Mualliflar

  • Inoyatova Gavhar
  • S.Shukurov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.97407

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: qoraxoniylar qarluqlar chig’illar Yettisuv Sayram Somoniylar Hasan Bug’raxon Nasr Eloqxon.

Annotasiya

Annotatsiya.  Ushbu  maqola  O’rta  Osiyo  hududida  o’z  faoliyatini  o’tagan 
Qoraxoniylarning shakllanish tarixi, uning boshqaruv jarayoni, davlatni boshqargan 
hukmdorlar haqida ma’lumotlar berib o’tadi. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_1-to’plam_Iyun-2025

391

ISSN:3030-3613

QORAXONIYLAR DAVLATIDA SUD-HUQUQ TIZIMI

Shahrisabz davlat pedagogika instituti

ijtimoiy fanlar fakulteti tarix yo’nalishi

1-kurs 2.24-guruh talabasi

Inoyatova Gavhar

gavhar05@gmail.com

Ilmiy raxbar

S.Shukurov

Annotatsiya.

Ushbu maqola O’rta Osiyo hududida o’z faoliyatini o’tagan

Qoraxoniylarning shakllanish tarixi, uning boshqaruv jarayoni, davlatni boshqargan
hukmdorlar haqida ma’lumotlar berib o’tadi.

Kalit so’zlar:

qoraxoniylar, qarluqlar, chig’illar, Yettisuv, Sayram, Somoniylar,

Hasan Bug’raxon, Nasr Eloqxon.

Abstract.

This article provides information about the history of the formation of

the Karakhanids, their management process, and the rulers who ruled the country.

Key words:

Karakhanis, Qarluqs, Chigils, Yettisuv, Sayram, Samonis, Hasan

Bugrakhan, Nasr Elaqkhan.

Абстрактный.

В данной статье представлена информация об истории

формирования Караханидов, процессе их управления и правителях,
управлявших страной.

Ключевые слова:

Караханис, Карлуки, Чигилс, Йеттисув, Сайрам,

Самонис, Хасан Буграхан, Наср Элакхан.


Kirish.

Mamlakatimiz davlatchiligi tarixida o‘ziga xos o’ringa ega

Qoraxoniylar davlati tarixshunosligi u qadar boy emas. Tarixchi olimlar qoraxoniylar
davlati tarixi hali to’liq o’rganilmaganligini ta'kidlashgan. Yusuf Xos Hojibning
«Qutadg’u bilig», Mahmud Koshg'ariyning «Devonu lug‘atit turk», Mahmud
O'shiyning «Fatovoyi qozixon», Abu Said Gardiziyning «Zayn ul-axbor», Ibn al-
Asirning «Al- komil fit-tarix» asarlarida qoraxoniylar tarixi xususida tegishli
maTumotlar mayjud. Mahmud Koshg'ariyning «Devon-u lug‘atit turk» asari turkiy
qavmlar tarixi xususida qimmatli ma’lumotlar beradi.

Muhokama va natijalar.

X asrning ikkinchi yarmiga kelib ichki ziddiyatlaming

kuchayishi va keskinlashuvi natijasida Somoniylar davlati kuchsizlana boshlaydi.
Somoniylarga tobe bo’lgan viloyatlar, ayniqsa, Xurosonda ular hokimiyatiga qarshi
ko'tarilgan isyonlar, toj-u taxt uchun uzluksiz olib borilgan kurashlar Somoniylar
davlati inqirozini yaqinlashtirgan edi. Bunday vaziyatdan Yettisuv va Koshg'arda
yashovchi turkiy qabilalar unumli foydalanishdi. Chunki, X asrning ikkinchi yarmiga


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_1-to’plam_Iyun-2025

392

ISSN:3030-3613

kelib bu hududlardagi turkiy qabilalar qarluqlar, chig’illar, yag‘molar va boshqalar
o'zlarining kuchli davlatlarini tuzishga muvaffaq bo‘lgan edilar.

Qoraxoniylar chig’illar yoki qarluqlar qavmiga mansubligi haqidagi nuqtayi-

nazar o‘rta asrlar davri tarixining ko‘pchilik tadqiqotchilari tomonidan e'tirof etiladi.
840-yili qarluqlar sardori isfijob hokimi Bilgakul Qodirxon o'zini xoqon deb atab, oliy
hukmronlikka da'vo bilan chiqqan edi. Lekin o‘sha yildayoq Somoniylar Isfijobni zabt
etishdi. Turkiy qabilalar, ayniqsa 893-yili Ismoil Somoniy Tarozni egallaganidan so'ng
g‘arbiy Koshg‘ar yerlari tomonga chekinishga majbur bo’lishgan edi. Sotuq Bug’roxon
Somoniylar tomonidan qo’llab-quvvatlangan holda turkiy qabilalar orasida o‘z ta'sir
doirasini kengaytirib bordi[1].

