Mualliflar

  • Shodiqulova Mehribon Ilgorovna
  • Onorboyeva Sevara Õtkir qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.96076

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: Abu Rayhon Beruniy ilmiy meros astronomiya matematika qadimgi Sharq fan tarixi Markaziy Osiyo alloma.

Annotasiya

Maqolasi 
Annotatsiya :  Mazkur maqolada buyuk alloma, ensiklopedik olim Abu Rayhon 
Beruniyning  ilm-fanga  qo‘shgan  beqiyos  hissasi,  uning  asarlari,  astronomiya, 
matematika, geodeziya, tarix, tibbiyot kabi sohalardagi ishlari haqida so‘z yuritiladi. 
Maqolada asosan 2 ta manba asosida  va yana qo’shimcha manbalardan foydalanilgan 
va Beruniy ilmiz izlanishlari va qobiliyatlariga izoh va baho berilgan. Ya’ni maqolada 
asosan ikki asosiy manba — Aziz Qayumovning "Abu Rayhon Beruniy  Ibn Sino" 
kitobi  va  Asror  Obidovning  "Abu  Rayhon  Beruniy"  asari  asosida  olimning  ilmiy 
qarashlari, shaxsiyati va tarixiy ahamiyati keng tahlil qilinadi. Qo‘shimcha adabiyotlar 
asosida Beruniy asarlarining takrorlanmas jihatlari va bugungi ilm-fan uchun tutgan 
o‘rni yoritiladi.  Shuningdek, uning ilmiy qarashlarining zamonaviy fan rivojiga ta’siri 
yoritiladi. Maqolada Beruniyning ilmiy merosi tahlil qilinib, uning bugungi kundagi 
ahamiyati ochib beriladi. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_1-to’plam_May-2025

149

ISSN:3030-3613

ABU RAYHON BERUNIY: MARKAZIY OSIYO ILM-FANI

TARAQQIYOTIGA QO‘SHGAN HISSASI

Denov tadbirkorlik va pedagogika

instituti instituti (tarix va mamlakatlar

yo’nalishi) 2-kurs talabasilari

Shodiqulova Mehribon Ilgorovna

Mexribonilgorovna@gmail.com

+998904787007

Onorboyeva Sevara Õtkir qizi

onorboyevasevara@gmail.com

+99893 616 68

97

Maqolasi

Annotatsiya :

Mazkur maqolada buyuk alloma, ensiklopedik olim Abu Rayhon

Beruniyning ilm-fanga qo‘shgan beqiyos hissasi, uning asarlari, astronomiya,
matematika, geodeziya, tarix, tibbiyot kabi sohalardagi ishlari haqida so‘z yuritiladi.
Maqolada asosan 2 ta manba asosida va yana qo’shimcha manbalardan foydalanilgan
va Beruniy ilmiz izlanishlari va qobiliyatlariga izoh va baho berilgan. Ya’ni maqolada
asosan ikki asosiy manba — Aziz Qayumovning "Abu Rayhon Beruniy Ibn Sino"
kitobi va Asror Obidovning "Abu Rayhon Beruniy" asari asosida olimning ilmiy
qarashlari, shaxsiyati va tarixiy ahamiyati keng tahlil qilinadi. Qo‘shimcha adabiyotlar
asosida Beruniy asarlarining takrorlanmas jihatlari va bugungi ilm-fan uchun tutgan
o‘rni yoritiladi. Shuningdek, uning ilmiy qarashlarining zamonaviy fan rivojiga ta’siri
yoritiladi. Maqolada Beruniyning ilmiy merosi tahlil qilinib, uning bugungi kundagi
ahamiyati ochib beriladi.

Kalit so‘zlar:

Abu Rayhon Beruniy, ilmiy meros, astronomiya, matematika,

qadimgi Sharq, fan tarixi, Markaziy Osiyo, alloma.

Dastlab maqolada foydalanilgan 1 chi manbadan foydalangan holatda Beruniy

ilmiz izlanishlari va qobiliyatlariga izoh va baho bersak. Va muallif Aziz
Qayumovning o’z kitobida allomaning yoritib berishiga izoh berisga harakat qilaman
Aziz Qayumov o‘z kitobida Abu Rayhon Beruniyni nafaqat o‘z davrining buyuk
allomasi, balki ilmiy tafakkurda inqilob yasagan mutafakkir sifatida ta’riflaydi. Muallif
Beruniyni “fikrda mustaqil, diniy qarashlardan ozod, empirik bilim va tajribaga
tayangan olim” deb baholaydi.

Bu yerda Beruniy oddiy olim emas, balki ilmni himoya qiluvchi ma’naviy

kurashchi sifatida ko‘rsatiladi. Kitobda Beruniy haqida: Uning fan va din o‘rtasidagi
tafovutga nisbatan betaraf, ammo ilm tarafdori bo‘lganligi, Hind falsafasi, qadimgi


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_1-to’plam_May-2025

150

ISSN:3030-3613

yunonlar va musulmon olimlar qarashlarini tahlil qilganligi, Har qanday ilmiy
masalaga sistematik, mantiqiy va eksperimental yondashuvi asosida ishlagani ko‘rsatib
beriladi.

Yangi ma’lumotlar va faktlar: Kitobda odatda Beruniy haqida kam yoritilgan

yoki boshqa manbalarda uchramaydigan quyidagi qiziqarli va muhim faktlar e’tiborga
loyiq: Beruniyning Ibn Sinoga nisbatan munosabati: Muallif ularning ilmiy fikrlari
orasidagi farqlarni ochib beradi. Masalan, Beruniy tabiat hodisalariga tajriba orqali
yondashgan bo‘lsa, Ibn Sino ko‘proq nazariy fikrlarni afzal ko‘rgan. Bu esa o‘zaro
yozishmalarda ham seziladi.
Beruniy Yerni aylanma deb hisoblab, radiusini hisoblab chiqqani bu o‘z davri
uchun misli ko‘rilmagan ilmiy yutuq bo‘lganini muallif ta’kidlaydi. Beruniy har
qanday ilmiy fikrni shubha ostiga olib, isbot talab qilgan. Aziz Qayumov bunga misol
sifatida uning astronomik kuzatuvlarida erishgan natijalarini keltiradi.

Beruniyning ilmiy yondashuvlari: misol uchun dinga xolis yondashish, har

qanday ilmiy fikrni tajriba bilan asoslash. Astronomiya, geodeziya, meditsina, tarix,
madaniyatshunoslik, etnografiya u barchasini o‘zaro bog‘lab o‘rgangan. Muallif
quyidagi asosiy xulosalarga keladi: Beruniy – zamonidan ilgarilab ketgan ulug‘ zot. U
fan asosida fikr yuritgan, tafakkur erkinligini qadrlagan olim sifatida o‘z davrining eng
yuksak namunasi bo‘lgan. Beruniyning ilmiy merosi hozirgi kunda ham metodologik
jihatdan qadrlanishi kerak.

Beruniyning shaxsiyati va ruhiy olamiga kirishga urinish: Aziz Qayumov

Beruniy haqida gapirar ekan, uning ilmiy merosidan tashqari, uning shaxsiy
fazilatlariga, ruhiy holatiga, izlanishdagi sabr-toqati, ichki intizomi va kuchli e'tiqodiga
ham chuqur yondashadi. Bu jihat boshqa tarixiy-biografik manbalarda ko‘p
ko‘rinmaydi.

Muallif ta’kidlashicha Beruniy ilm emas, balki fikr va tafakkurning hayotiy

zarurat ekanini his qilgan kamyob zot edi.” Kitobda muallif Beruniyda mavjud bo‘lgan
ilmiy jasorat tushunchasini alohida tahlil qiladi. Beruniy umumiy qabul qilingan,
ammo ilmiy jihatdan shubhali qarashlarni rad etgan, bu esa uni zamondoshlari orasida
ham qarama-qarshiliklarga olib kelgan.

Kitobda Beruniyning ilmga bo‘lgan munosabati chuqur tahlil qilinadi. Ayniqsa,

bilimga ega bo‘lish emas, balki bilishga bo‘lgan ehtiyoj va doimiy izlanish ruhi asosiy
e’tiborga olinadi.

Muallif yozadi: “Beruniy uchun ilm - bu yakun emas, balki tugamaydigan

yo‘ldir.”
Bu fikr bugungi zamonaviy ilm falsafasi bilan hamohang bo‘lib, Beruniyni doimo o‘z
ustida ishlagan, hayotining har bir lahzasini ilmga bag‘ishlagan olim sifatida
ko‘rsatadi. Beruniyning til tanlovi va ilmiy uslubi haqida original fikr:


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_1-to’plam_May-2025

151

ISSN:3030-3613

Qayumov Beruniyning arab tilida yozishiga to‘xtalib, bu tanlov faqatgina diniy

yoki siyosiy sabablar bilan emas, balki ilmiy auditoriyaga murojaat qilish istagi bilan
bog‘liq ekanini aytadi.n Bu qarash ham kamdan-kam aytilgan nuqtadir. Chunki
ko‘pchilik bu tanlovni faqat "islom davlati uchun" deb izohlaydi, Qayumov esa ilmga
xizmat qilish istagini asosiy sabab sifatida ko‘rsatadi.

Endi ikkinchi manbaga keladigan bo’lsak bu manbada alloma haqida quyigacha

ma’lumotlar keltirilgan. Asror Obidovning “Abu Rayhon Beruniy” nomli asarida
boshqa manbalarda kam uchraydigan yoki o‘ziga xos tarzda tahlil qilingan qiziqarli
faktlar va yondashuvlar mavjud. a) Beruniyning qadimiy tillarga bo‘lgan munosabati:
Beruniy hind, yunon, fors tillarini o‘rganibgina qolmay, ularni madaniyatlararo tarjima
vositasi sifatida ishlatgan. Muallif u yozgan “Hindiston” asaridagi hind
donishmandlariga bo‘lgan hurmat va ularning diniy-falsafiy qarashlarini xolis tahlil
qilishini alohida ta’kidlaydi. b) Geografiyaga oid ilg‘or qarashlari: Beruniyning Yer
radiusini hisoblashda sferik trigonometriya qo‘llaganini batafsil ochib beradi.

Obidov ushbu yondashuvni zamonaviy ilmda ham dolzarb deb hisoblaydi.

c) Inson tafakkuri va erkinlik haqidagi qarashlari: Beruniy ilm erkinligi tarafdori
bo‘lgan, diniy dogmalarga bo‘ysunmagan. Obidov bu fikrni Beruniyning “ilmdan
boshqa do‘stim yo‘q” degan iborasi orqali mustahkamlaydi.
Kitobdan Nimalarni o‘rganish mumkin: matematika, astronomiya, tarix, falsafa,
etnografiya va geografiya. Ilmiy etikaga sodiqlik: shaxsiy manfaatdan ko‘ra, ilmiy
haqiqatni ustun qo‘yish. Qadimiy manbalarni tanqidiy tahlil qilish: Beruniy o‘zi bilgan
manbalarni ko‘r-ko‘rona qabul qilmasdan, ularni tanqidiy ko‘rib chiqqan.

Asror Obidovning Beruniy haqidagi fikrlari va xulosalari: Beruniy faqat alloma

emas, balki madaniyatlararo muloqotni rivojlantirgan ilmiy diplomat sifatida
tasvirlanadi.

U ilm-fan orqali insoniyatni yaqinlashtirishni istagan. Muallif Beruniy ijodini

bugungi yoshlar uchun intellektual ibrat maktabi deb ataydi. Obidov xulosasiga ko‘ra,
Beruniy ilmini qadrlash nafaqat tarixiy hurmat, balki kelajak taraqqiyoti uchun ham
zarur.

Bu fikrlarga kelishining asosiy sabablari: Asror Obidov quyidagilarga

asoslanadi. Beruniy asarlarining mazmuniy chuqurligi va zamonaviy ilmga mosligi.
Uning o‘z zamonasidan ilgarilab ketgan g‘oyalari: Yer aylanishi, vaqt zonalari,
madaniy uyg‘unlik. Allomaning o‘ta muloqotga ochiq, fikr erkinligini qadrlagan olim
bo‘lganligi. Uning ilmiy merosini xalqaro kontekstdan tahlil qilishi — bu muallifga
kengroq qarash imkonini bergan.

