T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
61-son_1-to’plam_May-2025
202
ISSN:3030-3613
TA’MINOT ZANJIRLARIDA ZAXIRALARINI BOSHQARISH
Ziyodullayeva Sitora Faxriddin qizi
Millat Umidi universiteti
Xalqaro biznes fakulteti
Biznes boshqaruvi yoʻnalishi talabasi
Annotatsiya:
Mazkur maqolada ta’minot zanjirlarida zaxiralarni boshqarish
masalasi har tomonlama yoritilgan. Avvalo, ta’minot zanjiri tushunchasi, uning
tarkibiy qismlari va asosiy vazifalari bayon etilgan. So‘ngra zaxira tushunchasining
mohiyati, uning inglizcha atamasi va amaliyotdagi o‘rni izohlanadi. Zaxiralar turlari,
ularning ishlab chiqarish va yetkazib berish jarayonidagi funksiyalari tahlil qilinib, har
bir tur o‘ziga xos vazifalarni bajarishi ta’kidlanadi.
Maqolada, shuningdek, ta’minot zanjirlarida mahsulot yoki xizmatlarni turli
shakllarda – sotish, ijaraga berish, almashtirish yoki boshqa usullar bilan iste’molchiga
yetkazishdagi strategiyalar ko‘rib chiqilgan. Bu strategiyalar doirasida zaxiralarning
samarali boshqarilishi tashkilotlarning bozor talablariga moslashishida, xarajatlarni
kamaytirishda va raqobatbardoshligini oshirishda qanday ahamiyat kasb etishi ochib
beriladi.
Bundan tashqari, maqolada nazariy qarashlar bilan birga amaliy tavsiyalar ham
berilib, zaxira boshqaruvida axborot texnologiyalaridan foydalanish, zamonaviy
yondashuvlar asosida rejalashtirish va optimal zaxira miqdorini belgilashga doir
takliflar ilgari suriladi. Maqola ta’minot zanjiri va logistika sohasida ilmiy izlanish olib
borayotgan talaba va mutaxassislar uchun foydali nazariy-amaliy manba bo‘lib xizmat
qiladi.
Kalit so’zlar:
ta’minot zanjiri, zaxira boshqaruvi, zaxira turlari, strategik
rejalashtirish, funksional ta’minot, samaradorlik, moslashuvchanlik, innovatsion
model, logistika, ishlab chiqarish jarayoni.
Kirish.
Bugungi global iqtisodiyotda korxonalar o‘rtasidagi raqobat nafaqat
yakuniy mahsulot sifati, balki mahsulotni o‘z vaqtida va samarali yetkazib berish
qobiliyati orqali ham belgilanmoqda. Shu jihatdan ta’minot zanjiri muhim rol
o‘ynaydi. Ta’minot zanjiri — bu mahsulot yoki xizmatning dastlabki xom-ashyo
shaklidan tortib to iste’molchigacha yetib borishigacha bo‘lgan jarayonlarni o‘z ichiga
oladi. Ushbu jarayonlarni muvofiqlashtirish, optimallashtirish va samarali boshqarish
esa
“Ta’minot zanjirini boshqarish”
(Supply Chain Management – SCM) nomi bilan
tanilgan ilmiy-amaliy yo‘nalishga asos soldi.
SCM sohasi ilk bor
1980-yillarda
nazariy tushuncha sifatida shakllangan bo‘lib,
hozirga kelib turli xil sanoat tarmoqlarida strategik ahamiyat kasb etmoqda. Zamon
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
61-son_1-to’plam_May-2025
203
ISSN:3030-3613
bilan hamnafas ravishda, SCM doirasida qo‘llanilayotgan metod va texnologiyalar
ham takomillashmoqda. Ayniqsa, zamonaviy biznes sharoitida zaxiralarni to‘g‘ri
boshqarish korxonaning muvaffaqiyatli faoliyat yuritishida muhim omil hisoblanadi.
1
Zaxiralar – bu ishlab chiqarish, sotuv va xizmat ko‘rsatish jarayonlarining
uzluksizligini ta’minlovchi vositalardir. Ular noto‘g‘ri boshqarilgan taqdirda katta
moliyaviy yo‘qotishlarga sabab bo‘lishi mumkin. Shu bois, zaxiralarni boshqarish
tizimi SCM ning ajralmas komponenti hisoblanadi. U optimal miqdordagi zaxirani
saqlash, ortiqcha yoki kamchilik holatlarining oldini olish, xarajatlarni kamaytirish va
mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga qaratilgan.
Mazkur maqolada ta’minot zanjirlarida zaxiralarni boshqarishning nazariy
asoslari, amaliy usullari, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish holatlari hamda bu
boradagi muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari tahlil qilinadi. Maqsad – o‘zbek
iqtisodiyotidagi korxonalar uchun foydali bo‘lgan ilmiy xulosalar chiqarish va samarali
boshqaruv mexanizmlarini taklif etishdir.
✔
Zaxira turlari va ularning funksiyalari.
Ta’minot zanjiri
– bu o‘zaro
bog‘langan ishtirokchi kompaniyalar guruhi bo‘lib, ular o‘z manbasidan boshlab,
tayyor mahsulot yoki xizmat holatiga kelguncha bo‘lgan jarayonda qiymat qo‘shadigan
jarayonlarda ishtirok etadilar va ushbu mahsulot yoki xizmatlar belgilangan yakuniy
iste’molchilarga yetkaziladi.
2
Ta’minot zanjirida zaxiralar muhim o‘rin tutadi, chunki ular ishlab chiqarish va
xizmat ko‘rsatish jarayonlarining uzluksizligini ta’minlab beradi. Zaxiralar turli xil
shakllarda bo‘lishi mumkin va ular har xil funksiyalarni bajaradi. Quyida asosiy zaxira
turlari va ularning vazifalari ko‘rib chiqiladi:
1.
Xom-ashyo
zaxiralari
ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan asosiy
materiallar
zaxirasi
bo‘lib,
ular
ishlab
chiqarishning boshlanishi uchun tayyor holda
saqlanadi.
2.
Yarim tayyor
mahsulot
zaxiralari
ishlab chiqarishning muayyan bosqichidan o‘tgan,
ammo hali yakuniy mahsulotga aylantirilmagan
materiallar. Bu zaxira turi ishlab chiqarish
bosqichlari orasidagi muvozanatni ta’minlaydi.
3.
iste’molchiga yetkazib berishga tayyor bo‘lgan
mahsulotlar. Ular mijozga xizmat ko‘rsatish
1
Felea M., Albastroiu Nastase I. Defining the Concept of Supply Chain Management and its Relevance to Romanian Academics and
Practitioners // Amfiteatru Economic. – 2013. – Vol. 15, No. 33. – P. 74–88. – URL:
2
Lu D. Fundamentals of Supply Chain Management. – [S.l.]: Bookboon, 2011. – 316 p. – ISBN 978-87-7681-798-5. – URL:
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
61-son_1-to’plam_May-2025
204
ISSN:3030-3613
Tayyor mahsulot
zaxiralari
tezligini oshiradi va bozordagi talabni qondirishda
yordam beradi.
4
Strategik
zaxiralar
kutilmagan
holatlarda
foydalanish
uchun
mo‘ljallangan, odatda uzoq muddatga saqlanadigan
zahiralar. Bular tabiiy ofatlar, yetkazib berishdagi
uzilishlar yoki narx o‘zgarishlariga qarshi himoya
vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
5.
Operatsion
zaxiralar
ishlab chiqarish va yetkazib berishdagi kundalik
ehtiyojlar uchun mo‘ljallangan zaxiralar bo‘lib,
ular jarayonlar o‘rtasida uzluksizlikni saqlashda
yordam beradi.