“Qoraxon” so‘zi turlicha ma'noda talqin qilinadi. Xususan, “qora” so'zi “kuchli”,

“xalq”, “xon” so‘zi “hukmdor”, “rahbar” ma'nolarida kelishini ko'pchilik olimlar
e’tirof etishadi. Qoraxoniylardan birinchi bo’lib islomni qabul qilgan va musulmoncha
Abdulkarim degan nom olgan hukmdor Xorun Bug’raxon hisoblanadi. Ayrim yozma
manbalarda u Bug'raxon at-Turkiy deb nomlanadi. Misol uchun, Ibn al-Asir o'zining
“Kitob al-komil fit- tarix” asarida ma’lumot berishicha, Koshg'ar, Bolasog’udan to
Chin (Xitoy) chegarasigacha bo’lgan yerlar Bug’raxon at-Turkiy hukmronligi ostida
bo’lgan. Qoraxoniylar hukmronligi davri o‘zaro hokimiyat uchun kurashlar doimiy
asnoda bo‘lib turganligi bilan izohlanadi. Mazkur kurashlar asosan Ali Arslonxon va
Xorun Bug‘roxon avlodlari o‘rtasida bo’gan. Shu bois Alilar xonadoni va Xoruniylar
xonadoni degan atama shu davrga nisbatan ishlatiladi[2]. Qoraxoniylar sulolasi o‘z
hukmronligi davrida o‘z mulklarining sarhadlarini bir necha marta o‘zgartirganlar.
Misol uchun, Movarounnaxrni egallaguniga qadar ularning mulklari Tyanshan va
uning atroflarini egallagan bo‘lsa, XI asr boshlariga kelib esa, hokonlik chegaralari
Amudaryogacha yetgan. Oradan ko‘p o‘tmay ular Sharkiy Turkistonda Qashg‘arni va
Xo‘jandni qo‘lga kiritdilar. Bunday holat xoqonlikning ijtimoiy-iqtisodiy tuzumiga
ham katta ta'sir ko‘rsatdi. Har bir viloyat ma'lum siyosiy mavqega ega bo‘lgan holda
xondan kichikroq unvonga ega elekxonlar tomonidan boshkariladigan bo‘ldi[3].

Qoraxoniylar Somoniylarga nisbatan davlat tuzilishi va boshqaruvining

boshqacharoq shaklini joriy etishga harakat kildilar. Ularda hokimiyat Somoniylarda
bo‘lgani kabi to‘g‘ridan to‘g‘ri otadan o‘g‘ilga emas, balki akadan ukaga, keyin
sulolaning navbatdagi avlodiga o‘tgan. Ayrim olimlarning fikricha, Qoraxoniylarning
butun urug‘i hokimiyatning jamoaviy sohibi bo‘lib, sulolaning har bir a'zosi o‘zining
kelib chiqishiga ko‘ra, umumsulola mulkining bir qismiga da'vo qila olardi. Bu
mulkning asosiy qismi sulolaning uch ulug‘ a'zosi ulug‘ xoqon, kichik xokon va
elekxonga tegishli hisoblanardi. Ularning har kanday avlodiga o‘z hissasi ajratib berilar
edi.

Qoraxoniylar davrida oddiy xalq budun, soliq to‘lovchi fuqaro raiyyat, qabila

boshliklari bek, savdogarlar sart deb atalgan[4].


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_1-to’plam_Iyun-2025

393

ISSN:3030-3613

Somoniylar davrida juda katta kuchga ega bo‘lgan dehqonlar, yirik yer egalari

Qoraxoniylar darvida o‘z ta'sirini asta-sekin yo‘kota bordilar. Qoraxoniylar bu yirik
yer egalarining mulklarini, yerlarini zo‘rlik bilan tortib olib o‘zlariga xizmat kiluvchi
amaldorlarga, lashkarboshilariga bo‘lib berdilar. Shartli ravishda foydalanishga
berilgan bu yerlar tarixiy manbalarda “iqta” deb, yer egalari esa “iqtador” deb atalgan.
Asta-sekin bu yerlar avloddan avlodga meros sifatida o‘tadigan bo‘ldi. Iqta bilan bir
paytda yerga egalik qilishning boshka turlari ham mavjud edi[5].

Bu davrda Movarounnahrda dindorlarga va diniy idoralarga tegishli vakf yerlari

ham ancha kengaydi, bu esa ijtimoiy-iqtisodiy hayotda musulmon dindorlarining o‘rni
katta bo‘lganligidan dalolat beradi.

