Mualliflar

  • Hakimova Madinaxon Baxtiyorjon qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.97241

Kalit so‘zlar:

Kalit soʻzlar:alternativasi krizis uyatchanlik ijobiylik ishonch qobiliyat

Annotasiya

Annotatsiya: Mustaqillik va o’ziga ishonmaslik bolalik pallasini hal qiluvchi 
mammas  hisoblanadi.  Ushbu  krizis  qanday  xal  bo’lishi  shaxsning  keyingi 
taraqqiyotida aks etadi. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_4-to’plam_May-2025

146

ISSN:3030-3613

MUSTAQILLIK VA OʻZIGA ISHONMASLIK BOLALIK DAVRINING

MUAMMOSI SIFATIDA

Hakimova Madinaxon Baxtiyorjon qizi

Farg'ona viloyati Qo'qon shahar

7-maktab amaliyotchi psixologi

Annotatsiya:

Mustaqillik va o’ziga ishonmaslik bolalik pallasini hal qiluvchi

mammas hisoblanadi. Ushbu krizis qanday xal bo’lishi shaxsning keyingi
taraqqiyotida aks etadi.

Kalit soʻzlar:

alternativasi,krizis,uyatchanlik,ijobiylik, ishonch,qobiliyat

KIRISH

Ushbu pallaning shaxsning shakllanishidagi ahamiyatini tasvirlar ekan, R.Berne

ushbu yoshda bola atrofidagilarning qo’llab-quvvatlashiga va ruhiyatini ko’tarishga
ayniqsa juda muxtoj bo’lishiga alohida e’tibor qaratadi. Unda paydo bo’layotgan
mustaqillik tuyg’usi shunchalik rag’batlantirilishi kerakki, kattalarning ma’n qilishi
bilan bog’liq ixtiloflar bolaning ortiqcha uyatchanlik va o’z kuchida shubhalanishiga
olib kelmasligi kerak. Bolada o’zining boshqarishning rivojlanishi unda ijobiy o’z-
o’zini baholashining shakllanishiga ziyon keltirmasligi kerak.4 yoshdan boshlab
bolada u qanday inson bo’lishi kerakligi haqidagi tasavvurlar paydo bo’la boshlaydi.

Bolaning asosiy harakat kuchi shu yoshda energiya va intilish bilan olamni

o’rganish faoliyati, va uni bosh harakat qilayotgan kuchi esa qiziquvchanlik bo’ladi.
Bola endi erkinlik bilan harakat qiladi va yetarli darajada nutqi rivojlanib savol beradi
va qabul qilgan javoblarni idrok qiladi. Ota-ona bolaning o’rganish faoliyatini
chegaralamasligi o’ta muhimdir, eng xaflisi, E.Eriksonga ko’ra, bolada o’zining
qiziquvchanlik va faollik uchun ayibdorlik his-tuyg’ulari paydo bo’lishi mumkin.
Keyinchalik bu bolada tashabbuskorlik hissini yo’qolishi chiqarishi mumkin. O’z
navbatida, R.Berne bolalarda ijobiy o’z-o’zini baholashni shakllantirishga harakat
qilayotgan ota-onalarga bolaning faolligiga o’z munosabatini shunday bildirishni
maslahat beradi; unda o’z-o’ziga nisbatan kamsitilganlik munosabati va o’zini jazolash
hissi paydo bo’lmasligi zarur.

Masalan, o’ziga nisbatan o’ta qiziquvchanlik, kim ekanligini bilish va anglashga

intilish ayniqsa, o’smirlik davrida rivojlanadi. Bu davrda paydo bo’ladigan «kattalik»
hissi qizlarda ham, o’smir yigitchalarda ham nafaqat o’ziga, balki o’zgalar bilan
bo’ladigan munosabatlarini ham belgilaydi. Qizlardagi «Men» obrazining yaxshi va
ijobiy bo’lishi ko’proq bu obrazning ayollik sifatlarini o’zida mujassam eta olishi,
ayollik xislatlarining o’zida ayni paytda mavjudligiga bog’liq bo’lsa, yigitlardagi obraz
ko’proq jismonan barkamollik mezonlari bilan nechog’li uyg’un ekanligiga bog’liq


