T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
61-son_5-to’plam_May-2025
224
ISSN:3030-3613
ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR VA TIL O’RTASIDAGI MUNOSABAT
Termiz davlat universiteti
Xorijiy filologiya fakulteti
1-bosqich 124-guruh talabasi
Abdurahmonova Sarvinoz
Annotatsiya:
Ushbu maqolada til hamda kompyuterning chambarchas
aloqalari, rivojlanib borayotgan soha – mashina tarjimasi haqida so’z boradi.
Shuningdek, mashina tarjimasining yutuqlari va kamchiliklari mufassil yoritilgan.
Kalit so’zlar:
Til, kompyuter, mashina tarjimasi, iboralar, globallashuv.
Abstract:
This article discusses the close relationship between language and
computers, and the emerging field of machine translation. It also discusses the
advantages and disadvantages of machine translation.
Keywords:
Language, computer, machine translation, idioms, globalization.
Til - xalq madaniyatining koʻzgusi, uning boshqa millatlar, xalqlar qatorida
mavjud ekanining asosiy belgisi. Shuningdek, til doim harakatda, u hech qachon
rivojlanishdan taraqqiyotdan to'xtamaydi. Tilning rivojlanishi uchun har bir davrda
o'ziga xos omillar asosiy rol o'ynagan. Misol uchun, 13-14-asrlarda ispan, fransuz
hamda ingliz tillarining keng tarqalishi hamda o'z so'zlashuv doirasining
kengaytirishini bosqinchilik hamda mustamlakachilik siyosatiga bog'lash mumkin.
Biroq 21-asr - axborot texnologiyalari asri. Bugungi dunyoda texnika barq sur'ati bilan
o'sib bormoqda. Xo'sh til va kompyuterning oʻzaro qanday bogʻliqligi mavjud?
Tilning eng xavfli va og'riqli nuqtasi uning o'limidir. Vaqt har bir narsani
iskanjasiga olganidek, har qanday tilga ham o'z tahdidini oʻtkazmoqchi boʻladi. Lekin
bu tahdidlar toʻriga tushib qolmaslik uchun tilga kompyuter va axborot texnologiyalari
yordam qo'lini cho'zadi. Kompyuter shunday xotiraga egaki, unga oʻrgatgan, joylagan
maʼlumotlaringiz o'zingiz uni o'chirib tashlamaguningizcha har qancha vaqtga qadar,
hatto abadiy o'z xotirasida saqlab turaveradi. Shuning uchun ham hozirgi kun tilshunos
olimlari o'z tillarining o'lim xavfini yo'qotishi uchun texnologiyalardan unumli
foydalanmoqda. Masalan, ingliz tilini har qanday tarmoq va sayt taniydi, yaʼni
ma'lumot izlasangiz, ingliz tilida xohlagan faylingizni yoxud axborotingizni chiqarib
bera oladi. Boshqa bir tomondan, kompyuter texnologiyalari va tilning oʻzaro
bog'liqligi shundaki, barq sur'ati bilan rivojlanib borayotgan mashina tarjimasi
koʻpchilik lingvistlarning, hatto oddiy qatlam vakillarining ham diqqat markazida.
Chunonchi, aksariyat insonlar mashina tarjimasining muvaffaqiyatlarini alohida
ta'kidlasa, ayrimlar uning foydasidan koʻra zararlari, ya'ni yechish amrimahol bo'lgan
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
61-son_5-to’plam_May-2025
225
ISSN:3030-3613
muammolari talaygina, deb ta'kidlaydi. Xoʻsh, aslida, mashina tarjimasining insoniyat
uchun afzal jihatlari ko'proqmi yoki noafzal?
21-asr - texnologiyalar asri ekanligini inobatga olgan holda tilning,
tarjimonlikning taraqqiyotini kompyuter texnologiyalarisiz tasavvur eta olmaymiz.
Binobarin, kompyuter lingvistikasining poydevori - tamal toshi mashina tarjimasi ham
texnologiyalarga asoslanadi. Mashina tarjimasi (Machine Translation, MT) — bu bir
tilni boshqasiga avtomatik tarzda tarjima qilish jarayonini anglatadi. Avvalo, mashina
tarjimasi haqidagi loyiha 1836-1848-yillarda ilgari surilgan va bugunga qadar 150
yildan koʻproq vaqt mobaynida juda ko'p yutuqlarga erishdi va nafaqat tilshunoslar,
balki oddiy aholi, ayniqsa til o'rganuvchilar uchun nihoyatda qimmatli manbalardan
biriga aylandi. Ommaviy axborot vositalarining rivojlanganligi sababli biz mashina
tarjimasi va uning ba’zi turlari haqida ma’lumotga egamiz hamda ularni kundalik
sharoitda foydalanamiz. Jumladan, hozirgi kunda mashina tarjimasining quyidagi
turlari hammaga ma’lum va mashhur: 1. Statik mashina tarjimasi (Rule-based Machine
Translation, RBMT) - bu tizim tilga oid qoidalar va lug‘atga asoslangan tarjimani
amalga oshiradi. Qoidalar yordamida bir tildan ikkinchisiga tarjima qilish mumkin. 2.
Statistik mashina tarjimasi (Statistical Machine Translation, SMT) - bu usul katta
hajmdagi matnlar va tarjimalar asosida statistik modellarni yaratadi va ma'lumotlarni
taqqoslashga asoslanadi. 3. Neural mashina tarjimasi (Neural Machine Translation,
NMT) - bu eng ilg‘or usul bo‘lib, neyron tarmoqlarni (sun'iy intellekt) qo‘llaydi. U
kontekstni yaxshiroq tushunish va yanada tabiiy tarjimalar yaratish imkonini beradi.
Shuni ta’kidlab o’tish joizki, mashina tarjimasining eng katta qulayligi insonlarning
qimmatbaho xazinasi - vaqtini tejaydi. Masalan, mashina tarjimasi ishlab
chiqarilganidan oldin matnlar, kitoblar mutarjimlar, yaʼni tarjimonlar vositasida
amalga oshirilgan va bu anchagina vaqtdan tashqari, ko'p mablagʻni ham talab qilgan.
Negaki, tarjimonlar sarflagan vaqti va mehnati uchun haq olgan, albatta. Biroq hozirgi
kunga kelib xohlagan tarjimon saytlaridan, xususan, Google translate saytidan bepul
foydalanish mumkin hamda u orqali istagan matnimizni istalgan tilga juda katta
tezlikda tarjima qila olamiz. Jumladan, mashina tarjimasi tarjimon hamda olimlarning
ishini ancha osonlashtirdi, chunki tarjimonlar katta fayl, kitob, darslik, qoʻllanmalarni
mashina tarjimasi yordamida juda tez, oson, eng muhimi hech qanday mablag'larsiz
tarjima qilmoqda va uning uslubiy, morfologik, leksik xatolarini tahlil qilib, vaqtdan
yutish imkoniga ham ega. Tarozining ikkinchi pallasiga nazar tashlasak, mashina
tarjimasining ham katta muammolarini koʻrishimiz mumkin. Avvalambor, mashina
tarjimasi soʻzlarni, tilning oʻziga xos uslublarini, morfologik, sintaktik xususiyatlarini
mukammal va bexato tarjima qila olmaydi. Ayniqsa, badiiy uslubga oid tashbeh,
istiora kabi san'atlarga asoslangan jumlalarni xato va tushunarsiz tarjima qiladi.
Chunonchi, mashina tarjimasining eng nozik nuqtasi - frazeologizm, ya'ni iboralar.
Ibora - mustaqil turkumlarga mansub bittadan ortiq so'zdan tarkib topgan bir butun
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
61-son_5-to’plam_May-2025
226
ISSN:3030-3613
semantik hamda grammatik birlik hisoblanadi. Ibora lug'aviy ma'no anglatish uchun
xizmat qiladi.
1
Iboralarni, idiomalarni to'g'ridan-to'g'ri tarjima qiladi va bu tarjima
foydalanish uchun yaroqsiz. Misol uchun, har qanday tarjimon sayti, hatto sunʼiy
intellektga asoslangan Chat GPT ham "when the pig fly" iborasini "choʻchqa
uchganda" deya ingliz tilidan o'zbek tiliga tarjima qilishi ayon. Vaholanki, bu iboraning
maʼnosi "hech qachon sodir bo'lmaydigan voqea-hodisa"ni bildiradi. Bundan tashqari,
polisemiya - koʻp ma'nolilik ham mashina tarjimasining nuqsonlaridan biri. Ingliz
tilida mavjud bo'lmagan, ammo o'zbek tilida keng qoʻllaniladigan "tuya hammomni
orzu qilibdi" ko'chma maʼnodagi jumlani "the camel dreamed of a bath" deya qilingan
tarjimani olishimiz mumkin. Agar inglizlar bu jumlani o'qisa, asl ma'nosini anglamaydi
va nima demoqchi ekanligimiz ular uchun qorong'u bo'lib qolaveradi.
Xulosa qilib aytganda, har qanday muammoni ham yechish mumkin. Mashina
tarjimasini ham salbiy tomonlari tufayli qoralash noto'g'ri, shunchaki bu muammolarni
hal etish filolog olimlar zimmasidagi vazifa. Ular tilda mavjud iboralarning
ekvivalentini boshqa tildagi bilan tenglashtirib, korpus tayyorlasa, mashina tarjimasi
uchun nur ustiga a'lo nur. Chunki tarjimon saytlarning bari lugʻat va baza bilan
ishlaydi. Umuman olganda, mashina tarjimasining noqulayliklarini deb yaxshi
jihatlariga ko'z yuma olmaymiz. Faqat olimlar harakatdan to'xtamasa, bas. Zero, har
qanday muvaffaqiyatning eng zo'r kaliti - bu mehnatdir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
“Lingvistik ta’limotlar tarixi”. Tanlangan asarlar. 2- jild. Abdulhamid
Nurmonov. “Sam DU” nashriyoti. Samarqand. 1990.
2.
“Practical English usage”. Martin Hewings. Oxford University Press. UK.
Oxford. 1981.
3.
“Essential Grammar in Use”. Raymond Murphy. Cambridge University Press.
UK. 2015.
1
“Lingvistik ta’limotlar tarixi”. Tanlangan asarlar. 2- jild. Abdulhamid Nurmonov. “Sam DU”
nashriyoti. Samarqand. 1990. 303 – bet.