Mualliflar

  • Nusratullayeva Shoxsanam Sunnatillo qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.96067

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: ta’minot zanjiri ERP tizimi mahsulot oqimi axborot oqimi moliyaviy oqim Big Data raqamlashtirish boshqaruv samaradorligi logistika korxona raqobatbardoshligi.

Annotasiya

Annotatsiya:  Mazkur  maqolada  ta’minot  zanjirini  boshqarish  (SCM) 
jarayonlarida  ERP  (Enterprise  Resource  Planning)  tizimlaridan  foydalanishning 
samaradorligi yoritilgan. Ta’minot zanjiri ishlab chiqaruvchilar, yetkazib beruvchilar, 
tashuvchilar,  omborlar,  chakana  va  ulgurji  sotuvchilar,  hamda  mijozlar  o‘rtasidagi 
o‘zaro bog‘liqlikni ta’minlaydi. Bu zanjirni samarali boshqarish korxonadan yuqori 
darajadagi  muvofiqlashtirishni  talab  etadi.  ERP  tizimlari  ushbu  muvofiqlashtirishni 
real vaqt rejimida amalga oshirishga yordam beradi. Maqolada mahsulot, axborot va 
moliyaviy  oqimlar  asosida  ta’minot  zanjirining  tuzilishi  tahlil  qilingan.  ERP 
tizimlarining ushbu oqimlarga qanday ta’sir ko‘rsatishi aniq misollar orqali yoritilgan. 
Shuningdek, maqolada mutaxassislar tomonidan tavsiya etilgan ilg‘or yondashuvlar va 
Big Data texnologiyalarining ta’minot zanjiridagi roli ham ko‘rib chiqilgan. Maqola 
yakunida ERP tizimlarining korxonalarda raqobatbardoshlikni oshirishdagi ahamiyati 
xulosa  qilinadi.  Ushbu  ilmiy  ish  amaliyotchi  mutaxassislar  va  iqtisodiyot  sohasida 
tadqiqot olib borayotganlar uchun foydali bo‘lishi mumkin. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_1-to’plam_May-2025

196

ISSN:3030-3613

TA’MINOT ZANJIRINI BOSHQARISHDA ERP TIZIMIDAN

FOYDALANISHNING AFZALLIKLARI.

Nusratullayeva Shoxsanam Sunnatillo qizi

Millat Umidi universiteti

Xalqaro biznes fakulteti

Biznes boshqaruvi yoʻnalishi talabasi

Annotatsiya:

Mazkur maqolada ta’minot zanjirini boshqarish (SCM)

jarayonlarida ERP (Enterprise Resource Planning) tizimlaridan foydalanishning
samaradorligi yoritilgan. Ta’minot zanjiri ishlab chiqaruvchilar, yetkazib beruvchilar,
tashuvchilar, omborlar, chakana va ulgurji sotuvchilar, hamda mijozlar o‘rtasidagi
o‘zaro bog‘liqlikni ta’minlaydi. Bu zanjirni samarali boshqarish korxonadan yuqori
darajadagi muvofiqlashtirishni talab etadi. ERP tizimlari ushbu muvofiqlashtirishni
real vaqt rejimida amalga oshirishga yordam beradi. Maqolada mahsulot, axborot va
moliyaviy oqimlar asosida ta’minot zanjirining tuzilishi tahlil qilingan. ERP
tizimlarining ushbu oqimlarga qanday ta’sir ko‘rsatishi aniq misollar orqali yoritilgan.
Shuningdek, maqolada mutaxassislar tomonidan tavsiya etilgan ilg‘or yondashuvlar va
Big Data texnologiyalarining ta’minot zanjiridagi roli ham ko‘rib chiqilgan. Maqola
yakunida ERP tizimlarining korxonalarda raqobatbardoshlikni oshirishdagi ahamiyati
xulosa qilinadi. Ushbu ilmiy ish amaliyotchi mutaxassislar va iqtisodiyot sohasida
tadqiqot olib borayotganlar uchun foydali bo‘lishi mumkin.

Kalit so‘zlar:

ta’minot zanjiri, ERP tizimi, mahsulot oqimi, axborot oqimi,

moliyaviy oqim, Big Data, raqamlashtirish, boshqaruv samaradorligi, logistika,
korxona raqobatbardoshligi.


