik prinsipi, byudjetlashtirish.

Аннотация:

В данном стате обоснована содержание среднесрочной

фискалной политики и объективной необходимости ее реализатсии.
Анализируются организационныэ и экономические основы среднесрочного
прогнозирования доходов и расходов государственного бюджета Республики
Узбекистана.

Ключевыэ слова:

среднесрочная фискалная политика, прогноз,

планирование, оперативное управление бюджетом, принцип продуктивности,
бюджетирование.

Abstract:

This article substantiates the content of the medium-term fiscal

policy and the objective need for its implementation. The organizational and
economic foundations of medium-term forecasting of income and expenditure of the
state budget of the Republic of Uzbekistan are analyzed.

Key words:

medium-term fiscal policy, forecast, planning, operational budget

management, the principle of productivity, budgeting.


Kirish

Zamonaviy sharoitlarda davlat moliyasini boshqarishni isloh qilish, tez

oʻzgaruvchan bozor muhiti sharoitida oʻrta muddatli byudjetni taxminlashtirish,
davlat moliyasini ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning oʻrta muddatli ustuvor
yoʻnalishlarini realizatsiya qilishdagi imkoniyatlarini baholash maqsadida
Oʻzbekistonda oʻrta muddatli fiskal siyosatni amalga oshirish uslubiyotiga asoslangan
davlat moliyasini boshqarish tizimi joriy qilindi. Ushbu tizim sharoitida davlat
byudjeti daromadlarining kelgusi yiliga prognozi va navbatdagi 2 yili uchun taxmin
koʻrsatkichlari aniqlanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “Oʻzbekiston

Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida”gi
PF-4947-sonli Farmoni [1] asosida amalga oshirilayotgan kompleks islohotlar davlat


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_1-to’plam_May-2025

81

ISSN:3030-3613

moliyasi tizimini takomillashtirish boʻyicha ham keng islohotlarni amalga oshirishni
taqozo qilmoqda.

Oʻrta muddatli fiskal siyosat davlat moliyasi tizimidagi islohotlarni oʻrta

muddatli strategik yoʻnalishi toʻgʻrisida axborot olish va shuningdek, mamlakatni
ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning ustuvor yoʻnalishlari bilan fiskal siyosatni
uygʻunlashtirish imkoniyatini beradi.

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili

Aksariyat oʻtish davrini boshdan kechirayotgan mamlakatlarda davlat

byudjetini rejalashtirish daromad va xarajatlarning yillik rejasini tayyorlashga
qaratilgan. Natijada tez oʻzgaruvchan bozor muhiti sharoitida qisqa vaqt ichida
moliyaviy tanazzulni toʻgʻri reaksiya qilish imkoniyatlari mavjud boʻlsada, strategik
konturdagi rivojlanish yoʻnalishlarining moliyaviy asoslarini taxminlashtirish
imkoniyatlari mavjud bulmaydi. Shuning uchun ham nisbatan barqaror taraqqiyot
yoʻliga oʻtgan mamlakatlarda oʻrta muddatli byudjetni rejalashtirish amaliyotiga
oʻtish bilan bogʻliq islohotlarni amalga oshirish keng tadqiq qilinib kelinmoqda.
Chunki, bugungi kunda qabul qilingan byudjet qarorlari bir necha yil davomidagi
oqibatlarga olib keladi va ikki yoki uch yil ichida kutilishi mumkin boʻlgan voqealar
operativ choralar koʻrishni talab qilishi mumkin. Ushbu amaliyot aksariyat
mamlakatlarda oʻrta muddatli byudjet rejalashtirish amaliyotini joriy etishga undaydi.

Strauch R., Xallenberg M., J. Fon Xagenlar Yevropa mamlakatlarida byudjet

prognozini shakllantirish qabul qilingan dasturlarni barqaror realizatsiyasi va
dasturlar oʻrtasidagi konvergentlik, yaʼni oʻzaro uygʻunlikni taʼminlashning omili
ekanligini tadqiq qilishgan [4]. Iqtisodchilar J. Blondal, D. Bergall, I. Xavkesvord va
R.

Dayton-Smitlar

Avstraliyada iqtisodiyotdagi

barqaror

makromoliyaviy

koʻrsatkichlar taʼminlanishi sharoitida oʻrta muddatli byudjetlashtirish imkoniyatlari
va uni pozitiv jihatlarini tadqiq qilishgan [5].

