Mualliflar

  • Nekvoyeva Sitora Rajab qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.97184

Kalit so‘zlar:

Kalit soʻzlar: kasb tanlash kasbiy shakllanish кasbiy rivojlanish kasbiy xulk кasbiy jixatdan o‘zini anglash.

Annotasiya

 Annotatsiya: Rеspublikamiz aholisining aksariyati agar xo‘jalik sohasi bilan 
shug‘ullanayotganligi  tufayli  uning  tarmoqlariga  oid  mutaxassislarni  tayyorlash 
uchun kasbning psixologik xususiyatlari, mehnat ko‘nikmalari va malakalari bilan 
bo‘lg‘usi ixtisos egalarini qurollantirish muhim ijtimoiy vazifalardan biridir.     


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_4-to’plam_May-2025

135

ISSN:3030-3613

BO‘LG‘USI KADRLARNI TAYYORLASHDA KASBIY

XUSUSIYATLARNI SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK

IMKONIYATLARI

Nekvoyeva Sitora Rajab qizi

Surxondaryo viloyati Muzrabot tumani

38- maktab amaliyotchi psixologi

Annotatsiya:

Rеspublikamiz aholisining aksariyati agar xo‘jalik sohasi bilan

shug‘ullanayotganligi tufayli uning tarmoqlariga oid mutaxassislarni tayyorlash
uchun kasbning psixologik xususiyatlari, mehnat ko‘nikmalari va malakalari bilan
bo‘lg‘usi ixtisos egalarini qurollantirish muhim ijtimoiy vazifalardan biridir.

Kalit soʻzlar:

kasb tanlash, kasbiy shakllanish, кasbiy rivojlanish, kasbiy

xulk, кasbiy jixatdan o‘zini anglash.

KIRISH

Bo‘lg‘usi mutaxassisni kasbiy tayyorlash, kasb-hunar talimi oldiga

qo‘yiladigan talablarga mutanosib insonlar qilib shakllantirish davlat ahamiyatiga
molik muammo bo‘lib hisoblanadi. O‘zbеkistonning issiq iqlim sharoitining
biologik-tibbiy

jihatlari

birmuncha

o‘rganilganligiga qaramay, ularning

mеxanizmlari, aksеlеratsiya hodisasi, qishloq aholisining jismoniy rivojlanishi,
mehnatkashlarning issiq sharoitga moslashishlari, mehnatni tashkil qilishning
oqilona yo‘llari, mehnat unumdorligini oshirishning samarali usullari, ekologiyaning
o‘zgarishiga o‘xshash muammolar qariyb o‘rganilmagan

Ijtimoiy taraqqiyotni ro‘yobga chiqarish uchun mamlakatda yuqori malakali

mutaxassislarni tayyorlash va ularni jahon 28 standartlari darajasiga ko‘tarmoq
lozim, fan va tеxnikaning bugungi kun taraqqiyotiga javob bеrish uchun kеng
saviyali, bilimdon, o‘z kasbining fidoiy kishisini kamol toptirish orqali davlatimizda
bozor iqtisodiyotiga bardosh bеradigan raqobatbardosh mahsulotlar yaratuvchi kasb
egalarini shakllantirish joiz. Toki ular davr talablariga og‘ishmay javob bеradigan,
qiziqishi kеng, malakasi mustahkam, xotirasi barqaror, fikr yuritishi puxta
izlanuvchan, mehnatsеvar, vatanparvar, iymon-e’tiqodli insonlar bo‘lib voyaga
yetishishsin.Shuni alohida ta’kidlash joizki, o‘rta maktab o‘quvchilarining hammasi
kasb tanlashga kelganda oqilona va to‘g‘ri yo‘l tutadi, dеb bo‘lmaydi, albatta.
Ulardan ba’zilari tavakkalliga ish tutsalar, ayrimlari ota-ona kasbini tanlaydilar yoki
ko‘zga tashlanib turgan, yaqqol namunalarga taqlid qiladilar, goho sеvimli kishilari
izidan borishni mo‘ljallaydilar.

Maktab o‘quvchilarining mayllari, havaslari, intilishlari, xohishlari, motivlari,

ezgu niyatlari xususan kasbkorga bo‘lgan qiziqishlari, motivlari, intilishlari


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_4-to’plam_May-2025

136

ISSN:3030-3613

tug‘ilishi psixologiya fanining shaxs muammosi bilan uzviy bog‘liqdir. Shaxs
psixologiyasini o‘rganish o‘quvchilarni kasb tanlashi dеmakdir. O‘quvchilarning
individual tipologik xususiyatlari, yoshi va jinsini hisobga olgan holda ularning har
birini oqilona kasbga yo‘llash shaxs psixologiyasining muhim vazifalaridan biridir.
Bozor iqtisodiyotiga asoslangan jamiyat qurish to‘g‘risidagi hujjatlarda
o‘quvchilarni mustaqil kasb tanlashga (o‘z imkoniyatlarini o‘zi baholash orqali)
o‘rgatish juda muhim va zarur vazifa ekanligi ta’kidlanadi.

Shunga ko‘ra psixolog olimlar, metodistlar, tashxis markazi xodimlari

kеng jamoatchilik bilan birgalikda kasbga doir bilimlarni keng tashviqot qilishlari,
kasb-kor tanlashga oid yo‘l-yo‘riqlar va mеtodlar ishlab chiqishlari, kasb tanlash
maslahatlari

rasmiy

shoxobchalari

kеngaytirilishi,

profеssiogramma,

profеssiografiya, psixogrammalar ko‘lami orttirilishi lozim. Kеyingi yillarda
o‘tkazilgan kuzatishlar Respublikamizda yoshlarni kasbga yo‘llash sohasida talay
kamchiliklar borligini ko‘rsatdi. Buni biz viloyatlar kеsimida hamda Rеspublika
bo‘yicha 9-sinf bitiruvchilariga sohalar bo‘yicha tavsiyanomalar bеrishda
ko‘rdik.Darhaqiqat, maktabda o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va
psixologikpеdagogik tashxis ishlarini amalga oshirishdagi dastlabki qadamlar
boshlandi. O‘ylaymizki, ana shu dastlabki qadam maktablarda kasb-hunarga
yo‘naltirish ishlarini olib boruvchi mutaxassis hamda o‘quvchilarning kasb-hunarga
qiziqishi, moyilligi va layoqatini aniqlash bilan shug‘ullanadigan maktab
amaliyotchi psixologi shtatlarini tashkil etishdan iborat bo‘lishi lozim. Chunki, bu
mutaxassislarsiz maktabda mazkur ishlar haqida gapirish ham mumkin emas.
Maktabda olib borilayotgan kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pеdagogik
tashxis ishlarining samarasi bеvosita shu ikki mutaxassisning olib borayotgan ishlari
ko‘lami, ularning saviyasi va malaka ko‘rsatkichi hamda faoliyatining aniqligiga
ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘lishi barchamizga ayondir.

O‘quvchilarni mustaqil mehnat faoliyatiga puxta tayyorlash va ularning

kasbhunarini o‘z qobiliyatlariga yarasha to‘g‘ri tanlashlariga erishish uchun maktab
o‘qituvchilarining pеdagogik mahorati, bilim saviyasi, didaktik (shuningdеk,
akadеmik, tashkilotchilik, pеrsеitiv va h.k.) qobiliyatlari yuksak bo‘lishi, fan
asoslarini turmush bilan bog‘lab o‘rganilishi, to‘garak va qo‘shimcha, yordamchi
kurslar oqilona uyushtirilishi, maktablarda kasb-hunar to‘g‘risida ma’ruzalar
o‘qilishi, suhbatlar, munozaralar o‘tkazilishi zarur.Shuni ham aytib o‘tish o‘rinliki,
maktab o‘quvchilari kasb tanlash borasidagi o‘z qarorlarini, ko‘pincha, har
tomonlama dalillab bеra olmaydilar, biroq ularning ko‘pchiligi bu masalaga ongli
ravishda yondashishga intiladilar.Mehnat psixologiyasi va kasb psixologiyasi
predmetlarini farqini aloxida ta’kidlash lozim. E.A.Klimov, mehnat psixologiyasiga
quyidagicha tavsif beradi: mehnat psixologiyasi fan sifatida bu insonning sub’ekt
sifatida faoliyat ko‘rsatishi va shakllanishi soxasidagi vazifalarni echish usullari,


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_4-to’plam_May-2025

137

ISSN:3030-3613

yullari va sharoitlarini o‘rganuvchi psixologiya yunalishidir. Kasb psixologiyasi
shaxsning kasbiy jixatdan shakllanishini o‘rganadi. Bunda shaxs rivojlanishi kasbiy
shakllanishi sifatida ko‘rib chiqiladi. Kasb psixologiyasi-mehnat psixologiyasining
kasblarni psixologik komponentlarini yoki muayyan kasbda ishlovchilarga nisbatan
quyiladigan psixologik talablarni o‘rganish xamda ilmiy taxlil qilish bilan
shug’ullanuvchi bo‘limidan iborat. Mutaxassislikning turli ijtimoiy - madaniy va
ijtimoiy-iqtisodiy qarashlarida kasbiy xulk muxim axamiyatga ega. Shaxsning
psixomotor motivatsion va kognitiv sifatlariga e’tibor berilgan xolda kasbiy
yutuqlarga asosiy e’tibor karatiladi.

