Mualliflar

  • Mahliyoxon Xoshimova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.97279

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: lingvistik vosita stilistik figura ifoda-tasviriy vositalar antiteza takror sanash usuli oksyumoron.

Annotasiya

Annotatsiya:  Ushbu  maqolada    turli  lingvistik  vositalar  haqida  ma’lumotlar 
keltirilgan,  shoir  Rashid  Xo‘jamov  ijodidan  nolisoniy,  stilistik  figuralar  aniqlanib, 
tahlilga tortilgan. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_5-to’plam_May-2025

18

ISSN:3030-3613

RASHID XO‘JAMOV SHE’RIYATIDA STILISTIK FIGURALAR VA

EKSTRALINGVISTIK VOSITALARNING POETIK FUNKSIYASI

Mahliyoxon Xoshimova

FarDU Lingvistika:o‘zbek tili

mutaxassisligi 1-kurs magistranti


Annotatsiya:

Ushbu maqolada turli lingvistik vositalar haqida ma’lumotlar

keltirilgan, shoir Rashid Xo‘jamov ijodidan nolisoniy, stilistik figuralar aniqlanib,
tahlilga tortilgan.

Kalit so‘zlar:

lingvistik vosita, stilistik figura, ifoda-tasviriy vositalar, antiteza,

takror, sanash usuli, oksyumoron.

Kirish

Adabiy matnlar tahlilida til vositalarining turli ko‘rinishlarini aniqlash, ularning

estetik va kommunikativ vazifalarini belgilash bugungi stilistika va lingvistik
tadqiqotlarning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sanaladi. Ayniqsa, she’riyat tilida
qo‘llanilgan nolisoniy (ekstralingvistik) va stilistik figuralar adabiy asarning badiiy-
estetik qiymatini oshirish, muallifning individual uslubini belgilashda muhim
ahamiyatga ega. Bunday vositalar nafaqat ifoda imkoniyatlarini kengaytiradi, balki
o‘quvchida kuchli assotsiativ obrazlar hosil qilish, estetik taassurot uyg‘otish uchun
xizmat qiladi.

O‘zbek zamonaviy poeziyasi vakillaridan biri — shoir Rashid Xo‘jamov ijodida

ham ana shunday lingvistik vositalar keng va maqsadga muvofiq qo‘llanilganini
kuzatish mumkin. Uning she’rlarida xalqona timsollar, milliy ruh, tabiat manzaralari,
inson ruhiy holatining nozik ifodasi ko‘pincha tilning stilistik boyliklari vositasida
yuzaga chiqadi.

Ushbu maqolada Rashid Xo‘jamov she’riyati tahlil qilinar ekan, unda

qo‘llanilgan lingvistik vositalar — nolisoniy (ekstralingvistik) unsurlar va stilistik
figuralar aniqlanadi, ularning poetik vazifasi va semantik-pragmatik xususiyatlari
yoritiladi. Shu orqali sho‘irning badiiy mahoratini ochib berish, uning uslubiy
individualizmini ko‘rsatish maqsad qilinadi.

“O‘zbek adabiy tilining rivojlanishida badiiy adabiyotning o‘rni beqiyosdir.

Muallif voqelikni badiiy-estetik jihatdan ta‘sirchan, yorqin ifodalash uchun tilning
fonetik, leksik va grammatik imkoniyatlaridan o‘ziga xos foydalanib, o‘zi bayon
qilayotgan fikrni o‘quvchiga ixcham, aniq, ta‘sirchan qilib yetkazish uchun uzundan –
uzoq ta’rif va tavsiflar o‘rniga o‘xshatish, sifatlash, jonlantirish, kichraytirish, kinoya,
majoz va boshqa vositalardan foydalangan holda aniq, lo‘nda qilib tushuntirishga


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_5-to’plam_May-2025

19

ISSN:3030-3613

harakat qiladi. Bunday vositalarni tilshunoslik va adabiyotshunoslikda ifoda-tasviriy
vositalar deb ataladi.

Jumladan, Izzat Sulton ―badiiy asar tilini jonli, obrazli qiladigan vositalar

badiiy til vositalari, - deb ataydi va uning tarkibiga mubolag‘a, frazeologiya,
jonlantirish, sifatlash, o‘xshatish, metafora, metonimiya, intonatsion vositalar (ulardan
eng ko‘p ishlatiladiganlaridan biri inversiya, bilib turib bilmaslikka olish) kabi
vositalarni kiritadi hamda tahlil qilib o‘rganadi.

