Mualliflar

  • Xudaybergenova Gulmira Komiljon qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.96312

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: Bola farzand ota-ona xulq-atvor munosabat muloqot rivojlanish emotsional xolding o’sish.

Annotasiya

ANNATATSIYA: Onalik va otalik psixologiyasi oilaviy munosabatlarning eng 
ta’sirli,  jozibali  va  muhim  bo‘lagi  –  bu  ona-bola  munosabatlaridir.  Ularning 
muhimligi shundaki, ayni dastlabki muloqot va mehrli munosabatlar bolaning keyingi 
psixik va aqliy taraqqiyotini hamda onaning xulq-atvorini shakllantiradi.  


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_4-to’plam_May-2025

108

ISSN:3030-3613

OTA-ONALARNING PSIXOLOGIK BILIMLARINI OSHIRISHNING

USTUVOR VAZIFALARI

Xudaybergenova Gulmira Komiljon qizi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ellikqaʼla tumani

Boʻston shahri 61 umumiy oʻrta taʼlim

maktabi amaliyotchi psixologi

ANNATATSIYA

:

Onalik va otalik psixologiyasi oilaviy munosabatlarning eng

ta’sirli, jozibali va muhim bo‘lagi – bu ona-bola munosabatlaridir. Ularning
muhimligi shundaki, ayni dastlabki muloqot va mehrli munosabatlar bolaning keyingi
psixik va aqliy taraqqiyotini hamda onaning xulq-atvorini shakllantiradi.

Kalit so’zlar:

Bola, farzand, ota-ona, xulq-atvor, munosabat, muloqot,

rivojlanish, emotsional, xolding, o’sish.

KIRISH

Bola tug‘ilishining dastlabki onlarida ona va bola o‘zaro hissan va psixologik

jihatdan bog‘langan bo‘lib, ikkalasi bir tan, bir vujud hisoblanadi. Shu bois ularning
munosabatlarida simbiotiklik (bir xillik, qo‘shilib ketganlik, yaxlitlik) bo‘ladi. Bola
ulg‘ayib, katta bo‘lgani sari ular o‘rtasidagi masofa, psixologik distantsiya ortib
boraveradi, simbioz munosabatlar aqliy-kognitiv munosabatlar shaklidagi psixologik
aloqalarga aylanib ketaveradi.

Chaqaloqning jismoniy o‘sishi va rivojlanishi tabiiyki, onaning g‘amxo‘rligiga

bevosita bog‘liq. Shunisi muhimki, bola uchun har qanday g‘amxo‘r va mehribon
inson unga ona o‘rnini bosishi mumkin. Lekin kimningdir doimiy g‘amxo‘rligi, ya’ni,
mehribon insonning – “ob’yekt”ning doimiyligi bola rivojlanishi uchun o‘ta muhim
hisoblanadi. Bola bir yoshga to‘lguncha bo‘lgan davri noverbal muloqot davri
hisoblanib, undagi barcha o‘zgarishlar onasi yoki yaqinlari bilan bo‘ladigan
emotsional, bevosita munosabatlarning natijasi bo‘ladi va bora-bora muomalaga til va
tovushlar bilan bog‘liq belgilar kirib kela boshlaydi.

Onaning barcha say’i-harakatlari bu davrda bola psixik rivojlanishining

muvaffaqiyatini belgilaydi. Agar ota va ona tomonidan ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlik
doimiy va samimiylik kasb etsa, bu E.Erikson ta’biri bilan aytganda, “mutloq ishonch”
(bazalьnoe doverie)ga asos bo‘ladi. Ya’ni, haqiqiy, g‘amxo‘r ona bolasining ayni
paytdagi barcha ehtiyojlarini qalban his etib, o‘sha zahoti qondirishga harakat qiladi,
masalan, chanqasa suv, och qolsa – ko‘krak suti, peshob qistaganda, to‘sish kabi
ishlarni o‘z vaqtida bajarib boradi. Onaning bola ehtiyojlarini shu kabi aniq bilib, o‘z
vaqtida mehr ko‘rsatishi ba’zan intuitiv tarzda kechsa, ba’zan ona o‘zini bola bilan
identifikatsiya qiladi, ya’ni, o‘zini uning o‘rniga qo‘yish orqali, uning talab-istaklarini


