Jild 62 № 4 (2025)
Maqolalar
ВЛИЯНИЕ ГИГИЕНИЧЕСКИХ ФАКТОРОВ НА ЗДОРОВЬЕ ДЕТЕЙ: ЭПИДЕМИОЛОГИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ
Аннотация
В данной работе рассмотрено влияние гигиенических факторов на
здоровье детей с использованием эпидемиологического подхода. Исследование
подчёркивает важность соблюдения норм личной, бытовой и экологической
гигиены для профилактики широкого спектра заболеваний. Также в статье
проанализированы данные о заболеваемости среди детей в различных условиях
и предложены конкретные меры по улучшению санитарного состояния среды
проживания и обучения.
ERKIN VOHIDOVNING "RUHLAR ISYONI" DOSTONIDA O‘ZLASHMA SO‘ZLARNING BADIIY-ESTETIK VA USLUBIY XUSUSIYATLARI
Annotatsiya
Mazkur maqolada Erkin Vohidovning 'Ruhlar isyoni' dostonida ishlatilgan
o‘zlashma so‘zlarning badiiy-estetik va uslubiy xususiyatlari tahlil qilinadi. Asarda
qo‘llangan arabcha, forscha, hindcha va boshqa tillardan kirib kelgan o‘zlashmalar
matnning mazmuniy qatlamini boyitish, obrazlarni chuqur ifodalash va poetik ohangni
oshirishda qanday vosita sifatida xizmat qilgani yoritiladi.
"IT SOHASINING HAYOTIMIZDAGI O’RNI" “THE ROLE OF THE IT SECTOR IN OUR LIVES” “РОЛЬ IT-СФЕРЫ В НАШЕЙ ЖИЗНИ”
Annotatsiya: Ushbu mavzu IT (axborot texnologiyalari) sohasining zamonaviy
jamiyatdagi o‘rni va ahamiyatini yoritadi. IT texnologiyalari kundalik hayotimizdan
tortib, ta'lim, sog‘liqni saqlash, sanoat va biznes sohalarigacha keng qo‘llanilmoqda. U
insonlarning ish faoliyatini yengillashtirib, tezkor va samarali yechimlar yaratishda
muhim vosita bo‘lib xizmat qilmoqda. Shu sababli, IT sohasining rivojlanishi har bir
jamiyat taraqqiyoti uchun muhim omillardan biridir.
MATNDAGI OMONIM VA KO‘P MA’NOLI SO‘ZLAR VA ULARNING BADIY-ESTETIK HAMDA USLUBIY XUSUSIYATLARI
Annotatsiya. Ushbu maqolada tilshunoslikdagi omonim va koʻp maʼnoli
soʻzlarning oʻzaro maʼnolari haqida aytiladi, ularning farqli va birlashtiruvchi belgilari
xususida siz yuritiladi hamda omonim va koʻp maʼnoli soʻzlarning badiiy estetik,
uslubiy xususiyatlari tahlilga tortiladi.
O'ZBEK BADIIY MATNLARIDA PAREMIOLOGIK BIRLIKLARNING FUNKSIONAL-STILISTIK XUSUSIYATLARI
Annotatsiya: Ushbu maqola o‘zbek badiiy matnlarida paremiologik
birliklarning funksional-stilistik xususiyatlarini tadqiq etishga bag‘ishlangan.
Tadqiqotda maqol, matal va boshqa paremiologik birliklarning badiiy asarlarda
qo‘llanilishining o‘ziga xos jihatlari, ularning obrazlilik, emotsionallik va
ekspressivlikni oshirishdagi roli, shuningdek, matnning uslubiy xususiyatlarini
shakllantirishdagi ahamiyati tahlil qilinadi.
ESHITISHDA NUQSONI BO‘LGAN BOLALARGA KOXLEAR IMPLANTATSIYA OPERATSIYASINI O‘TKAZILISHINING ME’YORIY HUQUQIY ASOSI
Annotatsiya: Mazkur maqolada eshitishni tiklashning zamonaviy usuli
bo‘lgan koxlear implantatsiya operatsiyasi va uning eshituv idrokiga samarali
ta’siri, koxlear implantatsiyadan so‘ng eshituv reabilitatsiyasining pedagogik
usullari haqida so‘z boradi.
TAYANCH HARAKATI A’ZOLARI FALAJLANGAN BOLALAR TA’LIM- TARBIYASIDA NUTQ KAMCHILIKLARINI BARTARAF ETISH YO‘LLARI
Annotatsiya
Ushbu maqolada tayanch-harakat a’zolari falajlangan (tserbral falaj) bolalarda
uchraydigan nutq kamchiliklarini bartaraf etish yo‘llari yoritilgan. Nutqiy
rivojlanishdagi muammolarni bartaraf etishda kompleks yondashuv – logopedik,
defektologik, psixonevrologik va pedagogik ishlanmalar birgalikda olib borilishi
ta’kidlangan. Muallif tomonidan nutqni rivojlantirishga qaratilgan bosqichma-bosqich
mashg‘ulotlar tizimi, o‘yin va mashqlarning amaliy ahamiyati asoslab berilgan.
Shuningdek, lug‘at boyligini kengaytirishga xizmat qiladigan metodik tavsiyalar
keltirilib, bolalarning faoliyatini o‘yin orqali faollashtirish, sensor-tasavvur
ko‘nikmalarini shakllantirish muhim ekani asoslangan. Maqola maxsus ta’lim
sohasidagi mutaxassislar va amaliyotchi logopedlar uchun foydali metodik manba
bo‘lib xizmat qiladi.
INGLIZ TILI FANIDA ARTIKL
ANNOTATSIYA Ushbu ilmiy maqola ingliz tilidagi artikllarning o‘rganilishi
va o‘qitilishi bilan bog‘liq nazariy va amaliy masalalarni tahlil qiladi. Maqolada ingliz
tilidagi aniq artikl (the), noaniq artikllar (a/an) va nol artikl (artiklsiz holat) turlari
o‘rganilib, ularning grammatik va semantik vazifalari batafsil tushuntirilgan.
Artikllarning nutqdagi ma’no va kontekstga qanday ta’sir ko‘rsatishini tushunish,
ingliz tilini o‘rganish jarayonida muhim ahamiyatga ega ekanligi ko‘rsatilgan.
