Mualliflar

  • Nurjanova Gulzira Sherxanovna
  • Narbayeva Dilnoza Jumabayevna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.96992

Kalit so‘zlar:

Kalit so`zlar: Inson markazi psixologik xizmat Ta’lim muassasasida psixologik xizmat metodologiyasi aqliy taraqqiyot koeffitsienti psixodiagnostika psixologik maslahat psixologik korreksiya.

Annotasiya

Annotatsiya:  Ushbu  maqolada  Ta’lim  muassasasida  psixologik  xizmat 
ko`rsatish  predmeti,  maqsadi  va  vazifalari  yoritib  berilgan.  Shuningdek,  Ta’lim 
muassasasida psixologik xizmat ko`rsatishning mamlakatimizdagi o`rni aks ettirilgan. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_1-to’plam_May-2025

210

ISSN:3030-3613

TA’LIM MUASSASASIDA PSIXOLOGIK XIZMATNING AXAMIYATI

Nurjanova Gulzira Sherxanovna

Ellikqal'a tumani 1-umumiy

o'rta ta'lim maktabi psixologi

Narbayeva Dilnoza Jumabayevna

Ellikqal'a tumani 28-umumiy

o'rta ta'lim maktabi psixologi

Annotatsiya:

Ushbu maqolada Ta’lim muassasasida psixologik xizmat

ko`rsatish predmeti, maqsadi va vazifalari yoritib berilgan. Shuningdek, Ta’lim
muassasasida psixologik xizmat ko`rsatishning mamlakatimizdagi o`rni aks ettirilgan.

Kalit so`zlar:

Inson markazi, psixologik xizmat, Ta’lim muassasasida

psixologik xizmat metodologiyasi, aqliy taraqqiyot koeffitsienti, psixodiagnostika,
psixologik maslahat, psixologik korreksiya.

Inson psixologiyasini tushunish, tahlil qilish, rivojlantirishga jiddiy e`tibor

berish masalasi hamma zamonlarda va hamma davlatlarda ham ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyotning yetakchi vazifalaridan biri bo`lib kelgan. XX asr bo`sag`asida
psixologiya fani va uning ilg`or vakillari o`zlarining navbatdagi jahonshumul ilmiy
maqsadlari – insonga , ayni paytda, jamiyatga Ta’lim muassasasida psixologik xizmat
ko`rsatish tizimining muqarrarligini nazariy-ilmiy jihatdan asoslab berishga muvaffaq
bo`ldilar. Umuman, Ta’lim muassasasida psixologik xizmat kp`rsatish muammosi
ma`lum ma`noda, ilmiy psixologiyaning yetakchi yo`nalishlaridan biri sifatida ko`p
bor munozaralar Manbai bo`lgan. Bu haqda dastlabki psixologik tasavvurlar makoni
bo`lmish Hindiston, Xitoy, Yegipet, Vavilon, O`rta Osiyo, Gretsiyadan, shuningdek,
jon (ruh) haqidagi kitobning muallifi Aristoteldan hamda temperament (mijoz)
ta`limotining asoschisi Galen, Gippokrat va ibn Sinolardan tortib, to hozirga qadar
psixologlar o`z fikr-mulohazalarini bildirib kelmoqda. Prezidentimiz o`zining
O`zbekistonning bugungi istiqlol va istiqbol yo`lini ifodalovchi boshqa qaror
ma`ruzalari, asarlarida ham iqtisodiyot bilan ma`naviyat, inson ruhiyatining
barkamolligi, hayotning o`zaro ajralmas, bir-birini to`ldiradigan, o`zaro ta`sir, aks
ta`sir etadigan muhim omillari ekanligini, ayni paytda bugungi iqtisodiy o`nglanish,
iqtisodiy tiklanish,iqtisodiy rivojlanishni, ma`naviy o`nglanish, ma`naviy poklanish,
ma`naviy yuksalish harakatlari bilan tamomila uyg`un bo`lishini ta`minlashning
ijtimoiy zarurat ekanligi qayta-qayta ta`kidlaydi. Bu vazifalarning bajarilishi esa har
bir shaxs va uning faoliyatini bugungi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot tamoyillari qo`ygan
talablar asosida etilishiga ham bog`liq ekanligi shabhasizdir. Zero, shaxs va uning
faoliyatini har tomonlama rivojlantirish muammosiga psixologiyaning amaliy-tatbiqiy


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_1-to’plam_May-2025

211

ISSN:3030-3613

yo`nalishlari asosida yondashish zarurligi haqida ko`pgina olimlar o`z fikr-
mulohazalarini bildirganlar hamda bildirib kelmoqdalar.

