Mualliflar

  • Nazarova Ruxsora Akramovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.96327

Kalit so‘zlar:

Kalit so'zlar: psixologik o’zgarishlar psixologiya internet metodlar interaktiv o'quv usullari.

Annotasiya

  
Annotatsiya:Ushbu  maqolada  maktab  o'quvchilari  psixologiyasi, 
o'quvchilarning o'zini tushunish va boshqarishda yordam beradigan bir nechta metodlar 
va ularning vazifalari haqida ma'lumotlar berilgan.  


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_4-to’plam_May-2025

37

ISSN:3030-3613

O'QUVCHILARNING PSIXOLOGIK HOLATLARINI O'RGANISH,OʻZINI

ANGLASH KOʻNIKMALARINI SHAKLLANTIRISH

Nazarova Ruxsora Akramovna

Toshkent viloyati Piskent tumani 19- umumiy

o'rta ta'lim maktabi amaliyotchi psixologi

Annotatsiya:

Ushbu

maqolada

maktab

o'quvchilari

psixologiyasi,

o'quvchilarning o'zini tushunish va boshqarishda yordam beradigan bir nechta metodlar
va ularning vazifalari haqida ma'lumotlar berilgan.

Kalit so'zlar:

psixologik o’zgarishlar, psixologiya, internet, metodlar, interaktiv

o'quv usullari.

KIRISH

Maktab o'quvchilari psixologiyasida muhim mavzulardan biri o'quvchi

motivatsiyasi va maqsadga yo'naltirishdir. O'quvchilar motivatsiyalari bilan bog'liq
bo'lib, ularga maqsadlarini qo'ymoq, o'z o'zlarini rag'batlantirish va o'zlarini qat'iy vaqt
ichida amalga oshirish yordam berish zarur. Raqamli dunyoda, internet, mobil ilovalar
va onlayn ta'lim platformalari, o'quvchilar uchun yangi imkoniyatlar va muammolar
yaratadi. Maktab o'quvchilari psixologlari, o'quvchilar va ularning ota-onalari bilan
birgalikda, raqamli boyliklardan foydalanishda hisobga olinadigan o'zgarishlarni tahlil
qilish, ularga maqsadlarini qo'ymoq va motivatsiyalarini oshirishga yordam
berishadi.Boshqa bir muhim mavzu, o'quvchilar orasidagi aloqalar va tashvishlar
bo'yicha psixologik yordam berishdir.

O'quvchilar o'rtasidagi munosabatlarning salomatligi, bullying, stress,

hamjihatlik va qaramoqchilik kabi muammolar haqida qiziqishlarini tahlil qilish, ularni
hal qilish va yechish yo'llarini topish psixologlar uchun muhimdir. Raqamli dunyoda,
o'quvchilar orasidagi aloqalar va tashvishlar, internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng
tarqalganligi uchun, psixologlar o'quvchilar va otaonalariga qo'mita qilib, ularning
ma'lumotli internet ishlari, tarmoq munosabatlari va xavfsizlik masalalarida
o'quvchilarga yordam berishadi.Maktab o'quvchilari psixologiyasi, o'quvchilarning
o'zini tushunish va boshqarishda yordam beradigan bir nechta metoddan foydalanadi.
Bu metodlar o'quvchilar bilimlarini oshirish, hissiyotlarini ifodalash, stressni
kamaytirish va o'zlarini rivojlantirishni o'z ichiga oladi. Raqamli dunyoda, interaktiv
o'quv usullari, o'quvchi o'z-o'zini boshqarishni oshirish, o'quv jarayonini yanada
qiziqarli va samarali qilish imkonini beradi. Psixologlar va o'qituvchilar, ma'naviy-
kelajak psixologiyasi, kognitiv-raqamli psixologiya va virtual mexanika kabi sohalar
bo'yicha yangiliklarga bo'lgan e'tiborlarini saqlab qolishadi.Barcha qo'llanmalar va
davomiy ta'lim o'quvchilarga yordam berishda muhim ahamiyatga ega bo'ladi.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_4-to’plam_May-2025

38

ISSN:3030-3613

Psixologlar va o'qituvchilar, o'quvchilarning potensialini egallash uchun birinchi
bo'lib, ularga o'zlarini o'rganish, o'zaro hamkorlik qilish va ma'naviy rivojlanishni
ta'minlash imkonini beradigan usullarni qo'llab-quvvatlaydigan qo'llanmalarni amalga
oshirishadi.Umuman olganda, maktab o'quvchilari psixologiyasi, o'quvchilarning
o'zgaruvchan va raqamli dunyoda psixologik boyliklarga qanday munosabat qilish
kerakligini o'rganishga yordam beradi.

Shaxsning barcha psixik ko’rinishlari uning hayoti davomida shakllanib boradi.

Insonning individual–psixologik xususiyatlari deyilganda qobiliyatlar, temperament,
xarakter, emotsiyalar, motivatsion doiralar tushuniladi. Bu psixologik xususiyatlar
ajralmas tarzda mavjud bo’lib o’zaro bog’liq, shartlangan, inson faoliyatida bir–biriga
birikib ketadi. Kishilarning individual xususiyatlarini hisobga olgan xolda va ular
haqidagi bilimlar amaliy hayotda qo’llanilishi katta ahamiyatga ega bo’lib, ijtimoiy
faoliyat va qobiliyatlarni to’liq rivoj topishida muhim rol o’ynaydi.Tarixiy jarayonning
ayni bir vaqtda ham mahsuli, ham sub’ekti bo’lgan inson shaxsi ijtimoiy tuzilishi bilan
yonma–yon joylashayotgan va teng huquqga ega bo’lgan biologik to’zilishni saqlab
qola olmaydi. Individ rivojlanishining tabiiy sharoitlari, uning jismoniy tuzilishi nerv
va ichki sekretsiya bezlari sistemasi, jismoniy tuzilishidagi afzalliklari va nuqsonlari
uning individual–psixologik xususiyatlari shakllanishiga ta’sir ko’rsatadi. Lekin
biologik omillar kishi shaxsining tarkibiga singib ijtimoiy omilga aylanib qoladi va
keyinchalik ijtimoiy shaklda mavjud bo’ladi. Shaxs shakllanishida uning ijtimoiy va
tabiiy xislatlari birlikni tashkil etadi va shaxsning mustaqil kichik tuzilishi sifatida bir–
biriga o’zidan o’zi qarshi qo’yilmaydi.

Psixologiyada shaxsda ikki omil biologik va ijtimoiy omillar ta’sirida

shakllangan ikkita asosiy kichik struktura mavjudligini ta’kidlaydigan nazariya
sezilarli o’rin egallaydi.

Inson shaxsning o’zi «endopsixik» va «ekzopsixil» tuzilishga ega, degan fikr

ilgari surildi. Shaxs tuzilishining kichik strukturasi sifatidagi «endopsixik» to’zilish
bamisoli kishining nerv–psixik to’zilishga o’xshash bo’lgan inson shaxsining ichki
mexanizmi kabi psixik qismlar va funktsiyalarning o’zaro ichki bog’liqligini ifoda
etadi. «Ekzopsixika»ning tashqi muhitga munosabati bilan, ya’ni shaxs qanday
bo’lmasin, baribir munosabatga kirishishi mumkin bo’lgan va shaxsga qarama–qarshi
turadigan to’zilishlarning barchasiga munosabati bilan belgilanadi. «Endopsixika»
moyillik, xotira tafakkur va hayol xususiyatlari, irodaviy zo’r berish, tashqi ta’sirlarga
beriluvchanlik kabi boshqa xislatlarni, «ekzopsixika» esa kishi munosabatlari
sistemasini va uning tajribasini, ya’ni uning qiziqishlarini, ideallarini, moyilliklarini,
ustun darajadagi his–tuyg’ularini, shakllangan bilimlari va boshqa belgilarini o’z
ichiga oladi. Tabiiy asosdagi «endopsixika» ijtimoiy omil bilan belgilanadi,
«ekzopsixika» esa biologik jihat bilan bog’liqdir. Shaxsning shakllanishida biologik va
ijtimoiy omillarning ahamiyatini bir qancha psixologlar ilmiy ishlarida izchil


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_4-to’plam_May-2025

39

ISSN:3030-3613

o’rgangan bo’lib, ulardan bir qanchalarining fikr va qarashlarini keltiramiz. Amerikalik
ruhshunos S.Xoll

Gekkelning evolyutsiya qonuniyatini psixologiyaga ko’chirdi. Uning fikriga

ko’ra, «irsiyat» filogenezni onogenezda takrorlaydi. Olimning talqinicha, go’daklik
hayvonlarga xos rivojlanish pallasidan boshqa narsa emas, bolalik esa asosiy
mashg’uloti ovchilik va baliqchilik bo’lgan qadimgi kishilarning davriga aynan mos
keladi. 8-12 yoshlardagi o’sish davri yovvoyilikning oxiri va tsivilizatsiyaning
boshlanishiga teng. O’spirinlik esa jinsiy yetilishdan boshlanib yetuklik davrigacha
romantizmga barobardir. Shveytsariyalik psixolog E.Klapared S.Xolldan farqli
ravishda, ontegenez va filogenezda shaxs psixik funktsiyasini o’rganish uchun
quyidagi holatlarga ahamiyat beradi: a) organizm ehtiyojini qondirish; b) reflektor
harakat to’siqqa duch kelsa, ongli harakat vujudga keladi; v) unga nisbatan ehtiyoj
sezsa, unda ma’lum faoliyat turiga yo’naltiriladi. Frantsuz psixologi E.Dyurkgeym
o’sish–

kishilarning his–tuyg’usini o’zlashtirish ekanini, shu tufayli, idrok qilingan

tashqi fikrlar va emotsiyalar bolaning ruhiy faoliyatini ifodalanishini, bola tajriba,
an’ana, urf– odatlarni taqlid orqali egallashini, biologiyada irsiyat qanchalik ahamiyatli
bo’lsa, taqlid ham jamiyatda shunday o’rin tutishini uqtiradi. Shveytsariyalik psixolog
J.Piaje insonning kamol topishini bir necha davrlarga ajratib o’rganishi tavsiya etadi:

1.

Bola–tashqi muhit–ma’lumotlarni qayta ishlash.

2.

Tafakkur:

a)

ijtimoiy davrgacha;

b)

ijtimoiy davr.

a)

operatsional davrgacha 2–7 yosh;

v) yaqqol operatsiyalar davri 8–12;
g) rasman, formal operatsiya davri – 12–15 yoshgacha.

Shaxsning ekstrovert va introvert xususiyatlari shvetsariyalik medik va psixolog

Karl Gustav Yung tomonidan 1923-yilda asoslab berilgan. Hozirgi kunga kelib
psixologiya fanida shaxsning iqtidor xususiyatlari, qobiliyatlarini aniqlash uchun
Kettel, Spirmen, Bine, Ayzenk, Raven va boshqa testlardan foydalaniladi. Qiziqish
biron-bir sohada to`g`ri yordam beradigan motivdir. Individ uchun qiziqish, sub’ektiv
tarzda olganda, bilish jarayoni tusini kashf etadigan ijobiy xissiy ohangda, ob’ekt bilan
chuqurroq tanishishga, u haqda ko`proq bilish, uni anglab yetishga bo`lgan istakda
namoyon bo`ladi. Qiziqishlar bilishning doimiy qo`zg`atuvchi mexanizmi sifatida
namoyon bo`ladi. Qiziqishlar mazmuniga, maqsadlariga, miqyosiga va barqarorligiga
ko`ra tasnif qilinishi mumkin. Kishidan ko`proq nimaga qiziqish paydo bo`lishi va
uning bilish ehtiyojlari ob’ektning ijtimoiy qimmati psixologik jihatdan muhim
ahamiyatga ega. Maktabning eng muhim vazifalaridan biri - o`smirlik yoki yoshlarning
faol bilish va mehnat faoliyatiga rag`batlantiradigan va maktabdan tashqari ham


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_4-to’plam_May-2025

40

ISSN:3030-3613

saqlanib qolishi mumkin bo`lgan jiddiy va sermazmun qiziqishlarini uyg`otishdan
iboratdir. Qiziqishlar o`zining kengligi bo`yicha ham farq qiladi. bir xil odamlarda
qiziqishlar bir sohaga qaratilgan bo`lishi mumkin, boshqalarda esa barqaror
ahamiyatga ega bo`lgan ko`plab ob’ektlarga bo`lingan bo`ladi. Shaxsning
ko`ngildagidek rivojlanishi, ko’zatishlar ko`rsatilganidek, qiziqishlar miqyosining tor
emas, aksincha keng bo`lishini taqozo etadi.

