T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_4-to’plam_May-2025
161
ISSN:3030-3613
PEDAGOGLAR JAMOASI ORASIDA KASBIY STRESS HAMDA
DEPRESSIYANI BARTARAF ETISHNING PSIXOLOGIK YECHIMLARI
Domonova Dilfuza Oʻktam qizi
Qashqadaryo viloyati Gʻuzor tumani
MMTB ga qarashli 40-maktab amaliyotchi
ANNOTATSIYA
Pedagoglarni kasbiy tayyorlashga nazariy, amaliy, uslubiy yondashuv,
shuningdek, maxsus tayyorgarlikning shart-sharoitlari va usullarini takomillashtirish,
belgilash pedagoglarning muvaffaqiyati uchun zarur boʼlgan kasbiy bilim, koʼnikma
va malakalar va qobiliyat mustaqil ishlash zamonamizning asosiy muammolaridir.
Shuning uchun muvaffaqiyatli tarbiyalashning ijtimoiy-psixologik jihatlarini aniqlash
muhim.
Kalit soʼzlar:
kasbiy soʼnish, kasbiy zerikish, kasbidan bezish, kasbiy oʼzlik,
kasbiy “men”lik, kasbiy malaka, kasbiy hamkorlik, kasbiy layoqat.
KIRISH
Yangi psixodiagnostika usullarini joriy yetish, oshirish ilm-fanni rivojlantirish,
ilgʼor innovatsiyalarni rivojlantirishda talaba va yoshlarning faolligi, ularning
intellektual salohiyatini oshirishga xizmat qiluvchi mexanizmlarini ishlab chiqishdan
iborat. Jamiyatda oʼzligini anglagan shaxs borki, u shu jamiyat aʼzolariga manfaati
tegadigan biror bir faoliyat turi bilan mashgʼul boʼlishi tabiiy hol xisoblanadi.
Xalqimizni kasb – xunarni yomoni boʼlmaydi, degan maqolidan kelib chiqib
taʼkidlashimiz mumkinki kasb – hunari orqali xalq eʼtiboriga sazovor boʼlganlar haqida
tariximizdan koʼplab misollar keltirish mumkin.
Oʼz kasbini mohir ustasi sifatida faoliyat koʼrsatib kelayotgan shaxslar qatorida
kasbidan zerikish hamda kasbidan sovish xolatlari ham uchrab turishi soʼngi vaqtlarda
koʼplab ijtimoiy fan vakillarini oʼziga jalb etib kelmoqda. Umumiy psixologiyani
asosiy tarmoqlaridan biri xisoblanmish mehnat psixologiyasi yoʼnalishida shaxs oʼz
faoliyatiga nisbatan ishtiyoqining soʼnish jarayoniga alohida eʼtibor qaratilib, turli
yoʼnalishda tadqiqotlar olib borilmoqda. Shaxsda kasbiy faoliyatiga nisbatan yuzaga
keladigan ishtiyoqni sustlashishi yoki “so‘nishi” – jaxon psixologik adabiyotlarida
“burnout” holati deb nomlanadi va bu o‘zbek tilida esa “so‘nish” degan ma’noni
anglatadi.
Hozirgi vaqtda shaxsni faoliyatini tahlil etuvchi fanlarda kasbiy so‘nish va
uning tuzilmasining mohiyati bo‘yicha yagona nuqtai nazar mavjud emas. So‘nggi
ma’lumotlarga tayangan holda, “psixik kuyish” deganda emotsional xolatni kasblarda
kuzatiladigan psixo-fiziologik, hissiy va yangi texnologiyalarni o‘zlashtirishdagi
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_4-to’plam_May-2025
162
ISSN:3030-3613
qoloqlik holati tushuniladi.Ijtimoiy psixologiya tadqiqotlari asosida quyidagi soha
vakillari kasbiy so‘nish jarayoni bo‘yicha “xavf” guruhiga taaluqli hisoblanadilar:
pedagoglar
,
psixologlar
,
tarbiyachilar,
shifokorlar
,
tez-tez ish safarlariga chiqadigan
,
ijtimoiy va madaniy yo‘nalishdagi
xizmat ko‘rsatish sohasi vakillari hamda bank
xodimlari.