Kirish. Bugungi tezkor va raqobatbardosh biznes muhitida ta’minot zanjirini

samarali boshqarish har qanday tashkilot uchun muhim omil hisoblanadi. Ta’minot
zanjiri deganda faqatgina mahsulotning bir bosqichdan ikkinchisiga harakati emas,
balki butun jarayonni yagona tizimda muvofiqlashtirish tushuniladi.

SCM (Supply

Chain Management) — bu yakuniy mahsulot yoki xizmatni taqdim etish uchun zarur
bo‘lgan faoliyatlarni muvofiqlashtirishni anglatadi. Bu faoliyatlar xom ashyodan
boshlanib, mahsulot yoki xizmatning yakuniy mijozga yetkazilishigacha bo‘lgan
jarayonni qamrab oladi.

1

Ushbu jarayonni samarali tashkil etishda ERP (Enterprise

Resource Planning) tizimlarining o‘rni beqiyosdir. ERP tizimlari biznesning turli

1

The World Bank. Supply Chain Management: An introduction and practical toolset for procurement practitioners. –

First edition. – Washington, DC: The World Bank, 2023. – 138 p. – URL:

https://thedocs.worldbank.org/en/doc/1c3b517f003b53a2e2e170e93124be84-0290032023/original/World-Bank-Supply-
Chain-Management-Guidance.pdf

– E-mail:

pubrights@worldbank.org


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_1-to’plam_May-2025

197

ISSN:3030-3613

jarayonlarini yagona axborot bazasida birlashtirib, real vaqt rejimida boshqaruv va
nazorat qilish imkoniyatini beradi.

Shunday ekan, ERP tizimlarining ta’minot zanjirini boshqarishda qanday

afzalliklari mavjud? Ular tashkilotning umumiy samaradorligiga qanday ta’sir
ko‘rsatadi? Mazkur maqolada ta’minot zanjirini boshqarishda ERP tizimlaridan
foydalanishning afzalliklari hamda ularning umumiy samaradorlikka ta’siri tahlil
qilinadi.

Ta’minot zanjiri

— bu mahsulot yoki xizmat iste’molchiga yetkazilguniga qadar

bo‘ladigan barcha bosqichlarni o‘z ichiga olgan murakkab tizimdir. Ta’minot zanjiri
ishlab chiqaruvchilar, yetkazib beruvchilar, tashuvchilar, omborlar, ulgurji va chakana
sotuvchilar, boshqa vositachilar va hattoki bevosita mijozlarning o‘zini ham o‘z ichiga
oladi.

2

Har bir ishtirokchi o‘z funksiyasiga ega bo‘lib, mahsulot harakatining uzluksiz

va samarali kechishini ta’minlaydi. Shu jarayonlarda axborot almashinuvi, moliyaviy
hisob-kitoblar, logistika va xizmat ko‘rsatish sifatining barqarorligi muhim o‘rin tutadi.
Aynan shu nuqtalarda ERP tizimlarining ahamiyati yanada yaqqol ko‘zga tashlanadi.

ERP (Enterprise Resource Planning)

tizimlari ta’minot zanjiridagi barcha

ishtirokchilarning faoliyatini yagona axborot maydonida birlashtirishga xizmat qiladi.
Bu tizimlar yordamida mahsulot harakati, zaxiralar holati, buyurtmalar, moliyaviy
hisob-kitoblar va yetkazib berish muddatlari kabi muhim jarayonlar bir vaqtning o‘zida
nazorat qilinadi va boshqariladi. Natijada, inson omiliga bog‘liq xatoliklar kamayadi,
tezkor qarorlar qabul qilish imkoniyati oshadi va resurslardan samarali foydalanish
ta’minlanadi.

Masalan, ishlab chiqaruvchi zavod ERP tizimi orqali xom ashyo zaxirasi

kamayganini real vaqt rejimida ko‘rib, avtomatik ravishda yetkazib beruvchiga
buyurtma beradi. Yetkazib beruvchi esa shu tizim orqali buyurtmani qabul qiladi,
mahsulot jo‘natiladi va transport kompaniyasi ombor bilan bog‘lanib, mahsulot qabul
qilinishini ta’minlaydi. Shu tarzda barcha ishtirokchilar yagona platformada ishlaydi,
bu esa vaqt va xarajatlarni kamaytiradi.

Bundan tashqari, ERP tizimlari orqali mijozlarning talablarini oldindan prognoz

qilish, mahsulotni ishlab chiqarish rejasini optimallashtirish va bozor sharoitlariga tez
moslashish imkoniyati yaratiladi. Bu esa tashkilotning raqobatbardoshligini oshiradi.

