Mualliflar

  • Muminova Umida Abdushikurovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.97249

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: tarbiya shakilanish shaxs xususiyat aloqa krizis

Annotasiya

Annotatsiya: Tarbiya uzluksiz jarayon bo’lib, u inson dunyoga kelishidan to 
umrining  oxirigacha  davom  etadi.  Bu  jarayon  davomida  atrof-muhitdagi  voqe  – 
hodisalar  shaxsga  salbiy  yoki  ijobiy  ta’sir  etishi  mumkin  va  bu  uning  shaxsiy 
fazilatlarining shakllanish darajasini belgilab beradi. Bu esa ta’lim sohasi oldidagi 
eng dolzarb muammolardan biri hisoblanadi.   


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_5-to’plam_May-2025

135

ISSN:3030-3613

TARBIYASI QIYIN BOLALARNI TARBIYALASHNING ZAMONAVIY

PSIXOLOGIK USULLARI

Muminova Umida Abdushikurovna

Samarqand viloyati Nurobod tumani

56-maktabi amaliyotchi psixologi

Annotatsiya:

Tarbiya uzluksiz jarayon bo’lib, u inson dunyoga kelishidan to

umrining oxirigacha davom etadi. Bu jarayon davomida atrof-muhitdagi voqe –
hodisalar shaxsga salbiy yoki ijobiy ta’sir etishi mumkin va bu uning shaxsiy
fazilatlarining shakllanish darajasini belgilab beradi. Bu esa ta’lim sohasi oldidagi
eng dolzarb muammolardan biri hisoblanadi.

Kalit so’zlar:

tarbiya,shakilanish,shaxs,xususiyat,aloqa,krizis

KIRISH

Muammoning yuzaga kelishi sabablarini chuqur tahlil qilar ekanmiz, eng

avvalo, tug’ilgan bolaning uni dunyoga keltirgan shaxslarning kimligi, ikkinchidan u
qanday ijtimoiy muhitda tug’ilib voyaga yetib, ulg’ayotganligiga e’tibor qaratish
lozim. Ko’pchilikning fikriga ko’ra, oxirgi paytlarda “tarbiyasi og’ir” bolalar bilan
bog’liq muammolarning tez-tez uchrab turishi va ular soning keskin oshganligi
tasdiqlanmoqda. Shuningdek, bu muammoni bir qancha tashqi sabablarga bog’lash
mumkin, ya’ni hozirgi vaqtda axborot oqimining yuqoriligi ( uzluksiz televizor
ko’rish, kompyuterda xar hil o’yinlar o’ynash, internet tizimidagi norasmiy saytlar
orqali har xil nomaqbul axborotlarni o’zlashtirish ) yoki kattalarning e’tibori, oiladagi
iqtisod va hokazolar. Amerikalik amaliyotchi pedagoglar tomonidan pedagogik xizmat
doirasida bola tarbiyasidagi salbiy o’zgarishlarning oldini olishda eng avvalo bolaga
ta’sir ko’rsatish lozimligini ta’kidlashgan. Buning uchun bolaning o’zini o’zgartirishga
tayyorlash , ya’ni: tashqi muhit ta’siridan sarosimaga tushmaslik; turli xil
qiyinchiliklarni yengib o’tishga o’rgatish lozim.

Olimlarning fikricha bolada mavjud noto’g’ri salbiy o’zgarishlarni ruhiy

rivojlanishning me’yor darajasiga yetkazish orqali tarbiyasidagi qiyinchiliklarni
yo’qotishga erishish mumkin. Shunday ekan, insonning psixik taraqqiyotida va
shaxsiy sifatlarining tarkib topishida tashqi ijtimoiy muhit va tarbiyaning roli hal
qiluvchi ahmiyatga ega. Inson tabiatini o’zgartiradigan, uning shaxsini tarkib topishiga
ta’sir qiladigan kuch – ijtimoiy omillar yoki boshqacharoq qilib aytganda, jamiyat
ishlab chiqarish kuchlari, hamda ishlab chiqarish munosabatlarining o’sishi va
o’zgarishidir. Bundan tashqari yana inson shaxsining tarkib topishiga ta’sir qiluvchi
kuchli omil – inson orttirgan tajribalarning tarbiya vositasi orqali bolalarga berilishidir.
Ma’lumki odamga hech vaqt uning psixik xususiyatlari, ya’ni uning aqliy tomonlari


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_5-to’plam_May-2025

136

ISSN:3030-3613

bilan bog’liq bo’lgan sifatlari nasliy yo’l bilan berilmaydi deb izoh beriladi. Lekin,
shuni hech qachon esdan chiqarmaslik kerakki, real hayotda ko’pincha insonning
xarakter xususiyatidagi salbiy og’ishlar uning nasliy tarkibi bilan bog’liq ekanligiga
amin bo’lamiz.

Boladagi salbiy illatlarni oldini olishda va bartaraf etishda quyidagilarga e’tibor
qaratish lozim:

“Tarbiyasi og’ir” bolalarning psixologik rivojlanishini me’yorlashtirishga
yo’naltirilgan maxsus tadbirlarni ishlab chiqish lozim. Shunga amal qilgan
holda:

Maktab hududida ko’cha-ko’yda, o’qituvchilar, tarbiyachilar, ota-onalar va
jamoatchilik nazoratini kuchaytirish.

