Mualliflar

  • Abduvohidov Abbos Narzullayevich

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.96993

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: Psixologiya individ qobiliyat iste’dod talent geniy geniallik layoqad individuallik.

Annotasiya

Anotatsiya: O’quvchilar qobiliyatini rivojlantirish  , o’quvchilarni  iste’dodini 
bilish usullari , har bir yosh davrini o’ziga xos holatlari va o’quvchilar bilan to’g’ri 
munosabat o’rnatish mudrab yotgan layoqatni yuzaga chiqarish. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_1-to’plam_May-2025

206

ISSN:3030-3613

O’QUVCHILAR QOBILIYATI VA ISTE’DODINI RIVOJLANTIRISH.

Abduvohidov Abbos Narzullayevich

Sirdaryo viloyati. Boyovut tumani

53-sonli maktab psixologi.

Anotatsiya:

O’quvchilar qobiliyatini rivojlantirish , o’quvchilarni iste’dodini

bilish usullari , har bir yosh davrini o’ziga xos holatlari va o’quvchilar bilan to’g’ri
munosabat o’rnatish mudrab yotgan layoqatni yuzaga chiqarish.

Kalit so’zlar:

Psixologiya , individ, qobiliyat, iste’dod , talent, geniy, geniallik

layoqad, individuallik.

Qobiliyat deb, shaxsning muayyan faoliyat turini muvaffaqiyatli bajarishga

bo‘lgan layoqat darajasini ifodalaydigan, turmush jarayonida hosil qilingan individual
xususiyatlar yig‘indisiga aytiladi. Qobiliyatlar bilim, ko‘nikma, malaka orttirish
xususiyatiga bog‘liq bo‘ladi. Lekin bilim, ko‘nikma va malaka orttirish qobiliyat emas,
balki u ularni o‘zlashtirishdagi layoqati, mahoratida namoyon bo‘ladi, ular asosida
bilim, ko‘nikma, malakalar osonlik bilan egallab olinadi. Kishilar turli sohalardagi
faoliyatlarida – mehnat, o‘yin, o‘qish va ijodiyotda biror narsani tez yoki sekin
bajarishlari bilan bir-birlaridan farq qiladilar. Ba’zi bir odam bir ishni sekinlik bilan
bajarsa, bir kishi tezlik bilan bajaradi. Ayrim kishilarning faoliyatlari samarali,
serunum bo‘lsa, boshqalarniki esa kam unum bo‘ladi. Ba’zi odamlar o‘z ishlarida
ijodiy, original usullarni ko‘proq qo‘llasa, ba’zi bir kishilarning ishlarida esa bunday
usullar kamroq ko‘rinadi. Kishilar faoliyatining mana shu xususiyatiga qarab, biz
ularning qobiliyatlari qandayligini aniqlab olamiz.

Kishilar qobiliyati nihoyatda xilma-xil bo‘ladi. Har bir kasb kishidan mehnatda,

ijodiyotda va o‘qish faoliyatlarida tegishli qobiliyat talab etadi. Kishi faoliyatining har
xil turlariga muvofiq, nazariy va amaliy qobiliyatlarni, matematika, texnika, musiqa,
adabiyot, pedagogika, xo‘jalik, tashkilotchilik va boshqa sohalarga oid qobiliyat turlari
bo‘ladi. Inson qobiliyatining barcha turlari hamma odamlarga xosdir – har qaysi odam
ma’lum darajada kishi faoliyatini barcha turlariga layoqatli bo‘ladi, lekin, shu bilan bir
qatorda, ko‘pchilik faoliyatning bir necha sohasidan yoki hatto bir sohasida salohiyat
ortiqroq bo‘ladi. Biror sohada qobiliyati sezilarliroq bo‘lib ko‘rinadigan ayrim
kishilarni qobiliyatli kishi (umuman) qobiliyatli matematik, qobiliyatli musiqachi,
konstruktor, rassom va hokazo deydilar. Odamning qobiliyatlarida tug‘ma xususiyatlar
ham namoyon bo‘ladi. Shaxsning rivoj topib, qobiliyatlarida namoyon bo‘ladigan
tug‘ma xususiyatlari iste’dod deyiladi. Har bir kishida tug‘ma layoqat nishonalari,
ya’ni miyaning oliy asab faoliyatini analizatorlarining o‘ziga xos xususiyatlari bor
bo‘ladi, binobarin, kelgusida biror qobiliyatni rivojlantirishga bo‘lgan muayyan


