Mualliflar

  • Tolipov Xushnudbek

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.96049

Kalit so‘zlar:

Kalit soʻzlar: globalshuv transmilliy mintaqaviylashtirish texnologiya integratsiya raqamli iqtisodiyit evolutsiya virtual xalqaro Orol infratuzilma.

Annotasiya

  Anatatsiya:  Ushbu  maqolada  globallashuv  jarayonining  jamiyat,  tafakkur  va 
ma'naviyatga ko‘rsatgan ta’siri falsafiy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Globallashuv – 
bu faqat iqtisodiy yoki texnologik hodisa emas, balki insoniyat tafakkurining yangi 
bosqichga  o‘tishini  talab  qiladigan  murakkab  falsafiy  jarayondir.  Falsafa  esa  bu 
jarayonda yo‘nalish beruvchi ichki kompas, jamiyatlar va shaxslar uchun qadriyatlar 
mezoni  sifatida  namoyon  bo‘ladi.  Maqolada  falsafaning  globallashuv  davridagi 
vazifalari,  insoniyatning  umumiy  ruhiy  holatini  anglashdagi  ro‘li  va  yangi 
dunyoqarashlar  shakllanishiga  qo‘shayotgan  hissasi  chuqur  tahlil  qilingan. 
Shuningdek, mahalliy va umuminsoniy qadriyatlar o‘rtasidagi muvozanatni saqlashda 
falsafaning ahamiyati alohida oʻrin tutadi. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_1-to’plam_May-2025

35

ISSN:3030-3613

GLOBALLASHUV JARAYONLARIDA FALSAFANI OʻRNI

Tolipov Xushnudbek

Milliy g‘oya ma’naviyat asoslari va

huquq ta’limi kafedrasi o‘qituvchisi

Anatatsiya:

Ushbu maqolada

globallashuv jarayonining jamiyat, tafakkur va

ma'naviyatga ko‘rsatgan ta’siri falsafiy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Globallashuv –
bu faqat iqtisodiy yoki texnologik hodisa emas, balki insoniyat tafakkurining yangi
bosqichga o‘tishini talab qiladigan murakkab falsafiy jarayondir. Falsafa esa bu
jarayonda yo‘nalish beruvchi ichki kompas, jamiyatlar va shaxslar uchun qadriyatlar
mezoni sifatida namoyon bo‘ladi. Maqolada falsafaning globallashuv davridagi
vazifalari, insoniyatning umumiy ruhiy holatini anglashdagi ro‘li va yangi
dunyoqarashlar shakllanishiga qo‘shayotgan hissasi chuqur tahlil qilingan.
Shuningdek, mahalliy va umuminsoniy qadriyatlar o‘rtasidagi muvozanatni saqlashda
falsafaning ahamiyati alohida oʻrin tutadi.

Abstract:

This article analyzes the impact of the globalization process on society,

thought, and spirituality from a philosophical perspective. Globalization is not just an
economic or technological phenomenon, but a complex philosophical process that
requires a transition to a new stage of human thought. Philosophy, in this process,
appears as an internal compass that provides direction, a criterion of values for societies
and individuals. The article deeply analyzes the tasks of philosophy in the era of
globalization, its role in understanding the general spiritual state of humanity, and its
contribution to the formation of new worldviews. Also, the importance of philosophy
in maintaining a balance between local and universal values is of particular importance.

Аннотация:

В статье анализируется влияние процесса глобализации на

общество, мышление и духовность с философской точки зрения. Глобализация
— это не просто экономическое или технологическое явление, а сложный
философский процесс, требующий перехода человеческого мышления на новый
уровень. Философия в этом процессе выступает как внутренний компас, дающий
направление, критерий ценностей для общества и личности. В статье дается
глубокий анализ задач философии в эпоху глобализации, ее роли в понимании
общего духовного состояния человечества, ее вклада в формирование новых
мировоззрений. Философия также играет особую роль в поддержании баланса
между локальными и общечеловеческими ценностями.

Kalit soʻzlar:

globalshuv, transmilliy, mintaqaviylashtirish, texnologiya,

integratsiya, raqamli iqtisodiyit, evolutsiya,virtual, xalqaro, Orol, infratuzilma.

Keywords:

globalization,

transnational,

regionalization,

technology,

integration, digital economy, evolution, virtual, international, Aral, infrastructure.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_1-to’plam_May-2025

36

ISSN:3030-3613

Ключевые слова:

глобализация, транснациональный, регионализация,

технологии, интеграция, цифровая экономика, эволюция, виртуальный,
международный, Арал, инфраструктура.

Kirish: Globallashuv –

bu xalqaro mehnat taqsimoti, iqtisodiy va siyosiy

munosabatlar tizimi orqali bir-biri bilan bogʻlangan milliy iqtisodiyotlar majmui
sifatida tushuniladigan, jahon iqtisodiyoti tarkibini oʻzgartirish jarayonlarining oʻziga
xos xususiyatlaridan biridir. Transmilliylashtirish va mintaqaviylashtirish asosida
iqtisodiyotning chambarchas bogʻliqligi hisoblanadi. Shu asosida yagona jahon
tarmogʻi, bozor iqtisodiyoti, va uning infratuzilmalari shakllanmoqda, koʻp asrlar
davomida xalqaro munosabatlarning asosiy xarakteri boʻlib kelgan davlat suvereniteti
taʼsirining pasayishi sodir boʻlmoqda. Globallashuv jarayoni bu davlat tomonidan
shakllantirilgan bozor tizimlari evolyutsiyasining natijasidir.

Bugungi zamon – bu tezlik, texnologiya va o‘zgarishlar asri. Yer yuzining eng

chekka nuqtalarida yashayotgan insonlar ham endi bir-biriga begona emas, aksincha,
virtual olamlar, umumiy ma'lumot maydonlari va yagona qadriyatlar oqimida birlashib
bormoqda. Globallashuv – bu shunchaki iqtisodiy integratsiya yoki texnologik yutuq
emas, bu insoniyat tafakkurining yangi shakllanishi, qadimiy savollarga zamonaviy
javob izlash zaruratidir. Aynan mana shu nuqtada falsafa, insoniyat tafakkurining
chuqur ildizlariga suyanib, kelajakka yo‘l ochuvchi nurdek namoyon bo‘ladi.

Ushbu mavzuni tanlashimga sabab – globallashuv fanida qadriyatlar almashinuvi,
madaniy qarama-qarshiliklar va ma'naviy bo‘shliqlar kuchayib borayotgan bir paytda,
falsafa bu jarayonga qanday munosabat bildirayotgani, qanday yo‘l ko‘rsata olayotgani
masalasiga javob topish istagidir. Chunki falsafa – bu o‘tmish saboqlari va kelajak
mas'uliyatini birlashtiruvchi ko‘prikdir.

Asosiy qisim:

Falsafa nafaqat insonning azaliy muammolari va qayg‘ularini,

balki uning keyingi yillarda fan-texnika rivoji ta’sirida toboro tezroq sur’atlarda, shu
jumladan dunyo miqyosida o‘zgarayotgan real hayoti kundalik amaliyotini ham aks
ettiradi. Bugun dunyo, g‘oyo bo‘shashgan kamon- bir chetidan tortilsa, narigi tomoni
titraydi. Har bir voqea bir - biriga bog‘liq, har bir so‘z har yurakda aks sado beradi.
Globallashuv-bu faqat texnika taraqqiyoti emas, bu qalblarning, fikrlarning yashirin
zamiridagi ziddiyatli raqsi. Mana shunday murakkab zaminda falsafa-najotkor
farishtadek yordamga keladi. Falsafa-bu axborotning selida g‘arq bo‘lish emas, balki
sukunatda haqiqatni ilg‘ashdir. U globallashuv deb atalgan bu gumbazli tizimning
ichida insoniylikning so‘ngi darvozabonidir. U bizga ‘‘nega?’’degan savolni eslatadi,
o‘chib ketayotgan savollar izidan, har kim nima demoqda, ammo falsafa faqatgina
‘‘nega’’ deydi. Shunday savol bugungi kunda zarur, u texnologik tafakkurni insonga
xizmat qilishga yo‘naltiradi. Bugun sun’iy ong, raqamli iqtisodiyot va metokoinot kabi
tushunchalar odam ongini noto‘g‘ri yo‘llarga boshlayotganda, falsafa bu ongni to‘g‘ri