Adabiyotshunos olim Dilmurod Quronov badiiy asarda tasvirlanayotgan narsani

jonli tasvirlash, his-tuyg‘u va kechinmalarni yorqin ifodalashga xizmat qiluvchi
vositalarni birlashtirib ―badiiy tasvir va ifoda vositalar deb ataydi.”

1

Muhokama va natijalar:
Quyida shoir ijodida qo‘llanilgan lingvistik vositalar: nolisoniy

(ekstralingvistik), stilistik figuralarni aniqlaymiz hamda ularni tahlil qilamiz:

1. Antitezaning asosiy vazifasi kontrast hisoblanadi. Semantik kontrast asosida

maxsus sintaktik strukturaga ega bo‘lgan nutq birliklarining stilistik maqsadda qarama-
qarshi qo‘llanishi natijasida antiteza hodisasi yuzaga chiqadi.

Elim esa tomoshatalab,

Ko‘zboylog‘ich sehriga maftun.
Va yerdagi xudolar uning
bardoshini sinar kun-u tun.

Soxta do‘stlar bersin yigitga ko‘cha,

Katta xato tug‘sin kichik xatolar.

O‘g‘li etigidan suv o‘tgan kecha

Oyoqda turmay ichsin otalar.
Ayro bo‘lmoqlikdan ayromiz, shoyad,
Shukrkim, toq dunda toq emasman men,
Sensiz baxtiqaro edim bag‘oyat,
Va haliyam baxti oq emasman men!

Yuqoridagi misralarda “kun-u tun”, “katta va kichik”, “baxtiqaro, baxti oq”

so‘zlari antiteza san’atini hosil qilgan.

2. Takror – asosan, badiiy nutqqa xos sintaktik-stilistik ifoda usullaridan biri. Til

yoki nutq birliklarini ataylab, aynan takrorlash orqali muallif o‘z fikrining ta‘sir
kuchini oshirishga, his-tuyg‘ularini bo‘rttirib ifodalashga erishadi. Takror badiiy
adabiyotda keng tarqalgan, eng qadimiy stilistik vosita turi bo‘lib, so‘z ustalari undan
tasvir etilayotgan obyektga bo‘lgan subyektiv munosabatlarni ifodalash, unga baho
berish, tinglovchi yoki o‘quvchining diqqatini tortish maqsadida foydalanganlar.

1

Mamajonov A., Rozikova G. Sintaktik stilistikaning nazariy masalalari. Darslik – Farg‘ona: FDU.,2024.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_5-to’plam_May-2025

20

ISSN:3030-3613

Takrorga misollar:

Go‘ringizni bezab turgan kalimalar

Siznikidir!
Biznikimas,
Biznikimas!
Buncha jimsiz —
Shundoq arzon,
shundoq bachki
alqovlarni kuylashimiz...
Ayting, shartmi?

Men tilovat ohangida bo‘zlab keldim,
Hali zamon yo‘llar og‘ir o‘yga boshlar.
Holinggizni bilar edim!
Yana bildim
Yupun-ochlar(!)
Yalang‘ochlar,
Qabrtoshlar,
Buncha jimsiz,
Buncha jimsiz,

Buncha jimsiz?

Muhabbat shart emas jonni to‘shamoq,
Shundoq ham bu umr quroqu ulam.
Ya’ni oson bo‘lsin biroz yashamoq,
Ya’ni buncha og‘ir kelmasin o‘lim.

Barmoqlarim — yonayotgan chog‘
ko‘zlarimga mangu inar shab.
Sen kelasan,
shafqating tezroq...
Sen kelasan
behishtni hatlab.
G‘arq bo‘laman nigohlaringga,
O‘tdan kammas turishing o‘tru.
Alahlayman — anglaysan,
kuygan
so‘zlarimga
suv sepasan, suv...


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_5-to’plam_May-2025

21

ISSN:3030-3613

3. Sanash usuli sintaktik-stilistik vositalardan biri bo‘lib, ritmik xususiyatga ega

bo‘lgan figuralar doirasiga kiradi. Sanash usuli sintaktik birliklarning bir xilda uyushib
kelishi bilan ajralib turadi. Bunday usul yordamida hosil bo‘lgan sintaktik
konstruksiyalarning komponentlari xuddi gap bo‘laklariday uyushgan bo‘ladi.
Boshqacha qilib aytganda, sodda gaplarda gap bo‘laklari qanday uyushib kelsa,
qo‘shma gaplarda uning komponentlari shunday uyushadi.