Bu davrda yerga egalik qilishning xususiy shakli oz miqdorda bo‘lsa-da saklanib

qolindi. Bu yerda shuni unutmaslik kerak-ki, Movarounnahrga Qoraxoniylar bilan
birga juda ko‘p ko‘chmanchi turkiy qabilalar kirib keldi. Ushbu kabilalar Qoraxoniy
hukmdorlarga ko‘rsatgan xizmatlariga qarab katta-katta yerlarga, serunum yaylovlarga
egalik qildilar. Ba'zi hollarda sug‘oriladigan dexkonchilik yerlari ham
ko‘chmanchilarga yaylov tariqasida bo‘lib berilgan[6].

Xulosa.

Qoraxoniylar davlati davrida sud-huquq tizimi davlat boshqaruvining

muhim tarmoqlaridan biri bo’lib, unda shariat qonunlari asosiy o’rin egallagan. Sud
isglari asosan qozilar tomonidan olib borilgan bo’lib, ular diniy huquq - islom shariati
asosida hukm chiqarganlar. Shuningdek, ba’zi hollarda odat huquqi va sulton
farmonlari ham sud jarayonlariga ta’sir ko’rsatgan. Mazkur tizim orqali jamiyatda
adolat, ijtimoiy tartib va huquqiy madaniyatning shakllanishi va rivojlanoshida muhim
o’rin tutganini ko’rsatadi. Qoraxoniylar davlati sud-huquq tizimi O‘rta asrlar Markaziy
Osiyo davlat boshqaruvi va huquqiy tamoyillarining muhim bosqichlaridan biri
hisoblanadi. Qoraxoniylar davlati IX-XII asrlarda mavjud bo‘lib, u turkiy davlat
tuzilmalarining rivojlanishida muhim rol o‘ynagan. Ularning sud-huquq tizimi Islom
huquqi (shariat), mahalliy turkiy an’analar va davlat boshqaruviga xos siyosiy
tamoyillar asosida shakllangan. Sud ishlari asosan

qozilar

tomonidan olib borilgan, va

shariat asosida ish yuritilgan. Shuningdek, davlatda

amaldorlar, beklar va xonlar

tomonidan qabul qilingan qarorlar ham huquqiy tizimning muhim qismi bo‘lib xizmat
qilgan. Qoraxoniylar hukmronligi davrida

vakillar va boshqaruvchilar

ma’lum

hududlarga tayinlanib, ular orqali adolat ta’minlangan. Bu davrda huquqiy tizim xalq
orasidagi nizolarni hal qilish, soliqlarni tartibga solish hamda jamoat tartibini saqlash
vazifalarini bajargan. Islom huquqi asosida

yer mulkdorligi, meros huquqi va tijorat

masalalariga oid qonunlar

ishlab chiqilgan. Umuman olganda, Qoraxoniylar davlati

huquqiy tizimi an’anaviy turkiy boshqaruv uslubi va Islom huquqini uyg‘unlashtirgan
holda ishlagan. Bu tizim keyingi davrlardagi Markaziy Osiyo davlatlarining sud-huquq
tizimiga katta ta’sir ko‘rsatgan.

Foydalanilgan adabiyotlar:


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_1-to’plam_Iyun-2025

394

ISSN:3030-3613

1.

B.Eshov “O’zbek davlatchiligi va boshqaruvi tarixi”. Toshkent-2012.

2.

A.S.Sagdullayev “O’zbekiston tarixi” I kitob. Toshkent-2021.

3.

Ziyodulla Muqimov “O’zbekiston davlati va huquqi tarixi”. Toshkent-2003.

4.

E.V.Rtveladze “O’zbekistonning tarixiy o’tmishi”. Toshkent-2009.

5.

A.S.Sagdullayev “O’zbekiston tarixi”. Toshkent-2019.

6.

Bo’riboy Ahmedov “O’zbekiston tarixi manbalari”. Toshkent-2001.

7.

Sh.R.Pidayev “O’zbekistonda arxeologik tadqiqotlar”. Toshkent-2006.

8.

T.Sh.Shirinov “O’zbekistonda arxeologik tashkilotlar”. Toshkent-2001

Bibliografik manbalar

B.Eshov “O’zbek davlatchiligi va boshqaruvi tarixi”. Toshkent-2012.

A.S.Sagdullayev “O’zbekiston tarixi” I kitob. Toshkent-2021.

Ziyodulla Muqimov “O’zbekiston davlati va huquqi tarixi”. Toshkent-2003.

E.V.Rtveladze “O’zbekistonning tarixiy o’tmishi”. Toshkent-2009.

A.S.Sagdullayev “O’zbekiston tarixi”. Toshkent-2019.

Bo’riboy Ahmedov “O’zbekiston tarixi manbalari”. Toshkent-2001.

Sh.R.Pidayev “O’zbekistonda arxeologik tadqiqotlar”. Toshkent-2006.

T.Sh.Shirinov “O’zbekistonda arxeologik tashkilotlar”. Toshkent-2001