THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
173
KONKORDANS – LINGVISTIK TAHLIL VOSITASI SIFATIDA
Nuritdinov Abrorbek Sayfiddin o‘g‘li
University of Business and Science
Til va adabiyot ta’limi kafedrasi o‘qituvchisi
E-mail: nuritdinovabrorbek@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15581089
Annotatsiya.
Maqolada lingvistik korpus texnologiyalari va tadqiqot
usullaridan biri bo‘lgan konkordanser, ya’ni konkordansning ahamiyati,
yaratilish tarixi, turlari haqida gap boradi. Konkordanser jadid davri adabiy
muhitiga doir matnlarni tahlil qilishda so‘zlarning matndagi o‘rni, qurshovi,
birikuvi, fonetik, leksik, morfologik shakllari statistik jihatdan tahlil qilishda
qo‘llash bilan bog‘liq fikrlar yuritilgan.
Kalit so‘zlar:
lingvistik korpus, korpus lingvistikasi, konkordanser,
konkordans, chastotali konkordans, so‘zshakl statistikasi, semantik tahlil,
avtomatik tahrir, ma’lumotlar bazasi, til birliklari, korpus texnologiyasi.
Annotation.
The article discusses the significance, history of creation, types
of concordance, as one of the linguistic corpus technologies and research
methods. The concordance is related to the use of words in the statistical
analysis of texts in the analysis of the literary environment of the Jadid period,
their place, structure, combination, phonetic, lexical and morphological forms.
Keywords:
linguistic corpus, corpus linguistics, concordance, concordance,
frequency concordance, wordform statistics, semantic analysis, automatic
editing, database, language units, corpus technology.
Аннотация.
В статье рассматриваются значение, история создания,
виды конкорданса, как одна из технологий лингвистического корпуса и
методов исследования. Конкорданс связан с употреблением слов при
статистическом анализе текстов при анализе литературной среды
джадидского периода, их места, структуры, сочетания, фонетических,
лексических и морфологических форм.
Ключевые слова:
лингвистический корпус, корпусная лингвистика,
конкорданс, конкорданс, частотное согласие, статистика словоформ,
семантический анализ, автоматическое редактирование, база данных,
языковые единицы, корпусная технология.
Zamonaviy lingvistik tadqiqotlarda kompyuter texnologiyalari bilan
integratsiyalashgan korpuslar tahlil vositasi sifatida alohida o‘rin egallamoqda.
Ayniqsa, tarixiy manbalar va adabiy merosni chuqur o‘rganishda lingvistik
korpuslar keng imkoniyatlar yaratmoqda. Xususan, jadid davri adabiy muhitida
yaratilgan manbalarning tili va uslubini o‘rganish, uni zamonaviy ilmiy
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
174
standartlar asosida tasniflash, tahlil qilish va tavsiflash uchun korpus
texnologiyalaridan foydalanish nihoyatda muhimdir. Shu asosda, lingvistik
tadqiqotlarda real til materiallari asosida tahlil olib borish, statistik xulosalar
chiqarish, semantik va sintaktik tizimlarni aniqlash uchun korpus lingvistikasi
yetakchi yondashuvlardan biriga aylandi [Abduraxmonova N., 2020:52]. Korpus
lingvistikasi – bu katta hajmdagi matnlar bazasini kompyuter texnologiyalari
asosida tahlil qilish orqali tilning strukturaviy va funksional xususiyatlarini
o‘rganishga asoslangan soha hisoblanadi. Ushbu yondashuvda tilshunoslar
uchun eng samarali vositalardan biri bu konkordans hisoblanadi.
Konkordans – bu matnda muayyan bir so‘z yoki iboraning barcha
matnlardagi joylashgan o‘rinlarini sistematik tarzda ko‘rsatadigan ro‘yxatdir. Bu
ro‘yxatlar odatda KWIC (Key Word In Context) formatida taqdim etiladi, ya’ni
markaziy so‘z atrofidagi matn qismlari bilan birga ko‘rsatiladi [Xolmonova Z.,
2019:97]. Ushbu vosita til birliklarining qo‘llanish doirasi, ularning stilistik,
semantik, pragmatik xususiyatlarini aniqlashda katta yordam beradi.