ERP tizimlarining afzalliklaridan biri.

ta’minot zanjirida mavjud bo‘lgan asosiy

oqimlarni birgalikda boshqarishidir. Ta’minot zanjirini boshqarish uchta asosiy
oqimga bo‘linadi:

1.

bu tovarlarning yetkazib beruvchidan
iste’molchigacha harakati, shuningdek,

2

Jaipur National University. Supply Chain Management. – Jaipur: JNU, 2013. – 124 p. – URL:

https://sjce.ac.in/wp-

content/uploads/2021/10/jnu-Supply-Chain-Management.pdf


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_1-to’plam_May-2025

198

ISSN:3030-3613

Mahsulot oqimi (Product

flow)

mijozlarga

xizmat

ko‘rsatish

ehtiyojlarini qamrab oladi.

2.

Axborot oqimi

(Information flow)

buyurtmalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar
va yetkazib berish holati bilan bog‘liq.

3.

Moliyaviy oqim (Financial

flow)

to‘lov jadvali, kredit shartlari va
qo‘shimcha moliyaviy kelishuvlarni o‘z
ichiga oladi.

3


ERP tizimlari ushbu oqimlarning har birini markazlashtirilgan tarzda boshqarish

imkonini beradi. Masalan, mahsulot oqimini boshqarishda ERP tizimi zaxiradagi
mavjud mahsulotlar, ularning harakati va yetkazib berilish sanasini nazorat qiladi.
Axborot oqimi orqali barcha ishtirokchilar bir xil axborot asosida harakat qiladi, bu esa
noto‘g‘ri qarorlar qabul qilinishining oldini oladi. Moliyaviy oqimlar esa ERP tizimi
orqali avtomatik tarzda yuritilib, kechikishlar va xatoliklarning oldi olinadi.

So‘nggi yillarda ERP tizimlarining ta’minot zanjirini boshqarishdagi ahamiyati

yanada ortib bormoqda. Zamonaviy texnologiyalar rivoji bu tizimlarning nafaqat
operatsion jarayonlarni avtomatlashtirish, balki strategik boshqaruv vositasi sifatida
ham keng qo‘llanilishiga olib keldi. Ayniqsa, biznes muhitining tez o‘zgarib
borayotgan sharoitida ERP tizimlari tashkilotlarga tezkor, moslashuvchan va aniq
qarorlar qabul qilish imkonini bermoqda.

ERP tizimlari ishlab chiqarish, zaxiralarni boshqarish, xaridlar, moliya va

logistika bo‘limlari o‘rtasidagi maʼlumot almashinuvini markazlashtirilgan tarzda
boshqaradi. Bu tizimlar real vaqt rejimida maʼlumotlarni kuzatish, tahlil qilish va
qarorlar qabul qilish imkonini beradi. Natijada, taʼminot zanjiridagi kechikishlar,
ortiqcha zaxiralar va logistika xatoliklari sezilarli darajada kamayadi.

Masalan, ERP tizimi orqali bir korxona mahsulot uchun xom ashyo zaxirasi

tugayotganini aniqlasa, tizim avtomatik tarzda xarid bo‘limiga buyurtma yuboradi va
yangi yetkazib berish jarayoni boshlanadi. Bu esa inson omilidan kelib chiqadigan
xatolarni kamaytiradi hamda jarayonlar uzluksizligini taʼminlaydi.

ERP tizimlari nafaqat ichki boshqaruvni, balki tashqi hamkorlar – yetkazib

beruvchilar va mijozlar bilan axborot almashuvini ham yaxshilaydi. Bu esa butun
taʼminot zanjirining shaffof va integratsiyalashgan tarzda ishlashini taʼminlaydi.

ERP tizimlarining ta’minot zanjiridagi faoliyatni yanada samarali tashkil etishga

qaratilgan yangi yondashuvlar va ilg‘or amaliyotlar shakllanmoqda. Ta’minot zanjiri
bo‘yicha taniqli mutaxassis

Entoni Tarantino

ta’minot zanjirlarining barqarorligi va

3

Felea M., Albastroiu Nastase I. Defining the Concept of Supply Chain Management and its Relevance to Romanian

Academics and Practitioners // Amfiteatru Economic. – 2013. – Vol. 15, No. 33. – P. 74–88. – URL:

https://www.researchgate.net/publication/283141883_Defining_the_Concept_of_Supply_Chain_Management_and_its_
Relevance_to_Romanian_Academics_and_Practitioners


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_1-to’plam_May-2025

199

ISSN:3030-3613

ishlashiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan bir qator ilg‘or amaliyotlarni aniqlagan. Unga
ko‘ra,

samarali boshqaruv uchun ko‘p sohalarni qamrab oluvchi

“mukammallik

markazlari”

ni tashkil etish, markazlashgan va markazlashmagan boshqaruv

o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlovchi gibrid ta’minot zanjiri tashkilotlarini yaratish
hamda tuzilgan va tuzilmagan ma’lumotlardan kengroq foydalanish kiradi.

