T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_4-to’plam_May-2025
57
ISSN:3030-3613
QUR’ONIYLAR TOIFASINING DA’VOLARI VA AHLI SUNNA
IMOMLARINING ULARGA JAVOBI
Ibrohimov Ismoiljon Akramjon o’g’li
Imom Buxoriy nomidagi Toshkent
islom instituti, Teologiya (hadis ilmlari)
yo’nalishi 1-bosqich magistranti
Telefon raqami: +998956600450
Annotatsiya:
Qur’on va sunnat shariyatning bir-biridan ajralmas bo’lgan
manbaidir. Qur’oni Karimni payg’ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi
vasallamning sunnatlari va hadislarisiz tushunishning iloji yo’q. Chunki, Qur’on u
zotga nozil bo’lgan. Shu sabab undagi ma’nolarni eng yaxshi biladigan odam, bu –
Payg’ambarimiz alayhissalomdir. Bu borada noto’g’ri g’oyalarni tarqatayotganlar va
Qur’ondagi ba’zi oyatlarni o’zining fikri bilan tafsir qilib, sunnatni inkor qilishga
urinayotgan toifalarga ahli sunna val jamoa ulamolari tomonidan yetarlicha
raddiyalar berilgan.
Annotation
:
The Qur'an and the Sunnah are inseparable sources of Islamic law.
It is impossible to fully understand the Noble Qur'an without the Sunnah and Hadiths
of the Prophet Muhammad (peace and blessings be upon him), since the Qur'an was
revealed to him. Therefore, the person who best understands its meanings is none other
than the Prophet himself. Scholars of Ahl as-Sunnah wa’l-Jama‘ah have provided
sufficient refutations to those who spread incorrect ideas, interpret certain verses of
the Qur'an based on their own opinions, and attempt to reject the Sunnah.
Аннотация:
Коран и Сунна — неотделимые источники шариата. Понять
Священный Коран без Сунны и хадисов пророка Мухаммада (мир ему и
благословение) невозможно, так как Коран был ниспослан именно ему.
Следовательно, самым знающим толкователем его смысла является сам
Пророк (мир ему). Ученые Ахлю-Сунна валь-Джамаа дали достаточные
опровержения тем, кто распространяет ошибочные идеи, толкует отдельные
аяты Корана на основе собственного мнения и пытается отрицать Сунну.
Kalit so’zlar:
Qur’oniylar, sunnat, Qur’on, dalil, kitob, hikmat, vahiy, zikr,
shubha, raddiya, hadis.
Islom dini o‘zining aqidaviy, fiqhiy va axloqiy asoslarini Qur’on va sunnatdan
oladi. Ushbu ikki manba musulmonlar uchun shariatning ajralmas ustunlari
hisoblanadi. Alloh taolo Qur’oni Karimda insoniyatni Qur’on orqali hidoyatga
boshlaganini bayon etar ekan, bu ilohiy risolatni tushuntirish va amaliyotga tatbiq etish
vazifasini Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning zimmasiga yuklagan. Rasululloh
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_4-to’plam_May-2025
58
ISSN:3030-3613
nafaqat Qur’onni yetkazgan zot, balki uning bayonchisi va hayotda tatbiq qiluvchisi
hamdir.
Biroq, tarix davomida ba’zi toifalar sunnatga nisbatan shubha bildirgan,
ayrimlari esa uni butunlay inkor etishga uringan. Ayniqsa, zamonaviy davrda
"Qur’oniylar", "Sunnat inkorchilari" yoki "Qur’an ahli" deb nom olgan oqimlar shular
jumlasidandir. Ular faqat Qur’onni asosiy manba deb tan olib, Rasululloh sollallohu
alayhi vasallamning hadis va sunnatlarini insoniy so‘zlar deb baholaydilar. Ushbu toifa
fikricha, Qur’on har bir narsani tushuntirib bergan va unga boshqa manbalarni qo‘shish
dinni buzish bilan barobardir.