Ta’lim muassasasida psixologik xizmatda tadqiqot va ta`sir o`tkazish obyekti

maktabgacha yoshdagi bolalar, o`quvchilar, maxsus o`quv yurti va oliy maktab, kollej
talabalari, o`qituvchilar, ota-onalar va turli yoshdagi insonlar bo`lib hisoblanadi.
Ularni alohida yoki guruhiy shaklda tadqiq qilish mumkin. Ta’lim muassasasida
psixologik xizmatning maqsadi:

a)psixoprofilaktika,
b)psixologik maorif va ma`rifat,
v)psixodiagnostika,
g)psixik rivojlantirish va psixokorreksiya,
d)psixologik konsultatsiya.
Ta’lim muassasasida psixologik xizmat metodlari turli tuman va quyidagi

yo’nalishlarda bo‘lishi mumkin:

a) Turli yoshdagi aholiga ma’ruzalar turkumi, aholining psixologik madaniyatini

o‘stirish maqsadida trening mashg‘ulotlari o‘tkazish;

b) ilmiy ommabop adabiyotlarni yaratish va ularni tarqatish;
v) ommaviy axborot vositalarida chiqishlar;
g) psixodiagnostik tadqiqotlar o‘tkazish, metodikalar ishlab chiqish (test savol

varaqasi, tajriba, kuzatish, suhbat va boshqa);

d) psixologik maslahat berish;
e) psixologik konsiliumlar o‘tkazish;
j) ta’lim va tarbiya beruvchi dasturlardan foydalanib psixodrama, psixokorreksion

treninglarni amalga oshirish;

z) psixologik tadqiqot obyektining psixologik xususiyatlarini hisobga olgan

holda o‘quv dasturi, o‘quv tarbiya rejalarini tahlil qilish va hokazolar. Hozirgi
bosqichda Ta’lim muassasasida psixologik xizmat faoliyatining yo‘nalishi: dolzarb va
kelajak yo‘nalishlari mavjud. Ta’lim muassasasida psixologik xizmatda tadqiqot va
ta`sir o`tkazish obyekti maktabgacha yoshdagi bolalar, o`quvchilar, maxsus o`quv yurti
va oliy maktab, kollej talabalari, o`qituvchilar, ota-onalar bo`lib hisoblanadi. Ularni
alohida yoki guruhiy shaklda tadqiq qilish mumkin.

Dolzarb yo‘nalish ijtimoiy qatlam o’rtasidagi tarbiyadagi qiyinchiliklar, ular

xulq-atvoridagi, muloqotdagi va shaxsi shakllanishidagi buzilishlar bilan bog‘liq
muammolarni hal qilishga qaratilgan. Kelajak yo‘nalishi har bir shaxsning
individualligini rivojlantirishga, jamiyatda yaratuvchanlik hayotiga psixologik
tayyorlikni shakllantirishga qaratilgan. Psixolog jamoa faoliyatiga har bir shaxs shaxsi
garmonik rivojlanish imkoniyatlari haqida asosiy psixologik g‘oyani olib kiradi. Ikki
yo‘nalish ham bir-biri bilan bog`liq. Ta’lim muassasasida psixologik xizmat
jamiyatning zaruriy tarkibiy qismidir. Bu xizmatning zaruriyligi inson ehtiyojlaridan


