T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_5-to’plam_May-2025
174
ISSN:3030-3613
YOSHLAR ORASIDA VERTUAL OLAMGA QARAMLIKNI OLDINI
OLISHNING HAMDA ULAR OʻRTASIDA SOGʻLOM PSIXOLOGIK
MUHITNI SHAKLLANTIRISHNING DOLZARB MAS’ALALARI
Rasulova Nilufar Utkur qizi
Toshkent shahar Uchtepa tumani 355-sonli
ayrim fanlari chuqur o`qitiladigan sinflari
mavjud umumiy o`rta ta`lim maktabi psixologi
ANNOTATSIYA
Virtual borliq bizga boshqa dunyoga tashrif buyurish, dam olish va
muammolardan tanaffus qilish, shuningdek yangi hissiyotlarni olish imkoniyatini
beradi, ammo uning salbiy tomonlari ham bor. Virtual olamga tez-tez sho‘ng‘ish bilan,
odam o‘z qahramonining roliga juda odatlanib qolishi mumkin, bu uning hayotdagi
xatti-harakatlariga ta’sir qiladi.
Kalit so
‘
z:
internet, virtual borliq, tobelik, elektron, OAVlarning yoshlarga
psixologik ta’siri, ommaviy kommunikatsiya, dasturlash.
KIRISH
Ta’lim sohasining mutaxassisi sifatida davrimiz kichkintoylarining kompyuter
dasturlari va mobil telefonlari funksiyalarini juda tez o‘zlashtirib olishlarini ko‘rib,
hayratlanganlarni ko‘p uchrataman. Kompyuter o‘yinlarini bir ko‘rishdayoq tushunib,
berilib o‘ynayotgan bolakaylar kattalarni ham hayron qoldiradi, ham tashvishga soladi.
Shunday bo‘lsa-da, ko‘pchilik farzandlariga go‘daklik chog‘idayoq elektron o‘yinchoq
olib beradi. Turli yoshdagi bolalarga mo‘ljallangan bunday o‘yinchoqlarni bugungi
kunda yurtimizning istalgan nuqtasidan topish mumkin.
Zamonaviy axborot texnologiyalari bugun ko‘pchilikning uyidan joy olgan,
ulardan voz kechib bo‘lmaydi. Chunki virtual olam odamni, ayniqsa yoshlarni
ohanrabodek o‘ziga tortadi. To‘g‘ri, zamon bilan hamnafas bo‘lish kerak, aks holda,
taraqqiyotdan ortda qolib ketish hech gap emas. Ammo tanganing ikki tomoni
bo‘lganidek, zamonaviy texnologiyalarning ham salbiy oqibatlari borligini unutmaslik
lozim. Ming afsuski, bolalar o‘zlarining beg‘ubor va takrorlanmas bolalalik degan
bebaho dunyosini virtual olamga almashtirib qo‘ymoqda.
Shu narsa aniq: kompyuter o‘yinlariga qaramlik mavjud. Qanday qilib
kompyuter o‘yinlariga qaramlikning oldini olish mumkin? Najotni qayerdan izlash
kerak? Buning biror chorasi bormi?
Bu savollarga javob berishdan oldin
quyidagilarni bilib olaylik
:
1.
Kompyuter o‘yinidan chalg‘ishni istamaslik.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_5-to’plam_May-2025
175
ISSN:3030-3613
2.
Eyforiya yoki shunchaki kompyuterda va o‘yin davomida o‘zingizni
yaxshi his qilish.
3.
Kompyuterda o‘tkazadigan vaqtni rejalashtirmaslik.
4.
Kompyuterda o‘tirib, uy va ish vazifalari, o‘qishlar, kelishuvlar,
rejalashtirilgan uchrashuvlar haqida unutish.
5.
Qurilmalar va kompyuter dasturlarini doimiy yangilash uchun katta pul
mablag‘lari sarflash.
6.
Uyquga, gigiyenaga, sog‘liqqa e’tibor bermaslik, o‘yinga imkon qadar
ko‘proq vaqt sarflash.
7.
Odatiy ovqatlanishdan bosh tortish, kompyuter oldida tartibsiz
ovqatlanish.
8.
Psixostimulyatorlarni suiiste’mol qilish: kofe, turli energetik ichimliklar.
9.
Hech bo‘lmaganda biror narsani tushunadigan har bir kishi bilan
kompyuter o‘yinini muhokama qilishning obsessiv istagi.
