Mualliflar

  • Jabborova Fotima Toshpo‘latovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.97246

Annotasiya

Kerol Duek 
                  Kirish  
Muvaffaqiyatning  yagona  o’lchovi  va  hayotda  qanday  muvaffaqiyatli  bo’lish 
mumkin  degan  savolga  birgina  aniq  javob  mavjud  emas.  Biroq,  muvaffaqiyatli 
insonlarning ba’zi odatlariga nazar solib, o’z kundalik hayotingizga tatbiq etish mumkin 
bo’lgan  yangi  taktika  va  strategiyalar  haqida  bilib  olishingiz  mumkin.  Ushbu  aqliy 
salohiyatlarni  rivojlantiring  hamda  parvarishlang  va  vaqti  kelib  hayotda  siz  istagan 
muvaffaqiyatga albatta erisha olasiz. 
Psixolog tomonidan olib borilgan tadqiqotlar shuni ko’rsatmoqdaki, o’zgarmas 
tafakkur  egalari  muvaffaqiyat  bu,  mashaqqatli  mehnat  natijasi  emas  balki  tug’ma 
xislatlar  natijasidir,  aql-idrok  esa  statik  va  o’zgarmas  deb  hisoblashadi.  Ular  inson 
bunday  iste’dodlarga  ega  bo’lib  tug’ilishi  yoki  buning  aksi  bo’lishi  mumkin,  deb 
bilishadi. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_5-to’plam_May-2025

146

ISSN:3030-3613

MUVAFFAQIYAT SARI BIRINCHI QADAM

Esse:

Jabborova Fotima Toshpo‘latovna

Toshkent shahar Mirzo Ulug’bek tumani

142-sonli IDUM psixologi

Tel: +99890-316-44-68

Fotimajabborova7@gmail.com

Insonlarning o’zlari va qobiliyatlari to’g’risida

qanday tarzda fikrlashlariga ta’sir qiladigan

ikki asosiy fikrlash tarzi mavjud:

O’zgarmas tafakkur va o’sish tafakkur tarzi.

Kerol Duek

Kirish

Muvaffaqiyatning yagona o’lchovi va hayotda qanday muvaffaqiyatli bo’lish

mumkin degan savolga birgina aniq javob mavjud emas. Biroq, muvaffaqiyatli
insonlarning ba’zi odatlariga nazar solib, o’z kundalik hayotingizga tatbiq etish mumkin
bo’lgan yangi taktika va strategiyalar haqida bilib olishingiz mumkin. Ushbu aqliy
salohiyatlarni rivojlantiring hamda parvarishlang va vaqti kelib hayotda siz istagan
muvaffaqiyatga albatta erisha olasiz.

Psixolog tomonidan olib borilgan tadqiqotlar shuni ko’rsatmoqdaki, o’zgarmas

tafakkur egalari muvaffaqiyat bu, mashaqqatli mehnat natijasi emas balki tug’ma
xislatlar natijasidir, aql-idrok esa statik va o’zgarmas deb hisoblashadi. Ular inson
bunday iste’dodlarga ega bo’lib tug’ilishi yoki buning aksi bo’lishi mumkin, deb
bilishadi.

Shu sababdan ular qiyinchiliklar qarshisida osonlikcha taslim bo’lishadi.

Nimanidir yengillik bilan qo’lga kirita olishmasa, undan voz kechib qo’ya qolishadi,
chunki bunga erishish uchun tug’ma(tabiiy) mahorat yetishmayotganiga ishonishadi.

O’sish tafakkur tarzi doirasida fikrlovchilar, aksincha, harakat qilish orqali

o’zgarishi, rivojlanishi va o’rganishi mumkinligini his qilishadi. O’sish va rivojlanishga
layoqatli ekanligiga ishonadigan insonlarning muvaffaqiyat qozonish ehtimolligi ham
ko’proq. Qiyin vaziyatlarda ular o’z mahoratini oshirish yo’llarini izlaydilar va
muvaffaqiyat sari intilishda davom etadilar.

Asosiy qism

1.O’sish tafakkur tarzini qanday shakllantirishingiz mumkin ?