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_4-to’plam_May-2025

109

ISSN:3030-3613

sezganday bo‘ladi, “vujudi bilan his etadi”. Bunday his qilishlar odatda ona tomonidan
aniq anglanmaydi, lekin, tabiiiyki, onaning kechinmalari va sezishlari to‘g‘ri chiqadi.
Lekin ba’zan pediatr yoki boshqa mutaxassis bilan bolaning holati haqida
fikrlashganda ayrim hollarda o‘zining intuitiv qarorlari to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri
ekanligini anglab qoladi. Tan-vujud bilan ona va bolaning yaxlitligi o‘ziga xos hissiyot
bo‘lib, u ko‘pincha “xolding” (inglizcha “tutish”, “ushlash” so‘zidan olingan)
tajribasidan kelib chiqadi. Ya’ni, ona o‘z bolasini qo‘lida ushlab, badani badaniga
tekkanda his qiladigan kechinmalari orqali boladagi o‘zgarishlarni tuyadi, his qiladi.

Vinnikottning fikricha, “xolding” tajribasi yaxshi bo‘lmagan onalarning shaxsiy

muammolari ko‘p bo‘lib, ular bolani qo‘lida ushlaganda ham deyarli hech nimani his
etmaydilar. Ana shunday chaqaloqlarda keyinchalik ixtiyoriy psixik funktsiyalar
rivojida muayyan muammolar bo‘lishi mumkin, masalan, ixtiyoriy ravishda diqqatni
bir narsaga to‘plash, ixtiyor holda u yoki bu narsani eslab qolish, gapirish, mantiqiy
fikrlash va shunga o‘xshash.

Gapirish, nutq faoliyati bilan bog‘liq psixik funksiyalar ko‘pincha

sinxronizatsiya jarayonida shakllanadi. Bolasini suyib, uning his-kechinmalarini bilish
qobiliyatiga ega bo‘lgan ona odatda farzandining psixik rivojlanishida barcha
qiliqlarini, ulardan qanday foydalanish malakalarini orttirib boradi. Masalan, bolada
ba’zan shunday holat bo‘ladiki, unda onaga bola bilan faol kommunikativ faoliyatni
amalga oshirish noqulay bo‘ladi, go‘dak injiqlik qilib, hech narsaga ko‘nmay qoladi,
buni sezgan ona bolaga gapiravermay, jimgina toza havoda sayr qildiraversa, ma’lum
vaqt o‘tgach, farzandidagi charchoq yoki boshqa sababli paydo bo‘lgan holat o‘tib
ketadi, u yana jonlanib, onaga talpinadi, u bilan muloqotni davom ettiradi. Shuni
inobatga olmagan holatlarda kommunikativ omadsizlik (Vinnikott) sodir bo‘ladi,
buning oqibatlari psixologiyada yaxshi o‘rganilgan.

Boladagi kognitiv rivojlanish, ya’ni fikrlar tarbiyasi, dunyoqarashlarning

shakllanishiga ham onaning xulq-atvori katta ta’sir etadi. Ingliz olimlarining
kuzatishlarida (U.R. Bion) onaning har bir harakati, mimikalari bolaning tepasida
turib, unga qiladigan muomalasi, erkalashlari bora-bora bola o‘zlashtiradigan alohida
iboralar, so‘zlarda namoyon bo‘ladi. Video tasmalarda shu narsa namoyon bo‘lganki,
onaning qiliqlari tobora bolaning nutqlinutqsiz, mantiqiy-mantiqsiz harakatlariga,
ishoralariga aylanib boradi, keyinchalik bola alohida so‘zlarni talaffuz qila
boshlaganda ham beixtiyor onaning mimikalari, talaffuz uslublarini qaytaradi. Shu
tariqa onaning bevosita ishtiroki va yordamida bola dunyoni taniydi, o‘rganadi.
Olamni ona orqali bilishga imkon beruvchi psixologik holatlardan yana biri – bu
hissiy-emotsional bog‘langanlikdir.

Ingliz psixiatri Jon Boulbi tomonidan ishlab chiqilgan, turli hayotiy vaziyatlarda

onabola munosabatlarida M.Eynsvort degan olima tomonidan tekshirilgan emotsional
bog‘langanlik nazariyasi odatda yetti oylikdan keyingi bolaning onaga juda bog‘lanib


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_4-to’plam_May-2025

110

ISSN:3030-3613

qolishi va shu orqali bola uchun muhim psixologik rivojlanishlar ro‘y berishini
isbotlagan. Masalan, 12 oylikdan 18 oylikkagacha bo‘lgan bolaning onasidan 3
minutga ayirib turib qayd etilgan xulqiga qarab, olimlar hissiy bog‘langanlikning 4 xil
shaklini ajratishgan:

Ishonchli bog‘liqlik. Bola bunday sharoitda onasini ishonch bilan qidiradi,

atrofni o‘rganadi; ketib qolganini seza boshlagach, tushkunlikka tushadi, xafa bo‘ladi,
onasi qaytgach, uni zo‘r xursandchilik bilan kulib kutib oladi, onasiga talpinadi;

Chetlashuvchi bog‘liqlik. Onasi ketib qolganligini bilgach, atrofga qaraydi,

qidiradi, lekin ona qaytgach, unga talpinishi minimal bo‘lib, hattoki, teskari qarab ham
oladi, o‘yinchoqlarini o‘ynashda davom etaveradi;

Avbivalent bog‘liqlik. Onasi ketgach, go‘yoki qotib qolganday depressiyaga

tushadi, o‘ynamaydi ham atrofga qaramaydi ham, onasi qaytgach, onasiga talpinmaydi
ham, undan qochmaydi ham. Uning xafaligini ham, xursand ekanligini ham anglash
qiyin bo‘ladi;

Tartibsiz bog‘liqlik. Bolada onaga nisbatan bog‘liqlikni kuzatish qiyin, go‘yoki

bolaga barcha narsa befarqday, qiliqlarda mantiqni kuzatish mushkul. R.J.
Muxamedraximov (1998) o‘z tadqiqotlarida “Xavfsiz bog‘liqlik” atamasini ishlatadi.
Bunda ona-bola munosabatlari juda tekis, ravon, bir-biriga monand, samimiy kechadi.
Oila muhitida, yaxshi ijobiy munosabatlar doirasida kechgan bog‘liklik bilan ota-
onasiz o‘sgan yetimxonadagi bolalardagi bog‘liqlik o‘rganilganda, ayni xavfsiz
bog‘liqlik borasida ular o‘rtasida katta tafovut borligi isbotlangan. Shunday qilib,
onaning bolani normal psixik taraqqiyotida roli ulkan. Bu ta’sir bolaning
chaqaloqlikdan keyingi davrlarida ham o‘z kuchini saqlab qoladi.

XULOSA

Onalik xulq-atvorining shakllanishi olimlar ontogenetik taraqqiyot davrida

yaxshi ona bo‘lishga sabab bo‘luvchi qator omillar qatorida qiz bolaning o‘z onasi
bilan yoshligidan boshidan kechirgan muloqot tajribasini, oilasida onaga va onalikka
munosabat xususiyatlarini, o‘z oilasida kichkina bolalar bilan muloqot tajribasi
borligini inobatga oladilar. Bu jarayonda qizchaning ona tomonidan qanday
tarbiyalanganligidan tashqari, muayyan madaniy manbalar bilan tanishligi ham katta
ahamiyat kasb etadi. Masalan, onasidan qanday ertaklar eshitgani yoki qanday
o‘yinchoqlar o‘ynagani bevosita uning kelajakda qanday ona bo‘lishiga ta’sir etadi.
Masalan, yoshligidan mehribon ona haqida eshitganlarini, ertak holida bo‘lsa ham
yovuz kampirlar, yalmog‘iz ayollar, o‘gay onalar haqida eshitganlari bilan to‘g‘ri
solishtirish tajribasi bor qiz o‘zining istiqboldagi harakatining yo‘nalishini belgilab
olishi mumkin. Yoki qo‘g‘irchoqlarni erkalatishi, onasiday g‘amxo‘rlik qilishi ham
ijobiy tajriba, lekin ming afsuski, hozirgi paytda ishlab chiqarilayotgan “barbi” kabi
qo‘g‘irchoqlar qizchalarda onalikni emas, ko‘proq ayollik fazilatlarini, oliftachilikni


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_4-to’plam_May-2025

111

ISSN:3030-3613

tarbiyalaydi. Zamonaviy ertaklarning ayrimlarida ham tarbiyaga zid keladigan
syujetlar ko‘p.