O‘yinlarning salbiy oqibatlari farzandlarimizning ruhiyatiga ham ta’sir
qilmoqda. Kompyuter nuri nafaqat bolalarni, hatto kattalarni ham ruhan, ham jismonan
toliqtiradi. Afsuski, bola kerakli fiziologik quvvatni texnika yonida soatlab o‘tirishi
natijasida yo‘qotadi. Natijada u so‘lg‘in, jizzaki, odamovi bo‘lib qoladi. Bolalar uchun
kompyuter o‘yinlarining zarari ayniqsa sezilarli bo‘lib, ular orasida o‘smirlar alohida
xavf guruhidir.
Bir necha kun ichida ularning ruhiyati o‘yinlarning salbiy ta’siriga berilib ketadi
va ota-onalar farzandini kompyuterdan qanday uzib qo‘yish kerakligi haqidagi katta
muammoga duch keladi. Bolalarning ko‘p vaqtlarini kompyuter olamiga bag‘ishlashi
ularning organizmida ba’zi fiziologik o‘zgarishlarga, hatto jiddiy kasalliklarga olib
kelishi hech kimga sir emas. Tezda holdan toyish, umurtqaning qiyshayish holatlari,
bosh miya va tanada qon aylanishining buzilishi, ruhiy toliqish va tez asabiylashish
holatlari kuzatiladi. Eng asosiysi, insonning ko‘rish qobiliyati pasayadi. Kompyuter
o‘yinida g‘alabaga intilayotgan bola o‘z maqsadiga erishmaguncha soatlab harakat
qiladi. Bu undagi xudbinlikni
(egoizm)
kuchaytiradi. Televizor yoki kompyuter
ekranidan chiqayotgan sun’iy nur ko‘zga zararli ta’sir etadi.
Eng xavflisi – bolalarning qiziqish doirasi torayadi, o‘zining shaxsiy olamini
yaratishga intilish hamda real borliqdan uzoqlashish hollari vujudga keladi.
Kattalarning gapi, nasihati ularga xuddi ortiqcha gapdek tuyuladi va qanday bo‘lmasin,
o‘z so‘zini o‘tkazishga harakat qiladilar. Atrofdagilarga bemehr bo‘ladi. U o‘yinda
dushmanni o‘ldiradi. Natijada hayotda odamlarga befarq bo‘lib qoladi. Ularga maxluq
sifatida qaraydi. Internet klublarida yoshlar ayni o‘qib ilm oladigan paytida vaqtlarini
bekorchi o‘yinlarga, ijtimoiy tarmoqlarda mutlaqo notanish shaxslar bilan tanishishga
sarflayotgani tashvishli holat.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_5-to’plam_May-2025
176
ISSN:3030-3613
Kompyuter o‘yinlariga qaramlikni davolashning faqat bitta usuli bor, ammo bu
oson ish emas. Qaram odamni kompyuter o‘yinlaridan bir necha daqiqada
chalg‘itishingiz mumkin, shunchaki u bilan hayotning ma’nosi borasida suhbatni
boshlash va uning bu boradagi fikrlarini diqqat bilan tinglash. Uning e’tiborini savollar
bilan jalb qilish orqali siz uni asta-sekin qimor o‘yinlaridan chiqarishingiz mumkin.
Kompyuter o‘yinlariga qaram bo‘lgan odam virtual olamda yashaydi, faqat
vaqti-vaqti bilan oflayn rejimga o‘tadi. Ayniqsa, o‘quvchi-yoshlar uchun bilim olish,
maktabga borish, sport bilan shug‘ullanish, uy ishlariga qarashish kabi vazifalar
ikkinchi darajali bo‘lib qoladi. Bu esa yoshlarning aqlan va jismonan rivojlanishiga
salbiy ta’sir etmay qolmaydi.
Jumladan, Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda yosh avlod ta’lim-
tarbiyasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bugungi kunda
“Farzandlarimiz bizdan
ko‘ra kuchli bilimli, dono va albatta, baxtli bo‘lishlari shart”
, degan hayotiy da’vat
har birimizning, ota-onalar va keng jamoatchilik ongi va qalbidan mustahkam o‘rin
egallagan. O‘g‘il-qizlarning zamonaviy bilim olishi, yuksak ma’naviyatli bo‘lib
ulg‘ayishi uchun zarur sharoit yaratish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Bizni hamisha o‘ylantirib keladigan yana bir muhim masala bu –
yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so‘z bilan aytganda, dunyoqarashi
bilan bog‘liq. Bugun zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu o‘zgarishlarni hammadan
ham ko‘proq his etadigan yoshlar hisoblanadi. Mayli, yoshlar o‘z davrining talablari
bilan uyg‘un bo‘lsin. Lekin ayni paytda o‘zligini ham unutmasligi kerak. Biz kimmiz,
qanday ulug‘ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo aks sado
berib, o‘zligiga sodiq qolishga undab tursin.
Bunga nimaning hisobidan erishamiz? “Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya
hisobidan”, deya ta’kidladi Prezidentimiz. Jumladan, yoshlarga e’tiborni kuchaytirish,
ularni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularga axborot
texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini singdirish, yoshlar o‘rtasida
kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan
videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Yoshlarni internetdagi zararli xurujlardan asrash,
ularni axborot texnologiyalaridan unumli foydalanishga o‘rgatish masalalariga ham
alohida ahamiyat qaratildi. Bularning barchasi yoshlarning virtual olamdan oqilona
foydalanishiga zamin yaratmoqda.
Xo‘sh, internetga haddan ortiq bog‘lanib qolishi qanday oqibatlarga olib kelishi
mumkin? Tobelik birinchi navbatda ziddiyatli xatti-harakatlar, surunkali depressiya,
real ijtimoiy munosabatlardan virtual olamni afzal ko‘rish, jamiyatdagi moslashish
qiyinchiliklari, ijtioiy noqulaylik, internetdan foydalanish qobiliyatining susayishiga
olib kelishi mumkin.
Internetdan foydalanish, o‘smir shaxsida "o‘qish" va "o‘rganish"ga intilish
o‘rniga "izlash"ni afzal ko‘rishni yuzaga keltiradi.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_5-to’plam_May-2025
177
ISSN:3030-3613
Ko‘pgina yoshlar ota-onalari tomonidan taqiqlangan saytlarga tez-tez tashrif
buyurishlarini ochiq tan olishadi. Bu saytlar pornografiya va o‘z joniga qasd qilish,
terroristikni targ‘ib qiluvchi, video o‘yinlarga qaramlik va millatchi tashkilotlarni aks
etiruvchilardir. Bundan tashqari, ko‘plab buzg‘unchilik maqsadida tashkil etilgan
saytlar o‘spirinlarda ruxsat etilganlik va jazolanmaslik ilyuziyasini shakllantirshini o‘z
oldiga vazifa qilib olgan. Bu ijtimoiy normalarni buzilishi, qilishi uchun javobgarlik
hissini yo‘qolishi, axloqiy qadryatlar tizimini izdan chiqarishi mumkin.
Internetga qaram shaxslarning asosiy muammolari o‘zini o‘zi qabul qilish
sohasidir. Qaram o‘smirlar atrofdagilar bilan yaqin muloqot qilishda va o‘zlarini
namoyon etishida qiyinchiliklarga duch kelishadi.
Ularda ko‘p hollarda o‘z "Men"i va tanadagi ehtiyojlarini anglashda ham jiddiy
muammolar kuzatiladi. Bundan tashqari o‘z-o‘ziga baho hamda o‘z-o‘zini qadrlash
mexanizmlariga ham jiddiy putur yetishi mumkin.
Internetni jalb qilish ishni boshqarish istagi bilan bog‘liq kompyuter dasturlari;
ular boshqarishi mumkin bo‘lgan ushbu moyillik inson munosabatlari sohasi va
odamlarni manipulyatsiya qilishga urinishlari ko‘pincha muvaffaqiyatsizlik bilan
tugaydi, bu bolalarni yopiqlik holatiga hamda dezadaptatsiyaga olib kelishi mumkin.
Zamonaviy bolalar kompyuter o‘yinlari olami hamda ijtimoiy tarmoqlar
kengayib borayotgan davrda o‘sib, ulg‘aymoqda. Bu quvonarli hol albatta. Biroq har
narsaning me’yori bo‘lmog‘i zarur. Bolalar virtual olamning haqiqiy olam emasligini
bilib borishlari shart. Ba’zan bolalar kattalar tomonidan nazoratsiz va ularning
ruxsatisiz tarmoqqa tashrif buyurish imkoniga ega bo‘lib qoladilar. Bolalar va o‘smirlar
Internet tarmog‘ida sayr qilarkan, ularga umuman kirish mumkin bo‘lmagan saytlarga
duch kelishlari mumkin.
Yaqindagina ota-onalar bolalarning kompyuter o‘yinlariga berilib, ularga
bog‘lanib qolishlari xavfidan cho‘chib, oldini olishga harakat qilgan bo‘lsalar, hozirgi
vaqtda bu xavfga yana ijtimoiy tarmoqlar xavfi ham qo‘shildi. Bolalar va o‘smirlarning
hovli va ko‘chalardagi muloqotlari hozirda haqiqiy hayotdan asosan, aynan,
chetichegarasi yo‘q ijtimoiy tarmoqlarga ko‘chdi. Mazkur muloqotlar bolalarga shunisi
bilan ham qiziqroqki, avvolo, tarmoqda o‘zlariga ko‘proq «do‘st» orttirish imkoni
mavjud. Tarmoqda muloqot qilarkan, bolalar o‘zlarini omadli bola qilib ko‘rsata
oladilar.
O‘zgalar rolida o‘zlarini taqdim etib, turli yolg‘on dunyolarga berilib ketadilar.
Uyatchang va tortinchoq bolalar uchun ehtimol tarmoqdagi muloqotlarning foydali
jihatlari bordir, vaqti kelib, haqiqiy hayotda bu muloqotlar o‘z samarasini berishi ham
mumkin.Internet — bu deyarli barcha qiziqishlarni qondirish makonidir. Ba’zan
tarmoqda ayrim axborotlarni izlab o‘tirishning ham hojati bo‘lmaydi. Ular har yerda
o‘zlari taqdim etilaverishi sababli osongina erishish mumkin. Zamonaviy pedagog va
psixologlar hozirga qadar virtual muloqot bola shaxsiy shakllanishiga qanday ta’sir
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_5-to’plam_May-2025
178
ISSN:3030-3613
etishi haqida bir xulosaga kelmaganlar. Ayrimlar bu faqat salbiy xususiyatlarnigina
shakllantiradi deb bilib, bolalarning insonlararo munisabatlarida o‘zlarini tutish,
histuyg‘ularini namoyon etish va mimikalariga yomon ta’sir etishini ta’kidlasalar,
boshqalar virtual muloqot — zamonaviy kommunikatsiyaning juda qulay va yengil
usulidir deb biladilar. Bolani Internetda muloqot qilishga o‘rganib borishida, ularga
tarmoqda umuman, o‘z shaxsiy ma’lumotlari, uy telefoni raqami, manzili, shuningdek,
ota-ona va yaqinlarining shaxsiy ma’lumotlarini berish mumkin emasligini tushuntirish
zarur.
XULOSA
Virtual «do‘stlari» orasida yomon niyatli kimsalarga duch kelish xavfi va ular
bilan haqiqiy hayotda uchrashishlari, ishonuvchan odatlariga ko‘ra begonalar bilan
dildan suhbatlashishlari xavfini alohida ta’kidlashlari zarur. Bunday muloqotlar
ko‘pincha kiberjinoyatchilar uchun juda qulay sharoit ekanligini har bir o‘smir
bilmog‘i lozim. Ommaviy tarqatiladigan spam, iltimos bilan murojaat etiladigan SMS
xabarlar, allaqanday shubhali «Tanlov»lar haqidagi e’lonlarga ishonmaslik —
umuman, kompyuterga zanjirsiz bog‘lanib, butun hayot yo‘lini qora dog‘ bilan
bulg‘ashiga olib kelishi mumkin bo‘lgan xavfli axborotlarga aldanmaslikni onglariga
singdirish zarur. Bundan tashqari, hozirgi davrda jahonning qator davlatlarida o‘z
salbiy ta’sirlarini namoyon etib ulgurgan. Internet tarmog‘idan bolalarni himoya
etishga xizmat qiluvchi texnik imkoniyatlar mavjud — bu maxsus dasturlar bo‘lib, ular
aynan salbiy ta’sir etuvchi, axloqsizlik, yomon odatlarni targ‘ib qiluvchi saytlarning
ochilishiga yo‘l bermaydi, ya’ni agar o‘smir shunday axborotlarni hatto izlash tizimiga
kiritsa, izlash natijalari samarasiz bo‘ladi
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:
1.
IMKONIYATLARI.
Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and
social sciences
,
1
(5), 433-438.
2.
Юсупова, О. С., & Умирова, С. М. Отношение формы и содержания в
художественно-эстетическом выражении.
Научный вестник scientific reports
,
127.
3.
Utanova,
U.
(2021).
“KOMPYUTER
AXBOROT
MADANIYATI”SUBMADANIYATNING VUJUDGA KELISHI.
Камолиддин
Беҳзод
номидаги
Миллий
рассомлик
ва
дизайн
институти
АХБОРОТНОМАСИ илмий-амалий журнали
,
5
(03), 62-66.
4.
Internet materiallari