Jild 61 № 1 (2025)
Maqolalar
HOZIRGI DAVRDA PSIXOLOGLARGA QO’YILGAN TALABLAR
Annotatsiya: Psixologiya inson ruhiyatining o'ziga xos xususiyatlari, ko'rinishlari va rivojlanishning umumiy qonuniyatlarini tadbiq etadi. Ruhiy hodisаlаr "idrok", "xotirа", "tаfаkkur", "irodа", "hissiyot" vа boshqа shu kаbi nomlаr bilаn guruhlаrgа аjrаtilib, hаmmаsi birgаlikdа psixikа, kishining psixik ichki dunyosi, uning ruhiy hаyoti vа hokаzolаr dеb аtаlаdigаn tushunchаlаrni hosil qilаdi. Ushbu maqola oldingi va hozirgi zamon psixologiyasi, hozirgi davrda psixologlarga qo’yilgan muhum vazifalar haqida ma’lumotlar keltirilgan.
BAHAUDDIN NAQSHBAND TA'LIMOTI VA RUXIY TARBIYA ASOSLARI
Anotatsiya: Ushbu maqola Bahauddin Naqshbandning ta'limoti va uning ruxiy
tarbiya asoslari haqida. Naqshbandiya tariqatining asosiy tamoyillari, jumladan, ichki
poklanish, zikr, sabr, toqat va xulq-atvorni yaxshilash kabi masalalar tahlil qilingan.
РАЗВЕТВЛЕННЫЕ И ЦИКЛИЧЕСКИЕ АЛГОРИТМЫ. СОСТАВЛЕНИЕ АЛГОРИТМОВ ДЛЯ ЗАДАЧ, СВЯЗАННЫХ С РАЗВЕТВЛЕННЫМИ И ЦИКЛИЧЕСКИМИ МЕДИЦИНСКИМИ ПРОЦЕССАМИ
Аннотация: Статья посвящена разветвленным и циклическим алгоритмам
в медицине. Разветвленные алгоритмы помогают в диагностике и выборе
методов лечения, в то время как циклические алгоритмы применяются для
обработки больших данных, таких как медицинские изображения и геномные
данные. Обсуждаются примеры успешного применения этих алгоритмов в
клинической практике и их влияние на эффективность диагностики и лечения.
YOZISHDAAGI XATOLARNI ANIQLASH VA TAHRIR QILISHNING SAMARALI USULLARI
Annotatsiya: Ushbu maqolada yozishdagi xatolarni aniqlash va tahrir qilishning
samarali usullari ko'rib chiqilgan. Unda an'anaviy yondashuvlar, masalan, grammatika
va imlo tekshiruvlari, shuningdek zamonaviy texnologiyalar, avtomatik matn tuzatish
vositalari va sun'iy intellektdan foydalanish kabi metodlar muhokama qilinadi.
Shuningdek, maqolada xatolarni to'g'irlashdan tashqari, matnning umumiy sifatini
yaxshilash, uning mantiqiyligi, o'qilishi va grammatikasini ta'minlash uchun foydali
strategiyalar ham muhokama qilinadi.
ИЗУЧЕНИЕ ЗНАЧЕНИЕ ПИТЬЕВОЙ ВОДЫ
Аннотация
Приведены многочисленные факты о свойствах и пользе талой и дождевой
воды. Подчеркнута особая роль воды в жизнедеятельности любого организма.
Дана характеристика механизма старения клеток человеческого организма или
их регенерация за счет разно-сти потенциалов на мембране клеток
(окислительно-восстановительный потенциал) и наличием в воде свободных ра-
дикалов, обладающих свойством разрушать клетки.Учитывая особенности
механизма старения клеток человеческого организма или их регенерации,
обусловленные разницей потенциалов на клеточной мембране (окислительно-
восстановительный потенциал) и присутствием в воде свободных радикалов,
обладающих свойством разрушать клетки.
ПЕСТИЦИДОВ И ИХ ВЛИЯНИЕ НА ОКРУЖАЮЩУЮ СРЕДЫ
Резюме: на основании специального эксперимента гигиенически
обосновано, что по параметрам острой токсичности Зараген относится к
веществам 4 класса опасности (малотоксичный препарат), (СанПиН № 0321-15).
Он обладает слабо раздражающим действием на кожу и слизистые оболочки
глаз; обладает функциональной кумуляцией. Разработаны гигиенические
нормативы и регламенты применения препарата, при соблюдении которых
предотвращается загрязнение окружающей среды данным инсектицидом.
DASTLABKI SUD MUHOKAMASI INSTITUTINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI
Annotatsiya: mazkur maqolada O’zbekiston Respublikasi jinoyat- protsessual
qonunchiligida muhim institutlardan biri bo’lgan dastlabki sud muhokamasi
institutining nazariy va amaliy asoslari tahlil etilgan. Sud- huquq tizimida
islohotlarning chuqurlashuvi fonida ushbu institutning ahamiyati, huquqiy mohiyati,
qo’llanilish amaliyoti va mavjud muammolari o’rganilgan. Shuningdek, xorijiy
davlatlar tajribasi (Rossiya, AQSH, Fransiya) asosida taqqoslama tahlil o’tkazilib,
milliy qonunchilikni takomillashtirishga doir aniq takliflar berilgan.
QUTADGʻU BILIG ASARINING TARBIYAVIY AHAMIYATI
Mazkur maqolada Yusuf Xos Hojib tomonidan XI asrda yozilgan “Qutadgʻu
bilig” asarining tarbiyaviy mazmuni, unda ilgari surilgan axloqiy, ma’naviy, siyosiy va
ijtimoiy g‘oyalar keng yoritiladi. Asarning asosiy obrazlari orqali yosh avlodga qanday
tarbiyaviy saboqlar berilishi mumkinligi tahlil qilinadi. Asar bugungi kun ta’limi va
ma’naviyatini shakllantirishda muhim vosita bo‘lib xizmat qilishi mumkinligi asoslab
beriladi.
YUQORI HARORATDA VAFOT ETGAN MURDALARDA BUYRAK USTI BEZINING MORFOLOGIK O‘ZGARISHLARI (SUD-TIBBIYOT AMALIYOTIDA).
Annotatsiya
Mazkur tezisda Yuqori xarorat tasiridan o’lim holatlarida buyrak usti bezining
patomorfologik oʻzgarishlari oʻrganiladi. Oʻlimning ushbu shaklida buyrak usti
bezlarining holati, histologik va morfologik oʻzgarishlari muhokama qilinadi.
Patomorfologik oʻzgarishlarning tashxis qoʻyishdagi ahamiyati va sud-tibbiyot
ekspertizasidagi roli tahlil qilinadi.
NERV TO’QIMASI
ANNOTATSIYA
Mazkur ishda nerv tóqimasi organizmning axborotni qabul qilish, uni qayta
ishlash va javob reaktsiyalarini shakllantirishdagi asosiy roli o‘rganiladi. Nerv
tóqimasining tarkibiy qismlari — neyronlar va neyroglial hujayralar tuzilishi va
ularning o‘ziga xos funksiyalari batafsil tahlil etilgan. Neyronlar o‘rtasidagi sinaptik
aloqalar va impulslarning elektroximik mexanizmlari ilmiy asosda bayon qilingan.
Markaziy va periferik nerv tizimi tuzilishi va funksional o‘zaro aloqalari, shuningdek,
nerv tóqimasining normal va patologik holatlari yoritilgan. Ishda nerv tóqimasining
organizm hayotiy faoliyatini boshqarishdagi biologik va klinik ahamiyati alohida
ta'kidlangan. Ushbu material talabalarga va mutaxassislarga nerv tizimi faoliyatini
chuqur tushunishda nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi.
SHARQ ALLOMALARI QARASHLARIDA OTA-ONA HURMATI VA OILAVIY TARBIYA
Anotatsiya:Mazkur maqolada Sharq allomalari qarashlarida ota-ona hurmati va
oilaviy tarbiya masalasi keng yoritilgan. Al-Farobiy, Imom G‘azzoliy, Ibn Sino va
Konfutsiy kabi mutafakkirlarning oilaviy qadriyatlarga bergan bahosi, ota-onaning
farzand tarbiyasidagi o‘rni va bu boradagi amaliy maslahatlari tahlil qilingan.
Shuningdek, bu qadriyatlarning bugungi zamonaviy jamiyatdagi ahamiyati haqida ham
fikr yuritilgan.
IBN SINO QARASHLARIDA AXLOQIY KAMOLOT VA YOSHLAR TARBIYASI
Anottatsiya: Ushbu maqolada Ibn Sinoning axloqiy kamolot va yoshlar
tarbiyasi haqidagi qarashlari tahlil qilingan. Ibn Sino, o‘zining falsafiy qarashlari
orqali, yoshlarni nafaqat ilm olishga, balki axloqiy va ma’naviy rivojlanishga ham
chaqirgan. U axloqiy fazilatlarni rivojlantirishning muhimligini, o‘zini tanish va to‘g‘ri
yo‘lni tanlashni ta’kidlagan. Maqola Ibn Sinoning axloqiy tarbiya haqidagi asosiy
g‘oyalarini yoritib, ularning bugungi kunda yoshlar tarbiyasidagi ahamiyatini
ko‘rsatadi.
ABU RAYHON BERUNIY: MARKAZIY OSIYO ILM-FANI TARAQQIYOTIGA QO‘SHGAN HISSASI
Maqolasi
Annotatsiya : Mazkur maqolada buyuk alloma, ensiklopedik olim Abu Rayhon
Beruniyning ilm-fanga qo‘shgan beqiyos hissasi, uning asarlari, astronomiya,
matematika, geodeziya, tarix, tibbiyot kabi sohalardagi ishlari haqida so‘z yuritiladi.
Maqolada asosan 2 ta manba asosida va yana qo’shimcha manbalardan foydalanilgan
va Beruniy ilmiz izlanishlari va qobiliyatlariga izoh va baho berilgan. Ya’ni maqolada
asosan ikki asosiy manba — Aziz Qayumovning "Abu Rayhon Beruniy Ibn Sino"
kitobi va Asror Obidovning "Abu Rayhon Beruniy" asari asosida olimning ilmiy
qarashlari, shaxsiyati va tarixiy ahamiyati keng tahlil qilinadi. Qo‘shimcha adabiyotlar
asosida Beruniy asarlarining takrorlanmas jihatlari va bugungi ilm-fan uchun tutgan
o‘rni yoritiladi. Shuningdek, uning ilmiy qarashlarining zamonaviy fan rivojiga ta’siri
yoritiladi. Maqolada Beruniyning ilmiy merosi tahlil qilinib, uning bugungi kundagi
ahamiyati ochib beriladi.
ODAMIYLIK SABOQLARI: QUR’ON, HADIS VA XALQ OG‘ZAKI IJODIDAGI AXLOQIY-MA’NAVIY IBRATLAR
Annotatsiya: Mazkur maqolada insoniylik fazilatlari, odamiylikning mohiyati
va uning jamiyatdagi o‘rni keng tahlil etiladi. Qur’oni karim oyatlari, hadislar, tarixiy
rivoyatlar hamda xalq og‘zaki ijodidagi maqollar va hikmatli so‘zlar orqali odamiylik
saboqlari yoritilgan. Ayniqsa, o‘qituvchining tarbiyaviy roliga urg‘u berilgan holda,
yosh avlod qalbiga insoniylik fazilatlarini singdirishdagi o‘rni ko‘rsatib beriladi.
Maqolada milliy va dini qadriyatlar uyg‘unligida shakllangan axloqiy mezonlar orqali
komil inson tarbiyasi muhim omil sifatida ochib berilgan.
FOROBIYNING "FOZIL SHAHAR" KONSEPSIYASI VA ZAMONAVIY TARBIYA”
Maqolasi
Annotatsiya: Mazkur maqolada Abu Nasr Forobiyning “Fozil shahar” haqidagi
falsafiy qarashlari tahlil qilinadi hamda uning ta’limoti zamonaviy tarbiya tizimi
nuqtayi nazaridan baholanadi. Forobiyning ideal jamiyat haqidagi g‘oyalari, fozil
inson, rahbarning fazilatlari va axloqiy qadriyatlari orqali bugungi kunda yoshlarda
ma’naviy kamolot, ijtimoiy mas’uliyat va sog‘lom dunyoqarashni shakllantirishga
xizmat qilishi ko‘rsatib o‘tiladi. Shuningdek, maqolada Forobiyning qarashlari bilan
zamonaviy pedagogik tamoyillar o‘rtasida o‘xshashliklar va farqlar tahlil qilinadi.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, Forobiyning fozil jamiyat konsepsiyasi tarbiya jarayonida
yetakchi mezonlardan biri sifatida muhim o‘rin tutishi asoslab beriladi.
TARBIYASIZ ILM- XAVFLI QUROL
Annotatsiya: Ushbu ilmiy maqola zamonaviy jamiyatda ilm va tarbiya
o‘rtasidagi o‘ta muhim bog‘liqlikni tahlil etadi. Muallif ilm-fanning insoniyat
taraqqiyotidagi ahamiyatini yoritish bilan birga, tarbiyasiz qo‘llanilgan bilim qanday
ijtimoiy va axloqiy xavflarga olib kelishini tahlil qiladi. Maqolada tarixiy misollar,
ma’naviy va axloqiy qadriyatlar orqali ilm va tarbiya uyg‘unligining zarurligi asoslab
beriladi.
"CONTEMPORARY INTERNET MEMES IN ENGLISH AND UZBEK: STICKER EMOJIS AND THEIR LINGUOCULTURAL ANALYSIS"
Annotation.This study investigates contemporary internet memes, focusing on
sticker emojis and their linguocultural analysis in English and Uzbek languages. The
research explores the structural formation, semantic roles, and cultural implications of
sticker emojis as a modern digital phenomenon. Through a comparative linguocultural
approach, it examines how these memes reflect sociocultural values, humor, and
identity in both languages, while analyzing the adaptation of English-based internet
memes into Uzbek contexts. The study underscores the interplay between language,
culture, and digital communication in shaping the expressive potential of sticker
emojis.
TO‘LEPBERGEN QAYIPBERGENOVNING "QORAQALPOQ QIZI" ROMANIDA NUMERATIVLARNING QO‘LLANILISHI
Ilmda qanday olg‘a siljish, rivojlanish bo‘lmasin, u bevosita mezonlar bilan
bog‘liq. Tilimizda bunday birliklarning o‘rni va ahamiyati alohida.
Narsalarning miqdorini o‘lchashda ishlatiladigan so‘zlar numerativ so‘zlar deb
ataladi. Qoraqalpoq tili grammatikasida numerativ so‘zlarning o‘rni va bajaradigan
vazifasi alohida. Tilshunos olimlar bunday miqdorni bildirib keladigan so‘zlarni har
xil ataydi "hisob so‘zlar," "son bilan narsaning o‘rtasida qo‘llaniladigan so‘zlar,"
"numerativlar," "klassifikatorlar." Biz bunday so‘zlarni tilshunoslikda qabul qilingan
shakli bo‘yicha numerativlar deb atadik. Numerativ so‘zining ma’nosi haqida turli
adabiyotlarda bir-biriga yaqin fikrlar aytilgan. Shuningdek, numerativ so‘zi numer
so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, numer so‘ziga bog‘liq bir qancha fikrlar bor. A.N.
Chudinovaning "Inostrannie slova na russkom yazike" nomli asarida quyidagicha
izohlar berilgan: numer- nomer, numer kabi lotin tilidagi so‘zlardan kelib chiqib,
narsaning tartibini bildiruvchi son, alohida kitob, mehmonxonadagi xona, degan
ma’nolarni anglatadi deb ko‘rsatgan. Rus tilining etimologik lug‘atida esa, "numer"
so‘zining "nomer" so‘zi bilan mi?
O‘ZBEKISTONDA MILLATLARARO TOTUVLIKNING FALSAFIY ASOSLARI.
Annotatsiya: Ushbu maqola O‘zbekistonda millatlararo totuvlikning falsafiy
asoslarini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Maqolada millatlararo totuvlikning nazariy va
amaliy jihatlari, uning falsafiy asoslari, tarixiy rivojlanishi va zamonaviy sharoitdagi
ahamiyati ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda O‘zbekistonning ko‘p millatli jamiyatida
tinchlik va barqarorlikni ta’minlashda falsafiy yondashuvlarning roli tahlil qilinadi.
Maqola davlat siyosati, madaniy o‘zaro ta’sir va ijtimoiy integratsiya jarayonlariga
asoslanadi.
MAKTABGACHA TA'LIMDA 4-5 YOSHDAGI BOLALARNING TASHABBUSKORLIGINI OSHIRISH
Anotatsiya
Mazkur maqolada 4-5 yoshdagi bolalarning tashabbuskorligini oshirishning
muhimligi, uning ta'lim jarayoniga qo'shgan hissasi, hamda bu jarayonni qo'llab-
quvvatlash usullari haqida so'z yuritilgan. Tashabbuskorlikni oshirish bolalar uchun
o'ziga bo'lgan ishonchni rivojlantirish, ijtimoiy ko'nikmalarni shakllantirish va o'z
fikrini ifoda etish imkoniyatini yaratadi. Ta'lim jarayonida o'quvchilarning
tashabbuskorligini rag'batlantirishning amaliy usullari va pedagogik yondashuvlar
tahlil qilingan. Maqola maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarning
tashabbuskorligini oshirishga qaratilgan pedagogik strategiyalarni ishlab chiqish uchun
foydalidir.
JAMOATCHILIK NAZORATINING ZAMONAVIY SHAKLLARI: O'ZBEKISTONDA FUQAROLIK JAMIYATINING RIVOJLANISHI.
Annotatsiya: Ushbu maqolada O'zbekistonda jamoatchilik nazoratining
zamonaviy shakllari va ularning fuqarolik jamiyati rivojlanishidagi o'rni tahlil qilinadi.
Jamoatchilik nazoratining huquqiy asoslari, shakllari va amaliyotdagi holatini
o'rganish orqali uning samaradorligi baholanadi. Tadqiqot natijalariga ko'ra,
O'zbekistonda jamoatchilik nazorati mexanizmlari takomillashib bormoqda, ammo
fuqarolik jamiyati institutlarining faolligini oshirish va davlat organlari bilan
hamkorlikni kuchaytirish zarur. Maqolada jamoatchilik nazoratini yanada
rivojlantirish bo'yicha tavsiyalar berilgan.
ENHANCING THE TEACHING OF INFORMATION TECHNOLOGY IN ACADEMIC LYCEUMS THROUGH ARTIFICIAL INTELLIGENCE
Annotation. The article explores the possibilities of enhancing the teaching of
Information Technology (IT) in academic lyceums through the application of Artificial
Intelligence (AI) technologies. It discusses improving student learning efficiency,
optimizing teachers’ pedagogical approaches, and enhancing the quality of education
using AI-based platforms, adaptive curricula, and interactive tools. Additionally, the
advantages, challenges, and future prospects of AI integration are analyzed.
GLOBALLASHUVNING TARIXIY XOTIRAGA TA’SIRI.
Annоtatsiya. Mazkur ilmiy ishda globallashuv jarayonining tarixiy xotiraga
ta’siri o‘rganiladi. Tarixiy ong va milliy xotiraning saqlanishi, ommaviy madaniyat va
global axborot oqimining ularning shakllanishiga ko‘rsatadigan ijobiy va salbiy ta’siri
tahlil qilinadi. Mavzu tarixiy xotirani globallashuv sharoitida asrashning dolzarbligini
ko‘rsatadi.
ZAMONAVIY DUNYODA MILLIY QADRIYATLARNI ASRASHNING AHAMIYATI.
Annоtatsiya: Mazkur maqolada globallashuv jarayonida milliy qadriyatlarning
yo‘qolib ketish xavfi, ularni asrashning dolzarbligi va zaruriyati haqida so‘z boradi.
Milliy urf-odatlar, an’analar, tilda so‘zlashish madaniyati, ma’naviy meros kabi
qadriyatlar jamiyatning ma’naviy tayanchi sifatida e’tirof etiladi. Shuningdek,
zamonaviy texnologiyalar va madaniy almashinuvlar sharoitida milliy o‘zlikni
yo‘qotmaslik uchun ko‘rilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilinadi. Maqola yosh avlod
tarbiyasida milliy qadriyatlarni singdirishning o‘rni va bu boradagi ta’lim-tarbiya
tizimining roli haqida ham fikr yuritadi.
TEMURIYLAR DAVRIDA SAROY AYOLLARINING DIPLOMATIK VOSITACHILIKDAGI ROLI VA UNING SIYOSIY ALOQALARGA TA’SIRI.
Annоtatsiya: Maqola Temuriylar davrida saroy ayollarining diplomatik
vositachilikdagi rolini o‘rganadi. Ayollar, ko‘pincha, nikohlar va sulh shartnomalari
orqali siyosiy aloqalarni mustahkamlashda muhim vositachilar bo‘lgan. Ularning
ta’siri diplomatik jarayonlarda katta ahamiyat kasb etgan, bu esa ularning siyosiy
kuchga ega bo‘lishini ta’minlagan. Maqola, shuningdek, saroy ayollarining
diplomatiyadagi o‘rni va vaqt o‘tishi bilan ularning siyosiy rolidagi o‘zgarishlarni
tahlil qiladi.
POZITRON EMISSIYA TOMOGRAFIYASINING ILMIY TADQIQOTLARDAGI AHAMIYATI
Annotatsiya: Pozitron Emissiya Tomografiyasi radioaktiv izotoplar yordamida
tanadagi biologik jarayonlarni vizualizatsiya qilish imkonini beruvchi ilg‘or
diagnostik metod bo’lib a’anaviy tasvirlash texnologiyalaridan farqli o‘laroq, inson
tanasidagi fiziologik va biokimyoviy jarayonlarni real vaqt rejimida, aniq va noinvaziv
tarzda tahlil qilish imkonini beradi. Bu texnologiyasi shifokorlarga nafaqat kasallikni
aniqlash, balki uning bosqichi, tarqalishi va organizmdagi ta’sir doirasini ham
baholash imkonini beradi. Ishda mazkur texnologiyasining ishlash prinsipi, uning
tibbiy amaliyotdagi qo‘llanilishi, ilmiy tadqiqotlardagi o’rni hamda kelajakdagi
istiqbollari batafsil yoritilgan.
MUTOLAA MADANIYATI TUSHUNCHASI VA UNING SHAKLLANISHIDA ODATIY USLUBLARDAN FOYDALANISH
Annotatsiya. Mazkur maqolada, mutolaa madaniyati tushunchasini turli tariflar,
taxlilidan kelib chiqib, to‘liq tushuntirib berishga qaratilgan qiyosiy ma’lumotlar
berilgan hamda mutolaa madaniyatining bugungi kun yoshlari hayotida qay darajada
o‘rin tutishi va unda oilaning va maktab o‘qituvchilarining ta’sir doirasi nihoyatda
muhim ekanligi yoritilgan, bundan tashqari mavjud muommolarga yechim berish
maqsadida kichik loyiha ham keltirib o‘tilgan.
IMPROVING METHODS FOR ENRICHING NEW GENERATION TEXTBOOKS WITH MODERN SKILLS.
Annotation: This article explores innovative methods for integrating modern
skills, such as digital literacy, critical thinking, and collaboration, into next-generation
textbooks. By combining insights from educational research and technological
advancements, it proposes a framework for designing textbooks that prepare students
for 21st-century challenges. The study includes a literature analysis, proposed methods,
results from a pilot implementation, and recommendations for future textbook
development.
METALLAR O’TKAZUVCHALIGINING KLASSIK NAZARIYASI ASOSIDA JOULLENS QONUNI KELTIRIB CHIQARISH
Annotatsiya: Ushbu maqolada metallar elektr o'tkazuvchanligining klassik
nazariyasiga asoslanib, Jo-Lens qonuni keltirib chiqariladi. Elektronlar harakatining
statistik taqsimoti va ularning metall panjaradagi to‘qnashuvlaridan kelib chiqib,
o‘tkazuvchanlik va Joule-Lens issiqlik ajralishi o‘rtasidagi bog‘liqlik tahlil qilinadi.
Nazariya asosida elektr toki o'tganda issiqlik qanday ajralib chiqishi tushuntirib
beriladi.
INSON FALSAFASI. ANTROPOLOGIYA
Annotatsiya
Ushbu maqolada inson falsafasi va antropologiya o‘rtasidagi uzviy aloqalar
o‘rganiladi. Inson mohiyati, jamiyatdagi o‘rni, evolyutsion taraqqiyoti va
madaniyatdagi roli falsafiy va antropologik nuqtayi nazardan tahlil qilinadi.
Antropologiyaning zamonaviy yondashuvlari va inson falsafasining asosiy g‘oyalari
o‘zaro taqqoslanadi.
AHMAD YUGNAKIYNING “HIBAT-UL-HAQOYIQ” ASARI
Annotasiya: Maqolada Ahmad Yugnakiyning “Hibat-ul-Haqoyiq” asarining
ilmiy va ma’naviy ahamiyati o’rganiladi. Uahbu asar, o’zining g’oyaviy va falsafiy
mazmuni bilan qadimgi Sharq adabiyotida muhim o’rin tutadi. Maqolada asarni tahlil
qilish orqali, uning inson ruhiyatiga bo’lgan ta’siri va o’z davrining falsafiy
qarashlarini aks ettirishi masalalariga to’xtaladi. Tadqiqot metodologiyasiga ilmiy
tahlil, lingvistik tahlil, falsafiy fikrni o’rganish orqali uning ahamiyatini va hozirgi
kunda uni zamonaviy dunyoqarashga qanday tatbiq etish mumkinligi masalalari
yoritiladi.
СТАТЬЯ ПО ТЕМЕ: ЧЕЛОВЕЧЕСКАЯ АСКАРИДА
Аннотация
Аскаридоз — одно из наиболее распространённых паразитарных
заболеваний человека, вызываемое круглым червём Ascaris lumbricoides.
Инфекция характеризуется миграцией личинок через лёгкие и последующим
развитием взрослых особей в кишечнике. В статье описаны механизмы
заражения, клинические формы, методы диагностики, современные подходы к
лечению и профилактике, а также этические аспекты ведения пациентов.
ТЕЗИС ПО ТЕМЕ "НАСЛЕДСТВЕННЫЕ БОЛЕЗНИ И ИХ ГЕНЕТИЧЕСКИЕ ПРИЧИНЫ"
Введение:
Наследственные заболевания представляют собой обширную группу
патологий, вызванных изменениями в генетическом материале. Они передаются
от родителей к потомству и могут иметь серьезные последствия для здоровья
человека. Генетические мутации, лежащие в основе этих болезней, могут
затрагивать как отдельные гены (моногенные заболевания), так и целые
хромосомы (хромосомные аномалии). С развитием молекулярной генетики
появилось больше возможностей для диагностики, профилактики и
потенциального лечения этих заболеваний.
ТЕЗИС ПО ТЕМЕ: МУКОВИСЦИДОЗ МОЛЕКУЛЯРНЫЕ МЕХАНИЗМЫ, КЛИНИЧЕСКИЕ АСПЕКТЫ И СОВРЕМЕННЫЕ ПОДХОДЫ К ЛЕЧЕНИЮ
Введение
Муковисцидоз (кистозный фиброз) — это тяжёлое наследственное
заболевание, вызванное мутациями в гене CFTR, кодирующем белок
трансмембранного регулятора проводимости. Оно характеризуется поражением
дыхательной системы, желудочно-кишечного тракта и репродуктивных органов.
В разных странах частота встречаемости муковисцидоза варьирует, но особенно
высока среди европеоидов (примерно 1:2500 новорождённых).
BUYRAK TOSH KASALLIKLARI
Annotatsiya: Buyraklarda toshlarning hosil bo‘lishi siydikdagi tuzlarning
to‘planishi tufayli sodir bo‘ladi. Buyrak toshlarini o‘z vaqtida davolashni boshlamaslik
xavfli kasalliklarga olib kelishi mumkin.
ORTIQCHA VAZN VA SEMIZLIKNING ZAMONAVIY ISTIQBOLLARI
Annotatsiya: Ushbu maqolada ortiqcha vazn va semizlik muammosi, uning
sabablari va oqibatlari, shuningdek, bu muammoning zamonaviy tibbiyot va
jamiyatda qanday hal qilinayotgani haqida fikr yuritiladi. Zamonaviy texnologiyalar,
sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, jismoniy faollikni oshirish orqali semizlikning
oldini olish va ovqatlanish madaniyatini targ‘ib qilish masalalari yoritiladi.
BYUDJET TASHKILOTLARIDA DAVLAT MOLIYAVIY NAZORATNI TASHKIL ETISH
ANNOTATSIYA Ushbu maqolada byudjet tashkilotlarining davlat moliyaviy
nazoratini tashkil etish muammolari muhokama qilinadi. Moliyaviy nazoratning asosiy
tushunchalari, turlari va shakllari ochib berilgan. Bundan tashqari, ushbu maqolada
mavjud muammolar tahlil qilinib, mavjud tizimni isloh qilish yoʻllari belgilab olindi.
GLOBALLASHUV JARAYONLARIDA FALSAFANI OʻRNI
Anatatsiya: Ushbu maqolada globallashuv jarayonining jamiyat, tafakkur va
ma'naviyatga ko‘rsatgan ta’siri falsafiy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Globallashuv –
bu faqat iqtisodiy yoki texnologik hodisa emas, balki insoniyat tafakkurining yangi
bosqichga o‘tishini talab qiladigan murakkab falsafiy jarayondir. Falsafa esa bu
jarayonda yo‘nalish beruvchi ichki kompas, jamiyatlar va shaxslar uchun qadriyatlar
mezoni sifatida namoyon bo‘ladi. Maqolada falsafaning globallashuv davridagi
vazifalari, insoniyatning umumiy ruhiy holatini anglashdagi ro‘li va yangi
dunyoqarashlar shakllanishiga qo‘shayotgan hissasi chuqur tahlil qilingan.