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_1-to’plam_May-2025

207

ISSN:3030-3613

moyillik ana shunga bog‘liqdir. Demak, layoqat-qobiliyat taraqqiyotining dastlabki
tabiiy sharti sifatida namoyon bo‘ladigan miya tuzilishining, sezgi a’zolari va
harakatning morfologik hamda funksional xususiyatidir va u qobiliyatning fiziologik
asosidir. Keyinchalik qobiliyatga aylanadigan layoqat nishonalarining majmui
kishining iste’dodidir. Iste’dod inson qobiliyati taraqqiyotining eng yuksak darajasini
ta’minlovchi tug‘ma tabiiy imkoniyatlar yig‘indisidir. Iste’dodning rivojlanishi
shaxsning yashash sharoitiga, ijtimoiy ta’lim-tarbiyaga, uni faoliyatdagi faolligiga
bog‘liqdir.
Geniy – bu yangilik yaratuvchi va kashf qiluvchi odam, talantli odam esa, bu
yangiliklarni tez o‘zlashtirib oladi va shu bilimlarni turmushda tatbiq qilib, ularni
oldinga suradi. Har bir geniy talantli ham bo‘ladi, biroq har bir talantli odamni genial
deb bo‘lmaydi. Genial va talantli odamlarning aql-idroki nihoyat o‘sib, voyaga yetgan,
zehni o‘tkir, xotirasi kuchli, xayol va tafakkuri barkamol kishilar bo‘ladi. Ammo
geniallik va talantlilik faqat aqlning kuchli sur’atda o‘sganligidagina ko‘rinib
qolmaydi. Kuchli, barqaror diqqat, zo‘r ehtiros, kuchli va mustahkam iroda ham
yuksak qobiliyat va iste’dod belgisidir. Hamma genial odamlarning o‘z ishiga
muhabbati va ehtirosi zo‘r bo‘lgandir. Genial odam o‘zini ham unutib, butun borlig‘ini
ishga bag‘ishlaydi. Butun hayotini o‘z ishiga ehtiros bilan bag‘ishlagan genial
kishilarning irodasi nihoyat kuchli va sabotli bo‘ladi. Ular kishini hayratda
qoldiradigan darajada mehnatsevar va mehnat qobiliyatiga ega bo‘ladilar. Bunday
kishilar faoliyatining serunum bo‘lishi ulardagi butun bilish qobiliyatlarini, ijodiy,
emotsional va iroda kuchlarini ma’lum narsaga to‘play bilish qobiliyatlariga
bog‘liqdir. Talantli va genial kishilarning juda ko‘pi har tomonlama qobiliyatli
bo‘lganlar. Chunonchi, Aristotel, Leonardo da Vinchi, Lomonosovlar, Abu Ali ibn
Sino, M. Ulug‘bek, Al-Forobiy, Navoiy, Qori Niyoziy, Usmon Nosir va boshqalar
mana shunday bo‘lganlar.
Qobiliyatning sifat xarakteristikasi – shaxsning qobiliyatlari nimaga nisbatan
namoyon bo‘lishini, qanday individual psixologik xususiyatlar faoliyat jarayoni
muvaffaqiyatining zaruriy sharti ekanligi bilan xarakterlanadi. Masalan: O‘qituvchi
tashabbuskorlik,

talabchanlik,

mehribonlikni

his

qilish,

kuzatuvchanlik,

kashfiyotchilik, javobgarlik kabi shaxsiy sifatlarga ega bo‘lishi kerak.
Har bir odamning qobiliyat va iste’dodi taraqqiyot mahsulidir. Insonning qobiliyati
uning tug‘ma layoqati asosida, muhitga bog‘liq ravishda olayotgan ta’lim-tarbiyasiga
qarab, shuningdek, kishining o‘z ustida ishlashi bilan bog‘liq holda o‘sib, kamol topib
boradi. Inson o‘z mohiyati bilan ijtimoiy tabiiy zotdir. Shuning uchun ham unga xos
bo‘lgan barcha ruhiy holat va jarayonlar tabiiy kuchga, hayotiy kuchga egadir. Bu
tabiiy kuchlar har bir insonga ota-onadan bevosita o‘tadi va ular instinktlar, tug‘ma
layoqatlar tariqasida ijtimoiy munosabat va faoliyat jarayonida namoyon bo‘ladi.
Qobiliyat ta’lim jarayonida, bilimlarni o‘zlashtirish jarayonida, bilimlarning ijodiy