Shuningdek, maqolada o‘zbek tilida artikllar mavjud bo‘lmasligi sababli o‘zbek
tilida so‘zlashuvchi o‘quvchilarning ingliz tilida artikllarni o‘rganishdagi xatoliklari
tahlil qilinadi. Artikllarni o‘rganishda yuzaga keladigan asosiy qiyinchiliklar va ularga
qarshi samarali o‘qitish metodlari taklif etiladi. Kontekstual yondashuv, taqqoslov
metodlar va vizual materiallardan foydalanish orqali artikllarni o‘rgatishning samarali
usullari ko‘rsatilgan. Maqolada o‘qituvchilarga o‘quvchilarga artikllarni to‘g‘ri
qo‘llashni o‘rgatishda qanday metodologiyalarni qo‘llash zarurligi haqida fikrlar
bildirilib, ingliz tili o‘rganish jarayonining samaradorligini oshirish uchun ilmiy
yondashuvlar taklif qilinadi. Umuman olganda, maqola ingliz tili o‘qituvchilari va
talabalariga artikllarni o‘rganish jarayonida yuzaga keladigan qiyinchiliklarni
tushunishga va samarali metodlar asosida ularni yengishga yordam beradi.
INGLIZ TILIDA ZAMONLAR
ANNOTATSIYA Ushbu maqolada ingliz tilidagi zamonlar tizimining
grammatik tuzilishi, semantik vazifalari va ularning o‘quvchilarga o‘rgatilishidagi
metodik yondashuvlar tahlil qilinadi. Ingliz tilida mavjud 12 ta zamon shaklining har
biri alohida o‘rganilib, ularning kontekstda ishlatilishi, o‘zbek tilidagi zamonlar bilan
farqlari hamda o‘quvchilarda uchraydigan xatoliklar asosida izohlanadi. Maqolada
zamonlarni o‘rgatishda qo‘llaniladigan samarali usullar — vizual chizmalar, taqqoslov
metod, kontekstual o‘qitish va amaliy mashg‘ulotlar muhim ahamiyatga ega ekani
asoslab berilgan. Tadqiqot ingliz tili grammatikasini chuqur o‘zlashtirish va muloqot
kompetensiyasini shakllantirishda zamonlar mavzusining markaziy o‘rinni egallashini
ko‘rsatadi.
ПОНЯТИЕ И СТРУКТУРА КОММУНИКАТИВНОЙ КОМПЕТЕНЦИИ
Аннотация: В данной статье рассматриваются теоретические и
практические аспекты формирования коммуникативной компетенции
школьников с использованием игровых технологий. Актуальность темы
обусловлена необходимостью развития у учащихся навыков эффективного
общения, что особенно важно в условиях глобализации и цифровизации
образования. Авторы акцентируют внимание на педагогическом потенциале
различных видов игр – ролевых, имитационных, словесных и цифровых – как
средства повышения мотивации и речевой активности. Статья обобщает
современные методики, описывает примеры заданий и раскрывает психолого-
педагогические условия успешного применения игровых техник. Отдельное
внимание уделяется анализу речевых заданий и самооценке учащихся как
важному компоненту диагностики коммуникативного развития. Сделан вывод о
высокой эффективности игровых методов в обучении русскому языку и
предложены рекомендации для их внедрения в практику.
IJTIMOIY TARMOQLAR VA BLOGERLIK FAOLIYATI: YOSHLAR AXLOQINING YANGI MEZONLARINI SHAKLLANTIRAYOTGAN OMIL SIFATIDA
Annotatsiya: Mazkur maqolada ijtimoiy tarmoqlar va blogerlik faoliyatining
zamonaviy yoshlar axloqiy qarashlariga ta’siri tahlil qilingan. Xususan, TikTok,
Instagram va YouTube platformalaridagi ommaviy kontent turlari, mashhur
blogerlarning faoliyati va ularning yoshlar ongidagi rol modeli sifatidagi o‘rni ilmiy
asosda ko‘rib chiqilgan. Maqolada axloqiy normalarning kontent orqali qanday
shakllanishi va o‘zgarishi, shuningdek, mazkur jarayonning ijobiy va salbiy ta’sirlari
tahlil etilgan. Tadqiqot natijalari yoshlar axloqiy qadriyatlarining yangi, raqamli
davrga xos mezonlar asosida qayta shakllanib borayotganini ko‘rsatadi. Shu bilan
birga, maqolada yoshlar ongidagi axloqiy o‘zgarishlarni sog‘lom va ma’naviy
yo‘nalishda boshqarish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ham bayon etilgan.
O‘ZBEKISTONDA YOSHLAR AXLOQINING TRANSFORMATSIYASI: ZAMONAVIY TAHDIDLAR VA YECHIMLAR
Annotatsiya. Mazkur maqolada O‘zbekistonda yoshlar axloqining
transformatsiyasiga ta’sir etuvchi omillar tahlil qilinib, globallashuv, raqamli
texnologiyalar va internet madaniyati ta’sirida yuzaga kelayotgan zamonaviy tahdidlar
va muammolar ko‘rib chiqilgan. Axloqiy qadriyatlarning o‘zgarishi, yoshlar o‘rtasida
an’anaviy va zamonaviy qarashlar to‘qnashuvi, ijtimoiy tarmoqlar va blogerlik
faoliyatining ularning xulq-atvoriga ta’siri ilmiy-amaliy yondashuv asosida tahlil
etilgan. Tadqiqot jarayonida sotsiologik so‘rovlar, intervyular va kontent tahlili
usullaridan foydalanilgan. Maqolada yoshlar ongida yuz berayotgan axloqiy
o‘zgarishlarning ijtimoiy ta’sirlari baholanib, axloqiy tarbiyada ta’lim muassasalari,
oila va ommaviy axborot vositalarining o‘rni qayd etilgan. Shuningdek, yoshlar
axloqiy ongini barqaror va muvozanatli shakllantirishga qaratilgan amaliy taklif va
yechimlar ham ilgari surilgan. Mazkur tadqiqot O‘zbekiston jamiyatida yoshlar
axloqini mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqishda muhim ilmiy
asos bo‘lib xizmat qiladi.
QO‘SHIN TURLARIGA OID AYRIM ASKARIY QISM NOMLARINING YASALISHI
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada Sohibqiron Amir Temur davlat boshqaruvidagi qo‘shin
turlarining tarkibi, morfologik jihatdan harbiy atamalarning so‘z yasalish (affiksal yoki
kompozitsion) tizimi ochib beriladi.
TIJORAT BANKLARIDA ISTE'MOL KREDITLARINI SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO’LLARI
Annotatsiya: Ushbu maqolada tijorat banklarining iste’mol kreditlari berishdagi
muammolar va ularni kamaytirish strategiyalari yoritib berilgan. Har sohada bo‘lgani
kabi bank tizimida ham mavjud kamchiliklar iste’molchilar uchun bir qancha
murakkabliklarni keltirib chiqarmoqda. Maqolada asosan iste’mol kreditlari va ularni
takomillashtirish yo‘llari bayon etilgan. Bundan tashqari mamlakatimizning ayrim
tijorat banklaridagi iste’mol kreditlari haqida ham umumiy tushunchalar berib o‘tilgan.
