T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
61-son_4-to’plam_May-2025
93
ISSN:3030-3613
MAKTAB O’QUVCHILARIDA TAJOVVUZKOR XULQ-ATVORNING
NAMOYON BO’LISHI VA BARTARAF ETISH USULLARI
Umarova Shoira Abdukarim qizi
Surxondaryo viloyati Denov tumani
107-maktab amaliyotchi psixologi
Annotatsiya:
Agressiya boshqa tirik jonzotga u buni istamagan vaziyatda
haqorat yoki ziyon yetkazishni maqsad qilib qo‘ygan xulq-atvorning har qanday
shakli.Agressiya termini ko‘p hollarda g ‘azab kabi negativ (salbiy) his-tuyg‘ular
bilan, haqorat qilish va ziyon yetkazish kabi motivlar bilan, hatto negativ ko‘rsatmalar
sirasiga kiruvchi irqiy va etnik xurofot bilan assotsiatsiyalanadi. Bu omillar natijasi
zarar yetkazish bo'lgan xulq-atvorda albatta muhim rol o‘ynashiga qaramay, ular
bunday harakatlar uchun asos boʻla olmaydi. G‘azab boshqalarga tajovuz qilish
uchun aslo zaruriy shart bo‘lib hisoblanmaydi, boshqacha qilib aytganda, ayrim
holatlarda agressiya o‘ta sovuqqonlik holatida yuzaga kelishi mumkin bolgani kabi,
o‘ta kuchli hayajon holatida ham paydo bo‘lishi mumkin. Shuningdek,
agressorlarning ular tajovuz qilayotgan shaxslardan nafratlanishlari yoki ularni
yoqtirishlari umuman shart emas. Ko‘pchilik odamlar o‘zlari yoqtirgan insonlarga
zulm o'tkazadilar.
Kalit so'zlar:
tajovuz, tajovuzkor, zarar, g'azab, xulq-atvor, bosqinchi, zulm,
haqorat, hujum, stress, mojaro, harakatlar.
KIRISH
Inson agressiyasi ko‘rinishlarining turli-tuman va tubsizligidan kelib chiqib,
mazkur xulq-atvorni o‘rganishda D.Bass tomonidan taklif etilgan konseptual ramkalar
bilan chegaralanish juda foydali ekanligi ayon bo‘ldi. Uning fikricha, agressiv
harakatlarni uchta shkalaga asoslangan holda tasvirlash mumkin: jismoniy Verbal,
aktiv-passiv va to‘g‘ri-egri. Ularning kombinatsiyalari sakkizta ehtimolga yaqin
kategoriyalarni berib, ko‘plab agressiv harakatlarni ular asosida tushuntirish mumkin.
Masalan, bir kishining ikkinchisi ustidan otib, pichoqlab yoki kaltaklab zo‘ravonlik
qilishi ham jismoniy, ham aktiv, ham to‘g‘ri shkala sifatida kvalifikatsiyalanishi
mumkin.
Afsuski, ayrim oilalarda o‘z otasi yoki onasining mehr-oqibatidan bebahra
o‘sayotgan bolalar ham yo‘q emas. Ba’zi oilalarda esa ota-ona va farzand o'rtasidagi
o‘zaro munosabatlarning ijobiy psixologik iqlimda emasligi achinarli holdir, albatta.
Aksariyat ota-onalar o‘z farzandlarini tarbiyaga chaqirishda g‘amxo‘rlik, mehribonlik,
sabr-toqat, mehr kabi xislatlar bilan yondashish o‘rniga, kuch bilan, ayniqsa jismoniy
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
61-son_4-to’plam_May-2025
94
ISSN:3030-3613
jazo usuli bilan ta’sir o'tkazadilar. O‘z navbatida bu kabi xattiharakatlar bolalarda
agressiv xulq-atvorning shakllanishiga zamin bo‘ladi.
