Mualliflar

  • Yusupov Odil Abdiraimovich

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.96981

Kalit so‘zlar:

Kalit soʻzlar: davlat byudjeti soliqlar soliq tizimi toʻgʻri soliqlar egri soliqlar.

Annotasiya

 
Annotatsiya: Maqolada davlat byudjetini shakllantirishda soliqlarning oʻrniga 
doir nazariy yondashular koʻrib chiqilgan, soliqqa tortishda toʻgʻri va egri soliqlarning 
nisbatini aniqlash muammosiga eʼtibor qaratilgan. Ularning optimal nisbatini aniqlash 
maqsadida qiyosiy tahlil qilingan.  


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_1-to’plam_May-2025

12

ISSN:3030-3613

DAVLAT BYUDJETINI SHAKLLANTIRISHDA EGRI SOLIQLARNING

OʻRNI

Yusupov Odil Abdiraimovich

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti magistranti


Annotatsiya:

Maqolada davlat byudjetini shakllantirishda soliqlarning oʻrniga

doir nazariy yondashular koʻrib chiqilgan, soliqqa tortishda toʻgʻri va egri soliqlarning
nisbatini aniqlash muammosiga eʼtibor qaratilgan. Ularning optimal nisbatini aniqlash
maqsadida qiyosiy tahlil qilingan.

Kalit soʻzlar:

davlat byudjeti, soliqlar, soliq tizimi, toʻgʻri soliqlar, egri soliqlar.

Аннотация:

В стате рассмотрены теоретические подходы к роли налогов

в формировании государственного бюджета, было уделено внимание на
проблему определения соотношений прямого и косвенного налогообложения.
Для определения их оптималного соотношения проводился сравнителный
анализ.

Ключевые слова:

государственный бюджет, налоги, налоговая система,

прямые налоги, косвенные налоги.


Kirish

. Davlat byudjeti – mamlakat iqtisodiy va ijtimoiy sohasining

rivojlanishiga taʼsir etuvchi asosiy vositadir. Uning yordamida davlat milliy daromad
va boylikni qayta taqsimlash orqali ijtimoiy ishlab chiqarishning tarkibini oʻzgartirishi,
xoʻjalik yurituvchi subyektlar samaradorligiga taʼsir etishi, ijtimoiy islohotlarni amalga
oshirishi mumkin. Boshqacha qilib aytganda davlat byudjeti – davlatning iqtisodiyotni
boshqarishdagi asosiy vositasidir. Davlat oʻz funksiyasini bajarishi chogʻida koʻplab
harajatlar qilinadi. Ushbu harajatlarni qoplash uchun davlat byudjeti daromad
manbalariga ega boʻlib, ularning orasida soliqdan keladigan daromad manbalari
salmoqli oʻrin egallaydi. Mazkur maqolamizda aynan davlat byudjetini
shakllantirishda toʻgʻri va egri soliqlarning oʻrnini atroflicha yoritib berishga harakat
qilamiz.

Davlat byudjetini shakllantirish, aytish mumkin boʻlsa oʻta nozik masaladir.

Chunki, davlat byudjetining YAIMdagi optimal ulushini topish lozim boʻladi.
YAIMda davlat byudjetining ulushi oshib ketishi soliq yuklarining ortishiga va bu oʻz
navbatida iqtisodning aziyat chekishiga olib keladi. Shu jihatdan qaraganda toʻgʻri va
egri soliqlarning davlat byudjetini shakllantirishdagi oʻrnin tadqiq etish va ularning
ulushini aniqlash mamlakatimiz soliq tizimini takomillashtirish uchun dolzarb
ahamiyat kasb etadi.

Tadqiqot metodologiyasi

. Maqolani yozishda induksion yoʻnalish tanlagan

boʻlib, ilmiy bilishning dialektik, tahlil, mantiqiylik va tarixiylik kabi usullar orqali


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_1-to’plam_May-2025

13

ISSN:3030-3613

muammoni ochib berishga harakat qilingan. Tadqiqot muammosi korxonalarda
mavjud umumiy holatlarni kuzatish orqali qoʻyilgan. Tadqiqot uchun zarur axborotlar
asosan xorijiy adabiyotlardan olingan.