IMPROVING MODERN BANKING SERVICES
Abstract: This document explores the improvement of banking services for the
population, highlighting the need for innovation, financial literacy, service quality,
and customized products for diverse social groups. It emphasizes the importance of
modern banking in addressing economic challenges and promoting financial
accessibility. By adopting strategies such as online banking, educational programs,
and feedback mechanisms, banks can enhance their offerings and better meet the
needs of their clients.
OʻTKIR HOSHIMOVNING “IKKI ESHIK ORASI” ROMANIDA URUSH YILLARI VA INSONIY QADR-QIMMAT TALQINI.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Oʻtkir Hoshimovning “Ikki eshik
orasi” romanida Ikkinchi jahon urushi yillaridagi insoniy taqdirlar, xalqning sabr-
toqati, urf-odatlari va milliy qadriyatlari badiiy tasvir orqali qanday yoritilgani tahlil
qilinadi. Asarda urushning insoniyatga keltirgan azob-uqubatlari, xalqning fidoyiligi
va ma’naviy kuchi realistik obrazlar vositasida ifodalangan. Maqola roman
kompozitsiyasi, personajlar talqini va folklor elementlarining badiiy funksiyasini ilmiy
asosda tahlil qiladi.
TEZ TIBBIY YORDAM
Tez tibbiy yordam — inson hayoti hamda sogʻligʻi uchun xavfli holatlar roʻy
berganda kechasiyu kunduzi shifoxonagacha koʻrsatiladigan tibbiy yordam turi va
tizimi. Ilk bor Tez tibbiy yordam 1918-yil Toshkent shahrida punkt sifatida tashkil
etilib, 1926-yil mustaqil Tez tibbiy yordam stansiyasiga, 1974-yil Tez tibbiy yordam
klinik kasalxonasi bilan birlashtirilib, boʻlimga aylantirildi.
HOW EFFECTIVE ARE CAMPUS MENTAL HEALTH SERVICES IN ADDRESSING STUDENT NEEDS?
The Abstraction Mental health problems are becoming more and more prevalent
among college students, which has an impact on both their general health and academic
performance. This study addresses significant issues that impact students' mental
health, including access to services, technological treatment, and peer support groups.
This study believes that a multidisciplinary program that is student-focused is essential,
based on previous research and an analysis of current university mental illness
programs. Evidence suggests that integrating technology-based therapy, teaching, and
making sure it is as accessible as possible can greatly improve students' mental health
outcomes. All things considered, some of the most successful and long-lasting mental
health techniques are those that are widely used in colleges.
POLITICAL PEOPLE OF THE USA
Annotation:This article provides a comprehensive overview of the key political
figures in the United States, their roles, responsibilities, and influence on national and
international affairs. It examines the hierarchy of political positions in the U.S.
government and highlights prominent individuals who have shaped the political
landscape throughout history. The article also explores how these figures impact
policymaking, diplomacy, and the democratic process.
BOLALAR VA O’SMIRLARNING OVQATLANISH FIZIOLOGIYASI: METABOLIK JARAYONLAR VA OZIQ MODDALARI ALAMSHINUVI
Annotatsiya:Ushbu maqolada bolalar va o‘smirlar organizmida kechadigan
ovqat hazm qilish va modda almashinuvi jarayonlarining yoshga xos fiziologik
xususiyatlari yoritilgan. Xususan, asosiy oziq moddalari – oqsillar, yog‘lar, uglevodlar,
vitaminlar va minerallar almashinuvi, ularning energiya sarfiga ta’siri va yoshga mos
me’yorlari ko‘rib chiqilgan. Ovqatlanishdagi xatolar va noto‘g‘ri parhezning bolalar
sog‘lig‘iga salbiy ta’siri haqida ham fikr yuritilgan. Maqola sog‘lom ovqatlanish
madaniyatini shakllantirishga qaratilgan.
MUSTAQILLIK VA OʻZIGA ISHONMASLIK BOLALIK DAVRINING MUAMMOSI SIFATIDA
Annotatsiya: Mustaqillik va o’ziga ishonmaslik bolalik pallasini hal qiluvchi
mammas hisoblanadi. Ushbu krizis qanday xal bo’lishi shaxsning keyingi
taraqqiyotida aks etadi.
DARSLARNI KOʻP QOLDIRUVCHI VA OʻZLASHTIRISHI PAST BOʻLGAN O‘QUVCHILAR BILAN PSIXOKORREKSION ISHLARNI TASHKIL ETISHNING ZAMONAVIY USULLARI
Annotasiya: Hozirgi kunning zamonaviy o‘qituvchisi dars jarayonida «aktyor»
emas, aksincha «rejissyor» bo‘lishi kerakligini anglashi lozim. Buning uchun esa u bir
necha yangicha ta’lim usullarini yaxshi bilishi kerak.
YOSHLARDA KELAJAKDAGI KASBLARINI ANIQLASH,HAMDA ZAMONAVIY KASBLAR HAQIDA TUSHUNCHA BERISHNING PSIXOLOGIK MASALALARI
Annotatsiya: O'quvchi-yoshlarni kasb-hunarga yo'naltirish ularning
qiziqishlari, moyil liklari, layoqatlari hamda shakllangan qobiliyatlariga mos holda
kasb-hunar tanlashlariga koʻmaklashishdan iboratdir.
PEDAGOGLAR JAMOASI ORASIDA KASBIY STRESS HAMDA DEPRESSIYANI BARTARAF ETISHNING PSIXOLOGIK YECHIMLARI
Pedagoglarni kasbiy tayyorlashga nazariy, amaliy, uslubiy yondashuv,
shuningdek, maxsus tayyorgarlikning shart-sharoitlari va usullarini takomillashtirish,
belgilash pedagoglarning muvaffaqiyati uchun zarur boʼlgan kasbiy bilim, koʼnikma
va malakalar va qobiliyat mustaqil ishlash zamonamizning asosiy muammolaridir.
Shuning uchun muvaffaqiyatli tarbiyalashning ijtimoiy-psixologik jihatlarini aniqlash
muhim.
BOLALAR SHAXSINING RIVOJLANISHIDA OTA-ONALARGA QOʻYILADIGAN PSIXOLOGIK TALABLAR
Annotatsiya: Bolalarning aqliy, jismoniy, axloqiy, estetik, tarbiyasiga oilada
asos solinadi. Mustaqillika erishganimizdan so’ng milliy qadriyatlarimizning
tiklanishi va xalqimiz azaldan saqlab kelayotgan milliy urf-odatlarimiz bu borada
katta ahamiyatga ega. Bola tarbiyasida ota-onadan tashqari, buvi-buva, qarindosh-
urug’, mahallaning ham ta’siri bor. Jamiyatning komil fuqarosini shakllantirish
oilaning asosiy vazifasidir.
RUHIY ZO‘RIQISHGA SABAB BOʻLUVCHI OMILLAR VA ULARNI BARTARAF ETISHNING PSIXOLOGIK YECHIMLARI
Annotatsiya. Emotsional holatlar boshqa ruhiy jarayonlar singari miya
faoliyatining natijasi yoki mahsuli bo’lib hisoblanadi. Emotsional holatlarning yuzaga
kelishiga tabiatda va jamiyatda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar, munosabatlar,
aloqalar, taassurotlar asosiy sababchidir.
STYLISTIC COMPOSITION OF VOCABULARY: LITERARY, NEUTRAL, AND COLLOQUIAL WORDS AND THEIR STYLISTIC FUNCTIONS
Annotation: This article discusses the stylistic composition of vocabulary in
English, focusing on literary, neutral, and colloquial words. It explores the subtypes of
literary vocabulary such as terms, archaisms, neologisms, and poetic words, and
analyzes their stylistic roles in different texts.
STOMATOLOGIK KASALLIKLARNING ETIOPATOGENEZI VA BOLALAR ORASIDA TISH GIGIYENASINING AHAMIYATI
Annotatsiya
Ushbu maqolada stomatologik kasalliklarning etiopatogenezi, ya’ni ularning
kelib chiqish sabablari va rivojlanish mexanizmlari atroflicha tahlil qilingan. Xususan,
og‘iz bo‘shlig‘idagi mikroflora muvozanatining buzilishi, noto‘g‘ri ovqatlanish, irsiy
omillar, gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik kabi omillar stomatologik
muammolarning asosiy sabablari sifatida ko‘rsatib o‘tilgan. Tadqiqot natijalari asosida
stomatologik kasalliklarning oldini olishda gigiyena madaniyatini targ‘ib qilish
muhimligi takidlangan
QUR’ONIYLAR TOIFASINING DA’VOLARI VA AHLI SUNNA IMOMLARINING ULARGA JAVOBI
Annotatsiya: Qur’on va sunnat shariyatning bir-biridan ajralmas bo’lgan
manbaidir. Qur’oni Karimni payg’ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi
vasallamning sunnatlari va hadislarisiz tushunishning iloji yo’q. Chunki, Qur’on u
zotga nozil bo’lgan. Shu sabab undagi ma’nolarni eng yaxshi biladigan odam, bu –
Payg’ambarimiz alayhissalomdir. Bu borada noto’g’ri g’oyalarni tarqatayotganlar va
Qur’ondagi ba’zi oyatlarni o’zining fikri bilan tafsir qilib, sunnatni inkor qilishga
urinayotgan toifalarga ahli sunna val jamoa ulamolari tomonidan yetarlicha
raddiyalar berilgan.
BUDJET TASHKILOTLARINI RIVOJLANTIRISH JAMG‘ARMASINI SHAKLLANTIRISH VA UNING MABLAG‘LARDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH MASALALARI (XORAZM VILOYATI TIBBIYOT BIRLASHMASI MISOLIDA)
Mamlakatimizda budjet tashkilotlarining moliyaviy mustaqilligini ta’minlash,
ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va xizmatlar sifatini oshirish
maqsadida budjetdan tashqari moliyaviy manbalardan samarali foydalanish tobora
dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Xususan, sog‘liqni saqlash tizimida joriy etilgan
budjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg‘armasi ushbu muassasalarning barqaror
faoliyat yuritishi uchun muhim vosita hisoblanadi.
BUDJET TASHKILOTLARINI RIVOJLANTIRISH JAMG‘ARMASINI SHAKLLANTIRISH VA UNING MABLAG‘LARDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH MASALALARI (XORAZM VILOYATI TIBBIYOT BIRLASHMASI MISOLIDA)
Annotatsiya. Mazkur maqolada Budjet tashkilotlarini rivojlantirish
jamg‘armasining shakllanish mexanizmlari va uning mablag‘laridan foydalanish
samaradorligini oshirish masalalari Xorazm viloyati Tibbiyot birlashmasi misolida
tahlil qilinadi. Tibbiyot tizimidagi budjetdan tashqari moliyaviy manbalarni jalb qilish,
ularni oqilona va maqsadli taqsimlash hamda monitoring mexanizmlarini
takomillashtirish orqali tashkilotning moliyaviy mustaqilligi va xizmat sifati oshirilishi
mumkinligi asoslab berilgan. Maqolada mavjud muammolar, ularning yechimiga oid
takliflar, shuningdek, amaliy misollar asosida moliyaviy boshqaruv samaradorligini
baholash yondashuvlari bayon etilgan. Xususan, Xorazm viloyatidagi tibbiyot
muassasalarida jamg‘arma mablag‘larining shakllanishi, taqsimlanishi va sarflanishi
holati real ma’lumotlar asosida o‘rganilgan. Yakunda budjet tashkilotlarida moliyaviy
resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar
ishlab chiqilgan.
VITAMIN VA MIKROELEMENTLARNING YOSHGA BOG'LIQ FIZIOLOGIK AHAMIYATI VA YETISHMOVCHILIK SINDROMLARI
Annotatsiya
Ushbu maqola inson organizmida vitamin va mikroelementlarning yoshga
bog'liq fiziologik ahamiyatini va ularning yetishmovchiligi natijasida yuzaga keladigan
sindromlarni atroflicha tahlil qiladi. Maqolada chaqaloqlik va ilk bolalikdan to keksalik
davrigacha bo'lgan har bir yosh bosqichida ushbu biologik faol moddalarning
organizmning o'sishi, rivojlanishi, aqliy va jismoniy faoliyati, immunitet hamda
reproduktiv salomatlik uchun muhim roli yoritilgan. Shuningdek, D vitamini, temir,
yod, A, C, B guruhi vitaminlari kabi asosiy vitamin va mikroelementlar
yetishmovchiligining klinik ko'rinishlari, tashxislash usullari va ularni oldini olish
hamda bartaraf etish yo'llari ilmiy asosda ko'rib chiqiladi. Maqola noto'g'ri ovqatlanish,
ekologik omillar kabi sabablar tufayli yuzaga keladigan yetishmovchilik
muammosining dolzarbligini ta'kidlaydi va ratsional ovqatlanish hamda vitamin-
mineral komplekslaridan oqilona foydalanishning ahamiyatini urg'ulaydi.
THE CONTENT, SUBJECT MATTER, AND METHOD OF THE SCIENCE OF STYLISTICS
Annotation: This article provides an overview of stylistics as a linguistic
discipline, focusing on its content, subject matter, and methods. It explains how
stylistics analyzes the expressive features of language and their functions across
different types of texts.
