Mualliflar

  • Suyunova Dildora Sadriddin qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.97214

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: qo‘shin tarkibi lashkar askariy nom termin affiksal termin yasash kompozitsiya.

Annotasiya

ANNOTATSIYA 
  Ushbu  maqolada  Sohibqiron  Amir  Temur  davlat  boshqaruvidagi  qo‘shin 
turlarining tarkibi, morfologik jihatdan harbiy atamalarning so‘z yasalish (affiksal yoki 
kompozitsion) tizimi ochib beriladi.  


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_4-to’plam_May-2025

280

ISSN:3030-3613

QO‘SHIN TURLARIGA OID AYRIM ASKARIY QISM NOMLARINING

YASALISHI

Suyunova Dildora Sadriddin qizi

Alisher Navoiy nomidagi

Toshkent davlat o‘zbek tili va

adabiyoti universiteti doktoranti

e-mail:

suyunovad28@mail.ru

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Sohibqiron Amir Temur davlat boshqaruvidagi qo‘shin

turlarining tarkibi, morfologik jihatdan harbiy atamalarning so‘z yasalish (affiksal yoki
kompozitsion) tizimi ochib beriladi.

Kalit so‘zlar:

qo‘shin tarkibi, lashkar, askariy nom, termin, affiksal termin

yasash, kompozitsiya.

ANNOTATION

This in the article Amir Timur state managed army species composition ,

morphological in terms of military terms word construction ( affixal or composition )
system open is given .

Key words :

structure of army, army, military name, term, make of affixal term,

composition.

Sharafiddin Ali Yazdiyning Amir Temur hukmronligi davriga oid “Zafarnoma”

asari o‘rta asrlar tarixnavisligining ajoyib yodgorliklaridan biridir. Muarrix
“Zafarnoma” asarini Shohruhning o‘g‘li Ibrohim Sulton tashabbusi bilan bitganligini
aytadi. Sharafiddin Ali oldiga asarni jonli hamda tushunarli qilib yozish talabi
qo‘yilgan. Muallifning niyatiga ko‘ra, asar “Muqaddima” qismi va uchta maqoladan
iborat bo‘lishi kerak edi. Birinchi maqolani Temurga, ikkinchisini Shohruhga,
uchinchisini Shohruhning o‘g‘li Ibrohim Sultonga mo‘ljallagan. Asar niyat qilingan
birinchi maqolasidan iborat xolos. Boshqa ikki maqola yo‘q – u Sharafiddin Ali Yazdiy
tomonidan yozilmagan yoki yozilgan bo‘lsa ham bizgacha yetib kelmagan

1

.

Asarda Sohibqiron davlatida qo‘shin tarkibi, askariy qism bo‘linmalarining qay

tartibda ekanligi batafsil berilgan. Amir Temur qo‘shinlari asosan piyoda va otliq
askarlardan tashkil topgan bo‘lsa-da, aksariyat hollarda piyodalar ham uzoq cho‘l
safarlarida otlar bilan ta’minlanar, otliq askarlarning katta qismi piyoda tartibda jang
qilishga ham o‘rgatilgan edi. Ular kamondan zarb bilan bexato otish lozim
bo‘lgandagina otdan tushib, piyoda jangchilarga aylanardilar. Otliq askarlar oddiy va

1

Шарафиддин Али Яздий. Зафарнома. – Т.: Камалак, 1994. – Б.8.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_4-to’plam_May-2025

281

ISSN:3030-3613

saralangan jangchilarga bo‘linib, yengil va og‘ir otliq qo‘shinni tashkil etgan. Bundan
tashqari, Sohibqironning xos navkarlari ham bo‘lgan.

Har qanday tilning so‘z boyligi u tarixiy yoki zamonaviy tusda bo‘lmasin,

insonlar tomonidan tuziladigan rang-barang lug‘atlarda ma’lum darajada aksini topadi.
Lug‘at til so‘z boyligini o‘zida saqlovchi akkumulyator vazifasini bajaradi

2

. Aynan

mana shunday termin-lug‘atlardan harbiy terminlar keng o‘rin egallagan. Shuni
alohida ta’kidlash joizki, “Zafarnoma”dan o‘rin olgan leksik birliklar qatori, temuriylar
saltanatining ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy, harbiy, maishiy turmush tarzida
mavjud tushunchalarni ifodalovchi istilohlar va leksik birliklar son jihatdan salmoqli
hisoblanadi.

Sohibqiron Amir Temur davlat boshqaruvidagi askariy qism nomlarining

“Zafarnoma”da keltirilganlarining morfologik tuzilishi haqida so‘z yuritar ekanmiz,
bunda, asosan, so‘zlarning yasalishiga, o‘zlashgan yoki o‘zlashmaganligiga e’tibor
qaratamiz.

