Авторы

  • Eshpo‘latov Behzod Nodir o‘g‘li

Биография автора

  • Eshpo‘latov Behzod Nodir o‘g‘li

    Toshkent davlat transport universiteti  Transport tizimlari boshqaruvi fakulteti Talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.99511

Ключевые слова:

Keywords: Sheikhzada Uzbek literature childhood creative heritage translation dramaturgy years of repression Fergana Alisher Navoi poetry historical works philosophical thought cultural heritage. Kalit so‘zlar: Shayxzoda o‘zbek adabiyoti bolalik ijodiy meros tarjima dramaturgiya qatag‘on yillari Farg‘ona Alisher Navoiy she’riyat tarixiy asarlar falsafiy fikr madaniy meros.

Аннотация

Annotation: This article notes the childhood of Maqsud Shaykhzoda, an Azerbaijani artist, who has a special place in Uzbek literature, not only as a poet, but also as a strong playwright, literary scholar and educator. It is about the artist’s love of literature, his first poem and his student years. His pedagogical activity, modern works, the artist's attitude to the time are reflected.

Аnnotatsiya: Ushbu maqolada ozarboyjonlik ijodkor, oʼzbek adabiyotida oʼziga xos oʼringa ega, nafaqat shoir, balki kuchli dramaturg, adabiyotshunos olim, pedagog Maqsud Shayxzodaning bolaligi haqida qaydlar keltiriladi. Ijodkorning adabiyotga muhabbati, ilk sheʼri va talabalik yillari toʼgʼrisida soʼz boradi. Pedagogik faoliyati, zamona zayli bois yaratilgan asarlari, ijodkorning davrga munosabati aks ettiriladi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025

332

“ADIBNING BOLALIGI YOXUD SHAYXZODA HAYOTIGA

NAZAR”

Toshkent davlat transport universiteti Transport tizimlari boshqaruvi

fakulteti Talabasi

Eshpo‘latov Behzod Nodir o‘g‘li

Annotation: This article notes the childhood of Maqsud Shaykhzoda, an

Azerbaijani artist, who has a special place in Uzbek literature, not only as a poet,

but also as a strong playwright, literary scholar and educator. It is about the

artist’s love of literature, his first poem and his student years. His pedagogical

activity, modern works, the artist's attitude to the time are reflected.

Аnnotatsiya: Ushbu maqolada ozarboyjonlik ijodkor, oʼzbek adabiyotida

oʼziga xos oʼringa ega, nafaqat shoir, balki kuchli dramaturg, adabiyotshunos

olim, pedagog Maqsud Shayxzodaning bolaligi haqida qaydlar keltiriladi.

Ijodkorning adabiyotga muhabbati, ilk sheʼri va talabalik yillari toʼgʼrisida soʼz

boradi. Pedagogik faoliyati, zamona zayli bois yaratilgan asarlari, ijodkorning

davrga munosabati aks ettiriladi.

Keywords: Sheikhzada, Uzbek literature, childhood, creative heritage,

translation, dramaturgy, years of repression, Fergana, Alisher Navoi, poetry,

historical works, philosophical thought, cultural heritage.

Kalit so‘zlar: Shayxzoda, o‘zbek adabiyoti, bolalik, ijodiy meros, tarjima,

dramaturgiya, qatag‘on yillari, Farg‘ona, Alisher Navoiy, she’riyat, tarixiy

asarlar, falsafiy fikr, madaniy meros.

O‘zbek adabiyotining yirik namoyandalaridan biri Shayxzoda o‘zining

noyob ijodi va murakkab hayot yo‘li bilan ajralib turadi. U adabiyot maydoniga

o‘ziga xos uslub, teran falsafiy fikr va jozibali she’riyati bilan kirib kelgan. Uning


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025

333

bolaligi va hayot yo‘liga nazar tashlash orqali, biz faqatgina shoir emas, balki

zamonasining og‘ir sinovlariga dosh bergan inson siymosini ham ko‘rishimiz

mumkin.

Shoir bolaligiga nazar soladigan boʼlsak, taqdir taqozosi bilan oʼzbek

diyoriga kelib qolgan ozarboyjonlik yosh yigit oʼzbek tilini mukammal

oʼzlashtirdi. Garchi Oʼzbekistonda ijodni boshlagan boʼlsada, Ganja oʼlkasiga

boʼlgan muhabbati uning sogʼinchi satrlarida aks etib turadi. Uning

“Toshkentnoma” dostonida ozar yurtiga boʼlgan cheksiz mehri yaqqol aks etadi.