TAX POLICY IN THE FIELD OF TOURISM AND ITS ECONOMIC IMPACT
Annotation: This article provides a comprehensive analysis of the main
directions of the tax policy implemented in the tourism sector, its direct and indirect
impact on the economy, in particular, the tourism industry. The impact of tax incentives
and reliefs on the activities of tourism entities, incentive mechanisms for the
investment climate and their effectiveness are studied on the basis of scientific-
theoretical and practical examples. The tax policy implemented in the conditions of
Uzbekistan is considered on the basis of a comparative analysis of international
experience and scientific-practical recommendations for improvement are given.
THE REFLECTION OF PERSONAL LIFE IN MEMOIR AND BILDUNGSROMAN WORKS
Abstract. The article analyzes different types of autobiographical works based
on Jack London’s “Martin Eden” as a semi-autobiographic Kunstlerroman, a sub-
genre of the bildungsroman, shedding light on the developmental phases of a
protagonist. The point London makes is able to be witnessed throughout the real world
and is essentially the case of the impoverished, self-educated, philosophically inclined,
and aspiring author who emerges from the depths of societal desolation. Employing
personal history, and wisdom to relay a longing narrative reflecting the psyche of an
individual, which without a doubt resonated as the heart of an identity once lost. The
outcome of these arises London’s approaches towards depicting life and fiction, from
personal events to drawing them into a fantastical portrayal showcasing memoirs of
metamorphosing from a step-by-step realization shrouded by the fog of introversion.
ЗАБОЛЕВАНИЕ КИШЕЧНИКА ИЛИ ЗАПОРЫ.
Аннотация
В статье представлены данные об этиологии, классификации и патогенезе
запоров, рассмотрены современные подходы к диагностике и лечению данных
пациентов согласно последним рекомендациям. Запоры чрезвычайно
распространены в общемедицинской практике. Проявления запоров
негативным образом сказываются на качестве жизни людей, их повседневной
активности и усугубляют течение соматической патологии. В зависимости от
причины возникновения выделяют первичные, вторичные и идиопатические
запоры. В патогенезе запоров важная роль принадлежит нарушению моторики
толстой кишки, функционирования прямой кишки, анального сфинктера, мышц
тазового дна и брюшной стенки. При обследовании людей должны быть
выявлены возможные причины запора, исключена аноректальная патология. В
лечении необходимо использовать комплексный и ступенчатый подход. В
качестве терапии первой линии рекомендуются осмотические
(полиэтиленгликоль) и стимулирующие слабительные средства.
THE REFLECTION OF PERSONAL LIFE IN MEMOIR AND BILDUNGSROMAN WORKS
Abstract. The article analyzes different types of autobiographical works based
on Jack London’s “Martin Eden” as a semi-autobiographic Kunstlerroman, a sub-
genre of the bildungsroman, shedding light on the developmental phases of a
protagonist. The point London makes is able to be witnessed throughout the real world
and is essentially the case of the impoverished, self-educated, philosophically inclined,
and aspiring author who emerges from the depths of societal desolation. Employing
personal history, and wisdom to relay a longing narrative reflecting the psyche of an
individual, which without a doubt resonated as the heart of an identity once lost. The
outcome of these arises London’s approaches towards depicting life and fiction, from
personal events to drawing them into a fantastical portrayal showcasing memoirs of
metamorphosing from a step-by-step realization shrouded by the fog of introversion.
BOLALAR VA O’SMIRLARNING NAFAS OLISH TIZIMI:RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI VA EKOLOGIK OMILLAR TA’SIRI
Annotatsiya: Ushbu maqolada bolalar va o'smirlarning nafas olish tizimining
rivojlanish xususiyatlari va atrof-muhit omillari ta'siri batafsil tahlil qilinadi. Maqolada
nafas olish tizimining anatomik va fiziologik jihatlari, yoshga bog'liq o'zgarishlar,
ifloslangan havo, allergiya, infektsiyalar va boshqa ekologik omillarning nafas olish
tizimiga ta'siri, shuningdek, bu salbiy ta'sirlarning oldini olish va davolash usullari
ko'rib chiqiladi. Maqola pediatriya va pulmonologiya sohalarida faoliyat yurituvchi
mutaxassislar, talabalar va ota-onalar uchun foydali bo'ladi
STOMATOLOGIK KASALLIKLARNING ETIOPATOGENEZI VA BOLALAR ORASIDA TISH GIGIYENASINING AHAMIYATI
Annotatsiya: Maqolada stomatologik kasalliklarning etiologiyasi va
patogenezi, shuningdek bolalarda tish gigiyenasining ahamiyati tahlil qilinadi. Bolalik
davrida og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenasiga to‘g‘ri e'tibor qaratilmaganda kelib chiqadigan
asosiy kasalliklar va ularning oldini olish yo‘llari ko‘rib chiqilgan. Bolalar
gigiyenasiga ota-onalar tomonidan yetarlicha e’tibor bermasligi orqali yuzaga
keladigan kasalliklar, ularning salbiy oqibatlari va bu holatlarning so’g’liq uchun uzoq
muddatli xavflari ko’rib chiqiladi. Shuningdek, bolalar orasida tish gigiyenasini
qanday rivojlantirish bo’yicha ba’zi usullar, tarbiyaviy yondashuv haqida turli
ma’lumotlar keng yoritiladi.
JISMONIY FAOLLIKNING YOSH FIZIOLOGIYASIGA TA’SIRI: MUSHAK VA YURAK-QON TOMIR TIZIMI ADAPTATSIYASI
Annotatsiya: Ushbu maqolada jismoniy faollikning yosh fiziologiyasiga,
ayniqsa mushak va yurak-qon tomir tizimining adaptatsion o‘zgarishlariga ta’siri tahlil
qilingan. Yosh davrida organizmning rivojlanish bosqichlari, gormonal holat, genetik
omillar va psixologik motivatsiya jismoniy faollik samaradorligini belgilaydi.
Maqolada har bir kishi uchun moslashtirilgan mashq dasturlarining ahamiyati asoslab
berilgan.
VITAMIN VA MIKROELEMENTLARNING YOSHGA BOG'LIQ FIZIOLOGIK AHAMIYATI VA YETISHMOVCHILIK SINDROMI
Annotatsiya: Mazkur maqolada vitamin va mikroelementlarning turli yosh
davrlaridagi fiziologik ahamiyati, ularning yetishmovchiligi natijasida yuzaga
keladigan kasalliklar va sindromlar, hamda bu muammolarni oldini olish usullari
haqida batafsil ma’lumot berilgan. Har bir yosh davrida organizmning moddalarga
bo‘lgan talabi farqlanadi va bu ehtiyojlar sog‘lom o‘sish, rivojlanish hamda qarish
jarayonini optimallashtirishda muhim rol o‘ynaydi. Shuningdek, maqolada sog‘lom
turmush tarzining shakllanishida bu moddalarning o‘rni tahlil qilinadi. Maqola
sog‘liqni saqlash, pediatriya, geriatriya sohalarida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar
hamda umumiy o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan.
SHAXSLARARO MUNOSABATLARDA MULOQOT KOʻNIKMALARINI SHAKLLANISHI
ANNOTATSIYA
Muloqot faqat insonlarga xos boʻlgan jarayondir. Kishilarda faoliyat
jarayonida bir - birlariga nimanidir aytish istagi tugʻiladi.Muloqot - odamlar oʻrtasida
birgalikdagi faoliyat ehtiyojlaridan kelib chiqadigan bogʻlanishlar rivojlanishining
koʻp qirrali jarayonidir.
BO‘LG‘USI KADRLARNI TAYYORLASHDA KASBIY XUSUSIYATLARNI SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK IMKONIYATLARI
Annotatsiya: Rеspublikamiz aholisining aksariyati agar xo‘jalik sohasi bilan
shug‘ullanayotganligi tufayli uning tarmoqlariga oid mutaxassislarni tayyorlash
uchun kasbning psixologik xususiyatlari, mehnat ko‘nikmalari va malakalari bilan
bo‘lg‘usi ixtisos egalarini qurollantirish muhim ijtimoiy vazifalardan biridir.
BIRINCHI SINFGA QABUL QILINISHI ARAFASIDAGI BOLALAR RUHIY HOLATINI OʻRGANISHNING PSIXOLOGIK MASALALARI
Annotatsiya. Bolalarni maktabga tayyorlash ularni o'qitishni o'z ichiga oladi.
Kichkintoy kitobning butun sahifasini tez va ishonchli o'qiy olmasligida hech qanday
yomon narsa yo'q - birinchi sinfga kirish uchun kamida bir nechta oddiy jumlalarni,
hatto bo'g'inlar bo'yicha ham o'qiy olish kifoya.
OMMAVIY AXBOROT VOSITALARINING YOSHLAR ONGIGA MA’NAVIY VA PSIXOLOGIK TAʼSIRLARI
Annotatsiya: Yoshi, kasbi, qiziqishlaridan qatiy nazar xar bir inson axborotlar
olamiga kirib boradi, ularni qabul qiladi, о’zlashtiradi, muomalada bo‘ladi. Manashu
keng qo‘lamdagi axborotlari istemolchilarini katta qatlami sifatida o‘smirlarni
ko‘rsatish mumkin. Sir emaski, zamonaviy o‘smir o‘z rivojlanish mohiyatiga ko‘ra
murakkab dunyoda yashamoqda.
BOLALAR VA O’SMIRLARNING NAFAS OLISH TIZIMI:RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI VA EKOLOGIK OMILLAR TA’SIRI
Annotatsiya: Ushbu maqolada bolalar va o'smirlarning nafas olish tizimining
rivojlanish bosqichlari, uning anatomik va fiziologik xususiyatlari, shuningdek, atrof-
muhitning ifloslanishi, allergiya va yuqumli kasalliklar kabi ekologik omillar ta'siri
batafsil tahlil qilinadi. Maqolada nafas olish tizimining yoshga bog'liq o'zgarishlari,
turli yosh guruhlarida uchraydigan nafas olish kasalliklari, ularning oldini olish va
davolash usullari muhokama qilinadi. Maqola pediatriya va pulmonologiya sohalarida
faoliyat yurituvchi mutaxassislar, talabalar va ota-onalar uchun foydali bo'ladi.
CHOLG`ULASHTIRISH FANIDAN. KUYNI MOSHLASHTIRISH
ANNOTATSIYA
Maqolam asosan cholg`ulashtirish faniga oid bu fanda asosan nimalar qilinadi,
asar qay tartibda cholg`ulashadi degan savollarga javob olasizlar Bir asarni olib unini
har hildagi cholg`u asboblariga, diapazoniga qarab bo`linadi. Men hozir bu haqida
ozgina tushumcha berib otganman hozirgi maqolamada. O`zbek cholg`u turlari ham
juda ko`p ham ohang jihatdan ajoyib turkumlarga bo`la olamiz.
CHOLG`ULASHTIRISH FANIDAN. ASARNI ORKESTRGA MOSHLASHTIRISH
ANNOTATSIYA
Maqolam asosan cholg`ulashtirish faniga oid bu fanda asosan nimalar qilinadi,
asar qay tartibda cholg`ulashadi degan savollarga javob olasizlar Bir asarni olib unini
har hildagi cholg`u asboblariga, diapazoniga qarab bo`linadi. Men hozir bu haqida
ozgina tushumcha berib otganman hozirgi maqolamada. O`zbek cholg`u turlari ham
juda ko`p ham ohang jihatdan ajoyib turkumlarga bo`la olamiz.
DMITRIY DMITRIYEVICH SHOSTAKOVICHNING 7-SIMFONIYASI TAHLILI
Annotatsiya: Mazkur maqolada D. Shostakovichning №7 simfoniyasidagi
yorqin musiqiy obrazlrarni kuzatishimiz ummkin, mazkur asar kompozitor hayotida
muhim ahamiyat kasb etganini bilshimiz mumkin, shu bilan bir qatorda asarni oddiy
va yengil yozilgan deb hisoblash mumkin bo‘lgan xolatlar va uni rivojlantirishda
kompozitor nimlarga e'tibor qaratgani bayon etilgan.
ANSAMBL VA ORKESTR IJROCHILIGINING OʻXSHASH VA FARQLI TOMONLARI
Anotatsiya: Mazkur maqolada jamoaviy ijro uslublarida tarbiyaviy jarayonlar,
ijrochilarning jamoaviy ijroda bir-birlarini eshitib chalish mahoratini oshirish yo‘llari
ko‘rsatilgan. Mashq jarayonlari o‘zini-o‘zi boshqarish va tartibli bo‘lish xolatlarida
musiqani ahamiyati katta ekanligi yoritb o‘tilgan. Ustoz-shogid an'analari musiqa
ta'limida muhim ahamiyat kasb etishi ta'kidlab o‘tilgan.
ORKESTRDA JO‘RNAVOZNING O‘RNI
Annotatsiya: Mazkur maqolad, shaxsning estetik madaniyati tarkibiy qismlarini
yoshlar madaniyatining rivojlantirishida ijodiy faoliyat bilan bir qatorda xalq
cholg‘ulari o‘quv orkestrining ijodiy jamoa sifatida o‘ziga xos tomonlari va ularning
talabalarga estetik madaniyatini shakllanishidagi ahamiyati haqida ma'lumotlar
keltirilgan.
O‘ZBEK XALQ CHOLG‘ULARI ORKESTRLARINING KONSERT FAOLIYATI VA UNING TARG‘IBOTI
Ushbu maqola O‘zbekiston xalq cholg‘u orkestrlarining (O‘XCHO) konsert
faoliyatini o‘rganishga bag‘ishlangan. Unda orkestrlar repertuaridagi o‘zgarishlar,
konsert dasturlarining xususiyatlari, auditoriya bilan aloqalar va targ‘ibot usullari tahlil
qilinadi. Maqolada O‘XCHOning milliy musiqa merosini saqlash va rivojlantirishdagi
roli, shuningdek, ularning konsert faoliyatini takomillashtirish yo‘llari ko‘rib chiqiladi.
Tadqiqot natijalari O‘zbekiston madaniyatini yanada rivojlantirishga xizmat qilishi
mumkin.
O‘ZBEKISTONDA ORKESTR IJROCHILIGINING TARIXI VA BUGUNGI KUNI
Annotatsiya: Mazkur maqolada O‘zbekistonda orkestr ijrochiligining
shakllanishi, rivojlanish bosqichlari hamda bugungi kundagi holati tahlil qilinadi.
Tarixiy jarayonlar, sovet davrida kechgan o‘zgarishlar, mustaqillik yillaridagi yutuqlar
hamda zamonaviy tendensiyalar asosida orkestr san’ati taraqqiyotining asosiy
bosqichlari yoritilgan.
АНАТОМИЯ И СТАРЕНИЕ: ВОЗРАСТНЫЕ ИЗМЕНЕНИЯ ОПОРНО- ДВИГАТЕЛЬНОЙ СИСТЕМЫ И МОЗГА
1. Аннотация
С возрастом человеческий организм претерпевает значительные
анатомические и физиологические изменения, особенно в опорно-двигательной
системе и головном мозге. Эти изменения влияют на качество жизни,
подвижность и когнитивные функции. Понимание процессов старения в этих
системах важно для разработки стратегий профилактики и лечения возрастных
заболеваний, таких как остеопороз и болезнь Альцгеймера.
DIFFICULTIES IN TEACHING FOREIGN LANGUAGES TO YOUNG LEARNERS
Annotation: This article explores the complex challenges teachers face when
teaching foreign languages to young learners. It focuses on key issues such as cognitive
limitations, emotional sensitivity, overuse of the native language, individual
differences in learning styles, and limited exposure outside the classroom. The article
emphasizes the importance of using age-appropriate, culturally relevant materials and
fostering a supportive learning environment. It also discusses the role of parents and
how their expectations can impact the learning process. Practical suggestions are
provided to help teachers create more effective and engaging lessons for young
language learners.
HOW YOUNG MINDS ARE ADVANCING SCIENCE?
Abstract
Young scientists play an important role in the development of modern science.
Their desire for new knowledge, creativity and willingness to experiment allow them
to find non-standard solutions and develop innovative technologies. This article
examines the key areas in which young people have a significant impact on scientific
progress, as well as the factors contributing to their success. Particular attention is paid
to the challenges faced by young researchers and possible ways to overcome them.
BOLALAR VA O`SMIRLARNING NAFAS OLISH TIZIMI: RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI VA EKOLOGIK OMILLAR TA’SIRI.
Annotatsiya. Ushbu maqolada bolalar va o‘smirlarning nafas olish tizimining
anatomo-fiziologik rivojlanish xususiyatlari hamda unga tashqi muhit — ya’ni
ekologik omillar (havo ifloslanishi, allergenlar, sanoat chiqindilari, iqlim sharoiti va
boshqalar)ning ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida yosh organizmning himoya
tizimi yetarli darajada shakllanmaganligi sababli nafas yo‘llari kasalliklariga yuqori
darajada moyilligi aniqlanadi. Shuningdek, ekologik xavf omillarining bola
salomatligiga, ayniqsa bronxial astma, surunkali bronxit va allergik rinit kabi
holatlarning rivojlanishidagi o‘rni ko‘rib chiqiladi. Maqolada shuningdek, nafas olish
tizimini himoyalash va profilaktik chora-tadbirlar yuzasidan tavsiyalar ham berilgan.
THE CULTURE OF SPEECH AMONG TEACHERS AND LEADERS: ISSUES AND SOLUTIONS
Abstract: This article examines the significance of speech culture in the
professional activities of teachers and leaders. Effective oral communication plays a
crucial role in education and management, serving not only as a means of conveying
information but also as a tool for influence, motivation, and leadership. The paper
explores key aspects of speech etiquette, linguistic clarity, intonation, and the use of
paralinguistic elements. Furthermore, the study highlights the importance of
developing communicative competence in order to ensure successful interaction and
enhance public speaking skills among professionals in teaching and leadership
positions.
LEXICAL STYLISTIC DEVICES: METAPHOR, METONYMY, IRONY, AND EPITHET
This article explores four key lexical stylistic devices—metaphor, metonymy,
irony, and epithet—which are essential tools for enhancing expressive power in
English language and literature. Each device is explained with definitions and
examples to help readers understand how they add emotional and imaginative depth to
communication.
АНАТОМИЯ ЛИМФАТИЧЕСКОЙ СИСТЕМЫ: РОЛЬ В ИММУНИТЕТЕ И ОНКОЛОГИИ
1. Аннотация
Лимфатическая система представляет собой сложную сеть сосудов, узлов
и органов, играющих ключевую роль в поддержании гомеостаза, иммунной
защиты и метаболизма. Её анатомические и функциональные особенности
имеют критическое значение в контексте иммунного ответа и распространения
онкологических заболеваний. Понимание структуры и функций лимфатической
системы способствует более точной диагностике, эффективному лечению и
прогнозированию исходов онкологических патологий.
АНАТОМИЯ ЛИМФАТИЧЕСКОЙ СИСТЕМЫ И ЕЁ ЗНАЧЕНИЕ В ДИАГНОСТИКЕ И ЛЕЧЕНИИ ОНКОЛОГИЧЕСКИХ ЗАБОЛЕВАНИЙ
1. Аннотация
Лимфатическая система играет ключевую роль в поддержании иммунитета
и гомеостаза организма. Её анатомические особенности имеют прямое значение
в диагностике и лечении онкологических заболеваний, особенно в контексте
метастазирования и оценки стадии рака. Понимание структуры и функций
лимфатической системы способствует более точной диагностике, эффективному
планированию лечения и прогнозированию исходов онкологических
заболеваний.