Bolaga bo’sh vaqtidan unimli foydalanish yo’llarini o’rgatib borish va uni
nazorat qilish;

Ijtimoiy foydali mehnat turlaridan unimli foydalanish;

Bolaning qiziqish va qobiliyatlarini hisobga olgan holda to’g’araklarga
qatnashtirish;

Ijobiy qahramonlarning xatti-harakatlari, yutuqlari, shu yutuqlarga erishish
uchun kurashlari kabilarga e’tibor qaratish;

Barcha darslarda o’sh tarbiyasi og’ir bolani iloji boricha bir daqiqa ham
nazardan qoldirmaslik. Ota-onalarni psixologik bilimlardan xabardor bo’lishini
ta’minlash;

Maktabda o’tkaziladigan turli tadbirlar: har-xil kechalarda, o’z tengdoshlari
davrasida, o’rtoqlari orasida unga so’z navbatini berish, ularda faol bo’lishini
ta’minlash;

Agar bola tartibsiz, intizomsiz davraga o’ralashib kirib qolgan bo’lsa, uni tezlik

bilan o’sha davradan ajratib olib, so’ng o’sha tarbiyasi og’ir bolani “yaxshi” va “a’lo”
baholarga o’qiydigan intizomli o’quvchilarga biriktirib qo’yish kerak.
Mamlakatimizda mustaqillikka erishgandan buyon jamiyatimizda kelajagimiz
bunyodkori bo’lgan yoshlarga nisbatan bo’lgan e’tibor ancha kuchayadi. Ayniqsa xalq
ta’limi sohasida jiddiy o’zgarishlar bo’lmoqda. Bugungi kunda o’quvchilar
tarbiyasidagi ijobiy o’zgarishlarni har damda sezish mumkin. O’zbekistonni butun
jahon tan olayotgan bir paytda yosh avlodni to’g’ri tarbiyalash muhim omillardan biri
bo’lib hisoblanmoqda. “Kelajakka qanday yoshlar kerak? Ularni qanday tarbiyalash
lozim?” degan savollar hozirgi kunda har bir jonkuyar pedagogni tashvishga solib
kelmoqda. Bola maktab ostonasiga qadam qo’ygunga qadar oiladagi olti, yetti yillik
hayoti mobaynida oila birinchi darajali tarbiyachi ekanligini ham nazarda tutish lozim.

Bolalar narsa va hodisalarning mohiyatiga o’zlaricha baho beradilar. Ular

ezgulik mezonini intilishlari mo’ljalini dastavval ota-onalari hayoti tarziga qarab


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_5-to’plam_May-2025

137

ISSN:3030-3613

belgilaydi. Yaxshi tarbiya berib yaxshi kishilarni kamol totirgan oilalardagi sofdillik,
samimiylik, bir-biriga hurmat, bolalarda ham shu fazilatlarni kamol topishiga sabab
bo’ladi. Ahil oilada bolaning xulq-atvori me’yorlari to’g’risidagi tasavvuri ota-
onalarning hulqi bilan uyg’un bo’lsa farzandlarini oqilona so’rab – tergab tursalar bu
uydan tarbiyasiz bola chiqishi mumkin emas. Harqalay haqiqat, mehr-oqibat, adolat
tushunchalari, ichi qoralik, loqaydlik, ma’naviy zaiflik, insoniy munosabatlardagi
qashoqlik, ahloqiy nopoklik hukm surgan oilalarda o’sgan bolalarning tarbiyasi
ko’pincha izdan chiqadi. Bola yaxshilik va yomonlikka, haq va nohaqlikka nisbatan
juda sezgir bo’ladi. Agar katta yoshdagi odam nohaqlikka xato deb tushinish mumkin
bo’lsa, bola hayotning barcha murakkabliklarini hali tushinmaydi.

Afsuski, katta yoshdagilarning hammasi ham bolani ruhiy kechinmalari

to’g’risidagi tasavvurlarga ega bo’lmaydi. Ruhiy holat insonning biron – bir tarzda
ta’sir etuvchi xattiharakatlariga berilgan chuqur shaxsiy emotsional bahodir.

Bolaga nohaqlik qattiq ta’sir qiladi. Bola qo’pol baqiriqda ham, mazax qilishda

ham, yo’l-yo’lakay aytilgan tanbehda ham, kattalarning bolaga e’tiborsizligida ham
nohaqlik ko’radi. Nohaqlik haqorat bo’lib tuyuladi, uning izzat nafsiga tegadi,
g’azabini qo’zg’aydi, uning qalbida aktiv(nafrat) va passiv(g’iybat va ko’ra olmaslik)
norozilikning turli tuman formalarini keltirib chiqaradi. Katta yoshdagi odamni
yengilgina hayajonlantirgan narsa, bolada katta kulfatning manbai bo’lishi mumkin.

