T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
61-son_1-to’plam_May-2025
321
ISSN:3030-3613
ORTIQCHA VAZN VA SEMIZLIKNING ZAMONAVIY ISTIQBOLLARI
To‘xtasinov Ibrohimjon Bahodirjon o‘g‘li
Alfraganus nodavlat universiyeti
Davolash fakulteti o’quvchisi.
Maftuna Yo’dosheva Mengbo’tayevna
Alfraganus
nodavlat universiteti
fani kafedra o’qituvchisi.
Annotatsiya:
Ushbu maqolada ortiqcha vazn va semizlik muammosi, uning
sabablari va oqibatlari, shuningdek, bu muammoning zamonaviy tibbiyot va
jamiyatda qanday hal qilinayotgani haqida fikr yuritiladi. Zamonaviy texnologiyalar,
sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, jismoniy faollikni oshirish orqali semizlikning
oldini olish va ovqatlanish madaniyatini targ‘ib qilish masalalari yoritiladi.
Kalit so‘zlar
: Semizlik, ortiqcha vazn, sog‘lom turmush tarzi, ovqatlanish,
tibbiyot. Kirish. Bugungi kunda semizlik global sog‘liq muammosiga aylanib
bormoqda. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo
bo‘ylab milliardlab insonlar ortiqcha vazndan aziyat chekmoqda. Bu holat yurak-qon
tomir kasalliklari, diabet, va boshqa xastaliklarning ortishiga sabab bo‘lmoqda.
Asosiy qism
: Semizlik nima? Semizlik — teri ostida, asosan qorin devorining
pastki qismida, dumbada va sonlarda, shuningdek, qorin ichida (charvida, ichak
tutqichlarida, qorin orti sohasida) hamda boshqa ichki a’zolar atrofida yog‘larning
ortiqcha to‘planishidir. Turli manbalardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Yer
kurrasining 25 foiz, 40 yoshdan keyin esa 50–60 foiz aholisi bu jarayondan aziyat
chekmoqda. So‘nggi yillarda semizlik o‘smirlar orasida ham ko‘payib borayotgani
tashvishli holatdir. Amerika Qo‘shma Shtatlarida 35, Yevropada esa 20 foizdan ortiq
yoshlar ortiqcha tana vazniga ega. Ilmiy tadqiqotlarga ko‘ra, 2025-yilga borib
semizlikka chalinganlar soni ikki barobarga ko‘payadi. Semizlikning salomatlikka
salbiy ta’siri qadim zamonlardan ma’lum. Tibbiyot otasi Gippokrat: “To‘satdan o‘lim
oriq kishilarga nisbatan semizlarga ko‘proq xos”, degan gapni bundan ikki yarim ming
yil avval aytgan edi. Semizlik nafaqat inson hayoti sifati va davomiyligining
buzilishiga, balki turli og‘ir kasalliklarning kelib chiqishiga ham sabab bo‘ladi. Semiz
kishilarda yuqori qon bosimi, tomirlarga yog‘ plakkalari o‘tirib qolishi va yurak
ishemik kasalligi oriq kishilarga qaraganda 2–4 marta ko‘p uchraydi. Qandli diabetning
ikkinchi turi 85–90 foiz holatlarda ortiqcha tana vazniga ega bo‘lganlarda rivojlanadi.
Semizlikning birinchi darajasida qandli diabet yuzaga kelish ehtimoli 3 marta, ikkinchi
darajasida 5 marta, undan keyingi darajada esa 10 marta oshadi. Boshqacha aytganda,
ortiqcha tana vazniga ega bo‘lgan kishilarda qandli diabetning ikkinchi turi bilan
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
61-son_1-to’plam_May-2025
322
ISSN:3030-3613
kasallanish ehtimoli juda yuqori. Bundan tashqari, semizlik yurak, qon bosimi oshishi,
bo‘g‘im, jigar, ruhiy holatning o‘zgarishi, venalarning varikoz kengayishi va boshqa
kasalliklarning asosiy sababchilaridan biridir. Semizlikga olib keluvchi sabablardan
yana biri bu noto’g’ri ovqatlanishdir. Misol qilib Germaniyadagi Fridrix Shiller
nomidagi universitet olimlari noto’g’ri ovqatlanish sabab yuz beradigan o’lim holatlari
darajasi bo’yicha Yevropa mamlakatlar reytingini tuzishdi.Tatqiqotda 1990 yildan
2016 yilgacha bo’lgan malumotlarga asoslanadi.Shu davr oralig’ida mamlakatimizda
no’to’ri ovqatlanish tufayli o’lim holatlari soni bo’yicha “yetakchi’’ bo’ldi.Qayt
etilishicha mamlakatda yomon ovqatlanish oqibatida xar 100 ming kishidan 394 kishi
xayotdan ko’z yumgan. Eng to’g’ri ovqatlanish bo’yicha Ispaniya,Isroil va Fransiya
aholisi rioya qiladi. Bu mamlakatlarda xar 100 ming kishidan 43-46 inson no’to’ri
hayotdan ko’z yumadi.
O’zbekiston Respublikasidagi viloyatlar o’rtasida semizlikning tarqalishi va
o’sib borishi ko’rsatilgan. Semizlik paydo bo‘lishida o‘zaro bog‘liq bo‘lgan bir qancha
omillar muhim ahamiyatga ega. Ular quyidagilar: Me’yordan ortiqcha ovqat iste’mol
qilish. Bir kunda 100 kkal ortiq ovqatlanish bir yilda taxminan 5 kg semirishga olib
keladi. Masalan, har kuni ehtiyojdan tashqari 50 grammli bir parcha non eyilsa, bu bir
yilda 5 kg dan ortiq vazn oshishiga sabab bo‘ladi. Jismoniy faollikning yetarli darajada
bo‘lmasligi. Turmush darajasi oshib, ko‘plab ishlar texnika yordamida bajarilar ekan,
insonning harakatchanligi kamayadi. Bu esa semizlikning yanada kuchayishiga olib
keladi. Shu bois, har bir inson imkoni boricha jismoniy faol bo‘lishga intilishi kerak.
Yosh oshgani sari ochlik hissi yetarli darajada nazorat qilinmaydi. Bu esa, hatto ozgina
ortiqcha kaloriyali ovqat iste’moli bilan ham semizlikka olib kelishi mumkin. Hozirgi
to‘kin-sochin zamonda nafsni tiyib turish katta jasoratni talab etadi. Kam harakatli,
yoshi katta insonlar uchun kam yeyish juda muhimdir. Tabiblar “Odam bolasining
ichiga kasallik og‘zidan kiradi”, deganlarida aynan shunga ishora qilishgan. Yog‘li
ovqatlarni ko‘p iste’mol qilish. Bunday oziq-ovqatlar tanaga tez singadi, ularning
parchalanishi uchun deyarli kaloriya talab etilmaydi va ortiqchasi yog‘ga aylanadi. Shu
sababli iloji boricha yog‘li ovqatlardan qochish, ularning o‘rniga oqsilga boy
mahsulotlardan foydalanish tavsiya etiladi.
Xulosa:
Zamonaviy jamiyatda semizlik va ortiqcha vazn faqat estetik muammo
bo‘lib qolmay, balki jiddiy tibbiy-ijtimoiy muammo sifatida qaralmoqda. O‘tkazilgan
tahlillar va ilmiy manbalar asosida shuni aytish mumkinki, semizlikning sabablari ko‘p
qirrali bo‘lib, ularga noto‘g‘ri ovqatlanish, kamharakatlik, stress, genetik omillar va
ekologik holatlar kiradi. Yaqin yillarda bu muammoni chuqurroq o‘rganish, sog‘lom
turmush tarzini targ‘ib qilish, sog‘liqni saqlash tizimining profilaktik choralarini
kuchaytirish dolzarb vazifaga aylangan. Shuningdek, semizlikka qarshi kurashish
nafaqat shaxsiy intizomni, balki jamiyat, davlat va sog‘liqni saqlash tizimi tomonidan
kompleks yondashuvni talab etadi. Bu borada sog‘lom ovqatlanish madaniyatini
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
61-son_1-to’plam_May-2025
323
ISSN:3030-3613
shakllantirish, jismoniy faollikni oshirish, ta’lim muassasalarida tushuntirish ishlarini
kengaytirish muhim ahamiyat kasb etadi.Yuqoridagilardan kelib chiqib, zamonaviy
tibbiyotda semizlikni oldini olish va unga qarshi kurashish strategiyalarini
takomillashtirish dolzarb ilmiy va amaliy yo‘nalishlardan biri bo‘lib qolmoqda.
Foydanilgan adabiyotlar:
1.
G‘adayev, U. (2018). Sog‘lom turmush tarzining asoslari.(1) Toshkent:
O‘zbekiston nashriyoti. G‘adayev, U. (2021).
2.
Jismoniy tarbiya va sportning nazariy asoslari.(2) Toshkent: Fan va texnologiya
nashriyoti.