T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_4-to’plam_May-2025
14
ISSN:3030-3613
DMITRIY DMITRIYEVICH SHOSTAKOVICHNING 7-SIMFONIYASI
TAHLILI
Farg‘ona viloyati Beshariq tumani 18 - BMSM
Temirova Umidaxon O‘lmasjon qizi
Annotatsiya:
Mazkur maqolada
D. Shostakovichning №7 simfoniyasidagi
yorqin musiqiy obrazlrarni kuzatishimiz ummkin, mazkur asar kompozitor hayotida
muhim ahamiyat kasb etganini bilshimiz mumkin, shu bilan bir qatorda asarni oddiy
va yengil yozilgan deb hisoblash mumkin bo‘lgan xolatlar va uni rivojlantirishda
kompozitor nimlarga e'tibor qaratgani bayon etilgan.
Kalit so‘zlar:
Simfoniya, kompozitor, janr, epizod, premyera, teatr, orkestr,
ohang, cholg‘u, partiya.
Аннотация:
В данной статье Д. Симфония № 7 Шостаковича-яркий
музыкальный образ, о котором мы можем проследить, это произведение сыграло
важную роль в жизни композитора, наряду с которым описаны случаи, когда
произведение можно считать простым и легким написанием, и на что обращал
внимание композитор при его развитии.
Ключевые слова:
Симфония, композитор, жанр, эпизод, премьера, театр,
оркестр, мелодия, инструмент, партия.
Annotation:
in this article D. Shostakovich's Symphony No. 7, in which we
observe a bright musical image, ummkin, we can know that this work was important
in the life of the composer, at the same time it was stated that the work focused on the
statuses that can be considered simple and lightly written, and what the composer
focused on in its development.
Keywords:
Symphony, composer, genre, episode, premiere, Theater, Orchestra,
melody, instrument, party.
D. Shostakovichning №7 simfoniyasi urush yillarida paydo bo‘lgan va mashxur
Leningrad qamaliga bag‘ishlab yozilgan. Simfoniya 4 qismli bo‘lib, birinchi 3ta
qismlari aynan 1941-yilning sentabr oyida Leningrad shahrida yozilgan. Oktabrda u
oilasi bilan Moskva orqali Kuybishefga keladi va simfoniyani dekadr oyida shu yerda
tugatadi. Asar premyerasi 5 maryya Kuybishevda bo‘lib o‘tadi . kompozitor ushbu
simfoniya xaqida quyidagi misralarni keltirib o‘tgan:
“Yettinchi simfoniya – kurashimiz, kelayotgan g‘alabamiz haqidagi asar…
Simfoniya ustida ishlar ekanman men xalqimizning buyukligi, uning qahramonligi,
insoniylikning eng yahshi g‘oyalari, insonning ajoyib fazilatlari, go‘zal tabiatimiz,
insonparvarlik, va go‘zallik haqida o‘yladim!”
Yaratilish tarixi:
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_4-to’plam_May-2025
15
ISSN:3030-3613
Simfoniya yaratish g‘oyasi aniq qachon paydo bo‘lgani aniq emas. Lekin 1930
yillarning oxiri va 1940 yaillarning boshida Ulug‘ Vatan urushi boshlanishidan oldin
Shostakovich Ravelning “Bolero ”siga o‘xshash passakaliya janrida o‘zgarmas mavzu
asosida asar yaratdi. Ushbu asarni u yosh hamkasblari va shogirdlariga ko‘rsatgan.
Mavzu avvaliga quruq va oddiy raqsga oxshash ohanglarni eslatadi va barabanlarning
sadosi ostida rivojlantiriladi. Bu aynan birinchi qism epizodidagi “bosqinchilik”
mavzusi edi.
1941-yil 22-iyunda mamlakatdagi barcha insonlar hayoti kabi Shostakovichning
hayoti ham tubdan o‘zgardi. Urush boshlandi va oldingi rejalar bekor qilindi. Butun
xalq front uchum ishlay boshladi. Notinch inqilobiy voqealarning taasurotlarini
musiqada aks ettirishni niyat qiladi va yettinchi simfoniyani yoza boshlaydi va yoz
oylarida birinchi qism yozib tugatiladi. Sentabr oyida blokada bo‘lgan Leningrad
shaxrida ikkinchi qism yaratiladi va o‘z xamkasblariga namoyish etadi. Uchunchi qism
ustida ish boshlanganida oktabr oyi edi. Raxbariyatning say’i harakati bilan u ikki
farzandi va rafiqasi bilan birgalikda Moskvaga ketishga muvaffaq bo‘ladi. Bir oy
o‘tgach Uralga ketish rejalashtiriladi, lekin Shostakovich Kuybeshif (xozirgi Samara
shaxri) qolishga qaror qiladi. Chunki bu yerda uning ko‘pgina yaqinlar va albatta Katta
teatr bor edi. Tez orada raxbariyat tomonidan kompozitorga darhol xona hamda royal
ajratiladi. U simfoniya ustida ishni davom ettiradi. Tom manida bir nafasda
yaratilgandastlabki uchta qismdan farqli o‘laroq, final qismi ustida ishlash sekinlik
bilan davom etdi.
