Mualliflar

  • Nuriddinova Rohila Pazlitdin qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.trtteztro.119984

Annotasiya

Annotatsiya: Bugungi kunda tikuvchilik korxonalari uchun buyurtmasining ishlab chiqarish kiyimlari segmenti eng katta ulushini egallaydi. Endilikda  maxsus kiyim nafaqat himoya funksiyalariga, balki estetik talablarga ham javob beradigan, shuningdek, korxonaning korporativ identifikatorining tarkibiy qismlaridan biri bo'lib, hozirda jozibali imidjni yaratish har bir korxona rahbarining maqsadi hisoblanmoqda.


background image

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari

www.pedagoglar.org

44-to’plam_2-qism_Iyun-2025

3

MAXSUS KIYIMLARNI ISHLAB CHIQARISHDA MANZILLI

LOYIHALASH TAMOYILLARI ASOSIDA AVTOMOBIL SANOATI

XIZMATCHILARNI MAXSUS KIYIMLARINI TADQIQI

Nuriddinova Rohila Pazlitdin qizi

Namangan davlat texnika universiteti

Annotatsiya

: Bugungi kunda tikuvchilik korxonalari uchun buyurtmasining

ishlab chiqarish kiyimlari segmenti eng katta ulushini egallaydi. Endilikda maxsus
kiyim nafaqat himoya funksiyalariga, balki estetik talablarga ham javob beradigan,
shuningdek, korxonaning korporativ identifikatorining tarkibiy qismlaridan biri bo'lib,
hozirda jozibali imidjni yaratish har bir korxona rahbarining maqsadi hisoblanmoqda.

Annotatsiya

: Today, the production clothing segment occupies the largest share

of orders for sewing enterprises. Now special clothing meets not only protective
functions, but also aesthetic requirements, and is also one of the components of the
corporate identity of the enterprise, and now creating an attractive image is considered
the goal of every business leader.

Аннотатция:

Сегодня сегмент производственной одежды занимает

наибольшую долю заказов швейных предприятий. Сейчас специальная одежда
отвечает не только защитным функциям, но и эстетическим требованиям, а также
является одной из составляющих фирменного стиля предприятия, а создание
привлекательного имиджа считается целью каждого руководителя предприятия.


Endilikda maxsus kiyim nafaqat himoya funksiyalariga, balki estetik talablarga

ham javob beradigan, shuningdek, korxonaning korporativ identifikatorining tarkibiy
qismlaridan biri bo'lib, hozirda jozibali imidjni yaratish har bir korxona rahbarining
maqsadi hisoblanmoqda.

Voropoeva N.K. [1] tomonidan yuqori estetik, ergonomik, himoya xususiyatlarga

ega bo'lgan konkret ekspluatatsiya sharoitlarini va korxona imidjini inobatga olgan
holda firmali kiyimlarni manzilli loyihalash tamoyillari asosida ishlab chiqarish
metodologiyasi, maxsus kiyimlar assortimentining ratsional tarkibini ishlab chiqish
uchun asosli maqsadli funksiyasiga ko‘ra firmali ishlab chiqarish kiyimlarining
o‘xshash guruhlarini aniqlash usuli taklif qilingan. Alyumin korxonasi ishchilari
maxsus kiyimlari sifati tanlangan material xususiyatlariga bog‘liqligi matematik
modeli ishlab chiqilgan, universal invariant konstruksiya asosida erkaklar maxsus
kiyimlar kolleksiyasi yaratilgan, kiyim orqasida yorqin rangdagi firmali ishchi belgisi
bosma usulda tayyorlangan. Biroq, erkaklar maxsus kiyimlari bazaviy asoslari ЕМКО
СЭВ konstruksiyalash uslubi asosida AvtoCAD avtomatlashtirilgan dasturda ishlab
chiqilgan. [2] ishlarda ЕМКО СЭВ uslubidagi konstruksiya elementlarini aniqlashdagi


background image

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari

www.pedagoglar.org

44-to’plam_2-qism_Iyun-2025

4

noaniqliklar va avtomatlashtirilgan tizimlarda egri chiziqlarni loyihalash to‘liq
formallashtirilmaganligi kiyim o‘rnashuv sifatiga ta’siri asoslangan.