Qur’oniylar harakatining ildizlari XIX asrda Hindistonda shakllangan bo‘lib,
ular dastlab mustamlaka bosimi ostida bo‘lgan musulmonlar orasida diniy yangilanish
g‘oyasi bilan chiqqan. Biroq vaqt o‘tishi bilan ularning da’volari ijtihoddan emas,
inkordan iborat ekani ma’lum bo’ldi. Bugungi kunda ham internet tarmog‘ida, ijtimoiy
tarmoqlarda bu toifaning g‘oyalari yoshlar ongini chalg‘itmoqda.
Mazkur maqolada Qur’oniylar toifasining Qur’oni Karimdan keltiradigan
asosiy dalillari tahlil qilinadi va ularga ahli sunna ulamolari tomonidan berilgan qat’iy
raddiyalar keltiriladi. Maqolaning maqsadi – sunnatning shariatdagi o‘rni, Qur’on bilan
bo‘lgan uzviy bog‘liqligi va Qur’oniylarning da’volarini naqadar asossiz ekanini ilmiy
asosda ko‘rsatib berishdir.
Bu toifa musulmon jamiyatidan sunnatga bo’lgan e’tiborini yo’qotish uchun bir
qancha g’oya va da’volari mavjud. Quyida ular taqdim etiladi:
Birinchi shubha:
Qur’onning o’zi hukm uchun yetarlidir. Qur’ondan boshqa
narsalarga umuman hojat yo’q. Chunki, Alloh taolo Qur’onda shunday marhamat
qiladi:
ِِنِإ
ِِا ِلِلِ الَِّإُِم ۡكُحۡلٱ
“
Hukm qilish faqat Allohgadir”
1
.
ِ دَق
ٌِۭ بٰـَتِك َوِ ٌۭ روُنِِ االلََِّنِ مِمُكَءاَج
ٌِۭ نيِبُّم
“
Darhaqiqat, sizlarga Alloh tomonidan bir nur va aniq Kitob keldi”
2
.
اام
ِ ء ىَشِنِمِِبٰـَتِك لٱِىِفِاَن طارَف
“
Kitobda
(Qur’onda)
hech narsani qoldirmadik”
3
.
اَن لازَن َو
ِ َك يَلَع
ا ٌۭ نٰـَي بِتِ َبٰـَتِك لٱ
ِ ء ىَشِِ لُكِ ل
“
Senga bu Kitobni har bir narsaning tafsiloti sifatida nozil qildik”
4
.
Qur’oniylar toifasining vakillari mana shu oyatni o’zlariga dalil qilib, Qur’onda
barcha narsa bayon qilib berilgan. Shuning uchun undan boshqasiga hech qanday
ehtiyoj yo’q. Din o’laroq Qur’onning o’zi kifoya deb g’oyalarini ilgari surishadi.
1
Shayx Abdulziz Mansur. Qur’oni Karim ma’nolarining tarjima va tafsiri. – Toshkent: “O’qituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy uyi,
2020. – B. 134.
2
O’sha manba. – B. 110.
3
O’sha manba. – B. 132.
4
O’sha manba. – B. 277.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_4-to’plam_May-2025
59
ISSN:3030-3613
Ularning bu dalillariga Ahli sunnaning javobi:
Birinchi oyatga keladigan bo’lsak, Hukm qilish faqat Allohniki ekaniga biror
mo’min kishi shubha qilmaydi. Biroq, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning
hukmlari ham Alloh taoloning hukmi bo’lib, u Rasulining tili bilan qaror topadi.
Shuning uchun ham Alloh taolo quydagicha marhamat qiladi:
ِ اَم َو
اَم َوُِهوُذُخَفُِلوُسارلٱُِمُكاَتاَء
نٱَفُِه ۡنَعِ ۡمُكٰىَهَن
ِ اوُهَت
Payg’ambar sizga nimani bersa, o’shani olinglar va nimadan qaytarsa,
o’shandan qaytinglar
5
.