Tahlil va natijalar

. “Harakatlar strategiyasi”da makroiqtisodiy barqarorlikni

yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy oʻsish surʼatlarini saqlab qolish maqsadida
soliq yukini kamaytirish va soliqqa tortish tizimini soddalashtirish siyosatini davom
ettirish, soliq maʼmuriyatchiligini takomillashtirish va tegishli ragʻbatlantiruvchi
choralarni kengaytirish kabi vazifalar belgilandi. Ushbu vazifalarning amalga
oshirilishi soliq tizimini takomillashtirishga xizmat qilishi shubhasiz. Shu bilan bir
qatorda davlat byudjetini shakllantirishda toʻgʻri va egri soliqlarning ulushini aniqlash
ham mamlakatimiz soliq tizimini takomillashtirshga xizmat qiladi. Shu maqsadda
toʻgʻri va egri soliqlarning qiyosiy tahlili keltirildi. Yuqorida taʼkidlaganimizdek
toʻgʻri va egri soliqlar salmogʻini oʻrganish davlatning byudjetini shakllantirishda
qaysi (fiskal yoki tartibga soluvchi) metoddan foydlanishini tushunish imkonini beradi.
Ularning ulushni toʻgʻri aniqlash davlatning soliq siyosatini samarali yoʻlga qoʻyish
imkonini beradi. Iqtisodiy adabiyotlarda soliqlar turli mezonlarga koʻra tasniflanadi.
Qator tadqiqotchilar toʻgʻri soliqlar toʻlovchilarning daromadlari bilan uzviy bogʻliq
ekanini, egri soliqlar esa isteʼmol narxlariga aloqador boʻlib, faqatgina tovarlarning
sotilishiga bogʻliq ekanini isbotlashgan. Yana bir guruh olimlar soliq toʻlovchilarning
xususiyatidan kelib chiqib soliqlarni turlashadi: toʻgʻri soliqlar ularning mulki yoki
daromadidan, egri soliqlar esa ularning faoliyatidan undiriladi. T. Joʻrayev soliqlarni
mahsulot narxiga qoʻshilishi yoki jalb qilinish xarakteriga koʻra toʻgʻri va egri
soliqlarga ajratadi. Soliqlarni toʻgʻri yoki egri turlarga ajratishdagi turlicha
yondashuvlarga qaramasdan eng soʻngi soliq toʻlovchini aniqlash ularning barchasi
uchun umumiy meʼzon hisoblanadi. Shu oʻrinda I.V. Gashenkoning “Har qanday soliq
toʻlovi soliq undirishning toʻgʻri yoki egri mehanizmlaridan biri boʻlib chiqadi” deb
taʼkidlagan fikrini oʻrinli deb oʻylaymiz. Vaholangki, soliq undirishning qaysi turidan
foydalanishdan qatʼiy nazar uning iqtisodiy rivojga toʻsqinlik qilmasligi asosiy masala
boʻlishi lozim. Soliqlarning iqtisodiyotda tutgan oʻrnini aniqlash va ularning ulushini
belgilash maqsadida quyidagi toʻgʻri va egri soliqlarning qiyosiy tavsifini keltiramiz.

Qiyosiy tahlil jadvalidan koʻrinib turibdiki, toʻgʻri soliqlarning afzalligi

koʻpgina mezonlar boʻyicha egri soliqlarga nisabatan ancha kam. Shuning barobarida
egri soliqlarni ham kamchilik jihatlari mavjud. Shunday qilib, egri soliqlarni yuqori
fiskal salohiyatga va soliq undirishda umumiylikka ega deb tavsiflash mumkin. Ammo,
shuni ham taʼkidlash kerakki, aholini zarur tovarlar bilan taʼminlash maqsadida egri
soliqlar haddan ziyod yuqori boʻlmasligi lozim. Egri soliqlar tovar va xizmatlar narxiga
ustama sifatida qoʻshilishi ularning narxlari oʻsishi hamda talabning pasayishiga olib
keladi. Ammo, ushbu soliqlarni har doim ham xaridor va sotuvchiga yuklab boʻlmaydi.
Soliq yukining taqsimoti talab va taklifning elastikligiga ham bogʻliq. Yaʼni tovarga


