T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_4-to’plam_May-2025
168
ISSN:3030-3613
RUHIY ZO‘RIQISHGA SABAB BOʻLUVCHI OMILLAR VA ULARNI
BARTARAF ETISHNING PSIXOLOGIK YECHIMLARI
Karimova Dilnoza Qutbiddinovna
Namangan viloyati Namangan shahar
100-sonli maktab amaliyotchi psixologi
Annotatsiya.
Emotsional holatlar boshqa ruhiy jarayonlar singari miya
faoliyatining natijasi yoki mahsuli bo’lib hisoblanadi. Emotsional holatlarning yuzaga
kelishiga tabiatda va jamiyatda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar, munosabatlar,
aloqalar, taassurotlar asosiy sababchidir.
Kalit so’zlar:
pedagogik faoliyat, emotsional zo‘riqish, psixodiognostika, miya
faoliyati.
KIRISH.
Ruhiy zoʻriqish (asab tizimining buzilishi) oʻsmir yoshdagi bolalarda ham
uchraydi. Uning sabablaridan biri oilaviy muhitning ta’siri ham boʻlishi mumkin.
Oilada yo‘qotishlar bo‘lganda yoki undagi doimiy qattiq nazorat bo‘lishi, bolada
erkinlik va o‘ziga baho berish hissining bo‘g‘ib qo‘yilishi ham asab tizimi zo‘riqishiga
olib keladi.
Bugungi kunda toʻsatdan bo‘ladigan yoʻqotishlar, ijtimoiy, iqtisodiy va
moliyaviy masalalar bilan bogʻliq vaziyatlar ham asab tizimi zoʻriqishiga olib
keladigan dolzarb muammolardan hisoblanadi.
Kasallik alomatlarini qanday aniqlash mumkin?
Alomatlar uch darajada boʻlib, birinchisi – dastlabki davrda ish qobiliyatining
va diqqatning pasayishi, uyqu buzilishi, xotiraning kundalik holatlarda susayishi his
qilinadi.
Shuningdek, tez charchash, jizzakilik va vegetativ belgilar rivojlanishi bilan
boradi, ya’ni yurak tez urib ketishi (taxikardiya), terlab ketish, qoʻl-oyoqlarda titrash
kabi belgilar bilan kechishi mumkin.
Mana shu holatga olib keluvchi faktorlar yoʻqotilmasa yoki davo muolajalari
olinmasa va kun tartibi toʻgʻri taqsimlanmasa, yuqoridagi belgilar turgʻun holatga
oʻtadi.
Ikkinchi bosqichda qon bosimi oshishi, qon aylanishi va yurak urishining
buzilish belgilari, qizarib yoki oqarib ketish, ba’zi holatlarda boshqa somatik
kasalliklar fonida hushdan ketish, jizzakilik kabi belgilar turg‘un holatga oʻtadi. Bu
narsa bemorning ishi, oʻqishi va boshqa kundalik faoliyatida oʻz taʻsirini koʻrsata
boshlaydi.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_4-to’plam_May-2025
169
ISSN:3030-3613
Kasallikning uchinchi davrida, yuqoridagi faktorlar surunkali davom etishi
natijasida, hayotga qiziqish soʻnishi, ham jismoniy, ham aqliy faoliyatning sustligi va
dastlab
uyqusizlik
holatlari
kuzatilsa,
keyinchalik uyquchanlik,
jismoniy
harakatlarning kamayishi, dunyoni kulrang ranglarda koʻrish kabi belgilar bilan
kechadi.
Ruhiy zo‘riqish o‘z darajasiga qarab organizmga ijobiy yoki salbiy ta‘sir
qilishi mumkin. Agar bu javob reaktsiyasi tashqi ta‘sirotga mos keladigan va uning
ta‘siri to‘xtagandan keyin organizmda stress yo‘qoladigan bo‘lsa, bu normal reaktsiya.
Bunday stress organizmga tashqi muhitga moslashishga yordam beradi. Agar ushbu
holat tashqi ta‘sirot yo‘qolgandan keyin ham davom etsa yoki bu ta‘sir qiluvchi omilga
mos bo‘lmasdan ortiqcha ko‘p bo‘lsa, bunday stress normal emas.U turli kasalliklar,
masalan, gipertoniya (qon bosimi yuqoriligi) me‘da yarasi kasalligi, qandli diabet,
miokard infarkti, bronxial astma, tireotoksikoz, nevroz kabilarning sababchisi bo‘lishi
bilan birga insonning normal ish faoliyatiga ham yomon ta‘sir ko‘rsatadi.
O‘zgarishlar o‘z navbatida, birinchidan, shaxs hayoti va faoliyatining
jadallashishi yoki pasayishiga, ikkinchidan, insondagi ayrim ehtiyojlarning paydo
bo‘lishiga yoki yo‘qolishiga, uchinchidan, odam ichki organlari funksional
holatlarining beqarorlashuviga olib keladi. His-tuyg‘ular uchun eng xususiyatli
fiziologik jarayonlar negizi sifatida shartsiz va shartli reflekslar xizmat qiladi va
ularning muayyan tizimi bosh miya katta yarim sharlari po‘stida yuzaga keladi hamda
shu joyda mustahkamlanadi. Murakkab shartsiz reflekslar esa:
1)
yarim sharlaming po‘stloq osti bo‘shliqlari;
2)
miyadagi ko‘rish do‘ngliklari;
3)
nerv qo‘zg‘alishlarini miyaning yuqori bo‘linmalaridan vegetativ
tizimiga o‘tkazib beruvchi markazlari orqali amalga oshiriladi. Shaxsda his-
tuyg‘ularning kechishi hamisha miya po‘sti bilan po‘stloqosti markazlarining
birlikdagi (hamkorlikdagi) faoliyati natijasida ro‘yobga chiqadi.
Hozirgi zamonda “salomatlik” tushunchasi Butunjahon sog‘likni saqlash
tashkilotining tushunchasiga asosan, “organizmning to‘liq jismoniy, ruhiy, jismoniy
salomatligi bo‘lib, nafaqat kasalliklarning bo‘lmasligi, balki jismoniy nuqsonlarning
ham bo‘lmasligidir”. Kasallik- inson hayot faoliyatining buzilishi bilan
xarakterlanadigan holat bo‘lib, organizmning vaqtincha yoki doimiy ish faoliyatining
pasayishiga olib keladi. Albatta kasallikning kelib chiqishida organizm holati, yoshi,
yo‘ldosh
kasalliklarning
bor-yo‘qligi,
organizmga
kasallik
chaqiruvchi
mikroorganizmlarning qancha miqdorda tushishi, irsiy moyillikning bo‘lishi,
organizmning reaktivligi muhim ahamiyatga ega. Albatta uzoq-umr ko‘rishning bir
qancha shartlari bor, agarda odamzot shu shartlarga rioya qilsa, o‘z oldiga qo‘ygan oliy
maqsad-uzoq umr ko‘rishga zamin yaratadi. Ular quyidagilardan iborat:
Noto‘g‘ri ovqatlanish. Salomatlikka salbiy ta’sir etuvchi omillardan biri
noto‘g‘ri, muvofiqlashmagan va tartibsiz ovqatlanish hisoblanib, organizm normal
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_4-to’plam_May-2025
170
ISSN:3030-3613
faoliyatining buzilishiga va turli kasalliklarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi
Gipodinamiya- (yunoncha-gipo-kam, past va dinamic-kuch) mushaklarining yetarli
ishlamasligi, qisqarish kuchining kamayib ketishi bo‘lib, odatda, doimo o‘tirib ishlash,
piyoda yurishni yig‘ishtirib, transportda ketish, kamharakatlik, umuman, mushaklarga
tushadigan og‘irlikning kamayib qolishi tufayli kelib chiqadigan gipokineziya, ya’ni
odam harakat faolligining kamayib ketishi bilan birga davom etadi.
Harakat va salomatlik. Sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va kasalliklarning
oldini olishning asosiy yo‘li to‘g‘ri tashkil etilgan jismoniy faollikdir. Harakat
natijasida odamning turli a’zo va tizilmalarining faoliyati me’yorlashadi, buzilgan
faoliyatlari esa tiklanadi, aqliy va jismoniy mehnatga bo‘lgan faolligi oshadi. Zararli
odatlar: alkogolizm - ashaddiy ichkilikbozlik, ayrim kishilarning o‘z salomatligi va
mehnat qobiliyatiga shuningdek, jamiyat farovonligiga zarar yetkazadigan darajada,
muntazam ravishda me’yoridan ortiqcha spirtli ichimliklar ichishi hisoblanadi. Tamaki
chekish - kishi sog‘lig‘iga jiddiy putur yetkazadigan eng zararli odatlardan biridir.