Alloh taolo boshqa bir oyatda shunday marhamat qiladi:
اَم َو
ِ ٰى َوَه لٱِِنَعُِقِطنَي
*
ِ نِإ
ِٰىَحوُيِ ٌۭ ى ح َوِ الَِّإِ َوُه
“
U o‘z nafsidan so‘zlamaydi. Bu
(so‘zlari)
vahiy qilinayotgan vahiydir”
6
.
Yana bir boshqa oyatda shunday keladi:
اَم َو
ِ ةَنِم ۡؤُمِ َلَّ َوِ ࣲنِم ۡؤُمِلَِناَك
ِ ۥُهُلوُس َر َوُِ الِلٱِىَضَقِاَذِإ
َِأِا ر ۡمَأ
ُِة َرَي ِخۡلٱُِمُهَلَِنوُكَيِن
ِ ِصۡعَيِنَم َوِ ۡۗۡمِه ِر ۡمَأِ ۡنِم
َِالِلٱِ
ِۥُهَلوُس َر َو
ِ
ࣰ
لٰـَلَضِالَضِ ۡدَقَف
انيِبُّم
“
Hech bir mo’min erkak va hech bir mo’mina ayol uchun Alloh va Uning
Rasuli bir ishga hukm qilganida, o’z ishlarini o’zlaricha ixtiyor qilmoq yo’q. kim
Allohga va Uning Rasuliga osiy bo’lsa, bas, batahqiq, qattiq adashibdi”
7
.
Qur’oniylar toifasining
“Kitobda hech narsani qoldirmadik”
oyati bilan
hujjatlanishlariga kelsak, bu yerdagi “Kitob” dan maqsad haqida tafsir olimlari “Lavh-
ul-mahfuz” dir deb aytishgan
O’zlarining da’volariga hujjat deb bilgan keying oyat esa hukmlarni joriy qilish
emas, balki, iymon va kufr masalasi haqida nozil bo’lgan. Agar hukmlarni joriy qilish
uchun nozil bo’lgan deb faraz qilsak ham, unga quydagi oyat bilan javob beriladi:
ِ اَن ل َزنَأ َو
ِ ِساانلِلَِنِ يَبُتِلَِر كِ ذلٱِ َك يَلِإ
ِ مِه يَلِإَِل ِ زُنِاَم
“
Biz sizga Zikrni odamlarga nozil qilingan narsani bayon qilib berishingiz
uchun nozil qildik”
8
.
Oyatdagi “Zikr” dan maqsad – sunnatdir. Nozil bo’lgan narsa esa – Qur’ondir.
Bu oyatning mazmunidan ham oydek ravshandir. Bundan tashqari sunnatni qo’yib
Qur’onning yakka o’ziga amal qilish juda ham qiyindir. Chunki, musulmonlar namoz
rak’atlarining adadi, zakotning nisobi va miqdori, haj amallarini qay yo’sinda ado
qilish va bularning to’liq tafsiloti faqatgina hadislar orqali bilnadi. Qur’onda esa
buyruq va qaytariqlar umumiy tarzda kelib, tafsiloti va tafsiriga kirishib o’tirilmagan
9
.
Imom Bayhaqiy va imom Hokimlar Hasan Basriydan shunday rivoyat
qilishadi: “Imron ibn Husoyn Payg’ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi
5
O’sha manba. – B. 546.
6
O’sha manba. – B. 526.
7
O’sha manba. – B. 423.
8
O’sha manba. – B. 272.
9
Abu Osim al-Barakotiy al-Misriy. Sabilu-l-mu’minin fi-r-roddi ala shubuhati-l-muslimin. – Misr: Dor ibn Umar nashr, 2005. – B.
40.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_4-to’plam_May-2025
60
ISSN:3030-3613
vasallamning sunnatlari haqida gapirib turganda, bir kishi kelib: “Ey Abu Nujayd!
Bizga Qur’ondan gapir”, dedi. Shundan Imron unga shunday javob berdi: “Sen va
atrofingdagilar (faqat) Qur’on o’qiydigan bo’lsa, namozning sifati va uning
tafsilotlarini aytib berchi?! Oltin, tuya, mol va turli xil mulklardan qanday zakot
chiqarish yo’llarini aytib berchi?! Aslida, sen buni bilar eding, lekin, bundan yuz
o’girding. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam zakotdan falon narsalarni belgilab
berganlar va hokazo. Shunda boyagi kishi: “Meni qayta tiriltirding. Alloh umringni
uzoq qilsin!”, dedi. Shu kishi keyinchalik musulmonlarning faqihlaridan biriga
aylandi”
10
.
Sunnat Qur’onning muqobiliga qo’yiladigan bo’lsa, uch ko’rinishdan birida
bo’ladi:
1.
Qur’onda kelgan hukm bilan to’liq muvofiq bo’ladi. Agar bir hukmda Qur’on va
sunnat bir xil bo’lsa, buni usul fiqh ilmida “dalillar ketma-ketligi” deyiladi.
2.
Sunnat Qur’on kelgan ma’noni yoritib yoki tafsir qilib keladi.
3.
Biror masalaga hukm qilishda Qur’on sukut qilgan bo’lsa, uni halol yoki harom
ekanini bayon qilib keladi. Sunnat mana shu uch holatdan boshqasida kelmaydi.
Shunday ekan, sunnatdagi hukmlar hech qachon Qur’onga zid bo’lmaydi
11
.
Ikkinchi va uchinchi shubha:
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam
faqatgina Qur’onning o’zini yetkazganlar. Qolaversa, sunnat vahiy emas.
Ularning dalili:
ِ نِإ
ُِغٰـَلَب لٱِ الَِّإِ َك يَلَع
“(Ey Muhammad), sizga faqat (Qur’onni) yetkazish lozim”
12
.
Ahli sunna ulamolarining raddiyasi:
Ha, Rasululloh (s.a.v) Qur’onni yetkazganlar, lekin, bu yetkazish bayon va
amaliy tatbiqsiz bo‘lmagan. Qur’onning boshqa oyatida shunday keladi:
اَم َو
ِ ٰى َوَه لٱِِنَعُِقِطنَي
*
ِ نِإ
ِ الَِّإِ َوُه
ِٰىَحوُيِ ٌۭ ى ح َو
“
U o‘z nafsidan so‘zlamaydi. Bu (so‘zlari) vahiy qilinayotgan vahiydir”
13
.
Demak, Rasulullohning so‘zlari ham vahiy asosidagi so‘zlar bo‘lib, bu
sunnatning ilohiyligini tasdiqlaydi
14
.
Bundan tashqari Alloma Muhammad Taqiy Usmoniy bu borada shunday deydi:
“Payg‘ambarimiz alayhissalom insoniyatga yuborilganlarida qanday mavqe
(maqom)ga ega edilar? U zot sollallohu alayhi vasallam pochta xodimi kabi faqat
yetkazib beruvchi va xatning nima bo‘lishi haqida o‘ylamaydigan bo‘lganmilar?
10
Ahmad ibn Husayn ibn Ali Abu Bakr al-Bayhaqiy. Sunanu-l-Bayhaqiy kubro. – Bayrut: Doru-l-kutubi-l-ilmiyya, 2003. – J. 1. B.
468.
11
Shamsiddin Abu Abdulloh Muhammad ibn Abu Bakr. I’lamu-l-muvaqqi’in an robbi-l-alamin. – Bayrut: Dor ibn Hazm, 2019. – J.
2. – B.303.
12
Shayx Abdulziz Mansur. Qur’oni Karim ma’nolarining tarjima va tafsiri. – Toshkent: “O’qituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy uyi,
2020. – B. 488..
13
O’sha manba. – B. 526.