Har bir zaxira turi o‘z funksiyasiga ega bo‘lib, ularning har biri ta’minot
zanjirining samarali ishlashi uchun muhim ahamiyatga ega. Ularni to‘g‘ri rejalashtirish
va boshqarish orqali ortiqcha xarajatlarning oldi olinadi, mijozlar ehtiyojlarini o‘z
vaqtida qondirish imkoniyati yaratiladi
✔
Ta’minot turlari va ularning ahamiyati.
Ta’minot turlari ta’minot zanjiri
boshqaruvida muhim o‘rin tutadi. Tashkilotlar ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish yoki
savdo faoliyatlarini amalga oshirishda turli shakllarda resurslarga muhtoj bo‘ladilar.
Shu sababli, ta’minot shakllarini aniqlash va ularni samarali boshqarish orqali korxona
o‘z faoliyatini barqaror, izchil va raqobatbardosh tarzda yuritishi mumkin.
Ta’minot – bu faqatgina mahsulot yoki xizmatni xarid qilish emas, balki kengroq
iqtisodiy munosabatlar majmuidir. Ta’minot jarayonlari orqali mahsulot yoki xizmatlar
ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga turli shakllarda yetkaziladi.
“Types of supplies – Supply of goods or services or both is defined as sale,
transfer, barter, exchange, license, rental, lease or disposal made or agreed to be
made for a consideration by a person in the course or furtherance of business.”
3
Ya’ni, ta’minot turlari – tovarlar yoki xizmatlarning (yoki ikkalasining) ta’minoti
savdo, topshirish, barter, almashuv, litsenziyalash, ijaraga berish, lizing yoki yo‘q
qilish shaklida, shuningdek, shaxs tomonidan ishbilarmonlik faoliyati doirasida yoki
uni rivojlantirish maqsadida amalga oshirilgan yoki amalga oshirilishi rejalashtirilgan
bitim sifatida belgilanadi.
Bu ta’rifdan ko‘rinib turibdiki, ta’minot shunchaki tovar yoki xizmatni yetkazib
berishdan iborat emas. U bir necha iqtisodiy mexanizmlarni o‘z ichiga oladi. Jumladan:
Savdo
– tovar yoki xizmatni pul evaziga sotish;
Barter
– mahsulotlar yoki xizmatlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri almashish;
3
Muheesi A. Supply Chain Management. – September 2022. – DOI: 10.13140/RG.2.2.16353.38241. – URL:
https://www.researchgate.net/publication/363335546_SUPPLY_CHAIN_MANAGEMENT
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
61-son_1-to’plam_May-2025
205
ISSN:3030-3613
Litsenziyalash
– muayyan huquqlarning (masalan, ishlab chiqarish yoki
foydalanish) taqdim etilishi;
Ijara yoki lizing
– mulkni vaqtincha foydalanish uchun taqdim etish;
Yo‘q qilish
– mahsulot yoki xizmatdan foydalanishni to‘xtatish yoki undan voz
kechish.
Har bir ta’minot turi korxona ehtiyojiga, faoliyat turiga, iqtisodiy sharoitga va
strategik maqsadga qarab tanlanadi. Masalan, ishlab chiqaruvchi korxona uchun
xomashyo ta’minoti muhim bo‘lsa, xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot uchun asbob-
uskunalarni ijaraga olish iqtisodiy jihatdan qulay bo‘lishi mumkin.
Ta’minot turlarining to‘g‘ri boshqarilishi orqali:
ishlab chiqarish jarayoni uzluksiz ta’minlanadi,
xarajatlar optimallashtiriladi,
mijozlarga xizmat ko‘rsatish darajasi oshadi,
zaxiralarni boshqarish yengillashadi.
Shuning uchun ta’minot turlarini tahlil qilish va ularning ahamiyatini anglash
har qanday tashkilot uchun muhim strategik vazifalardan biri hisoblanadi.