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_1-to’plam_May-2025

14

ISSN:3030-3613

boʻlgan talab elastikligi qancha past boʻlsa soliq yuki isteʼmolchiga va aksincha taklif
elastikligi qancha past boʻlsa soliq yuki ishlab chiqaruvchiga tushadi. Ishlab
chiqarishga egri soliqlarning salbiy taʼsirini kamaytirish maqsadida taklif va talab
elastikligi past boʻlgan tovarlarni soliqqa tortishga eʼtibor qaratilish lozim. Xoʻsh qaysi
soliq turi – egri soliqlar adolatliroqmi yoki toʻgʻri soliqlar degan savolga ikkita nuqtayi
nazardan kelib chiqib javob berish kerak. Birinchi tomondan egri sliqlarga
undirishning adolatli amalga oshirilishi xos. Ikkinchi tomondan esa soliq toʻlovchining
daromadlariga nisbatan esa egri soliqlar regressiv boʻladi. Yaʼni soliq toʻlovchining
individual holati inobatga olinmaydi, shu sababli bu jihatdan toʻgʻri soliqlar
adolatliroqdir. Soliqlarning salbiy va afzal tomonlarini tahlil etish amaliyotda qaysi
soliqlarni va qanday qoʻllash kerakligini koʻrsatadi. Faqatgina egri va toʻgʻri soliqlar
nisbatini toʻgʻri qoʻllagan holda davlat soliq tizimining samarali va adolatli faoliyatini
yoʻlga qoʻyish mumkin. Jahon amaliyotida soliq tizimining toʻrtta: anglosakson,
yevrokontinental, lotinamerikasi va aralash modellari ajratiladi. Rivojlangan
mamlakatlarda soliq tizimining aralash modeliga oʻtishi va unda toʻgʻri soliqlarning
salmogʻi oshishi tendensiyasi kuzatilmoqda. Buyuk Britaniya, Finlandiya, Kanada,
Yaponiya va AQSH kabi rivojlangan davlatlar soliq tizimida toʻgʻri soliqlarning roli
oshib bormoqda.

Xulosa va takliflar

. Soliqlar davlat byudjetini toʻldiruvchi asosiy manbadir, shu

bois, ularni belgilangan muddatlarda undirilishi va byudjetga kelib tushishini
taʼminlash dolzarb masala hisoblanadi. Soliqqa tortishning mohiyati, maqsadi,
qoidalari, stavkalari va bazasining holati hamda soliq tizimi shakllanishi har bir
davlatning oʻziga xos xususiyatidan kelib chiqadi. Chunki, soliq tizimida davlatning
iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy manfaatlari yotadi. Shu bilan birga, soliqlar iqtisodiyotda
nechogʻlik muhim boʻlmasin, soliq stavkalarini haddan ziyod oshirib yuborish
mamlakatda salbiy iqtisodiy oqibatlarga olib keladi. Davlatning soliq yuklarini eng
minimal darajaga tushirgandagina soliqlar, davlat, jamiyat va xalq xoʻjaligi oʻrtasida
ijobiy aloqadorlikka erishish mumkin. Koʻpgina olimlar tadqiqotlarida toʻgʻri va egri
soliqlarning ijobiy va salbiy jihatlarini keltirib oʻtishgan. Shu oʻrinda taʼkidlab oʻtish
kerakki, toʻgʻri va egri soliqlarning ijobiy yoki salbiy jihatlarini tasniflash bizningcha
anchain munozarali masaladir. Toʻgʻri soliqlarning afzalligi koʻpgina mezonlar
boʻyicha egri soliqlarga nisabatan ancha kamligi qiyosiy tahlilda koʻrindi. Shuning
barobarida egri soliqlarni ham kachilik jihatlari mavjud. Egri soliqlar yuqori fiskal
salohiyatga va soliq undurishda umumiylikka ega. Ammo, aholini zarur tovarlar bilan
taʼminlash maqsadida egri soliqlar haddan ziyod yuqori boʻlmasligi lozim. Egri
soliqlar adolatliroqmi yoki toʻgʻri soliqlar degan savolga ikkita nuqtayi nazardan
qarash kerak. Birinchi tomondan egri sliqlarga undurishning adolatli amalga oshirilishi
xos. Ikkinchi tomondan esa soliq toʻlovchining daromadlariga nisbatan esa egri soliqlar
regressiv boʻladi. Yaʼni soliq toʻlovchining individual holatini inobatga olinmaydi, shu