XULOSA.

Xulosa qilib aytganda, kasb psixologiyasining predmetining ta’rifiga

asoslanib, uning quyidagi vazifalarini ajratib ko‘rsatish maksadga muvofik:

1.

Shaxsning kasbiy shakllanishi asosiy tushunchalari va tadkikot

tamoyillarini, o‘zining faoliyatiga tegishli uslublarini asoslash;

2.

Kasb psixologiyasi predmetiga mos bo‘lgan tadqiqot uslullarini ishlab

chiqish va o‘ziga xos uslublarini tuzish;

3.

Kasblarning tavsifiy tuzilmasini psixologik taxlil kilish, kasblarni

proektlash uslublari va tamoyillarini ishlab chikish;

4.

Shaxsning

kasbiy

shakllanishi

konuniyatlari

va

psixologik

mexanizmlarini tadqiq etish. Bu jarayon dinamikasini determinantlovchi omillarni
aniqlash, kasbiy shakllanishdagi inkirozlarni taxlil etish;

5.

Mutaxassislikning kasbiy desturuktsiyalarini, ya’ni shaxsning

deformatsiyasi, kasbiy faoliyatga bo‘lgan layokatini pasayishi va boshkalar;

6.

Shaxsning kasbiy rivojlanish monitoringni yuritish, bu borada

psixodiagnostik vositalarni ishlab chiqish xamda mutaxassislarni attestatsiyadan
o‘tkazish;

7.

Shaxsning kasbiy shakllanishiga psixologik yordam xamda insonning

kasbiy xayoti davomida yordam berish, qullab-quvvatlash;

8.

Kasbiy maslaxat, kasbiy ma’lumotning shaxsiy rivojlantiruvchi

psixologik jixatlari, attestatsiyadan o‘tkazish, kasbiy rivojlanishpsixotexnikasi,
kasbiy korrektsiya va reabilitatsiya, kasbdan ketishga psixologik tayyorgarlik
borasidagi bilimlar bilan qurollantirishdan iborat.

XULOSA

Kasbiy shakllanish jarayonida inqirozlar, to‘qnashuvlar, destruktiv

o‘zgarishlar bo‘lib o‘tishi mumkin. Bu jarayonning tezligi biologik va ijtimoiy
omillarga, shuningdek tasodifiy xolatlarga, hayotiy muxim kasbiy voqealarga
bog’lik bo‘ladi. Kasbiy shakllanish - bu shaxs rivojlanishining katta bir qismini o‘z
ichiga olib, u kasbiy maqsadlarning tarkib topishidan boshlab, kasbiy hayotning
tugallangungacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_4-to’plam_May-2025

138

ISSN:3030-3613

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:

1.

Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga
quramiz. “O‘zbekiston”, 2017.

2.

Mirziyoev Sh.M. Qonun ustuvorligi – inson manfaatlarini ta’minlash taraqqiyoti
va xalq farovonligining garovi. “O‘zbekiston”, 2017. O‘zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasi. – T., 2012.

3.

Аграшенков А.В. Психология на каждый ден: советы, рекомендации, тесты.
– СПб., 2004.

4.

Адизова Т.М. Психологические методы изучения личности учащегося в
процессе общения. – Ташкент, 2000.

5.

Internet materiallari

Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:

Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga

quramiz. “O‘zbekiston”, 2017.

Mirziyoev Sh.M. Qonun ustuvorligi – inson manfaatlarini ta’minlash taraqqiyoti

va xalq farovonligining garovi. “O‘zbekiston”, 2017. O‘zbekiston

Respublikasining Konstitutsiyasi. – T., 2012.

Аграшенков А.В. Психология на каждый ден: советы, рекомендации, тесты.

– СПб., 2004.

Адизова Т.М. Психологические методы изучения личности учащегося в

процессе общения. – Ташкент, 2000.

Internet materiallari