ADABIYOTLAR TAHLILI
VA METODLAR
Tadqiqot jarayonida maktab o’quvchilarida agressiv xulq-atvorning namoyon
bo’lishi va uni bartaraf etish mexanizmlari haqida fikrlar tahlil qilindi. Маерс Д. ning
“Изучаем социальную психологию” nomli o’quv qo’llanmasi metodologik manba
bo’lib belgilandi. Shu bilan birga Sh.M. Mirziyoyevning asarlaridan keng foydalanildi.
Mazkur maqolani tahlil qilish jarayonida ilmiy bilishning mantiqiylik,
tarixiylik, izchillik va obyektivlik usullaridan keng foydalanildi.
MUHOKAMA VA
NATIJALAR
Bugungi kunda agressiv xarakterli bolalar maktab o’quvchilari orasida soni
ortib borayotganligi psixologiyadagi dolzarb muammolar qatoridan joy egallashiga
sabab bo‘ldi. Maktab bolalarida agressiv xatti-harakatlarning vujudga kelishi
murakkab va ko‘pqirrali jarayon bo‘lib, unga ko‘pgina omillar o‘z ta’sirini o‘tkazadi.
Agressiv xatti-harakatlar oilada, tengdoshlar guruhida, oilaviy axborot vositasi
ta’sirida shakllanishi aniqlangan.
Maktab bolalarida agressiv xatti-harakat namunalarini quyidagi uch asosiy
manbaga asoslanib to'playdi:
1.
Nosog’lom oila muhiti. Ba’zi oilalarda ota-ona bilan farzand o‘rtasidagi
munosabatning ijobiy psixologik iqlimda emasligi, farzandlar o'rtasidagi
kelishmovchiliklar, oiladagi mojarolar, nizolar, oilaviy hamohanglikning mavjud
emasligi bolalarda agressiv xulq-atvorning shakllanishiga olib keladi. Bolalardagi
agressivlikning namoyon bo'lishi oilaviy muhitning ta’sir darajasiga bog'liq
hisoblanadi.
2.
Tengdoshlar guruhi. Bolalar oiladan tashqarida o‘z tengqurlari,
sinfdoshlari bilan bo'lgan munosabatda ham agressiv xatti-harakatlarni o‘zlariga
singdiradilar. Ko‘pgina hollarda bolalar tengdosh do’stlarining xatti-harakatlarini
kuzatgan tarzda o‘zlarini agressiv tutishga urinadilar. Haddan tashqari agressiv bolalar
esa o‘z tengdoshlari orasidan siqib chiqariladi. Bunday bolalar o‘zini xo‘rlangandek
his qilib, o‘zi kabi agressiv bolalar guruhidan joy topadilar. Bu esa muammo ustiga
muammo tug‘dirmasdan qolmaydi.
3.
Ommaviy axborot vositalari — bugungi kunda bolalarning agressivligini
kuchaytirishga ta’sir etayotgan eng kuchli quroldir, degan fikr keyingi paytlarda
ko'pchilik tomonidan e’tirof etilmoqda. Shu o‘rinda oynai jahon orqali namoyish
etiláyotgan turli jangari filmlar, ko‘rsatuvlar ham bolalarda agressiv xususiyatlarning
tarkib topishiga ta’sir qilayotganligi mutaxassislar tomonidan qayd etilmoqda. Bu
borada internetning ta’siri ham o'ziga xosligi inkor etib bo'lmas haqiqatdir. Maktab
bolalari internet orqali o‘zining yosh va psixologik xususiyatlariga mos kelmaydigan
ma’lumotlar bilan tanishmoqda, jangarilikni, agressiyani targ'ib etuvchi,
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
61-son_4-to’plam_May-2025
95
ISSN:3030-3613
shakllantiruvchi turli xil o'yinlarni o‘ynash orqali o'zlarining ongosti sohasida agressiv
xulqning shakllanishiga sabab bo‘lmoqdalar.
