Mualliflar

  • Dadabayev Doniyor Axmadjonovich
  • Sharipov Asadbek Abdulhakim o’g’li

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.97369

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: jamiyat Vatan vatanparvarlik inson ijtimoiy-ma’naviy xayot milliy g‘urur qadriyat ong tafakkur.

Annotasiya

Annotatsiya.  Maqolada  harbiy-vatanparvarlik  va  ma’naviy-  axloqiy 
tarbiya masalalariga  e’tibor  qaratilgan.  Yosh  xodimlarning  vatanparvarligi, 
ma’naviyati,  ahloqi va  saviyasini  ko‘tarish,  unga  ijobiy  ta’sir  etuvchi  harbiy 
vatanparvarlik va ma’naviy-axloqiy tarbiyani yanada rivojlantirish va takomillashtirish 
bo‘yicha fikirlar bayon etilgan.  


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_6-to’plam_May-2025

201

ISSN:3030-3613

ONA VATAN, EL-YURTGA SADOQAT RUXIDA YASHASH

BARCHAMIZNING BURCHIMIZDIR.

Dadabayev Doniyor Axmadjonovich

O’zbekiston Respublikasi IIV Namangan akademik litsey

ChQBT o‘qituvchisi(istefodagi podpolkovnik)

Sharipov Asadbek Abdulhakim o’g’li

O’zbekiston Respublikasi IIV Namangan akademik

litsey bosh o‘qituvchisi

Annotatsiya.

Maqolada

harbiy-vatanparvarlik

va ma’naviy- axloqiy

tarbiya masalalariga e’tibor qaratilgan. Yosh xodimlarning vatanparvarligi,
ma’naviyati, ahloqi va saviyasini ko‘tarish, unga ijobiy ta’sir etuvchi harbiy
vatanparvarlik va ma’naviy-axloqiy tarbiyani yanada rivojlantirish va takomillashtirish
bo‘yicha fikirlar bayon etilgan.

Kalit so‘zlar:

jamiyat, Vatan, vatanparvarlik, inson, ijtimoiy-ma’naviy xayot,

milliy g‘urur, qadriyat, ong tafakkur.


Sir emas,yangi O’zbekiston dunyoga yangi qiyofa bilan tanildi. Xorijiy

mamlakatlar, xalqaro tashkilotlarning respublikmizga bo‘lgan munosabati, ta’bir joiz
bo‘lsa, bahosi o‘zgardi. Xalqaro reyting va indekslarda o‘rnimiz yuqoriladi. Qo‘shnilar
bilan do‘stona aloqalarimiz yangi bosqichga ko‘tarildi. Qardosh xalqlar bemalol, hech
bir qiyinchiliksiz chegaralardan o‘tib, mehmonga borib-kelmoqda.

Ma’lumki, bugun dunyo ayvonida vaziyat o‘ta murakkab. Barchamiz turli

qarama-qarshilik va ziddiyatlar, kerak bo‘lsa, to‘qnashuvlar guvohi bo‘lib turibmiz.
Mana shunday sharoitda O’zbekiston qanday yo‘l tutishi kerak, degan tabiiy savol
tug‘iladi.

Prezidentimiz Sh.M.Mirzayoyev aniq va lo‘nda qilib aytganidek, bosh

maqsadimiz — O’zbekistonning davlat mustaqilligi, uning sarhadi daxlsizligi va
hududiy yaxlitligini yanada mustahkamlashdan iborat bo‘ladi. Chunki har qanday
davlat uchun, har qaysi xalq uchun tinchlik va osoyishtalik eng aziz ne’mat
hisoblanadi.

Xo‘sh, ushbu ulkan maqsadga erishish uchun nima qilishimiz kerak?
Avvalo, Qurolli Kuchlarimizning qudrati, mudofaa qobiliyatimiz va harbiy

salohiyatimizni yanada oshirish maqsadida milliy armiyamizni 2030 yilga qadar eng
zamonaviy qurol-aslaha va harbiy texnika bilan ta’minlash vazifasi belgilandi.

Ikkinchidan, qo‘shinlar jangovar ruhi va salohiyatini yuksaltirish, yetuk harbiy

xizmatchilarni tayyorlash, shuningdek, harbiy xizmatchilarni ijtimoiy-huquqiy himoya
qilish bugun nihoyatda dolzarb.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_6-to’plam_May-2025

202

ISSN:3030-3613

Uchinchidan, harbiy-jangovar qudrat va yuksak ma’naviy salohiyatni

O’zbekiston Qurolli Kuchlarining ikki buyuk tayanchiga aylantirish vazifasi oldimizda
turibdi.