E’tiqod shaxsni o`z qarashlariga, printsiplariga, dunyoqarashiga muvofiq tarzda

ish ko`rishga da’vat etadigan motivlar tizimidir. E’tiqod shaklida namoyon bo`ladigan
ehtiyojlarning mazmuni-bu tabiat, tevarakatrofdagi olam to`g`risidagi bilimlar va
ularning muayyan tarzdagi tushunilishi demakdir. Bu bilimlar nuqtai nazarlar (falsafiy,
estetik, ahloqiy, tabiiy-ilmiy va hokazolar)ning tartibga solingan va ichki uyushgan
tizimini tashkil etgan taqdirda kishining dunyoqarashi sifatida talqin qilinishi mumkin.
Dunyoqarash sinfiy xarakterga ega. Kishining fikrlari va g`oyalari, printsiplari uning
butun hayoti mazmuni bilan, uning qarashlari tizimiga zarur tarkibiy qismi sifatida
kirgan bo`ladi, kishi uchun alohida shaxsiy mohiyat kasb etadi va shuning uchun ham
u bu fikrlar va printsiplarni qaror topshirishga, ularni himoya qilishga, ularni boshqa
odamlar ham ma’qul ko`rishlariga erishish uchun qat’iyan ehtiyoj sezadi.

Psixologiyada shaxsning yo`l-yo`riqlari uning u yoki bu ehtiyoji qondirilishiga

yordam berishi mumkin bo`lgan faoliyatga tayyorligining, moyilligining o`zi
tomonidan

anglanilmaydigan

holatini

belgilaydi.

Masalan:

birinchi

sinf

o`quvchilarining muallimaga nisbatan uning har qanday hatti-harakatlariga, shu
jumladan biron bir boshqa kishida namoyon bo`lganida bolalarning qarshi harakatini
qo`zg`atishi mumkin bo`lgan hattiharakatlariga nisbatan ham hech qanday tanqidiy
yondashish bo`lmaydi. O`z“Men”ining mavjudligini his qilish shaxsning hali
chaqaloqligi paytidayoq boshlanadigan va o’zoq davom etadigan hamda sobiq ittifoq
psixologi I.S.Kon “Men”ning kashf etilishi” deb juda o`rinli atagan shakllanish
jarayonining sezgirligi undan tashqaridagi buyumlar tufayli hosil bo`ladigan
sezgilardan farqini anglay boshlaydi. So`ngra 2-3 yoshida bola buyumlar bilan o`z
xususiy harakatlari jarayoni va natijasida hosil bo`ladigan hursandchilikning katta
yoshdagilarning konkret harakatlaridan farqini ajratadi va kattalarga qarata: “Yo`q,
men o`zim qilaman!” deydi. U endi o`zini atrofdagi muhitdan faqat ajratib olgan holda
emas, balki o`zini boshqalarning hammasiga qarama-qarshi qo`ygan holda o`zini
birinchi marta o`zining xususiy harakatlari va hatti-harakatlari sub’ekti sifatida anglay
boshlaydi. Bolalarda bog`cha bilan maktabga borishi oralig`ida va boshlang`ich
sinflarda katta yoshdagilar, ota-onalar va o`qituvchilar yordamida hali o`z yutuqlari va
muvaffaqiyatsizliklarining sabablarinianglab yetish darajasida o`zining psixik
xislatlariga baho bera olish imkoniyatlari paydo bo`ladi. Nihoyat o`spirinlik davrida va
yoshlik davrida ijtimoiy hayotga va mehnat faoliyatiga faol qo`shilib ketish natijasida
o`ziga ijtimoiy-ahloqiy jihatdan baho berishning kengaytirilgan tizimi shakllana


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_4-to’plam_May-2025

41

ISSN:3030-3613

boshlaydi, o`zini anglab yetish tugallanadi va “Men”ning siymosi asosan tarkib topadi.
Insonning eng yorqin xususiyatlaridan biri bu gapira olish qobiliyatidir. So’z inson
psixikasi mavjudligining muhim shartidir. Muloqotsiz jamiyat xam mavjud bo’lmaydi.
Muloqot bilish va mehnat faoliyati bilan bir qatorda inson shaxsini shakllantiruvchi
muhim faoliyat turi sifatida qaraladi. Muloqot insonga xos bo’lgan faoliyat turlaridan
biridir. Kishilar o’rtasidagi o’zaro ta’sirning muhim shakli bo’lib xisoblanadi.
Muloqot-bu kishilar o’rtasidagi aloqa. Muloqot mehnat, o’qish yoki o’yin jarayonida
kishilarning amaliy jixatdan o’zaro ta’sir etishi bilan tavsiflanadi. Birgalikda faoliyat
muloqot bo’lishini talab qiladi. Aynan birgalikdagi faoliyatda inson boshqa kishilar
bilan o’zaro ta’sirga kirishadi, ular bilan turli tuman aloqalar o’rnatadi, zarur natijaga
erishish uchun birgalikda harakat qiladi.

Bu yerda muloqot faoliyatning tarkibiy qismi sifatida namoyon bo’ladi. Muloqot

shaxsning rivojlanishida katta ahamiyatga ega,muloqotsiz shaxsning tarkib topishi
shakllanishi mumkin emas. Aynan muloqot jarayonida tajriba o’zlashtiriladi, bilmlar
to’planadi, amaliy ko’nikma va malakalar shakllanadi, e’tiqod va qarashlarga
erishiladi.

Faqat muloqot jarayonidagina ma’naviy ehtiyojlar,axloqiy siyosiy va estetik

xislar tarkib topadi va xarakter shakllanadi.

XULOSA:

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Har bir kishining shaxsi uning

individualligini vujudga keltiradigan xislatlar va fazilatlarning faqat unga xos
birikuvidan tarkib topgandir. Individuallik–kishining o’ziga xosligini, uning boshqa
odamlardan farqini aks ettiruvchi psixologik fazilatlarning yig’indisidir. Individuallik
temperament va xarakter xususiyatlarida, odamlarda ustun darajadagi qiziqishlarda,
bilish jarayonlariga oid fazilatlarda, qobiliyatlarda, faoliyatning shaxsga xos uslubi va
h.k.larda namoyon bo’ladi. Inson shaxsi o’z individualligiga ko’ra takrorlanmas.
Shaxsning individual–psixologik xususiyatlarini inobatga olish orqali u bilan muloqot
qilish shaxslararo muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari, har bir shaxsda o’ziga
xos tarzda dunyoni, odamlarni idrok qilish va tushunish qobiliyati borki, ular muloqot
jarayonida kamroq xatolarga yo’l qo’yishni ta’minlaydi. Masalan, bosiqlik,
mulohazalilik, o’zgalarning ichki dunyosini gaplari, xatti–harakatlariga qarab bilish
qobiliyati va boshqalar shular jumlasidandir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

Карандашев В.Н. Психология введение в профессию. 2- е изд - М.:
Смысл,2003[1]

2.

Nabijonova D. O`quvchilarni kasbga yo`naltirish psixologiyasi. Toshkent: 2002[2]

3.

Xaydarov F.I., Xaliliova N.I. “Umumiy psixologiya”. - Toshkent: Mumtoz so`z,
2010[3]

4.

G’oziev E.G`. Ontogenez psixologiyasi - Toshkent: Noshir , 2010.[4]


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_4-to’plam_May-2025

42

ISSN:3030-3613

5.

G’oziev E.G Psixologiya Toshkent-2019[5]

6.

www.ziyonet.uz[6]



Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

Карандашев В.Н. Психология введение в профессию. 2- е изд - М.:

Смысл,2003[1]

Nabijonova D. O`quvchilarni kasbga yo`naltirish psixologiyasi. Toshkent: 2002[2]

Xaydarov F.I., Xaliliova N.I. “Umumiy psixologiya”. - Toshkent: Mumtoz so`z,

[3]

G’oziev E.G`. Ontogenez psixologiyasi - Toshkent: Noshir , 2010.[4]

G’oziev E.G Psixologiya Toshkent-2019[5]

www.ziyonet.uz[6]