https://scientific-jl.com/luch/
Часть-41_ Том-21_ Март-2025
83
KANALLARNI CHASTOTA VA TO’LQIN UZUNLIGI ASOSIDA
MULTIPLEKSORLASH
Jumaboyev T.A,
Nizamov A.N,
Djo’rayev A.A,
Nurmurodov J.X.
Muhammad al-Xorazmiy Nomidagi TATUSF O’qutuvchilari.
Birlamchi va tayanch tarmoqlar “nuqta-nuqta” topolgiyasi yordamida ikki
foydalanuvchi qurilmalar oralig’ida tez va egiluvchan doimiy kanalni tashkil
qilishda infrastrukturali kommutasiyasini yaratish uchun qo’llaniladi. Birlamchi
qurilmalar kanallarni kommutasiyalash texnikasiga asoslangan. Birlamchi
tarmoqlardagi birlamchi kanal komutatorlari qandaydir multipleksorlash yoki
kommutasiyalash texnikasi orqali amalga oshriladi.
Hozirgi vaqtda abonent kanallarini multipleksorlash uchun quyidagi
multipleksorlash texnikalari qo’llaniladi [3, 4, 5, 6, 13]:
-
Chatota bo’yicha multipleksorlash texnikasi (Frequency Division
Multiplexing, FDM);
-
Vaqt bo’yicha bo’lish asosida multipleksorlash texnikasi (Time Division
Multiplexing, TDM);
-
To’lqin uzunligi bo’yicha multipleksorlash texnikasi (Wave Division
Multiplexing).
Kanallarni chastota va to’lqin uzunligi asosida multipleksorlash.
Chatota bo’yicha multipleksorlash texnikasi (Frequency Division
Multiplexing, FDM) telefon tarmoqlari uchun ishlab chiqilgan bo’lsada, bir necha
tarmoq turlari uchun ham, masalan kabelli televideniya tarmoqlarida ham
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-41_ Том-21_ Март-2025
84
qo’llaniladi. Kanalda mantiqiy kanlalarni hosil qiluvchi chastota poloslari
guruhlaridan foydalanishga asoslangan ko’p tomonli foydalanish. FDMAdan
foydalanganda kanalning keng o’tkazish polosasi muhofaza polosasi bilan
ajratilgan bir necha tor polosalarga bo’linadi. Har bir polosada mantiqiy kanal hosil
qilinadi. Tor polosa o’lchamlari turli bo’lishi mumkin. Ushbu kanallardan
uzatiladigan signallar turli tashuvchilar ustiga qo’yilishi uchun chastota sohasida
bir-biri bilan kesishishi mumkin. Telefon tarmog’i misolida FDM turidagi
multipleksorlashni o’ziga xos xususiyatlarini ko’rib o’tamiz. Nutq signali
taxminan polosa spektri taxminan 10 000 Gs bo’lsada, asosiy garmonikasi 300 do
3400 Gs diapozonida yotadi.
Shuning uchun sifatli nutq uzatish uchun va ikki abonent orasidagi kanal
o’tkazish polosasi 3100 Gs ga tengdir. Kabelli televideniya tizimlarida oraliq
kuchaytirgich oralig’ida o’tkazish polosasi yuzlab kilogers, ba’zi paytlarda yuzlab
megagersni tashkil qiladi. Biroq bir necha abonent kanalini signalini keng polosali
kanlada chunki to’g’ridan-to’g’ri uzatish mumkin emas, barcha turli xil abonentlar
bitta diapozon chastotada ishlaydi, ularni bo’lishni iloji yo’q. Abonent kanallarini
bo’lish yuqori chastotali tashuvchi sinusoidal signali past chastotali nutq signalini
modulyasiyalash texnikasi bilan xarakterlashimiz mumkin. (3-rasm ).
3-rasm.Modulyasiyalash jarayoni
Nutq signalini modulyasiyalash.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-41_ Том-21_ Март-2025
85
Ushbu texnika xuddi diskret signallarni modemlar orqali uzatishda analogli
modulyasiyalash texnikasiga o’xshagan bo’ladi, faqat dastlabki diskret signal
o’rniga ovoz tebranishiga ega uzluksiz signal qo’llaniladi. Natijada
modulyasiyalangan signal spektri boshqa diapozonga o’tadi, unda tashuvchi
chastotaga nisbatan simmetrik bo’lib, kengligi modulyasiyalovchi signal
kengligiga taxminan teng bo’ladi.
Chiqish FDM –kommutatorlari modulyasiyalangan signallarni ajratib
chiqaradi keyinchalik esa abonent telefoniga ulangan mos chiqish kanaliga uzatadi.
Tarmoqlarda FDM –kommutasiya asosida bir necha iyerarxiyali zichlashtirilgan
kanallar qabul qilingan. Birinchi sathi bu 48 kGs chastota polosasi kengligi va 60
dan 108 kGs gacha oraliqlarda 12ta abonent kanalini tashkil qilgandir.
Birlamchi tarmoqlarda to’lqin uzunligi bo’yicha multipleksorlash
texnikasida (Wave Division Multiplexing) ham o’sha kanallarni chastota bo’yicha
bo’lish prinsipi qo’llaniladi, faqat axborotli signal elektr toki bo’lib emas, balki
yorug’lik nuri bo’lib xizmat qiladi.Buning evaziga mos ravishda chastota diapzoni
ham o’zgaradi. Bunda infraqizil to’lqin uzunligi diapozoni 850 dan 1565 nm gacha
bo’lib, bunga 196 dan 350 TGs gacha (1 TGs= 10
12
Gs ga teng) chastotalar mos
keladi.
Adabiyotlar ro’yxati:
1.
Volokonno – opticheskiye sistemы peredachi: uchebnik dlya vыsshix
uchebnыx zavedeniy / M.M. Butusov, S.M. Vernik, S.L. Galkin, V.N.
Gomzin, B.M. Mashkovsev, K.N. Щyelkunov; Pod red. V.N. Gomzina.–M.:
Radio i svyaz, 1992.
2.
Volokonno – opticheskiye sistemi peredachi: uchebnik dlya visshix
uchebnix zavedeniy / M.M. Butusov, S.M. Vernik, S.L. Galkin, V.N.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-41_ Том-21_ Март-2025
86
Gomzin, B.M. Mashkovsev, K.N. Щyelkunov; Pod red. V.N. Gomzina.–M.:
Radio i svyaz, 1992.
3.
Opticheskiye sistemы peredachi: Uchebnik dlya vuzov/B.V. Skvorsov, V.I.
Ivanov, V.V. Kruxmalev i dr.; Pod red. V.I. Ivanova.-M.: Radio i svyaz,
1994
4.
Borodin L.F. Vvedeniye v teoriyi pomexoustoychevogo kodirovaniya M:
Sov.Radio, 1998