Mualliflar

  • Yuldasheva Xosiyat Maratovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.97247

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: Motivatsiya inson axloq axloqiy sifatlar irodaviy sifatlar dunyoqarash extiyojlar qo’rquv.

Annotasiya

Annotatsiya:  Maqsad  deganda  biz  odam  nima  qilish  kerakligini,  nimaga 
erishish  kerakligini  va  qanday  qiyinchiliklarni  yengishi  lozimligini  anglashini 
tushunamiz.  Bu  maqsadlarni  biz  aniqlashda  biologik  va  ruhiy  ehtiyojlar  asosida 
amalga oshiramiz  


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_5-to’plam_May-2025

143

ISSN:3030-3613

MAQSAD QOʻYISH HAMDA MAQSADGA ERISHISHDA IRODALI

BOʻLISHNING PSIXOLOGIK USULLARI

Yuldasheva Xosiyat Maratovna

Oqdaryo tuman 20-umumtaʼlim

maktabi amaliyotchi psixologi


Annotatsiya:

Maqsad deganda biz odam nima qilish kerakligini, nimaga

erishish kerakligini va qanday qiyinchiliklarni yengishi lozimligini anglashini
tushunamiz. Bu maqsadlarni biz aniqlashda biologik va ruhiy ehtiyojlar asosida
amalga oshiramiz

Kalit so’zlar:

Motivatsiya, inson, axloq, axloqiy sifatlar, irodaviy sifatlar,

dunyoqarash, extiyojlar, qo’rquv.

KIRISH

“Inson dunyoga kelibdiki, kurashib yashaydi. Hayotimiz davomida turli xil

sinovlarga duch kelamiz.” Bularni yengish uchun bizda sabr toqat matonat bo’lishi
zarur. Men o’z maqolamni mavzusini tanlashda hayotimizda eng zarur bo’lgan iroda
kuchi mavzusini tanladim.Iroda haqida so’z ketar ekan Elchin safarlining quyidagi
jumlasi yodga tushdi. “Hayotimizda turli sinovlardan iborat. Ba’zan yiqilsak tubsiz
jarga tushadigandek. Qo’rqmang!!! Oldinga yuravering, sinovlar bizni barbod qilish
uchun emas saboq olib yuksalishimiz uchun beriladi. Hayotimizda biz kutmagan holda
ixtiyorsiz ravishda diqqatimizni tortuvchi jarayonlar ko’p sodir bo’ladi. Misol uchun :
Yo’lda ketayotganingizda mashinaning to’satdan signal chalishi, ma’ruza paytida
kimningdir telefoni jiringlashi, baland ovozda gapirayotgan sotuvchi yoki noodatiy
kiyingan kishi.

Bularning bari sizda ixtiyorsiz diqqatingizni tortadi. Endi biz o’zimiz zo’r berib

ixtiyoriy ravishda diqqatimizni qaratadigan holatlar ham bo’ladi. Ma’ruzani tinglab
o’tirish, topshiriqlarni bajarishingiz, biror bir mashg’ulot yoki aqliy faoliyat bilan
shug’ullanishingiz sizda irodaviy zo’r berishni talab qiladi. Fikrimiz avvalida Iroda
haqida tushunchaga ega bo’lib olsak. Iroda bu oldindan qo’yilgan maqsadga erishish
vositalarini aniqlab, ularni bajarishda ongli ravishda zo’r berishga aytiladi. Har bir
irodaviy jarayon ma’lum bir maqsad asosida amalga oshiriladi. Shuning uchun biz
irodaviy jarayonlarning boshlanishi sifatida maqsad qo’yishni olamiz. Maqsad
deganda biz odam nima qilish kerakligini, nimaga erishish kerakligini va qanday
qiyinchiliklarni yengishi lozimligini anglashini tushunamiz. Bu maqsadlarni biz
aniqlashda biologik va ruhiy ehtiyojlar asosida amalga oshiramiz. Har bir ehtiyojni
qondirish uchun intilish paydo bo’ladi.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_5-to’plam_May-2025

144

ISSN:3030-3613

Ixtiyoriy va ixtiyorsiz ravishda sodir bo’ladigan holatlarda turli farqlar bo’ladi.

Ixtiyoriy harakatlarimizning harakterli tomoni ularda motivlar asosida amalga
oshiriladi. Motiv bu insonlarni maqsadi tomon harakatga keltiruvchi kuchdir. Bu
motivlar nimaga shu maqsadni qo’ygani, nega aynan shu maqsadni va shu yo’lni
tanlaganiga javob bo’ladi.

Motivlar hissiyotlarimiz va aqlimiz orasida doima kurashda bo’ladi. Bulardan

ko’proq hissiyotlarimiz shaxs faolligiga ijobiy yoki salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin.
Bu vaziyatda biz irodaviy zo’r berishga majbur bo’lamiz shundagina ko’zlangan
maqsadga yetish mumkin. Har bir maqsadga yetishish yo’lida inson o’zidagi ichki va
tashqi to’siqlarni yengishi zarur. Bularni iroda sarf etmasdan yengib bo’lmaydi. Ichki
kurashlarga bizdagi yalqovlik, havvoyi nafmiz yo’lidagi behuda harakatlar, qo’rquv
hisi, maqsad yo’lidagi to’siqlarga sabr etish bularning bari ichki to’siqlardir. Bularni
yengib o’tishda bizdan katta kuch talab etiladi. Tashqi to’siqlar (suv, olov yomon ob-
havo va hokazolar) insonlar har doim o’zlari uchun moslashtirib sharoit yaratishgan.
Har qanday yangi kashfiyot yaratgan inson shu kashfiyotni yaratish davomida turli xil
qiyinchiliklarga duch keladi. Bularni yengishda iroda kuchini sarf etmoq zarur bo’ladi.
Demak, har bir buyuk kashfiyot ortida irodasi kuchli inson turgan bo’ladi. Ahir
aytishadiku; biror nimaga erishish uchun nimanidir tark etishga to’g’ri keladi deb,
mana shut ark etish jarayonida bizga iroda kuchi kerak bo’ladi. Irodamizning
mustahkam bo’lishi maqsadlarimizni to’g’ri tanlashga, uni amalga oshirish yo’lidagi
to’siqlarni yengishga yordam beradi. Keling endi biz siz bilan maqsad tanlashning oxiri
ya’ni bir qarorga kelish haqida biroz so’z yuritamiz. Bir qarorga kelish har bir insonda
har xil holatda amalga oshadi.