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_1-to’plam_May-2025

212

ISSN:3030-3613

kelib chiqadi. Har bir shaxsda hayotga ijodiy munosabat va individual xususiyatlarning
taraqqiyotini ta’minlaganligini Ta’lim muassasasida psixologik xizmat to‘g‘ri tashkil
etilgan deyish mumkin. Ta’lim muassasasida psixologik xizmatni uch nuqtayi
nazardan qarab chiqish mumkin: ilmiy nuqtayi nazar, tashviqot nuqtayi nazar va amaliy
nuqtayi nazar. Ilmiy nuqtayi nazar, tashviqot nuqtayi nazar va amaliy nuqtayi
nazarlarning birligi Ta’lim muassasasida psixologik xizmat predmetini tashkil etadi.
Ilmiy nuqtayi nazar - Ta’lim muassasasida psixologik xizmatning metodologik
muammolarini ishlab chiqishni nazarda tutadi. Bu yo‘nalish ijrochilarining asosiy
funksiyasi Jamiyat Ta’lim muassasasida psixologik xizmatida ishning psixodiagnostik,
psixokorreksion va rivojlantiruvchi metodlarini ishlab chiqish va nazariy asoslashga
bag‘ishlangan ilmiy tadqiqotlami o’tkazishdan iborat. Tashviqot nuqtayi nazari xalq
ta’limi xodimlarining psixologik bilimlardan foydalanishini nazarda tutadi. Bu
yo‘nalishda asosiy harakatlantiruvchi shaxslar bo‘lib pedagoglar, metodistlar va
didaktlar maydonga chiqadi. Amaliy nuqtayi nazarni Inson ijtimoiy xizmatlar markazi
psixologlari amalga oshiradilar. Ularning vazifasi aholini hayotga tayyorlash,
shaxslarning o‘qish faoliyatini osonlashtirish, о’quvchi shaxsini har tomonlama kamol
toptirish, shaxslarning qobiliyat va moyilliklarini aniqlash, rivojlantirish, shaxslar bilan
hunarga, kasbga oid suhbat, maslahat ishlarini olib borish, turli xildagi “tarbiyasi qiyin”
bolalar bilan ish olib borish kabi asosiy vazifani hal qilishdan iboratdir. Ta’lim
muassasasida psixologik xizmatning uchala vazifasi o’zaro chambarchas bog‘liq,
ularning birgalikda olib borilishi maqsadga muvofiq. Mamlakatimizda ijtimoiy
himoyaga muhtoj bo‘lgan shaxslarga har tomonlama yordam berib kelinmoqda.
Ijtimoiy himoya sohasi yurtimizda shiddat bilan rivojlanib borayotir. Xususan, 2023-
yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy
agentligining tashkil etilishi bunga yaqqol misoldir. Mamlakatimizning har bir
tumanida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari faoliyat boshlagan. Bu markazlarning
ochilishidan maqsad – ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni har tomonlama qo‘llab-
quvvatlash, ularning muammolarini bir joyda hal qilishdan iboratdir. “Inson”
markaziga tashrif buyurgan har bir fuqaroning muammosini markazning o‘zida hal
qilish imkoniyati mavjud. Markazning asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan – og‘ir
ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan yoki tushib qolish xavfi bo‘lgan insonlarga Ta’lim
muassasasida psixologik xizmat tashkil etib, ularning muammolarini, tushkun holatdan
chiqarish uchun kognitiv terapiyalar qo‘llaniladi. Afsuski, vatandoshlarimizda “psixo-
log” va “psixologik yordam” to‘g‘risida noto‘g‘ri tushunchalar mavjuddir. “Psixolog
– ruhiy holatida buzilishi bo‘lgan fuqarolar bilan shug‘ullanadi”, degan xalqimizda
xato fikr qolib ketgan. Aslida, Ta’lim muassasasida psixologik xizmatga aqlan sog‘lom
kishilar, hayot sinovlari natijasida tushkunlik va stressga tushib qolgan insonlar ruhiy
ko‘mak, dalda olishga muhtoj bo‘lganliklari uchun murojaat qilishadi.
Har kim hayotida turli xil sinovlar, ko‘ngilsiz voqealar natijasida tushkunlikka tushib


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_1-to’plam_May-2025

213

ISSN:3030-3613

qolib, hayotini izdan chiqarib yuborish holatlari uchrab turadi. Bunday holatda
o‘zlaridagi

xatolarni,

kamchiliklarni

qabul

qila

olmaydi.

Oilalardagi

kelishmovchiliklar, moddiy yetishmovchiliklar, bir-birlarini tushmasliklar, qo‘rquv,
yaqin insonni yo‘qotishlar, hattoki kuchli hayajon ham inson ruhiyatida o‘zgarish-lar
sodir bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Bunday hollarda insonlar yaqin kishilariga aytib,
xato qilib qo‘yishlari ham bo‘lib turadi. Muammolarini bir tomondan hal qilib, o‘zidagi
holatni o‘zgartira olmaydilar. Bunday hollarda psixolog ko‘magi zarur bo‘ladi.
“Inson”’ ijtimoiy xizmatlar markazida psixolog faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Tumanlarda
tashkil etilgan psixologlar 12 toifadagi shaxslarga, ya’ni o‘zgalar parvarishiga
muhtojlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlar
va ularning voyaga yetmagan farzandlari, kam ta’minlangan oilalar, yetim bolalar, ota-
onalik huquqidan mahrum etilmasdan, farzandlarini olib ketgan ota-onalar, voyaga
yetmagan onalar va otalar, ota-onasi xorijiy davlatga ketgan, muayyan yashash joyiga
ega bo‘lmagan shaxslar, ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar, ozodlikdan mahrum
etish jazosini o‘tab bo‘lgan fuqarolar, texnogen, tabiiy va ekologik tusdagi
favquloddagi vaziyatlardan jabrlangan shaxslarga xizmat ko‘rsatadi. Psixolog qabuliga
kelgan fuqarolarning ma’lumotlari ulardagi psixologik holati, muammolari sir
saqlanadi. Fuqarolar bilan individual, oila bilan ham shug‘ullaniladi. Hozirgacha
markazimizda fuqarolarga Ta’lim muassasasida psixologik xizmat ko‘rsatilmoqda.
Ularning hayotidagi muammolarini, yoshlikda qolib ketgan travmalari, oilaviy
masalalari yuasidan psixologik konsultatsiyalar olib borildi. Psixolog insonlar-ni
tinglaydi, empatiya orqali munosabatda bo‘ladi. Insonlarni boricha qabul qiladi.
Xatolarini ko‘rsatadi, hayotini yaxshi tomonga o‘zgarishiga yordam beradi.
Maqsadlari sari ruhlantiradi.

“Inson” markazlari psixologlari insonlarga stress va depressiya holatlaridan

chiqishda ko‘maklashadi, salbiy his-tuyg‘ularni ijobiy holatga o‘zgartirishga yordam
beradi. Shuningdek, ichki resurslarini aniqlab, o‘ziga bo‘lgan ishonchni
mustahkamlash, shaxsiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash va iroda ko‘nikmalarini
shakllantirishda yordam beradi. Bugungi kunda psixologlar tomonidan Respublika
bo’ylab bir qancha ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga xizmat ko’rsatilmoqda.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

Sh.R.Barotov Ta`limda Ta’lim muassasasida psixologik xizmat. – Buxoro: BuxDU-
2007

2.

N.Mirashirova Maktabgacha tarbiya muassasalarida Ta’lim muassasasida
psixologik xizmat. – Toshkent: TDPU,2003

3.

Z.T.Nishanova Ta’lim muassasasida psixologik xizmat. – Toshkent: Yangiyo`l
poligraf servis,2007

4.

I.V.Dubrovina

Prakticheskaya

psixologiya

v

Obrazovanii.

Moskva.

Pedagogika,1998


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_1-to’plam_May-2025

214

ISSN:3030-3613

5.

E.G`oziyev, Sh.Azizova “Tashkiliy psixologiya”. Toshkent 1999

6.

Avezov O.R. Ekstremal vaziyatlarda Ta’lim muassasasida psixologik xizmat
Darslik,”KAMOLOT” nashriyoti, 2023 yil. 332 bet.

7.

Avezov O.R. Ekstremal vaziyatlarda oilaga Ta’lim muassasasida psixologik xizmat
ko‘rsatish

Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

Sh.R.Barotov Ta`limda Ta’lim muassasasida psixologik xizmat. – Buxoro: BuxDU-

N.Mirashirova Maktabgacha tarbiya muassasalarida Ta’lim muassasasida

psixologik xizmat. – Toshkent: TDPU,2003

Z.T.Nishanova Ta’lim muassasasida psixologik xizmat. – Toshkent: Yangiyo`l

poligraf servis,2007

I.V.Dubrovina Prakticheskaya psixologiya v Obrazovanii. Moskva.

Pedagogika,1998

E.G`oziyev, Sh.Azizova “Tashkiliy psixologiya”. Toshkent 1999

Avezov O.R. Ekstremal vaziyatlarda Ta’lim muassasasida psixologik xizmat

Darslik,”KAMOLOT” nashriyoti, 2023 yil. 332 bet.

Avezov O.R. Ekstremal vaziyatlarda oilaga Ta’lim muassasasida psixologik xizmat

ko‘rsatish