Authors

  • Murtazayeva Fotima Otabek qizi

Author Biography

  • Murtazayeva Fotima Otabek qizi

    Toshkent davlat pedagogika universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.88212

Keywords:

Kalit soʻzlar: xristian dini fuqarolik farmoyish Meydzi davri imperator iyen knyaz mafkura.

Abstract

Annotasiya: Ushbu maqola XIX asr oʻrtalarida Yaponiyada sodir boʻlgan voqealar boshqaruv siyosati yangi hokimiyatning oʻrnatilishini oʻz ichiga oladi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-1_ Май-2025

105

YAPONIYA XIX ASRDA BOSHQARUV SIYOSATI

Murtazayeva Fotima Otabek qizi

Toshkent davlat pedagogika universiteti

Annotasiya: Ushbu maqola XIX asr oʻrtalarida Yaponiyada sodir boʻlgan

voqealar boshqaruv siyosati yangi hokimiyatning oʻrnatilishini oʻz ichiga oladi.

Kalit soʻzlar: xristian dini, fuqarolik, farmoyish, Meydzi davri,

imperator,iyen, knyaz, mafkura.

Yaponiyaning kuch bilan “ochilishi” XVI asrdayoq Yaponiyada xristian

dinining tarqalishi taqiqlangan edi. Hukmdorlar xristian dini yapon xalqi milliy

an’analarini buzuvchi, xristian missionerlarini bosqinchilarning dastlabki guruhi

deb hisoblagan. Shu tufayli XVII asrda Yaponiya hukmdorlari mamlakatni chet

elliklar uchun yopib qo‘ydi va barcha yevropaliklarni davlat hududidan quvib

yubordi. Syogun farmonida bunday deyilgan edi: “Shu davrdan boshlab

Yaponiyaga chet eldan hech kim, hatto elchilar ham kiritilmaydi. Hatto o‘lim xavfi

ham bu farmonni bekor qila olmasligi lozim”.[1]

Shu tariqa yillar ketidan yillar o‘taverdi. Va nihoyat, 1854-yilda AQSH

harbiy-dengiz floti Yaponiyani ochilishga majbur etdi. Shu yili AQSH bilan

Yaponiya o‘rtasida “Tinchlik va do‘stlik to‘g‘risida” shartnomasi imzolandi. Unga

ko‘ra, Yaponiya AQSHga ikkita portini ochdi va konsulini qabul qildi. AQSHdan

so‘ng Yaponiyaga Yevropa davlatlari ham birin-ketin kirib kela boshladi. Ularning

maqsadlari Yaponiya bozorlarini egallash edi. 1858-yilda amerikaliklarga yana bir

nechta port ochib qo‘yildi. Yaponiyadagi AQSH fuqarolariga eksterritoriallik

huquqi berildi. Ayni paytda AQSH tovarlariga juda past boj to‘lovlari belgilandi.

Tez orada xuddi shu mazmundagi shartnomalar Yevropa davlatlari bilan ham


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-1_ Май-2025

106

imzolandi. Aslida bu shartnomalar Yaponiyani kamsituvchi, teng bo‘lmagan

shartnomalar edi Harbiy jihatdan qudratli davlatlarga yon bermaslikning iloji yo‘q

edi. Shu tariqa Yaponiyaning siyosiy va iqtisodiy yopiqlik davri tugadi.[ 2]

“Ma’rifatli boshqaruv” davrining boshlanishiChet davlatlari uchun “ochilish”

Yaponiya iqtisodiga ham salbiy ta’sir ko‘rsata boshladi. Chunki Yaponiya

bozorlarining chet el tovarlari bilan to‘ldirilishi mamlakatdagi manufaktura va

hunarmandchilik ishlab chiqarishiga katta zarba berdi. Natijada davlatda chet

elliklarni quvib chiqarishni talab qiluvchilar harakati kuchaydi. Ayni paytda

samuraylarning savodxon qismi va ziyolilar Yaponiya chet elliklar uchun yopiq

bo‘lgan yillarda mamlakat taraqqiyoti AQSH va G‘arbiy Yevropa davlatlaridan

orqada qolganini yaxshi tushungan. Shuning uchun ular chuqur islohotlar o‘tkazish

yo‘li bilan Yaponiyani zamonaviy davlatga aylantirish haqida o‘ylay boshladi.[3]

Imperator

tarafdorlari

Yaponiyani

modernizatsiya

qilish

uchun

kurashuvchilar harakatidan syogun hokimiyatini tugatish va imperatorlik davrini

qayta tiklash uchun foydalanishga qaror qildi. Shu tariqa mamlakatning kuch bilan

ochilishi va syogun hokimiyatining chet davlatlar bilan imzolagan noteng

shartnomalari mamlakatda fuqarolar urushi boshlanishiga turtki bo‘ldi. Syogun

hokimiyatini ag‘darish uchun ommaviy harakatning asosiy kuchini samuraylar

tashkil etdi. Ularga qishloq va shaharlarning boy hamda o‘rta tabaqalari qo‘shildi.

Fuqarolar urushi natijasida syogun hokimiyati ag‘darildi. 1867-yilda Tokugava

sulolasining oxirgi syoguni imperator Musuxito foydasiga oliy hokimiyatdan voz

kechdi. Shu yili unga imperator Meydzi (“ma’rifatli boshqaruv”) nomi bilan toj

kiydirildi.[4]

Meydzi islohotlarining boshlanishi Yaponiya uchun modernizatsiya davri

boshlandi. Hukumat o‘z oldiga milliy an’analardan voz kechmagan, mustaqillikni

to‘la saqlab qolgan holatda G‘arb namunasida Yaponiyani zamonaviylashtirish

vazifasini qo‘ydi. Dastlab agrar islohot o‘tkazildi. Bu islohot yerni sotish va sotib


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-1_ Май-2025

107

olishga hamda xususiy mulkka aylantirishga ruxsat berdi. Natijada asrlar davomida

katta yer egalari uchun mehnat qilib kelgan dehqonlar chek yerga ega bo‘ldi.