N.V.Afinogenteva [3] tomonidan shuningdek, manzilli loyihalash tamoyillari

asosida avtomobil sanoati xizmatchilari uchun konkret ekspluatatsiya sharoitlarini
hisobga olgan yuqori ergonomik, estetik, himoya xususiyatlarga ega bo'lgan maxsus
kiyimlarni ishlab chiqilgan. Ayollar kurtkasi va kombinezoni yangi modellari
AvtoCAD avtomatlashtirilgan dasturda SNIIShP uslubi asosida rubashkabop yeng
o‘miz-yeng parametrlarini optimizatsiyasi asosida konstruksiyalari ishlab chiqilgan.
Yangi poliefir tarkibli matolardan himoya elementlarini qo‘llash orqali bir yil
ekspluatatsiya davomidagi kuzatishlarida maxsus kiyimning himoya funksiyalarining
oshirilganligi, kiyimning yemirilish uchastkalarining kamayganligi va yuqori mehnat
unumdorligiga erishilganligi asoslangan. Biroq, SNIIShP uslubidagi tavsiya
qilinadigan qo‘shimchalar qiymatining konstruktiv elementlar o‘zgarishiga bog‘liqligi
tadqiq qilinmagan, [4] ishdagi kabi maxsus kiyimlar konstruksiyalarini AvtoCAD
avtomatlashtirilgan dasturlarida ishlab chiqish mehnat unumdorligiga ta’sir qiladi.

Maxsus kiyimlarni loyihalashga ilmiy yondashuvning asosiy tamoyillari mahalliy

mutaxassislar tomonidan 1926-1928 yillarda, Mehnat Xalq Komissarligining taklifiga
binoan mamlakat ilmiy muassasalarida maxsus kiyimlarni o'rganish boshlandi. 1932-
yilda “Ish kiyimlari” birinchi kolleksiya-katalogi nashr etildi, unda birinchi marta
mahalliy sanoat tomonidan ishlab chiqarilgan sanoat kiyimlari tizimlashtirilgan.

Mamasolieva tadqiqot ishida

[5] avtoservis korxonasi ishchilari yangi tolaviy

tarkibli gazlamadan tayyorlangan maxsus kiyim mikroiqlimining ko‘rsatkichlarini
an ajralib turadigan paxta va poliefir, poliester aralash tolali matolar o‘rniga maxsus
kiyimlar uchun yangi gigienik xususiyati oshirilgan paxta+modal tarkibli to‘qima
buyumlarning kam kirishuvchanligini ta’minlash usuli ishlab chiqilgan, kiyim detallari
ipli birikmalarining mustahkamlik ko‘rsatkichlari asoslangan. Biroq, maxsus kiyim
gigienik sifat ko‘rsatkichlariga tanlangan materiallarining xususiyatlari bilan bir
qatorda muhim - kiyim osti mikroiqlimi parametrlarining konstruksiya parametrlariga
bog‘liqligi ta’sirini o‘rganilmagan, avtomobil sanoatining agressiv omillarga
bardoshligini tadqiq qilinmagan.

D. Xakimova tomonidan avtomobil yo‘llarini ta’mirlovchi ishchilari maxsus

kiyimlarining agressiv omillarga bardoshligini ta’minlash va xavfsizlik
muammosining yechimiga qaratilgan yog‘-moy, kislotalarning materialga
shimmasligiga qarshi tarkib olingan va poliester+paxta aralash tolali matolarga
shimdirish texnologiyasi ishlab chiqilgan, turli kasb ishchilari maxsus kiyimlar
sirtining kirlanish sohalari vizual aniqlash orqali buyumlarning sinov natijasida xizmat
muddatini uzaytirishga erishilgan [6].


background image

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari

www.pedagoglar.org

44-to’plam_2-qism_Iyun-2025

5

Og'ir sanoatdagi (qora va rangli metallurgiya, yoqilg'i-energetika, mashinasozlik,

metallni qayta ishlash, asbobsozlik, kimyo va neft' sanoati) ishlab chiqarish muhitining
zararli va xavfli omillarini o‘rganish asosida maxsus kiyimlarni manzilli loyihalash
yondashuvi taklif qilingan [7]. Tadqiqotlarda ishchilar sog'lig'iga salbiy ta'sir etuvchi
xavfli va zararli omillar sifatida ish zonasidagi shovqin va vibratsiya darajasi, ish
zonasidagi havoning changlanishi, ish zonasi havosi tarkibidagi zararli modalar
(uglerod oksidi, azot oksidi), mikroklimat (qizigan detallardagi issiqlik nurlanishi
intensivligi), metallarni payvandlash jarayonida sachraydigan uchqun, bo'yoq
tarikibidagi toksik moddalar ta'siri, mehnat jarayonining og'irligi kabilar o‘rganilgan.