14
Mustafo as-Siboiy. As-sunna va makanatuha fi-t-tashri’i-l-islamiy. – Bayrut: Doru-l-varroq, 2008. – B. 172.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_4-to’plam_May-2025
61
ISSN:3030-3613
Javob aniq: aslo yo‘q! Payg‘ambarlar alayhimussalom faqat Alloh taoloning
Kalomini odamlarga yetkazish uchun yuborilmagan. Ulardan ilohiy ta’limotni
yetkazish, uni tushuntirish va amaliy namuna bo’lish talab etilgan.
Ilohiy kitoblarni yetkazish bilan payg‘ambarlarning vazifalari tugamaydi,
balki, ular insoniyatga kitobdagi ko‘rsatmalarga muvofiq yashashni o‘rgatishlari
lozim. Qur’oni karimning ushbu oyati bunga shubha qoldirmaydi:
ِِهِسُفنَأِ نِ مِ لَّوُسَرِ مِهيِفِ َثَعَبِ ذِإَِنيِنِم ؤُم لاِىَلَعُِ االلَِّانَمِ دَقَل
ِ م
ِ مِهيِ كَزُي َوِ،ِهِتَياَءِ مِه يَلَعِ اوُل تَي
ُِي َو
ِ َباَتِك لاُِمُهُمِ لَع
يِفَلُِل بَقِنِمِ اوُناَكِنِإ َوَِةَم ك ِحلا َو
ِ نيِبُّمِ ل َلَض
“Alloh o‘z ichlaridan Allohning oyatlarini o‘qib beradigan, ularni (shirk va
gunohlardan) musaffo qiladigan hamda ularga Kitob va Hikmatni ta’lim bera-
digan Payg‘ambarni yuborish bilan, mo‘minlarga in’om etdi. Ular esa bundan
oldin aniq gumrohlikda edilar”
15
.
،ِهِتَياَءِ مِه يَلَعِ اوُل تَيِ مُه نِمِ لَّوُسَرَِنيِ مُ لْاِيِفِ َثَعَبِيِذالاِ َوُه
ِ
ِِهيِ كَزُي َو
َِبَتِك لاُِمُهُمِ لَعُي َوِ م
َِةَم ك ِح لا َو
“
U (Alloh) omilar (savodsiz kishilar) orasiga o‘zlaridan bo‘lgan, ularga
(Uning) oyatlarini tilovat qiladigan, ularni (shirk va jaholatdan) poklaydigan
hamda ularga Kitob (Qur’on) va Hikmat (Hadis)ni o‘rgatadigan (bir)
payg‘ambarni (Muhammadni) yuborgan Zotdir”
16
.
Ushbu oyat ma’nolari Ibrohim alayhissalom duolarida ham o‘z aksini topgan:
ِ مِه يَلَعِاوُل تَيِ مُه نِ مِ لَّوُسَرِ مِهيِفِ ثَع با َوِاَنابَر
ُِمِ لَعُي َوِ َكِتَياـ
َِوَِةَم ك ِح لا َوِبَتِك لاُِمُه
مِهيِ كَزُي
“Ey, Robbimiz, ularga (kelajak ummatlarga) o‘zlaridan (chiqqan), ularga
oyatlaringni tilovat qilib beradigan, Kitob va hikmat (Qur’on va hadis)ni
o‘rgatadigan va ularni (kufr va gunohlardan) poklaydigan bir payg‘ambarni
yuborgin!”
17
.
Ushbu oyatda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning payg‘ambarlikdagi
to‘rt vazifalari bayon etilmoqda:
1. Alloh taoloning Kalomi - Qur’oni karim oyatlarini tilovat qilish (yetkazish).
2. Qur’ondan ta’lim berish.
3. Hikmat (hadis)ni o‘rgatish.
4. Insonlarni shirk va zulmat botqog‘idan hidoyat nuri sari boshlash”
18
.
Demak, ushbu oyatlardan Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning vazifalari
faqatgina Allohning buyruqlarini yetkazish emas, balki o‘sha buyruqlar asosida
insonlarni yashashga o‘rgatish ekani ma’lum bo‘ladi.
15
Shayx Abdulziz Mansur. Qur’oni Karim ma’nolarining tarjima va tafsiri. – Toshkent: “O’qituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy uyi,
2020. – B. 71.
16
O’sha manba. – B. 553.
17
O’sha manba. – B. 20.
18
Muhammad Taqiy Usmoniy. Islom shariyatida sunnatning o’rni (Matn)/Tarjimon va izohlar muallifi: Davron Nurmuhammad. –
Toshkent: “Matbaachi”, 2023. – B. 8.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_4-to’plam_May-2025
62
ISSN:3030-3613
Shuningdek, u zot alayhissalomdan hikmatni o‘rgatish talab etiladi. Yana bu hali
hammasi emas. Nabiy alayhissalom amaliy namuna bo‘lib, insonlarni zalolatdan
hidoyat nuri sari boshlashlari ham zarur.
a) Qur’on oyatlarini yetkazish Nabiy alayhissalomning vazifalaridan biri ekanini
Qur’oni karim oyatlari tasdiqlaydi.
b) U zot alayhissalomning Qur’on tafsiridagi sharhlari hal qiluvchi asos sanaladi.
d) Nabiy alayhissalom ilohiy ko‘rsatmaga asoslangan hikmatni o‘rgatuvchi
hisoblanadilar.
g) Insonlarni islom shariati asosida yashashga o‘rgatishda namuna o‘laroq
bo‘lishlariga ishonch bildirilgan.
Musulmonlar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga itoat etishlari va
ergashishlari shart bo‘lmaganida u zot alayxis salomning ushbu vazifalari bajarilmagan
bo‘lardi. Inchunun, Nabiy alayhissalomning so‘zlariga amal qilish - ummat uchun
majburiy, amallari esa go‘zal namunadir.
Alloh taolo qator oyatlarda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga itoat etishga
va ergashishga buyuradi. Bu borada, Qu’roni karimda ikki so‘z: “itoat” – bo‘yinsunish
va “ittibo” – ergashish ishlatiladi.
Birinchi so‘z (itoat) Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning buyruq va
so‘zlariga itoat etishni anglatadi, ikkinchisi (ittibo) esa, u zot alayhissalomning
amallariga ergashishni bildiradi.
Xulosa:
Qur’oniylar sunnatni rad etish orqali Islom shariatining yarmidan
ko‘prog‘ini yo‘qqa chiqaradilar. Ahli sunna ulamolari esa Qur’on va sunnat bir
butunligini, sunnatsiz Qur’onni to‘liq tushunib bo‘lmasligini qat’iy dalillar bilan
isbotlab keladilar. Sunnatni rad etish diniy hayotni buzish, shariatni o‘zgartirishga olib
keladi. Ilmiy asos va manbalar Qur’oniylar da’volarining asossizligini ko‘rsatadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Shayx Abdulziz Mansur. Qur’oni Karim ma’nolarining tarjima va tafsiri. – Toshkent:
“O’qituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2020.
2.
Abu Osim al-Barakotiy al-Misriy. Sabilu-l-mu’minin fi-r-roddi ala shubuhati-l-
muslimin. – Misr: Dor ibn Umar nashr, 2005.
3.
Ahmad ibn Husayn ibn Ali Abu Bakr al-Bayhaqiy. Sunanu-l-Bayhaqiy kubro. – Bayrut:
Doru-l-kutubi-l-ilmiyya, 2003.
4.
Shamsiddin Abu Abdulloh Muhammad ibn Abu Bakr. I’lamu-l-muvaqqi’in an robbi-l-
alamin. – Bayrut: Dor ibn Hazm, 2019.
5.
Mustafo as-Siboiy. As-sunna va makanatuha fi-t-tashri’i-l-islamiy. – Bayrut: Doru-l-
varroq, 2008.
6.
Muhammad Taqiy Usmoniy. Islom shariyatida sunnatning o’rni (Matn)/Tarjimon va
izohlar muallifi: Davron Nurmuhammad. – Toshkent: “Matbaachi”, 2023.
7.