Jild 63 № 1.2 (2025)
Maqolalar
OLIY TA’LIM MUASSASALARINING BOSHQARUV TIZIMI VA IQTISODIY MEXANIZMLARINING JORIY HOLATI
Annotatsiya: Oliy ta’lim muassasalarining boshqaruv tizimining samaradorligi.
Oliy ta’lim muassasalarining boshqaruv tizimining samaradorligi — bu oliy ta’lim
muassasasining o’zgarishlarga qanday moslashgani, ta’lim sifatini qanday
oshirganligi, boshqaruv jarayonlarining samaradorligi va resurslarni qanday
taqsimlagani bilan bog'liq muhim bir masala.Maqolada oliy ta’lim muassasalarining
boshqaruv tizimi va iqtisodiy mexanizmlarining joriy holati yoritildi.
O‘ZBEKISTONDA IJTIMOIY INSTITUTLARNING O‘RNI
O‘zbekistondagi turli ijtimoiy institutlarning paydo bo‘lishi, shakllanishi va
rivojlanish jarayonlarini tahlil qilish. Ijtimoiy institutlar jamiyatda muayyan qoidalar,
qonunlar va me’yorlar asosida insonlar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi
tizim sifatida tasvirlanadi.
ISLOM DINIDA PEDAGOGIKANI O‘QITISH VA TA’LIM VA TARBIYA OLISHDA DINNING O‘RNI.
Annotatsiya: Ushbu maqolamizda biz islom ta’limotida ilm olish
masalalarining ifodalanishi, tasavvufiy olimlar fikri,va hozirgi zamon uchun ham din
qanchalik o‘ringa egaligi hamda ta’lim-tarbiyada diniy masalalar mavzusi yoritilgan.
“DIQQAT VA XOTIRANI RIVOJLANTIRISHGA YO’NALTIRILGAN DARS STRATEGIYALARI” – O’QUVCHILARNI E’TIBORINI JAMLASH VA UZOQ MUDDATLI XOTIRANI SHAKLLANTIRISH
ANNOTATSIYA
Ushbu metodik tavsiya o‘quvchilarning diqqatini jamlash va uzoq muddatli
xotirani shakllantirishga yo‘naltirilgan dars strategiyalarini ishlab chiqishga
bag‘ishlangan. Dars jarayonida e’tiborni boshqarish, eslab qolish samaradorligini
oshirish va bilimlarni uzoq vaqt saqlash uchun psixologik asoslar, innovatsion
metodlar hamda amaliy mashqlar keltirilgan. Tavsiyada vizual va interfaol
yondashuvlar, assotsiativ usullar, hikoyalashtirish texnikasi hamda refleksiya
elementlari orqali o‘quv jarayonini yanada samarali tashkil etish yo‘llari ko‘rib
chiqiladi. Ushbu metodik tavsiya boshlang‘ich va yuqori sinf o‘qituvchilari,
metodistlar hamda ta’lim sohasidagi tadqiqotchilar uchun mo‘ljallangan.
BOSHLANG’ICH SINFLARDA MATEMATIKA TO’GARAKLARINING TASHKIL ETISHNING AHAMIYATI
Ushbu metodik tavsiya 7-10 yoshdagi o‘quvchilar uchun matematika fanidan
to‘garak mashg‘ulotlarini tashkil etish bo‘yicha tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.
Qo‘llanmada to‘garakning maqsad va vazifalari, uni samarali tashkil etish bosqichlari,
o‘quvchilarning yosh psixologik xususiyatlariga mos yondashuvlar hamda fanlararo
integratsiya usullari bayon etilgan. Shuningdek, to‘garak mashg‘ulotlarini ona tili,
o‘qish savodxonligi, tabiiy fan va IT bilan bog‘lash bo‘yicha innovatsion pedagogik
metodlar tavsiya etilgan. Interaktiv mashg‘ulotlar, o‘yinli ta’lim, STEAM yondashuvi
va zamonaviy texnologiyalar yordamida o‘quvchilarning matematik tafakkurini
rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilgan.
B.F.SKINNER – XULQ-ATVOR NAZARIYASI HAQIDA MA’LUMOT VA UNI BOSHLANG’ICH SINFLARDA QO’LLASH TEXNIKASI
Ushbu metodik tavsiyada B. F. Skinnerning xulq-atvor nazariyasi va uning
boshlang‘ich sinflarda o‘qish savodxonligini oshirishga ta’siri ko‘rib chiqiladi.
Skinnerning operant shartlanish konsepsiyasi o‘quvchilarning xatti-harakatlarini
rag‘batlantirish va boshqarish orqali ta’lim jarayonini samarali tashkil etishga imkon
beradi. Metodik tavsiyada quyidagi asosiy tamoyillar yoritilgan:
Ijobiy rag‘batlantirish – maqtov, mukofot va motivatsiya orqali o‘quvchilarning
o‘qishga bo‘lgan ishtiyoqini oshirish. Salbiy rag‘batlantirish – noqulay holatlarni
bartaraf etish orqali o‘quvchilarni maqsadga yo‘naltirish. Jazo va differensial
mustahkamlash – noto‘g‘ri xatti-harakatlarni kamaytirish va to‘g‘ri yondashuvlarni
rivojlantirish.
BOSHLANG’ICH SINFLARDA O’QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA ERIKSON – BOLALARNI RAGBATLANTIRISH VA O’QISHGA QIZIQTIRISH METODIKASINI QO’LLASH
ANNOTATSIYA
Ushbu metodik tavsiya boshlang‘ich sinflarda o‘qish savodxonligi darslarida
Erik Eriksonning psixososial rivojlanish nazariyasiga asoslangan holda
o‘quvchilarning o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirish va ularni rag‘batlantirish
usullarini o‘z ichiga oladi. Tavsiyanomada Erikson metodikasining asosiy tamoyillari,
bolalarning psixologik ehtiyojlariga mos yondashuv usullari hamda dars jarayonida
qo‘llash mumkin bo‘lgan amaliy mashg‘ulotlar bayon etilgan.
Ushbu qo‘llanma o‘qituvchilarga o‘quvchilarning o‘qish jarayonidagi ijtimoiy-
emotsional rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash, ularni mustaqil o‘qishga rag‘batlantirish
hamda ijobiy o‘quv muhitini shakllantirish bo‘yicha yo‘l-yo‘riq beradi. Metodik
tavsiya boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari, pedagogik mutaxassislar hamda bolalarning
o‘qish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qiziquvchilar uchun mo‘ljallangan.
BOSHLANG’ICH SINFLARDA SO’Z YASOVCHI QO’SHIMCHALAR MAVZUSINI O’RGATISHDA INTERAKTIV O’YINLARDAN FOYDALANISH
ANNOTATSIYA
Ushbu metodik tavsiyada boshlang‘ich sinflarda so‘z yasovchi qo‘shimchalar
mavzusini o‘rgatishda interaktiv o‘yinlardan foydalanish usullari ko‘rib chiqiladi.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, o‘yin metodlari orqali ta’lim olish o‘quvchilarning
faolligini oshiradi, qiziqishini kuchaytiradi va mustahkam bilim hosil qilishga yordam
beradi.Tavsiyada quyidagilar yoritiladi:
So‘z yasovchi qo‘shimchalar haqida nazariy tushuncha;
O‘quvchilarning lingvistik kompetensiyasini rivojlantirish uchun o‘yin metodlaridan
foydalanish;
“So‘z tuzamiz”, “Kim ko‘p yasaydi?”, “So‘z zanjiri”, kabi samarali interaktiv
o‘yinlar;
Dars jarayonida ijtimoiy hamkorlik va muhit yaratish uchun guruhli va juftlikda
bajariladigan topshiriqlar;
O‘yinli ta’lim metodlarining bolalarning nutqini rivojlantirishdagi o‘rni va
amaliy natijalari.
BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA KREATIV FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISH: O‘QITISH METODIKASI VA PEDAGOGIK YONDASHUVLAR
Annotatsiya: Mazkur maqolada boshlang‘ich ta’lim tizimida kreativ fikrlashni
rivojlantirishning o‘qitish jarayonidagi o‘rni, uning pedagogik ahamiyati va zamonaviy
metodik yondashuvlar orqali amalga oshirish yo‘llari yoritiladi. Bugungi kunda
ta’limning asosiy maqsadi – o‘quvchida mustaqil fikrlash, yangilik yaratish,
muammoni noan’anaviy hal qilishga qodir shaxsni shakllantirishdir. Shu boisdan
boshlang‘ich bosqichdanoq bolalarda kreativ fikrlashni yo‘lga qo‘yish va uni izchil
rivojlantirish zarur. Maqolada ilg‘or pedagoglar tomonidan qo‘llanilayotgan metodlar,
ta’lim texnologiyalari, o‘quvchilarning erkin fikrlashi va ijodiy qobiliyatini
rivojlantirishga xizmat qiluvchi amaliy yondashuvlar tahlil qilinadi.
“BOLALARNI HIKOYA YARATISHGA O’RGATISH: REJADAN IJODIY YOZUVGACHA” – YOZMA NUTQ VA BADIIY TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISH METODIKASI
ANNOTATSIYA
Mazkur metodik tavsiya o‘quvchilarning yozma nutqini va badiiy tafakkurini
rivojlantirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, bolalarni hikoya yaratishga o‘rgatishning nazariy
va amaliy asoslarini qamrab oladi. Tavsiyanoma Piaye, Vıgotskiy va Erikson kabi
mutaxassislarning qarashlariga tayangan holda, ijodiy yozuvni shakllantirish
jarayonini bosqichma-bosqich ochib beradi. O‘quvchilarni yozishga tayyorlash
usullari, hikoya tarkibini ishlab chiqish bosqichlari, shuningdek, maktabda ijodiy
muhit yaratish strategiyalari batafsil yoritilgan. Ushbu metodik tavsiya boshlang‘ich
sinf o‘qituvchilari, metodistlar va bolalar bilan ishlovchi pedagoglar uchun amaliy
qo‘llanma sifatida xizmat qiladi.
MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFATILI TA’LIMINI TASHKIL ETISH VA BOSHQARISHNING ZAMONAVIY USULLARI
Annotatsiya. Maqolada ta’lim sifatini boshqarish,ta’lim tizimini sifatli tashkil
qilish, zamonaviy sifatli ta’lim tizimini yaratish, ta’lim samaradorligini oshirsh
toʻgʻrisida maʼlumotlar keltirilgan.
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA TA’LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISH ISTIQBOLLARI
Annotatsiya. Bu maqolada maktabgacha ta’lim tizimida olib borilayotgan
o‘zgarishlar, islohotlar va innovatsion yondashuvlar va ta'lin samaradotligini oshirish
haqida aytib o‘tilgan. Bundan tashqari ta’limda pedadog tarbiyachi, muallimlarning
o‘rni samarali ta’lim tizimi tajribasi haqidagi ma’lumotlar keltirilgan.
BOSHLANG‘ICH TA’LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA ILG‘OR TAJRIBALARDAN FOYDALANISH
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada maktablarda boshlang‘ich ta’limning samaradorligini
oshirishda innovatsion yondashuv, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan
samarali foydalanish usullari haqida so’z yuritiladi. Shuningdek, maqola koʻp yillik
tajriba natijasida ustozlar tomonidan orttirilgan amaliyot orqali taʼlimni eng ilgʻor-
effektiv yoʻllarini koʻrsatib oʻtadi va tahlill qiladi.
ИСКУССТВЕННЫЙ ИНТЕЛЛЕКТ В МЕДИЦИНЕ: РЕВОЛЮЦИЯ В ДИАГНОСТИКЕ И ЛЕЧЕНИИ
Аннотация. Статья "Искусственный интеллект в медицине: революция в
диагностике и лечении" представляет собой всесторонний анализ текущего
состояния и перспектив применения искусственного интеллекта (ИИ) в
медицинской практике. Основной акцент сделан на прорывных достижениях в
области диагностики заболеваний, где ИИ демонстрирует значительные
преимущества перед традиционными методами. Исследование включает
глубокое погружение в принципы работы алгоритмов машинного обучения,
используемых для анализа медицинских данных, таких как изображения,
генетические последовательности и клинические данные пациентов.
АГРАР СИЁСАТНИ АМАЛГА ОШИРИШ ВОСИТАЛАРИ ВА МЕХАНИЗМЛАРИ
Аннотация. Маколада Ўзбекистон республикаси аграр сиесатининг
максади, вазифаси ҳамда механизм ва воситалари еритиб берилган. Маколада
қишлоқ хўжалигини ривожлантиришдаги мавжуд муаммолар ва хўжалик
субъектларини молиявий қўллаб-қувватлаш бўйича тавсиялар берилган.
KOMPYUTER VIRUSLARI. ANTIVIRUSLAR TURLARI VA ANTIVIRUSLARNI TO‘G‘RI TANLASH
ANNOTATSIYA Ushbu maqolada zamonaviy axborot tizimlariga tahdid
solayotgan kompyuter viruslari haqida umumiy tushuncha, ularning tasnifi va asosiy
xususiyatlari tahlil etilgan. Viruslarning foydalanuvchi ma’lumotlariga va kompyuter
tizimlariga yetkazadigan xavfi, tarqalish usullari hamda ularga qarshi samarali
kurashish vositalari haqida fikr yuritiladi. Shuningdek, antivirus dasturlarining turlari,
ularning ishlash prinsipi va foydalanuvchi ehtiyojlariga qarab to‘g‘ri tanlash mezonlari
yoritilgan. Maqola so‘ngida axborot xavfsizligini ta’minlashda antivirus vositalarining
roli va foydalanuvchining ongli harakatlari muhim omil sifatida ta’kidlangan. Ushbu
material informatika fani o‘qituvchilari, o‘quvchilar hamda axborot xavfsizligi bilan
shug‘ullanuvchi mutaxassislar uchun foydali bo‘lishi mumkin.
ALISHER NAVOIY LIRIKASI
Ushbu maqola davlat va jamoat arbobi,mutafakkir Alisher Navoiyning lirikasi
haqida fikr yuritiladi.Lirika atamasiga ta’rif beriladi, Alisher Navoiyning g‘azallari
keltiriladi va izohlanib o‘tiladi.
INKLYUZIV TAʼLIM OLUVCHI BOLALAR BILAN SOGLʻOM BOLALARNING OʻZARO MUNOSABATLARINI SHAKLLANTIRISH METODIKASI
Anotatsiya: Ushbu ilmiy maqolada inklyuziv taʼlim oluvchi bolalar bilan
sogʻlom bolalarning o‘zaro munosabatlarini shakllantirish metodikasi chuqur tahlil
etilgan. Tadqiqot psixologik, pedagogik hamda ijtimoiy nuqtai nazardan olib borilib,
ilmiy asoslangan metodlar orqali sogʻlom va maxsus ehtiyojli bolalarning
hamkorlikdagi rivojlanishiga xizmat qiluvchi yondashuvlar tavsiya etiladi. Maqolada
mahalliy hamda xalqaro tajriba, ilmiy nazariyalar va amaliy kuzatuvlar asosida xulosa
chiqariladi.
O‘ZBEK TILINING LUG‘AT TARKIBI
АNNOTАTSIYА: Ushbu maqolada o‘zbek tilining lug‘at tarkibi, uning asosiy
qatlamlari va shakllanish jarayoni yoritilgan. Ming yillar davomida o‘zgarishga
uchragan tilimizga turli davrlarda kirib kelgan so‘zlar, va aksincha bugungi
muomaladan chiqib ketgan tarixiy so‘zlar o‘rin olgan. Maqolada asli o‘zbekcha,
o‘zlashma, shevaga oid so‘zlar haqida ma’lumot berilgan. Shuningdek, yangi yasama
so‘zlar va ularning tuzilish xususiyatlari ham tahlil qilingan.
COMPARATIVE DESCRIPTION OF THE MORPHOLOGICAL INDICATORS OF THE GESTINAL GLAND IN LIVER INJURY UNDER EXPERIMENTAL CONDITIONS
Annotation: Infertility is a disease that affects millions of men of reproductive
age worldwide today, and its negative impact on families and society makes this
pathology an urgent global medical and social problem. Male infertility can be caused
directly or indirectly by many diseases and factors. Liver damage negatively affects
the morphofunctional parameters of the testicles.
COMPARATIVE CHARACTERISTICS OF MORPHOLOGICAL INDICES OF THE STOMACH IN EXPERIMENTAL LIVER DAMAGE
Annotation: Numerous fundamental studies devoted to the problem of the
complex influence of exogenous and endogenous effects on the human body have
proven their depressive effect on the body's regulatory systems. At the same time, the
study of morphological indices of gastric tissue, sensitive to homeostasis disturbances
in experimental conditions with liver damage, remains relevant for researchers.