V.N.Mixaylova tadqiqot ishida [8] sifat mezonlarini kompleks baholashdan

foydalangan holda past haroratdan himoya qiladigan maxsus kiyimning ratsional
assortimentini shakllantirish metodologiyasini ishlab chiqish va asoslashga qaratilgan
bo'lib, ishning g'oyasi mikroiqlim parametrlarini o'rganish, ishchilarning energiya
sarflash darajasini aniqlash va turli xildagi maxsus kiyimlarning fiziolo-gigenik
tavsiflari asosida issiq tutuvchi maxsus kiyimning ratsional assortimenti asoslangan.

Inson tanasining termofiziologik diapazonga fazali o'tuvchi issiqlikni

akkumuliatsiyalaydigan

gazlamalardan

maxsus

kiyim

yaratish

masalalari

D.N.Sorokinaning ilmiy-tadqiqot ishida asoslangan [9].

D.S.Kokinaning tadqiqot ishida [10] maxsus mo'ljaldagi otryad xizmatchilari

uchun yuqori ergonomik va himoya xususiyatlariga ega bo'lgan maxsus kiyimni
loyihalash jarayonini takomillashtirish bo'yicha texnik yechimlar majmuini ishlab
chiqilgan.

E.A.Popadko MONOGRAFIYA ishida esa kimyo korxonalarida agressiv

vositalar bilan aloqa qiladigan ishchilarning mehnat sharoitlari xavfsizligi va
komfortligini oshirish masalalari o'rganilgan [10].

I.N.Ivashenkoning tadqiqot ishi [7] teplofizik parametrlarni boshqarish mumkin

bo'lgan past haroratdan himoya qiluvchi maxsus kiyim loyihalashning modulli
texnologiyasini ishlab chiqishga bag'ishlangan.

Avtoservis korxonalarining mehnat sharoitlari va atrof-muhit omillarining

ta'sirini hisobgan olgan holda yuqori namlik sharoitlarida foydalaniladigan maxsus
kiyimni loyihalash masalalari Bokova S.V. ishlarida aks etgan [50].

Yuqoridagi maxsus kiyimlarning himoya funksiyasini oshirish uchun olib

borilgan tadqiqotlarda maxsus kiyimlarning xizmat qilish muddatini ishlab chiqilgan
fizik-mexanik xususiyatlari yaxshilangan materiallarni qo‘llash, ekspluatatsiyadan
chiqqan maxsus kiyimlar himoya sohalarini vizual aniqlash usuli yordamida himoya
materiallarini qo‘llash orqali bashoratlash imkonini bergan. Hozirgi vaqtda
zamonaviy himoya materiallari zararli omillar: yuqori va past haroratlar, yog‘-moy,
ishqorlar va kislotalar, shuningdek, organik va noorganik erituvchilar ta'siridan himoya
qilishni ta'minlovchi ishonchlilik darajasi yuqori bo'lgan kiyimlarni ishlab chiqarish


background image

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari

www.pedagoglar.org

44-to’plam_2-qism_Iyun-2025

6

imkonini beradi. Biroq, mehnat sharoitiga ko‘ra himoya materiallaridan optimal
foydalanish uchun bugungi kunda agressiv - yog‘, moy ishqorlar, kislotalar, turli
changlar kabi omillarning maxsus kiyimlar sirti bo‘yicha taqsimlanishini va uning
kattaligini aniqlashning miqdoriy baholash uslubi ishlab chiqilmagan. Bu o‘z
navbatida maxsus kiyim ekspluatatsion ishonchliligini ta’minlash uchun konkret
mehnat sharoitiga ko‘ra kiyim himoya zonalarining yuzalari va shaklining
optimizatsiyasi asosida maxsus kiyim optimal modelini tanlash usulini ishlab chiqish
bilan bog‘liq.