Kuzatishlar shuni ko’rsatadiki irodasi kuchli insonlar o’z maqsa va motivlarini

anglagan holda juda tez bir qarorga kelishadi. Buni biz qat’iyat deb ataymiz. Boshqa
hollarda esa, motivlar kurashi uzoq, vaqtga cho’zilib ketadi va qaror bajarilishiga
ishonchsizlik hamda ikkilanishlar bilan qabul qilinadi. Bu qat’iyatsizlikdir.
Qat’iyatsizlik oqibatida bizda juda ham yomon odat ya’ni subutsizlik vujudga kelishi
mumkin. Shuning uchun biz qarorga kelishimizda har tamonlama mustahkam fikr
yuritib o’z motivlarimizni to’g’ri anglagan holda, irodaviy zo’r berib kelishimiz darkor.

Iroda har bir insonda turli darajadagi kuchga egadir. Biz insonlarhissiyotlarini

ta’riflaganimizda.

Beqaror, subutsiz, qo’rqoq yoki dadil jasoratli sabr toqatli kabi sifatlarni

ishlatamiz. Beqarorlik, subutsizlik, qo’rqoqlik kabi sifatlar irodasi sust insonlarga
nisbatan ishlatiladi. Dadil, jasoratli, sabr toqatli kabi sifatlar es Irodasi kuchli
insonlarga beriladi. Yana biz irodasi kuchli va irodasi kuchsiz insonlarni
aniqlashimizda quyidagi holatlarda namoyon bo’ladi;

O’zini tuta bilish

Jasurlik


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_5-to’plam_May-2025

145

ISSN:3030-3613

Matonat

Chiqamlilik

Irodamizning qay darajada ekanligini axloqiy sifatlarimiz ham xattoki namouon

qiladi. Irodasi sust insonlarning axloqiy jihatida (o’zini boshqara olmasdan ko’rko’rona
harakat qilish kabi holatlar kuzatiladi. O’g’rilik, narkamanlik, firibgarlik bularning bari
inson o’zini iroda qilaolmasligidan kelib chiqadi desaak xató bo’lmaydi. Sigaret yoki
ichkiliklarni tashlay olmaslik ham irodasi sust ekanidan dalolat beradi.Irodasi kuchli
inson deyarli bunday holatlarga duch kelmaydi, yoki bularni vaqtida to’xtata
oladi.Irodasiga zo’r berib o’zini o’nglay oladi.Irodasi kuchli inson mardlik jasurlik
qorquvni yengib oldinga harakat qilish hislatlari boladi.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda,biz Irodaga ta’rif berar ekanmiz bir so’z bilan aytsak,

Iroda bu shunchaki istaklarni amalga oshirish uchun kerakli xususiyat emas, balki ham
uni bajarib, vaqti kelgansa uni to’xtatib, kerakli vaqtdan undan voz kechish hamdir.
So’zimizni yakunlar ekanmiz biz yuqoridagilardan kelib chiqib shunday xulosa
qilamiz. Har bir shaxs o’zi xohlagan narsalarga, o’zi xohlagan hayotga yetishi uchun
harakat qilmog’i iroda kuchini sarf etmog’i lozim. Iroda sifatlarini shakllantirishi
darkor. Irodangizni mustahkam qilshga harakat qiling, o’zingizni qiziqqan xatto
qiziqmagan mashg’ulotlar bilan ham shug’ullanib o’z ustingizda ishlashga harakat
qiling shundagina o’zingiz xohlagan marraga yetishingiz mumkin.

Irodangizni mustahkam qiling, sizning muvaffaqiyatlarga erishishingiz yoki

imkoniyatlaringizni yoq qilishingiz o’zingizga bog’liq.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

F.I.Xaydarov, N.I.Xalilova. Umumiy psixologiya: Toshkent-2009

2.

Zarifboy Ibodullayev. Tibbiyot psixologiyasi 2019

3.

A.Yuldashev. Tabiatning o’zi tabib 2015-yil

4.

Valeriy Sinelnikov. “Dardingni sev” (ong osti sirlari): Navro’z nashriyoti 2019

5.

Azimaxon Kamolova “Yosh avlodni tarbiyalashda xalq pedagogikasini
manbalarining o’rganishning o’rganishning ilmiy-nazariy asoslari”. "Science and
Education" Scientific Journal / December 2022 / Volume 3 Issue 12. 590-592 betlar

Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

F.I.Xaydarov, N.I.Xalilova. Umumiy psixologiya: Toshkent-2009

Zarifboy Ibodullayev. Tibbiyot psixologiyasi 2019

A.Yuldashev. Tabiatning o’zi tabib 2015-yil

Valeriy Sinelnikov. “Dardingni sev” (ong osti sirlari): Navro’z nashriyoti 2019

Azimaxon Kamolova “Yosh avlodni tarbiyalashda xalq pedagogikasini

manbalarining o’rganishning o’rganishning ilmiy-nazariy asoslari”. "Science and

Education" Scientific Journal / December 2022 / Volume 3 Issue 12. 590-592 betlar