Shayxzodaning bolaligi haqida turlicha talqinlar mavjud boʼlsa-da, shoirning rus

tilidagi “Mening tarjimai holim” bitigida keltirilishicha, ijodkor 1908 yili Tbilisi

shahrida tugʼilgani, otasi Maʼsumbek felьdsherlik maktabini tugatib, malakali

shifokor boʼlgani, bezgak xastaligini davolashda aholiga anchayin foydasi tekkani,

Ellikka yaqinlashgan kezlarda Moskvadagi universitetning tibbiyot fakultetini

tamomlab, Ogdoshdagi shahar ambulatoriyasida bosh shifokor boʼlib

faoliyatyuritganini aytib o‘tadi. Onasi Fotimaxonim esa uezd komitetida xotin-

qizlar boʼlimi mudiri boʼlib ishlashini keltiradi.

Shoir ilk savodni turk tilidagi shahar maktabida oladi. Oʼsha paytlarda

ozarboyjon tili turk tili deb atalgan. Gruziya poytaxtida tavallud topgan ijodkorning

bolaligi Ozarboyjonning Ogdosh shahrida kechgan. Shoir ayrim sabablarga ko‘ra,

Ogdoshni tug‘ilgan vatani deb hisoblaydi. Shayxzodaning adabiyotga boʼlgan

mehri xususida to‘xtaladigan boʼlsak, adabiyotshunos To‘xtasin Jalolov

Shayxzoda bilan qilgan suhbatlari asosida yozgan “Yashasin tabassum” sarlavhali

maqolasida shoirning otasiMaʼsumbek o‘zzamonasining taraqqiyparvar ziyolisi

bo‘lib, tibbiyot ilmidan tashqari, sanʼat, adabiyot, tarix va falsafa ilmlari bilan

qiziqishi, Maʼsumbekning xonadoni oʼsha zamonda Ogdosh shahrining madaniy,

adabiy markazi boʼlib, shaharning eng ilg‘or ziyolilari uning uyiga yigʼilib, sanʼat,

adabiyot, siyosat va falsafadan munozaralar olib borishlarini keltiradi. Pushkin va

Lermontov, Shekspir va Balizak, Firdavsiy va Xayyom, Nizomiy va Navoiy

asarlari adabiy muhitning asosiy mavzularidan biri bo‘lishi, shubhasizdir. Bo‘lajak


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025

334

shoir shoh asarlarning jozibali ohangi va sehridan bahra olib yashaganini qayd

etadi.

“Rushdiya” maktabining aʼlochi o‘quvchilaridan biri bo‘lgan Shayxzoda

sekin - asta sheʼrlar ham yoza boshlaydi. 1920 yilda ijodkor o‘qigan maktabga

Narimon Narimonov ismli bir inqilobchi keladi. Ozarbayjonda sovet

hokimiyatining o‘rnatilishi munosabati bilan Ogdoshga taniqli inqilobchi Narimon

Narimonovning tashrifini ogdoshliklar katta shodiyona bilan qarshi oldilar. Аynan

o‘sha kuni Shayxzoda

muallimlarining “buyurtma”si bilan yozilgan “Girmizi askar nagʼmasi”

(“Qizil askar qo‘shigʼi”) degan sheʼrini bolalarga xos ko‘tarinki ruh bilan o‘qiydi.

13 yoshli bolakayning sheʼridan taʼsirlangan inqilobchi uni quchoqlab o‘padi va

uning sheʼrini Bokuda nashr etilgan “Kommunist” gazetasining 1921 yil 12 dekabr

sonida chop ettiradi. Ilk matbuotda sheʼri chiqqan ijodkor yanada ruhlanib ijodni

davom ettiradi.

Naim Karimov keltirishicha, 1925 yili Bokudagi yagona pedagogika bilim

yurti – dorilmualliminni aʼlo baholar bilan tugatgan Maqsud Ozarbayjon Maorif

xalq komissarligining yoʼllanmasi bilan Darband shahriga yo‘l oladi. Dogʼiston

Kaspiy dengizi sohiliga joylashgan, Ozarbayjonga shimol tomondan chegaradosh

oʼlka bo‘lib, uning Kaspiy dengiziga tutash yerlarini 1722 yilda Pyotr 1 qo‘shinlari

bosib olgan edi. Garchand bu joylar Ganja shartnomasiga binoan 1735 yilda Eron

ixtiyoriga berilgan bo‘lsa-da, 1813 yilda imzolangan Guliston shartnomasiga ko‘ra,

Dog‘iston Rossiya tasarrufiga o‘tgan. Biroq emin -erkin yashash tarziga ko‘nikkan

va ozodlikni hamma narsadan afzal biluvchi tog‘li aholi uzoq yillar mobaynida

G‘ozi Muhammad, Hamzatbek va Shomil singari imomlar rahbarligida mustaqillik

uchun kurash olib borgan. 1920 yil martida qizil armiyaning jangovar harakati

bilan Dog‘iston uzil-kesil bolisheviklar qo‘liga o‘tdi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025

335

1921 yil 20 yanvarda esa Butunrossiya Markaziy Ijroiya Komitetining qarori

bilan Dog‘iston Rossiya federatsiyasi tarkibidagi avtonom respublika, deb eʼlon

qilindi. Dorilmualliminni aʼlo baholar bilan tugatgan Shayxzodaning ana shu

avtonom respublikaga ishga yuborilishi tasodifiy emas. Miloddan avvalgi birinchi

ming yillikning oxirlarida Dog‘iston aholisi Ozarbayjon hududida vujudga kelgan

yirik davlat – Kavkaz Аlbaniyasi fuqaroligiga o‘tgan.