Nikotin markaziy va periferik nerv sistemasiga vaqtincha qo‘zg‘atuvchi ta’sir
ko‘rsatadi, arterial qon bosimini oshiradi, mayda tomirlarni toraytiradi; nafasni
tezlashtiradi, ovqat hazm qilish sistemasining shirasini ko‘paytiradi. Nikotin bilan
birga tamaki tutunidagi yonish mahsulotlari ham organizmni zaharlaydi. Shuning
uchun chekmaydigan kishilarning chekilgan xonada bo‘lishi ham zararlidir. Tarkibida
yonish mahsuloti bo‘lgan tutun nafasga olinganda arterial qondagi kislorodni
kamaytirib yuboradi. U bronxlarning shilliq pardasiga ta’sir ko‘rsatib surunkali bronxit
va o‘pka emfizemasiga sabab bo‘ladi. Narkomaniya-(yunoncha-narke - karaxtlik va
mania - telbalik, jahl, shod-xurramlik), bangilik, giyohvandlik-narkotik va narkotik
ta’sirga ega moddalarni suiste’mol qilish natijasida kelib chiqadigan kasallikdir. Ushbu
xastalik bilan og‘rigan kishining jismoniy va ruhiy holati xumorini bosadigan narkotik
modda iste’mol qilishiga bog‘liq. Quyidagi ikki holatda narkotik moddalarga o‘rganib
qolish mumkin:
Ruhiy-emotsional zo‘riqishlar - hozirgi davrda kishilar salomatligiga salbiy
ta’sir etuvchi asosiy omillar hisoblanadi. Odam organizmining normal faoliyati, uning
ruhiyati qay darajadaligiga bog‘liq. Ruhiyat va kayfiyatdagi har qanday o‘zgarishlar
a’zo va sistemalarning faoliyatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Odamning ruhan ezilishi,
ko‘ngliga og‘ir botadigan kechinmalar va hayotdagi turli salbiy voqealar zo‘riqishlarga
olib keladi. Ruhiy-emotsional zo‘riqishlar natijasida odamlarda gipertoniya,
stenokardiya va miokard infarkti, qolaversa, ruhiy kasalliklar, zararli odatlarga ruju
qo‘yish kelib chiqadi. Ayollarda esa ruhiy-emotsional zo‘riqishlar ayniqsa,
homiladorlik davrida, uning dastlabki 3-oyida o‘ta xavfli asoratlarga sabab bo‘lishi
mumkin. Aholi turmushining yaxshilanishi, ijtimoiy sharoitning barqarorlashishi
ruhiyemotsional zo‘riqishlarning oldini olishning asosiy shartlaridandir.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_4-to’plam_May-2025
171
ISSN:3030-3613
Turmush tarzi - bu insonning aniq jamiyatda, muhitda ifodalangan hayot,
mehnat, dam olish va hokazolarini o‘z ichiga olgan tushunchadir. Uning tarkibiy
qismlariga faqat ijtimoiy-siyosiy va ishlab chiqarish faoliyatigina emas, balki ishlab
chiqarishdan tashqari vaqtdagi faolligi, ijtimoiy-madaniy faoliyati ham kiradi. Tibbiy
faollik ham uning bir turidir. Turmushda odam turli xil salbiy taassurotlar, nojo‘ya
holatlar va sharoitlarga tushib qolishi mumkin. Bular esa, o‘z navbatida, salomatlik va
turmish tarzini sog‘lomlashtirish haqida to‘la bilimga ega bo‘lishga majbur qiladi,
aholining o‘z salomatligiga bo‘lgan munosabatlarini tarbiyalash va tibbiy bilimlarni
targ‘ib qilishni taqozo etadi. Xulosa qilib aytganda, yuqorida sanab o‘tilgan
salomatlikka qarshi omillar haqida tushunchaga ega bo‘lish, ularni bartaraf etish, har
bir kishining bevosita o‘ziga bog‘liq. Buning uchun esa sog‘lom turmush, uning
tarkibiy qismlari nimalardan iboratliligi haqida aholi orasida tushuntirish ishlari olib
borish lozim. Albatta pedagogik tarbiyaning asosiy maqsadi-nafaqat yoshlarga tarbiya
berish, balki ta’lim ham berishdan ham iboratdir. Turmush tarzining nosog‘lom
bo‘lishi ishsizlik, kam ta’minlanganlik,etimlilik va boshqalar) yoshlar orasida
kasalliklarning tez va keng tarqalishiga sabab bo‘ladi. Yoshlar orasida surunkali
kasalliklar ko‘rsatkichlarining ko‘payishi ular orasida tibbiy yordam ko‘rsatishning
keng tarmog‘li olib borish kerakligini ko‘rsatib turibdi: har bir talaba o‘z-o‘ziga
yordam, birinchi tibbiy yordamni tashkil etish, ekstremal holatlarda, favqulodda
vaziyatlarda yordam ko‘rsatishni bilishi kerak. Tabiiy, texnogen, ekologik tusdagi
favqulodda vaziyatlar yoshlar, qolaversa aholi orasida turli darajadagi shikastlanish,
jarohatlar, zaharlanish, yuqumli kasalliklarning ko‘payishiga sabab bo‘ladi. Bu holatda
har bir kishidan tezlik bilan o‘z-o‘ziga va o‘zaro yordam berish kerakligini talab etadi.
