T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_6-to’plam_May-2025
192
ISSN:3030-3613
JISMONIY TARBIYА MASНG’ULOTINI TASНKIL ETISНDA TA’LIM VA
TARBIАNING O’RNI HAMDA YАNGI INNOVASION
TЕXNOLOGIYАLARDAN FOYDALANISН
Siddiqov Botirjon Valixanovich
O’zbekiston Respublikasi IIV Namangan akademik
litsey bosh o‘qituvchisi
Sharipov Asadbek Abdulhakim o’g’li
O’zbekiston Respublikasi IIV Namangan akademik
litsey bosh o‘qituvchisi
Annotatsiya:
Maqolada bolalarda jismoniy qobiliyat, harakat malakalari va
ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradigan, bola shaxsini tarbiyalashda
kompleks yondashish masalalari hamda yangi innvatson texnologiyalardan
foydalanish tartibi yoritilgan.
Tayanch suz va tushunchalar:
Emotsional, innovatsiya, texnologiya, ta’lim
metodlari, usul, harakat malakasi, harakat ko‘nikmasi.
Bugungi kunda yurt kelajagi bo‘lgan yoshlarni vatanparvar, mamlakat
taraqqiyotiga dahldor, ijtimoiy mas’uliyatli qilib tarbiyalashda jismoniy tarbiya va
sport asosiy vosita bo‘lib xizmat qilmoqda. Shu jihatdan jismoniy tarbiya va sportni
rivojlantirish, bu sohadagi muammolarni falsafiy, huquqiy, sotsiologik yondashuvlar
orqali hal qilish, ularning tafakkur tarzini takomillashtirish asosiy vazifalarimizdan
biridir.
Mazkur muammolarni bartaraf etishda jismoniy tarbiya va sportga tarbiya
vositalaridan biri sifatida yondoshish muhim ahamiyat kasb etadi. Ayni shu omil,
milliy g‘urur, Vatan uchun faxrlanmoq, or-nomus, yurt sha’ni kabi tuyg‘ular
shakllanishining asosi sanaladi. Sport mashg‘ulotlari jarayonida g‘oyaviy tarbiyalash,
o‘qish, mashq qilish, musobaqalarda ishtirok etish axloqiy me’yorlarga rioya qilish
orqali amalga oshiriladi. O’quv-sport mashqlarida, sport musobaqalarida sportchilar
katta ruhiy va jismoniy zo‘riqishlarni boshidan kechiradilar. Bu zo‘riqishlar ularning
irodasini mustahkamlaydi, dadillik, o‘zini qo‘lga olish, qat’iylik, o‘z kuchiga ishonch,
chidamlilik va intizomga o‘rgatadi.
Ta’lim shaxsni har tomonlama (aqlan, axloqan, jismonan) shakllantirishga
qaratilgan yaxlit pedagogik jarayonning tarkibiy qismi hisoblanadi.
Ta’lim mazmunini jismoniy mashqlar, jumladan, dasturga muvofiq tanlangan
harakatli o‘yinlar tashkil etadi.
Bolalar bilan ishlashda ularning yosh xususiyatlarini xisobga olish juda zarur,
bolaning ongli harakat faoliyatida asqotadigan ayrim bilimlar, bolani harakatlarga
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_6-to’plam_May-2025
193
ISSN:3030-3613
o‘rgatuvchi faoliyati usullari, faoliyat va ularni amalga oshirishning malaka va
ko‘nikmalari haqidagi bilimlar birligi tashkil etadi.
Yangi narsani o‘zlashtirish boladan muayyan jismoniy va psixik kuchni,
qyinchiliklarni yengib o‘tishni talab etadi. Bolaning mashqlar jarayonida yangi harakat
vazifalarini tobora hal etib, borishi va shu bilan bog‘lik ravishda vujudga keladigan
katta imkoniyatlar harakatlar harakteri va sifatini o‘zgartiradi.
Qiyinchiliklarni yengish va yangi vazifalarni hal etish bolada ijobiy xissiy
kayfiyat xosil qiladi. Bu murakkab jarayon doimo tarbiyachi nazorati ostida bo‘lishi
kerak. Bir tomondan, bolaning yangi harakat vazifasini tushunib olishini ta’minlash
lozim, ikkinchi tomondan, bolada mustaqillik, qiziqish va g‘ayratni uyg‘otish zarur.
Ta’lim boladan diqqatni bir joyga to‘plashni, tasavvur, faol fikrlashni, xotirani
rivojlantirishni talab qiladi. Ta’lim jarayoni emotsional, harakat namunasi tarbiyachi
tomonidan ko‘rsatilsa va bolalar tomonidan bajarilsa obrazli, shuningdek, og‘zaki-
mantiqiy, mashqlar bolalarning o‘zlari tomonidan amalda bajarish bilan bog‘lik bo‘lsa
harakatli xotira rivojlanadi.
Ta’lim jarayonini tashkil etish bolalarni ular kuchi yetadigan mehnat
harakatlarida mashq qildirish imkonini beradi.
Jismoniy tarbiya tizimida x,ar tomonlama ta’lim va tarbiya berish tamoyillari
ishlab chikilgan.
Ta’limning maqsadi bolalarda kelajakda jismoniy tarbiyadan me’yoriy
ko‘rsatkichlar majmuasi talablarini muvaffaqiyatli o‘zlashtirish uchun jismoniy
tayyorgarlik hosil qilishdan iboratdir. Shu asosda bolalarda O’zbekistonning mashxur
sportchilari, ularning vatanparvarligi, ishchanligi, jasurligi, bardoshliligi, mahorati,
do‘st-birodarligi va o‘zaro yordam kabi xislatlariga hurmat hissi tarbiyalanadi.
Bolalarga jismoniy ta’lim va tarbiya berish jarayonida quyidagi didaktik-
ta’limiy tamoyillar qo‘llaniladi:
- tizimlilik va izchillik, onglilik, mustaqillik va ijodiy faollik, ta’limning
ko‘rgazmali og‘zaki va amaliy usullarini birga qo‘shib olib bo-rish;
-tushunarlilik va individuallashtirish, ta’limning frontal, gurux va yakka tarzdagi
shakllarining birligi, talablarni tobora oshirib borish;
Tizimlilik va izchillik tamoyili jismoniy tarbiya maqsadlarida foydalaniladigan
tadbirlarning (kun tartibi, chiniqish, harakat ko‘nikmalarining shakllanishi) tizimliligi,
butun tarbiya davri davomidagi jismoniy tarbiya jarayonining uzluksizligi,
muntazamligi, rejalashtirilganligidan, yuklama va dam olishning majburiy almashinib
turishi asosidagi jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarining aniq izchilligidan,
mashg‘ulotlarning ketma-ketligi, mazmunan o‘zaro aloqadorligidan iboratdir.
Har kuni muayyan bir vaqtda o‘z xarakteriga ko‘ra turli jismoniy mashqlar
(ertalabki gimnastika, jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari, sayr paytidagi harakat faoliyati
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_6-to’plam_May-2025
194
ISSN:3030-3613
va shu kabilar)ni tizim tarzida muntazam bajarish, chiniqtirish tadbirlari bolalarni
belgilangan sog‘lomlashtirish-tarbiyalash tartibiga o‘rgatadi.
Onglilik, faollik va mustaqillik tamoyillari bolaning o‘z faoliyatiga ongli va faol
munosabatda bo‘lishga tayanishini ko‘zda tutadi, u yoki bu maqsadni amalga oshirish
uchun nimani kanday bajarish kerakligini aniq tasavvur qilish lozim.
Yangi harakatlarni o‘rganishda ko‘rgazmalilik tamoyili harakatlarning
tarbiyachi tomonidan juda aniq qilib ko‘rsatilishi orqali amalga oshiriladi.
Ko‘rgazmalilik onglilik bilan chambar-chas bog‘likdir. Og‘zaki berilgan
topshiriq kishi tomonidan tushunib olinadi, harakatni qaytadan bajarish bilan amalda
sinaladi. Bunda sezgilar, ayniqsa, harakat sezgilari muxim rol o‘ynaydi
Tushunarlilik va bolalarga yakka yondashish tamoyili bolaning yosh
xususiyatlari imkoniyatlarini hisobga olishni hamda shu bilan bog‘lik ravishda uning
kuchiga yarashga topshiriklar belgilashni ko‘zda tutadi. Tushunarlilikning asosiy
shartlaridan biri izchillik va jismoniy mashqlarni tobora murakkablashtirib borish
xisoblanadi.
Ta’limning frontal, guruh va yakka tartibdagi usullarining birligi tamoyili. Bu
tamoyil ta’limning turli usullari qo‘llanilgandagi uyushqoqlikni ko‘zda tutadi: frontal
usul qo‘yilgan vazifani bir vaqtda, ongli va ahil ravishda bajarishni talab etadi, guruh
usuli mas’ul, mustaqil va o‘zaro yordamni rag‘batlantirishni talab etadi, yakka
yondashuv usuli tarbiyachining ba’zi bolalarga yordam berishi va ancha tayyorgarligi
bor boshqa bolalarga nisbatan talabchanlikni oshirishda ifodalanadigan raxbarligini
taqozo kiladi. Bu usullardan birgalikda foydalanish tarbiyaviy vazifalarni samarali
bajarishga xizmat qiladi.
Mashqlarni yangilash jarayonida harakat malaka va ko‘nikmalarining xajmi
kengayadi va boyiydi.
Harakat faoliyati shakllarini murakkablashtirish bilan birga bolaning kuchiga
yarasha beriladigan jismoniy yuklama asta-sekin oshirib boriladi. Bu jismoniy
fazilatlarning rivojlanish qonuniyatlari bolaning kuchi, chidamliligi, tezkorligi bilan
belgilanadi.
Zamonaviy o‘qitish texnologiyalari-majmuaviy interfaol tizimlar bo‘lib, ular
o‘zida ta’lim maqsadlari bilan belgilangan kasbiy ko‘nikma, malakalar va shaxs
xislatlarini o‘rganuvchilar tomonidan egallanishi hamda bilimlarni o‘zlashtirishga
yo‘naltirilgan operatsiya va harakatlarning tartiblashtirilgan to‘plamini aks ettiradi. Bu
o‘rinda ta’lim maqsadlarining belgilanishi, mazmunni tanlash va ishlab chiqishga
tatbiq etish, ta’lim jarayonlarini tashkil qilish, ta’lim metodi va vositalarini belgilash,
shuningdek, o‘qituvchilar malaka darajasi hamda erishilgan natijalarni baholash
metodiga asoslanishi lozim. Keltirilgan mezonlarning majmuaviy qo‘llanilishi o‘quv
jarayoni mohiyati va uning texnologiyasini belgilab beradi.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_6-to’plam_May-2025
195
ISSN:3030-3613
Innovatsiya (inglizcha Innovation) – yangilik kiritish, yangilik demakdir.
Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o‘qituvchi va o‘quvchi
faoliyatiga yangilik, o‘zgarishlar kiritish bo‘lib, uni amalga oshirishda asosan interfaol
usullardan to‘liq foydalaniladi. Interfaol usullar bu jamoa bo‘lib fikrlash deb yuritiladi,
ya’ni pedogik ta’sir etish usullari bo‘lib, ta’lim mazmunining tarkibiy qismi
hisoblanadi. Ya’ni pedagog va o‘qituvchi-o‘quvchilar bilan birgalikda faoliyat
ko‘rsatishi orqali amalga oshiriladi.
Bunday pedagogik hamkorlik jarayoni bir qator xususiyatlarga ega:
-o‘qituvchi-o‘quvchining dars davomida befarq bo‘lmaslikka, mustaqil fikrlash,
ijod etish va izlanishga majbur etish;
-o‘quv jarayonida bilimga bo‘lgan qiziqishlarini doimiy ravishda bo‘lishini
ta’minlaydi;
-o‘qituvchi-o‘quvchining bilimga bo‘lgan qiziqishini mustaqil ravishda har bir
masalaga ijodiy yondoshgan holda kuchaytirish;
-pedagog va o‘quvchining hamisha hamkorlikdagi faoliyatini tashkillashtirish;
Pedagogik texnologiya – bu faqat axborot texnologiyasi bilan bog‘liq hamda
o‘qitish jarayonida qo‘llanishi zarur bo‘lgan TSO, kompyuter, masofali o‘qitish yoki
texnikalardan foydalanish deb belgilanadi. Pedtexnologiyaning eng asosiy negizi bu
o‘qituvchi va o‘quvchi-o‘quvchi bilan belgilangan maqsaddan kafolatlangan natijaga
hamkorlikda erishishlari uchun tanlangan texnologiyalarga bog‘liq. Ya’ni o‘qitish
jarayonida maqsad bo‘yicha natijaga erishishda qo‘llaniladigan har bir ta’lim
texnologiyasi o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida hamkorlik faoliyatini tashkil eta olsa,
har ikkalasi ham ijobiy natijaga erisha olsa, o‘quv jarayonida mustaqil fikrlay olsa, ijod
qilsa, izlansa, tahlil qilsa, xulosa chiqarsa, o‘zlariga, guruhga, guruh esa ularga baho
bera olsa, o‘qituvchi ularning bunday faoliyatlari uchun imkoniyat va sharoit yaratsa,
shu o‘qitish jarayonining asosi hisoblanadi.
Har bir darsdagi mavzu va o‘quv predmetining o‘ziga xos texnologiyasi mavjud.
Ya’ni o‘quv jarayonidagi pedtexnologiya, bu yakka tartibdagi jarayon bo‘lib, u
o‘quvchi ehtiyojidan kelib chiqqan holda bir maqsadga yo‘naltirilgan,
loyihalashtirilgan va kafolatlangan natija berishga qaratilgan pedagogik jarayondir.
“Uzluksiz ta’lim tizimi uchun o‘quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish
konsepsiyasi” da milliy istiqlol g‘oyasiga sodiq, yetarli intellektual salohiyatga ega,
ilmfanning zamonaviy yutuqlari asosida mustaqil fikr va mushohada yurita oladigan
shaxslarni tarbiyalash hamda raqobatbardosh, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash
masalasi o‘quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish va mafkuraviy jihatdan
eskirgan, to‘liq an’anaviy (bosma) usulida nashr etilayotgan darsliklar ma’lum
qismining yangi ta’limiy ehtiyojlarni qondira olmayotganligi ko‘rsatilgan.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_6-to’plam_May-2025
196
ISSN:3030-3613
Ko‘rib o‘tilgan barcha tamoyillar o‘z mazmuniga ko‘ra o‘zaro bir-biri bilan
chambarchas bog‘liqdir. Ularning barchasi o‘zida yagona va faqat shartli ravishda
alohida holda qaraladigan bir jarayonning muayyan jihatlarini va qonuniyatlarini aks
ettiradi.
Izoxli lug‘at:
Emotsional -
Emotsiya jihatidan bo‘lgan, emotsiyaga oid, emotsiya-xis-tuyg‘u
ifodalovchi.
Innovatsiya -
Fuqarolik muomalasiga kiritilgan yoki shaxsiy extiyojlar uchun
foydalaniladigan, qo‘llanishi amaliyotda katta ijtimoiy-iqtisodiy samaraga erishishni
ta’minlaydigan yangi ishlanma.
Texnologiya-
Yunoncha “techne” so‘zidan olingan bo‘lib, mahorat, san’at
degan ma’noni, “logos”- so‘z, ta’limot ma’nosini anglatadi.
Ta’lim metodlari -
Motivatsiyali, tashkiliy, tarbiyaviy, ta’limiy, rivojlantiruvchi.
Usul –
Biror narsani yuzaga chiqarish, amalga oshirish yo‘li, harakat tarzi, hili,
tartibi, yo‘l.
Harakat ko‘nikmasi va malakasi –
Har xil mashqlarni harakat ko‘nikmasi va
harakat malakasi bo‘lgan taqdirda bajarish mumkin. Bu ko‘nikma va malakalar
harakatlarni bajarishning muayyan usullarini ifoda etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Nopmypodov A.N. Jicmoniy tapbiya. - T.: 1998.
2.
A.V.Keneman, D.V.Xyxlaeva “Maktabgacha tapbiya ëshidagi bolalapni jicmoniy
tapbiyalash nazapiyaci metodikaci”. - T.: «O’qituvchi», 1988.
3.
Jicmoniy
tapbiya
nazapiyaci
va
metodikaci.
(Ma’pyzalap
matni).
Tyzyvchilap: K.M.Mahkamjonov, X.B.Tylenova - T., 2002.
4.
X.Toshpo‘latov O’ZDJTSU “Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarida jismoniy
tayyorgarlik jarayoning ahamiyati”.
5.
Sh.Qurbanov, O’z.Res. IIV Akademiyasi – maqola “Jismoniy tarbiya fanlarini
o‘qitishda yangi innovatsion texnologiyalardan foydalanish”