Va nihoyat 1941 yilnin 27 dekabrida simfoniya tugallandi. Albatta,
Shostakovich uni o‘zining sevimli orkestri – Mravinskiy rahbarligigdagi Leningrad
filarmonik orkestri tomonidan ijro etilishini xohlar edi. Ammo rasmiylar shosholinch
premyera namoyish etilishini talab qiladi. Chunki ushbu “Leningrad simfoniyasi” o‘z
nomi bilan Leningrad qamaliga bag‘ishlandi va uning ijrosi siyosiy ahamiyatga ega
bo‘ldi. Premyera 5 mart kuni 1942 yilda kuybeshiv shaxrida Samuel Samosud
rahbarligidagi Katta teatr orkestri ijrosida bo‘lib o‘tdi.
Simfonik orkestr tarkibida 2ta fleyta, alt fleyta, fleyta pikkolo, 2ta goboy, ingliz
surnayi2ta klarnet, klarnet-pikkolo, bas-klarnet, 2ta fagot, 4ta valtorna 3ta truba, 3ta
trombone, tuba, 5ta litavra, uchburchak, buben, kichik baraban, tarelkalar, kata
baraban, tam-tam, ksilofon, 2ta arfa, royal, torli cholg‘ular.
Musiqiy tahlil:
1-qism Sonata-simfonik shaklda bo‘lib rivojlov o‘rniga epizod kiritilgan. Asosiy
partiya yorqin do major tonalligida boshlanadi. Milliy ohanglar rus tabiatining
go‘zalligini epik tarzda ifodalaydi. Ushbu mavzu boyitiladi va rivojlanadi. Yordamchi
partiyada unchalik kontrast bo‘lmagan qo‘shiq janridagi mavzu yangraydi. Mayin va
sokin harakterda ekspozisiya ham yakunlanadi. Pianissimoda barcha cholg‘ular
sokinlikni ifoda etadi. Uzoqdan baraban sadolari eshitiladi va ular tobora kreshendo
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_4-to’plam_May-2025
16
ISSN:3030-3613
belgisida kuchayib boradi. Shundan so‘ng musiqiy mavzu ham yangraydi. Bu biz
yuqorida aytib o‘tgan rivojlov o‘rniga kiritilgan ekspozisiya mavzusi.
Avvaliga ushbu mavzu mayin ohanglarda yangraydi. Keyin 11martta
takrorlanadi va har safar u faktura tomondan tobora boyitiladi, yangi cholg‘u asboblari
qo‘shiladi. So‘ngra mavzu bir ovozda emas akkord majmualarida yangaray boshlaydi
va avj nuqtaga yetdi. Kuchli avjdan so‘ng kutilgan sokin qarama-qarshilik - repriza
boshlanadi. Unda asosiy partiya ham, yo‘rdamchi partiya ham minor tonalligida
kuychang ohaglarda yangraydi. Ayniqsa yordamchi partiya mavzusi juda g‘amgin,
kuychan va ohangraboligi bilan ajralib turadi. Fagot cholg‘usida solo partiyasida u
yana ham g‘amginroq huddi yig‘I ohanglarini ifodalaydi. Vanihoyat koda qismida
asosiy partiya mavzusi major tonalligida takrorlanadi.
2-qism Skerso – murakkab uch qismli shaklda yozilgan bo‘lib, 2ta mavzuga
asoslanadi. Birinchi mavzu bayonida – yorqin va yengil musiqa torli cholg‘ular
guruhida yangraydi. Skerso janriga hos tarzda kulgu tabassumni ifodalashga xarakat
qiladi. Ikkinchi mavzu birinchisiga qaraganda kontrast holda yangraydi va romans
musiqasini eslatadi. Goboy ijrosida u yanada kuychang va lirik kayfiyatga ega bo‘ladi.
Ushbu qismda mavzular o‘zaro o‘rin almashib Leningraddagi mashhur“oydin
kechalar”ni eslatadi.
3-qism Adajio – juda salobatli obrazda yozilgan. Xoral janridagi kirish qismi
Leningrad qamalida vafot etganlar xaqidagi rekviyemni eslatadi. Skripkalar ijrosida
patetik xarakterda birinchi mavzu, undan so‘ng esa flaytalar ijrosida qo‘shiq janriga
hos ikkinchi mavzu yangrab o‘tadi. Adajioning o‘rta qismi shiddatli dramatizm va
romantik ziddiyatlarga burkangan. Unda ham fojiaviy voqealarning tasvirlarini sezish
mumkin. Reprizada ham xoral yana bir bor takrorlanadi va zarbli cholg‘ular ijrosi bilan
yanada boyitiladi. Tam tam zarblari va litavralar tremolosi sekin asta so‘ngi qism –
Finalga orib boradi.