Sizning urinishlaringiz muhimligiga ishoning

. O’sish tafakkuri egalari o’z

qobiliyatlari barqaror yoki o’zgarmas degan fikrda emaslar, balki harakat va
mashaqqatli mehnat mazmunli rivojlanishga olib keladi deb hisoblashadi.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_5-to’plam_May-2025

147

ISSN:3030-3613

Yangi bilimlarni o’rganing

. Qiyinchiliklarga duch kelishganda, ular yengib

o’tish va g’alaba qozonish uchun zarur bo’lgan bilim va ko’nikmalarni
rivojlantirish yo’llarini izlaydilar.

Omadsizliklarni o’rganish tajribasi sifatida qabul qiling

. O’sish tafakkur

tarzi egalari omadsizliklar o’z qobiliyatlarining natijasi ekanligiga
ishonmaydilar. Aksincha, omadsizliklarni undan o’rganish va yaxshilanish
mumkin bo’lgan qimmatli tajriba manbai sifatida ko’rishadi. Ular ham “Bu
natija bermadi.” deb o’ylashlari mumkin, biroq “Shuning uchun bu safar
boshqacha usulni sinab ko’raman.” deyishni unutmaydilar.

2. Hissiy intellektingizni boyiting

Umumiy intellekt darajasi uzoq vaqtlar davomida hayotning turli jabhalarida

muvaffaqiyatga eltuvchi omillardan biri sifatida qaralgan, biroq ba’zi ekspertlar
emotsional (hissiy) intellektning undan ham ko’proq ahamiyatga ega ekanligiga ishora
qilishmoqda. Hissiy intellekt deganda o’z hissiyotlarni tushunish, ulardan foydalana
olish va hissiyotlar bilan aqlga tayanib munosabatda bo’lish qobilyati tushuniladi.
Hissiy intellektga ega insonlar nafaqat o’z hissiyotlarini, balki boshqa insonlarning his-
tuyg’ularini ham tushuna oladilar.
Hissiy intellektni baraqarorlashtirish uchun:

O’z hissiyotlaringizga e’tiborli bo’ling

. Nimalarni his etayotganingizga va bu

hissiyotlarning sababini aniqlashga alohida e’tibor bering.

Hissiyotlaringizni boshqaring

. Ortga bir qadam tashlang va tanqidiy ko’z bilan

narsalarni sharxlashga urinib ko’ring. Hissiyotlaringizni ich-ichingizga yutishni
yoki ularni atayin his etmaslikka urinishni bas qiling, biroq his-tuyg’ularingiz
bilan sog’lom va munosib murosaga kelish yo’llarini izlang.

Boshqalarni tinglang

. Bu yolg’iz ularning so’zlarini eshitishingiz bilan

cheklanib qolmasdan, balki noverbal belgilar va tana tiliga e’tibor berishni ham
o’z ichiga oladi.

3. Ruhiy bardoshliligingizni oshiring

Ruhiy bardoshlilik matonat bilan davom etishni va yuzaga kelgan to’siqlarga

qaramay harakatlardagi izchillikka amal qilishni anglatadi. Bunday ruhiy quvvatga ega
insonlar qiyinchiliklarni imkoniyat sifatida ko’rishadi.
Ruhiy

bardoshliligingizni

toblash

va

hayotda

muvaffaqiyatga

erishish

imkoniyatlaringizni oshirish uchun:

O’zingizga ishoning

. Salbiy ichki dialogni tark eting va ijobiy munosabatda

qolish hamda o’z-o’zingizni ruhlantirish yo’llarini izlang.

Urinishda bardavom bo’ling

. Hamma narsa imkonsiz tuyulganida yoki hatto

qiyinchiliklar sizni ortga tortishda davom etganida ham mahoratlaringizni
oshirib borish imkoni mavjud yo’llarga bor e’tiboringizni qarating va
kurashishda davom eting. Muvaffaqiyatli insonlarning eng diqqatga sazovor


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_5-to’plam_May-2025

148

ISSN:3030-3613

ko’nikmalaridan biri shundan iboratki, ular doimo qiyinchiliklar yoki
muvaffaqiyatsizliklarga ulardan nimanidir o’rganish imkoniyati sifatida
qaraydilar.