To‘rtinchidan, harbiy xizmatchilarni, maktab, texnikum va oliy o‘quv yurtlarida

ta’lim olayotgan farzandlarimizni, umuman, barcha yoshlarimizni tariximiz va
ma’rifatparvar ajdodlarimiz merosi asosida tarbiyalash uchun zarur sharoit
yaratishimiz kerak bo‘ladi.

Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan yosh avlodni Vatanga muhabbat va

sadoqat ruhida kamolga yetkazish hamda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat
g‘oyasi atrofida birlashtirish masalasiga ham to‘xtalib o‘tildiki, ushbu masala bugungi
tahlikali davrda qanchalik dolzarbligini tushunish qiyin emas.

Shulardan kelib chiqib aytish mumkinki, yurtimizda yoshlarga bo‘layotgan

e’tibor kelgusida yanada kuchayadi. Pirovardida ertamiz egalari bo‘lgan yoshlarimiz
o‘zlarini har jabhada to‘liq namoyon etadi. Bunga ishonchimiz komil.

Cho‘lda o‘rmalab yurgan jonivorlar ham tug‘ilshidanoq o‘z makonlarini

biladilar, havoda uchuvchi qushlar ham, dengiz va daryolardagi baliqlar ham o‘z
oshyonlarini his qiladilar, hatto bollari va shunga o‘xshashlar ham o‘z uyalarini
muhofaza qiladilar,— shuning kabi odamlar ham qayerda tug‘ilib parvarish topsalar,—
o‘sha joyga cheksiz mehr qo‘ygan bo‘ladilar.

Olimlarni vatan xaqida aytgan fikrlari:

V. G. BYeLINSKIY - vatanparvarlik tantanavor xitoblar va umumiy gaplardan

iborat emas, balki u vatanga qizgin muhabbat hissi bilan ortiqcha dabdabalarsiz o‘z
fikrini bildirish, faqat ezgulikda hayratlanmay, balki muqarrar har qayerda, har qanday
vatanda ham bo‘ladigan yovuzlikni jinidan battar yomon ko‘rish demakdir.

A. N. TOLSTOY - vatanparvarlik — yolgiz o‘z vataniga mehr qo‘yishdan

iboratgina emas. Bu juda katta his… Bu — vatan bilan o‘zini bir butun deb bilish,
uning yaxshi-yomon kunlarida asqatish demakdir.

M. Ye. SALTIKOV-ShChYeDRIN - vatan g‘oyasi hamma uchun bir xil

manfaatlidir. U halol kishilarda jasorat haqida fikr uyg‘otadi, nopok kishilarni esa, agar
vatan g‘oyasi bo‘lmaganda qilishlari aniq bo‘lgan ko‘pgina qabihliklardan saqlaydi.

N. G. ChYeRNIShYeVSKIY - vatanparvar — vatanga xizmat qilayotgan

kishidir, vatan esa bu avvalambor xalqdir.

Tabiiyki, kindik qoni to‘kilgan joy inson uchun hamma narsadan ham qimmatli

dargohdir. Rasuli Akram sollallohu alayhi vasallam Madinai munavvaraga hijrat qilib
ketayotganlarida tug‘ilib o‘sgan vatani Makkai mukarramaga yuzlanib turib: “Agar
qavmim meni chiqib ketishga majbur qilmaganida, hech ham o‘z ixtiyorim bilan uni
tashlab ketmagan bo‘lur edim”, deganlari siyrati nabaviya kitoblarida bayon etilgan.

Demak, Vatanni sevish, vatanparvar bo‘lish, undagi bor narsalarni ardoqlab,

sog‘inib yashash insoniyat tabiatida mavjud bo‘lgan nozik his-tuyg‘udir.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_6-to’plam_May-2025

203

ISSN:3030-3613

Buyuk alloma Alisher Navoiy hazratlarining quyidagi so‘zida ona-Vatanini

sevuvchi sadoqatli har bir kishining qalbida g‘ayrat va shijoat uyg‘otadi:


Vatan tarkini bir nafas aylama,
Ani ranji – g‘urbat, havas aylama.

Donolar aytadilar: “Kishining vafodorligi va sadoqati uning o‘z Vatani uchun

qayg‘urishidan, do‘stlarini sog‘inishidan va umrining zoye ketkazgan lahzalariga
achinib, o‘kinib yashashidan bilinadi”. Insonning o‘z xalqiga bo‘lgan sadoqati va
fidoiyligi ona Vatanni himoya qilishi, taraqqiy topib, har tomonlama mustahkam va
qudratli bo‘lishi hamda xalqining tinch va farovon hayot kechirishiga imkon darajada
hissa qo‘shishi bilan o‘lchanadi.