Iqtisodchi olim J. Lyuingman yuqoridan quyiga qarab yoʻnaltirilgan

byudjetlashtirish prizmasi sharoitida byudjet menejmentining samaradorligini ortish
imkoniyatlarini tadqiq qilgan [6]. Iqtisodchi K. Rogof siyosiy biznes sikllarining turli
fazalari kesimida oʻrta muddatli byudjetlashtirishnining samaradorlik mezonlarini
taklif qilgan [7].

Oʻrta muddatli byudjetlashtirish sharoitida byudjet defitsitini boshqarish

samaradorligi bilan oʻzaro bogʻliqligi N. Rubini va J. Sakslarning ilmiy ishlarida
tadqiq etilgan [8].

Milliy iqtisodiyotimizda oʻrta muddatli fiskal siyosat instrumentlarini joriy

qilish va byudjetni oʻrta muddatli rejalashtirish imkoniyatlari Yo.Sh. Fayzullayev,
I.A. Azizovalarning ishlarida keng tadqiq etilgan [2].

Mualliflar fikricha, makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy oʻsishning istiqbolli

yoʻnalishlarida byudjet-soliq siyosati real imkoniyatlariga har tomonlama baho


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_1-to’plam_May-2025

82

ISSN:3030-3613

berish, davlat moliyaviy resurslardan samarali foydalanish va oʻrta muddatli
kelajakda ularning samaradorligiga erishish maqsadida byudjet daromadlari hamda
xarajatlarini rejalashtirishda (a) oshkoralik, (b) barqarorlik, (v) unumdorlik
prinsiplariga asoslangan, xalqaro amaliyotning eng sara andozalariga mos keladigan
ishonchli usullarini ishlab chiqish va ulardan foydalanish vazifalarini hal qilishni talab
etadi [2, b.29]. Bu maqsadlarga qatʼiy byudjet cheklashlari doirasida xarajatlarni oʻrta
muddatli kompleks rejalashtirish (“Medium-term Expenditure Framework” –
MTEF)ga bosqichma-bosqich oʻtish yoʻli bilan erishilishi eʼtirof etiladi.

Ushbu usul byudjet islohotiga doir adabiyotlarida keng tarqalgan boʻlib [9],
respublikamizda

nashr

etilgan

adabiyotlarda

byudjetni

oʻrta

muddatli

rejalashtirish (BOʻMR) yoki natijaga

yoʻnaltirilgan oʻrta muddatli

byudjetlashtirish [3] (NYMB) sifatida tavsiflanadi.

Yuqoridagi ilmiy tadqiqotlarda byudjetni oʻrta muddatli rejalashtirish koʻp

omilli fenomen sifatida iqtisodiyot barqaror taraqqiyot tendensiyasida samarali
boshqarishning funksional elementi ekanligi isbotlangan.

Tadqiqot metodologiyasi

Maqolada maʼlumotlarni guruhlash, analiz va sintez, tizimli tahlil, taqqoslash,

kompleks baholash, qiyosiy va solishtirma tahlil hamda prognoz usullaridan samarali
foydalanildi.

Tahlil va natijalar

Maʼlumki, oʻrta muddatli davlat byudjeti daromad va xarajatlari rejasini oʻzida

namoyon qiluvchi oʻrta muddatli fiskal siyosat davlat moliyasining istiqboldagi
iqtisodiy taraqqiyotni oʻrta muddatli prognoz koʻrsatkichlariga uygʻunlashgan
ravishda shakllantirish maqsadida amalga oshiriladi.

Xususan, Oʻzbekistonda davlat byudjetini oʻrta muddatli rejalashtirish: oʻrta

istiqbolga moʻljallangan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining kompleks dasturlarini
realizatsiya qilish amaliyotining joriy etilganligi, ushbu dasturlarni ichki va tashqi
qarz mablagʻlarini jalb qilish boʻyicha davlat qarz siyosatini yuritilayotganligiga ham
bogʻliq boʻlmoqda. Xususan, yirik va strategik tavsifdagi investitsiya xarajatlarini
amalga oshirishdagi oʻrta muddatli byudjet imkoniyatlariga baho berish, oʻrta
muddatli davlat xarajatlari samaradorligini baholash, byudjet daromadlari va
xarajatlarining zrta muddatli taxminlari boʻyicha shaffof koʻrsatkichlar tizimini
shakllantirish imkoniyatlari yaratiladi.

Davlat byudjeti oʻrta muddatli istiqbolini belgilashda ijtimoiy-iqtisodiy

taraqqiyotning oʻrta muddatli rejalari asos hisoblanadi. Chunki, ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishining kompleks dasturlariga asoslangan holda davlat byudjetining daromadli
asosini tashkil qiluvchi soliq bazasini taxminlashtirish va natijada daromadlarni
prognoz kontingentlarini shakllantirish imkoniyatlariga ega boʻlinadi. Shuningdek,


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_1-to’plam_May-2025

83

ISSN:3030-3613

xarajatlarni joriy ryejasi va oʻrta muddatli taxminlari esa oʻrta istiqbolga moʻljallangan
ijtimoiy sohadagi davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlari asos boʻladi.

Byudjet loyihasinin tayyorlash va yillik monitoringning markaziy komponenti

prognozlashtirish atrofida boʻladi. Yangilangan makroiqtisodiy tizim tegishli
siyosatni ishlab chiqish hamda daromadlar va xarajatlarning ishonchli prognozlarida
reallikni taʼminlash uchun zarurdir.

Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti eksperti Kosta Lingmanning

fikricha, Moliya vazirligi barcha tegishli makroiqtisodiy oʻzgaruvchilarning yiliga
toʻrt-besh marta qayta koʻrib chiqilgan prognozini tayyorlaydi. Bundan tashqari,
davlat maʼmuriyati byudjetdagi har bir xarajatlar va daromadlarni prognoz
kontingentini ishlab chiqilishini doimiy ravishda baholashi kerak. Oʻrta muddatli
istiqbolda davlat xarajatlarining toʻliq prognozi yiliga besh-olti marta amalga
oshiriladi.

Xarajatlarni

tez-tez

va

ambitsiyalar

bilan

bashorat

qilish

kompyuterlashtirilgan tizim orqali amalga oshirilishini taʼkidlashadi [10].

Davlat byudjetini oʻrta muddatli rejalashtirish algoritmining prizmasida yirik

va strategik ahamiyatga ega boʻlgan investitsiyalar va defitsitning mumkin boʻlgan
darajasini moliyalashtirish uchun oʻrta muddatli qarz siyosatini aniqlab olish
hisoblanadi. Chunki, joriy davlat qarzi siyosati, istiqbolda dvlat byudjetiga qarzga
xizmat koʻrsatish shaklida (qarz foizlari va amortizatsiyasi xarajatlari) moliyaviy yuk
boʻlib tushishi mumkin. Bunday holatda davlat xarajatlarini davlat qarzlariga xizmat
koʻrsatish boʻyicha xarajatlar bilan uygʻunlashgan holda taxminlashtirishni talab
qiladi. Ushbu omili inobatga olmaslik istiqbolda qarz qopqoniga tushish orqali
byudjet riskining ehtimolligini ortishiga olib keladi.

Shuningdek, prizmaning keyingi bosqichidagi vazifa byudjetlararo transfertlar

va byudjet tizimi boʻgʻinlari oʻrtasidagi pul oqimlarini prognoz koʻsatkichlarini
aniqlash hisoblanadi.

Byudjetni oʻrta muddatli rejalashtirishning yana bir funksional vazifalaridan

biri davlat byudjetini joriy holatga emas balki, oʻrta muddatga aniq va muayyanligini
taʼminlashga yoʻnaltirilgan zamonaviy rejalashtirish texnologiyalarini joriy qilishdir.
Davlat byudjetini oʻrta muddatli rejalashtirish samaradorligi ijtimoiy-iqtisodiy siyosat
tarkibiy komponenti sifatida fiskal siyosat istiqbolli natijalarini oldindan bashorat
qilish mumkinligi bilan izohlanadi.

Chunki, davlat byudjeti ham iqtisodiy kategoriya hisoblanib, uning moddiy

negizini milliy iqtisodiyot va jamiyatnining sotsial platformasidagi davlatning
pozitsiyasi tashkil qiladi. Ushbu prinsipdagi muhim jihatlardan biri siyosiy qarorlar
qabul qilishning bosh omilidir, chunki u risklarni kamaytirishni taʼminlaydi va oldini
olish choralarini koʻrish imkoniyatini berishi hisoblanadi [3].

Ikkinchi prrinsipda davlat byudjetini oʻrta muddatli rejalashtirishda

davlatnining moliyaviy resurslarini shakllantirish va sarflanishi uchun siyosiy


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_1-to’plam_May-2025

84

ISSN:3030-3613

jihatdan hisobdorlikni taʼminlanishi nazarda tutiladi. Chunki milliy daromadnei
taqsimlanishida davlat byudjetida toʻlanadigan moliyaviy resurslar davlatnining
ixtiyoridagi moliyaviy resurslar hisoblanib, ularni shakllantirish va foydalanish
boʻyicha qarorlar qabul qilish Parlamentning vakolatiga kiradi.