Bir qator psixologlarning ta’kidlashicha, oiladagi iqlim, ota-ona o‘rtasidagi
o‘zaro munosabatlar, ota-ona bilan farzand o‘rtasidagi munosabatlar, oilaviy
hamohanglik yoki aksincha kelisha olmaslik, opa-singillar, aka-ukalar bilan yaqinlik
darajasi, farzand tomonidan qilingan noto‘g‘ri, yanglish xatti harakatlarga nisbatan
ota-onaning agressiv reaksiyasi — oilada shakllanib kelayotgan agressiv
xattiharakatlarini kuchaytiruvchi yoki susaytiruvchi omillar hisoblanadi.
Maktab o’quvchilari orasida agressiv hulq-atvorning bartaraf etishda, avvalo
shu narsa ko’zga tashlanadiki har qanday holatda ham bolalarni be’etibor qoldirish
kerak emas, ayniqsa maktab o’quvchilarini, o’smir yoshlarni, chunki ular huddi endi
o’sib kelayotgan novda kabidir. Uni qaysi tomonga shakllantirsa shunday shakllanib
boradi.
O’quvchilarda agressiv hulq-atvorni yo’qotish yoki oldini olishdagi birinchi
mexanizm bu ota-oan va maktab va o’qituvchi orasidagi to’g’ri yo’lga qo’yilgan
aloqalar mexanizmidir. Bu mexanizm yo’lga qo’yilsa bolalar hech bir vaqt o’zlari
bee’tibor qolishmaydi.keyingi mexanizm bu – sog’lom muhit mexanizmi. Bunda
oiladagi muhit sog’lom bo’lishi kerak, bolalar bo’sh vaqtida nima bilan band,
o’rtoqlari kim, vaqtini kim bilan nimlarga sarflayabdi, internetdan nimalar uchun
foydalanyabdi kabi savollarga oilad faqatgina sog’lom muhit tarsi mavjud
bo’lgandagina ota-onalarimiz javob topa olishadi.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, tadqiqotlar natijasiga ko‘ra yana bir tendensiya
ko'zga tashlanadiki, agressivligi yuqori bo‘lgan o‘smirlar ko‘p hollarda ekstremal
ravishda o‘z-o‘zini juda yuqori yoki juda past baholash xususiyatiga ega. Noagressiv
bolalarga esa o‘zini adekvat baholash xarakterlidir.
ADABIYOTLAR RO‘YXATI (REFERENCES)
1.
Маерс Д. Изучаем социальную психологию. — М.: 2009.
2.
Мокчанцев Р., Мокчанцева А. Социальная психология. Издательства:
Сибирское соглашение, Инфра. — М.: 2001.
3.
Семечкин Н.И. Социальная психология на рубеже: история, теория,
исследования. — М.: 2001
4.
PULATOV SH.N. XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Hindistondagi
ijtimoiysiyosiy vaziyat. Academic Research In Educational Sciences. Volume 1.
2020 468474 P.
5.
Po‘latov, Sh.N., Rabindranat Tagorning Hindiston ilm-ma’rifatga qo‘shgan
хissasi.// “SCIENCE AND EDUCATION” Scientific journal Volume 1, Special
issue 2020 136-144 P. 6. Po‘latov, Sh.N., Hindistonda pedagogik ta’limning
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
61-son_4-to’plam_May-2025
96
ISSN:3030-3613
rivojlanish bosqichlari. //“SCIENCE AND EDUCATION” Scientific journal
Volume 1, Special issue 2020 21-27 P.
6.
Jurayev SH.S., Abu Ali ibn Sinoning falsafiy qarashlarida baxt-saodat masalasi //
Academic Research in Educational Sciences, 2 (Special Issue 1), 395-401 P.
7.
Saidov S.A., Ibn al-Muqaffaning islom tarjima san’atiga qo‘shgan hissasi. //
“Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences”
Scientific journal Volume 1, 2021. 332-336 P.
8.
Sulaymonov, J. Abdurahmon ibn Xaldunning tamaddun taraqqiyoti haqidagi
qarashlarida jamiyat tahlili
//Academic Research in Educational Sciences,
Vol. 2
Special Issue 1, 2021. 451-455 R.