СОВРЕМЕННАЯ ЭСТЕТИЧЕСКАЯ МЕДИЦИНА
1. Аннотация
Эстетическая медицина в XXI веке выходит за рамки традиционного
медицинского вмешательства, превращаясь в междисциплинарную область,
объединяющую науку, искусство и философию. Её цель — не только коррекция
внешности, но и гармонизация внутреннего состояния человека, повышение
качества жизни и самооценки. Философский анализ этой области позволяет
глубже понять её сущность, этические дилеммы и влияние на современное
общество.
RAHMONQULOV XOJI-AKBAR RAHMONQULONQULOVICHNING FUQAROLIK HUQUQIGA QO‘SHGAN HISSASI
Annotatsiya: Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik huquq
sohasiga katta hissa qo‘shgan huquqshunos olim Ramonqulov Xoji-Akbar
Rahmonqulovich haqida yoritilgan. Hozirgi kundagi zamonaviy fuqarolik huquqini
akademik Rahmonqulov X.R. bilangina tasavvur qilish mumkin. Yetuk
huquqshunosning fuqarolik huquqidagi majburiyat huquqi bo‘limini alohida
shakllantirib, unga sayqal berganliklari hozirga qadar o‘z o‘rnini mustahkamlab
kelmoqda.
GIGIYENIK OMILLARNING BOLALAR SALOMATLIGIGA TA'SIRI: EPIDEMIOLOGIK TAHLIL
Annotatsiya: Ushbu maqolada bolalar salomatligiga ta'sir qiluvchi asosiy
gigiyenik omillar ko‘rib chiqilgan. Epidemiologik tahlillar orqali gigiyena qoidalariga
rioya qilinmasligining bolalarda uchraydigan kasalliklar bilan bog‘liqligi yoritilgan.
Ichimlik suvi sifati, ovqatlanish, shaxsiy va yashash gigiyenasi kabi omillarning
bolalar salomatligiga bevosita ta'siri misollar orqali asoslab berilgan. Shuningdek,
muammoning oldini olishda gigiyenik madaniyatning o‘rni haqida xulosa qilingan.
YOSH BASKETBOL BILAN SHUG‘ULLANUVChI O’QUVCHILARNING UMUMIY CHIDAMLILIGINI TARBIYALASH
Annotatsiya:Ushbu maqolada yosh basketbolchilar o'rtasida umumiy
chidamlilikni rivojlantirish bilan bog'liq muammolar ko'rib chiqilgan. Hozirgi
adabiyotlarni o'rganish, ta'lim usullarini tahlil qilish va so'nggi tadqiqotlar natijalarini
taqdim etish orqali maqola yosh sportchilarda chidamlilikni qanday samarali
rivojlantirish mumkinligi haqida to'liq ma'lumot berishga qaratilgan.
GIGIYENIK OMILLARNING BOLALAR SALOMATLIGIGA TA'SIRI: EPIDEMIOLOGIK TAHLIL
Annotatsiya: Ushbu maqolada bolalar salomatligiga ta'sir qiluvchi asosiy
gigiyenik omillar ko‘rib chiqilgan. Epidemiologik tahlillar orqali gigiyena qoidalariga
rioya qilinmasligining bolalarda uchraydigan kasalliklar bilan bog‘liqligi yoritilgan.
Ichimlik suvi sifati, ovqatlanish, shaxsiy va yashash gigiyenasi kabi omillarning
bolalar salomatligiga bevosita ta'siri misollar orqali asoslab berilgan. Shuningdek,
muammoning oldini olishda gigiyenik madaniyatning o‘rni haqida xulosa qilingan.
YOSH BASKETBOL BILAN SHUG‘ULLANUVChI O’QUVCHILARNING UMUMIY CHIDAMLILIGINI TARBIYALASH
Annotatsiya:Ushbu maqolada yosh basketbolchilar o'rtasida umumiy
chidamlilikni rivojlantirish bilan bog'liq muammolar ko'rib chiqilgan. Hozirgi
adabiyotlarni o'rganish, ta'lim usullarini tahlil qilish va so'nggi tadqiqotlar natijalarini
taqdim etish orqali maqola yosh sportchilarda chidamlilikni qanday samarali
rivojlantirish mumkinligi haqida to'liq ma'lumot berishga qaratilgan.
USING INTERACTIVE TECHNOLOGIES TO DEVELOP STUDENTS’ STRATEGIC COMPETENCE (BASED ON A1 LEVEL LEARNERS)
Abstract: This article examines the use of interactive technologies to enhance
strategic competence in A1-level English learners. Strategic competence refers to a
learner’s ability to overcome communication gaps using strategies like paraphrasing,
asking for clarification, and using gestures. For beginners at A1 level, this competence
is vital for managing basic interactions despite limited vocabulary and grammar. The
paper outlines how digital tools and platforms can facilitate the development of this
skill through engaging and scaffolded tasks. It also presents examples from
classroom-based experiences, highlighting learner engagement, confidence, and
improved communication strategies.
TEACHING FOOD IDIOMS TO A2 LEARNERS THROUGH DIFFERENT GAMES
Abstract: This paper explores the integration of food-related idioms into the curriculum
of A2 level English learners through the use of engaging and interactive games. Idioms, as an
essential part of language fluency, present a unique challenge for second language learners due
to their figurative meanings. By focusing on food idioms, which are both culturally rich and
commonly used, and teaching them through play-based methods, learners can grasp meanings
more intuitively(Shakhjahan, A, 2020) [1]. This study illustrates how game-based learning
supports retention, motivation, and deeper understanding of idiomatic expressions. The article
includes examples of classroom applications and reflects on student feedback, offering insights
for language instructors aiming to enrich their vocabulary teaching strategies.
YURAK QON TOMIR TIZIMINING YOSHGA BOG’LIQ RIVOJLANISH BOSQICHLARI VA KARDIOVASKULYAR KASALLIKLAR PROFILAKTIKASI
Annotatsiya: Ushbu maqola yurak-qon tomir tizimining turli yosh davrlaridagi
rivojlanish bosqichlarini, uning anatomik va fiziologik xususiyatlarini, shuningdek,
yurak-qon tomir kasalliklari (YQK) xavfini oshiruvchi omillarni va ularning
profilaktikasi usullarini batafsil bayon qiladi. Maqolada bolalikdan qarilikgacha
bo'lgan davrlarda yurak-qon tomir tizimining o'zgarishlari, YQK ning rivojlanishiga
yoshning ta'siri va sog'lom yurak-qon tomir tizimini saqlash uchun zarur bo'lgan
profilaktik choralar, shu jumladan to'g'ri ovqatlanish, jismoniy faollik va yomon
odatlardan voz kechish kabi masalalar ko'rib chiqiladi.