T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
61-son_1-to’plam_May-2025
38
ISSN:3030-3613
“QISSASI RABG’UZIY” ASARINING G’OYAVIY BADIIY TAHLILI
Abdujalilova Muxtasar Yoqubjon qizi
Andijon Davlat Pedagogika instituti
Filologiya fakulteti l bosqich talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Nosiruddin Rabģuziyning "Qissasi Rabģuziy
"asarining yozilish tarixi,asarning badiiy ģoyaviy tahlili va unda keltirilgan
payģambarlar haqida ma'lumotlar beriladi.
Annotation:
This article provides information about the history of the writing of
Nasiruddin Rabuzi's "Qissasi Rabuzi", an artistic and ideological analysis of the work,
and the prophets mentioned in it.
Аннотация:
В статье дается информация об истории написания
произведения Насируддина Рабузи «Киссаси Рабузи», дается художественный и
идеологический анализ произведения, а также упоминаются в нем пророки.
Kalit sòzlar:
Payģambarlar haqidagi qissalar, "Qissasi Rabģuziy "asarining
Nosiruddin Tóqbòĝaga baģishlanganligi,asarning yozilish uslubi va janrlari.
Keywords:
Stories about the prophets, the dedication of the work "The Story of
Rabuzi" to Nasiruddin Toqboja, the style and genres of the work.
Ключевые слова:
Рассказы о пророках, посвящение произведения
«История Рабузи» Насируддину Токбодже, стиль и жанры произведения.
Ushbu maqolada Qur'oni Karimda payģambarlar haqidagi qissalarning
keltirilishi va qissalar ta'sirida yangi asarlar yaratilishi,"Qissasi Rabģuziy "asarining
òziga xos xususiyatlari, qissalar tahlili va janrlari borasida sòz boradi.
Islom dinining muqaddas kitobi Qur'oni Karim nozil bòlishi bilan u musulmon
insonlarga kòplab òtmish haqiqatlarini ochib berdi.Unda payģambarimiz Muhammad
Mustafo sallollohu alayhi vassallamdan avval ham kòplab payģambarlar dunyoga
kelgani,ular ham insonlarni ilmga,yaxshilikka chorlagani va ular bilan birga bòlmagan
qavmlarning boshiga tushgan musibatlar haqida sòz boradi. Qur'oni Karim nozil
bòlgach payģambarlar tarixi haqida turli xil qissalar yaratilgan bòlib ,ularning eng
ishonchlisi Nosiruddin Rabģuziyning "Qissasi Rabģuziy "asari hisoblanadi .Asar
turkiy tilda yozilgan bòlib ,payģambarlar haqidagi kòplab ishonchli qissalarni òz ichiga
oladi.
Maqolada Rabģuziyning "Qissasi Rabģuziy "asarining tahliliga tòxtalib
òtiladi.Bundan tashqari ushbu asar tòĝrisida olib borilgan tadqiqotlar,ilmiy ishlar,
maqolalar va asarlardan foydalanildi.