4

Quyida

ular haqida batafsil ma’lumot beramiz:

Ko‘p sohalarni birlashtirgan mukammallik markazlarini tashkil etish.

Bu

yondashuv ta’minot zanjirini boshqarishda turli soha mutaxassislarini – masalan, IT,
logistika, moliya, marketing va ishlab chiqarish bo‘yicha ekspertlarni – bir jamoaga
birlashtirishni nazarda tutadi. Ular o‘z tajribalari va bilimlari bilan almashib, strategik
qarorlarni birgalikda qabul qilishadi. Bunday “mukammallik markazlari” (Centers of
Excellence – CoE) innovatsion g‘oyalarni ilgari suradi, jarayonlarni standartlashtiradi
va samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi. Bu usul ta’minot zanjirining uzviyligi va
moslashuvchanligini kuchaytiradi.

Gibrid ta’minot zanjiri tashkilotlari.

Gibrid model — bu markazlashgan (ya’ni

barcha qarorlar yuqori boshqaruvda qabul qilinadi) va markazlashmagan (har bir
bo‘lim yoki hudud mustaqil harakat qiladi) boshqaruv uslublarini uyg‘unlashtirishdir.
Bu yondashuv har ikki tizimning afzalliklarini birlashtirib, resurslardan oqilona
foydalanish va tezkor javob qaytarish imkonini beradi. Masalan, strategik rejalashtirish
markazlashgan tarzda olib borilishi mumkin, biroq hududiy yoki mijozlarga xos
ehtiyojlar markazlashmagan tarzda hal etiladi. Bu esa ta’minot zanjirini yanada
samarali boshqarishga xizmat qiladi.

Tuzilgan va tuzilmagan ma’lumotlardan keng foydalanish.

Tuzilgan

ma’lumotlar – bu aniq formatda saqlanadigan, masalan, Excel jadvallari, ma’lumotlar
bazalari kabi ma’lumotlardir. Tuzilmagan ma’lumotlar esa – elektron pochta, ijtimoiy
tarmoqlar, videolar, mijoz fikrlari kabi tartibsiz axborotlardir. Zamonaviy ERP
tizimlari va Big Data texnologiyalari yordamida bu ikki turdagi ma’lumotlar tahlil
qilinadi va raqamli dalillar asosida qarorlar qabul qilinadi. Bu yondashuv ta’minot
zanjiridagi noaniqliklarni kamaytiradi, aniq prognozlar beradi va biznes strategiyasini
yaxshilaydi.

Shu bilan birga, zamonaviy ERP tizimlarida yirik ma’lumotlar (Big Data)

texnologiyasining qo‘llanilishi ham kengayib bormoqda. Ayniqsa, bu holat strategik
xarid va ta’minot boshqaruvi sohalarida yaqqol ko‘zga tashlanadi.

5

Yirik

ma’lumotlarni tahlil qilish orqali kompaniyalar bozordagi o‘zgarishlarni oldindan

4

Bowman, R. J., “Seven Best Practices for Supply Chains in 2025”, SupplyChainBrain, published 4 August 2014,

accessed 21 February 2023. URL:

https://www.supplychainbrain.com/blogs/1-think-tank/post/19530-seven-best-

practices-for-supply-chains-in-2025

5

Henrich, Jan; Li, Jason; Mazuera, Carolina; Perez, Fernando (June 14, 2022). “Future supply chains: resilience,

agility, sustainability”. McKinsey. Retrieved 2023-06-25. URL:

https://www.rand.org/content/dam/rand/pubs/documented_briefings/2005/DB334.pdf


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_1-to’plam_May-2025

200

ISSN:3030-3613

prognoz qilishi, mijozlar ehtiyojlarini aniqlashi va zaxiralarni samarali boshqarishi
mumkin. Bu esa xarajatlarni kamaytirish, yetkazib berish zanjirida kechikishlarning
oldini olish va mijozlar ehtiyojini tezroq qondirish imkonini beradi.