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_1-to’plam_May-2025

15

ISSN:3030-3613

sababli bu jihatdan toʻgʻri soliqlar adolatliroqdir. Soliqlarning salbiy va afzal
tomonlarini tahlil etish amaliyotda qaysi soliqlarni va qanday qoʻllash kerakligini
koʻrsatadi. Faqatgina egri va toʻgʻri soliqlar nisbatini toʻgʻri qoʻllagan holda davlat
soliq tizimining samarali va adolatli faoliyatini yoʻlga qoʻyish mumkin. Yuqorida
keltirilgan fikrlarni umumlashtirib quyidagi takliflarni keltirishimiz mumkin: soliq
tizimini uygʻunlashtirish uchun toʻgʻri va egri soliqlar nisbatini belgilashga har
tomonlama puxta oʻylab yondoshish lozim; toʻgʻri va egri soliqlar nisbatining son
koʻrsatkichlari milliy iqtisodiyotning rivojlanganlik darajasidan kelib chiqib oʻzgarishi
mumkin, unga milliy xususiyatlar va aholining urf-odatlari taʼsir etadi; Oʻzbekiston
soliq tizimida toʻgʻri soliqlarning ulushini oshirishga hali erta boʻlib, chunonchi, toʻgʻri
soliqlar ishlab chiqarshini: a) qisqartiruvchi omil, b) YAIMning past surʼatlarida ushbu
soliqlardan tushadigan daromad yetarli boʻlmaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati

1.

Jurayev T.I. Soliq siyosatini takomillashtirish. //Toshkent haqiqati, 2003-yil 24-
sentyabr, 78-son.

2.

Yoziyev Gʻ. Oʻzbekistonda biznes muhitini yaxshilashning zaruriy choralari:
Koreya Respublikasi tajribasi tahlili, Oʻzbekiston Koreysshunosligi, T., Istiqlol,
2016. 132 b.

3.

Kyle

Pomerleau,

2016

International

Tax

Competitiveness

Index

https://taxfoundation.org/2016-international-tax-competitiveness-index/, 4 r.

4.

Налоговая политика: теория и практика / под ред. проф. И.А. Майбурева. М.:
ЮНИТИ, 2010, с. 316 5. Иловайский С. И. Косвенное налогообложение в
теории и практике. – Пенза: РИО ПГСХА, 2010. – c 115.

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati

Jurayev T.I. Soliq siyosatini takomillashtirish. //Toshkent haqiqati, 2003-yil 24-

sentyabr, 78-son.

Yoziyev Gʻ. Oʻzbekistonda biznes muhitini yaxshilashning zaruriy choralari:

Koreya Respublikasi tajribasi tahlili, Oʻzbekiston Koreysshunosligi, T., Istiqlol,

132 b.

Kyle Pomerleau, 2016 International Tax Competitiveness Index

Налоговая политика: теория и практика / под ред. проф. И.А. Майбурева. М.:

ЮНИТИ, 2010, с. 316 5. Иловайский С. И. Косвенное налогообложение в

теории и практике. – Пенза: РИО ПГСХА, 2010. – c 115.