Rabģuziy Turkiy xalqlarning taniqli shoiri hisoblanadi. Uning bizga hijriy 709
-yil,milodiy 1309- 1310 -yillarda yozgan "Qissasi Rabģuziy "asari yetib kelgan.Asar
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
61-son_1-to’plam_May-2025
39
ISSN:3030-3613
moģul beklaridan bòlgan Nosiruddin Tóqbòĝa "Òqimaqģa keraklik ,òrganmakka
yaroģliq " payģambarlar qissalaridan iborat asar yozib berishi iltimosiga binoan
yozilgan. Asar jami 72 qissa va 600 misra she'rdan iborat,an'aviy hamd va na't
qismlaridan boshlanadi. Asarda 33 payģambarlar: Shish, Muso, Iso, Sulaymon, Nuh,
Dovud, Muhammad va Xorut, Morut kabi farishtalar, Qobil va Hobil kabi shaxslar, 4
xalifa ,7 tarixiy shaxslar keltirib òtilgan.Asarga Qur'oni Karimdagi ayrim
manbalar,islomga oid boshqa kitoblardan, Abu Ishoq Nishopuriyning "Qissas ul -
anbiyo"asaridan ba'zi ma'lumotlar asos qilib olingan. Bundan tashqari Rabģuziy òz
asarini yaratishdan avval òzigacha bòlgan adiblarning payģambarlar haqidagi
qissalarini òrganib,ulardan òziga kerakli xulosalar chiqaradi,ular qilgan xato va
kamchiliklarni òz asarida takrorlamaslikka harakat qiladi.Uning asarining yana bir
ustun tomoni avvallari payģambarlar haqidagi qissalar arab va fors tilida bitilgan
bòlsa,Rabģuziy asarini turkiy tilda yaratadi.Shu bois ham shoir òz asarini dur- u
gavharga qiyos etadi.Asar tarkibidagi qissalar hajmi turlicha:Masalan, Yusuf haqidagi
qissalar yuz sahiga yetsa,Lut haqidagi qissa bir necha sahifani tashkil etadi
xolos.Ammo asardagi qissalar real hayot voqealari bilan boģliq.Asardan ma'rifiy -
didaktik hikoyatlar ham òrin olgan.Ushbu asar òzbek adabiyotida badiiy Nasr
yodgorligining yetuk namunasi,XIII-XIV asrlar eski òzbek adabiy tilini òrganishda
asosiy manba hisoblanadi.
Asar muallifi- Nosiruddin Burhoniddin òģli Rabģuziy Xorazmning Rabatòģuz
nomli joyida tavallud topgan,turkiy til shoiri hisoblanadi.U Sharq xalqlari oģzaki
ijodini,rivoyatlar va avliyolar -anbiyolar tòģrisidagi qissalarni puxta òrgangan.Bu
hikoyat va qissalar ta'sirida òzi ham hikoya ,qissalar yoza boshlagan.Turkiy xalqlar
adabiyotida birinchilardan bòlib nasrda rivoyatlardan hikoyat ,hikoyatlardan qissalar
yaratishni boshlab bergan.
Asarning payģambarimiz Muhammad Mustafo sallollohu alayhi vassallamga
baģishlangan qismiga tòxtaladigan bòlsak,payģambarimiz tuģilganlarida orqalarida
muhr-u nubuvvatning nishonasi borligi,sochlari taralgan,tirnoqlari olingan,sunnat
qilingan,kòzlariga surma surtilgan ekanligi haqida yozilgan.Bu mòjizani kòrgan
hamma xushnud bòladi,oq bulut gòdakni osmonga olib chiqib,muattar narsalar
sepib,rahmat suviga chòmiltirib,jannat xillalariga òrab,onalari qòllariga olib kelib
berdi.Shu kecha jamiki butparastlarning butlari yuztuban yiqildi.Otashparastlarning
òtlari sòndi.Bu kechada barcha jin-u shayotin jam bòlib,shaytonning oldiga kelib
sòradi:"Bu ne hol,qanday kishi tavallud topdi?" Shayton:bu gòdak oxirgi zamon
payģambari Muhammad Mustafo sallollohu alayhi vassallamdir.Uning shariati barcha
dinlarni mansuh qiladi.Butparast,kofirlar bir marta "La ilaha ilalloh ,Muhammadur
Rosullluloh", desa, barcha gunohlari kechiriladi.Qiyomatda yuz minglab odamlarni
shafoat qiladi",dedi. asarning katta qismi payģambarimizning hayotlariga
baģishlangan qissalardan iborat.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
61-son_1-to’plam_May-2025
40
ISSN:3030-3613
Bundan tashqari "Qissai Qobil va Hobil"da tasvirlanishicha, Qobil bilan Iqlimo,
Hobil bilan Abudo tuģiladi. Iqlimo go'zal. Abudo koʻrksiz edi. Qobilga Abudo
beriladigan bo'ldi, u ko'nmadi. Odam ularga qurbonlik qilishni, kimning qurbonligi
qabul boʻlsa, Iqlimo berilishini aytdi. Hobilning qo'yi qabul bo'ldi. Qobil tosh bilan
urib Hobilni o'ldirdi. Qarg'alarga qarab, Hobilni erga qo'ydi. Odam ko'mish shundan
qoldi.
Asarda odamning, yer yuzi, ko'k, jin, farishtalarning yaratilishidan boshlab
ma'lumotlar keltiriladi. Mana olamning yaratilishi haqidagi xabar: «Xabarda andog'
kelur: Yakshanba kun ko'klarni yarattı, dushanba kun oyni, kunni, yulduzlarni yaratti,
falak ichinda turitti, seshanba kun olam xalqinda qush-qurtlarni, farishtalarni yaratti,
chahorshanba kun suvlarni yaratti, ellarni, bulutlarni chiqardi, yig'ochlarni, o't-emlarni
yaratti, undurdi. Ro'zilarni ulashturdi. Payshanba kun ujmox, tamuo'ni, rahmat va azob
farishtalarni yarattı, hurlarni yaratti. Azina kun odamni yaratti. Shanba kun narsa
yaratmadi».
Odamning yaratilishi haqida ham gap boradi. Jabroil, Isrofil, Mekoil tuproq olib
kelishga buyuriladi. Ular qilmagan ishni Azroil bajaradi. Shu uchun ham Jonzotlar
jonini olish unga topshiriladi. Odamni tuproqdan yaratadi. Tog', Dengiz,Ko'k ulardan
yaratishni talab qilishadi. Tuproq jim turgani bois undan yaratiladi.
XULOSA
"QISSASI RABĢUZIY"asariga faqat diniy ruhdagi asar sifatida qaramasligimiz
lozim.U insoniyat yaratilganidan to shu kungacha bòlgan davrlaridan sòzlaydi.Shu bois
ham ushbu asarni asrab- avaylab keyingi avlodlarimizga ham yetkazishimiz,ularni ham
bunday bebaho ,nodir asardan bahramand etishimiz kerak.Shu maqsadda asarning XV
asrdagi qòlyozmasi Londonda Britaniya muzeyida ,XVI asrda kòchirilgan nusxasi
Sankt-Peterburgda,XIX asrda kòchirilgan qòlyozmasi Òzbekiston Fanlar akademiyasi
Sharqshunoslik institutida saqlanib kelinmoqda.XIX asrning II yarmi va XX asrning
boshlarida Toshkent, Qozon shaharlarida bir necha marta nashr etilgan. Asarning to'la
matni ilk marta rus turkiyshunos olimi N.Ilminskiy tomonidan 1859 yili Qozon
shahrida e'lon qilingan. Ushbu asar Radlov, Tomsen, Melioranskiy, Malov, Kononov,
Bosim Atalay kabi xorijiy turkiyshunos olimlar, Fitrat, N.Mallaev, T.Fafurjonova,
I.Ostonaqulov kabi o'zbek olimlari tomonidan tadqiq qilingan.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR VA SAYTLAR
1.
Rabg'uziy. Qissasi Rabg'uziy. "Yozuvchi", 1-
2.
2-kitob, T., 1990-91.
3.
O'zbek adabiyoti tarixi. Ak.nashr. 5 tomlik 1-tom, 1977.
4.
N.Mallaev. O'zbek adabiyoti tarixi. 1-kitob,1969.
5.
Fozilov E. Rabg'uziy va uning "Qissasi Rabg'uziy" asari. 1-kitob, 1990.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
61-son_1-to’plam_May-2025
41
ISSN:3030-3613
Internet saytlari:
1.
kh-davron.uz
2.
gujum.uz