Mualliflar

  • Hatamova Durdona Muytanboyevna
  • Sidarova Dilobar Otaqulovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.97390

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: Individ ijtimoiy obraz ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot shaxs irsiyat.

Annotasiya

ANNOTATSIYA 
Hozirgi  kunda  psixologiya  shaxsni  insonning  jamiyatdagi  hayotida 
shakllanadigan  ijtimoiy-psixologik  hosila  sifatida  tushuntiradi.  Odam  ijtimoiy 
mavjudot  sifatida  boshqa  odamlar  bilan  munosabatlarga  kirishganida  va  bu 
munosabatlar  uning  shaxsini  shakllantiruvchi  hal  qiluvchi  omilga  aylanganida,  u 
yangi sifatlarga ega bo‘ladi.  


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_7-to’plam_May-2025

51

ISSN:3030-3613

PSIXIK TARAQQIYOT JARAYONIDA SHAXS TUSHUNCHASI

SHAKLLANISHINING SHAKLLANISH BOSQICHLARI

Hatamova Durdona Muytanboyevna

Samarqand viloyati Qoʻshrabot tumani

35-maktab amaliyotchi psixologi

Sidarova Dilobar Otaqulovna

Samarqand viloyati Qoʻshrabot tumani

30-maktab amaliyotchi psixologi

ANNOTATSIYA

Hozirgi kunda psixologiya shaxsni insonning jamiyatdagi hayotida

shakllanadigan ijtimoiy-psixologik hosila sifatida tushuntiradi. Odam ijtimoiy
mavjudot sifatida boshqa odamlar bilan munosabatlarga kirishganida va bu
munosabatlar uning shaxsini shakllantiruvchi hal qiluvchi omilga aylanganida, u
yangi sifatlarga ega bo‘ladi.

Kalit so’zlar:

Individ, ijtimoiy obraz, ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot,shaxs,irsiyat.

KIRISH.

Individ - biologik turning umumiy irsiy xossalarini tashuvchi biologik organizm

(har bir odam individ bo‘lib tug‘iladi).Shaxs tushunchasi «yuz», «soxta qiyofa»
so‘zlaridan kelib chiqadi. Qadimgi rus tilida «soxta qiyofa» so‘zi «rol», ya’ni, odam
boshqalar bilan muloqotda bo‘lganida kiyib oladigan biror-bir ijtimoiy niqob ma’nosini
anglatuvchi «rol»ni bildirar edi. Lotincha ”persone “ so‘zi ham shu ma’noni
anglatadi(Per sonare – niqob ortidan so‘zlashish). Qadimgi yunon, keyinchalik esa
qadimgi rim teatrlarida aktyor sahnaga u yoki bu – yovuz, laganbardor, payg‘ambar,
qahramon xarakterlari chizilgan niqobda chiqardi. Niqobning bo‘yoqlari ijtimoiy
vazifani bajaruvchi, u yoki bu rolni ijro etayotgan insonning ahloqiy belgilariga ishorat
edi. Aniqlanishicha, ayollarda, erkaklardan farqli o‘laroq, yosh o‘tishi bilan nevroz
holatlari kamayadi. Ikki jins vakillarida samimiylik bir oz kamayadi.

Olimlarning fikriga ko‘ra, 20 – 30 yoshlilarda murakkab vazifalarni bajarishda

va tashkilotlar tuzishda ko‘mak beradigan vijdoniylikning kuchayishi kuzatiladi.
Murosaga kelishga moyillik, aksincha, ko‘pchilik holatlarda 30 yoshdan so‘ng yorqin
namoyon bo‘ladi. Shaxs asosini uning tuzilishi tashkil etadi, bu esa shaxsning yaxlit
hosila sifatida har taraflama nisbiy barqaror aloqa va o‘zaro ta’sirga ega bo‘lishidan
iborat. Psixologlar shaxs tuzilishida turli tarkibiy qismlarni ajratadilar. S.L.
Rubinshteyn temperament, xarakter layoqatlarda; bilimlar,

malakalar va

ko‘nikmalarda

yo‘nalganlikda namoyon bo‘ladigan individual-tipologik

xususiyatlarni ko‘rsatib o‘tadi. A.G.Kovalev yo‘nalganlik, xarakter, imkoniyatlar va


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_7-to’plam_May-2025

52

ISSN:3030-3613

mashqlar tizimini ajratadi. M.I.Enikeev temperament, yo‘nalganlik, layoqatlar va
xarakterni sanab o‘tadi. Mashhur psixolog K.K.Aflotunov yo‘nalganlik tarkibini,
ijtimoiy tajriba tarkibini, psixologik tarkibni va biologik asoslangan tarkibni ajratib
ko‘rsatadi. Shunday bo‘lsada, shaxs tuzilishida tarkibiy qismlarni ajratishdagi
tafovutlarga qaramay, mualliflar o‘z yondoshuvlarida etakchi tarkibiy qism sifatida
yo‘nalganlikni alohida ajratib ko‘rsatadilar. Bu tushuncha turlicha, masalan, «o‘sish
sur’ati tendensiyasi (S.L.Rubinshteyn), «ma’no kasb etuvchi motiv» (A.N.Leontev),
«dominantlik munosabati» (V.N.Myasiщev), «asosiy hayotiy yo‘nalganlik»
(B.G.Ananev), «inson mohiyatli kuchlarini dinamik tarzda tashkil etish»
(A.S.Prangishvili) sifatida talqin etiladi.Bizlar nima uchun odam harakatlari
faollashganining sababini aniqlashda ehtiyojlar mohiyatining tahlilini o‘tkazamiz,
lekin bu faollikning oqibatlarini bilish uchun uning yo‘nalganligi nima bilan
belgilanishini tahlil qilishimiz lozim. Yo‘nalganlik deb, shaxs faoliyatini
yo‘naltiruvchi va xususiy vaziyatlardan nisbatan mustaqil bo‘lgan barqaror motivlar
yig‘indisiga aytiladi. Masalan, o‘quvchi hulq-atvori yaxlitligicha ko‘rib chiqilganida,
uning psixologiyasi tahlilida barqaror motivlarni aniqlash zarur. Mana shu holatdagina
o‘smirning harakati tasodifiyligi yoki qonuniyatga asoslanganligiga baho berish, uning
takrorlanish imkoniyatlarini oldindan ko‘ra olish, shaxs sifatlarining ba’zilarini
bartaraf etish, boshqalarining rivojlanishini esa rag‘batlantirish mumkin. Motivlar u
yoki bu darajada anglangan yoki umuman anglanmagan bo‘lishi mumkin. SHaxs
yo‘nalganligida asosiy o‘rinni anglangan motivlar egallaydi.

Ushbu maqola O'zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli

islohotlar va asosiy vositalarni jadal yangilash zarurati sharoitida lizing xo'jalik
yurituvchi sub'ektlarning investitsiya faoliyatini moliyalashtirish shakli sifatida alohida
ahamiyatga ega.

Tadqiqotlarning birinchi davri qadimgi allomalarning ishlari bilan boshlangan

bo‘lib, XIX asrning boshlarigacha davom etdi. Falsafiy-adabiyot davrida shaxs
psixologiyasining asosiy muammolari insonning ahloqiy va ijtimoiy tabiati haqidagi
masalalardan iborat bo‘ldi. SHaxs haqidagi birinchi ta’riflar yetarli darajada kengroq
edi. Ular o‘z ichiga insonda mavjud narsalarni va shaxsan o‘ziniki bo‘lgan: uning
biologiyasi, psixologiyasi, mol-mulki, hulq-atvori, madaniyati va h.k.larni jamlagan
edi.

XIX

asrning birinchi o‘n yilliklarida shaxs psixologiyasi muammolari bilan

faylasuflar bilan bir qatorda shifokor-psixiatrlar ham shug‘ullana boshladi. Ular
birinchilar qatorida klinika sharoitlarida bemor shaxsi ustidan muntazam ravishda
kuzatuvlar olib bordilar, uning hulq-atvorini yaxshiroq tushunish maqsadida bemor
hayoti tarixini o‘rgandilar. Psixiatrlarning diqqat markazida bemor odamda, odatda,
aniqlanadigan shaxs xususiyatlari bo‘ldi. Keyinchalik ular tomonidan aniqlangan
o‘ziga xos xususiyatlar sog‘lom odamlarning deyarli barchasida mavjudligi, lekin


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_7-to’plam_May-2025

53

ISSN:3030-3613

ularda kuchsiz holatda, bemorlarda esa o‘ta kuchli tarzda ifodalanishi aniqlandi. Bu,
masalan, xavotirlik va rigidlik, qo‘zg‘aluvchanlik holatlariga tegishlidir.
Shaxsni aniqlash qirralari shifokor-psixiatrlar tomonidan shunday atamalar
bilan belgilangan ediki, ular yordamida ham normal, ham patologik, ham shaxsga ta’rif
berish mumkin edi. Shunga qaramasdan, ushbu yondashuv psixologiya nuqtai
nazaridan mukammal deb hisoblanmaydi. Bunday yondashuvlar normal shaxsni yaxlit
holda ta’riflash uchun juda qisqa va yetarli emas. Bunday aniqlash turiga turli
sharoitlarda aniq ifodalanuvchi, doimo ijobiy, «mutanosib» bo‘lgan shaxs xususiyatlari
kiritilmagan edi. Bularga misol qilib, layoqatlar, ahloqiy sifatlar va boshqa shaxs
xususiyatlarini keltirish mumkin.

Shaxs haqida ma’lumotlarga ega bo‘lish usuliga ko‘ra barcha nazariyalarni
eksperimental va noeksperimentallarga bo‘lish mumkin. Eksperimental shaxs
nazariyalariga tajriba o‘tkazish yo‘li bilan to‘plangan ma’lumotlarni tahlil qilish va
umumlashtirishga asoslangan nazariyalar, noeksperimentallarga esa – mualliflari
tajribaga murojaat qilmasdan turib, hayotiy taassurotlarga, kuzatishlar va tajribaga
tayangan holda nazariy bilimlarni umumlashtiradigan nazariyalar kiradi.
Navbatdagi nazariyalarni tasniflashga asos bo‘lib, xizmat qiladigan nuqtai nazar
mualliflarning shaxsni tuzilishga ega bo‘lgan yoki dinamik hosila sifatida tasvirlovchi
qarashdir. Tuzilishga ega bo‘lgan nazariyalar qatoriga tushunchalar tizimi yordamida
tasvirlanuvchi shaxs tuzilishini aniqlash asosiy muammo bo‘lib hisoblanadigan
nazariyalar kiritiladi. Dinamik nazariyalar deb, asosiy mavzusi shaxs taraqqiyotida
qayta tuzish, o‘zgartirish, ya’ni, uning dinamikasiga taalluqli bo‘lgan nazariyalarga
aytiladi. Shuningdek, yosh va pedagogik psixologiyada yuzaga kelgan bir qator shaxs
nazariyalari mavjud. Bunday nazariyalar shaxs taraqqiyotining inson tug‘ilganidan
boshlab maktabni bitirishigacha bo‘lgan, chegaralangan yosh davrini ko‘rib chiqishga
asoslangan. Bundan tashqari, mualliflari o‘z oldilariga shaxs taraqqiyotini insonning
butun umri davomida kuzatish vazifasini quygan nazariyalar ham mavjud.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda,shaxs nazariyalarini tasniflash uchun asos bo‘ladigan

yana bir holat, bu nazariyalardagi shaxsning ichki xossalari, qirralari va sifatlari yoki
uning tashqi ifodalanishi, masalan, hulq-atvori va harakatlariga qaratilgan e’tibordir.
Shu asosda qirralar nazariyalarini ajratish mumkin. Nazariyalar ushbu guruhining
holatlarga ko‘ra, barcha odamlar bir-biridan alohida, mustaqil qirralarning
rivojlanganligining to‘plami va darajasi bilan farqlanadi, shaxs haqidagi ma’lumotlarni
esa, test yoki shaxs qirralarini aniqlash va tasvirlashning boshqa usuli yordamida,
masalan, ma’lum insonni kuzatgan turli odamlarning hayotiy kuzatishlarini
umumlashtirish asosida olish mumkin. Shaxs qirralariga baho berishning ikkinchi usuli
barcha odamlarni tipologik guruhlarga birlashtirishdan iborat. Bunda bir xil tipologik


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_7-to’plam_May-2025

54

ISSN:3030-3613

guruhga tegishli bo‘lgan odamlar yaqin psixologik xususiyatlarga ega bo‘ladilar va ular
o‘zlarining xulq-atvori bilan bir-birlariga juda o‘xshash bo‘ladilar.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

Madumarov Talatbek Tolibjonovich, & Gulomjonov Odiljon Rahimjon o’g’li.

2.

(2021). PREREQUISITES FOR THE DEVELOPMENT OF A LEASING
MECHANISM IN PUBLIC - PRIVATE PARTNERSHIP. International
Engineering

3.

Journal For Research &

Development,

6(SP),

https://doi.org/10.17605/OSF.IO/7MXR3

4.

Abdullayev Akmal Nasriddinovich (2020). THE FEATURES OF APPEARING
FAMILY IN MODERN SOCIETY. European science review, (3-4), 69-72.

5.

G‘oziev E.G. Umumiy psixologiya. Toshkent. 2002.1-2 kitob.

6.

Югай A.Х., Мираширова Н.А. “Общая психология” – Tашкент 2014.

7.

Internet materiallari


Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

Madumarov Talatbek Tolibjonovich, & Gulomjonov Odiljon Rahimjon o’g’li.

(2021). PREREQUISITES FOR THE DEVELOPMENT OF A LEASING

MECHANISM IN PUBLIC - PRIVATE PARTNERSHIP. International

Engineering

Journal For Research & Development, 6(SP),

Abdullayev Akmal Nasriddinovich (2020). THE FEATURES OF APPEARING

FAMILY IN MODERN SOCIETY. European science review, (3-4), 69-72.

G‘oziev E.G. Umumiy psixologiya. Toshkent. 2002.1-2 kitob.

Югай A.Х., Мираширова Н.А. “Общая психология” – Tашкент 2014.

Internet materiallari