Shuningdek, mahalliy va umuminsoniy qadriyatlar o‘rtasidagi muvozanatni saqlashda
falsafaning ahamiyati alohida oʻrin tutadi.
“QISSASI RABG’UZIY” ASARINING G’OYAVIY BADIIY TAHLILI
Annotatsiya: Ushbu maqolada Nosiruddin Rabģuziyning "Qissasi Rabģuziy
"asarining yozilish tarixi,asarning badiiy ģoyaviy tahlili va unda keltirilgan
payģambarlar haqida ma'lumotlar beriladi.
ДУПЛЕКСНОЕ СКАНИРОВАНИЕ БРАХИОЦЕФАЛЬНЫХ СОСУДОВ, СОСУДОВ НИЖНЫХ И ВЕРХНЫХ КОНЕЧНОСТЕЙ : ОСОБЕННОСТИ ДИАГНОСТИКИ СОСУДОВ
Цель: В настоящее время наиболее распространенными методами
исследования сердечно-сосудистой системы человека являются ультразвуковые
(УЗИ) с допплеровскими методиками:
Дуплексное сканирование.
Ультразвуковая допплерография (УЗДГ).
Эхокардиография (Эхо-КГ), стрессовая эхокрдиография.
KICHIK BIZNES SUBYEKTLARBI EKSPORT SALOHIYATI VA UNI OSHIRISH YOʻLLARI
Annotatsiya. Maqolada kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning eksport
saloxiyatini rivojlantirish tendensiyalari koʻrib chiqiladi. Kichik biznes va xususiys
tadbirkorlik subyektlarining eksport saloxiyatini oshirish yoʻllari belgilab olindi.
MAHALLIY BYUDJET DAROMADLARINI SHAKLLANTIRISH VA UNDAN SAMARALI FOYDALANISH MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH
Annotatsiya: Ishda fiskal siyosatning mazmuni va uni joriy qilishnining
obyektiv zarurligi asoslangan. Oʻzbekistonda byudjet daromad va xarajatlarini
prognozlashtirishning tashkiliy- iqtisodiy asoslari tahlil qilingan.
TIJORAT BANKLARIDA DEBITORLIK QARZDORLIK HISOBI VA AUDITINI TAKOMILLASHTIRISH
Annotatsiya: Ushbu maqolada tijorat banklarida debitorlik qarzdorlik hisobi va
auditini takomillashtirish jarayoniga chuqurroq yondashiladi. Dastlab, debitorlik
qarzdorlikning bank aktivlari tarkibidagi oʻrni va uning tijorat banklarining umumiy
moliyaviy koʻrsatkichlariga taʻsiri yoritiladi. Shu jumladan, ushbu qarzdorliklar
bankning nafaqat ichki, balki tashqi moliyaviy muvozanatini taʻminlashda ham muhim
ahamiyatga ega ekani taʻkidlanadi. Maqolada tijorat banklarida debitorlik qarzdorlikni
hisobga olishda uchraydigan asosiy muammolar, jumladan, qarzdorlikning aniq va
toʻliq hisobga olinmasligi, toʻlov qobiliyati past boʻlgan qarzdorlar bilan ishlashdagi
qiyinchiliklar va kredit risklarini samarali boshqarishda kamchiliklar tahlil qilinadi.
Shuningdek, bu muammolarni hal qilish uchun zamonaviy texnologiyalarni joriy etish
va hisob jarayonlarini avtomatlashtirish zarurati asoslab beriladi. Debitorlik qarzdorlik
auditiga kelsak, maqolada bu jarayonning tijorat banklari faoliyatida nechogʻlik
muhim ekanligi, xususan, moliyaviy barqarorlik va likvidlikni taʻminlashda katta rol
oʻynashi qayd etiladi. Bank faoliyatida audit jarayonlarini takomillashtirishda xalqaro
tajriba va amaliyotlarni oʻrganish muhimligi ham taʻkidlanadi. Xalqaro audit
standartlariga mos keluvchi metodikalar asosida auditni amalga oshirish bank
aktivlarining toʻgʻri baholanishi, shuningdek, risklarni samarali boshqarish imkonini
beradi.
PUL OQIMLARI TOʻGʻRISIDAGI HISOBOTNI TUZISHNI TAKOMILLASHTIRISH
Annotatsiya. Boshqa sohalardagi kabi turizm bozorida turistik xizmatlar sifatini
oshirish, biznesning tashkil etishda koʻrsatilayotgan xizmatlarning aniq hisobini
yuritish muhim jihat hisoblanadi. Shu sababli turizm biznesini rivojlantirishda
buxgalterlarning oʻrni beqiyos. Hisob ishlarini yuqori saviyada tashkil etish sohada
malakali, yuqori salohiyatga ega boʻlgan, buxgalteriya hisobida MHXSni qoʻllay
oladigan hisobshi kadrlarni talab qiladi.
KORXONALARDA MHXSNI QOʻLLASH ISTIQBOLLARI
Annotatsiya. Korxonalar uchun MHXSga oʻtishning dolzarbligi, yillik
hisobotlarni tuzishda yuzaga keladigan muammolar, korxonalarda anʼanaviy tarzda
amalga oshirib kelingan hisob tizimi tubdan qayta koʻrib chiqilishi zarurligi
taʼkidlangan.
XRISTIANLIK DINI. PROVASLAV, KATOLIK VA PROTESTANTIZM ASOSIY MAZHABLARI
Anotatsiya
Ushbu maqolada Xristianlik dinining uch asosiy yo‘nalishi — provaslavlik,
katoliklik va protestantizmning kelib chiqishi, asosiy e’tiqodiy farqlari hamda tarixiy
rivojlanishi yoritilgan. Har bir mazhabning o‘ziga xos diniy amaliyotlari, ibodat
shakllari va cherkov tuzilmalari taqqoslab tahlil qilingan. Maqolada shuningdek, ushbu
mazhablarning bugungi kunda dunyodagi tarqalish darajasi va o‘zaro munosabatlari
haqida ham so‘z yuritiladi. Mazkur tahlil orqali o‘quvchilarga Xristianlik dinining
mazmunan boy va murakkab diniy tuzilmasi haqida kengroq tasavvur berish maqsad
qilingan.
MAHALLIY BYUDJET DAROMADLARINI SHAKLLANTIRISH HAMDA SAMARADORLIGINI OSHIRISH ISTIQBOLLARI
ANNOTATSIYA. Maqolada mahalliy byudjetlarning daromadlar bazasini
shakllantirish, mahalliy byudjetlar daromadlari va xarajatlari samaradorligini
taʼminlashning ilmiy-amaliy jihatlari yoritilgan. Hududlarning iqtisodiy salohiyatidan
oqilona foydalanish, shuningdek, mahalliy budjet xarajatlaridan oqilona va samarali
foydalanish hisobiga mahalliy byudjetlar daromadlari barqarorligini taʼminlash
imkoniyatlari asoslab berilgan. Tadqiqotlar asosida amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.