4-qism Final – litavralar tremolosi va surdinali skripkalar ijrosi bilan boshlanadi.
Sekin asta barcha cholg‘ular qoshiladi va ovozlar yig‘iladi. Uzoqdan birinchi qismdagi
asosiy mavzu energiyaga boy xarakterda yangraydi va birin ketin rivojlantiriladi.
Undan so‘ng o‘rta qismda sarabanda janrida yangi epizod kiritiladi. Epizodning mavzu
ohanglari shunchalik qayg‘uliki u ruhda xalok bo‘lganlar xotirasini aks ettiradi.
Reprizada yorqin xarakterdagi asosiy mavzu yana takrorlanadi. Asar so‘ngida ushbu
mavzu truba va trombonlar ijrosida yangraydi va yaqinlashayotgan g‘alaba kayfiyatini
aks ettiradi. Tantanali g‘alaba ruhida simfoniya yakunlanadi.
Asar premyerasi Kuybishevda bo‘lib o‘tdi va ijodkorning zafarli ijodiy
parvozining boshlanishiga aylandi. Simfoniya nafaqat musiqiy, balki siyosiy hayotda
ham muhim voqea bo‘ldi.
O‘sha yillarda simfoniyaning birinchi qismi ayniqsa kuchli taassurot qoldirdi.
Chunki u davomiylik jixatidan ham butun simfoniyaning yarmini o‘rnini tashkil qildi
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_4-to’plam_May-2025
17
ISSN:3030-3613
va taxminan 50 daqiqa davom etdi. Ammo asosiy narsa - tasvirlarning aniqligi. Ular
huddi teatr tomoshasi kabi qat’iy sujet ketma-ketligida ochiladi va tomoshabinlarga
asar g‘oyasini tasavvur qilishga yordam beradi.
Fоydаlаnilgаn аdаbiyоtlаr:
1.
Ананьев Б.Г. Очерки психологии Б.Г.Ананьев. Л.: Наука, 1945.-130 с.
2.
Афанасьев В.П. К вопросу дифференцированного обучения руководителей
народно-инструментальных коллективов в вузах культуры и искусств
В.П,Афанасьев, Г.К. Афанасьев Адекватные формы обучения в курсах
музыкальных дисциплин: Сб. ст. Тамбов, 1993. 18 24.
3.
Botirova X.T. Theoretical fundamentals of development of people's instruments
and performing arts in Uzbekistan // International Journal of Early Childhood
Special Education // (INT-JECSE) DOI: 10.9756/INT-JECSE/V14I2.657 ISSN:
1308-5581 Vol 14, Issue 02 2022 -P. 5841-5846.
4.
Botirova X.T. Specific characteristics of the development of spiritual - moral
qualities
of
students
//
Frontline
Social
Sciences
and
History
https://doi.org/10.37547/social-fsshj-03-06-04-P. 20-30
5.
Botirova X.T. In the practice of instrumental performance, students are taught to
think independently and formation of features of creativity // Middle european
scientific bulletin // ISSN 2694-9970 118 Middle European Scientific Bulletin,
Volume 33. -P. 52-58.
6.
Botirova X.T. Scientific and theoretical views of central asian thinkers in music //
Procedia of Theoretical and Applied Sciences // Volume 4. Feb 2023 ISSN: 2795-
5621. -P. 54-59.
7.
Акмалжонова М.В. “Дирижирование” (методы работ над партитурой).
Ташкент, 2017.
8.
Botirova X.T. The Role of Pop Art in the Education of Students-Youth in the Spirit
of Morality and Patriotism // Web of Scholars: Multidimensional Research Journal
(MRJ) // Volume: 01 Issue: 07. 2022 ISNN: (2751-7543). -P. 87-90.
9.
Botirova, Xilola Tursunbaevna. "THE PLACE OF MUSIC IN UPBRINGING OF
YOUNG PEOPLE."
Science and Education
1.1 (2020): 512-517.
10.
Botirova X.T. Activities of the "History and Criticism of Music" Department
During the Years of Independence // Middle European Scientific Bulletin // ISSN
2694-9970 118, Volume 33. Feb-2023 -P. 118-121.
11.
Баренбойм Л.А. Музыкальная педагогика и исполнительство Л.А.Баренбойм.
Л.: Музыка, 1974. 250 с.
12.
Вопросы воспитания музыканта-исполнителя: Сб. трудов. М.: ГМПИ им.
Гнесиных, 1983. Вьш.68. 168 с.