T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_4-to’plam_May-2025
120
ISSN:3030-3613
STOMATOLOGIK KASALLIKLARNING ETIOPATOGENEZI VA
BOLALAR ORASIDA TISH GIGIYENASINING AHAMIYATI
Ilmiy rahbar –
Aliyeva Ra’no Amanullayeva
Raxmonberdiyeva Sayyora
Andijon Davlat Chet Tillari Instituti
Annotatsiya:
Maqolada stomatologik kasalliklarning etiologiyasi va
patogenezi, shuningdek bolalarda tish gigiyenasining ahamiyati tahlil qilinadi. Bolalik
davrida og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenasiga to‘g‘ri e'tibor qaratilmaganda kelib chiqadigan
asosiy kasalliklar va ularning oldini olish yo‘llari ko‘rib chiqilgan. Bolalar
gigiyenasiga ota-onalar tomonidan yetarlicha e’tibor bermasligi orqali yuzaga
keladigan kasalliklar, ularning salbiy oqibatlari va bu holatlarning so’g’liq uchun uzoq
muddatli xavflari ko’rib chiqiladi. Shuningdek, bolalar orasida tish gigiyenasini
qanday rivojlantirish bo’yicha ba’zi usullar, tarbiyaviy yondashuv haqida turli
ma’lumotlar keng yoritiladi.
Kalit so’zlar:
gigiyena, stomotologiya, etiopatogenez, tish, muammo, bolalar,
sabab, kasalliklar, shirinlik, kun tartibi, noto’g’ri, sog’liq, ovqatlanish, milk, og’iz
bo’shlig’I, tish kariyesi, profilaktik choralar.
I. Kirish
Bugungi kunda stomatologik kasalliklar dunyo bo‘yicha keng tarqalgan sog‘liq
muammolaridan biri hisoblanadi. Xususan, bolalar orasida tish kariyesi, milk
yallig‘lanishi va boshqa stomatologik muammolar ko‘p uchraydi. Ushbu
kasalliklarning rivojlanishi ko‘p hollarda gigiyenaga rioya qilinmasligi va noto‘g‘ri
ovqatlanish bilan bog‘liq. Ko’p hollarda bolalarni ovutish uchun ota-onalar
shirinlikdan foydalanadi. Bu esa tish bilan bog’liq ko’plab muammolarning asosiy
omili bo’lib rol o’ynaydi. Ushbu maqolada stomotologik kasalliklarning
etipotogenezini ochib berish va bolalar orasida tish gigiyenasi ahamiyatini yoritib
beriladi.
II. Asosiy qism
Stomatologik kasalliklarning etiopatogenezi
Stomatologik kasalliklarning kelib chiqishiga quyidagi asosiy omillar
sabab bo‘ladi:
*Bakterial infektsiyalar: Og‘iz bo‘shlig‘ida yuzlab turdagi bakteriyalar mavjud
bo‘lib, ular qoldiq ovqat moddalari bilan birikkanida kariyes va milk yallig‘lanishini
(gingivit) keltirib chiqaradi.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_4-to’plam_May-2025
121
ISSN:3030-3613
*Ovqatlanish omillari: Shirinliklar, kislota va uglevodlarga boy mahsulotlarning
ko‘p iste'mol qilinishi tish emalini yemiradi va bakteriyalarning ko‘payishiga sharoit
yaratadi. Bu esa keyinchalik tish yemirilishiga olib keladi.
*Mexanik shikastlanishlar: Tishlarni noto‘g‘ri yuvish, qattiq ovqat
mahsulotlarini tishlash yoki tishlarga kuch ishlatish natijasida yuzaga keladi. Misol
uchun, ko’plab bolalar bodomlarni tishlari orqali chaqib yeyishga urinadi. Natijada,
tish qattiq shikastlanadi.
*Genetik omillar: Tish va milk tuzilishidagi irsiy o‘zgarishlar stomatologik
kasalliklarning rivojlanishiga moyillik yaratadi. Uyda birorta oila a’zosida tish bilan
muammo bo’lsa, bu aynan boshqa oila a’zosida ham kuzatilishi mumkin.