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_4-to’plam_May-2025

147

ISSN:3030-3613

bo’ladi. Shuning uchun ham o’smirlikda o’g’il bolalardagi bo’yning pastligi,
muskullarning zaifligi va shu asosda qurilgan «Men» obrazi qator salbiy taassurotlarni
keltirib chiqaradi. Qizlarda esa tashqi tarafdan go’zallikka, kelishganlik, odob va
ayollarga xos qator boshqa sifatlarning bor - yo’qligiga bog’liq xolda «Men» obrazi
mazmunan idrok qilinadi. Qizlarda ham ortiqcha vazn yoki terisida paydo bo’lgan
ayrim toshmalar yoki shunga o’xshash fiziologiknuqsonlar kuchli salbiy emotsiyalarga
sabab bo’lsa-da, baribir, chiroyli kiyimlar, taqinchoqlar yoki sochlarning o’ziga xos
turmagi bu nuqsonlarni bosib ketadigan omillar sifatida qaraladi.

«Men» - obrazi va o’z-o’ziga baho. «Men» - obrazi asosida ham bir shaxsda o’z-

o’ziga nisbatan baholartizimi shakllanadiki, bu tizim ham obrazga mos tarzda har xil
bo’lishimumkin. Bu baho aslida shaxsga boshqalarning real munosabatlarigabog’liq
bo’lsa-da, aslida u shaxs ongi tizimidagi mezonlarga, ya’ni uning o’zi subyektiv tarzda
shu munosabatlarni qanchalik qadrlashiga bog’liq tarzda shakllanadi.Masalan,
maktabda bir fan o’qituvchisining bolaga nisbatan ijobiy munosabati, doimiy
maqtovlari uning o’z-o’ziga bahosini oshirsa, boshqa bir o’qituvchining salbiy
munosabati ham bu bahoni pastlatmasligi mumkin.Ya’ni bu baho ko’proq shaxsning
o’ziga bog’liq bo’lib, u subyektiv xarakterga egadir.

O’z-o’ziga nisbatan baho turli sifatlar va shaxsning orttirilgan tajribasi,shu

tajriba asosida yotgan yutuqlariga bog’liq xolda turlicha bo’lishi mumkin. Ya’ni, ayni
biror ish, yutuq yuzasidan ortib ketsa, boshqasi ta’sirida - aksincha, pastlab ketishi
mumkin. O’z-o’ziga baho nafaqat haqiqatga yaqin (adekvat), to’g’ri bo’lishi,balki u
o’ta past yoki yuqori ham bo’lishi mumkin. Bunday o’smir yoki katta odam ham,
doimo tushkunlik holatiga tushib qolishi, atrofdagilardan chetroqda yurishga harakat
qilishi, o’zining kuchi va qobiliyatlariga ishonchsizlik kayfiyatida bo’lishi bilan ajralib
turadi va bora-bora shaxsda qator salbiy sifatlar va xatti-harakatlarning paydo
bo’lishiga olib keladi. Hattoki, bunday holat suisidal harakatlar, ya’ni o’z joniga qasd
qilish, real borligidan «qochishga» intilish psixologiyasini ham keltirib chiqarishi
mumkin. Ana shunday sharoitda paydo bo’ladigan psixologik holat «noadekvatlilik
effekti» deb atalib, uning oqibatida shaxs hattoki, mag’lubiyatga uchraganda yoki
o’zida nochorlik, uquvsizliklarni sezganda ham buning sababini o’zgalarda deb biladi
va shunga o’zini ishontiradi ham masalan, «halaqit berdi-da», «falonchi bo’lmaganida»
kabi bahonalar ko’payadi. Ya’ni nimaiki bo’lmasin, aybdor o’zi emas, atrofdagilar,
sharoit, taqdir aybdor. Bundaylar haqida bora-bora odamlar «oyog’i yerdan uzilgan»,
«manmansiragan», «dimog’dor» kabi sifatlar bilan gapira boshlaydilar. Demak, o’z-
o’ziga baho realistik, adekvat, to’g’ri bo’lishi kerak. Bunda shaxs uchun etalon, ibratli
hisoblangan insonlar guruhi

referent

guruhning roli katta bo’ladi. Chunki biz kundalik

hayotda hammaning fikri va bahosiga quloq solavermaymiz, biz uchun shunday
insonlar mavjudki, ularning hattoki, oddiygina tanbehlari, maslahatlari, hattoki,
maqtab turib bergan tanbehlari ham katta ahamiyatga ega. Bunday referent guruh real


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_4-to’plam_May-2025

148

ISSN:3030-3613

mavjud bo’lishi (masalan, ota-ona, o’qituvchi, ustoz, yaqin do’stlar), yoki noreal,
hayoliy (kitob qahramonlari, sevimli aktyorlar, ideal) bo’lishi.