Konkordanslar dastlab diniy matnlar, xususan, Injil asosida tuzilgan. Ilk
konkordanslar XIII–XVI asrlarda qo‘lda yozilib, muayyan so‘zlarning Injilda
nechanchi sahifada va qanday kontekstda ishlatilganini ko‘rsatardi [Кутузов А.,
2008:114]. Ushbu ishlar ilm-fan rivojida muhim o‘rin tutgan. XIX asrga kelib
konkordanslar she’riyat, falsafa, tarixiy matnlar asosida ham tuzila boshlandi.
XX asrda kompyuter texnologiyalarining jadal rivojlanishi bilan
konkordanslar avtomatlashtirildi. 1960-yillarda Brown Corpus, LOB Corpus,
London Lund Corpus kabi loyihalar orqali dastlabki avtomatik konkordanslar
yaratilgan [Захаров В., 2011:136]. Keyinchalik British National Corpus (BNC),
COBUILD, Bank of English kabi yirik korpuslar bu yo‘nalishni yangi bosqichga
olib chiqdi.
Yevropada CLARIN, Amerika universitetlarida COCA, BNC kabi yirik
korpuslar orqali minglab konkordanslar tuzilgan [Abduraxmonova N., 2018:84].
Ular til o‘zgarishini diaxron nuqtai nazardan ham tahlil qilishga xizmat qiladi. AI
asosida semantik konkordanslar yaratilmoqda — bunda so‘zning sinonimik yoki
konnotativ variantlari ham kontekstda aniqlanadi.
O‘zbek tilshunosligida bunday loyihalar boshlanish arafasida. Kelajakda
o‘zbek tilidagi sun’iy intellekt tizimlariga asos bo‘luvchi konkordanslar tuziladi.
Bugungi kunda SketchEngine, AntConc, NoSketch Engine, LancsBox,
CorpusTool kabi ilg‘or dasturlar mavjud bo‘lib, foydalanuvchiga istalgan
korpusdagi konkordanslarni yuqori aniqlikda olish imkonini beradi.
Konkordanslar bir nechta shaklda tuziladi:
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
175
1.
KWIC (Kalit So‘z Kontekstda) – bu eng ko‘p qo‘llaniladigan shakldir.
Kalit so‘z markazda joylashib, uni o‘rab turgan 5–7 ta so‘z birikmalari chap va
o‘ng tomonda joylashadi.
2.
Alifbo tartibidagi konkordans – matndagi barcha so‘zlar alifbo bo‘yicha
saralanib, kontekstda qanday ishlatilgani keltiriladi.
3.
Semantik guruhlangan konkordans – sinonim, antonim, omonimlar,
paronimlar asosida so‘zlar tematik guruhlarga bo‘linib, kontekstdagi
qo‘llanmalari ko‘rsatiladi.
4.
Chastotali konkordans – so‘zlar chastotasi (necha marta ishlatilgani)
bilan birga beriladi. Stilistik yoki til o‘zgarishlarini kuzatishda muhim vosita.
5.
Korpuslararo konkordans – bir nechta til yoki uslubdagi korpuslarni
solishtirib, so‘zning turli versiyalarda qanday qo‘llanilganini ko‘rsatadi.
Korpus lingvistikasi – konkordanslarni yaratish va ulardan foydalanuvchi
sohaning asosiy tayanchidir. Annotatsiyalangan korpuslar orqali konkordanslar
morfologik, sintaktik, semantik ma’lumotlarga boyitiladi. Masalan, biror fe’lning
faqat o‘tmish zamon shakllarini yoki ot turkumiga mansub sinonimlarini
ko‘rsatish mumkin bo‘ladi.
O‘zbek tilining korpusida konkordans vositasi foydalanuvchiga
quyidagilarni beradi:
1)
so‘z shaklini izlash;
2)
matndagi qo‘llanish o‘rni;
3)
morfologik tahlil;
4)
so‘z bilan bog‘liq iboralar;
5)
chastota va variantlar.