Harbiy va umumiy adabiy lug‘atni shakllantirishning eng samarali usuli affiksal

so‘z yasashdir. Leksik-grammatik so‘z yasash affikslarini quyidagi guruhlarga bo‘lish
mumkin:

1. Nominal o‘zaklardan ot atama hosil qiluvchi affikslar;
2. Fe’l o‘zaklardan ot atama hosil qiluvchi affikslar;
3. Otlardan atama-fe’l yasovchi affikslar;
4. Fe’l o‘zak va o‘zaklardan atama-fe’l hosil qiluvchi affikslar

3

.


Quyida “Zafarnoma”da berilgan askariy qism nomlarining yasalish tizimini

ko‘rib chiqamiz:

ZABONGIR – I. josus II. Dushman haqida ma’lumot yig‘ish uchun asir olib

kelish. Bilamizki, zabon fors-tojik tilida “til” degan ma’noni anglatadi. Harbiy yurish
paytida dushman tarafdagi vaziyatdan ogoh bo‘lish, ularning rejalarini bilish
maqsadida zabongirlar ustalik bilan ushbu vazifani ado etganlar. Bu esa jang chog‘ida
g‘alaba tomon yo‘l ochib ham bergan. Asli fors-tojikcha bo‘lmish –gir affiksi “giriftan-
olmoq” ma’nosini bildiradi va hozirgi o‘zbek tilida “biror narsani oluvchi, qo‘lga
kirituvchi, egallovchi, zabt etuvchi” ma’nolarini anglatuvchi tushunchalarni ifoda
etuvchi mansabga aloqador shaxs nomini yasaydi.

Eski o‘zbek tilida -g‘ur/-gьr affiksli shaklni sifatdosh guruhiga shartli ravishda

kiritish mumkin. Bu shaklda fe’llik belgilari kuchsizlanib, sifatga yaqinlashgan. Ma’no
jihatdan hozirgi o‘zbek tilidagi sezgir, chopqir,keskir, o‘tkir kabi sifatlarga o‘xshaydi

4

.

Zabon ot asosga esa ushbu yasovchi qo‘shimcha qo‘shilib, otdan ot atama hosil qilgan:

2

Dadaboyev H. O‘zbek terminologiyasi. – T.: 2019. – B.14.

3Дадабаев Х., Насыров И., Хусанов Н. Проблемы лексики старо-узбекского языка. – Т.: Фан, 1990. – С.70.

4

Abdurahmonov G‘., Shukurov Sh., Mahmudov Q. O‘zbek tilining tarixiy grammatikasi. – T.: 2008. – B.186.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_4-to’plam_May-2025

282

ISSN:3030-3613

U: “Bir oy bo‘ldiki, bizning undan xabarimiz yo‘q; biz el ichidan chiqib, shu joyda
turibmiz. Ammo bir necha kun bo‘ldiki, g‘oyatda mukammal qurollangan o‘n otliq
kishi zabongirlik maqsadida kelib, shu yaqinda bir to‘qayzor bor, o‘sha yerda
turibdilar”, - deb javob berishdi.

POS/POSBON – tungi soqchi. Biror kimsa yoki narsaning xavfsizligini

ta’minlash uchun postda turgan qo‘riqchi, qorovul. Bu so‘zning asosi “pos” forscha
so‘z bo‘lib “tunning bir qismi” degan ma’noni anglatadi. Hozirgi o‘zbek tilida –bon
affiksi (fors-tojikcha) kam miqdorda leksemalarni hosil qiladi. Ushbu affiks “asosdan
anglashilgan narsani saqlovchi, unga qarovchi shaxs” ma’nosini bildiruvchi harbiy
mansab nomini yasaydi. –bon ham qo‘shimcha, ham saqlovchi, qo‘riqlovchi
ma’nolarida kelib, yangi bir atama yasashga xizmat qilgan: Shahar devori bo‘ylab
soqchilar va posbonlar uchun uylar belgilangan, uning to‘rt tomon burchagidan har
birida bir burj – manora ko‘tarilgan.

DAH/DAHA – lashkar bo‘linmalaridan eng kichigi o‘n kishilik guruh. “Dah”

fors-tojikcha so‘z bo‘lib, o‘n degan ma’noni bildiradi. Daha leksemasi o‘nlik so‘ziga
teng, shuningdek, dahboshi (o‘nboshi) ma’nodosh sifatida qo‘llaniladi.