O’z-o’ziga baho o’ta yuqori ham shaxs xulq-atvoriga yaxshi

ta’sirko’rsatmaydi.Chunki, u ham shaxs yutuqlari yoki undagi sifatlarningboshqalar
tomonidan sun’iy tarzda bo’rttirilishi, noo’rin maqtovlar, turliqiyinchiliklarni chetlab
o’tishga intilish tufayli shakllanadi.

O’z-o’ziga bahoning past bo’lishi ko’pincha atrofdagilarning shaxsganisbatan

qo’yayotgan talablarining o’ta ortiqligi, ularni uddalay olmaslik, turli xil e’tirozlarning
doimiy tarzda bildirilishi, ishda, o’qishda va muomala jarayonidagi
muvaffaqiyatsizliklar oqibatida hosil bo’lishi mumkin. Shuning uchun yoshlar
tarbiyasida yoki real jamoadagi odamlarga maqsadga muvofiq ta’sir yoki taz’yiq
ko’rsatish kerak bo’lsa, ularning etalon, referent guruhini aniqlash katta tarbiyaviy
ahamiyatga ega bo’ladi. Shunday qilib, o’z-o’ziga baho sof ijtimoiy hodisa bo’lib,
uning mazmuni va mohiyati shaxsni o’rab turgan jamiyat normalariga, shu jamiyatda
qabul qilingan va e’zozlanadigan qadriyatlarga bog’liq bo’ladi. Keng ma’nodagi yirik
ijtimoiy jamoalar etalon rolini o’ynashi oqibatida shakllanadigan o’z-o’ziga baho o’z-
o’zini baholashning yuksak darajasi hisoblanadi. Masalan, mustaqillik sharoitida
mamlakatimiz yoshlari ongiga milliy qadriyatlarimiz, vatanparvarlik, adolat va
mustaqillik mafkurasiga sadoqat hislarining tarbiyalanishi, tabiiy, har bir yosh avlodda
o’zliginianglash, o’zi mansub bo’lgan xalq va millat ma’naviyatini qadrlashhislarini
tarbiyalamoqda. Bu esa, o’sha yuksak o’z-o’zini anglashningpoydevori va muhim
shakllantiruvchi mexanizmidir. Demak, o’z-o’zinibaholash o’z-o’zini tarbiyalashning
muhim mezonidir. O’z-o’zinitarbiyalash omillari va mexanizmlariga esa, quyidagilar
kiradi:

Realistik baho shaxsni o’rab turganlar ota-ona, yaqin qarindoshlar, pedagog va

murabbiylar, qo’ni-qo’shni va yaqinlarning o’rinli va asosli baholari, real samimiy
munosabatlari mahsuli bo’lib, shaxs ushbu munosabatlarni ilk yoshligidanoq xolis
qabul qilishga, o’z vaqtida kerak bo’lsa to’g’rilashga o’rgatilgan bo’ladi.

O’z-o’ziga bahoo’z-o’zi bilan muloqot o’zini konkret tarbiya obyekti sifatida

idrok etishva o’zi bilan muloqotni tashkil etish sifatidao’z-o’zini ishontirish o’z
imkoniyatlari, kuchi va irodasiga ishonishorqali, ijobiy xulq normalariga
bo’ysundirish.

1.

O’z-o’ziga buyruq berish tig’iz va ekstremal holatlarda o’zini

qo’lgaolish va maqbul yo’lga o’zini chorlay olish sifati.

2.

O’z-o’ziga ta’sir yoki autosuggestiya ijtimoiy normalardan

kelibchiqqan xolda o’zida ma’qul ustanovkalarni shakllantirish.

3.

Ichki intizom - o’z-o’zini boshqarishning muhim mezoni, har doim

har yerda o’zining barcha harakatlarini muntazam ravishda korreksiya qilish va
boshqarish uchun zarur sifat.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_4-to’plam_May-2025

149

ISSN:3030-3613

Yuqoridagi o’z-o’zini boshqarish mexanizmlari orasida psixologiknuqtai

nazardan o’z- o’zi bilan amalga oshiriladigan ichki dialog alohida o’rin tutadi.

O’z-o’zi bilan dialog

-

oddiy til bilan aytganda, o’zi bilan o’zi

gaplashishdir.Aslida bu qobiliyat bizning boshqalar bilan amalgaoshiradigan tashqi
dialoglarimiz asosida rivojlanadi, lekin aynan ichkidialog muhim regulyativ rol
o’ynaydi.Demak, shaxsning qanday sifatlarga ega ekanligi, undagi baholarning
obyektivligiga bog’liq tarzda o’z-o’zi bilan muloqotga kirishib, shaxs o’zini nazorat
qila oladi. Hayotda shunday kishilar uchraydiki, katta majlisda ishi tanqidga uchrasa
ham, o’ziga xolis baho berib, kerakli to’g’ri xulosalar chiqara oladi, shunday odamlar
ham borki, arzimagan hatolik uchun o’z «ich-etini yeb tashlaydi» Ichki dialogning har
kimda har xil ekanligidan darak beruvchi faktlar quyidagilar.

1.

O’z-o’zini tarbiyalash omillari va mexanizmlari.

2.

O’z-o’zi bilan muloqot.

3.

O’z-o’zini ishontirish.

4.

O’z-o’ziga buyruq berish.

Rivojlanish jarayonida faqat bilim va faoliyat usullarining o‘zgarishi va

murakkablashishi sodir bo‘lib qolmaydi. Bolaning psixik rivojlanishi uning butun
shaxsidagi o‘zgarishlarni, ya’ni shaxs umumiy xususiyatlarining rivojlanishini o‘z
ichiga oladi. Rivojlanish jarayonida bolalar psixik faoliyatining turli jihatlari o‘zgaradi,
usullar yig‘ilishi va o‘zgarishi sodir bo‘ladi. Bola ko‘p miqdordagi turli harakatlarni
bajara oladi, bilim va tasavvurlari o‘zgaradi. Mazkur o‘zgarishlar ichidan nisbatan
umumiy va belgilovchi o‘zgarishlarni ajratib ko‘rsatish mumkin bo‘ladi.

Bolaning shaxsiy yo‘naltirilganlik xususiyatining umumiy rivojlanishi. Unga

uch turni kiritish mumkin: a) ta’limiy yo‘nalganlik (yaxshi o‘qish, yaxshi baho olish),
b) bilim olishga yo‘nalganlik (masalalarni hal etish, yangi vazifalar olish), v)
atrofdagilar bilan munosabat. Shunday qilib, shaxsiy yo‘nalganlikni hisobga olish
maktab o‘quvchilari ta’limi (bilim va usullarni egallash) va tarbiyasini (shaxsiyat
rivojlanishi) yanada samarali amalga oshirish uchun birinchi va zarur shartdir.Ong
mexanizmining rivojlanishi.Bu fikriy faoliyatning ko‘rgazmali-harakatli, ko‘rgazmali-
obrazlidan abstrakt, nazariyga o‘zgarishidir. Bolada tushunchalar va tushunchalar
tizimi muntazam shakllanib boradi. Bolaning anglash va fikrlashining rivojlanishi
darajasi qancha yuqori bo‘lsa, u o‘zlashtirgan, foydalanayotgan tushunchalar shuncha
murakkab bo‘ladi.

Bolalik avvalida bola atrofidagi predmetlar xususiyatini, predmetlar orasidagi

eng oddiy aloqalarni ilg‘aydi va ulardan foydalana boshlaydi. Bu predmetli faoliyat,
oddiy elementar o‘yin shakllari, rasm chizish, nutqni egallash bilan bog‘liq ravishda
ro‘y beruvchi keyingi aqliy rivojlanish uchun asos bo‘ladi. Bolalikda aqliy rivojlanish
asosini bolada shakllanayotgan idrok etish va fikrlash harakatlarining yangi turlari


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_4-to’plam_May-2025

150

ISSN:3030-3613

tashkil etadi. Bu yoshda avtodidaktik, o‘zi o‘rgatuvchi o‘yinchoqlar (matryoshkalar,
qutichalar, kubchalar, mozaika va boshqalar) bolani tez rivojlantiradi.

Ko‘rish bilan birga bolalikda eshitish orqali qabul qilish ham rivojlanadi.

Ayniqsa fonematik eshitish jadal rivojlanadi.Odatda, ikkinchi yil so‘ngida bolalar ona
tilining

barcha

tovushlarini

qabul

qiladi.Biroq

fonematik

eshitishning

mukammallashishi keyingi yillarda ham ro‘y beradi.Fikrlash rivoji uchun vositali
harakatlar juda muhim.Vosita bolaning predmet dunyosiga ta’sir qilishiga xizmat
qiladi.Bola eng katta tajribani kattalar bilan nutqiy muloqot natijasida qabul qiladi.

Hayotning uchinchi yilida bola aqliy rivojlanishida muhim siljish sodir bo‘ladi

– ongning belgili (yoki ramziy) funksiyasi shakllana boshlaydi. U bir obyekt o‘rnini
bosuvchi sifatida boshqa bir obyektdan foydalanish imkoniyatidan iborat.Bunda
predmetlar bilan emas, balki ularning o‘rnini bosuvchilar bilan harakat amalga
oshiriladi.

Turli belgilar va ularning tizimidan foydalanish – inson psixikasining o‘ziga xos

eng xarakterli xususiyati. Belgilarning har qanday turi (til, matematika ramzlari, surat
va musiqada mohirona ifodalangan dunyo va h.k.) odamlar orasidagi muloqot uchun
xizmat qiladi, predmet hamda hodisalar vazifasini bajaradi va anglatadi. Erta yoshda
belgili funksiya dastlab amaliy faoliyat bilan bog‘liq ravishda rivojlanadi va faqat
keyinchalik so‘zlardan foydalanishga o‘tiladi.

Bola va katta yoshdagi odam.Ontogenezda kattalar bilan muloqot bolalarda

birdaniga paydo bo‘ladi, ancha keyin esa bolaning tengdoshlari bilan munosabat
o‘rnatiladi.Dastlab bola butunlay kattalarga bog‘liq bo‘ladi. Tengdoshlar bilan o‘zaro
munosabatlar ko‘p jihatdan kattalarning bola bilan o‘zaro munosabati xususiyatiga
bog‘liq. Kattalarga ergashib bolalar o‘zini ismi bilan atay boshlaydilar. Ikkinchi yil
oxiriga kelib o‘zini ismi bilan chaqirish «men» kishilik olmoshi bilan almashinadi.
«Men» tizimi – erta bolalikda (L.I Bojovich) paydo bo‘luvchi markaziy hodisadir. Bola
o‘zini kattalardan ajratishni o‘rganadi, o‘ziga nisbatan mustaqil «men» sifatida
munosabatda bo‘la boshlaydi, ya’ni unda o‘zini anglashning boshlang‘ich shakli paydo
bo‘ladi.

Rivojlanishdagi muvaffaqiyatlar bola xulq-atvorini o‘ziga xos tarzda

o‘zgartiradi. Kattalar avvalgidek yetakchi o‘rin tutsa-da, bola o‘z amaliy hayotining tor
muhiti va u qadar katta bo‘lmagan imkoniyatlari doirasida kattalar yordamisiz harakat
qilishga intiladi. Yangi tendensiyalar bola faolligini («men o‘zim») kuchaytiradi va
kattalar bilan yangi munosabatlarning paydo bo‘lishiga olib keladi. Bu davr tanqidiy
davr («uch yosh krizisi») deb ataladi, ya’ni kattalar bolalar bilan munosabatda yangi
qiyinchiliklarga duch kela boshlaydilar. Bunda bola o‘zining negativizmi va qaysarligi
bilan bardosh berib bo‘lmas darajaga etishi mumkin.