DAVLAT BYUDJETINI OʻRTA MUDDATLI REJALASHTIRISH
Annotatsiya: Ushbu maqolada oʻrta muddatli fiskal siyosatning mazmuni va
uni joriy qilishnining obyektiv zarurligi asoslangan. Oʻzbekistonda oʻrta muddatli
byudjet daromad va xarajatlarini prognozlashtirishning tashkiliy- iqtisodiy asoslari
tahlil qilingan.
YOSHLARDA INSONIY FAZILATLARNI SHAKLLANTIRISHDA “HIBATUL HAQOYIQ” ASARINING O‘RNI
Annotatsiya: Ushbu maqolada Ahmad Yugnakiyning “Hibatul Haqoyiq”
asarining mazmun-mohiyati, uning axloqiy-tarbiyaviy g‘oyalari chuqur tahlil etiladi.
Asarda ilgari surilgan sabr, halollik, tavoze, haqiqatgo‘ylik kabi insoniy fazilatlar
yoshlar uchun ibrat manbai sifatida yoritiladi. Ayniqsa, dunyoviy boylikka haddan
ortiq berilmaslik, ochko‘zlik va manmanlikdan tiyilish, ustozlarga hurmat, ezgu niyat
bilan amal qilish kabi g‘oyalar zamonaviy yoshlar uchun dolzarb tarbiyaviy
yo‘riqnoma sifatida ko‘rsatiladi. Shoirning baytlari asosida berilgan tahlillar orqali
asarning bugungi kun ma’naviy hayotdagi o‘rni ochib beriladi.
YOSHLIK DAVRI PSIXOLOGIYASI NUQTAI NAZARIDAN O‘ZBEK XALQ OG‘ZAKI IJODINING TARBIYAVIY AHAMIYATI
Annotatsiya: Ushbu maqolada yoshlik davrining psixologik, ma’naviy va
axloqiy shakllanish jarayonida o‘zbek xalq og‘zaki ijodining – xususan ertaklar,
maqollar va dostonlarning – o‘rniga e’tibor qaratilgan. Shuningdek, yoshlar
shaxsiyatining rivojlanishida xalq ijodiy merosining tarbiyaviy kuchini, ularning
tasavvur, tafakkur, axloqiy mezonlar va ijtimoiy qadriyatlarni shakllantirishdagi rolini
atroflicha tahlil qilinadi.
MUTАFАKKIRLАRNING ОILА MUSTАHKАMLIGINI TА'MINLАSH BОRАSIDАGI QАRАSHLАRI
АNNОTАTSIYА
Mutаfаkkirlаr оilа mustаhkаmligini tа’minlаsh bоrаsidаgi qаrаshlаrini оilа
tuzilishi, uning jаmiyаtdаgi rоli vа о‘rnini о‘rgаnishdа turli fаlsаfiy, ijtimоiy vа diniy
nuqtаi nаzаrlаrdаn fоydаlаnаdilаr. Оilа mustаhkаmligi jаmiyаtning bаrqаrоrligi vа
rivоjlаnishigа tа’sir qiluvchi muhim оmil sifаtidа, оilаviy qаdriyаtlаr, аxlоqiy
me’yоrlаr, о‘zаrо hurmаt vа mulоqоt mаdаniyаti kаbi jihаtlаr bilаn bоg‘lаnаdi.
Mutаfаkkirlаr fikrichа, оilа nаfаqаt shаxsiy munоsаbаtlаr о‘rnidа, bаlki jаmiyаtdаgi
ijtimоiy tizimning pоydevоri sifаtidа hаm muhim rоl о‘ynаydi. Ulаrning qаrаshlаri,
о‘zgаrmаs аn’аnаlаrgа vа zаmоnаviy yоndаshuvlаrgа аsоslаnib, оilаning ijtimоiy vа
psixоlоgik rivоjlаnishigа e’tibоr qаrаtаdi.
EFFECTIVE STRATEGIES AND METHODS FOR TEACHING ENGLISH VOCABULARY TO YOUNG CHILDREN USING THE VOCABULARY HOUSE APPROACH
Abstract
Teaching English vocabulary to young children requires engaging, age-
appropriate methods that foster retention and practical use. The "vocabulary house"
approach, a thematic and visual framework, organizes vocabulary into familiar
contexts, such as rooms in a house, to enhance learning. This study explores effective
strategies and methods for implementing the vocabulary house approach, evaluates
their impact on young learners, and discusses their implications for early language
education.
THE DYNAMIC INTERPLAY OF TRADITION, IMAGE, AND SYMBOL IN SHAPING CULTURAL IDENTITY
Abstract
Traditions, images, and symbols are cornerstones of cultural identity, serving as
conduits for preserving heritage, expressing values, and fostering community cohesion.
This study investigates their interconnected roles through a qualitative analysis of
diverse cultural practices, including rituals, visual arts, and symbolic artifacts. By
examining case studies from Japanese, Native American, Islamic, and Indian cultures,
we explore how traditions provide continuity, images convey narratives, and symbols
encapsulate complex meanings.
GAME-BASED LEARNING AND ITS IMPACT ON MOTIVATION IN YOUNG EFL CLASSROOMS
Abstract
This study investigates the impact of game-based learning (GBL) on motivation
among young learners in English as a Foreign Language (EFL) classrooms.
Recognizing motivation as a critical factor in successful language acquisition, the
research explores whether integrating educational games enhances student engagement
and enthusiasm. A quasi-experimental design was implemented with two groups of 7–
10-year-old learners over an eight-week period. The experimental group participated
in regular game-based activities, while the control group received traditional
instruction. Data were collected through motivation questionnaires and classroom
observations. Results indicated a significant increase in motivation levels among
students exposed to GBL, with higher participation and enjoyment observed during
lessons. These findings highlight the potential of GBL as an effective strategy to foster
intrinsic motivation and create more dynamic EFL learning environments. The study
suggests incorporating varied and age-appropriate games into young learners' curricula
to support language development.
IMPROVING METHODS FOR ENRICHING NEW GENERATION TEXTBOOKS WITH MODERN SKILLS.
Annotation: This article explores innovative methods for integrating modern
skills, such as digital literacy, critical thinking, and collaboration, into next-generation
textbooks. By combining insights from educational research and technological
advancements, it proposes a framework for designing textbooks that prepare students
for 21st-century challenges. The study includes a literature analysis, proposed methods,
results from a pilot implementation, and recommendations for future textbook
development.
TO'QIMACHILK KORXONALARIDA MAHSULOT SIFATINI BOSHQARISHNING ZAMONAVIY YONDASHUVLARI
Annotatsiya. Mazkur maqolada to‘qimachilik korxonalarida mahsulot sifatini
boshqarishning zamonaviy yondashuvlari, jumladan, raqamli texnologiyalar,
standartlashtirish tizimlari va sifat menejmenti vositalaridan foydalanish masalalari
ko‘rib chiqiladi. Mahsulot sifatini oshirishda ISO standartlari, ishlab chiqarish
jarayonlarini avtomatlashtirish, xomashyo va tayyor mahsulotlarning xalqaro
talablariga mosligini ta’minlash kabi jihatlar tahlil qilinadi. Maqolada sifat boshqaruvi
tizimini modernizatsiya qilish orqali korxonalarning raqobatbardoshligini oshirish
bo‘yicha tavsiyalar berilgan.
TA’MINOT ZANJIRINI BOSHQARISHDA ERP TIZIMIDAN FOYDALANISHNING AFZALLIKLARI.