Respublikada avtomobil ishlab chiqarish sanoatining rivojlanishi bilan bir qatorda

avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish markazlarining ko‘payishi va avtoservis
korxonasi ishchilarning xavfsiz mehnat sharoitini ta’minlash imkonini beradigan
raqobatbardosh maxsus kiyimlarni ishlab chiqarishga bo‘lgan talabni oshirmoqda. O‘z
navbatida maxsus kiyimlarni manzilli loyihalash vazifalarini yechishda konstruktorlik
hujjatlari tayyorgarligi darajasi va sifatini oshirish muhim ahamiyatga ega.

Avtoservis

korxonasi

maxsus

kiyimlarini

loyihalash

jarayonlarini

optimallashtirishdagi hal etilishi muhim bo'lgan masala yechimlaridan biri bu “inson -
mehnat sharoiti - mehnat obyekti” tizimi elementlarining o'zaro muvozanatini
ta'minlashdir. Bunda ishchilarni nafaqat ishlab chiqarishning zararli ta'sirlaridan
samarali saqlaydigan, shu bilan birga maksimal qulaylikni ta'minlaydigan estetik
talablarga ham javob beradigan korxonaning korporativ jozibali imidjni ilgari
suradigan maxsus kiyimlar bilan ta'minlash muhim o'rin tutadi.

Ishchilarning mehnat faoliyati qator moddiy, tashkiliy va ijtimoiy-iqtisodiy

elementlardan tashkil topgan muayyan ishlab chiqarish muhitida sodir bo'ladi. Bunday
muhitlarga mehnat predmetlari va vositalari, ish o'rnini tashkil qilish va xizmat
ko'rsatish, mehnat rejimi va dam olish, mehnat tartib-intizomi, ishchilarni ruhiy,
moddiy rag'batlantirish va boshqalar kiradi. Ishlab chiqarish muhitining o'zaro bog'liq
bo'lgan bir qator omillari ishchilarning mehnat sharoitini belgilaydi. Ular insonning
salomatligi va ishchanligiga ta'sir ko'rsatadigan ishlab chiqarish omillarining yig'indisi
sifatida idrok etiladi.

Mehnat sharoitlariga xavfsizlik bo'yicha ma'lum bir talablar qo'yilib [GOST

12.4.280-2014], bunda muayyan xavf ostidagi ishchilarga xavfli va zararli ishlab
chiqarish omillarining ta'siri tushuniladi [11]. Respublikamizda (2014 yilda) sog'liqni
saqlash vazirligining Sanitariya, gigiena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot institutida
ishlab chiqilgan metodologiyadan foydalanib avtokorxona ishchilarining kasbiy
salomatlik xavfini bashorat qilish uchun kasbiy xavf darajasi aniqlangan. O‘zbekiston
Respublikasi Transport vazirligining “Avtomobil va daryo transportini rivojlantirishni
normativ-texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlash respublika markazi” laboratoriyasida ish
joylarini mehnat sharoitlari bo‘yicha sertifikatlash bo‘yicha laboratoriya va
instrumental tadqiqotlar o‘tkazilgan. Ishlab chiqarish binolari va ish joylarining


background image

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari

www.pedagoglar.org

44-to’plam_2-qism_Iyun-2025

7

yoritilishi Yu-116 fotoelektrik lyuks o'lchagich yordamida aniqlandi, uning ishlash
prinsipi sezgir fotoelementga tushadigan yorug'lik oqimiga nisbatan asoslangan.
Hududning chang miqdorini aniqlash uchun perxlorovinil filtrli EL-30 elektr aspiratori
ishlatilgan. Havoning holati: ish joyining havosidagi moddalar miqdori UG-2 gaz
analizatori,

indikator

naychalari

va

KFK-2

fotokolorimetri

yordamida

aniqlangan.Shovqinni va umumiy va mahalliy tebranish holatini o'lchash VShV-003.T
ovoz balandligi o'lchagich yordamida amalga oshirilgan. Ish joyidagi havo harorati va
nisbiy namlik Assmann psixrometri bilan aniqlangan [9].