Maqsadlar o’rnating

. Ruhiy zabardast insonlar maqsadga erishish uchun

erishsa bo’ladigan maqsadlarni qo’yishdan boshlash kerakligini bilishadi. Bu
maqsadlarga erishish unchalik ham oson bo’lmaydi, biroq qandaydir mo’ljalni
qo’yish orqali yanada olg’a intilasiz va qiyinchiliklarni yenga olasiz.

Sizni qo’llab-quvvatlovchi insonlarni toping

. Barcha ishni o’z zimmangizga

olish og’ir bo’lishi mumkin, biroq sizni qo’llab-quvvatlovchi manbaga ega
bo’lishingiz buni yengillashtiradi. Ustozlar, do’stlar, hamkasblar va oila
a’zolaringiz qiyin damlarda sizga dalda bo’la olishadi va hatto muvaffaqiyatga
erishishda asqotuvchi o’z maslahat hamda yordamlarini ayamasliklari mumkin.

4. Irodangizni mustahkamlang

Uzoq davrni o’z ichiga olgan longityud tadqiqotlardan birida psixologlar o’qtuvchilari
tomonidan yuqori darajada intellektual deb baxolangan bir guruh bolalarni kuzatib
borishdi. Ularni bolalik davridan to balog’at yoshiga yetgunlariga qadar qanday
natijalarga erishganliklarini solishtirish mobaynida tadqiqotchilar shunga amin
bo’lishdiki, hayotda muvaffaqiyatga erishganlar umumiy ba’zi muhim sifatlarga, shu
jumladan qunt-matonat va iroda kuchiga ega bo’lishgan.
Ushbu sifatlar ko’pincha kishi umumiy shaxsiyatining bir qismidir, biroq bular ayni
paytda siz ham yaxshilay oladigan narsalar hisoblanadi. Rohatlanishni ortga surish
qobiliyati, qiyinchiliklar qarshisida bukilmaslikni va og’ir mehnatlaringiz mevasini
kutishni o’rganish hayotda ko’pincha muvaffaqiyatga erishish uchun asos bo’lishi
mumkin.
Iroda kuchi sobitligini oshirishda qo’l keluvchi strategiyalar:

Chalg’itish

. Misol uchun, siz vazningizni kamaytirishga urinayotgan bo’lsangiz-

u, biroq siz uchun yoqtirgan taomlaringizdan tiyilish qiyinchilik tug’dirayotgan
bo’lsa, bunday zaif holatga duch kelganingizda o’zingizni chalg’itish
istaklaringizga bo’ysunib qolishdan qutulishning samarali usuli bo’lib xizmat
qilishi mumkin.

Mashq qilish

. Iroda kuchini shakllantira olasiz, biroq bu sizdan vaqt va urunishni

talab etadi. Iroda kuchini talab etuvchi kichik maqsadlar o’rnatishdan, deylik
shirinliklar yeyishni to’xtatishdan boshlab oling. Shu kabi kichik maqsadlarga
erishishda iroda kuchingizdan foydalana olish qobilyatingizni yaratib
borganingiz sari bundan kattaroq maqsadlar ustida ter to’kayotgangizda ham
kuchli iroda sohibi ekanligingizga amin bo’lasiz.

5. Ichki motivatsiyangizga tayaning

Sizni eng ruhlantiruvchi narsa bu nima? Maqsadlaringizga erishish uchun tashqi
rag’batlar umidida harakat qilasizmi yoki sizni ruhlantiruvchi narsa bu shaxsiy, ichki


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_5-to’plam_May-2025

149

ISSN:3030-3613

motivatsiyadan iboratmi? Tashqi rag’batlar, misol uchun mablag’, mukofotlar va
maqtov foydali ekanligiga qaramay, ko’pchilik insonlar shaxsiy qoniqish maqsadida
qilayotgan ishlaridan motivatsiya olishadi.
Agar siz biror ishni qilishni undan zavq olganingiz, uni mazmunli deb bilganingiz uchun
yoki qilayotgan ishlaringiz samarasini ko’rishdan sevinganligingiz sababli bajarayotgan
bo’lsangiz, sizni harakatlantirayotgan kuch, bu ichki motivatsiya.
Ichki motivatsiyangizni yaxshilash uchun:

Qiziquvchan bo’ling

. Diqqatingizni tortuvchi va u haqda siz ko’proq bilishni

istaydigan narsalarni izlang.