*Immunitet holati: Organizmdagi umumiy immunitetning pasayishi og‘iz
bo‘shlig‘i kasalliklarining oson rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Foydali va vitaminlarga
boy ozuqalardan ko’ra bolalar sog’liqlari uchun zararli bo’lgan mahsulotlarni iste’mol
qiladi va bu immunitet qulashiga olib keladi
*Fizik va kimyoviy ta’sirlar: Issiq va sovuq ovqatlar, kislotalar va boshqa zararli
moddalarning ta’siri tish emalini zaiflashtiradi. Bir vaqtni o’zida ham issiq ham sovuq
narsalarni iste’mol qilish ham tishlarni fan tomonidan zaiflashuviga olib keladi.
Bolalarda tish gigiyenasining ahamiyati
Bolalarda tish gigiyenasiga amal qilinishi sog‘lom tish va milk rivojlanishi
uchun asosiy shartdir. Сhunki har bir tana a’zosidek tishlar ham hayotimizning
ajralmas bir qismi hisoblanadi. Aynan shu tishlarimiz orqali biz organizmimizga zarur
bo’lgan ozuqa moddalarini tanavvul qilamiz.
Gigiyenaga rioya qilmaslik quyidagi muammolarni keltirib chiqaradi:
1.
Tish kariyesi
Ya’ni tish emali va ichki to‘qimalarining asta-sekin yemirilishiga olib keladigan
kasallik bo‘lib, asosan og‘iz bo‘shlig‘idagi bakteriyalar faoliyati natijasida
yuzaga keladi. Bakteriyalar shakarli mahsulotlardan kislota ajratib chiqaradi va
bu kislota tish emalini yemiradi. Natijada, tishda qora dog‘lar, chuqurchalar
paydo bo‘ladi va og‘riq yuzaga keladi.
2.
Milk yallig‘lanishi (gingivit)
Ya’ni milk to‘qimalarining yallig‘lanish holati bo‘lib, asosan tishlar orasida
yig‘ilgan bakterial blyashkalar (yopishqoq qoldiqlar) tufayli yuzaga keladi.
Kasallik belgilari: milklarning qizarishi, shishishi, tish yuvishda qonashi va
ba’zida yengil og‘riq. Agar gingivit vaqtida davolanmasa, u chuqurroq
to‘qimalarga o‘tib, parodontitga olib kelishi mumkin.
3.
Yomon nafas (halitoz)
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_4-to’plam_May-2025
122
ISSN:3030-3613
Ya’ni og‘izdan doimiy yoki vaqtinchalik yoqimsiz hid chiqishi bo‘lib, ko‘pincha
og‘iz gigiyenasi yetarli darajada bo‘lmaganda yuzaga keladi. Buning asosiy
sabablari tish kariyesi, milk yallig‘lanishi, til yuzasidagi bakteriyalar, qoldiq
ovqatlar, quruq og‘iz (tupurik yetishmovchiligi) yoki ichki organ kasalliklari
bo‘lishi mumkin.
4.
Tishlarning erta yo‘qolishi
Tishlar o‘z vaqtidan oldin tushib qolishi yoki olib tashlanishiga aytiladi. Bu holat
bolalarda ham, kattalarda ham uchrashi mumkin. Asosiy sabablar: kuchli
kariyes, milk kasalliklari (parodontit), jarohatlar, noto‘g‘ri gigiyena, irsiy
omillar yoki surunkali kasalliklar. Bolalarda sut tishlarning erta yo‘qolishi
doimiy tishlar noto‘g‘ri chiqishiga olib keladi. Kattalarda esa chaynash, so‘zlash
va umumiy sog‘liqka salbiy ta’sir qiladi.
5.
Umumiy sog‘liq muammolari (masalan, yurak va buyrak kasalliklari xavfi
ortishi)
Og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklari, ayniqsa tish va milkdagi yallig‘lanishlar, butun
organizmga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Surunkali infektsiyalar yurak,
buyrak, bo‘g‘im va hatto miya faoliyatiga zarar yetkazishi ehtimoli bor.
Tish gigiyenasining asosiy tamoyillari:
Tishlarni kuniga kamida ikki marta to‘g‘ri va to‘liq tozalash;
Har 6 oyda stomatolog ko‘rigidan o‘tish;
Shakar va shirinlik iste'molini cheklash;
To‘g‘ri ovqatlanish — kalsiy va fosforga boy mahsulotlar iste'moli;
Tish yuvish texnikasini to‘g‘ri o‘rgatish (ayniqsa, erta yoshdan boshlab).
III. Taklif va Xulosalar
Tish gigiyenasini bolalarga o‘rgatishning samarali usullari:
Ota-onalarning shaxsiy namuna ko‘rsatishi: bolalar odatda ko’p narsani biror
insondan ko’rish orqali o’rganadi. Shu jumladan, tish gigiyenasini ham. Bunday
paytda eng katta murabbiy ular uchun bu ularning ota-onasi. Agarda ota-ona
kuniga ikki mahaldan tishlarni yuvishni odat qilgan bo’lsa, bola bundan o’rnak
oladi.
O‘yin tarzida gigiyena ko‘nikmalarini o‘rgatish: bolaga birdaniga tishni
yuvishni qattiqqo’llik bilan emas, balki bolalarga qanday qilib sog’lom tishlarga
ega bo’lish mumkinligini turli qiziqarli faktlar aytish orqali, yoki o’yinlar orqali
o’rgatish mumkin. Bu holatda bola bezib qolmaydi, aynan ota-ona o’rgatmoqchi
bo’lgan narsadan.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_4-to’plam_May-2025
123
ISSN:3030-3613
Maxsus bolalar uchun mo‘ljallangan tish pastalari va cho‘tkalardan foydalanish:
har bir yoshdagi insonlar uchun alohida turdagi tish pasta va cho’tkalaridan
foydalanish maqsadga muvofiq. Chunki, kichik yoshdagi bolalar hech qachon
kattalar foydalanadigan pastalardan foydalana olmaydi.
Maktab va bog‘chalarda gigiyena bo‘yicha tarbiyaviy mashg‘ulotlar tashkil
etish: bola uyidan tashqari ko’p vaqtini bog’chada o’tkazadi. Va bu bolaga biror
yangi narsani o’rgatish uchun eng muhim vaziyat. Tarbiyachilar barcha
tarbiyalanuvchilarga tish gigiyenasi haqida bilim bersa, va buni amalda ko’rsatsa
bu narsa bolalalr ongida butun umr qoladi va albatta keying hayotida turli
qiyinchiliklarga duch kelmaydi.
Tish va milk kasalliklari inson salomatligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, tish
kariyesi, milk yallig‘lanishi yoki yomon nafas kabi muammolar og‘iz bo‘shlig‘idagina
emas, balki yurak, buyrak va boshqa ichki a’zolarga ham zarar yetkazishi mumkin. Bu
kasalliklarning asosiy sababi — og‘iz gigiyenasiga to‘g‘ri rioya qilmaslik, noto‘g‘ri
ovqatlanish va shirinliklarni ko‘p iste’mol qilishdir.
Ayniqsa bolalik davrida og‘izni toza saqlash odatini o‘rgatish juda muhim.
Bolalar tishlarini qanday yuvishni bilsalar, kelajakda ko‘p muammolardan
saqlanishadi. Bu ishda ota-onalar, o‘qituvchilar va shifokorlar birgalikda harakat
qilishlari kerak.
Ushbu maqolada keltirilgan ma’lumotlar stomatologik kasalliklarni vaqtida aniqlash,
oldini olish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga yordam beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Абуова, Ф. Р., & Нургалиева, А. Т. (2020). Детская стоматология. Алматы:
Медицина.
2.
Ажиев, А. Х. (2019). Профилактика стоматологических заболеваний у детей.
Ташкент: Тиббиёт.
3.
World Health Organization (WHO). (2022). Oral Health Fact Sheet. https://www.who.int
4.
Кулакова, О. В. (2018). Основы профилактической стоматологии. Москва:
ГЭОТАР-Медиа.
5.
Мамедов, А. К. (2017). Гигиена полости рта у детей: методические рекомендации.
Баку: Медицина.
6.
Petersen, P. E. (2008). Global policy for improvement of oral health in the 21st century
— implications to oral health research of World Health Assembly 2007, World Health
Organization. Community Dentistry and Oral Epidemiology, 36(1), 1–8.
7.
Камалова, Ш. С. (2021). Стоматология детского возраста и профилактика
заболеваний. Ташкент: Innovatsion Tibbiyot Nashriyoti.
8.
Harris, N. O., & García-Godoy, F. (2004). Primary Preventive Dentistry. Pearson
Education.
9.
Маркарова, А. Г. (2016). Здоровье полости рта у детей и подростков. Санкт-
Петербург: СпецЛит.
10.
American Dental Association (ADA). (2021). Brushing your teeth: How and why.
https://www.ada.org