To‘g‘ri, yer uchun katta soliq ham belgilab qo‘yildi. Bu soliq qiymati hosildan

olinadigan daromad hajmining 50 foiziga teng edi. Shuning uchun ham islohotdan

10 yil o‘tgach, yer olgan dehqonlarning atigi 1/3 qismi o‘zlariga berilgan yerni

qo‘llarida saqlab qola oldi. Qolganlari esa ijarachilarga aylandi. Shunday bo‘lishiga

qaramay, islohot qishloq xo‘jaligida kapitalistik munosabatlarning rivojlanishini

ta’minladi. Ma’muriy sohada o‘tkazilgan islohot mahalliy knyazlar hokimiyatini

tugatdi. Knyazlar qudratini sindirish uchun dastlab yerlarining bir qismi musodara

qilindi. So‘ng ular boshqaruv huquqidan ham mahrum etildi. Joylarda hokimiyat

imperator tayinlaydigan gubernatorlar qo‘liga o‘tdi.Harbiy islohotga ko‘ra,

Yaponiyada umumiy harbiy majburiyat joriy etildi.[5]

Samuraylar avvalgi qiyofasini yo‘qotdi. Endi ular doimiy harbiy xizmatda

bo‘lish imtiyozidan mahrum bo‘ldi. Yevropacha nusxadagi yangi qo‘shinning

shakllantirilishi belgilandi. Fransiyadan harbiy mutaxassislar taklif etildi. Qo‘shin

Yevropadan sotib olingan zamonaviy qurollar bilan qayta qurollantirildi. Garchand

qo‘shin yevropacha andoza asosida tuzilgan bo‘lsa-da, mafkurasi yaponcha bo‘lib

qolaverdi. Chunonchi, qurolli kuchlarda xizmat qiluvchilar ongiga o‘z davlatining

manfaatlariga sodiqlik, imperatorga muhabbat va o‘limni nazar-pisand qilmaslik

g‘oyalari toqat bilan singdirildi. Bu xususiyatlar yaponcha milliy ruhning qirralari,

belgilari deb hisoblanardi. Bundan tashqari, yaponlar ongiga Yaponiyaning quyosh

xudosi Amaterasu xohishiga ko‘ra paydo bo‘lgani, shuning uchun ham bu davlat

Osmon va Yer kabi abadiy mavjudligi haqidagi g‘oyalar singdirildi. Shuningdek,

imperatorga xudo Amaterasudek mehribonlik xos ekani, u hech qachon nohaq

bo‘lmasligi, unga sodiqlik vatanparvarlikning oliy namunasi ekani, yaponlarning

boshqalardan ustunligi, millatning ulug‘ vazifasi kabi g‘oyalar ham undan-da kam

bo‘lmagan toqat bilan singdirila bordi. Ayni paytda G‘arb davlatlari siquviga qarshi

turmoq uchun barcha Osiyo davlatlari Yaponiya imperatori hokimiyati ostiga


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-1_ Май-2025

108

birlashishi lozimligi haqidagi g‘oyalar ham esdan chiqarilmadi. Bu g‘oyani yoshlar

ongiga singdirishda ibodatxona, qo‘shin va maktablarga katta e’tibor berildi. Bu

g‘oyalar kelgusida Yaponiyaning Osiyo qit’asida olib borgan keng ko‘lamli

bosqinchilik urushlarini mafkuraviy jihatdan tayyorlash jarayonida muhim rol

o‘ynadi.[ 6]

Xulosa

. Meydzi islohotlari mamlakatda feodal tarqoqlikka chek qo‘ydi.

Natijada yagona yapon ichki bozori vujudga keldi. Mamlakatda yagona pul birligi

— iyen joriy etildi. Hukumat ishlab chiqarishni industrlashtirish masalasiga

Yaponiyaning ichki ishlariga chet davlatlar aralashuvi xavfidan himoya qiluvchi

asosiy omil deb qaradi. Shuning uchun ham davlat sanoat korxonalari qurilishiga

homiylik qildi. Asosiy sanoat korxonalari davlat mablag‘i hisobiga qurildi,

keyinchalik ular imtiyozli asoslarda turli firmalarga sotildi yoki ijaraga berildi.

Davlat tadbirkorlikni har tomonlama rag‘batlantirdi va qo‘llab-quvvatladi.

Adabiyotlar

:

1. Межгосударственные отношения и дипломатия на Древнем Востоке.
М., 1984.
2. Струве В.В. История Древнего Востока. М., Л., 1940.

3. A. Meщeryakov. Istoriya sake (Wayback Machine saytida 2018-09-11

sanasida arxivlangan) // A. N. Meщeryakov Kniga yaponskix simvolov. M., 2003,
s.419-431

4. Donald Richi. Potseluy v Yaponii (Wayback Machine saytida 2008-02-25

sanasida arxivlangan) // Mir po-yaponski. SPb., 2000, s. 79-83

5. Rolan Bart. Xokku (Wayback Machine saytida 2008-03-09 sanasida

arxivlangan) // Bart R. Imperiya znakov. M.,2004, s. 87-109

6.Ye. S. Shteyner. Fenomen cheloveka v yaponskoy traditsii (Wayback

Machine saytida 2022-01-23 sanasida arxivlangan) // Chelovek i kultura:
Individualnost v istorii kulturi. M., 1990, s. 164—190