Boshqaruvni yo’qotib qo’ymang

. Natijalarga chin ma’noda ta’sir ko’rsata

olaman, deb his qilsangizgina maqsadlaringizga ergashishda ichki
motivatsiyangiz barqarorligini ta’minlay olasiz.

Raqobatlashishdan cho’chimang

. Xuddi siz kabi maqsadlar qo’ygan insonlar

ularga erishishga urinayotgan bo’lishlari mumkin, biroq bu siz to’xtab
qolishingiz kerakligini anglatmaydi. O’z mehnatlaringizni yoki bu yo’lda
boshlagan sayohatingizni hech kimniki bilan solishtirmang. Boshqa insonlardan
motivatsiya va ilhomlanish olishingiz mumkin, biroq shuni unutmangki, har
birimizning yo’l-yo’rig’imiz boshqa-boshqa bo’ladi.

6. Shaxsiy fazilatlar kishidagi yuqori potensial bilan bog’liq

Agar siz hayotda qanday qilib muvaffaqiyatli bo’lish mumkinligini bilishga
urinayotgan bo’lsangiz, quyidagi muhim xislatlarni qanday qilib kamol toptira
olishingiz mumkinligi haqida o’ylab ko’ring:

Vijdoniylik

Vijdoniylik hislatiga ega insonlar harakatlarining natijasi haqida o’ylab ko’radilar. Ular
boshqa insonlarning munosabati va hissiyotlarini ham hisobga olishadi. Bu xislatni
o’zingizda kamol toptirishda nimalar yordam bera olishi mumkin?

Harakatlarning oqibatlari to’g’risida o’ylab ko’rish.

Boshqa insonlarning fikr-mulohazalarini hisobga olish.

Noaniqlikni qabul qila olish

Hayot mavhum vaziyatlarga to’la. Muvaffaqiyatga o’ta yuqori potensialli inson bu
noaniqlikni qabul qila oladi. Mavhumlikni qabul qila oluvchi insonlar kutilmagan
o’zgarishlarni oson qabul qila oladilar. Noaniqlikni qabul qilishni o’zingizda
rivojlantirish uchun:

O’z nuqtayi nazaringizni taftish qiling va o’zingizga tegishli bo’lmagan fikr va

g’oyalarni e’tiborga oling.

Sizga notanish bo’lgan narsalardan qo’rqmaslik.

O’zgarishga qayishimlik.

Xilma-xillikni qadrlash.

Moslashuvchan bo’la olish


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_5-to’plam_May-2025

150

ISSN:3030-3613

Mavhumlikni qabul qila olish bilan birga muvaffaqiyat ko’pincha o’zgarishlarga

tezlik bilan moslashish qobilyatiga ham bog’liq bo’ladi:

Murakkab vaziyatlarni qayta baxolash, ularni shunchaki chidab yashash kerak

bo’lgan qiyinchiliklar emas balki o’sish va o’rganish imkoniyatlari nazaridan
boqish.

O’zgarishlarga ochiqlilik; rejalar va vaziyatlar o’zgarib qolganda ortga bir qadam

tashlang va yengib o’tish yo’llari haqida o’ylab ko’ring.

Xulosa

Dunyoning eng muvaffaqiyatli insonlari ko’pincha o’zidagi buyuk jasorati bilan

hammaga na’muna bo’lishadi. Ular potensial muvaffaqiyatsizliklar qarshisida ham
tavakkalchilikka qo’l urishga shay bo’lishadi. Tadqiqotlar shuni ko’rsatmoqdaki,
dovyurak insonlar qo’rquvni yengib o’tishda ijobiy emotsiyalardan foydalanishadi.