Uchinchi prinsip har qanday rejalashtirish kabi davlat byudjetini oʻrta muddatli

rejalashtirish ham davlat moliyaviy resurslaridan foydalanishda maksimal
samaradorlikni taʼminlashi zarurligini nazarda tutadi. Zero, rejalashtirish
boshqaruvning muhim funksional elementi sifatida uning samaradorligini
fundamental asosini tashkil qiladi. Zero, iqtisodichilar taʼkidlaganlaridek, “Reja hech
narcha emas, rejalashtirish hamma narsani tashkil qiladi” [11] – deb aytilgan tom
maʼnodagi qoidaga asoslangan holda, byudjetni oʻrta muddatli rejalashtirish oʻzining
maksimal samaradorlikka erishish imkoniyatlari orqali xususiy jozibadorligini
namoyon qiladi.

Malumki, davlat byudjeti daromadlarining yetarli darajada boʻlishi mamlakatda

ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy va boshqa sohalarni belgilangan miqdorda va
muddatlarda moliyaviy taminlash imkoniyatini beradi. Shuning uchun bugungi kunda
byudjet daromadlarini samarali shakllantirish va ularning hajmini oshirish dolzarb
masalalardan biri boʻlib qolmoqda. Zero bu boradagi ishlarni amalga oshirish
natijasida jamiyatning barcha qatlamlarini qoʻllab- quvvatlash va strategik
maqsadlarni amalga oshirish uchun imkon bermoqda.

Bugungi kunda Oʻzbekiston Respublikasida davlat byudjeti daromadlarining

asosini soliqlar tashkil qiladi. Soliqlarni undirish jarayonida bevosita respublika
byudjetiga tushadigan hamda mahalliy byudjetlarga undiriladigan soliqlarni
koʻrishimiz mumkin. Respublika byudjetiga undiriladigam umumdavlat soliqlarinin
bir qismi hududlar imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda mahalliy byudjetlar
ixtiyorida qoldiriladi.

Maʼlumki, oʻrta muddatli fiskal siyosat sharoitida byudjet daromadlarini

prognozlashtirish, iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlanish nisbatlari kesimida soliq
bazasining shakllanishi va soliq siyosatining strategik yoʻnalishlarining pirovard
maqsadlari kabi bir qator omillar taʼsirida shakllantiriladi. Xususan, iqtisodiyotdagi
soliq yukining oʻrta muddatli istiqbollari bunda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xulosa va takliflar

Davlat byudjetini oʻrta muddatli rejalashtirish oʻtish davri bilan bogʻliq turli

shoklar, turbulent holatlardan makroiqtisodiy barqarorlik va izchil iqtisodiy oʻsish
kursiga oʻtgan mamlakatlarda davlat moliyasini oʻrta muddatli taraqqiyot
tedensiyalariga uygʻunlashtirish kontekstida muhim ahamiyat kasb etadi.

Davlat moliyasi tizimida byudjetlashtirish amaliyotiga oʻrta muddatli istiqbolni

kiritish, vazirliklar tomonidan ajratilmagan mablagʻni bir moliya yilidan boshqasiga


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_1-to’plam_May-2025

85

ISSN:3030-3613

oʻtkazish orqali vaqtning maʼlum stansionar(yil) intervallarida samaradorlikni
oshirish uchun imkoniyatlar yaratadi.

Umumiy byudjet intizomini taʼminlashda Davlat byudjetini oʻrta muddatli

rejalashtirishning turli modellari samaradorligi mamlakatlarning uzoq muddatli
byudjet prognozlarining aniqligi tahlili asosida baholanadi. Prognozlarning aniqligi
oldingi uch yillik prognozlar va davlat xarajatlari, daromadlari va balans balansining
oʻsish surʼatlaridan oshib ketadigan oʻrtacha farq bilan oʻlchanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “Oʻzbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi
toʻgʻrisida”gi PF-4947-sonli Farmoni.

2.

Fayzullayev Yo.Sh., Azizova I.A., Byudjetni oʻrta muddatli rejalashtirish.-
Toshkent: 2010.

3.

Azizova I.A. Natijaga yoʻnaltirilgan byudjetlashtirish. Oʻquv yoʻllanma.
T.:InfoCOM.UZ MCHJ nashriyoti, 2010.

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “Oʻzbekiston

Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi

toʻgʻrisida”gi PF-4947-sonli Farmoni.

Fayzullayev Yo.Sh., Azizova I.A., Byudjetni oʻrta muddatli rejalashtirish.-

Toshkent: 2010.

Azizova I.A. Natijaga yoʻnaltirilgan byudjetlashtirish. Oʻquv yoʻllanma.

T.:InfoCOM.UZ MCHJ nashriyoti, 2010.