Faqatgina aholining salomat va ma’lumotli bo‘lishigina mamlakatning rivojlanishiga
va mudofaasiga salmog‘li hissa qo‘shadi. “Stress” inglizcha so‘z bo‘lib tanglik,
zo‘riqish, bosim degan ma’nolarni anglatadi. Oddiy tilda tushkunlikka tushish,
deyiladi. Bu ba’zida oz fursat, ba’zida uzoq vaqt kechishi mumkin. Ikkala holatda ham
insonga zarar yetkazadi. Ya’ni, aqliy faoliyatning susayishi, yurak urishi tezlashishi,
qon tomirlari kengayishi, ichki kasalliklar - oshqozonda yallig‘lanishlar kelib
chiqishiga sabab bo‘ladi. Stressning salbiy tomonlaridan yana biri miyani tormozlab,
ma’nosiz fikrlaydigan darajaga tushirib qo‘yishi mumkin. Agar odam tez-tez
tushkunlikni boshidan kechirsa, atrofdagilar bilan gaplasha olmaydigan holatga
tushadi. Stress natijasida inson o‘ziga past baho bera boshlaydi. Oqibatda o‘zini
yolg‘izdek, yaqinlariga keraksizdek his qiladi. Sekin-asta ruhiy tetiklik yo‘qola
boshlaydi. Stressning ilk belgilari qanday namoyon bo‘ladi? Uning fiziologik va
psixologik turlari mavjud. Bir narsadan qattiq qo‘rqib ketish, kutilmaganda avtohalokat
yoki tabiiy ofatga uchrash, tanasidagi birorta kasallik oqibatini bilib qolish, to‘satdan
yaqin kishisini yo‘qotish fiziologik stressni keltirib chiqaradi. Psixologik stress -
insonning emotsional holati bilan bog‘liq. Bu ko‘proq qaynona-kelin, er-xotin yoki ona
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_4-to’plam_May-2025
172
ISSN:3030-3613
va bola o‘rtasidagi mojarolar tufayli kelib chiqadi. Uzoq vaqt birga bo‘lgan sevgilisidan
ajralish yoki to‘satdan ishdan bo‘shatilish holatlari ham psixologik stressni keltirib
chiqaradi. Har ikki holat insonni ham tashqi qiyofasiga, ham ichki dunyosiga ta’sir
ko‘rsatadi va albatta, asoratlari bo‘ladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:
1.
Гайбуллаев, А. А. Психология: происхождение и структура научного факта.
Вестник интегративной психологии, 19(19), 115-119.
2.
G’aybulloyev, A. A. (2021). Sportchilarda hissiy-irodaviy sifatlar shakllanishining
psixologik mexanizmlari. Psixologiya ilmiy jurnali, 92-96.
3.
Abdurozikovna, S. D. (2014). Social intelligence: general defining moment.
Austrian Journal of Humanities and Social Sciences, (3-4), 154-155.
4.
Сабирова, Д. А. (2016). Олий таълим муассасаларида масофавий таълимни
жорий этиштехнологиялари. Современное образование (Узбекистан),
5.
(11), 14-20.
6.
Гайбуллаев, А. А. Психология: происхождение и структура научного факта.
Вестник интегративной психологии, 19(19), 115-119.