Xulosa. Ta’minot zanjirini samarali boshqarish zamonaviy raqobat sharoitida

korxonalarning muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi uchun muhim omil hisoblanadi. ERP
tizimlarining bu jarayondagi o‘rni ayniqsa beqiyosdir. Ular mahsulot oqimi, axborot
oqimi va moliyaviy oqimni yagona platformada birlashtirib, barcha bo‘g‘inlar o‘rtasida
uzviy aloqani ta’minlaydi.

ERP tizimlari yordamida korxonalar real vaqt rejimida ma’lumotlarga asoslangan

holda qarorlar qabul qiladi, resurslardan samarali foydalanadi, ortiqcha zaxiralarni
kamaytiradi hamda mijozlar ehtiyojiga tezkor javob qaytara oladi. Big Data
texnologiyalari va ilg‘or boshqaruv yondashuvlari esa ERP tizimlarining
imkoniyatlarini yanada kengaytirib, ta’minot zanjirini raqamlashtirish jarayonini
jadallashtirmoqda.

Umuman olganda, ERP tizimlari ta’minot zanjirini boshqarishda ishonchli vosita

bo‘lib, korxonalar raqobatbardoshligini oshirish, xarajatlarni optimallashtirish va
barqaror rivojlanishga erishish uchun strategik ahamiyat kasb etadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO

YXATI:

1.

The World Bank. Supply Chain Management: An introduction and practical
toolset for procurement practitioners. – First edition. – Washington, DC: The
World Bank, 2023. – 138 p. – URL:

https://thedocs.worldbank.org/en/doc/1c3b517f003b53a2e2e170e93124be84-
0290032023/original/World-Bank-Supply-Chain-Management-Guidance.pdf

– E-mail:

pubrights@worldbank.org

2.

Jaipur National University. Supply Chain Management. – Jaipur: JNU, 2013. –
124 p. – URL:

https://sjce.ac.in/wp-content/uploads/2021/10/jnu-Supply-Chain-

Management.pdf

3.

Felea M., Albastroiu Nastase I. Defining the Concept of Supply Chain
Management and its Relevance to Romanian Academics and Practitioners //
Amfiteatru Economic. – 2013. – Vol. 15, No. 33. – P. 74–88. – URL:

https://www.researchgate.net/publication/283141883_Defining_the_Concept_o
f_Supply_Chain_Management_and_its_Relevance_to_Romanian_Academics_
and_Practitioners

4.

Bowman, R. J., “Seven Best Practices for Supply Chains in 2025”,
SupplyChainBrain, published 4 August 2014, accessed 21 February 2023. URL:

https://www.supplychainbrain.com/blogs/1-think-tank/post/19530-seven-best-
practices-for-supply-chains-in-2025


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_1-to’plam_May-2025

201

ISSN:3030-3613

5.

Henrich, Jan; Li, Jason; Mazuera, Carolina; Perez, Fernando (June 14, 2022).
“Future supply chains: resilience, agility, sustainability”. McKinsey. Retrieved
2023-06-25.

URL:

https://www.rand.org/content/dam/rand/pubs/documented_briefings/2005/DB3
34.pdf


Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

The World Bank. Supply Chain Management: An introduction and practical

toolset for procurement practitioners. – First edition. – Washington, DC: The

World Bank, 2023. – 138 p. – URL:

/original/World-Bank-Supply-Chain-Management-Guidance.pdf

– E-mail: pubrights@worldbank.org

Jaipur National University. Supply Chain Management. – Jaipur: JNU, 2013. –

Management.pdf

Felea M., Albastroiu Nastase I. Defining the Concept of Supply Chain

Management and its Relevance to Romanian Academics and Practitioners //

Amfiteatru Economic. – 2013. – Vol. 15, No. 33. – P. 74–88. – URL:

f_Supply_Chain_Management_and_its_Relevance_to_Romanian_Academics_

and_Practitioners

Bowman, R. J., “Seven Best Practices for Supply Chains in 2025”,

SupplyChainBrain, published 4 August 2014, accessed 21 February 2023. URL:

practices-for-supply-chains-in-2025

Henrich, Jan; Li, Jason; Mazuera, Carolina; Perez, Fernando (June 14, 2022).

“Future supply chains: resilience, agility, sustainability”. McKinsey. Retrieved

-06-25. URL:

pdf