✔
Ta’minot zanjirining strategiyalari
. Ta’minot zanjiri strategiyasi
korxonalarning samarali faoliyat yuritishi uchun juda muhim. Har bir mahsulot yoki
xizmat uchun mos ta’minot zanjiri strategiyasini tanlash, korxona resurslarini to‘g‘ri
boshqarish va xarajatlarni optimallashtirishda asosiy rol o‘ynaydi. Ta’minot
zanjirining samarali ishlashi uchun zarur bo‘lgan yondashuvlar ikki asosiy guruhga
bo‘linadi: “funktsional” va “samarali”, yoki “javob beruvchi” va “innovatsion”.
Marshall L. Fisher (1997) o‘zining muhim maqolasida shunday savolni qo‘yadi:
“Mahsulotingiz uchun qaysi ta’minot zanjiri to‘g‘ri?”
4
Bu savol ta’minot zanjirining
mahsulotning o‘ziga xos xususiyatlariga qarab tanlanishi kerakligini ta’kidlaydi.
Fisher,
shuningdek,
Naylor, Naim va Berry (1999
) ta’minot zanjiri strategiyasining
ikkita muvofiqlashtirilgan xususiyatini ajratib ko‘rsatadi
5
:
1. “Funktsional” va “samarali” kombinatsiyasi
– Bu yondashuv an’anaviy va
standart mahsulotlar uchun to‘g‘ri keladi. Bunday mahsulotlar ko‘p miqdorda ishlab
chiqariladi va talabning o‘zgarishi unchalik katta bo‘lmaydi. Samarali zanjir bu holatda
past narx va maksimal samaradorlikni ta’minlashga qaratilgan bo‘ladi.
2. “Javob beruvchi” (moslashuvchan) va “innovatsion” kombinatsiyasi
–
Innovatsion va tez o‘zgaruvchan mahsulotlar uchun mos keladi. Bunday mahsulotlar
uchun ta’minot zanjiri moslashuvchan bo‘lishi va bozorga yangi mahsulotlar
chiqarishda tez va samarali javob berish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak. Innovatsion
4
Fisher, M. L. (March–April 1997). “What is the Right Supply Chain for your Product?” (PDF). Harvard Business Review: 105–
116. Archived from the original (PDF) on Mar 19, 2022 – via mba.teipir.gr. – URL:
http://mba.teipir.gr/files/Fisher_What_is_the_right_SC_for_your_product.pdf
5
Harrison, A. and Godsell, J. (2003), Responsive Supply Chains: An Exploratory Study of Performance Management, Cranfield
School of Management, accessed 12 May 2021. – URL:
https://dspace.lib.cranfield.ac.uk/bitstream/handle/1826/377/SWP0103.pdf
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
61-son_1-to’plam_May-2025
206
ISSN:3030-3613
mahsulotlar uchun ta’minot zanjiri tezkor o‘zgarishlarga moslashish va yuqori sifatni
ta’minlashga qaratilgan bo‘ladi.
Bu ikkita strategiya korxonalarga o‘z mahsulotlarini optimal tarzda ishlab
chiqarish va yetkazib berish uchun kerakli yondashuvni tanlashda yordam beradi.
Shuningdek, ta’minot zanjirini boshqarishda bozorning talabiga va mahsulot
xususiyatlariga qarab, strategiyani o‘zgartirish zarurati tug‘ilishi mumkin.
✔
Zamonaviy ta’minot zanjirida axborot texnologiyalarining roli
.
Zamonaviy raqamli davrda ta’minot zanjirlarida axborot texnologiyalarining o‘rni
tobora ortib bormoqda. Raqamli vositalar yordamida mahsulot harakati, zaxira
darajasi, buyurtmalar holati va mijozlar ehtiyojlari aniq va tezkor tarzda nazorat
qilinmoqda. Bu esa ta’minot zanjirini samarali boshqarish, vaqt va mablag‘ni tejash
imkonini beradi.