Annotatsiya: Mazkur maqolada ta’minot zanjirini boshqarish (SCM)
jarayonlarida ERP (Enterprise Resource Planning) tizimlaridan foydalanishning
samaradorligi yoritilgan. Ta’minot zanjiri ishlab chiqaruvchilar, yetkazib beruvchilar,
tashuvchilar, omborlar, chakana va ulgurji sotuvchilar, hamda mijozlar o‘rtasidagi
o‘zaro bog‘liqlikni ta’minlaydi. Bu zanjirni samarali boshqarish korxonadan yuqori
darajadagi muvofiqlashtirishni talab etadi. ERP tizimlari ushbu muvofiqlashtirishni
real vaqt rejimida amalga oshirishga yordam beradi. Maqolada mahsulot, axborot va
moliyaviy oqimlar asosida ta’minot zanjirining tuzilishi tahlil qilingan. ERP
tizimlarining ushbu oqimlarga qanday ta’sir ko‘rsatishi aniq misollar orqali yoritilgan.
Shuningdek, maqolada mutaxassislar tomonidan tavsiya etilgan ilg‘or yondashuvlar va
Big Data texnologiyalarining ta’minot zanjiridagi roli ham ko‘rib chiqilgan. Maqola
yakunida ERP tizimlarining korxonalarda raqobatbardoshlikni oshirishdagi ahamiyati
xulosa qilinadi. Ushbu ilmiy ish amaliyotchi mutaxassislar va iqtisodiyot sohasida
tadqiqot olib borayotganlar uchun foydali bo‘lishi mumkin.
TA’MINOT ZANJIRLARIDA ZAXIRALARINI BOSHQARISH
Annotatsiya: Mazkur maqolada ta’minot zanjirlarida zaxiralarni boshqarish
masalasi har tomonlama yoritilgan. Avvalo, ta’minot zanjiri tushunchasi, uning
tarkibiy qismlari va asosiy vazifalari bayon etilgan. So‘ngra zaxira tushunchasining
mohiyati, uning inglizcha atamasi va amaliyotdagi o‘rni izohlanadi. Zaxiralar turlari,
ularning ishlab chiqarish va yetkazib berish jarayonidagi funksiyalari tahlil qilinib, har
bir tur o‘ziga xos vazifalarni bajarishi ta’kidlanadi.
Maqolada, shuningdek, ta’minot zanjirlarida mahsulot yoki xizmatlarni turli
shakllarda – sotish, ijaraga berish, almashtirish yoki boshqa usullar bilan iste’molchiga
yetkazishdagi strategiyalar ko‘rib chiqilgan. Bu strategiyalar doirasida zaxiralarning
samarali boshqarilishi tashkilotlarning bozor talablariga moslashishida, xarajatlarni
kamaytirishda va raqobatbardoshligini oshirishda qanday ahamiyat kasb etishi ochib
beriladi.
Bundan tashqari, maqolada nazariy qarashlar bilan birga amaliy tavsiyalar ham
berilib, zaxira boshqaruvida axborot texnologiyalaridan foydalanish, zamonaviy
yondashuvlar asosida rejalashtirish va optimal zaxira miqdorini belgilashga doir
takliflar ilgari suriladi. Maqola ta’minot zanjiri va logistika sohasida ilmiy izlanish olib
borayotgan talaba va mutaxassislar uchun foydali nazariy-amaliy manba bo‘lib xizmat
qiladi.
TA’MINOT ZANJIRLARINI BOSHQARISHDA RAQAMLI LOGISTIK TIZIMLARDAN FOYDALANISHNING AFZALLIKLARI.
Annotatsiya: Ta’minot zanjirini boshqarish va logistika jarayonlarini samarali
tashkil etish zamonaviy biznesning muvaffaqiyatli ishlashining asosiy omillaridan
biridir. Ushbu maqolada ta’minot zanjiri boshqaruvining asosiy maqsadlari, uning
raqamli logistik tizimlar yordamida qanday optimallashtirilishi va logistika
jarayonlarining uch darajali tizimi haqida batafsil ma'lumot berilgan. Ta’minot
zanjirini boshqarishning maqsadlari mijozlarga xizmat ko‘rsatishni yaxshilash,
xarajatlarni kamaytirish, mahsulotni o‘z vaqtida yetkazib berishni ta’minlash, transport
va ombor xarajatlarini qisqartirish kabi muhim jihatlarni qamrab oladi. Raqamli
logistik tizimlar yordamida kompaniyalar logistika jarayonlarini avtomatlashtirishi va
ma'lumotlarni tezkor yetkazishi mumkin. Bu tizimlar ta’minot zanjirini boshqarishni
yanada samarali qilish, xarajatlarni kamaytirish va mahsulot sifatini yaxshilash
imkonini beradi. Maqolada shuningdek, ta’minot zanjirini boshqarishda raqamli
tizimlarning qanday afzalliklar yaratishi va logistika jarayonlarining uch darajali tizimi
orqali resurslar va materiallar harakatining qanday boshqarilayotgani ko‘rsatilgan.
GERMANIYANING TA’MINOT ZANJIRLARINI BOSHQARISH TAJRIBASIDAN FOYDALANISHNING AFZALLIKLARI
Annotatsiya: Mazkur maqolada Germaniyaning ta’minot zanjirlarini boshqarish
tajribasi tahlil qilinadi. Germaniyaning yuqori samaradorlikka ega logistika tizimlari,
innovatsion texnologiyalar va ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirishda
qo‘llanilayotgan ilg‘or amaliyotlari ko‘rib chiqiladi. SCOR modeli va uning
Germaniya sanoatidagi qo‘llanilishi hamda ekologik barqarorlikni ta’minlashdagi o‘rni
muhokama qilinadi. Germaniya kompaniyalarining ta’minot zanjirlarini
boshqarishdagi muvaffaqiyatlari, ularning global bozorlar uchun raqobatbardoshligini
oshirish va barqaror iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashdagi ahamiyati batafsil bayon
etiladi. Maqola, Germaniya ta’minot zanjirlarining boshqarilishidagi ilg‘or
yondashuvlarni o‘rganish orqali boshqa mamlakatlar uchun o‘rnak bo‘lishi
mumkinligini ko‘rsatadi.
HARAKATDAGI ZARYADLAR VA ELEMENTAR TOKLARNING ELEKTROMAGNIT O'ZARO TA'SIRI
Annotatsiya: Harakatdagi zaryadlar va elementar toklarning elektromagnit o'zaro
ta'siri, fizika va elektromagnitizm sohalarida muhim o'rin tutadi. Bu o'zaro ta'sir,
zaryadlarning harakati va toklar orqali elektromagnit maydonlarning hosil bo'lishi va
ularga ta'sir etish hodisasini o'z ichiga oladi. Elektromagnit maydonlar orqali sodir
bo'ladigan kuchlar va toklar o'zaro munosabatlari ko'plab texnologik qurilmalarda,
jumladan, elektr motorlari, generatorlar va boshqa elektromagnit asboblarda ishlatiladi.
Ushbu mavzu, zaryadlar va toklarning o'zaro ta'sirini, Faradey va Maxwell qonunlari
orqali tushuntiradi.
GAZLARDA ELEKTR TO'KI MUSTAQIL VA MUSTAQIL BO'LMAGAN GAZ RAZRYADLARI
Annotatsiya: Ushbu mavzuda gaz muhitida elektr tokining o'tishi, ya'ni gazlarda
elektr razryadlari jarayoni o‘rganiladi. Mustaqil bo‘lmagan razryad tashqi
ionlashtiruvchi manbaga ehtiyoj sezadi, masalan, ultrabinafsha nurlanish, rentgen
nurlari yoki radioaktiv zarralar. Mustaqil razryad esa ionlashishning zanjirli jarayonlari
natijasida tashqi manbasiz ham davom eta oladi. Ushbu mavzu elektr va plazma
fizikasi, texnikada gaz razryadli qurilmalarning ishlash prinsiplarini tushunishda
muhim ahamiyatga ega.