TAXSHANDOZ – kamondan o‘q yog‘diruvchi sipohiylar. –andoz affiksi fors-

tojik tillariga oid bo‘lganligi uchun ham o‘zbek tilida maxsus so‘z yasovchi element
sifatida qaralmaydi. Chunki u hozirgi bosqichda o‘zbekcha (umumturkiy) asoslarga
qo‘shilib leksemalar hosil qilmaydi. Shunday bo‘lishiga qaramay, o‘zbek tilida –andoz
affiksi “biror harbiy quroldan o‘q yoxud snaryad otuvchi shaxs” ma’nosini anglatgan
ayrim so‘zlar mavjud. –andoz yasovchili leksemalarning barchasi diaxron planda
harbiy mansab nomlarini ifodalovchi leksema hisoblanadi. Mazkur qo‘shimcha
vositasida taxshandoz leksemasi ham yasalgan bo‘lib, “taxshadan, ya’ni o‘q otuvchi
quroldan o‘ziga xos snaryad otuvchi shaxslar boshlig‘i” ma’nosida qo‘llaniladi.
Ra’dandoz, tirandoz, naftandoz leksemalari ham xuddi shunday yasama hisoblanadi:
Jang salohlari bilan orosta fillar ustiga taxtlar o‘rnatilgan, fillar safi yonida
ra’dandozlar va taxshandozlar hozir, har bir fil ustida esa bir necha o‘q otuvchi o‘ltirar
edi.

Askariy qism nomlaridan yana quyidagilar ham asarda o‘z ifodasini topgan:

ug‘ruq – (aynan “chodir”) lashkar ortidan zaxira, aslaha va boshqa anjomlarni olib
yuruvchi qism ( Hazrat Sohibqiron ug‘ruqni cherik bilan Shayx Ali Bahodurg‘a
tobshurub, saodat bila otlanib, bahodur yigitlari bila ilg‘or solib, Tabrizg‘a mutavajjih
bo‘ldi. Z.106.) , bo‘y qo‘shuni – lashkarning qalb qismidagi xos bo‘linma, nikovulon
– dushmanni ta’qib etuvchi sipohiylar (Mang‘loy lashkari nikovul bo‘lib dushmanlar
izidan chopqin yasadi va ularni bir –biridan ajratib, tarqatib yubordilar. Z. 286. ), taloya
– (razvedka) vaziyat haqida xabar keltirish uchun lashkardan oldinga yuboriladigan
kichik harbiy bo‘linma (Ardasherni taloya sifatida lashkar ahvolini bilib turish uchun
tayinladi. Z. 192.), qul/g‘ul – qo‘shinning markaziy qismi(

Va Sohibqiron g‘ul cheriki


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_4-to’plam_May-2025

283

ISSN:3030-3613

bila balchiqdin chiqib, bir o‘tlog‘da tushti, va shahzodalar uchun kishi qaytardi.
Z.163.).

Amir Temur davrida qudratli qo‘shinning yuzaga kelishi va harbiy mudofaa

tizimining takomillashuvi harbiy atamalarda o‘z ifodasini topgan. Sohibqiron Temur
davlat boshqaruvidagi qo‘shin tuzilmasi tarkibining leksik-morfologik jihatdan
o‘rganilishi harbiy terminologiya sohasida samarali ishlarni olib borishda hamda
askariy nomlarning etimologiyasida ham katta o‘rin tutadi. Harbiy sohaga oid istilohlar
sifatida ishlatiluvchi leksemalar diaxron va sinxron aspektda olinganda bir-biridan
farqlanuvchi leksemalar qo‘llanilganini ko‘rish mumkin. Ta’kidlash joizki, Amir
Temurning jahon harb ishi va harb san’atiga qo‘shgan ulkan xizmatlari beqiyosdir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Abdurahmonov G‘., Shukurov Sh., Mahmudov Q. O‘zbek tilining tarixiy
grammatikasi. – T.: 2008.

2.

Dadaboyev H. O‘zbek terminologiyasi. – T.: 2019.

3.

Dadaboyev H., Yodgorov H. O‘zbek harbiy terminologiyasi. – T.: Sahhof, 2021.

4.

Mo‘minova O. O‘zbek tilida mansab va unvon nomlarining leksik-semantik tarkibi.
– T.: 2009.

5.

Шарафиддин Али Яздий. Зафарнома. – Т.: Камалак, 1994.

6.

Шарафуддин Али Йаздий. Зафарнома. – Т.: Шарқ, 1997.

7.

Дадабаев Х., Насыров И., Хусанов Н. Проблемы лексики старо-узбекского
языка. – Т.: Фан, 1990.

8.

http://www.ziyonet.uz.


Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

Abdurahmonov G‘., Shukurov Sh., Mahmudov Q. O‘zbek tilining tarixiy

grammatikasi. – T.: 2008.

Dadaboyev H. O‘zbek terminologiyasi. – T.: 2019.

Dadaboyev H., Yodgorov H. O‘zbek harbiy terminologiyasi. – T.: Sahhof, 2021.

Mo‘minova O. O‘zbek tilida mansab va unvon nomlarining leksik-semantik tarkibi.

– T.: 2009.

Шарафиддин Али Яздий. Зафарнома. – Т.: Камалак, 1994.

Шарафуддин Али Йаздий. Зафарнома. – Т.: Шарқ, 1997.

Дадабаев Х., Насыров И., Хусанов Н. Проблемы лексики старо-узбекского

языка. – Т.: Фан, 1990.