Avtotransport va avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish markazlari (ATXKM)

ishchilari uchun maxsus

ish kiyimlarining ko'p turlari mavjud (1.1-jadval – 1-ilovaga

qarang), ular muayyan ishlab chiqarish sharoitlariga qarab, xavfsiz mehnat sharoitlarini
ta'minlash uchun tavsiya etilishi mumkin

.

GOST va OST talablari ish kiyimlari

to'plamlarining xizmat qilish muddatini tartibga soladi. Shim, kurtka, kombinezonli
komplekt uchun xizmat muddati 12 oy, paxtali ko'ylak uchun - 6 oy.

Avtoservis korxonasi ishchilari maxsus kiyimlari mavjud assortimentini, mehnat

sharoitlari va kiyimga bo‘lgan talablarini o‘rganish maqsadida Toshkent va Namangan
shahridagi ATXKM xodimlari o‘rtasida so‘rovnoma va suhbat o‘tkazildi.
So‘rovnomada 500 kishi qatnashdi. So‘rov natijalari asosida maxsus kiyimlar
assortimenti va ehtiyojlarning haqiqiy tuzilishi o'rtasida tafovut mavjudligi kuzatildi.
Bugungi kundagi amaldagi himoya kiyimlari zararli ishlab chiqarish omillaridan har
tomonlama himoya qilish talablariga hamda belgilangan xizmat muddatiga javob
bermasligi, barcha korxonalarda rahbariyat mehnat xavfsizligi talablariga javob
beradigan maxsus kiyim sotib olishdan manfaatdor ekanligi aniqlandi.

Sotsiologik so'rov natijalaridan ma'lum bo'ldiki tarkibida eng ko'p afzal ko`rilgan

ish kiyimlari to'plamlari: “ko'ylak + shim + kurtka”. Turli kasbdagi ishchilar yosh
guruhi bo‘yicha taqsimlanishi 1.1-jadvalda [1-ilovaga qarang] keltirilgan (1.1-rasm).


background image

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari

www.pedagoglar.org

44-to’plam_2-qism_Iyun-2025

8

1.1-rasm - ATXKM ishchilarining yosh tarkibi


Turli kasblarda 35 yoshgacha bo‘lgan xodimlar ko‘pchilikni tashkil qilishi, o‘z

navbatida xodimlar ish kiyimining chidamliligiga va tashqi ko‘rinishi (badiiy va
konstruktiv) dizayniga e'tibor berishlari aniqlandi. Turli kasb ishchilarining mavjud
maxsus kiyimlarning bichimi 9, material sifati va kiyimning ekspluatatsiya davrida
chidamliligiga ko‘ra qoniqqanligining taqsimlanishi 1.2-rasmda keltirilgan.
So‘rovnoma natijalaridan maxsus kiyimlarning yangi bichimdagi turlariga ehtiyoj
borligini kuzatish mumkin. Maxsus kiyim rangiga bo‘lgan talab turli kasb ishchilari
orasida turlicha taqsimlanganligi (1.3-rasm), xodimlarning asosan ko‘k, qora ranglarga
ehtiyoj yuqoriligini kiyimning mehnat sharoitidagi turli yog‘-moy, ishqorlar, changlar
tufayli kirlanishining ko‘rinmasligi bilan izohlashdi.

So‘rovnoma natijalaridan, xozirgi vaqtda avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish

markazlari xodimlari uchun zararli ishlab chiqarish omillari ta'siridan himoya qilish
uchun kiyim-kechaklar assortimenti yetarli darajada himoya xususiyatlariga ega
emasligi va zamonaviy estetik talablarga javob bermasligi aniqlandi, bu esa
ishchilarning sog'lig'iga ma'lum darajada zarar yetkazadi va ish unumdorligini
pasaytiradi. Mehnat jarayonida insonlarni ishlab chiqarishning salbiy ta'siridan
ishonchli himoya qilishni ta'minlash, ergonomik va estetik jihatdan kayfiyat
bag‘ishlash maxsus kiyimlarga bo’lgan talabning asosiy mezonlari hisoblanadi.