THE INTONATION STRUCTURE OF ENGLISH: A COMPREHENSIVE ANALYSIS
Abstract
Intonation, the variation in pitch during speech, is a fundamental feature of
English that conveys grammatical structure, emotional nuance, and discourse
dynamics. This study examines the components, patterns, and functions of intonation
in English across various sentence types and contexts. Through corpus analysis,
phonetic transcription, and contextual evaluation, we illustrate how intonation shapes
meaning. The findings highlight intonation’s critical role in effective communication,
with implications for linguistic research, language teaching, and cross-cultural
interactions.
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA TASHABBUSKORLIKNI OSHIRISH
Annotatsiya: Maktabgacha yoshdagi bolalarda tashabbuskorlikni rivojlantirish,
ularning mustaqil fikrlash, qarorlar qabul qilish va ijtimoiy aloqalar o'rnatish
qobiliyatlarini oshirishga xizmat qiladi. Ushbu maqolada, bolalar tarbiyasida
tashabbuskorlikni qanday rivojlantirish mumkinligi, unga ta'sir etuvchi omillar va
amaliy usullarni ko'rib chiqamiz. Shuningdek, ota-onalar va o'qituvchilarning rolini
ta'kidlashga alohida e'tibor qaratiladi.
MAKTABGACHA YOSHDA 6 YOSHLI BOLALARDA TASHABBUSKORLIKNI OSHIRISH
Annotatsiya
Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi, ayniqsa 6 yoshli bolalarda
tashabbuskorlikni rivojlantirishning ahamiyati, unga ta'sir etuvchi asosiy omillar va
samarali metodlar tahlil qilingan. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarda
mustaqil fikrlash va tashabbus ko‘rsatish qobiliyatini rivojlantirish uchun innovatsion
yondashuvlarning zarurligi asoslab berilgan. Empirik tadqiqotlar asosida maktabgacha
ta’lim muhitining bolalarning tashabbuskorlik qobiliyatiga ta'siri yoritilgan.
BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING ANALITIK VA IJODIY KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISHNING IJTIMOIY-PEDAGOGIK ZARURATI.
Annotatsiya. Ushbu maqolada, zamonaviy didaktik yondashuvlar asosida
bo‘lajak o‘qituvchilarning analitik va ijodiy ko‘nikmalarini qanday rivojlantirish
mumkinligi tahlil qilinadi. Maqola didaktik yondashuvlarning turli aspektlarini,
o'qituvchilarning pedagogik metodlarini va bu jarayonda analitik va ijodiy
ko'nikmalarni rivojlantirishda qo'llaniladigan metodlarni ko'rib chiqadi.
FONETIK USLUBIYAT
Ushbu maqola fonetik uslubiyatning asosiy konsepsiyalari, uning
tilshunoslikdagi o‘rni va ahamiyatiga bag‘ishlanadi. Fonetik uslubiyat, asosan,
nutqning tovush strukturasini o‘rganadigan, til va uning turli uslublarini fonetik
jihatdan tahlil qiladigan fan bo‘lib, tilshunoslikning muhim bo‘limlaridan biridir.
Maqolada fonetik uslubiyatning rivojlanish jarayoni, uning asosiy prinsiplari, nutqdagi
tovushlar va ularning uslubiy shakllari haqida batafsil ma'lumot berilgan.
Uslubiyatning fonetik jihatlari, ya’ni tovushlar, intonatsiya, aksent, vokal va sonor
tovushlarning ma’nolarga ta’siri kabi elementlar tahlil qilinadi. Shuningdek, fonetik
uslubiyatning tillarning leksik va grammatik tizimiga qanday ta’sir ko‘rsatishi,
ularning ayrim so‘zlar va iboralardagi ijobiy yoki salbiy ta’siri bilan qanday bog‘liq
ekanligi haqida fikrlar bildiriladi. Uslubiyatni fonetik nuqtai nazardan tushunish, tilni
samarali ishlatishda, nutq va yozuvda maqsadli kommunikatsiya yaratishda ahamiyatli
ekanligi ko‘rsatiladi. Maqola davomida fonetik uslubiyatning asosiy tamoyillari, uning
fonetik elementlar bilan qanday bog‘lanishi, o‘zbek tilidagi fonetik xususiyatlar hamda
zamonaviy adabiyotlarda bu sohaning qo‘llanilishiga oid ko‘plab misollar keltiriladi.
XALQARO MOLIYAVIY HISOBOT STANDARTLARIGA (XMHS) O‘TISHNING O‘ZBEKISTON UCHUN DOLZARBLIGI VA MUAMMOLARI
Kirish
Bugungi kunda global iqtisodiy integratsiyalashuv jarayonlari shiddat bilan
rivojlanayotgan bir paytda, xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga (XMHS)
asoslangan moliyaviy hisobni yuritish masalasi O‘zbekiston uchun nihoyatda dolzarb
hisoblanadi.
XMHSga o‘tish orqali mamlakatdagi hisob yuritish tizimini xalqaro talablarga
moslashtirish, xorijiy investorlar ishonchini oshirish va moliyaviy shaffoflikni
ta’minlash imkoniyati yaratiladi. Shu boisdan, mazkur maqolada O‘zbekistonning
XMHSga o‘tishdagi hozirgi holati, yuzaga kelayotgan muammolar va ularni bartaraf
etish yo‘llari ko‘rib chiqiladi.
INSONIYATNING TARIXIY RIVOJLANISHIDA MATRIARXAT DAVRI
Annotatsiya
Ushbu maqolada insoniyat tarixining ibtidoiy davrlarida mavjud bo‘lgan
matriarxat jamiyat tuzilmasi, uning shakllanish sabablari, ijtimoiy va madaniy
hayotdagi o‘rni tahlil qilinadi. Matriarxat davrida ayollarning urug‘ boshqaruvidagi
yetakchilik roli, ona urug‘i tizimi, mulk munosabatlari va diniy e’tiqodlar bilan bog‘liq
jihatlar ilmiy manbalar asosida yoritilgan. Shuningdek, bu davrning arxeologik va
etnografik dalillar orqali tasdiqlangan holatlari ham ko‘rib chiqiladi. Maqola tarixiy
jarayonlarning mantiqiy izchilligida matriarxatning ahamiyatini ochib beradi.
IX-XII ASRLARDA ILM-FAN VA MADANIYATNING YUKSALISHI – DINIY-HUQUQIY ILM RIVOJI
Mazkur maqolada IX–XII asrlar oralig‘ida musulmon dunyosida yuz bergan
ilm-fan va madaniyatning yuksalishi jarayonlari, ayniqsa diniy-huquqiy tafakkur rivoji
tahlil qilinadi. Ushbu davrda Qur’on va hadis ilmlari, fiqh, kalom, tafsir kabi
sohalarning chuqurlashgani, shuningdek, Abu Hanifa, Imom al-Shofe’iy, Imom al-
G‘azzoliy, Imom Buxoriy kabi mutafakkirlarning hissasi yoritiladi. Maqolada ilmiy
maktablar, madrasalar va ulamolar faoliyati asosida islomiy huquq tizimining
shakllanishi va jamiyat hayotidagi o ‘rni ko ‘rib chiqiladi. Shuningdek, diniy
bilimlarning falsafa, mantiq, adabiyot kabi dunyoviy fanlar bilan uyg ‘unlashuvi ham
tahlil etiladi.