Vatan himoyasi barchamizning muqaddas burchimiz! Diniy-ma’naviy

qadriyatlarimiz qaytadan xalqimizga qaytarildi. Imon-e’tiqodimiz va ertangi kunga
bo‘lgan ishonchimiz mustahkamlandi. Shaharu qishloqlarimiz ko‘rkam va obod bo‘ldi.
Hayotimizga beqiyos ma’no va mazmun olib kirgan bu bebaho ilohiy ne’matlarning
qadriga yetish, ularga shukr qilish, uni asrab-avaylash barchamizning burch va
vazifamizdir.


Hikmatli so‘zlar:

Vatan hurmati ota – onang hurmatidan. Chunki sening ozuqang ota – onangdan.

Ikkisini ozuqasi – Vatandandir.

Qush – iniga, inson – Vataniga oshiqadi.
Senda onangni sut haqqi bo‘lganidek, yashab turgan yeringni Vatan haqqi bor.
Oqilning belgilari: do‘stlarga yaxshilik qiluvchi, Vataniga oshiquvchi, ahli

zamona bilan murosada yashovchi bo‘lishidir.

Vatanni sevish bilan diyorlar obod bo‘lur.
Insonlar Vatanlarini sevmaganlarida shaharlar xarob bo‘lur edi.
Bugungi notinch va murakkab zamonda yurtimizdagi tinchlik va barqarorlikni

saqlash, xalq farovonligini ta’minlash juda katta mehnat va mas’uliyatni talab qiladi.
Buning uchun har bir yurt farzandi o‘zini shu yurt taqdiriga daxldor ekanligini qalbdan
xis qilgan holda o‘zining jamiyatdagi vazifalarini to‘la ado qilmoqliklari lozim. Zero,
Vatanga xizmat shu yurt farzandiman degan har bir o‘g‘il-qiz uchun eng oliy saodatdir.

Yurt tinchligi — Vatan ozodligi istiqlol bilan chambarchas bog‘liq. Har bir

insonning o‘z ishini sidqidildan amalga oshirishi, loqaydlik, beparvolikning oldini
olishi, o‘z atrofida bo‘layotgan voqealarga teran nigoh bilan qarab, Vatan tinchligi
yo‘lida hushyor va ogoh bo‘lib yashashi, mustaqillik va tinchlik-osoyishtalikni
ta’minlashning muhim omili hisoblanadi.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_6-to’plam_May-2025

204

ISSN:3030-3613

1992 yil 14 yanvar kuni mustaqil davlatimiz tarixida muhim voqea yuz berdi.

Respublikamiz Qurolli Kuchlari tashkil topdi. 1993 yildan e’tiboran 14 yanvar
yurtimizda “Vatan himoyachilari kuni”, deb e’lon qilindi.


Ana ushbu shonli sananing 33 yilligini nishonlash arafasida turibmiz.
Ushbu qutlug‘ sana yuragida Vatan va xalq sevgisi mahkam joy olgan shijoatli

o‘g‘lonlar, yurt sarhadlarini sergaklik bilan qo‘riqlayotgan aka-ukalamiz qatori, yurt
tinchligi va osoyishtaligi yo‘lida turli sohalarda xizmat qilayotgan barcha
vatandoshlarimizni bayramidir.


Xaqiqatdan, Vatan ximoyachisi bo‘lish eng sharafli va oliy kasb ekanini yaxshi

bilgan yigitlarimiz xar tomonlama, ham jismoniy, ham ma’naviy jixatdan loyiq
bo‘lishni yaxshi anglaydilar, anashu sifat va xislatlarni egallashga doimo harakat
qiladilar. Bu vazifalari bilan ular nafaqat o‘z Vatanlarini balki, eng yaqinlari bo‘lmish
ota-onalari, qavmu-qarindoshlari, tug‘ilib o‘sgan maskanlarini himoya qilgan
bo‘ladilar.Alloh taolo jonajon yurtimiz sarxadlarini sergaklik bilan qo‘riqlayotgan
Vatan ximoyachilarini hifzu ximoyasida saqlab, diyorimiz osmonini doimo musaffo,
tinchligimizni esa barqaror va mustaqilligimizni abadiy qilsin!

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

O’zA sayti

, 09.05.2020 y., uza.uz/oz/politics/zbekiston-respublikasi-prezidenti-

shavkat-mirziyeevning-buyu-09-05-2020

.

2.

Vatanparvarlik – ulug‘ fazilat muslim.uz - Yanv 14, 2018

3.

Yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida kamolga yetkazish — dolzarb
vazifa 18.07.2023 yil 987

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar

O’zA sayti, 09.05.2020 y., uza.uz/oz/politics/zbekiston-respublikasi-prezidenti-

shavkat-mirziyeevning-buyu-09-05-2020.

Vatanparvarlik – ulug‘ fazilat muslim.uz - Yanv 14, 2018

Yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida kamolga yetkazish — dolzarb

vazifa 18.07.2023 yil 987

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари