Mualliflar

  • Sadullayeva Farida Farxod qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.97121

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: Mulkka qarshi jinoyatlar o‘g‘rilik talonchilik bosqinchilik Oliy sud Plenumi jinoyatni huquqiy tavsiflash sud amaliyoti zo‘rlik jinoyat tarkibi jinoyatning tugallanishi qurol noqonuniy kirish.

Annotasiya

Annotatsiya:  Ushbu  maqolada  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  sudi 
Plenumining  mulkka  qarshi  jinoyatlar  —  o‘g‘rilik,  talonchilik  va  bosqinchilikni 
huquqiy  tavsiflashga  oid  qarori  asosida  ushbu  jinoyatlarning  o‘ziga  xos  belgilari, 
ularning sud amaliyotida qo‘llanilishi, jinoyatning tugallanish vaqti, zo‘rlik darajasi, 
noqonuniy  kirish  va  qurol  ishlatish  holatlari  tahlil  qilingan.  Mavzuga  oid  huquqiy 
mezonlar hamda jinoyatlarni farqlash mezonlari aniqlashtirib berilgan. Mazkur maqola 
sudyalar, huquqshunoslar va yuridik ta’lim muassasalari uchun amaliy ahamiyatga ega. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_3-to’plam_May-2025

59

ISSN:3030-3613

MULKKA TAJOVUZ JINOYATLARI: SUD AMALIYOTI VA HUQUQIY

TAVSIF MASALALARI

Sadullayeva Farida Farxod qizi

Termiz Davlat Universiteti

Yuuridik Fakulteti 3-kurs talabasi

Annotatsiya:

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi

Plenumining mulkka qarshi jinoyatlar — o‘g‘rilik, talonchilik va bosqinchilikni
huquqiy tavsiflashga oid qarori asosida ushbu jinoyatlarning o‘ziga xos belgilari,
ularning sud amaliyotida qo‘llanilishi, jinoyatning tugallanish vaqti, zo‘rlik darajasi,
noqonuniy kirish va qurol ishlatish holatlari tahlil qilingan. Mavzuga oid huquqiy
mezonlar hamda jinoyatlarni farqlash mezonlari aniqlashtirib berilgan. Mazkur maqola
sudyalar, huquqshunoslar va yuridik ta’lim muassasalari uchun amaliy ahamiyatga ega.

Kalit so‘zlar

: Mulkka qarshi jinoyatlar, o‘g‘rilik, talonchilik, bosqinchilik, Oliy

sud Plenumi, jinoyatni huquqiy tavsiflash, sud amaliyoti, zo‘rlik, jinoyat tarkibi,
jinoyatning tugallanishi, qurol, noqonuniy kirish.

CRIMES OF PROPERTY ENCROACHMENT: QUESTIONS OF JUDICIAL

PRACTICE AND LEGAL DESCRIPTION

Annotation:

this article analyzes the specific symptoms of these crimes, their

application in judicial practice, the time of completion of the crime, the degree of
severity, the use of illegal entry and weapons based on the decision of the plenum of
the Supreme Court of the Republic of Uzbekistan on the legal description of crimes
against property — theft, robbery and invasion. The legal criteria for the topic as well
as the criteria for distinguishing between crimes are clarified. This article is of practical
importance for judges, lawyers and institutions of legal education.

Keywords:

crimes against Property, Theft, Robbery, invasion, High Court

plenum, legal description of the crime, judicial practice, rape, criminal content,
completion of the crime, weapons, illegal entry.

ПРЕСТУПЛЕНИЯ ПОСЯГАТЕЛЬСТВА НА ИМУЩЕСТВО: ВОПРОСЫ

СУДЕБНОЙ ПРАКТИКИ И ЮРИДИЧЕСКАЯ ХАРАКТЕРИСТИКА

Аннотация:

В данной статье на основании Постановления Пленума

Верховного Суда Республики Узбекистан О правовой характеристике
преступлений против собственности — кражи, грабежа и разбоя-


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_3-to’plam_May-2025

60

ISSN:3030-3613

проанализированы характерные признаки этих преступлений, их применение в
судебной практике, время совершения преступления, степень тяжести, случаи
незаконного проникновения и применения оружия. Уточняются правовые
критерии, относящиеся к предмету, а также критерии дифференциации
преступлений. Данная статья имеет практическое значение для судей, юристов и
юридических учебных заведений.

Ключевые слова:

преступления против собственности, кража, грабеж,

вторжение,

Пленум

Верховного

суда,

юридическая

характеристика

преступления, прецедентное право, изнасилование, состав преступления,
завершение преступления, оружие, незаконный доступ.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 65-moddasida belgilanishicha,

mamlakat iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakldagi mulk tashkil etadi. Mulk
daxlsiz va davlat tomonidan himoyalangan bo‘lib, unga qarshi qaratilgan har qanday
tajovuz qonunga xilof hisoblanadi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi
Oliy sudi Plenumining so‘nggi qarorida o‘g‘rilik, talonchilik va bosqinchilik
jinoyatlariga huquqiy baho berish masalalari chuqur tahlil etilgan va sud amaliyotida
qo‘llanilishi bo‘yicha aniqlik kiritilgan.
O‘g‘rilik — bu boshqa shaxsning mol-mulkini yashirin tarzda talon-toroj qilish
bo‘lib, Jinoyat kodeksining 169-moddasida nazarda tutilgan. Agar aybdor mol-mulkni
yashirin tarzda olib ketgan bo‘lsa, bu jinoyat o‘g‘rilik deb baholanadi. Qizig‘i
shundaki, jabrlanuvchi yoki boshqalar mulkning olib ketilayotganini ko‘rgan bo‘lsalar-
da, aybdorning bunday harakati yashirin deb qabul qilingan bo‘lsa, u holda ham
o‘g‘rilik deb tavsiflanadi.
Alohida e’tibor berilishi kerak bo‘lgan holat — shaxsning mulkni
egallayotganini tushunishga qodir bo‘lmagan jabrlanuvchilarga nisbatan sodir etilgan
talon-toroj holatlari (kichik yoshdagilar, aqliy zaiflar, mast holatdagilar va h.k.) ham
yashirin harakat sifatida baholanadi.
Sud amaliyotida eng ko‘p muhokamaga sabab bo‘layotgan jihatlardan biri bu
talonchilik va bosqinchilik o‘rtasidagi farqni aniq belgilashdir. Jinoyat kodeksining
166-moddasi talonchilik, 164-moddasi esa bosqinchilik uchun javobgarlikni nazarda
tutadi.
Talonchilik — bu ochiqdan-ochiq mulkni tortib olish bo‘lib, hayot yoki sog‘liq
uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik ishlatish yoki shunday zo‘rlik bilan qo‘rqitish yo‘li
bilan sodir etiladi. Masalan, yengil tan jarohati yetkazish, jismoniy azob berish,
erkinlikni vaqtincha cheklash kabi holatlar bular jumlasidandir.
Bosqinchilik esa hayot yoki sog‘liq uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatilgan yoki
shunday zo‘rlik bilan qo‘rqitilgan holda amalga oshirilgan hujumdir. Bu holatda


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_3-to’plam_May-2025

61

ISSN:3030-3613

jabrlanuvchining hayotiga jiddiy xavf tug‘dirilgan bo‘lishi kerak: masalan, bo‘g‘ish,
suvga botirish yoki boshga kuchli zarba berish kabilar.
Tovlamachilik ham o‘g‘rilik, talonchilik va bosqinchilik bilan uyg‘un holatlarda
sodir etilishi mumkin. Ammo Oliy sudning izohiga ko‘ra, tovlamachilikda mulkni
olish niyati zo‘rlik ishlatish vaqtida emas, balki kelajakda bo‘lishi nazarda tutiladi.
Bunda qo‘rqitish amalga oshirilgan taqdirda, Jinoyat kodeksining tegishli boshqa
moddasi ham qo‘llaniladi.
Har bir mulkka tajovuz jinoyati o‘zining tugallanish bosqichiga ega. O‘g‘rilik va
talonchilik jinoyati aybdor mulkni o‘z ixtiyoriga o‘tkazgan va undan foydalanish
imkoniyatiga ega bo‘lgan paytdan tugallangan hisoblanadi. Bosqinchilik esa bevosita
zo‘rlik ishlatilgan hujum bilan boshlanadi va shu vaqtdan boshlab jinoyat sodir etilgan
deb topiladi.
Qurol ishlatilishi jinoyatning og‘irligini oshiradi. Jinoyat kodeksining 164-
moddasi 2-qismida bosqinchilik qurol bilan sodir etilgan bo‘lsa, og‘irlashtiruvchi holat
sifatida baholanadi. Biroq Oliy sudning izohiga ko‘ra, pnevmatik qurollar, start
pistaletlari, signal raketnitsalar kabi vositalar qurol sifatida baholanmaydi. Shu sababli
ularning ishlatilishi faqat aybdorning real niyatiga va jabrlanuvchiga yetgan zararga
qarab huquqiy tavsiflanadi.
Plenum qarorida davomli jinoyatlar masalasi ham alohida ko‘rib chiqilgan. Bir
nechta epizodlarda sodir etilgan o‘g‘rilik yoki talonchilik umumiy summa asosida
baholanishi mumkin. Biroq, agar har bir epizod o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lsa
(masalan, birida o‘g‘rilik, boshqasida bosqinchilik bo‘lsa), u holda har bir jinoyat
alohida tavsiflanishi shart.
Uy-joy, omborxona yoki boshqa binolarga o‘g‘rilik, talonchilik yoki bosqinchilik
qilish maqsadida noqonuniy kirish sodir etilgan bo‘lsa, bu holat jinoyat tarkibiga ta’sir
etadi. Noqonuniy kirish yashirin tarzda, aldov orqali, qalbaki hujjatlar yordamida yoki
maxsus niqob ostida amalga oshirilishi mumkin. Muhimi, bu kirish jinoyat sodir etish
niyatida bo‘lishi kerak. Agar aybdor dastlab boshqa niyatda kirgan bo‘lsa, keyinchalik
mulkni talon-toroj qilishga qaror qilsa, bu jinoyatni og‘irlashtirmaydi.
Xulosa qiladigan bo’lsak, sud amaliyotida o‘g‘rilik, talonchilik va bosqinchilik
jinoyatlarini to‘g‘ri tavsiflash jinoyatga huquqiy baho berish, adolatli jazoni tayinlash
hamda jabrlanuvchining huquqlarini himoya qilishda muhim o‘rin tutadi. O‘zbekiston
Respublikasi Oliy sudi Plenumining ushbu qarori bu boradagi chalkashliklarni bartaraf
etish, sudlar faoliyatida yagona yondashuvni ta’minlashga qaratilgan huquqiy asos
sifatida katta ahamiyatga ega.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. https://lex.uz/uz/docs/-6445145

2.

O’zgalar mulkini o’g’rilik, talonchilik va bosqinchilik bilan talon-taroj qilish
jinoyat ishlari bo’yicha sud amaliyoti to’g’risidagi Oliy sudi plenumining Qarori


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_3-to’plam_May-2025

62

ISSN:3030-3613

3.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 27-fevraldagi
“Qonunga xilof ravishda qurolga egalik qilish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud
amaliyoti haqida”gi 3-sonli qarori.

4.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 1998-yil 17-apreldagi “Iqtisodiyot
sohasidagi jinoiy ishlar bo‘yicha sud amaliyotida yuzaga kelgan ayrim masalalar
to‘g‘risida”gi 11-son Plenum qarori.

5.

O’zbekiston respublikasi Jinoyat kodeksi. https://lex.uz/docs/-111453

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar:

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. https://lex.uz/uz/docs/-6445145

O’zgalar mulkini o’g’rilik, talonchilik va bosqinchilik bilan talon-taroj qilish

jinoyat ishlari bo’yicha sud amaliyoti to’g’risidagi Oliy sudi plenumining Qarori

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 27-fevraldagi

“Qonunga xilof ravishda qurolga egalik qilish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud

amaliyoti haqida”gi 3-sonli qarori.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 1998-yil 17-apreldagi “Iqtisodiyot

sohasidagi jinoiy ishlar bo‘yicha sud amaliyotida yuzaga kelgan ayrim masalalar

to‘g‘risida”gi 11-son Plenum qarori.

O’zbekiston respublikasi Jinoyat kodeksi. https://lex.uz/docs/-111453

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари