Mualliflar

  • Rasulov Muhriddin Komiljon oʻgʻli

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.97395

Kalit so‘zlar:

Kalit soʻzlar: ijtimoiy muhofaza psixologik yordam depressiya agressiya empatiya.

Annotasiya

 
Annotatsiya:  Psixolog  insonlar-ni  tinglaydi,  empatiya  orqali  munosabatda 
bo‘ladi.  Insonlarni  boricha  qabul  qiladi.  Xatolarini  ko‘rsatadi,  hayotini  yaxshi 
tomonga  o‘zgarishiga  yordam  beradi.  Maqsadlari  sari  ruhlantiradi.  “Inson” 
markazlari  psixologlari  insonlarga  stress  va  depressiya  holatlaridan  chiqishda 
ko‘maklashadi, salbiy his-tuyg‘ularni ijobiy holatga o‘zgartirishga yordam beradi. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_7-to’plam_May-2025

30

ISSN:3030-3613

IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ INSONLARGA – PSIXOLOGIK

XIZMATNING AHAMIYATI

Rasulov Muhriddin Komiljon oʻgʻli

"Inson "ijtimoiy xizmatlar markazi psixologi


Annotatsiya:

Psixolog insonlar-ni tinglaydi, empatiya orqali munosabatda

bo‘ladi. Insonlarni boricha qabul qiladi. Xatolarini ko‘rsatadi, hayotini yaxshi
tomonga o‘zgarishiga yordam beradi. Maqsadlari sari ruhlantiradi.

“Inson”

markazlari psixologlari insonlarga stress va depressiya holatlaridan chiqishda
ko‘maklashadi, salbiy his-tuyg‘ularni ijobiy holatga o‘zgartirishga yordam beradi.

Kalit

soʻzlar:

ijtimoiy

muhofaza

psixologik

yordam,

depressiya,agressiya,empatiya.

KIRISH

Bosh qomusimizda davlat aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalari

turmush sifatini oshirishga, jamiyat va davlat hayotida to‘laqonli ishtirok etishi uchun
ularga shart-sharoitlar yaratishga hamda asosiy hayotiy ehtiyojlarini mustaqil ravishda
ta’minlash

imkoniyatlarini

kengaytirishga

qaratilgan

choralarni

ko‘rishi

belgilangan.O‘tgan qisqa vaqt davomida ushbu Konstitusiyaviy normani hayotimizga
to‘laqonli tatbiq etishga qartilgan amaliy chora-tadbirlar boshlab yuborildi. Xususan,
Prezidentning 1 iyundagi “Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish hamda
uning samarali nazorat tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar
to‘g‘risida”gi farmoni bilan davlat tomonidan aholini manzilli himoya qilishning
asosiy yo‘nalishlari belgilab berildi.

Jumladan, kompleks yondashuv asosida professional ijtimoiy himoya tizimini

joriy qilish, ijtimoiy himoya tizimi samaradorligi va manzilliligini oshirish orqali
aholining ko‘makka muhtoj qatlami ijtimoiylashuvini ta’minlash hamda ijtimoiy
himoyani mahalla darajasigacha tashkil etish, og‘ir hayotiy ahvolga tushib qolgan
aholiga individual yondashuvga muvofiq ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatishni
yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qartiladi.

Aholiga individual yondashuv asosida ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatishda hech

shubhasiz aytish mumkinki, so‘nggi yillarda yaratilgan “ayollar”, “yoshlar”, “temir
daftar” kabi daftarlarning o‘rni beqiyos. O‘z navbatida, mahallalarda tashkil etilgan
hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari faoliyati esa, ijtimoiy himoyani mahalla
darajasida tashkil etish imkonini bermoqda.

Shu bilan birga, Farmonda aholini ijtimoiy sug‘urta mexanizmlari bilan qamrab

olishni kengaytirish, xavf guruhlariga tushib qolgan oilalarni aniqlash va kompleks
ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish orqali ular og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolishining oldini


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_7-to’plam_May-2025

31

ISSN:3030-3613

olish va nogironligi bo‘lgan shaxslarning hayot kechirishi uchun qulay muhit
yaratishga ham alohida e’tibor qartilgan.Ushbu markazlar har bir xonadon ahvolini
o‘rganib, oilalardagi haqiqiy holatni hamda ularning ijtimoiy xizmatlar va yordamga
bo‘lgan ehtiyojini aniqlash, oilalarning iqtisodiy-ijtimoiy holati va ehtiyojlarini
o‘rganish natijasida ijtimoiy pasportlarini shakllantirish ishlarini amalga oshiradi.

Shuningdek, ehtiyojmand aholi bilan, shu jumladan, keys-menejment usulini

qo‘llagan holda samarali ish tashkil qilish, ulardan ijtimoiy xizmatlar va yordam olish
bo‘yicha buyurtmalar qabul qilish, zaruratga qarab buyurtmalarni mas’ul vazirlik va
idoralarga yuborish, og‘ir ahvolga tushib qolgan va og‘ir ahvolga tushib qolish xavfi
yuqori bo‘lgan oilalarni muntazam ravishda monitoring qilib borish, ular uchun
ijtimoiy xizmat va yordamlarni tashkil etish ham markazning asosiy vazifalaridan biri
sanaladi.Aholining ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga ehtiyoji yuqori bo‘lgan qatlamini
manzilli aniqlash borasida yuqoridagi kabi tizimning joriy etilishi, fuqarolarimizga
zararuriy yordam va ko‘makni o‘z vaqtida qo‘rsatish orqali ortiqcha davlat byudjeti
sarflanishining oldi olinishiga hamda bu orqali ko‘proq aholiga manzilli yordam
ko‘rsatish imkoniyatini kengaytirishga xizmat qiladi.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarning jinoiy xatti-harakatlarga moyilligi

jamiyat rivojlanishining dolzarb masalalaridan biridir. Mazkur muammo insonning
psixologik holati, ijtimoiy muhit ta’siri, iqtisodiy va madaniy omillar bilan bog‘liq
bo‘lib, unga oid tadqiqotlar O‘zbekiston psixologlari tomonidan ham olib borilgan.
Shaxsning ijtimoiy jihatdan nochor holatda bo‘lishi uning ruhiy izlanishlariga, ichki
kechinmalariga ta’sir etib, natijada u turli noqonuniy yo‘llarga murojaat qilishi
mumkin. A. Abduqodirov (2018) ta’kidlaganidek, insonning ijtimoiy-huquqiy muhitga
moslashishi uning psixologik barqarorligi bilan bevosita bog‘liq. Agar shaxsda o‘zini
jamiyatga moslashtirishda qiyinchiliklar yuzaga kelsa, u o‘zining ehtiyojlarini
qondirish uchun jinoiy yo‘llarni tanlashi mumkin.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar qatoriga yetim bolalar, ishsizlar, kam

ta’minlangan oilalar vakillari, nogironlar va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga ehtiyojmand
boshqa toifalar kiradi. Psixologik tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, bunday shaxslar
ko‘pincha ruhiy bosim, stress, tushkunlik va befarqlik holatida bo‘ladilar. O‘zbekiston
psixologlari orasida bu muammoga alohida e’tibor qaratgan mutaxassislardan biri Sh.

Jo‘rayev (2020) bo‘lib, u ijtimoiy nochorlik va jinoiy harakatlar o‘rtasidagi

bog‘liqlikni tahlil qilib, bunday shaxslarning psixologik jihatdan yordamga
muhtojligini qayd etgan. Uning fikriga ko‘ra, bunday shaxslarning ongida jamiyat
tomonidan rad etilish hissi shakllanadi, bu esa ularni jinoiy harakatlarga yetaklaydi.

Ijtimoiy himoya tizimi har bir jamiyatda muhim o‘rin tutadi, chunki har bir

insonning hayotida muhtojlik, yordamga ehtiyoj bor. Keksalar, nogironlar,
kambag‘allar, yolg‘izlar va boshqa ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlar jamiyatning
zaif qatlamlarini tashkil etadi.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_7-to’plam_May-2025

32

ISSN:3030-3613

Ushbu guruhlar bilan ishlash, ularning huquqlarini himoya qilish va yashash

sharoitlarini yaxshilash – ijtimoiy ishning eng muhim vazifalaridan biridir. Ijtimoiy
ishchilar nafaqat moddaning, balki ma’naviyatning ham muhimligini inobatga olishlari
lozim. Islom dini, insoniyatning barcha ijtimoiy, ma’naviy va axloqiy ehtiyojlarini o‘z
ichiga olgan eng qadimiy dinlardan biri sifatida, jamiyatdagi zaif qatlamlarga yordam
berishni o‘zgacha ahamiyatga ega deb biladi.

Qur’on va hadislar, ijtimoiy yordam va saxovatni muhim fazilatlar sifatida

ko‘rsatib, musulmonlarga mehr-oqibatli va sabrli bo‘lishni targ‘ib qiladi. Shunday
qilib, ijtimoiy himoya va yordam sohasida diniy qadriyatlarning o‘rni katta, bu esa
ijtimoiy ishchilarning samarali faoliyatini yanada kuchaytiradi. XX asr bo`sag`asida
psixologiya fani va uning ilg`or vakillari o`zlarining navbatdagi jahonshumul ilmiy
maqsadlari – insonga , ayni paytda, jamiyatga Inson ijtimoiy xizmatlar markazida
psixologik xizmat ko`rsatish tizimining muqarrarligini nazariy-ilmiy jihatdan asoslab
berishga muvaffaq bo`ldilar. Umuman, Inson ijtimoiy xizmatlar markazida psixologik
xizmat kp`rsatish muammosi ma`lum ma`noda, ilmiy psixologiyaning yetakchi
yo`nalishlaridan biri sifatida ko`p bor munozaralar Manbai bo`lgan. Bu haqda dastlabki
psixologik tasavvurlar makoni bo`lmish Hindiston, Xitoy, Yegipet, Vavilon, O`rta
Osiyo, Gretsiyadan, shuningdek, jon (ruh) haqidagi kitobning muallifi Aristoteldan
hamda temperament (mijoz) ta`limotining asoschisi Galen, Gippokrat va ibn
Sinolardan tortib, to hozirga qadar psixologlar o`z fikr-mulohazalarini bildirib
kelmoqda.

Prezidentimiz o`zining O`zbekistonning bugungi istiqlol va istiqbol yo`lini

ifodalovchi boshqa qaror ma`ruzalari, asarlarida ham iqtisodiyot bilan ma`naviyat,
inson ruhiyatining barkamolligi, hayotning o`zaro ajralmas, bir-birini to`ldiradigan,
o`zaro ta`sir, aks ta`sir etadigan muhim omillari ekanligini, ayni paytda bugungi
iqtisodiy o`nglanish, iqtisodiy tiklanish,iqtisodiy rivojlanishni, ma`naviy o`nglanish,
ma`naviy poklanish, ma`naviy yuksalish harakatlari bilan tamomila uyg`un bo`lishini
ta`minlashning ijtimoiy zarurat ekanligi qayta-qayta ta`kidlaydi. Bu vazifalarning
bajarilishi esa har bir shaxs va uning faoliyatini bugungi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot
tamoyillari qo`ygan talablar asosida etilishiga ham bog`liq ekanligi shabhasizdir. Zero,
shaxs va uning faoliyatini har tomonlama rivojlantirish muammosiga psixologiyaning
amaliy-tatbiqiy yo`nalishlari asosida yondashish zarurligi haqida ko`pgina olimlar o`z
fikr-mulohazalarini bildirganlar hamda bildirib kelmoqdalar.

Inson ijtimoiy xizmatlar markazida psixologik xizmatda tadqiqot va ta`sir

o`tkazish obyekti maktabgacha yoshdagi bolalar, o`quvchilar, maxsus o`quv yurti va
oliy maktab, kollej talabalari, o`qituvchilar, ota-onalar va turli yoshdagi insonlar
bo`lib hisoblanadi. Ularni alohida yoki guruhiy shaklda tadqiq qilish mumkin. Inson
ijtimoiy xizmatlar markazida psixologik xizmatning maqsadi:

a)psixoprofilaktika,


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_7-to’plam_May-2025

33

ISSN:3030-3613

b)psixologik maorif va ma`rifat,
v)psixodiagnostika,
g)psixik rivojlantirish va psixokorreksiya,
d)psixologik konsultatsiya.
Inson ijtimoiy xizmatlar markazida psixologik xizmat metodlari turli tuman va

quyidagi yo’nalishlarda bo‘lishi mumkin:

a)

Turli yoshdagi aholiga ma’ruzalar turkumi, aholining psixologik

madaniyatini o‘stirish maqsadida trening mashg‘ulotlari o‘tkazish;

b)

ilmiy ommabop adabiyotlarni yaratish va ularni tarqatish;

v) ommaviy axborot vositalarida chiqishlar;
g) psixodiagnostik tadqiqotlar o‘tkazish, metodikalar ishlab chiqish (test savol

varaqasi, tajriba, kuzatish, suhbat va boshqa);

d)

psixologik maslahat berish;

e)

psixologik konsiliumlar o‘tkazish;

j) ta’lim va tarbiya beruvchi dasturlardan foydalanib psixodrama,

psixokorreksion treninglarni amalga oshirish;

z) psixologik tadqiqot obyektining psixologik xususiyatlarini hisobga olgan

holda o‘quv dasturi, o‘quv tarbiya rejalarini tahlil qilish va hokazolar. Hozirgi
bosqichda Inson ijtimoiy xizmatlar markazida psixologik xizmat faoliyatining
yo‘nalishi: dolzarb va kelajak yo‘nalishlari mavjud. Inson ijtimoiy xizmatlar
markazida psixologik xizmatda tadqiqot va ta`sir o`tkazish obyekti maktabgacha
yoshdagi bolalar, o`quvchilar, maxsus o`quv yurti va oliy maktab, kollej talabalari,
o`qituvchilar, otaonalar bo`lib hisoblanadi. Ularni alohida yoki guruhiy shaklda tadqiq
qilish mumkin.

Dolzarb yo‘nalish ijtimoiy qatlam o’rtasidagi tarbiyadagi qiyinchiliklar, ular

xulqatvoridagi, muloqotdagi va shaxsi shakllanishidagi buzilishlar bilan bog‘liq
muammolarni hal qilishga qaratilgan. Kelajak yo‘nalishi har bir shaxsning
individualligini rivojlantirishga, jamiyatda yaratuvchanlik hayotiga psixologik
tayyorlikni shakllantirishga qaratilgan. Psixolog jamoa faoliyatiga har bir shaxs shaxsi
garmonik rivojlanish imkoniyatlari haqida asosiy psixologik g‘oyani olib kiradi. Ikki
yo‘nalish ham bir-biri bilan bog`liq. Inson ijtimoiy xizmatlar markazida psixologik
xizmat jamiyatning zaruriy tarkibiy qismidir. Bu xizmatning zaruriyligi inson
ehtiyojlaridan kelib chiqadi. Har bir shaxsda hayotga ijodiy munosabat va individual
xususiyatlarning taraqqiyotini ta’minlaganligini Inson ijtimoiy xizmatlar markazida
psixologik xizmat to‘g‘ri tashkil etilgan deyish mumkin. Inson ijtimoiy xizmatlar
markazida psixologik xizmatni uch nuqtayi nazardan qarab chiqish mumkin: ilmiy
nuqtayi nazar, tashviqot nuqtayi nazar va amaliy nuqtayi nazar. Ilmiy nuqtayi nazar,
tashviqot nuqtayi nazar va amaliy nuqtayi nazarlarning birligi Inson ijtimoiy xizmatlar
markazida psixologik xizmat predmetini tashkil etadi. Ilmiy nuqtayi nazar - Inson


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_7-to’plam_May-2025

34

ISSN:3030-3613

ijtimoiy xizmatlar markazida psixologik xizmatning metodologik muammolarini
ishlab chiqishni nazarda tutadi. Bu yo‘nalish ijrochilarining asosiy funksiyasi Jamiyat
Inson ijtimoiy xizmatlar markazida psixologik xizmatida ishning psixodiagnostik,
psixokorreksion va rivojlantiruvchi metodlarini ishlab chiqish va nazariy asoslashga
bag‘ishlangan ilmiy tadqiqotlami o’tkazishdan iborat. Tashviqot nuqtayi nazari xalq
ta’limi xodimlarining psixologik bilimlardan foydalanishini nazarda tutadi. Bu
yo‘nalishda asosiy harakatlantiruvchi shaxslar bo‘lib pedagoglar, metodistlar va
didaktlar maydonga chiqadi. Amaliy nuqtayi nazarni Inson ijtimoiy xizmatlar markazi
psixologlari amalga oshiradilar. Ularning vazifasi aholini hayotga tayyorlash,
shaxslarning o‘qish faoliyatini osonlashtirish, о’quvchi shaxsini har tomonlama kamol
toptirish, shaxslarning qobiliyat va moyilliklarini aniqlash, rivojlantirish, shaxslar
bilan hunarga, kasbga oid suhbat, maslahat ishlarini olib borish, turli xildagi “tarbiyasi
qiyin” bolalar bilan ish olib borish kabi asosiy vazifani hal qilishdan iboratdir. Inson
ijtimoiy xizmatlar markazida psixologik xizmatning uchala vazifasi o’zaro
chambarchas bog‘liq, ularning birgalikda olib borilishi maqsadga muvofiq.
Mamlakatimizda ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan shaxslarga har tomonlama
yordam berib kelinmoqda. Ijtimoiy himoya sohasi yurtimizda shiddat bilan rivojlanib
borayotir.

Xususan, 2023-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy

himoya milliy agentligining tashkil etilishi bunga yaqqol misoldir. Mamlakatimizning
har bir tumanida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari faoliyat boshlagan. Bu
markazlarning ochilishidan maqsad – ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni har
tomonlama qo‘llabquvvatlash, ularning muammolarini bir joyda hal qilishdan
iboratdir. “Inson” markaziga tashrif buyurgan har bir fuqaroning muammosini
markazning o‘zida hal qilish imkoniyati mavjud. Markazning asosiy yo‘nalishlaridan
biri bo‘lgan – og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan yoki tushib qolish xavfi bo‘lgan
insonlarga Inson ijtimoiy xizmatlar markazida psixologik xizmat tashkil etib, ularning
muammolarini, tushkun holatdan chiqarish uchun kognitiv terapiyalar qo‘llaniladi.
Afsuski, vatandoshlarimizda “psixolog” va “psixologik yordam” to‘g‘risida noto‘g‘ri
tushunchalar mavjuddir. “Psixolog – ruhiy holatida buzilishi bo‘lgan fuqarolar bilan
shug‘ullanadi”, degan xalqimizda xato fikr qolib ketgan. Aslida, Inson ijtimoiy
xizmatlar markazida psixologik xizmatga aqlan sog‘lom kishilar, hayot sinovlari
natijasida tushkunlik va stressga tushib qolgan insonlar ruhiy ko‘mak, dalda olishga
muhtoj bo‘lganliklari uchun murojaat qilishadi.

Har kim hayotida turli xil sinovlar, ko‘ngilsiz voqealar natijasida tushkunlikka

tushib qolib, hayotini izdan chiqarib yuborish holatlari uchrab turadi. Bunday holatda
o‘zlaridagi

xatolarni,

kamchiliklarni

qabul

qila

olmaydi.

Oilalardagi

kelishmovchiliklar, moddiy yetishmovchiliklar, bir-birlarini tushmasliklar, qo‘rquv,
yaqin insonni yo‘qotishlar, hattoki kuchli hayajon ham inson ruhiyatida o‘zgarish-lar


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_7-to’plam_May-2025

35

ISSN:3030-3613

sodir bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Bunday hollarda insonlar yaqin kishilariga aytib,
xato qilib qo‘yishlari ham bo‘lib turadi. Muammolarini bir tomondan hal qilib,
o‘zidagi holatni o‘zgartira olmaydilar. Bunday hollarda psixolog ko‘magi zarur
bo‘ladi. “Inson”’ ijtimoiy xizmatlar markazida psixolog faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Tumanlarda tashkil etilgan psixologlar 12 toifadagi shaxslarga, ya’ni o‘zgalar
parvarishiga muhtojlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan
xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlari, kam ta’minlangan oilalar, yetim
bolalar, otaonalik huquqidan mahrum etilmasdan, farzandlarini olib ketgan ota-onalar,
voyaga yetmagan onalar va otalar, ota-onasi xorijiy davlatga ketgan, muayyan yashash
joyiga ega bo‘lmagan shaxslar, ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar, ozodlikdan
mahrum etish jazosini o‘tab bo‘lgan fuqarolar, texnogen, tabiiy va ekologik tusdagi
favquloddagi vaziyatlardan jabrlangan shaxslarga xizmat ko‘rsatadi.

Psixolog qabuliga kelgan fuqarolarning ma’lumotlari ulardagi psixologik holati,

muammolari sir saqlanadi. Fuqarolar bilan individual, oila bilan ham shug‘ullaniladi.
Hozirgacha markazimizda fuqarolarga Inson ijtimoiy xizmatlar markazida psixologik
xizmat ko‘rsatilmoqda. Ularning hayotidagi muammolarini, yoshlikda qolib ketgan
travmalari, oilaviy masalalari yuasidan psixologik konsultatsiyalar olib borildi.

Psixolog insonlar-ni tinglaydi, empatiya orqali munosabatda bo‘ladi. Insonlarni

boricha qabul qiladi. Xatolarini ko‘rsatadi, hayotini yaxshi tomonga o‘zgarishiga
yordam beradi. Maqsadlari sari ruhlantiradi.

“Inson” markazlari psixologlari

insonlarga stress va depressiya holatlaridan chiqishda ko‘maklashadi, salbiy his-
tuyg‘ularni ijobiy holatga o‘zgartirishga yordam beradi. Shuningdek, ichki resurslarini
aniqlab, o‘ziga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash, shaxsiy rivojlanishni qo‘llab-
quvvatlash va iroda ko‘nikmalarini shakllantirishda yordam beradi. Bugungi kunda
psixologlar tomonidan Respublika bo’ylab bir qancha ijtimoiy himoyaga muhtoj
aholiga xizmat ko’rsatilmoqda.

XULOSA

Samarali yondashuvlar shaxsga yo‘naltirilgan, professional va jamoaviy

yordamni o‘z ichiga oladi. Bunday yondashuv, nafaqat yordam berish, balki
muhtojlarning hayot sifatini yaxshilashga yordam beradi, ularni jamiyatga qaytarish va
ijtimoiy tizimda o‘z o‘rinlarini topishga yordam beradi. Shu bilan birga, ijtimoiy
ishchilarning muhtojlarga nisbatan yordam ko‘rsatishdagi yondashuvlari va metodlari
jamiyatdagi tinchlik, barqarorlik va hamjihatlikni ta’minlashga xizmat qiladi. Shuning
uchun, ijtimoiy himoya tizimining samaradorligini oshirish va yordam sohasida yuqori
natijalarga erishish uchun innovatsion yondashuvlar va jamiyatni yaxshilashga
qaratilgan tizimli choralar zarur.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

Sh.R.Barotov Ta`limda Inson ijtimoiy xizmatlar markazida psixologik xizmat. –
Buxoro: BuxDU-2007Abduqodirov A.

Shaxsning ijtimoiy moslashuvi va


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_7-to’plam_May-2025

36

ISSN:3030-3613

huquqbuzarlikka moyilligi

.– Toshkent: O‘zbekiston Milliy Universiteti nashriyoti,

2018.

2.

Jo‘rayev Sh.

Jinoyatchilik psixologiyasi va shaxsning huquqbuzarlikka moyillik

omillari

. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2020.

3.

Rahimov B.

Oilaviy tarbiyaning shaxs shakllanishiga ta’siri: ijtimoiypsixologik

yondashuv

. – Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2017.

4.

Internet materiallari

Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

Sh.R.Barotov Ta`limda Inson ijtimoiy xizmatlar markazida psixologik xizmat. –

Buxoro: BuxDU-2007Abduqodirov A. Shaxsning ijtimoiy moslashuvi va huquqbuzarlikka moyilligi.– Toshkent: O‘zbekiston Milliy Universiteti nashriyoti,

Jo‘rayev Sh. Jinoyatchilik psixologiyasi va shaxsning huquqbuzarlikka moyillik

omillari. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2020.

Rahimov B. Oilaviy tarbiyaning shaxs shakllanishiga ta’siri: ijtimoiypsixologik

yondashuv. – Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2017.

Internet materiallari