Mo‘minov o‘z asarida Beruniyni ko‘proq metodologik jihatdan va falsafiy

yondashuvi bilan o‘rganadi. U Beruniyni faqat tarixchi yoki astronom emas, mashhur
metodolog, gumanist olim sifatida tasvirlaydi. Muallif Beruniyning “ilm tajribaga
tayanmog‘i kerak”, “mushohada va aqliy tahlilsiz hech bir haqiqatga yetib bo‘lmas”


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_1-to’plam_May-2025

152

ISSN:3030-3613

degan g‘oyalarini uning asarlaridan keltiradi. U Beruniyni ilk marta Gʻarbiy Yevropa
olimlari ilgari surgan ilmiy tahlil usullariga asos solgan Sharq allomasi sifatida
tasvirlaydi. Mo‘minov Beruniyga oid har bir ilmiy jihatni tahlil qilishda silsilali
mantiqiy fikrlash usulini qo‘llaydi. Ushbu manbada Beruniyning falsafiy-metodologik
asoslari, G‘arb-Sharq ilmiy aloqalaridagi roli juda chuqur tahlil qilingan. Bunday
yondashuv boshqa mualliflarda ko‘rinmaydi.

Qayumov asosan Beruniy va Ibn Sino o‘rtasidagi fikrlar uyg‘unligi, falsafiy

tafakkur va shaxsiy o‘zaro munosabatlarni tadqiq qiladi. Beruniy va Ibn Sino o‘rtasida
yozilgan maktublar tahlil qilinadi. Qayumov Beruniyning "al-Qonun al-Mas‘udi", Ibn
Sinoning esa "al-Qonun fi-t-tibb" asarlarini ilmiy darajada solishtiradi. Muallif
ularning bir-biriga qilgan e’tirozlari orqali ilmiy etikani, mulohaza madaniyatini tahlil
qiladi.
Qayumov Beruniyni faqat olim emas, insoniy fazilatlari, fikr do‘sti,
zamonasining axloqiy namunasi sifatida yoritadi. Bu yondashuv Mo‘minovda yoki
Obidovda yo‘q. Asror Obidov – “Abu Rayhon Beruniy” Obidov Beruniy hayoti va
ilmiy faoliyatini xalqchil, soddalashgan uslubda bayon qiladi. Asosan, o‘quvchi keng
omma uchun tushunarli qilib yozilgan. Beruniy yashagan tarixiy sharoit, u duch kelgan
qiyinchiliklar haqida hikoyaviy shaklda aytiladi. Beruniyning “Hindiston”, “al-Qonun
al-Mas‘udi” va “Geodeziya” asarlaridan misollar soddalashtirib keltiriladi. Ilm-fan
rivojida Beruniyning umumxalq qadriyati sifatida ko‘riladi. Obidov Beruniy obrazini
milliy g‘urur darajasida ko‘rsatadi. Unda Beruniy faqat olim emas, balki inson,
vatanparvar, halol va mehnatkash siymoda ifodalanadi.
Ilmiy jihatdan xulosa qilib aytganda har bir muallif Beruniyni o‘z pozitsiyasi va
tarixiy-estetik qarashi asosida yoritgan. Takroriy ma’lumotlar (asarlari, yutuqlari,
zamonasi) bo‘lsa-da, ularning yondashuvi, tanlagan uslubi va talqini o‘ziga xosdir.
Shuning uchun, Beruniy haqidagi bilimni chuqur va boy olish uchun aynan shu uchta
muallifning bir-biridan farqli qarashlarini o‘rganish maqsadga muvofiq.

Xulosa

Beruniy ilm-fanni mustaqil va tizimli ravishda o‘rganishga da’vat qilgan alloma

sifatida tarixda chuqur iz qoldirgan. Aziz Qayumov va Asror Obidovning
yondashuvlari orqali Beruniy nafaqat olim, balki mutafakkir, insonparvar va
madaniyatlararo muloqotni qadrlagan shaxs sifatida ochiladi. Qo‘shimcha manbalar
esa uning tafakkuri zamonaviy fan asoschilaridan kam emasligini tasdiqlaydi.
1. Aziz Qayumovning asarida Beruniy tahlili Aziz Qayumov o‘zining "Abu Rayhon
Beruniy Ibn Sino" kitobida Beruniyning shaxsiyatini chuqur ilmiy asosda yoritadi.
Muallif allomani o‘z zamonasining bilimdon allomasi sifatida tasvirlab, u yashagan
davr sharoitini, ilmiy maktablar bilan aloqalarini hamda arab, fors va hind
manbalaridan foydalangan holda Beruniy tafakkurining kengligini ko‘rsatadi. Yangi
ma’lumotlar sifatida, muallif Beruniyning o‘zbek ilmiy tafakkuridagi o‘rni, uning ilm-


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_1-to’plam_May-2025

153

ISSN:3030-3613

fanga bo‘lgan yondashuvining tizimliligi va doimiy izlanishda bo‘lgani haqida fikr
bildiradi. Qayumov fikricha, Beruniy uchun ilm-fan chegarasiz maydon bo‘lib, u bu
maydonda qaysi yo‘nalishda bo‘lsa ham chuqur tadqiqot olib borgan. Muallifning
xulosasi: Beruniy nafaqat o‘z davrining, balki butun insoniyat tarixining eng yirik
allomalaridan biri bo‘lib, uning merosi hozirgi kunda ham o‘z dolzarbligini
yo‘qotmagan. Bu fikrga muallif Beruniyning yuzlab asarlari, ayniqsa "Hindiston",
"Osor-ul-boqiya" asarlarining ilmiy darajasi asosida keladi.
2. Asror Obidovning yondashuvi va tahlili Asror Obidov o‘z asarida Beruniy hayoti,
ilmiy faoliyati, safarlari va madaniyatlararo muloqotdagi o‘rnini keng yoritadi. Obidov
Beruniyni faqat ilm-fan emas, balki falsafa, tibbiyot, geologiya, tarix, matematika kabi
sohalarda ham yetuk mutaxassis deb biladi. Kitobdagi yangi va takrorlanmas
jihatlardan biri bu Beruniyning insoniyatga xizmat qilish g‘oyasi asosida yashagan
olim sifatida tasvirlanishidir. Obidov allomaning ilmiy betaraflikni ushlab qolganini,
ya’ni diniy yoki siyosiy ta’sirlarga berilmasdan faqat ilmiy haqiqatni izlaganini alohida
qayd etadi. Muallifning xulosasi: Beruniy sharq uyg‘onish davri allomalari orasida
alohida o‘ringa ega bo‘lib, u qadimgi sivilizatsiyalarni chuqur o‘rganish, solishtirish
va ilmiy metod asosida tahlil qilish bilan farqlanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Qayumov, Aziz. Abu Rayhon Beruniy / Abu Ali Ibn Sino. – Toshkent: Fan, 1987.

2.

Obidov, Asror. Abu Rayhon Beruniy. – Toshkent: O‘zbekiston, 1973.

3.

Beruniy, Abu Rayhon. Tanlangan asarlar. 1–2 jild. – Toshkent: Fan, 1968.

4.

Qayumov, Aziz. Beruniy va adabiyot. – Toshkent: Adabiyot va san’at, 1974.

5.

Mo‘minov, Ibrohim. Beruniy i gumanitarnыe nauki. – Toshkent: Fan, 1972.


Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

Qayumov, Aziz. Abu Rayhon Beruniy / Abu Ali Ibn Sino. – Toshkent: Fan, 1987.

Obidov, Asror. Abu Rayhon Beruniy. – Toshkent: O‘zbekiston, 1973.

Beruniy, Abu Rayhon. Tanlangan asarlar. 1–2 jild. – Toshkent: Fan, 1968.

Qayumov, Aziz. Beruniy va adabiyot. – Toshkent: Adabiyot va san’at, 1974.

Mo‘minov, Ibrohim. Beruniy i gumanitarnыe nauki. – Toshkent: Fan, 1972.