Konkordanser vositasining ahamiyati so‘zshakllarning qo‘llanilishi,
kontekstdagi holatlari va ular bilan bog‘liq birikmalarning ko‘rinishi korpus
konkordanseri orqali kuzatiladi. Masalan, Abdurauf Fitratning «суфат»[17]
so‘zini qanday kontekstda ishlatgani, u bilan birga kelgan boshqa leksik birliklar,
o‘xshash yoki qarama-qarshi ma’nodagi birliklar aniqlanadi. Bu esa tilshunosga
matndagi lingvistik va ekstralingvistik munosabatlarni chuqur tahlil qilish
imkonini beradi.
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
176
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
177
Bularning barchasi lingvistik jihatdan boyitilgan, ilmiy nuqtayi nazardan
puxta asoslangan yangi korpus shaklini yaratishga xizmat qiladi.
Konkordans – bu faqatgina so‘zning necha marta ishlatilganini ko‘rsatib
beradigan vosita emas, balki lingvistik tahlilning qudratli vositasidir. Tilning
strukturasi, semantikasi, stilistikasi, tarixiy rivojlanishini tushunishda
konkordanslar muhim o‘rin tutadi. O‘zbek tilshunosligida bu yo‘nalish endigina
shakllanayotgan bo‘lsa-da, u katta istiqbolga ega. Shu bois, bu vositani nafaqat
o‘rganish, balki faol joriy etish va rivojlantirish zarur.
Jadid adabiy merosini zamonaviy lingvistik korpus orqali tizimlashtirish
nafaqat bu adiblarning til boyligini ochib beradi, balki o‘zbek tilining tarixiy
taraqqiyotini izchil ko‘rsatish imkonini ham yaratadi. Ushbu yondashuv
tilshunoslikda yangicha paradigma sifatida qaralmoqda. Kelgusida mazkur
yo‘nalishda texnik va metodik takomillashtirishlar orqali chuqurroq ilmiy
natijalarga erishish mumkin bo‘ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Abduraxmonova N. Kompyuter lingvistikasi. – Toshkent, 2020.
2.
Abduraxmonova N.Z. Mashina tarjimasining lingvistik ta’minoti
(monografiya) – Toshkent: Muharrir, 2018.
3.
Abduraxmonova N.Z. O‘zbek tili elektron korpusining kompyuter
modellari (monografiya). – Globeedit, 2021.
4.
Boltaboyev H. Noma’lum Fitrat. Yoshlik, 1990, 4-son. – B. 34-39.
5.
Eshmuminov A. O‘zbek tili milliy korpusining sinonim so‘zlar bazasi.
Filol.fan.bo‘yicha falsafa doktori (PhD)…dis.. – Toshkent, 2019.
6.
Mengliyev B., Bobojonov S., Hamroyeva Sh. O‘zbek tili milliy korpusi. 2018-
yil, 26-aprel, http://marifat.uz/marifat/ruknlar/fan/1241.htm.
7.
O‘zbekistonda
bepul
elektron
kutubxona.
https://www.slideshare.net/xushnudjohn/ss-84174531.
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
178
8.
Qurbonova M. Abdurauf Fitrat va o‘zbek tilshunosligi (Metodik qo‘llanma).
– Toshkent: Universitet, 1997. – B. 9.
9.
Xolmonova Z. Kompyuter lingvistikasi. – Toshkent, 2019.
10.
Абдурауф Фитрат. Танланган асарлар. IV жилд. – Тошкент:
Маънавият, 2006.
11.
Захаров В.П. Корпусная лингвистика: учебник для студентов
гуманитарных вузов. – Иркутск, 2011.
12.
Кутузов А.Б. Курс «Корпусная лингвистика». – Москва, 2008.
13.
Ҳамроева Ш. Корпус лингвистикаси атамаларининг қисқача изоҳли
луғати. – Бухоро, 2018.
14.
Ҳамроева Ш. Ўзбек тили муаллифлик корпусини тузишнинг
лингвистик асослари. Монография. – Тошкент, 2020.
15.
http://uzschoolcorpara.uz — Oʻzbek tilining ta’limiy korpusi.
16.
https://uzbekcorpus.uz — Oʻzbek tili korpusi.