Uch yosh krizisi o‘tkinchi hodisa, lekin uning natijasi – boshqalardan o‘zini

ajrata bilish, boshqa odamlar bilan o‘zini taqqoslash bolaning psixik rivojlanishida


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_4-to’plam_May-2025

151

ISSN:3030-3613

muhim qadamdir. Kattalarday bo‘lishga intilish faqat o‘yin shaklidagina nisbatan to‘liq
yechimini topishi mumkin (faqat o‘yinda bola do‘konga borishi, tushlik tayyorlashi,
raketada kosmosga ucha olishi mumkin). Shuning uchun ham uch yosh krizisi bolaning
o‘yin faoliyatiga o‘tishi bilan hal etiladi. Lekin bu krizis bola shaxsining ma’lum bir
darajada rivojlanganligi va kattalar bajaradigan xatti-harakatlarni qila olmayotganligini
anglash natijasi hisoblanadi. Krizis davrida yuzaga keladigan xususiyatlar iroda,
layoqat va boshqa xususiyatlar uni shaxs bo’lib shakllanishiga tayyorlaydi.O’z-o’zini
anglash layoqati sekin – astalik bilan rivojlanib, avval u qanday bo’lganini va kelajakda
qanday bo’lishini fikrlab ko’rishga harakat qiladi. Bu esa bolalar beradigan “Men
kichkina paytimda qanday bo’lgan edim?”, “Men katta bo’lganimda kim bo’laman?”
singari savollarda ko’rinadi. Kelajak haqida fikr yuritib, bolalar kelgusida kuchli, jasur,
aqlli va boshqa qimmatli insoniy fazilatlarga ega bo’lishga harakat qiladilar.

XULOSA

Bolada tengdoshlari bilan ma’lum bir munosabatlarning yuzaga kelishi, «bolalar

jamiyati»ning shakllanishi maktabgacha yoshning muhim xususiyati bo‘lib
hisoblanadi. Ayniqsa, ikkinchi signal sistemasi jadal rivojlanib, sensor idrok, ayniqsa,
ko‘rish va eshitish orqali qabul qilish sezilarli rivojlanadi. Bolada oddiy majburiyatlar
majmui paydo bo‘ladi, ongli ravishda rasm chizadi va musiqiy faoliyatda ishtirok eta
boshlaydi. U unga qanday surat yoki musiqa yoqishini, qaysilari yoqmasligini aytishi
mumkin.Maktabgacha yoshdagi bolaning boshqa odamlarga ichki pozisiyasi o‘z
«men»i va o‘z harakatlari ahamiyatini tobora anglab borishi, kattalar dunyosiga,
ularning faoliyati va o‘zaro munosabatiga katta qiziqishi bilan xarakterlanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1.

“Maxsus pedagogika” M.U. Xamidova Toshkent-2018

2.

“Maxsus pedagogika” P.M. Po’latova, L.Sh. Nurmuxamedova, D.B. Yakubjonova,
Z.N. Mamarajabova, Sh.M. Amirsaidova, A.D. Sultanova.

3.

Po’latxo’jayeva M.R. Defektologiyaning klinik asoslari-T. 2012 yil

4.

L.R. Mo’minova, Sh.M. Amirsaidova, Z.N. Mamarajabova, M.U. Xamidova, D.B.
Yakubjanova, Z.M. Djalolova, N.Z. Abidova, Maxsus psixologiya-T. 2013 yil

5.

M. Ayupova “Logopediya” 2007 yil

6.

“Logopediya” (L.S. Volkova tahriri ostida) –M

7.

“Logopediya” (L. Mo’minova, M. Ayupova)-T

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

“Maxsus pedagogika” M.U. Xamidova Toshkent-2018

“Maxsus pedagogika” P.M. Po’latova, L.Sh. Nurmuxamedova, D.B. Yakubjonova,

Z.N. Mamarajabova, Sh.M. Amirsaidova, A.D. Sultanova.

Po’latxo’jayeva M.R. Defektologiyaning klinik asoslari-T. 2012 yil

L.R. Mo’minova, Sh.M. Amirsaidova, Z.N. Mamarajabova, M.U. Xamidova, D.B.

Yakubjanova, Z.M. Djalolova, N.Z. Abidova, Maxsus psixologiya-T. 2013 yil

M. Ayupova “Logopediya” 2007 yil

“Logopediya” (L.S. Volkova tahriri ostida) –M

“Logopediya” (L. Mo’minova, M. Ayupova)-T