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_1-to’plam_May-2025

208

ISSN:3030-3613

qo‘llanishida, tegishli ko‘nikma va malakalar hosil qilish jarayonida inson faoliyatida
kamol topadi. Masalan, musiqachi bo‘lish uchun tabiiy qobiliyat va qulay sharoit
bo‘lishining o‘zi kifoya qilmaydi, balki o‘qish, musiqa nazariyasini o‘rganish,
texnikani va maxsus fanlarni bilish kerak bo‘ladi. Yaxshi uchuvchi, muhandis,
umuman qanday bo‘lmasin har bir sohada mutaxassis bo‘lish uchun tegishli ma’lumot
va tarbiya olish kerak.
Ma’lumki, barcha yuksak iste’dodli kishilar ko‘p va tirishib o‘qiganlar. Iste’dod
ayni ta’lim-tarbiya jarayonida, kishining tarkib topayotgan qobiliyatlarida ravshanroq
ko‘rina boshlaydi. Chunonchi, kishining, masalan, musiqa, adabiyot, texnika,
matematika va boshqa shu kabilarga bo‘lgan iste’dodi ta’lim-tarbiya jarayonida oshkor
bo‘ladi. Qulay sharoit, o‘qitish va tarbiya odamdagi layoqatning barvaqt uyg‘onishiga
imkon beradi. Masalan, Rimskiy-Korsakov onasi kuylagan kuylarni ikki yoshdanoq,
otasi pianinoda chalgan kuylarni to‘rt yoshida takrorlar, xirgoyi qilar edi va otasidan
eshitgan kichik musiqa asarlarini tez kunda fortepianoda o‘zi chala boshlagan. Motsart
uch yoshdan boshlab klavesinani (pianinoga o‘xshash musiqa asbobini) chala
boshlagan, eshitgan musiqa asarlarini hayron qolarli darajada darrov esida qoldirgan.
To‘rt yoshida o‘zi ham musiqa asarlari yarata boshlagan. Gaydida to‘rt yoshidayoq
musiqaga bo‘lgan qobiliyat ko‘rina boshlagan. Prokofev sakkiz yoshida kompozitor
bo‘lib tanila boshlagan. Rassomlik sohasida Rafaelning ijodiy qobiliyati sakkiz
yoshida, Mikelanjeloda o‘n uch yoshida, I. Ye. Repin bilan V. A. Serovda to‘rt yoshida,
V. I. Surikovda olti yoshida ko‘rina boshlagan. Aleksandr Ivanov o‘n bir yoshidayoq
tasviriy san’at Akademiyasiga kirgan. Igor Grabar o‘zi haqida: «Rassomlikka necha
yoshda havas qo‘yganligimni eslay olmayman, ammo rasm solmagan vaqtimni
xotirlay olmayman», deydi. Poeziya sohasida Pushkin va Lermontovlarning ijodiy
qobiliyatlari juda erta ko‘rina boshlagan. Pushkin to‘qqiz yoshida, Lermontov o‘n
yoshida, A. Navoiy 5 yoshida ijod qila boshlagan. Ularning 7–13 yoshlaridayoq
asarlari bosilib chiqa boshlagan. Bayron bilan Shiller o‘n olti yoshda yoza boshlagan.
Bizning maktablarimizdagi ta’lim-tarbiya ishlari o’quvchilarga faqat bilim berish
bilangina cheklanib qolmay, balki o’quvchilarning barcha qobiliyatlarini o‘stirishni
nazarda tutgan holda olib boriladi. Kishilar o‘zidagi turli faoliyatlarga bo‘lgan tug‘ma
layoqatlarini jamoada, o‘z ustida tinmay ishlash jarayonida ro‘yobga chiqaradilar.
Maktablardagi sinf hamda jamoa, guruhlar, ilmiy to‘garaklar, fan olimpiadalariga
ishtirok etish, ilmiy anjumanlarda ishtirok etish tug‘ma layoqatlarning qulay
imkoniyatlaridir. Shuningdek, o‘quv va mehnat faoliyatida odamning layoqatlari
uyg‘onadi va qobiliyatlari o‘sadi, xalq talantlari shular jarayonida oshkor bo‘ladi.

Har bir shaxsning o‘zi faol harakat qilgandagina ijtimoiy muhit, o‘qish va tarbiya

kishining layoqatini uyg‘otmog‘i va iste’dod hamda qobiliyatlarini o‘stirmog‘i
mumkin. Kishining qobiliyatlari uning faoliyatini belgilabgina qolmay, balki kishining
qobiliyatlari mana shu faoliyatda o‘sadi va tarkib topadi. Qobiliyat va iste’dodi


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_1-to’plam_May-2025

209

ISSN:3030-3613

mehnatda namoyon bo‘ladi, shu bilan birga kishi qobiliyatining o‘zi ham faqat sabot
bilan mehnat qilish, tirishib tegishli bilim va malaka hosil qilish orqali kamol topadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.Umumiy psixologiya. T.: O’qituvchi, 1992. – 512 s.
2.Nemov R.S. Psixologiya Kn. M.: Prosveshenie – 1994. – 576 s.
3.G`oziev E. Psixologiya. T.: O’qituvchi, 1994 – 300 b.
4.Godfrua J. Chto takoe psixologiya. T. M.: Mir. 1992 – 496 s.
5.Karimova V.M. “Ijtimoiy psixologiya asoslari” T. 2004y.
6.G`oziev E. “Shaxs psixologiyasi” T. 2004y.

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar:

Umumiy psixologiya. T.: O’qituvchi, 1992. – 512 s.

Nemov R.S. Psixologiya Kn. M.: Prosveshenie – 1994. – 576 s.

G`oziev E. Psixologiya. T.: O’qituvchi, 1994 – 300 b.

Godfrua J. Chto takoe psixologiya. T. M.: Mir. 1992 – 496 s.

Karimova V.M. “Ijtimoiy psixologiya asoslari” T. 2004y.

G`oziev E. “Shaxs psixologiyasi” T. 2004y.