МЕТОДИКА ПРЕПОДАВАНИЯ РУССКОГО ЯЗЫКА
Аннотация: Данная статья посвящена вопросам методики преподавания
русского языка как родного и как иностранного. Рассматриваются современные
подходы, методические средства и инновационные технологии, применяемые в
образовательном процессе. Особое внимание уделено коммуникативному и
личностно-ориентированному подходам, использованию цифровых ресурсов и
формированию речевых компетенций учащихся. Статья акцентирует важность
адаптации методик к возрастным и психологическим особенностям
обучающихся, а также к условиям билингвальной и поликультурной среды.
QORAXONIYLAR DAVLATIDA SUD-HUQUQ TIZIMI
Annotatsiya. Ushbu maqola O’rta Osiyo hududida o’z faoliyatini o’tagan
Qoraxoniylarning shakllanish tarixi, uning boshqaruv jarayoni, davlatni boshqargan
hukmdorlar haqida ma’lumotlar berib o’tadi.
HOZIRGI O‘ZBEK ADABIY TILIDA SIRG‘ALUVCHI UNDOSH FONEMALANING FONOLOGIK TAVSIFI
Annotatsiya: Ushbu maqolada hozirgi o‘zbek adabiy tilidagi sirg'aluvchi
undosh fonemalarning fonologik xususiyatlari, artikulyatsion va akustik belgilar
asosida o‘rganilgan. Ularning fonemik tizimdagi o‘rni, boshqa fonemalar bilan
qarama-qarshiliklari, pozitsion holatlardagi almashinuvi va morfonologik funksiyalari
tahlil qilingan. Shuningdek, dialektal tafovutlar va fonostilistik holatlar ham yoritilgan.
Maqola o‘zbek tilining zamonaviy fonologik tizimini chuqurroq tushunishga xizmat
qiladi.
HOZIRGI O’ZBEK ADABIY TILIDA UNDOSHLAR TAVSIFI: FIZIK- AKUSTIK, ANATOMIK-FIZIOLOGIK VA FUNKSIONAL- FONOLOGIK ASPEKTLAR.
Annotatsiya: Mazkur maqolada hozirgi o‘zbek adabiy tilidagi undosh
tovushlarning har tomonlama tavsifi — fizik-akustik, anatomik-fiziologik va
funksional-fonologik aspektlarda yoritilgan. Undoshlarning tovush fiziologiyasi, ular
qanday tarzda hosil bo‘lishi, tovush to‘lqinlarining akustik xususiyatlari hamda
fonologik tizimdagi o‘rni zamonaviy tilshunoslik yutuqlari asosida tahlil qilingan.
Shuningdek, maqolada undoshlarning nutqdagi ahamiyati, fonetik muvozanatdagi roli,
fonemal holati va oppozitsiya (qarama-qarshilik) munosabatlari asosida ilmiy izohlar
berilgan.
HOZIRGI O‘ZBEK ADABIY TILIDA TOVUSH VA HARFLAR TUSHUNCHASI
Annotatsiya: Mazkur maqolada hozirgi o‘zbek adabiy tilida tovush va harflar
tushunchasi fonetik hamda grafik nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Tovushlarning
tabiati, fonemik funksiyasi va yozuvdagi ifodasi — harflar bilan bog‘liqligi izohlanadi.
Shuningdek, ularning adabiy til me’yorlari va til madaniyatidagi ahamiyati yoritiladi.
HOZIRGI O`ZBEK ADABIY TILIDA UNLILAR TASNIFI.
Annotatsiya:Ushbu maqolada vokalizmlar haqida ma`lumot beriladi.Unli
tovushlar tizimi va ularning fonetik-fonologik xususiyatlari tahlil qilinadi.Unli
fonemalarning artikulyatsion va akustik xususiyatlari tahlil qilinadi.O`zbek tilida 6ta
unli fonema mavjudligi, ularning keng-torligi,tilning goriznotal va vertikal holati,
lablanish kabi belgilar asosida tasniflanishi ko`rsatiladi.