T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
61-son_5-to’plam_May-2025
220
ISSN:3030-3613
INGLIZ TILI GRAMMATIKASIDA SIFAT DARAJALARINING O’ZIGA
XOS XUSUSIYATLARI
Termiz davlat universiteti
Xorijiy filologiya fakulteti
1-bosqich 124-guruh talabasi
ABDURAHMONOVA SARVINOZ
Annotatsiya:
Ushbu maqolada ingli tili morfologiyasida eng muhim
mavzulardan biri bo’lmish sifat darajalari lingvistik jihatdan tahlil qilinadi.
Shuningdek, daraja kategoriyalarining leksik, semantik va morfologik xususiyatlariga
alohida to’xtaladi.
Kalit so’zlar:
sifat, darajalar, affiks, artikl, lingvistik tahlil.
Abstract:
This article analyzes the linguistic aspects of adjectives, one of the
most important topics in the morphology of the English language. It also focuses on
the lexical, semantic and morphological characteristics of the categories of adjectives.
Keywords:
adjective, adjectives, affixes, articles, linguistic analysis.
Kundan kunga rivojlanish qadamlarini bosib oʻtayotgan zamonaviy dunyomizda
insonlarning boshqa chet tillarini o'rganishga bo'lgan qiziqish va ishtiyoqlari ham
yuqori pogʻonalarga koʻtarilmoqda. Butun dunyoda tan olingan mashhur yozuvchi
Chingiz Aytmatov aytganlaridek: “Til yo'qolsa, xalq ham yo’qoladi”. Shunday ekan,
har bir millatning har bir a'zosi uchun o'z tilini asrab-avaylash, unga hurmat ko'rsatish
oliy vazifadir. Binobarin, har bir millatning tili o'z adabiy koʻrinishiga hamda
grammatik kategoriyalariga ega. Jumladan, ingliz tili grammatika tizimi ham rang-
barang zamonlar zanjiri, morfologik strukturalar, sintaktik qurilmalar kabi muhim
belgilar bilan to'la. Yuqoridagilarning barchasi ingliz tilini o'rganishda muhim rol
o'ynaydi. Bunga sabab qilib, grammatikaning aniq va tushunarli qilib mazmun
ifodalashda, soʻz boyligidan to'g'ri foydalanish yoxud to'g'ri gap tuzishdagi vazifasini
ko`rsatishimiz mumkin. Misol uchun, butun jahon bo'ylab ommalashgan IELTS
tizimidagi barcha skillar: listening, reading, speaking and writinglarning asosi ham
bevosita grammatika bilan uzviy bog'liq. Agar siz sintaktik, yaʼni gap tuzilishini
oʻrganuvchi bo'lim haqida yetarlicha maʼlumotga ega bo'lsangiz, speaking va writing
skillaridagi muammolarni tez hal qila olasiz. Chunonchi, gapda soʻzlarning to'g'ri
joylashuvi, ularning leksik ma'nolari va so’z turkumlarining mos ravishda o'zaro bir-
biriga bog'lanishi kabi morfologik ma'lumotlar haqida xabardor bo'lsangiz, listening va
reading skillarini o'zlashtirishingiz “xamirdan qil sug'urganday” oson kichadi.
Morfologiya bo'limida o’z o'rniga ega bo'lgan so’z turkumlaridan biri bu - adjective
(sifat) va the degrees of adjective (sifat darajalari) hisoblanadi.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
61-son_5-to’plam_May-2025
221
ISSN:3030-3613
In English grammar, adjective – a word used with a noun to describe or point
out the person, animal, place or thing, which the noun names or to tell the number of
quantity.
1
Example: Anna is a clever girl. In sentence “clever” is an adjective which shows
what kind of girl Anna is or in other words, “clever” describes the girl Anna. Sifat
kategoriyasidagi soʻzlar biror predmet, voqea - hodisa va holatning belgi -
xususiyatlarini (ya'ni rangini, hajmini, shaklini, xarakterga xos jihatlarini, vaznini,
massasini) ifodalash uchun xizmat qiladi. Masalan: qizil olma, sabrli odam, shinam uy
kabi. In English and Uzbek grammar, an adjective is neither singular nor plural. A final
-s
is never added to an adjective. Example: I saw some beautiful pictures
✅
Beautifuls
pictures
❌
Adjectives have their own degrees called degrees of adjectives or degrees of
comparison that compare one thing or person to another. There are 3 degrees of
adjectives: positive, comperative and superlative degree in English.
1.THE POSITIVE DEGREE
- is the adjective in its simple form. It is used to
express the mere existence of some quality of what we speak about. Also it is used
when no comparison is made. Oddiy daraja – biror - bir ot oldidan kelib, qiyoslamaydi
ham, ortiq joyini ham ko'rsatmaydi. Shunchaki, otning belgi-xususiyatini aniqlab
keladi. Masalan: My bag is small or Sara is a helpful person. Oddiy daraja shakli
oldidan the aniq artikli ishlatilmaydi: My friend is clever. Ammo ba'zi oddiy
darajadagi sifatlar oldidan the kelib, ular otlashadi. Example: the poor-kambagʻallar,
the blind-ko’rlar kabi.
2
Ushbu birikmalarda poor va blind soʻzlari aslida sifat so’z
turkumiga tegishli, biroq ular otlashganligi sababli ot soʻz turkumi vazifasida kela
oladi: The unemployed want to find new jobs.--- Ishsizlar yangi ish topishni xohlaydi.
(“ unemployed”-otlashgan sifat). Shu bilan birgalikda, oldidan sifat kelgan otni
ikkinchi marotaba takrorlayotganimizda ham uning oldidan
the
aniq artiklini
qo'llashimiz mumkin: My neighbour is a rich man. The rich man likes helping others.