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_1-to’plam_May-2025

37

ISSN:3030-3613

yo‘llarga yo‘naltiradi. U bizni axborotdan to‘g‘ri foydalanishga yangi ma’lumotlar
olishga , yangi qirralarni kashf qilishga, yetaklaydi. Falsafa globallashuv jarayonida
milliylikning, qadimiy merosning, urf-odatlarning, an’analarning saqlashga yordam
beruvchi jarayon hisoblanadi. Falsafaning globallashuvdagi o‘rni- bu insonning
yo‘qolib ketayotgan ichki makonini tiklashda, e’tiqod va ruhiyatning nozik arqonini
ushlab turishda yordam beruvchi katta kuch.Globallashuvning serqirraligi o‘z ichiga,
ayrim kishilarning xavfsizligidan boshlab, mamlakatlar, hududlar, mintaqalar va butun
yer shari tinchligini ta’minlash, shuningdek turli ziddiyatlar va qarama-qarshilik oldini
olish, zarur bo‘lganda ularni bartaraf etishda qatnashish, ekotizm barqarorligini
saqlash, oziq-ovqat, energiya va xomashyo taqchilligiga yo‘l qo‘ymaslik, yangi
texnologiyalarga o‘tish, har qanday sharoitda ham xalqaro institutsional boshqaruv
tamoyillariga amal qilishni o‘z ichiga oladi. Xavfsizlikning muhim qirralaridan biri,
xalqaro miqyosda zo‘ravonlik va jinoyatchilikni oldini olishdir. Hozirgi kunda global
muammolar ham kuchayib bormqda. Bunga misol qilib Orol bo‘yi muammosi,
zavodlardan chiqayotgan zararli tutunlar, atrof muhit ifloslanishi kabi ko‘plab
muammolarni olishimiz mumkin. Bularni oldini olish uchun mamlakatimizda ham
ko‘plab islohotlar amalga oshirilmoqda, shulardan orolbo‘yi hududini ekologik tiklash
loyihalari, Xalqaro hamkorlik va tashabbuslar, ijtimoiy va iqtisodiy tiklash islohotlari,
ilmiy tatqiqotlar va monitoring kabi tashabbuslar tatbiq qilinmoqda.

Xulosa

Xulosa qilib aytganda globallashuv va falsafa yonma-yon ravishda keng va

chuqur mazmun kasb etadi. Globallashuv insoniyat taraqqiyotining yangi bosqichi
sifatida dunyo xalqlarini bir-biriga yanada yaqinlashtirayotgan, madaniy, iqtisodiy va
ijtimoiy jarayonlarni o‘zaro bog‘lab borayotgan qaltis hodisadir. Bunda falsafaning
o‘rni beqiyosdir. Falsafa inson tafakkurini, o‘y fikrlarini to‘g‘ri yo‘naltiruvchi holatdir.
Maqolada globallashuv va falsafa keng va chuqur yoritilgan. Globallashayotgan
davrda ko‘pchilik inson noto‘g‘ri oqimga kirib ketishi, axborotlardan noto‘g‘ri
foydalanishi mumkin buning oldini olishda albatta falsafa yordamga keladi. Zero,
falsafiy qarashlar orqali inson o‘zligini anglaydi xalq esa taraqqiyot sari dadil
odimlaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Globallashuv asoslari fanidan o‘quv uslubiy majmua. Andijon 2024

2.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Toshkent 2023

3.

Falsafa asoslari.Toshkent 2005

4.

https://arxiv.uz

5.

https://oyina.uz

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar:

Globallashuv asoslari fanidan o‘quv uslubiy majmua. Andijon 2024

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Toshkent 2023

Falsafa asoslari.Toshkent 2005