Mazkur xavf guruxida yetakchilik pedagog va psixologlarga tegishli bo‘lib,
ulardagi kasbiy so‘nish ortiqcha aqliy faoliyat bilan bir qatorda o‘z faoliyatlaridan
qoniqmasliklari natijasida kasbiy faoliyatlariga nisbatan quyidagicha salbiy
yondashuvlar yuzaga keladi:
-
o‘z faoliyatiga nisbatan yuqori emotsional yondoshish;
-
jamoada o‘z o‘rnini topa olmaslik hissi;
-
muntazam faollik talab etilishi, yetarli dam olmaslik;
-
ish joyidagi salbiy ijtimoiy sharoit va psixologik holat;
-
kun davomidagi yuklamalarning ko‘pligi;
-
kechiktirilgan natija uchun cheklangan vaqt;
-
shaxsiy emotsional holatni boshqara olmaslik;
-
sarflangan mehnat uchun mos kelmaydigan natijaning bo‘lishi;
-
hamkasblar, ma’muriyat, qiyin vaziyatlarda to‘g‘ri muloqot yo‘lini
tanlash ko‘nikmalarining yo‘qligi;
-
pedagogik faoliyatni tashkil qilishning to‘g‘ri boshqarilmasligi: yuklama,
dars jadvali, ma’naviy va moddiy qo‘llab quvvatlanmaslik;
-
ma’lumotlarning haddan ortiq ko‘pligi; - qayta – qayta nazorat va
tekshiruvlar.
Yuqorida keltirilgan omillar ustunlik qilishi shaxsning o‘z faoliyatidan bezish
yoki zerikish, stress xolatiga tushib qolishiga ta’sir etishi tabiiy xol xisoblanadi.
Mazkur xolatda aksari mutaxassislar jizzaki bo‘lib ziddiyatli vaziyaga moyilliklari
ortib ketadi. Ana shunday holatlarni sababini tashxis qilib aniq va muvaffaqiyatli
psixologik maslahat tashkil etish uchun kasbiy so‘nish va kasbiy mutanosiblikdan
uzoqlashishni o‘rganishning asosiy omillariga e’tibor qaratish lozim. Bular:
-
Bilim berishni takomillashtirishda yangi g‘oyalarni kiritavermaslik.
-
Pedagogik faoliyatga ko‘r-ko‘rona texnologiyalarni joriy etavermaslik.
-
Shaxsning o‘z kasbiga nisbatan mutanosibligini baholash.
-
Jamoaning psixologik iqlimining ta’lim jarayoniga ta’sirini tahlil etish
- Pedagog shaxsining yashirin imkoniyatlarini ochish.
-
Har bir pedagog kompetensiyasining psixologik asoslarini o‘rganish
orqali o‘quvchilar bilimining samaradorligini oshirish.
-
Ochiq darslarning kam tashkil etilishi va unda psixologik analizning
mavjud emasligi.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_4-to’plam_May-2025
163
ISSN:3030-3613
Quyida kasbiy so‘nishning asosiy omillaridan hisoblanmish ikki olmil haqida
to‘xtalib o‘tishni lozim topdik. Aynan quyidagi ikki sabab yosh mutaxassislarda
ko‘proq uchrashi so‘ngi vaqtlarda qayd etib borilmoqda. Shu sababli tajribali
mutaxassislar o‘zlarining tajribalaridan kelib chiqqan xolda to‘g‘ri maslahatlar
berishlari lozim bo‘ladi.
XULOSA
Shaxsda kasbiy so‘nish yuzaga kelgan holda uni bartaraf etish uchun pedagogik
jamoa birgalikda aniq reja asosida hamjihatlik bilan faoliyatlarini tashkil etishlari
orqali mutaxassisni saflarida saqlab qolishlari mumkin. Mazkur faoliyatni
muvaffaqiyatli amalga oshirishda psixologni sa’iy harakatlari alohida e’tiborga loyiq
hisoblanadi.Ijtimoiy faoliyatda har bir shaxs bilan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan
kasbiy so‘nish ma’lum bir vaqt oralig‘ida o‘tib ketish tabiiy hol hisoblanadi. Agar unga
ijobiy yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish orqali yordam ko‘rsatish mumkin. Shu sababli pedagogik
soxada faoliyat ko‘rsatayotgan amaliyotchi psixolog pedogogik jamoadagi birorta ham
pedagogni o‘z nazoratidan chetda qoldirmasligi lozim.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:
1.
Abdulakimovna, S. S. (2021). O‘QITUVCHILARNING O‘ZINI-O‘ZI
RIVOJLANIShI KASBIY KOMPETENTLIKNI OSHIRISH. Jahon ijtimoiy fanlar
xabarnomasi, 3(10), 58-60.
2.
Shakarboyeva S. BO‘LAJAK O‘QITUVCHIILARDA O‘Z USTIDA ISHLASH
FAOLIYATINI TARBIYALASHNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK JIHATLARI
//Jurnal Pedagogiki i psixologii v sovremennom obrazovanii. – 2022. – T. 2. – №.
6.
3.
Botirova D.B.
Pedogogik faoliyatda kasbiy soʼnish jarayonining ijtimoiy -
psixologik asoslari //Jurnal Ta’lim va innavatsion tadqiqotlar – 2023. – T. 2. – №.
3.
4.
Маклаков А.Г. Обшая психология. Учебное пособие. СПб: Питер 2003г