1.2-rasm – Maxsus kiyim bichimi, material sifati va chidamligiga

ko‘ra qoniqqanligining taqsimlanishi.


background image

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari

www.pedagoglar.org

44-to’plam_2-qism_Iyun-2025

9

1.3-rasm – Maxsus kiyim rangiga ehtiyojning taqsimlanishi


Turli yog‘-moy, ishqor, kislotalar bilan bevosita ishlaydigan turli kasbdagi

xodimlarning maxsus kiyimlarida himoya materiallaridan foydalanilmasligi, zararli va
xavfli ishlab chiqarish omili terining faqat ma'lum joylariga ta'sir qilishi aniqlandi. Bu
holat xavfsizlik talablari va ekspluatatsion ishonchlilikni ta'minlaydigan himoya
kiyimini ishlab chiqish zaruriyatini asoslaydi.




Xulosa

1.

Maxsus kiyim xizmat muddatini bashoratlash imkonini beradigan

ekspluatatsiya sharoitida buyumga yog‘-moylar, kislota va ishqorlarning kiyimga
to‘qilishidan material yuzasi rangining o‘zgarishini (qorayishi)ni nazarda tutilgan
ifloslanish darajasini optik usul yordamida baholash uslubi ishlab chiqildi.

2.

Maxsus kiyimlarning kirlanish darajasini aniqlash uchun AQShning Agilent

firmasining yuqori aniqlikdagi spektrofometrida avtoservis korxonasi turli kasb
ishchilarining xizmat muddati tugallangan buyumlari turli darajadagi kirlanganlik
qismlaridan iborat 165 ta namunaning lyumenesentsiya intensivligi bo‘yicha asbob
ko‘rsatkichlari aniqlandi.

3.Turli tarkibli matolar kirlanganlik darajasi to‘lqin uzunligining 440 nm

ko‘rsatkichida eng yaqqol namoyon bo‘lganligi va ushbu to‘lqin uzunligida asbob eng
minimal ko‘rsatkichi – 0,236609 va eng maksimal ko‘rsatkichi - 397,1345 ekanligi
qayd etildi. Namunalarning yuqori kirlanganligi lyumenesentsiya intensivligining past


background image

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari

www.pedagoglar.org

44-to’plam_2-qism_Iyun-2025

10

ko‘rsatkichida va aksincha kam kirlanganligi yuqori ko‘rsatkichida aniqlanishi
kuzatildi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Н.К. Воропаева. Разработка метод проектированния фирменной

производственной одежды дис..док. техн. наук: ТИТЛП, Москва 2004. - 248 с

2.

М.А.Абдукаримова, Ш.А.Маҳсудов, Д.А.Хакимова Кийимларни

конструкциялашнинг автоматлаштирилган усулларини такомиллаштириш
аспектлари // Наманган-муҳандислик технология институти Илмий-техника
журнали, 2020 йил, Том 5-Махсус сон №1. 49-55 б. (05.00.00; №33)

3.

Афиногентова Н.В. Исследование и разработка спецодежды для

рабочих автомобильной промышленности: диссертация кандидата технических
наук: 05.19.04. Москва, 2004. -230 стр.

4.

Мамасолиева Ш. Л. Юқори гигиеник ва эксплуататсион хусусиятли

махсус кийим ишлаб чиқариш технологиясини такомиллаштириш. Дис. PhD.
(PhD). Тошкент – 2023.й. 101 б.

5.

Xakimova D.A. VSN 108-15 «Инструксия по изготовлению и

исползованию комплекта защитных одежд для спесиалистов автомобилных
дорог», Научно-исследователский институт автомобилных дорог, Т., 2015 г., 90
с.

6.

Тарасенко С.Л. Обоснование защитных свойств спецодежды

горнорабочих с учетом условий труда: диссертация …кандидата технических
наук: 05.19.04. Макеевка, 2018. -202 стр.

7.

Михайлова В.Н. Методология комплексной оценки качества

спецодежды горнорабочих для защиты от неблагоприятного воздействия
пониженных температур: автореф. дис. канд. техн. наук: 05.19.04. Москва, 2010.
-39 стр.

8.

