Mualliflar

  • Boboxonov Bekzod Panji oʻgʻli

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.97185

Kalit so‘zlar:

Kalit soʻzlar: emotsiya shaxs subyektiv ijtimoiy faollik muloqot.salohiyat.

Annotasiya

 
ANNOTATSIYA 
Muloqot  faqat  insonlarga  xos  boʻlgan  jarayondir.  Kishilarda  faoliyat 
jarayonida bir - birlariga nimanidir aytish istagi tugʻiladi.Muloqot - odamlar oʻrtasida 
birgalikdagi  faoliyat  ehtiyojlaridan  kelib  chiqadigan  bogʻlanishlar  rivojlanishining 
koʻp qirrali jarayonidir. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_4-to’plam_May-2025

131

ISSN:3030-3613

SHAXSLARARO MUNOSABATLARDA MULOQOT KOʻNIKMALARINI

SHAKLLANISHI

Boboxonov Bekzod Panji oʻgʻli

Surxondaryo viloyati Uzun tumani MMTB ga

qarashli 19-maktab amaliyotchi psixologi

ANNOTATSIYA

Muloqot faqat insonlarga xos boʻlgan jarayondir. Kishilarda faoliyat

jarayonida bir - birlariga nimanidir aytish istagi tugʻiladi.Muloqot - odamlar oʻrtasida
birgalikdagi faoliyat ehtiyojlaridan kelib chiqadigan bogʻlanishlar rivojlanishining
koʻp qirrali jarayonidir.

Kalit soʻzlar:

emotsiya,shaxs,subyektiv, ijtimoiy faollik,muloqot.salohiyat.

KIRISH

Muloqot muvaffaqiyatli bo`lishi uchun u albatta qayta aloqaga ega bo`lishi -

sub`ekt o`zaro ta`sir natijalari haqida axborot olishi kerak. Kommunikator o`zi uzatgan
axborotni retsipient qanday qabul qilishini va qanday munosabatda bo`layotganligini
qayta axborot ma`lumotlariga asoslanib bilib oladi. Muomalada suhbatdoshni yoki
tinglovchini idrok etish bir -birini tushunishning asosiy shartidir. Agar o`qituvchi
o`quvchilarni uni qanday idrok etayotganligini, tushunayotganligini anglay olmasa
pedagogik munosabat yaxshi bo`lmaydi. Ayniqsa, ma`ruza o`tayotganda bu juda
muhimdir.

Shaxs biror predmetni idrok qilganida, ma’lumotlarni eslab qolganida yoki esga

tushirganida, fikrlaganida hamda og’zaki yoki yozma nutqdan foydalanganida biror
yoqimli yoki yoqimsiz holatni his qilganida o’zining emotsional namoyon eta oladi.
Bu kechinmalarda odamning o’z atrofidagi odamlar, narsalarga yoki hodisalarga va
albatta o’ziga nisbatan subyektiv munosabati ifodalanadi. Emotsionallik tug‘ma
bo‘ladi, lekin affektlar, sezgilar hayot jarayonida rivojlanadi, bu esa insonning shaxs
sifatida rivojlanishini bildiradi. Bunday rivojlanish inson emotsional sohasiga yangi
ob’ektlarni kiritish, shaxs sezgilarini ongli irodaviy boshqarish va nazorat qilish
darajasining oshishi ahloqiy boshqarishga yuksak ahloqiy qadriyatlar (vijdon,
mas’uliyatlilik, nomus va boshqalar) ning asta-sekin kiritilishi bilan bog‘liq.

Muloqot shaxslarning hamkorlik faoliyati ehtiyojlari asosida tug`iladigan, ular

o`rtasidagi aloqa rivojlanishining ko`p qirrali jarayonidir. Muloqot hamkorlikdagi
faoliyat qatnashchilari o`rtasida axborot almashinishni qamrab oladi. Bu muloqotning
kommunikativ tomonini ifodalaydi. Odamlar o’zaro munosabatga kirishishda tildan
muomala vositasi sifatida foydalanadilar. Muloqotning xos tomoni muomalaga
kirishuvchilarning o`zaro ta`siri bo’lib, bunda faqat so`zlar emas, balki harakat va


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_4-to’plam_May-2025

132

ISSN:3030-3613

holatlar ham almashinadi. Bunda emotsiyalarning o’ziga xos ahamiyati va o’rni
mavjud bo’lib, quyida ularni batafsil ko’rib chiqamiz.

Shaxslararo munosabatlarda noverbal kommunikatsiya vositalariga yuz ifodasi,

mimika, ohang, pauza, poza (holat), ko`z yosh, kulgu va boshqalar kiradi. Bu vositalar
verbal kommunikatsiya - so`zni to`ldiradi, kuchaytiradi va ba`zan uning o`rnini bosadi.
Turli yosh guruhlarida noverbal kommunikatsiya vositasi turlicha bo`ladi. Masalan,
bolalar ko`pincha kattalarga ta`sir etish, ularga o`z xohish va kayfiyatlarini o`tkazishda
yig`idan vosita sifatida foydalanadilar. Axborotni so`z bilan bayon etishning mazmuni
va maqsadiga noverbal kommunikatsiya vositalarining mos kelishi muomala
madaniyatining bir turi hisoblanadi.

Inson emotsional hayotining rivojlanishida ma’lum bo‘lgan izchillik mavjud.
Lekin bir davr sezgisidan keyingi davr sezgisiga o‘tish shaxsning har tomonlama

rivojlanishi bilan bog‘liq. Hissiyotlar odam energiyasini to‘plovchi faoliyatga nisbatan
kuchli rag‘bat bo‘lishi mumkin, asosiysi, ularni tegishli tarzda yo‘naltirishdir.

Yoqimli

yoki yoqimsiz kechinma hissiyotimizning birinchi belgisidir

Har bir inson uchun ijobiy emotsional ta’sirlanishlarni kuchaytirish va

kengaytirish bilan bir vaqtda boshqa odamlar emotsional holatiga samarali ta’sir
ko‘rsatish malakasiga ega bo‘lish juda muhimdir. Zararli emotsional ta’sirlanishlar
ko‘p hollarda yuqori emotsional zo‘riqish vaziyatlarida, o‘ta toliqqan holatlarda,
frustratsiya vaqtida, odamlar ta’sirchanligida, ishlar ko‘ngilgidek yurishmaganida,
hayotiy muhim rejalar barbod bo‘lganida yuzaga kelishini bilish va yodda tutish lozim.
Amaliy hayotda emotsiyalar sifatida, odatda, insonning turli-tuman javob reaksiyalari
– ehtirosning to‘lqinli portlashlaridan tortib, to kayfiyatning nozik tuslarini
tushunamiz. Psixologiyada emotsiyalar deb kechinmalar shaklidagi inson hayotiy
faoliyati uchun tashqi va ichki vaziyatlarni baholash va shaxsiy ahamiyatni aks
ettiradigan psixik jarayonlarga aytiladi

Emotsiyalarning mohiyatini tushunish uchun tashqi muhitning jism va

hodisalarining ko‘pchiligi his-tuyg‘u organlariga ta’sir ko‘rsatib, ularda murakkab,
ko‘p qirrali emotsional hissiyotlar, sezgilar va bir vaqtning o‘zida ham zavqlanish ham
qoniqmaslikda ifodalanadi. Bundan tashqari, ko‘pchilik vaziyatlarda, bir tomondan,
qandaydir zo‘riqish sezgilari, ikkinchi tomondan, hal etish, yoki yengil tortish yuzaga
keladi. Faoliyatning keskin damlarida, qaror qabul qilishning mas’uliyatli daqiqalarida
qiyinchiliklarni bartarf etishda biz zo‘riqishni his etamiz.

1872-yilda Ch.Darvinning «Inson va hayvonlarda hissiyotlarning ifodalanishi»

asarini chop etildi. Darvinning fikriga ko‘ra, hayvon va odam hulq-atvori o‘rtasida
umumiyliklar mavjud. O‘z fikrini u hayvonlar va odamlar turli emotsional holatlarining
tashqi ifodalanishini kuzatishdan kelib chiqqan holda, asoslab berdi.

Ushbu kuzatishlardan olingan ma’lumotlar evolyutsion ta’limot nomini olgan

hissiyotlar nazariyasi asosiga qo‘yildi, bu ta’limotga asosan,hissiyotlar tirik


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_4-to’plam_May-2025

133

ISSN:3030-3613

mavjudotlar evolyutsiyasi jarayonida hayotiy muhim bo‘lgan organizmning yashash
sharoitlari va vaziyatlariga moslashishni ta’minlovchi moslashish mexanizmlari
sifatida yuzaga keladi.

Hissiyotlarning hozirgi zamon tarixi 1884-yilda U.Djemsning «hissiyot nima?»

maqolasining chop etilishidan boshlanadi. U.Djeyms va G.Lange bir-biridan mustaqil
ravishda hissiyotlar nazariyasini ishlab chiqdilar. Unga asosan, hissiyotlarning paydo
bo‘lishi

hosil qilinadigan tashqi ta’sirlar, ixtiyoriy harakat va tizimlar sohasidagi

o‘zgarishlar

bilan bog‘liq. Bu o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘lgan hissiyotlar, emotsional

kechinmalarning xuddi o‘zidir. Djems bo‘yicha, «yig‘laganimiz sababli qayg‘ulimiz;
qaltiraganimiz uchun qo‘rqamiz; kulganimiz uchun xursand bo‘lamiz». Bu hissiy xabar
miyaga ta’sir ko‘rsatib, ma’lum hulqatvorni o‘t oldiradi, teskari somatosensor va
visserosensor afferentatsiya esa hissiyotni yuzaga keltirishini bildiradi. Lekin Djems-
Lange konsepsiyasi bir qator e’tirozlarga sabab bo‘ldi. Organik va emotsional
jarayonlarning nisbatiga U.Kennon qarama-qarshi fikr bildirdi. Uning aniqlashiga
ko‘ra, insonda sun’iy tarzda hosil qilinadigan organik o‘zgarishlar har doim ham
hissiyotli

kechinmalar

birgalikda

kuzatilmaydi.

Keyinchalik,

P.Bardning

ko‘rsatishicha, haqiqatda, tana o‘zgarishlari va ular bilan bog‘liq bo‘lgan hissiyotli
kechinmalar deyarli bir vaqtda paydo bo‘ladi, bosh miya tuzilishidagi barcha
qismlardan esa hissiyotlar bilan talamusning o‘zi emas, balki, gipotalamus va limbik
tizimning markaziy qismlari bog‘lanadi.

Lindsey-Xebbning faollashtirish nazariyasi Djems-Lange va Kennon-

Bardlarning psixoorganik nazariyalaridan so‘ng paydo bo‘ldi. Bu nazariyaga ko‘ra,
emotsional holatlar bosh miya quyi qismi nayining retikulyar formatsiyaga ta’siri bilan
belgilanadi, chunki bu tuzilma organizmning faolligi darajasiga javob beradi.
Hissiyotli ifodalanishlar esa asab tizimining biror bir seskantiruvchiga javoban faollik
darajasining o‘zgarishidir.

Nazariyalarning alohida guruhini hissiyotlar tabiatini kognitiv omillar, ya’ni,

tafakkur va ong orqali ochib beradigan dunyoqarashlar tashkil etadi. Ularning orasida,
birinchi navbatda, l. Festingerning

kognitiv dissonans nazariyasi

ni ta’kidlab o‘tish

lozim. Uning asosiy tushunchasi

dissonans

dir. Bu sub’ektning ob’ekt haqida

psixologik qarama-qarshi ma’lumotga ega bo‘lgan vaziyatda yuzaga keladigan salbiy
emotsional holat. Bu nazariyaga muvofiq, ijobiy emotsional kechinmalar odamda o‘zi
kutgan natijalar tasdiqlanganida paydo bo‘ladi. Bunday ijobiy emotsional holat

konsonans

sifatida xarakterlanadi, salbiy hissiyotlar faoliyatdan kutilgan natijalar va

voqeiy natijalar o‘rtasida farqlar yoki dissonans bo‘lganida yuzaga keladi.
S.Shexterning kognitiv-fiziologik konsepsiyasiga asosan, paydo bo‘ladigan emotsional
holat qabul qilinadigan rag‘batlar va yuzaga keladigan jismoniy o‘zgarishlar bilan birga
insonning o‘tmish tajribasi va uning vaziyatni sub’ektiv baholashi ham o‘z ta’sirini


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_4-to’plam_May-2025

134

ISSN:3030-3613

ko‘rsatadi. Bunda baholash uning dolzarb qiziqishlari va ehtiyojlari asosida
shakllanadi.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda,emotsionallikni insonning hayotiga tegishli bo‘lgan turli

xil sharoitlardan hissiyotli ta’sirlanishga moyillik, kayfiyatdan ehtirosgacha – kuchi va
sifati turlicha bo‘lgan emotsiyalarni kechirish layoqati, shuningdek, emotsiyalar
kuchining tafakkur va hulq-atvorga ta’siri sifatida ta’riflash mumkin. Amaliy hayotda
emotsiyalar sifatida, odatda, insonning turli-tuman javob reaksiyalari – ehtirosning
to‘lqinli portlashlaridan tortib, to kayfiyatning nozik tuslarini tushunamiz.
Psixologiyada emotsiyalar deb kechinmalar shaklidagi inson hayotiy faoliyati uchun
tashqi va ichki vaziyatlarni baholash va shaxsiy ahamiyatni aks ettiradigan psixik
jarayonlarga aytiladi.

FOYDALANILADIGAN ADABIYOTLAR:

1.

ASKAROVA, N. A., & IBRAGIMOVA, N. N. (2021). STEPS OF
PSYCHOLOGICAL ASSISTANCE IN PERSONS WITH LOSS SYNDROME.

2.

THEORETICAL & APPLIED SCIENCE Учредители: Теоретическая и
прикладная наука, (9), 527-529.

3.

Mushtariy, I. (2021). SOCIO-PSYCHOLOGICAL CHARACTERISTICS OF THE
DECISION-MAKING PROCESS. Science Time, (11 (95)), 10-15.

4.

Nurmatova М. Shaxs kamolotida axloqiy va estetik qadriyatlar uyg‘unligi.
Monografiya. Toshkent: Universitet, 2009.

Bibliografik manbalar

FOYDALANILADIGAN ADABIYOTLAR:

ASKAROVA, N. A., & IBRAGIMOVA, N. N. (2021). STEPS OF

PSYCHOLOGICAL ASSISTANCE IN PERSONS WITH LOSS SYNDROME.

THEORETICAL & APPLIED SCIENCE Учредители: Теоретическая и

прикладная наука, (9), 527-529.

Mushtariy, I. (2021). SOCIO-PSYCHOLOGICAL CHARACTERISTICS OF THE

DECISION-MAKING PROCESS. Science Time, (11 (95)), 10-15.

Nurmatova М. Shaxs kamolotida axloqiy va estetik qadriyatlar uyg‘unligi.

Monografiya. Toshkent: Universitet, 2009.