Shayxzoda ijodga juda yoshligidan kirishgan. U dastlab tarjimalar bilan

shug‘ullangan, keyinchalik esa o‘zining mustaqil she’riy asarlarini yaratishga

kirishgan. Uning ilk asarlari lirik ruhda bo‘lib, ularda inson qalbi, muhabbat, ona-

Vatanga sadoqat kabi mavzular aks etgan. Keyinchalik esa u ijtimoiy hayot,

xalqning orzu-umidlari, davrning og‘riqli masalalarini ham qalamga ola boshladi.

Shayxzoda faqatgina ijodkor emas, balki o‘z e’tiqodiga sodiq shaxs sifatida ham

tanilgan. 1937-yilgi qatag‘on yillarida u ham ko‘plab ziyolilar qatori aybsiz

qamalgan va surgun qilingan. Ushbu og‘ir davr uning hayoti va ijodiga jiddiy ta’sir

ko‘rsatdi. Biroq u bu sinovlardan so‘ng ham ijod qilishdan to‘xtamadi. Uning

asarlarida inson qadr-qimmati, erkinlik va adolat uchun kurash motivlari yanada

kuchaygan. Shayxzoda o‘zbek adabiyotiga she’riyat, dramaturgiya va tarjima

sohasida katta hissa qo‘shgan. U ko‘plab mashhur asarlarni o‘zbek tiliga tarjima

qilgan, ayni paytda o‘zining ham tarixiy va falsafiy asarlari bilan adabiyotimizni

boyitgan. Uning nomi nafaqat she’riyat, balki dramaturgiya janrida ham ulkan

yutuqlarga erishgan adib sifatida tilga olinadi. Shayxzodaning hayoti va ijodi

bugungi kunda ham adabiyotshunoslar tomonidan o‘rganilmoqda. Uning

she’riyati, dramatik asarlari va tarjimalari milliy madaniyatimiz xazinasining

ajralmas qismidir. Uning ijodi yosh avlodni adabiyotga, insoniy fazilatlar va

ma’naviy yuksaklikka undovchi manba bo‘lib xizmat qiladi.

Xulosa:

Shayxzoda o‘zbek adabiyotining yorqin yulduzlaridan biri bo‘lib,

uning hayoti va ijodi xalqimiz uchun ibratlidir. U o‘z ijodi orqali inson qalbining

eng chuqur tuyg‘ularini ifoda etgan, adolat va haqiqat yo‘lida sobit qolgan shaxsdir.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025

336

Uning boy merosi bugungi va kelajak avlodlar uchun bebaho xazina bo‘lib qoladi.

Shayxzoda o‘zbek adabiyotining yirik namoyandalaridan biri bo‘lib, uning hayoti

va ijodi xalqimiz madaniyatining ajralmas qismidir. U o‘zining she’riyati,

dramaturgiyasi va tarjimalari orqali o‘zbek adabiyotini boyitib, chuqur falsafiy

fikrlari bilan adabiyot ixlosmandlarini ilhomlantirdi. Murakkab hayot sinovlariga

qaramay, ijoddan to‘xtamagan bu ulug‘ siymo o‘z xalqiga sadoqat bilan xizmat

qilgan. Uning merosi bugungi kunda ham yosh ijodkorlar va adabiyotshunoslar

uchun bebaho o‘rganish manbai bo‘lib qolmoqda. Shayxzodaning ijodi adolat,

inson qadr-qimmati va haqiqat uchun kurash g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan bo‘lib, bu

jihatlari uni doimo xalq yuragida saqlab qolishiga xizmat qiladi.

Umr beshafqat. Yillar suronida toblangan ijodkor insonlarni bir-biriga

oqibatli bo‘lishga chaqiradi. Samimiyatni qadrlaydi. Uning asarlaridagi

samimiyatga yo‘g‘rilgan qarashlar kitobxonlarni uzoq yillardan beri adib bitiklari

bilan hamnafas bo‘lishga undaydi...

Аdabiyotlar:

1. Shayxzoda M. Toshkentnoma. 1958 y.

2. Shayxzoda M. Chorak asr devoni: Tanlangan asarlar. M. Shayxzoda. -

Toshkent: O‘zbekiston davlat badiiy adabiyot nashriyoti, 1958 y.

3. XX asr oʻzbek adabiyoti tarixi. Ushbu asarda Shayxzodaning ijodi XX asr

oʻzbek adabiyoti kontekstida koʻrib chiqilgan. Toshkent, 1999 yil