Сорокина Д.Н. Разработка и исследование специальной теплозащитной

одежды с теплоаккумулирующим материалом: автореф. дис. канд. техн. наук:
05.19.04. Шахты, 2012. -22 стр.

9.

Кокина Д.С. Совершенствование процесса и методов проектирования

одежды сотрудников отряда специального назначения: диссертация …кандидата
технических наук: 05.19.04. Москва, 2019. -18 стр.

10.

Попадько

Е.А.

Разработка

технологии

проектирования

кислотозащитной одежды для работников химических предприятий: автореф.
дис. канд. техн. наук: 05.19.04. Москва, 2008. -17 стр.

11.

Загоруйко М.В. Бесшапошникова В. И Косыгина А.Н. Анализ

ассортимента огнезащитных текстильных материалов и их классификация с 64.


background image

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari

www.pedagoglar.org

44-to’plam_2-qism_Iyun-2025

11

12.

О. Н. Микрюкова, В. А. Штейнле, С. Н. Иванова, М. В. Загоруйко В. И.

Бесшапошникова В.И. Анализ требований и оценка значимости показателей
качества огнезащитных 63 тканей., с 80-86.

13.

А.Ф. Давыдов, С.В. Кудринский., Фгбоу во 52 определение

теплопередачи при воздействии пламени на ткани для спецодежды работников
нефтегазовых комплексов, на основе разработанного экспресс-метода с 88 93.

Bibliografik manbalar

Н.К. Воропаева. Разработка метод проектированния фирменной производственной одежды дис..док. техн. наук: ТИТЛП, Москва 2004. - 248 с

М.А.Абдукаримова, Ш.А.Маҳсудов, Д.А.Хакимова Кийимларни конструкциялашнинг автоматлаштирилган усулларини такомиллаштириш аспектлари // Наманган-муҳандислик технология институти Илмий-техника журнали, 2020 йил, Том 5-Махсус сон №1. 49-55 б. (05.00.00; №33)

Афиногентова Н.В. Исследование и разработка спецодежды для рабочих автомобильной промышленности: диссертация кандидата технических наук: 05.19.04. Москва, 2004. -230 стр.

Мамасолиева Ш. Л. Юқори гигиеник ва эксплуататсион хусусиятли махсус кийим ишлаб чиқариш технологиясини такомиллаштириш. Дис. PhD. (PhD). Тошкент – 2023.й. 101 б.

Xakimova D.A. VSN 108-15 «Инструксия по изготовлению и исползованию комплекта защитных одежд для спесиалистов автомобилных дорог», Научно-исследователский институт автомобилных дорог, Т., 2015 г., 90 с.

Тарасенко С.Л. Обоснование защитных свойств спецодежды горнорабочих с учетом условий труда: диссертация …кандидата технических наук: 05.19.04. Макеевка, 2018. -202 стр.

Михайлова В.Н. Методология комплексной оценки качества спецодежды горнорабочих для защиты от неблагоприятного воздействия пониженных температур: автореф. дис. канд. техн. наук: 05.19.04. Москва, 2010. -39 стр.

Сорокина Д.Н. Разработка и исследование специальной теплозащитной одежды с теплоаккумулирующим материалом: автореф. дис. канд. техн. наук: 05.19.04. Шахты, 2012. -22 стр.

Кокина Д.С. Совершенствование процесса и методов проектирования одежды сотрудников отряда специального назначения: диссертация …кандидата технических наук: 05.19.04. Москва, 2019. -18 стр.

Попадько Е.А. Разработка технологии проектирования кислотозащитной одежды для работников химических предприятий: автореф. дис. канд. техн. наук: 05.19.04. Москва, 2008. -17 стр.

Загоруйко М.В. Бесшапошникова В. И Косыгина А.Н. Анализ ассортимента огнезащитных текстильных материалов и их классификация с 64.

О. Н. Микрюкова, В. А. Штейнле, С. Н. Иванова, М. В. Загоруйко В. И. Бесшапошникова В.И. Анализ требований и оценка значимости показателей качества огнезащитных 63 тканей., с 80-86.

А.Ф. Давыдов, С.В. Кудринский., Фгбоу во 52 определение теплопередачи при воздействии пламени на ткани для спецодежды работников нефтегазовых комплексов, на основе разработанного экспресс-метода с 88 93.