Qo'shimcha qilib aytganda,
not as…as - dek emas
birikmasi doimo oddiy darajada
ishlatiladi. Example: He is not as tall as me. U mendek uzun emas.
2.COMPERATIVE DEGREE
- expresses a higher degree of the quality and
also is used when more than two things are compared each other. Qiyosiy darajada
ikkita narsani bir-biri bilan taqqoslab, biri ikkinchiga qaraganda -roq ekanligini
koʻrsatamiz. Bu darajani ikki xil usul yordamida hosil qilishimiz mumkin.
1.
Agar
sifat bir bo'g'inli bo'lsa, soʻzning oxirga -er affiksi qo’shiladi. Example: longer, bigger,
1
English grammar&Composition. Wren, Martin. S. Chand & Company Ltd. New Delhi. 2018.85-
page.
2
“ Step by step”. Shahboz Toshpo’latov. Regbooks nashriyoti. Toshkent: 2020. 174-bet.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
61-son_5-to’plam_May-2025
222
ISSN:3030-3613
older and etc. Quyida
-er
qo'shimchasini to'g'ri qoʻllash uchun zarur bo'lgan
ko'rsatmalar berilgan:
a)
oxirga harfi -e bilan tugagan sifatlarga -r ning o'zi qo'shiladi: clos
e
- closer.
b)
oxirgi harfi -y bilan tugaydigan ikki boʻgʻinli sifatlarga -er qo'shilganda, -y tushib
qoladi va -ier qoʻshiladi: eas
y
-easier.
c)
oxirgi harfi bitta unli va bitta undosh bo'lsa,
oxiridagi undosh yana bittaga ortadi: b
ig
-bigger kabi.
2.
Agar sifat ko'p bo'g’inli bo'lsa,
ushbu sifat oldidan
more
so'zini qo'yish orqali yasaladi. Example: more important,
more beautiful kabi.
Ko'p hollarda qiyosiy darajadagi sifatlar qatnashgan gapda ikkita narsani
taqqoslaganda
-dan ko'ra/-ga qaraganda
maʼnolarida
than
ishlatiladi. Than
qatnashuvchi gaplarning uch xil strukturaviy formulalari mavjud:
the comparative
adjective +
than + noun/pronoun/S+Verb.
1). I know English better than my sister. (noun)
2). My friend is more talanted than me. (pronoun)
3). My mum prepared more delicious salad than our neighbour cooked.
(S+Verb).
3.SUPERLATIVE DEGREE
– denotes the highest degree of the quality and is
used when more than two things (or sets of things) are compared. Orttirma daraja
formalari orqali predmet, holatga oid belgi- xususiyatlarning ortiqlik maʼnolari, ya'ni
belgining normal holatdan yuqoriligi, balandligi ifodalanadi. Orttirma darajadagi
barcha sifatlar oldidan doimo
the
aniq artikli ishlatiladi.
*
Agar sifatlar bir boʻgʻinli bo'lsa, orttirma darajani hosil qilish uchun
-est
affiksi qo'shiladi: big - the biggest, soft - the softest kabi.
Quyida -est qo'shimchasi qo'shilganda qanday imloviy qoidalar bo'lishi
keltirilgan:
a).
oxirgi harfi -e bilan tugagan sifatlarga -st qoʻshiladi: clos
e
- the closest
b).
oxirgi harfi -y bilan tugaydigan ikki bo’g’inli sifatlarning orttirma shakli -est bilan
hosil qilinadi. Bu holatda oxiridagi -y tushib, oʻrniga -iest qo'shiladi: eas
y
– the easiest.
c).
oxirgi harfi bitta unli va bitta undosh bilan tugagan sifatlarga -est qoʻshilganda,
oxiridagi undosh ikkilanadi: b
ig
- the biggest.
*
Ko’p bo’gʻinli (ikki va undan ortiq boʻgʻinli) sifatlar oldidan eng maʼnosida
most
soʻzi ishlatiladi: expensive –
the most
expensive, intelligent -
the most
intelligent and etc. Binobarin, ingliz tilida ba'zi sifatlar orttirma daraja shaklini
ko'rsatishda yuqoridagi har ikki usuldan foydalanishi mumkin: Example:
clear | the clearest | the most clear
true |
the truest | the most true
free | the freest | the most free
wise | the wisest | the most wise
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
61-son_5-to’plam_May-2025
223
ISSN:3030-3613
Xulosa qilib aytganda, sifat so’z turkumi hamda sifat darajalari ingliz tili
morfologiyasida qanchalar muhim rol o’ynasa, til o’rganuvchilar uchun ham
shunchalar ahamiyatga molik. Negaki, ingliz tili arkonlaridan biri bo’lmish – sifat va
uning darajalari haqida mukammal darajada ma’lumotga ega bo’lgan shaxs ingliz tilida
bemalol to’g’ri strukturadagi gaplarni tuza oladi va boshqa insonlar bilam muloqot qila
olish qobiliyatiga ega bo’ladi. Zero, ingliz tili – zamon talabidir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
“English grammar&Composition”. Wren, Martin. S. Chand & Company Ltd. New
Delhi. 2018.
2.
“ Step by step”. Shahboz Toshpo’latov. Regbooks nashriyoti. Toshkent: 2020.
3.
“O’zbek tili grammatikasi”. A. Nurmonov. O’zbekiston SSR “Fan” nashriyoti.
Toshkent. 1975.
4.
“Destination B2”. Malcolm Mann. Steve Taylore-Knowles. MACMILLAN.
Thailand. 2008.