“Zumrad va Qimmat” ertaklarini ham agar ona to‘g‘ri sharhlamasa, bola ongida

noto‘g‘ri tasavvurlar shakllanib qolishi, o‘gay onaning albatta johil, otaning hamisha
bo‘ysunuvchanligi to‘g‘risidagi chalkash tushunchalar paydo bo‘lishi mumkin.
Onadagi tug‘ruqdan keyingi depressiya – chaqaloq tug‘ilgandan keyinoq ayrim
onalarda paydo bo‘ladigan ruhiy holat. Bu o‘ziga xos xastalik bo‘lib, uning oldini olish
uchun ko‘p harakatlar qilinmoqda, chunki bunda ham psixologik omillarning roli
katta. Kuzatishlarning ko‘rsatishicha, agar oilada er-xotin munosabatlari yaxshi
bo‘lmasa, otaning bolaga e’tibori yetarli bo‘lmagan vaziyatlarda, onaga amaliy hamda
moliyaviy ko‘mak berish yo‘lga qo‘yilmagan bo‘lsa, shu kabi qiyinchiliklar onada
depressiyani hosil qiladi.

ADABIYOTLAR RO’YXATI:

1.

Рахматуллаева, П. М., & Маҳкамова, М. А. (2022). ЁШЛАР ТАЪЛИМ
СИФАТИНИ ОШИРИШДА МОТИВАЦИЯНИНГ ФРНИ ЁХУД УЛКАН
МАҚСАДЛАР САРИ ДАСТЛАБКИ ҚАДАМ. Central Asian Research Journal
for Interdisciplinary Studies (CARJIS), (Special Issue 1), 160-163.

2.

Rahmatullayeva, M., Rashidova, G., & Karakulova, U. (2023). XXI ASRDA
PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR VA PEDAGOGIK MAHORAT. Журнал
Педагогики и психологии в современном образовании, 3(1).

3.

Rahmatullayeva, M. (2021). XALQ PЕDAGOGIKASIDA TA'LIM VA
TARBIYA MASALARI. Журнал Педагогики и психологии в современном
образовании, 1(4).

4.

Abdulla, S., & Abduvakilovna, K. U. (2022). AXBOROT SAVODXONLIGI VA
AXBOROT IZLASH XULQ-ATVORIDAGI PSIXOLOGIK OMILLAR.
International Journal of Contemporary Scientific and Technical Research, 586-589.

5.

Rahmatullayeva, M., Umida, K., & Gulnoza, R. (2023). BOSHQARUV
PSIXOLOGIYASI VA BU BORADAGI ILMIY YONDASHUVLAR. Журнал
Педагогики и психологии в современном образовании, 3(1).

6.

Karakulova, U., Rashidova, G., & Raxmatullayeva, M. (2023). DEVIANT XULQ-
ATVOR RIVOJLANISHIDA OILAVIY MUNOSABATLARNING TA’SIRI.
Журнал Педагогики и психологии в современном образовании, 3(1).

Bibliografik manbalar

ADABIYOTLAR RO’YXATI:

Рахматуллаева, П. М., & Маҳкамова, М. А. (2022). ЁШЛАР ТАЪЛИМ

СИФАТИНИ ОШИРИШДА МОТИВАЦИЯНИНГ ФРНИ ЁХУД УЛКАН

МАҚСАДЛАР САРИ ДАСТЛАБКИ ҚАДАМ. Central Asian Research Journal

for Interdisciplinary Studies (CARJIS), (Special Issue 1), 160-163.

Rahmatullayeva, M., Rashidova, G., & Karakulova, U. (2023). XXI ASRDA

PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR VA PEDAGOGIK MAHORAT. Журнал

Педагогики и психологии в современном образовании, 3(1).

Rahmatullayeva, M. (2021). XALQ PЕDAGOGIKASIDA TA'LIM VA

TARBIYA MASALARI. Журнал Педагогики и психологии в современном

образовании, 1(4).

Abdulla, S., & Abduvakilovna, K. U. (2022). AXBOROT SAVODXONLIGI VA

AXBOROT IZLASH XULQ-ATVORIDAGI PSIXOLOGIK OMILLAR.

International Journal of Contemporary Scientific and Technical Research, 586-589.

Rahmatullayeva, M., Umida, K., & Gulnoza, R. (2023). BOSHQARUV

PSIXOLOGIYASI VA BU BORADAGI ILMIY YONDASHUVLAR. Журнал

Педагогики и психологии в современном образовании, 3(1).

Karakulova, U., Rashidova, G., & Raxmatullayeva, M. (2023). DEVIANT XULQ-

ATVOR RIVOJLANISHIDA OILAVIY MUNOSABATLARNING TA’SIRI.

Журнал Педагогики и психологии в современном образовании, 3(1).