Bulutli texnologiyalar, sun’iy intellekt, ma’lumotlar tahlili (big data),
avtomatlashtirilgan tizimlar
kabi vositalar korxonalarni real vaqt rejimida zaxiralarni
kuzatib borish va ularga mos ravishda qaror qabul qilishga yordam beradi. Masalan,
avtomatlashtirilgan tizimlar orqali omborxona zaxiralari to‘g‘risidagi ma’lumotlar
avtomatik yangilanadi, bu esa inson omilidan kelib chiqadigan xatoliklarni
kamaytiradi.
Shuningdek, elektron ma’lumotlar almashinuvi (EDI) orqali yetkazib
beruvchilar, ishlab chiqaruvchilar va chakana sotuvchilar o‘rtasidagi axborot
almashinuvi tezlashadi. Bu jarayon ta’minot zanjiri bo‘ylab muvofiqlashtirilgan
harakatni ta’minlab, umumiy samaradorlikni oshiradi.
Hozirgi vaqtda ko‘plab yirik korxonalar
ERP (Enterprise Resource Planning)
tizimlaridan foydalanib, butun ishlab chiqarish va ta’minot jarayonlarini yagona
axborot platformasi orqali boshqarmoqda. Bu esa zaxiralarni optimallashtirish va
xaridni to‘g‘ri rejalashtirish imkonini beradi.
Xulosa.
Zamonaviy iqtisodiy sharoitda ta’minot zanjiri va zaxiralarni
boshqarish tizimi har qanday tashkilotning muvaffaqiyati va raqobatbardoshligini
ta’minlashda muhim o‘rin tutadi. Xususan, zaxiralar ishlab chiqarish va yetkazib berish
jarayonlarida muvozanatni saqlash, talab va taklif o‘rtasidagi farqni qoplash hamda
xaridor ehtiyojlarini to‘liq qondirish imkonini beradi.
Tadqiqot davomida aniqlanishicha, zaxiralar bir nechta ko‘rinishga ega bo‘lib,
har birining o‘ziga xos funksiyalari mavjud. Ularni to‘g‘ri aniqlash va boshqarish
korxona resurslaridan samarali foydalanish, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish
va xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga xizmat qiladi.
Umuman olganda, ta’minot zanjirlarini va zaxiralarni samarali boshqarish
bugungi kunda raqobatning kuchayib borayotgan sharoitida tashkilotlarning strategik
ustunlikka erishishida hal qiluvchi omillardan biri hisoblanadi. Shu boisdan bu sohaga
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
61-son_1-to’plam_May-2025
207
ISSN:3030-3613
e’tiborni kuchaytirish, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish va ilmiy
yondashuvlarni amaliyotga tadbiq etish zarurdir
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:
1.
Felea M., Albastroiu Nastase I. Defining the Concept of Supply Chain
Management and its Relevance to Romanian Academics and Practitioners //
Amfiteatru Economic. – 2013. – Vol. 15, No. 33. – P. 74–88. – URL:
2.
Lu D. Fundamentals of Supply Chain Management. – [S.l.]: Bookboon, 2011. –
316
p.
–
ISBN
978-87-7681-798-5.
–
URL:
3.
Muheesi A. Supply Chain Management. – September 2022. – DOI:
10.13140/RG.2.2.16353.38241.
–
URL:
https://www.researchgate.net/publication/363335546_SUPPLY_CHAIN_MA
NAGEMENT
4.
Fisher, M. L. (March–April 1997). “What is the Right Supply Chain for your
Product?” (PDF). Harvard Business Review: 105–116. Archived from the
original (PDF) on Mar 19, 2022 – via mba.teipir.gr. – URL:
http://mba.teipir.gr/files/Fisher_What_is_the_right_SC_for_your_product.pdf
5.
Harrison, A. and Godsell, J. (2003), Responsive Supply Chains: An Exploratory
Study of Performance Management, Cranfield School of Management, accessed
12
May
2021.
–
URL:
https://dspace.lib.cranfield.ac.uk/bitstream/handle/1826/377/SWP0103.pdf