Ota-onaning yengil-yelpi mehnatni oqlab, oson pul toppish yo’llarini bolalar

oldida maqtab gapirishlari, otaning o’z hamkorini mazax qilib, maqtanib aytgan
gaplari bolaga axloqsizlik darajasini ochib beradi. “Tarbiyasi og’ir“ va uzluksiz
bo’lsagina ijobiy samara beradi. Odatda tartibsiz, intizomsiz, ishyoqmas, o’qishda
qoloq va no’noq o’quvchilar “tarbiyasi og’ir” bola hisoblanadi. Tajribalardan
ma’lumki, bolalar xarakter jihatdan xar hil bo’ladilar. Bunday bolalarning ayrimlari
anomal xulq-atvorli, ba’zilari sotsial va bir qismi “tarbiyasi og’ir” bo’lishi mumkin.
Axloq normalariga, jamiyat talablariga javob bermaydigan xulq-atvorli bolalar asotsial
xulq-atvorli bolalar deb ataladi. Anomal xulq atvor va harakat bola miyasining
kasalligi bilan bog’liq bo’ladi. “Tarbiyasi og’ir” bolalar – bular tarbiyada e’tibordan
chetda qolgan, o’z xoliga tashlab qo’yilgan bolalardir. Ular qayerdadir, qachonlardir,
kimlarningdir tomonidan yo’l qo’yilgan xatolar, tarbiyalashda ularga individual
yondasha bilmaslik oqibatida paydo bo’ladi. “Tarbiyasi og’ir” bolalar murakkab
tushuncha. Ularning har birida “tarbiyasi og’ir” boshqa bolalarga o’xshamagan,
o’zigagina xos alohida individual xususiyatidir. O’z sababi, o’z xususiyati, o’zining
normadan chetga chiqishi, o’zining tarbiya yo’li bo’ladi.

Boshqacha aytganda, normal ta’lim-tarbiya jarayonida chetda qolgan

o’quvchilar, o’rtoqlari bilan normal munosabat o’rnata olmagan, qalb tug’yonlarini
oshkor etishning tog’ri usullarini topa bilmagan bolalar “tarbiyasi og’ir” bolalar turiga
kiradi. Bunday bolalarni o’z vaqtida payqab, ular bilan yaxshi ish olib borilmasa,


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_5-to’plam_May-2025

138

ISSN:3030-3613

ularga jamoatchilik ta’sirini o’tkazilmasa, noxush ko’ngilsiz voqealar sodir bo’lishi
mumkin. Demak, “tarbiyasi og’ir” degan ibora o’ta salbiy ma’noni bildirmaydi. U
yomon buzilgan, ishonchsiz bola emas. “Tarbiyasi og’ir” bolaga alohida munosabat,
e’tibor va individual yondashuv zarur. Har qanday kasalni vaqtida davolagan maqul.
E’tiborsiz qoldirilgan mayda-chuyda narsadan katta baxtsizlikka duchor bo’lish
ehtimoli tug’iladi. Bolani “tarbiyasi og’ir” holatga olib boruvchi yagona sabab yo’q.
Shuningdek ularni axloqsizlik illatlaridan sog’aytirib, mo’minqobil qilib qo’yadigan
yagona shifobaxsh vosita ham yo’q.Lekin shunisi ham aniq-ki, jamoatchilik
nazoratining bo’shlig’i tufayli og’irlashgan noqulay shart-sharoitlar, tarbiya ishlarida
yuzakilikka yo’l qo’yish o’smir hayotida salbiy oqibatlarga olib keladi.

XULOSA

Tarbiya inson uchun kurash demakdir. Bolaning qanday bo’lishi – bu shaxsiy

ish bo’lmay, balki jamoatchilikni qiziqtirgan muammodir bolani tarbiyalaganda, u
qilgan gunohining mohiyatini yaxshi anglamasligi oqibatida nima bilan tugashini hali
tasavvur qila bilmasligini hisobga olish ham muhim.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI:

1.

Komilova

N.G’.

“Xulqi

og’ishgan

bolalar

psixologiyasi”

o’quv

qo’llanma.Toshkent-2007 105 b

2.

Tadjiyeva S.N. Sabirova.A.D. “Oila va bolalar bilan ijtimoiy ish” Kurs o’tkazish
uchun xrestomatiya. Toshkent-2009 320 b

3.

G.S.Tursunbayeva, G.M.Duschanova, J.S.Sadinov "Botanika" Toshkent 2020.

4.

Q. X. Xaydarov, Q. X. Xojimatov. O’zbekiston o‘simlilari. Toshkent 1992.

Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI:

Komilova N.G’. “Xulqi og’ishgan bolalar psixologiyasi” o’quv

qo’llanma.Toshkent-2007 105 b

Tadjiyeva S.N. Sabirova.A.D. “Oila va bolalar bilan ijtimoiy ish” Kurs o’tkazish

uchun xrestomatiya. Toshkent-2009 320 b

G.S.Tursunbayeva, G.M.Duschanova, J.S.Sadinov "Botanika" Toshkent 2020.

Q. X. Xaydarov, Q. X. Xojimatov. O’zbekiston o‘simlilari. Toshkent 1992.