Quyidagi she’rda 2-misradagi gaplar sanash usulida yozib ketilgan:

Ko‘zlarimga ko‘zingni

belab qo‘ysam, maylimi?
Yulduzlarni boshingdan
elab suysam, maylimi?
Tayinsizlikka yo‘yma
bir Majnunning maylini,
Kiprigim-la yurakday
qo‘ling kelar silagim,
Barmoqlaringga mahtal
anor mening yuragim.
Shaharlik daraxtlarga
She’rlarimni o‘qidim,
Yomg‘irlarga pichirlab
sirlarimni o‘qidim,
Sen yerga tusharmisan,
Yer chiqmay o‘z o‘qidan?
Tashrifingga tashnalab
qonar mening yuragim:
barmoqlaringga mahtal
anor mening yuragim.

4. Oksyumoron – bu stilistik figura bo‘lib, ma’nosi jihatdan bir-biriga zid yoki

qarama-qarshi tushunchalarning birikmasidan tashkil topadi. U til vositasi sifatida gap
yoki iborada kuchli estetik ta’sir yaratish, obrazni kuchaytirish yoki murakkab holatni
ifodalash uchun ishlatiladi.

Mening onam —
bir hovuch ko‘ngil,
Qirq yil qirg‘in yengolmagan zot,
oniy surur,
abadiy g‘ussa,
yoshsiz yig‘i,
tovushsiz faryod…


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_5-to’plam_May-2025

22

ISSN:3030-3613

Ushbu she’rda “oniy surur, abadiy g‘ussa”, “yoshsiz yig‘i”, “tovushsiz faryod”

kabi birikmalarni oksyumoronni yuzaga chiqargan.

1. “Oniy surur, abadiy g‘ussa” – vaqt va holatdagi ziddiyat
“Oniy surur” — vaqtincha, o‘tkinchi baxt lahzasi bo‘lsa, “abadiy g‘ussa” —

doimiy qayg‘u va dardni anglatadi. Ushbu oksymoron orqali shoir ona hayotining real
manzarasini — kam quvonch, ko‘p g‘am ifodasini beradi. Bu nafaqat estetik vosita,
balki ijtimoiy-falsafiy xulosa hamdir.

2. “Yoshsiz yig‘i” – ichki og‘riqning tashqi ko‘rinishsiz ifodasi
Odatda yig‘i ko‘z yoshi bilan kechadi, ammo bu yerda yig‘i – lekin yosh yo‘q.

Bu, ehtimol, ichga yutilgan faryod, ko‘rsatmaslikka intilgan, ammo yurakni
kuydirayotgan holatning timsolidir. Shuning uchun bu ibora ruhiy zo‘riqish, matonat
va ichki iztirobni birgalikda ifodalaydi.

3. “Tovushsiz faryod” – sukutdagi hayqiriq
“Faryod” odatda ovozli ifoda, “tovushsiz” esa shovqinsiz holatdir. Ushbu badiiy

ziddiyat orqali onadek odamlarning yuragidagi hayqiriq, ammo uni aytolmaslik,
dardini yutish holati ifodalangan. Bu holat ko‘pincha ona siymosiga xos bo‘lgan
fidokorlik, sabr, matonat timsolidir.

Xulosa

Shoir Rashid Xo‘jamov ijodi badiiy til vositalarining boyligi va ularni mohirlik

bilan qo‘llash jihatidan alohida e’tiborga loyiqdir. Uning she’riyatida ishlatilgan
stilistik figuralar, ifoda vositalari she’rning emotsional kuchini oshiradi, o‘quvchida
chuqur estetik taassurot uyg‘otadi. Ayniqsa, oksyumoronlar orqali shoir inson
ruhiyatining murakkab, ziddiyatli holatlarini nozik badiiy uslubda ifodalay olgan.
Shunday qilib, shoirning ijodini lingvistik jihatdan o‘rganish uning badiiy mahoratini
ochib berishda katta xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1.

Mamajonov A., Rozikova G. Sintaktik stilistikaning nazariy masalalari. Darslik –
Farg‘ona: FDU.,2024.

2.

Xo‘jamov R., Al’omon. She’rlar – Toshkent: “Adabiyot”, 2022.

3.

https://t.me/R_Xojamov







Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

Mamajonov A., Rozikova G. Sintaktik stilistikaning nazariy masalalari. Darslik –

Farg‘ona: FDU.,2024.

Xo‘jamov R., Al’omon. She’rlar – Toshkent: “Adabiyot”, 2022.